ru
Feedback

Не попадитесь на канал ботавода! Telemetrio находит и помечает такие каналы 👉 Хотите видеть метку — оформите подписку

1000KITOB

1000KITOB

Открыть в Telegram

dunyo – O‘zbek tilida!

Больше
5 275
Подписчики
-124 часа
-157 дней
-10230 дней

Загружаем данные

Облако тегов
Нет данных
Возникли проблемы? Пожалуйста, обновите страницу или обратитесь к нашему support-менеджеру .
Входящие и исходящие упоминания
---
---
---
---
---
---
Привлечение подписчиков
нояб. '26
ноябрь '26
+46
в 8 каналах
октябрь '26
+86
в 163 каналах
Get PRO
сентябрь '26
+234
в 32 каналах
Get PRO
август '26
+270
в 46 каналах
Get PRO
июль '26
+697
в 168 каналах
Get PRO
июнь '26
+181
в 36 каналах
Get PRO
май '26
+159
в 21 каналах
Get PRO
апрель '26
+741
в 211 каналах
Get PRO
март '26
+125
в 16 каналах
Get PRO
февраль '26
+70
в 7 каналах
Get PRO
январь '26
+107
в 9 каналах
Get PRO
декабрь '25
+148
в 33 каналах
Get PRO
ноябрь '25
+136
в 22 каналах
Get PRO
октябрь '25
+690
в 122 каналах
Get PRO
сентябрь '25
+124
в 41 каналах
Get PRO
август '25
+60
в 12 каналах
Get PRO
июль '25
+518
в 58 каналах
Get PRO
июнь '25
+303
в 73 каналах
Get PRO
май '25
+2 547
в 501 каналах
Get PRO
апрель '25
+236
в 44 каналах
Get PRO
март '25
+79
в 4 каналах
Get PRO
февраль '25
+134
в 10 каналах
Get PRO
январь '25
+559
в 14 каналах
Get PRO
декабрь '24
+193
в 8 каналах
Get PRO
ноябрь '24
+118
в 9 каналах
Get PRO
октябрь '24
+402
в 28 каналах
Get PRO
сентябрь '24
+76
в 6 каналах
Get PRO
август '24
+162
в 15 каналах
Get PRO
июль '24
+907
в 22 каналах
Get PRO
июнь '24
+137
в 1 каналах
Get PRO
май '24
+439
в 3 каналах
Get PRO
апрель '24
+64
в 1 каналах
Get PRO
март '24
+75
в 4 каналах
Get PRO
февраль '24
+1 369
в 78 каналах
Дата
Привлечение подписчиков
Упоминания
Каналы
07 ноября+3
06 ноября+8
05 ноября+4
04 ноября+5
03 ноября+8
02 ноября+14
01 ноября+4
Посты канала
Metroga tushish uchun chipta kerak. Dunyo ilmlarini egallash uchun nima zarur bo‘ladi? Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

