ru
Feedback
TO‘QIMACHILIK MUHANDISLIGI FAKULTETI

TO‘QIMACHILIK MUHANDISLIGI FAKULTETI

Открыть в Telegram

Ushbu kanal Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti To'qimachilik muhandisligi fakulteti tomonidan yuritiladi: • Tadbir va suhbatlardan lavhalar; • Fakultetga oid eng yangi va eng so'nggi xabarlardan xabardor bo'lishingiz mumkin.

Больше
657
Подписчики
Нет данных24 часа
-67 дней
-2230 день
Архив постов
Repost from Edu.uz
#Qabul2026 #Texnikum #Suhbat
❗️Texnikum bitiruvchilari uchun 2-kursdan talabalikka suhbat asosida qabul boshlandi
Bugun, 5-iyuldan boshlab texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar uchun oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida 2-kursdan o‘qishga qabul qilish jarayoni boshlandi. Arizalar 25-iyulga qadar (shu kuni ham) my.edu.uz platformasi orqali onlayn tarzda topshiriladi. Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida abituriyentlardan diplomning asl nusxasi talab etilmaydi — faqat shaxsni tasdiqlovchi ma’lumotlarni kiritish kifoya bo‘lib, zarur ma’lumotlar tizim tomonidan avtomatik ravishda shakllantiriladi. ❓Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlaganlar toifasiga kimlar kiradi? Ushbu toifaga texnikumdagi o‘qish davrida o‘quv semestrlari yakuniga ko‘ra o‘zlashtirish baholari 5 (a’lo) va 4 (yaxshi) bo‘lgan, biroq baholarining kamida 50 foizi 5 (a’lo) (tibbiyot yo‘nalishlarida kamida 85 foizi) bo‘lgan bitiruvchilar kiradi. ❓Kimlar talabalikka tavsiya etiladi? Suhbat natijalariga ko‘ra, OTT komissiyasi tomonidan tasdiqlangan yakuniy baholash varaqasida suhbat komissiyasi a’zolari qo‘ygan ballarning o‘rtacha ko‘rsatkichi 67 ball va undan yuqori bo‘lsa, abituriyent suhbatdan o‘tgan hisoblanadi hamda to‘lov-kontrakt asosida 2-kursdan talabalikka tavsiya etiladi. ℹ️ Malumot uchun, ushbu tartib oliy harbiy, oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari, Toshkent davlat yuridik universiteti, shuningdek O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallariga tatbiq etilmaydi. 📋 O‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati 👈
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

✔️✅✅✅✅ TYUTORLAR FAOLIYATI TAHLIL QILINDI
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida tyutorlik faoliyati samaradorligini yanada oshirish, talaba-yoshlar bilan ishlash sifatini yuksaltirish hamda tyutorlar faoliyatini takomillashtirish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
🗣Shu munosabat bilan yakunlangan 2025/2026-o‘quv yili davomida tyutorlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tahliliy yillik hisobotlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. ⏺Taqdimot davomida tyutorlarning talaba-yoshlar bilan olib borgan ma’naviy-ma’rifiy ishlari, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ijtimoiy faolligini oshirish, darslarda davomati, turar joylardagi sharoitlari, muammolarini o‘rganish hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilindi. ⏺Shuningdek, ishchi guruh tomonidan o‘quv yili boshida belgilangan vazifalar ijrosi muhokama qilinib, mavjud yutuqlar va kamchiliklar yuzasidan tegishli xulosalar chiqarildi. Kelgusi o‘quv yilida tyutorlik faoliyatini yanada takomillashtirish, talabalarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy, ma’naviy va psixologik ko‘mak sifatini oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi. ⏺Taqdimot yakunida tyutorlik institutining samaradorligini yanada oshirish, talaba-yoshlar bilan individual ishlash tizimini kuchaytirish hamda ularning har tomonlama kamol topishiga xizmat qiladigan yangi tashabbuslarni amaliyotga joriy etish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. #TTYSI_Tyutorlar_Faoliyati #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube

Repost from Edu.uz
#Qonunchilik_yangiliklari ❗️ Oliy ta’limda yangi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar joriy etildi 📝 Oliy ta’lim, fan va
#Qonunchilik_yangiliklari
❗️ Oliy ta’limda yangi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar joriy etildi
📝 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Mazkur hujjat Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. 🔰 O‘zgarishlardan asosiy maqsad — oliy ta’limni zamonaviy mehnat bozori talablariga moslashtirish, iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlari uchun raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashdan iborat.
🎓 Bakalavriatda yangi yo‘nalishlar
Endilikda quyidagi zamonaviy yo‘nalishlar bo‘yicha ham kadrlar tayyorlanadi: 🌱 ekologiya va atrof-muhit; ♻️ yashil iqtisodiyot; 🌍 iqlim o‘zgarishi; ☀️ qayta tiklanuvchi energiya; 💧 suv resurslarini boshqarish; 🤖 mobil robototexnika; 🛸 uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar); 🌾 barqaror qishloq xo‘jaligi; 🏕 ekoturizm; 🚆 temir yo‘l muhandisligi.
🎓 Magistraturada yangi mutaxassisliklar
Magistratura bosqichida ham qator yangi mutaxassisliklar ochildi. Jumladan: ▪️ xalqaro energetik siyosat; ▪️ xalqaro suv diplomatiyasi; ▪️ sirkulyar iqtisodiyot; ▪️ barqaror moliya; ▪️ rivojlanish iqtisodiyoti; ▪️ ekologiya huquqi; ▪️ xalqaro savdo huquqi; ▪️ nazariy va muhandislik fizikasi; ▪️ urbanistika; ▪️ barqaror shaharsozlik; ▪️ iqlimga chidamli o‘rmon xo‘jaligi; ▪️ barqaror turizm va boshqa zamonaviy mutaxassisliklar. 📌 Shuningdek, klassifikatorga yana quyidagi o‘zgartirishlar kiritildi: ➡️ 760-pozitsiyadagi bakalavriat yo‘nalishi “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” deb qayta nomlandi. ✔️ 766-pozitsiyadagi magistratura mutaxassisligi “Davlat va harbiy boshqaruv” nomi bilan tasdiqlandi. 🚫 799-pozitsiya klassifikatordan chiqarildi. 👉🏻 Hujjatni yuklab olish
Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

✔️✅✅✅✅ TYUTORLAR FAOLIYATI TAHLIL QILINDI Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida tyutorlik faoliyati samaradorli
+9
✔️✅✅✅✅ TYUTORLAR FAOLIYATI TAHLIL QILINDI
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida tyutorlik faoliyati samaradorligini yanada oshirish, talaba-yoshlar bilan ishlash sifatini yuksaltirish hamda tyutorlar faoliyatini takomillashtirish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
🗣Shu munosabat bilan yakunlangan 2025/2026-o‘quv yili davomida tyutorlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tahliliy yillik hisobotlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. ⏺Taqdimot davomida tyutorlarning talaba-yoshlar bilan olib borgan ma’naviy-ma’rifiy ishlari, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ijtimoiy faolligini oshirish, darslarda davomati, turar joylardagi sharoitlari, muammolarini o‘rganish hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilindi. ⏺Shuningdek, ishchi guruh tomonidan o‘quv yili boshida belgilangan vazifalar ijrosi muhokama qilinib, mavjud yutuqlar va kamchiliklar yuzasidan tegishli xulosalar chiqarildi. Kelgusi o‘quv yilida tyutorlik faoliyatini yanada takomillashtirish, talabalarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy, ma’naviy va psixologik ko‘mak sifatini oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi. ⏺Taqdimot yakunida tyutorlik institutining samaradorligini yanada oshirish, talaba-yoshlar bilan individual ishlash tizimini kuchaytirish hamda ularning har tomonlama kamol topishiga xizmat qiladigan yangi tashabbuslarni amaliyotga joriy etish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. #TTYSI_Tyutorlar_Faoliyati #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube

+9
✔️‼️‼️‼️✅✅✅✅ QABUL JARAYONLARINI TASHKIL ETISH MASALALARIGA BAG‘ISHLANGAN YIG‘ILISH BO‘LIB O‘TDI
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida 2026/2027-o‘quv yili qabul jarayonlarini yuqori saviyada tashkil etish hamda ijodiy imtihonlarni ochiq, shaffof va adolat tamoyillari asosida o‘tkazishga bag‘ishlangan yig‘ilish o'tkazildi.
🗣Yig‘ilishda qabul jarayonlarini belgilangan me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida tashkil etish, kostyum dizayni, milliy kostyum, poyabzal va aksessuarlar dizayni ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha joriy yilning 13, 14 va 15-iyul kunlari bo‘lib o‘tishi belgilangan ijodiy imtihonlarning tashkiliy jihatlari hamda komissiya a’zolarining vazifa va mas’uliyatlari batafsil tushuntirildi. ⏺Shuningdek, ijodiy imtihonlarni xolis, shaffof va korrupsiyadan xoli tarzda o‘tkazish, baholash mezonlariga qat’iy rioya qilish, barcha abituriyentlar uchun teng sharoit yaratish hamda imtihon jarayonlarini videokuzatuv vositalari orqali nazorat qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. ⏺Yig‘ilish davomida komissiya a’zolariga xizmat vazifalarini vijdonan va xolisona bajarish, odob-axloq qoidalariga rioya etish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda qabul jarayonlarining shaffofligini ta’minlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi. 💬Ta’kidlanganidek, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida 2026/2027-o‘quv yili qabul jarayonlari qonunchilik talablariga muvofiq, ochiqlik, shaffoflik va adolat tamoyillari asosida tashkil etish uchun barcha zaruriy choralar ko'rilmoqda. #TTYSI_Qabul_2026 #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube

✔️🟦🟦🟦🟦🟦 “O‘ZBEKISTON TO‘QIMACHILIK JURNALI” ILMIY MAQOLALARNI QABUL QILISHNI DAVOM ETTIRMOQDA Hurmatli olimlar, tadqiqot
✔️🟦🟦🟦🟦🟦 “O‘ZBEKISTON TO‘QIMACHILIK JURNALI” ILMIY MAQOLALARNI QABUL QILISHNI DAVOM ETTIRMOQDA
Hurmatli olimlar, tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, magistrantlar va mustaqil izlanuvchilar!
🗣“O‘zbekiston To‘qimachilik Jurnali” iqtisodiyot yo‘nalishidagi ilmiy maqolalarni qabul qilishni davom ettirmoqda. ⏺Jurnalning “To‘qimachilik iqtisodiyoti va boshqaruvi (Economics and Management in the Textile Industry)” bo‘limi uchun quyidagi yo‘nalishlarda ilmiy maqolalar qabul qilinadi: - To‘qimachilik iqtisodiyoti; - Menejment va marketing; - Raqobatbardoshlik va innovatsiyalar; - Mehnat resurslari va samaradorlik; - Korxonalar iqtisodiyoti va boshqaruvi; - Shuningdek, iqtisodiyot sohasining boshqa dolzarb yo‘nalishlariga oid ilmiy tadqiqotlar. ⏺Eng muhimi - maqolalarni ko‘rib chiqish, taqrizdan o‘tkazish va “O‘zbekiston To‘qimachilik Jurnali”da nashr etish mutlaqo bepul amalga oshiriladi. ⏺Ilmiy izlanishlaringiz natijalarini keng ilmiy jamoatchilikka taqdim etish, tajriba almashish hamda soha rivojiga munosib hissa qo‘shish imkoniyatidan foydalaning. 💬Maqolalarni qabul qilish davom etmoqda! #TTYSI_Toqimachilik_Jurnali #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube

✔️🟦🟦🟦 IQTIDORLI TALABALARNING OTA-ONALARIGA TASHAKKURNOMA TOPSHIRISH DAVOM ETMOQDA Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat
✔️🟦🟦🟦 IQTIDORLI TALABALARNING OTA-ONALARIGA TASHAKKURNOMA TOPSHIRISH DAVOM ETMOQDA
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida iqtidorli, bilimli va tashabbuskor talabalarning ota-onalarini e’tirof etish va rag‘batlantirish ishlari davom etmoqda.
🗣Navbatdagi tashakkurnoma To‘qimachilik muhandisligi fakulteti talabasi - institut Matbuot xizmati xodimi Amirxon Erkinovning ota-onasiga topshirish uchun tantanali ravishda taqdim etildi. ⏺Taqdirlash marosimida institutning birinchi prorektori Baxtiyor Nasimov Vatan taqdiriga daxldorlik hissiga ega, bilimli, tashabbuskor va yuksak ma’naviyatli yoshlarni voyaga yetkazishda ota-onalarning o‘rni beqiyos ekanini alohida ta’kidladi. ⏺Shuningdek, farzandining ta’lim-tarbiyasi, ilm-fanga bo‘lgan qiziqishi, jamoatchilik hayotidagi faolligi hamda institut matbuot xizmati faoliyatidagi munosib ishtiroki yo‘lida ko‘rsatib kelayotgan e’tibori va fidokorona mehnati uchun Amirxon Erkinovning ota-onasiga samimiy minnatdorlik bildirildi. ⏺Ta’kidlanganidek, yosh avlodni yuksak ma’naviyatli, vatanparvar va zamonaviy bilimlarga ega insonlar etib tarbiyalash har qanday jamiyat taraqqiyotining mustahkam poydevori hisoblanadi. 💬Ota-onalarga bildirilayotgan bunday e’tirof ularning sharafli mehnatiga berilgan munosib bahodir. #TTYSI_Iqtidorli_Talabalar #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube

🖥🖥🖥 Президент Шавкат Мирзиёевнинг 30 июнь — Ёшлар куни муносабати билан ёшлар билан ўтказган учрашувида белгиланган вазифалар ҳамда олий таълим муассасаси битирувчиларини ишга қабул қилган тадбиркорлар учун жорий этилган янги имтиёзлар ҳақида Ўзбекистон Савдо-саноат палатаси раиси Даврон Вахабовнинг интервьюси 🎤 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube

+9
✔️🟦🟦🟦 IQTIDORLI TALABALAR OTA-ONALARIGA VAZIR TASHAKKURNOMALARI TOPSHIRILDI
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida tahsil olayotgan bir guruh iqtidorli talabalarning ota-onalariga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining Tashakkurnomalari tantanali ravishda topshirildi.
🗣Marosimda institutning birinchi prorektori Baxtiyor Nasimov so‘zga chiqib, talabalarning bugungi yutuqlari zamirida, avvalo, ota-onalarning farzand tarbiyasiga bo‘lgan yuksak mas’uliyati, ularning ta’lim-tarbiyasiga doimiy e’tibori hamda komil inson etib voyaga yetkazish yo‘lidagi fidokorona mehnati mujassam ekanini alohida ta’kidladi. Shuningdek, "Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni sohibi bo'lgan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti magistranti Otaxonov Obidxon Davlat o‘g‘lini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. ⏺Marosimda, bilimli, tashabbuskor, Vatan taqdiriga daxldorlik hissiga ega, zamonaviy dunyoqarashli va yuksak ma’naviyatli yoshlarni tarbiyalash har qanday jamiyat taraqqiyotining eng muhim omili va mustahkam poydevori ekani qayd etildi. #TTYSI_Iqtidorli_Talabalar #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube

✔️🟦🟦🟦 INSTITUT MAGISTRANTI “INNOVATSION G‘OYALAR YETAKCHISI” KO‘KRAK NISHONI BILAN TAQDIRLANDI “INNO” innovatsion o‘quv-is
+3
✔️🟦🟦🟦 INSTITUT MAGISTRANTI “INNOVATSION G‘OYALAR YETAKCHISI” KO‘KRAK NISHONI BILAN TAQDIRLANDI
“INNO” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkida 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri ishtirokida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
🗣Tadbir davomida “Akademik harakatchanlik”, “Bo‘lajak olim”, “Kelajak muhandislari”, “Mirzo Ulug‘bek vorislari” hamda boshqa respublika miqyosidagi ilmiy-innovatsion tanlovlar, olimpiadalar, festivallar va musobaqalarda yuqori natijalarga erishgan, innovatsion tashabbuslari bilan ajralib turgan 21 nafar iqtidorli yosh “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. ⏺Quvonarlisi, mazkur yuksak e’tirofga Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti magistranti Otaxonov Obidxon Davlat o‘g‘li ham munosib deb topildi. ⏺Institutning birinchi prorektori Baxtiyor Nasimov iqtidorli talabaga “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishonini tantanali ravishda topshirdi. ⏺Ushbu yutuq magistrantning ilmiy izlanishlari, innovatsion g‘oyalari hamda mamlakatimiz ilm-fani va innovatsion rivojlanishiga qo‘shayotgan munosib hissasining e’tirofi bo‘ldi. ⏺Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti jamoasi Otaxonov Obidxon Davlat o‘g‘lini ushbu yuksak mukofot bilan samimiy muborakbod etadi hamda kelgusidagi ilmiy faoliyati va innovatsion izlanishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi. #TTYSI_Iqtidorli_Talabalar #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube

✔️🟦🟦🟦 IQTIDORLI TALABALAR OTA-ONALARIGA VAZIR TASHAKKURNOMALARI TOPSHIRILDI 🗣Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat inst
+6
✔️🟦🟦🟦 IQTIDORLI TALABALAR OTA-ONALARIGA VAZIR TASHAKKURNOMALARI TOPSHIRILDI 🗣Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida tahsil olayotgan bir guruh iqtidorli talabalarning ota-onalariga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining Tashakkurnomalari tantanali ravishda topshirildi. #TTYSI_Iqtidorli_Talabalar #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube

✔️🟦🟦🟦 IQTIDORLI TALABALAR OTA-ONALARIGA VAZIR TASHAKKURNOMALARI TOPSHIRILDI 🗣Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat inst
+9
✔️🟦🟦🟦 IQTIDORLI TALABALAR OTA-ONALARIGA VAZIR TASHAKKURNOMALARI TOPSHIRILDI 🗣Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida tahsil olayotgan bir guruh iqtidorli talabalarning ota-onalariga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining Tashakkurnomalari tantanali ravishda topshirildi. #TTYSI_Iqtidorli_Talabalar #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube

✔️✅✅✅✅ MILLIY TERMA JAMOAMIZ YETAKCHILARI TALABA-YOSHLARGA MINNATDORLIK BILDIRDI 🗣Toshkent xalqaro aeroportida futbol bo‘yic
+6
✔️✅✅✅✅ MILLIY TERMA JAMOAMIZ YETAKCHILARI TALABA-YOSHLARGA MINNATDORLIK BILDIRDI 🗣Toshkent xalqaro aeroportida futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasini tantanali kutib olish marosimida milliy terma jamoamizning yetakchi futbolchilari — Abbosbek Fayzullayev, Eldor Shomurodov hamda Abduqodir Husanov Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti jamoasining Jahon chempionati davomida ko‘rsatgan samimiy qo‘llab-quvvatlovi va muxlisligi uchun o‘z minnatdorliklarini bildirdilar. #TTYSI_JCH_2026 #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube

✔️✅✅✅✅ O‘ZBEKISTON MILLIY TERMA JAMOASI TANTANALI KUTIB OLINDI Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasini Toshkent xa
+9
✔️✅✅✅✅ O‘ZBEKISTON MILLIY TERMA JAMOASI TANTANALI KUTIB OLINDI
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasini Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olish marosimida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti jamoasi faol ishtirok etdi.
🗣Jahon chempionatidagi tarixiy ishtirokidan so‘ng Vatanga qaytgan futbolchilarni minglab muxlislar, jamoatchilik vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ko‘tarinki kayfiyatda qarshi oldilar. ⏺Marosim davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan milliy terma jamoa a’zolariga yo‘llangan tabrik Bosh vazir tomonidan o‘qib eshittirildi. ⏺Toshkent xalqaro aeroportida futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasini tantanali kutib olish marosimida jamoa sardori, FIFA Jahon chempionati guruh bosqichining eng chiroyli goli muallifi Eldor Shomurodov so‘zga chiqib, milliy terma jamoani qo‘llab-quvvatlagan barcha yurtdoshlar, muxlislar va butun O‘zbekiston xalqiga samimiy minnatdorlik izhor etdi. ⏺Milliy terma jamoamiz mundial bahslarida munosib ishtirok etib, O‘zbekiston futboli tarixida yangi sahifa ochdi. Jahon chempionatida mamlakatimiz bayrog‘ining baland ko‘tarilishi, davlat madhiyasining yangrashi hamda futbolchilarimizning fidokorona kurashi millionlab yurtdoshlarimiz qalbida faxr va g‘urur tuyg‘ularini yanada kuchaytirdi. ⏺Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti jamoasi ham milliy terma jamoamizning tarixiy ishtirokini yuksak baholab, futbolchilarimizning yurt sha’nini munosib himoya qilganini alohida e’tirof etadi. 🇺🇿Olg‘a, O‘zbekiston! #TTYSI_JCH_2026 #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube

✔️🟦🟦🟦 O‘ZBEKISTON MILLIY TERMA JAMOASI TANTANALI KUTIB OLINDI 🗣Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkent
+6
✔️🟦🟦🟦 O‘ZBEKISTON MILLIY TERMA JAMOASI TANTANALI KUTIB OLINDI 🗣Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi. ⏺Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti jamoasi ham marosimda faol ishtirok etmoqda. ⏺Jahon chempionatidagi tarixiy ishtirokidan so‘ng Vatanga qaytgan futbolchilarni minglab muxlislar, jamoatchilik vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ko‘tarinki kayfiyatda qarshi oldilar. #TTYSI_JCH_2026 #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube

✔️🟦🟦🟦 ELDOR SHOMURODOV MUXLISLARGA MINNATDORLIK BILDIRDI Toshkent xalqaro aeroportida futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy t
+2
✔️🟦🟦🟦 ELDOR SHOMURODOV MUXLISLARGA MINNATDORLIK BILDIRDI Toshkent xalqaro aeroportida futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasini tantanali kutib olish marosimida jamoa sardori, FIFA Jahon chempionati guruh bosqichining eng chiroyli goli muallifi Eldor Shomurodov so‘zga chiqdi. U o‘z nutqida Jahon chempionati davomida milliy terma jamoani qo‘llab-quvvatlagan barcha yurtdoshlar, muxlislar va butun O‘zbekiston xalqiga samimiy minnatdorlik izhor etdi. ⏺Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti jamoasi ham marosimda faol ishtirok etmoqda. #TTYSI_JCH_2026 #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube

✔️🟦🟦🟦 DAVLATIMIZ RAHBARINING TABRIGI O‘QIB ESHITTIRILDI 🗣Toshkent xalqaro aeroportida futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy
+6
✔️🟦🟦🟦 DAVLATIMIZ RAHBARINING TABRIGI O‘QIB ESHITTIRILDI 🗣Toshkent xalqaro aeroportida futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasini tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tmoqdi. ⏺Marosim davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan milliy terma jamoa a’zolariga yo‘llangan tabrik Bosh vazir tomonidan o‘qib eshittirildi. ⏺Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti jamoasi ham marosimda faol ishtirok etmoqda. #TTYSI_JCH_2026 #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube

✔️🟦🟦🟦 O‘ZBEKISTON MILLIY TERMA JAMOASI TANTANALI KUTIB OLINDI 🗣Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkent
+6
✔️🟦🟦🟦 O‘ZBEKISTON MILLIY TERMA JAMOASI TANTANALI KUTIB OLINDI 🗣Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi. ⏺Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti jamoasi ham marosimda faol ishtirok etmoqda. ⏺Jahon chempionatidagi tarixiy ishtirokidan so‘ng Vatanga qaytgan futbolchilarni minglab muxlislar, jamoatchilik vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ko‘tarinki kayfiyatda qarshi oldilar. #TTYSI_JCH_2026 #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube

✔️🟦🟦🟦 O‘ZBEKISTON MILLIY TERMA JAMOASI TANTANALI KUTIB OLINDI 🗣Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkent
+5
✔️🟦🟦🟦 O‘ZBEKISTON MILLIY TERMA JAMOASI TANTANALI KUTIB OLINDI 🗣Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi. ⏺Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti jamoasi ham marosimda faol ishtirok etmoqda. ⏺Jahon chempionatidagi tarixiy ishtirokidan so‘ng Vatanga qaytgan futbolchilarni minglab muxlislar, jamoatchilik vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ko‘tarinki kayfiyatda qarshi oldilar. #TTYSI_JCH_2026 #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube

+6
✔️🙂🙃😉😌😍 "DOLZARB 90 KUN": “G‘ALABA BOG‘I”DA QAHRAMONLAR XOTIRASI YOD ETILDI
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti jamoasining “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamda Shon-sharaf muzeyiga ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.
🗣Mazkur tashrif talaba-yoshlar qalbida Vatanga sadoqat, milliy tarixga hurmat hamda ajdodlarimizning jasoratini e’zozlash tuyg‘ularini yanada mustahkamlash, Ikkinchi jahon urushi yillarida xalqimiz ko‘rsatgan mardlik va fidoyilikni chuqur anglash maqsadida tashkil etildi. ⏺Tashrifda institut prorektorlari, fakultet dekanlari, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar. ⏺Sayohat davomida yuzdan ortiq ishtirokchilar Ikkinchi jahon urushi yillarida front va front ortida fidokorona xizmat qilgan yurtdoshlarimizning jasorati, ularning mashaqqatli hayoti, urushning xalqimiz boshiga solgan og‘ir sinovlari hamda g‘alabaga qo‘shgan ulkan hissasi haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. ⏺“G‘alaba bog‘i” majmuasidagi ekspozitsiyalar, tarixiy hujjatlar, harbiy texnikalar va zamonaviy multimedia vositalari orqali urush yillarining murakkab voqealari yoritilib, tinchlik, osoyishtalik va mustaqillikning bebaho ne’mat ekani yana bir bor chuqur his etildi. ⏺Shuningdek, ishtirokchilar muzeyning “Respublikamiz aholisining frontga safarbar etilishi”, “Jang maydonlaridagi jasorat”, “O‘zbekiston – front uchun ishonchli tayanch qo‘rg‘oni”, “Urush yillarida ilm-fan, ta’lim, madaniyat va sog‘liqni saqlash”, “Urush va g‘alaba haqida xotiralar, xalqning quvonch va shodligi”, “Urush yillaridagi badiiy adabiyot, san’at va matbuot” hamda “Mardlar jasorati mangu yashaydi” nomli ekspozitsiyalari bilan yaqindan tanishdilar. ⏺Shuningdek, Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning yilligi munosabati bilan nashr etilgan kitob-albomlar va boshqa noyob eksponatlar ham katta qiziqish bilan ko‘zdan kechirildi. #TTYSI_Dolzarb_90_Kun #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube