cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Uzbekonomics

Kolonka: https://www.gazeta.uz/ru/authors/bkobilov/ Podkast: https://www.youtube.com/c/Uzbekonomics Aloqa: @econ_feedback_bot

Больше
Узбекистан6 568Язык не указанКатегория не указана
Рекламные посты
11 315
Подписчики
-1424 часа
-1077 дней
+2 96430 дней
Время активного постинга

Загрузка данных...

Find out who reads your channel

This graph will show you who besides your subscribers reads your channel and learn about other sources of traffic.
Views Sources
Анализ публикаций
ПостыПросмотры
Поделились
Динамика просмотров
01
Bugungi suhbatimiz mehmoni markaziy Osiyo tarixi va madaniyati sohasida taniqli olim, ajoyib tarixchi va mutaxassis — Adib Xolid. Professor Xolidning tadqiqotlari markaziy Osiyo tarixiga, ayniqsa, 1860-yillarda Rossiyaning bosib olishi davridan hozirgi kungacha bo'lgan madaniy va identifikatsion o'zgarishlarga qaratilgan. Uning ilmiy ishlari musulmon va rus/sovet dunyolarining kesishish nuqtasini chuqur tahlil qilib, xususan, Markaziy Osiyoda Islom dinining tsarist va sovet boshqaruvi ostidagi taqdiri haqida muhim ma'lumotlarni beradi. Xolid madaniyat va madaniy o'zgarishlar, imperiya va mustamlakachilik hamda milliylik masalalari haqida yozib keladi. Xolid Guggenheim Jamg'armasi, Carnegie Korporatsiyasi, Milliy Gumanitar Fanlar Jamg'armasi kabi bir qator nufuzli tashkilotlar grantlari sovrindori. Shuningdek, Parijdagi Inson Fanlari Uyi va Vashingtondagi Kongress Kutubxonasidagi Kluge Markazi tadqiqotchi lavozimlarida ishlagan. Xolid to'rtta nufuzli kitobning muallifi: “Musulmon madaniyati islohoti siyosati: Markaziy Osiyoda Jadidizm,” “Kommunizmdan Keyin Islom: Markaziy Osiyoda Din va Siyosat,” “O'zbekiston tavalludi” va “Markaziy Osiyo. Imperatorlik istilolaridan hozirgi kungacha bo'lgan yangi tarix.” Uning so'nggi kitobi Markaziy Osiyoning “rus” va “xitoy” qismlarining integratsiyalashgan hikoyasini taqdim etadi va bir nechta tillarga tarjima qilingan, bu uning global ta'sirini ko'rsatadi. Ko'plab mukofotlari orasida “Kommunizmdan Keyin Islom” 2008 yilda Veyn S. Vucinich Kitob Mukofotini qo'lga kiritgan, “O'zbekiston tavalludi” esa 2016 yilda Reginald Zelnik Tarix Kitob Mukofotini olgan. Ushbu mukofotlar Dr. Xolidning rus, Yevrosiyo va sharqiy Yevropa tadqiqotlari sohalariga qo'shgan ulkan hissasini ko'rsatadi. Professor Adib Xolid Panjob Universiteti (Lahor)da bakalavr darajasini, McGill Universiteti (Monreal)da yana bir bakalavr darajasini va Viskonsin-Medison Universitetida magistratura va doktorlik darajalarini olgan. 1993 yildan beri u Karleton Kolleji ilmiy jamoasining muhim a'zosi bo'lib kelmoqda. https://youtu.be/dEleU_5RKEQ?si=EtW6ydwUWNzLNkHV
1 7