2
#tanishing ✍️ Duglas Nort (1920–2015) ▫️ Yangi institutsional iqtisodiyot asoschilaridan biri; ▫️ Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel
#tanishing ✍️ Duglas Nort (1920–2015) ▫️ Yangi institutsional iqtisodiyot asoschilaridan biri; ▫️ Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sohibi (1993); ▫️ 8 ta kitob va 50 dan ortiq ilmiy maqola muallifi; ▫️ Iqtisodiy tarix va G‘arbiy iqtisodiyot assotsiatsiyalarining sobiq prezidenti; ▫️ Amerika san’at va fanlar akademiyasi hamda Britaniya akademiyasi a’zosi. Nima uchun ayrim davlatlar boyib boradi, boshqalari esa asrlar davomida iqtisodiy qoloqlikdan chiqa olmaydi? Duglas Nort ilmiy faoliyatining katta qismida aynan shu savolga javob izlaydi. 1920-yil 5-noyabrda AQShning Kembrij shahrida tug‘ilgan Nort Kaliforniya universitetining Berklidagi kampusida bakalavr va doktorlik darajalarini olgan. Sent-Luisdagi Vashington universitetida iqtisodiyot va tarix professori, Siyosiy iqtisod markazi direktori, Hoover institutida katta ilmiy xodim sifatida faoliyat yuritgan. Shuningdek, Journal of Economic History ilmiy jurnaliga besh yil muharrirlik qilgan. Nort iqtisodiy taraqqiyot faqat kapital, tabiiy resurslar yoki texnologiyalarga bog‘liq emasligini ilmiy asoslagan. Uning fikricha, mamlakat rivojida qonunlar, mulk huquqi, davlat boshqaruvi, jamiyatdagi ishonch va urf-odatlar ham hal qiluvchi ahamiyatga ega. U bularni umumiy nom bilan “institutlar” deb atagan. Olimning “Institutlar, institutsional o‘zgarish va iqtisodiy ijro” asari iqtisodiy taraqqiyot sabablarini tushunishda muhim manbalardan hisoblanadi. Kitobda institutlarning qanday shakllanishi, vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi va mamlakatlarning iqtisodiy kelajagiga qanday ta’sir ko‘rsatishi tahlil qilinadi. Ushbu kitob loyihamiz doirasida chop etilgan! Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
804
3
Нет текста...
1 290
4
#havola “Davlat hamma narsani sodda ko‘rishni istaydi!” Siyosatshunos, loyiha eksperti Hamid Sodiq ushbu fikr orqali Jeyms Sk
#havola “Davlat hamma narsani sodda ko‘rishni istaydi!” Siyosatshunos, loyiha eksperti Hamid Sodiq ushbu fikr orqali Jeyms Skotning “Davlatcha nazar” asarida ilgari surilgan qanday muhim masalalarga e’tibor qaratadi? Tez kunda e’tiboringizga havola etamiz. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
5 339
5
Yoshlar bilan ochiq muloqot 🇺🇿 Bugun soat 17:00 da yoshlar bilan tadbirkorlik, bandlik, ta’lim va Yoshlar ishlari agentligi dasturlari haqida suhbatlashamiz. Maqsadimiz yoshlarni qiynayotgan masalalarni muhokama qilish, yangi g‘oya va takliflarni eshitish hamda mavjud imkoniyatlar haqida fikr almashish. Sizni qiziqtirgan savollar, takliflar yoki muhokama qilmoqchi bo‘lgan mavzular bo‘lsa, muloqotga qo‘shiling. Izohlarda yozib qoldiring. Bugun, soat 17:00 Telegram orqali jonli muloqot Barchangizni suhbatda kutaman! 👉https://t.me/alisher_sadullaev?livestream
1 327
6
#maxzan Ertalab dasturxonimizga qo‘yilgan noz-ne'matdan tortib, ishimiz, daromadimiz, farzandimizning ta’limi, hatto qancha u
#maxzan Ertalab dasturxonimizga qo‘yilgan noz-ne'matdan tortib, ishimiz, daromadimiz, farzandimizning ta’limi, hatto qancha umr ko‘rishimizgacha iqtisodiyot bilan bog‘liq. Shunday ekan, iqtisodchilar asrlar davomida nimaning ustida bahslashib kelmoqda? Nayl Kishtayni “Iqtisodiyotning muxtasar tarixi” kitobida Qadimgi Yunonistondan boshlangan iqtisodiy qarashlar tarixini, boylik va farovonlik haqidagi bir-biriga zid g‘oyalarni sodda tilda hikoya qiladi. Muallif bejiz “Iqtisodiyot hayot va mamot masalasidir” demaydi. “Iqtisodiyotda bahslar tugamaydi” | Batafsil Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
1 608
7
#tanishing ✍️ Piter Druker (1909–2005) ▫️ Zamonaviy menejment asoschilaridan biri; ▫️ 40 ga yaqin kitob muallifi, 25 ta unive
#tanishing ✍️ Piter Druker (1909–2005) ▫️ Zamonaviy menejment asoschilaridan biri; ▫️ 40 ga yaqin kitob muallifi, 25 ta universitetning faxriy doktori; ▫️ AQShning eng oliy fuqarolik mukofoti – “Presidential Medal of Freedom” sohibi. BusinessWeek jurnali uni “menejmentni ixtiro qilgan inson” deb ataydi. Avstriyaning Vena shahrida tug‘ilgan Piter Druker bolaligidan mashhur olim va ziyolilar davrasida ulg‘aygan. Keyinchalik uning o‘zi bu suhbatlarni “Haqiqiy ta’limni men aynan shu yerda olganman”, deb eslaydi. Frankfurt universitetida esa xalqaro huquq bo‘yicha doktorlik darajasini olgan. Druker boshqaruv haqidagi tasavvurlarni o‘zgartirgan olimlardan edi. U General Motors kompaniyasi faoliyatini 18 oy davomida o‘rganib, qaror qabul qilish vakolatlarini quyi bo‘g‘inlarga taqsimlash g‘oyasini ilgari surgan. Shuningdek, rahbar va xodimlar faoliyatini aniq maqsadlar hamda natijalar asosida tashkil etishga qaratilgan maqsadlar asosida boshqarish konsepsiyasini ommalashtirgan. Uning “Menejment: vazifalar, mas’uliyat, amaliyotlar” asari bir necha avlod rahbarlari uchun muhim qo‘llanmaga aylangan. Ushbu kitob muallifning 30 yildan ortiq ilmiy-pedagogik faoliyati hamda biznes, davlat boshqaruvi, ta’lim va tibbiyot muassasalarida orttirgan maslahatchilik tajribasiga asoslanadi. Hatto kitobni menejerlar uchun “Shifokorlar ma’lumotnomasi”ga qiyoslashadi. Mazkur asar 1000KITOB loyihasi doirasida o‘zbek tiliga tarjima qilinib, chop etilgan. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
1 666
8
Prezident Şavkat Mirziyoyev Qamaşi tumanidagi Çim mahallasida amalga oşirilgan bunyodkorlik işlari va aholi bandligini taʼmin+9
Prezident Şavkat Mirziyoyev Qamaşi tumanidagi Çim mahallasida amalga oşirilgan bunyodkorlik işlari va aholi bandligini taʼminlaş çoralari bilan tanişdi. @alisher_sadullaev
1 884
9
🇺🇿 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni! Tilning boyligi unda qancha ko‘p bilim yaratilishi, kitoblar yozilishi, tarjimalar
🇺🇿 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni! Tilning boyligi unda qancha ko‘p bilim yaratilishi, kitoblar yozilishi, tarjimalar qilinishi, yangi fikr va g‘oyalar tug‘ilishi bilan ham o‘lchanadi. Ona tilimiz ilm-fan, tafakkur va kashfiyotlar tili sifatida yanada rivojlansin. Dunyoning eng ilg‘or bilimlari, eng sara asarlari o‘zbek tilida ham barchaga yetib borsin! Aziz yurtdoshlar, O‘zbek tili bayrami barchamizga muborak bo‘lsin! Hurmat bilan, 1000KITOB jamoasi
1 583
10
Germaniya – 2026 Yoshlar ishlari agentligi delegatsiyasi Frankfurt xalqaro kitob ko‘rgazmasi doirasida yetakchi nashriyotlar,
Germaniya – 2026 Yoshlar ishlari agentligi delegatsiyasi Frankfurt xalqaro kitob ko‘rgazmasi doirasida yetakchi nashriyotlar, adabiy agentliklar va madaniy muassasalar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
1 899
11
Falsafaga qisqa kirish, tafakkurga uzoq sayohat… Eduard Kreygning “Falsafa. O‘ta qisqa tanishtiruv” asari tarjimoni Jamshid Muslimov “Charx”da. ▶️ Tomosha qiling #Charx #1000KITOB
2 950
12
Frankfurt kitob ko‘rgazmasi: mintaqaviy muloqot va hamkorlik istiqbollari 78-Frankfurt xalqaro kitob ko‘rgazmasi yakunida ko‘+5
Frankfurt kitob ko‘rgazmasi: mintaqaviy muloqot va hamkorlik istiqbollari 78-Frankfurt xalqaro kitob ko‘rgazmasi yakunida ko‘rgazma tashkilotchilari hamda Markaziy Osiyo delegatsiyalari vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Frankfurt xalqaro kitob ko‘rgazmasining ko‘p yillik prezidenti va bosh ijrochi direktori Juergen Boos, tashkilotning yangi rahbari Joachim Kaufmann, asosiy hamkorlar bilan ishlash bo‘yicha mas’ul Vladka Kupska hamda xalqaro loyihalar bo‘yicha menejer Bettina Back ishtirok etdi. Muloqot davomida Markaziy Osiyo mamlakatlarida kitobxonlikni rivojlantirish borasida shakllangan tajribalar, xususan, O‘zbekistonda yoshlarni mutolaaga keng jalb etishga doir tashabbuslar yuzasidan mulohazalar bildirildi. Davlatimiz rahbari tomonidan kitobxonlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan alohida e’tibor, ushbu yo‘nalishda yaratilayotgan imkoniyatlar, Yoshlar ishlari agentligi tizimida amalga oshirilayotgan loyihalar, jumladan, “Yoshlar uchun ming kitob” tashabbusi haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, kitobxonlikni ommalashtirish bo‘yicha xalqaro tajriba, nashriyotlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, kitoblar tarjimasi va nashri sohasidagi hamkorlikni kengaytirish hamda kelgusidagi qo‘shma tashabbuslar yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuv yakunida Frankfurt xalqaro kitob ko‘rgazmasi vakillariga O‘zbekiston noshirlari va kitob savdosi tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi nomidan esdalik sovg‘alari topshirildi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
1 820
13
Princeton University Press | Znak | Eastern European and Asian Rights Agency (EEARA) Frankfurt kitob ko‘rgazmasi doirasida na+3
Princeton University Press | Znak | Eastern European and Asian Rights Agency (EEARA) Frankfurt kitob ko‘rgazmasi doirasida navbatdagi uchrashuvlar o‘tkazildi. Unda yangi asarlar, tarjima huquqlari va o‘zbek kitobxoniga sifatli adabiyotlarni yetkazish bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi. — Princeton University Press | Znak | Eastern European and Asian Rights Agency (EEARA) Further meetings were held as part of the Frankfurt Book Fair. The discussions focused on new titles, translation rights, and opportunities to bring quality literature to Uzbek readers. #FrankfurtBookFair #PrincetonUniversityPress #Znak #EEARA
1 522
14
Nufuzli xalqaro nashriyotlardan biri Oxford University Press bilan hamkorlik “1000KITOB” doirasidagi eng samarali yo‘nalishla+5
Nufuzli xalqaro nashriyotlardan biri Oxford University Press bilan hamkorlik “1000KITOB” doirasidagi eng samarali yo‘nalishlardan biri bo‘lib kelmoqda. Nashriyotning qator seriyalari allaqachon o‘zbek tilida chop etilgan, yangi nashrlar ustida ham ish olib borilmoqda. Frankfurt kitob ko‘rgazmasidagi uchrashuvda yangi kitob seriyalari, ta’limga oid nashrlar va sifatli o‘quv adabiyotlarini o‘zbek kitobxoniga yetkazish bo‘yicha navbatdagi imkoniyatlar muhokama qilindi. — Cooperation with Oxford University Press, one of the world’s leading academic publishers, has been among the most productive areas within the 1000KITOB project. A number of its series have already been published in Uzbek, while work on new editions is continuing. At the Frankfurt Book Fair, the meeting focused on new book series, educational publications, and further opportunities to make high-quality academic and learning books available to Uzbek readers. #FrankfurtBookFair #OxfordUniversityPress #1000KITOB #Education #Publishing #Hamkorlik
1 537
15
Frankfurt kitob ko‘rgazmasida Phaidon bilan hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Nashriyotning The Story of
Frankfurt kitob ko‘rgazmasida Phaidon bilan hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Nashriyotning The Story of Art (“San’at tarixi”) asari o‘zbek tilida nashrga tayyorlangan, bolalar uchun mo‘ljallangan Exploring the Universe: A Complete Guide to the Cosmos kitobi esa tarjima qilinmoqda. Bunday nashrlar yoshlarning san’atni anglash doirasini kengaytirish, ilm va madaniyatga qiziqishini boyitishga xizmat qiladi. Uchrashuvda shu yo‘nalishdagi yangi loyihalar ham ko‘rib chiqildi. Yangiliklar hali oldinda. — At the Frankfurt Book Fair, discussions were held with Phaidon on expanding cooperation. The Story of Art has been prepared for publication in Uzbek, while the children’s book Exploring the Universe: A Complete Guide to the Cosmos is currently being translated. Such publications can broaden young people’s understanding of art and enrich their interest in science and culture. New projects in this area were also discussed. More updates are ahead. #FrankfurtBookFair #Phaidon #1000KITOB
1 338
16
Frankfurt kitob ko‘rgazmasi doirasida MIT Press bilan texnologiya, sun’iy intellekt va zamonaviy ilm-fan bo‘yicha fundamental
Frankfurt kitob ko‘rgazmasi doirasida MIT Press bilan texnologiya, sun’iy intellekt va zamonaviy ilm-fan bo‘yicha fundamental asarlarni o‘zbek tiliga tarjima qilish, ularning mualliflik huquqlarini olish hamda nashrga tayyorlash bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi. — At the Frankfurt Book Fair, discussions with MIT Press focused on opportunities to translate fundamental works on technology, artificial intelligence, and modern science into Uzbek, including publishing rights and future publication cooperation. #FrankfurtBookFair #MITPress #1000KITOB
1 222
17
Yangi kitoblarga yo‘l 7–11-oktabr kunlari Frankfurtda 78-Xalqaro kitob ko‘rgazmasi o‘tkazilmoqda. Yoshlar ishlari agentligi d+8
Yangi kitoblarga yo‘l 7–11-oktabr kunlari Frankfurtda 78-Xalqaro kitob ko‘rgazmasi o‘tkazilmoqda. Yoshlar ishlari agentligi delegatsiyasi ham kitobxonlikni rivojlantirish, xalqaro tajribani o‘rganish va 1000KITOB uchun yangi hamkorlik imkoniyatlarini aniqlash maqsadida ushbu ko‘rgazmada ishtirok etmoqda. Nega soha vakillari har yili aynan Frankfurtga intiladi? Chunki bir necha kun ichida dunyoning yirik nashriyotlari, adabiy agentliklari va huquq egalari bir joyda jamlanadi. Yangi kitoblar tanishtiriladi, tarjima huquqlari bo‘yicha muzokaralar olib boriladi, kelgusi hamkorliklar kelishiladi. Boshqa payt oylar talab qiladigan jarayonlar shu yerda ancha tezlashadi. 1000KITOB uchun ahamiyati nimada? Bu yerda loyiha kerakli kitoblarni topish, ularning huquq egalari bilan bevosita gaplashish va tarjima hamda nashr shartlarini tezroq kelishish imkoniga ega. Eng muhimi, 1000KITOB xalqaro nashriyotlarga katta auditoriya bilan ishlayotgan, kitoblarni tanlash, tarjima huquqlarini olish, nashr jarayonlarini tizimli tashkil etayotgan loyiha sifatida yaqindan tanishtiriladi. Bu esa keyingi kitoblar bo‘yicha kelishuvlarni osonlashtirib, yangi asarlarga tezroq chiqishga yo‘l ochadi. Shu maqsadda ko‘rgazma davomida bir qator nashriyot va adabiy agentliklar bilan uchrashuvlar belgilangan. Ularning natijalari, yangi kelishuvlar va loyiha uchun ochilayotgan imkoniyatlarni navbati bilan ulashib boramiz. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
1 317
18
#charx “Fan odami falsafiy ta’limotlardan xabardor bo‘lishga 100 foiz majbur”, deydi suhbatdoshimiz – “Falsafa. O‘ta qisqa ta
#charx “Fan odami falsafiy ta’limotlardan xabardor bo‘lishga 100 foiz majbur”, deydi suhbatdoshimiz – “Falsafa. O‘ta qisqa tanishtiruv” kitobi tarjimoni, iqtisodchi va auditor Jamshid Muslimov. Nega? Bu savolga batafsil javobni tez kunda “Charx”dagi suhbatimizdan topasiz. Kitobni esa ko‘rsatilgan 300 dan ortiq muassasadan yoki Mutolaa ilovasi orqali ham o‘qish imkoniga egasiz. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
2 909
19
Kitob o‘qilganda sizniki, muhokama qilinganda barchanikiga aylanadi. 1000KITOB doirasida o‘zbek tilida chop etilgan “O‘zimga
Kitob o‘qilganda sizniki, muhokama qilinganda barchanikiga aylanadi. 1000KITOB doirasida o‘zbek tilida chop etilgan “O‘zimga o‘gitlar” (Rim imperatori Mark Avreliy, milodiy II asr) asari KunUz’ning “5 daqiqa” loyihasi nigohida. Taxtdan baland hikmatlar! “Qarsaklar shovqinida haqiqatning ovozi eshitilmaydi” | Batafsil Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
1 430
20
Qadrli ustozlar va murabbiylar! Biz dunyoning eng sara asarlarini o‘zbek tiliga olib kelar ekanmiz, yoshlarning ko‘proq mutol
Qadrli ustozlar va murabbiylar! Biz dunyoning eng sara asarlarini o‘zbek tiliga olib kelar ekanmiz, yoshlarning ko‘proq mutolaa qilishi, izlanishi, mustaqil fikrlashi va dunyoqarashini kengaytirishini istaymiz. Ko‘pchiligimizning ilmga qiziqishimiz, o‘z ustimizda ishlashimiz ortida bizga yo‘l ko‘rsatgan insonlar turadi. Ular tavsiya qilgan bir asar, bergan bir maslahat yoki bildirgan ishonch hayotimizdagi muhim tanlovlarga ham ta’sir qiladi. Bugun biz tayanayotgan tajriba, erishayotgan natijalarimizda muallimlarimiz bergan ta’lim va tarbiyaning hissasi katta. 1000KITOB jamoasi barcha ustoz va murabbiylarni 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy tabriklaydi! Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
1 519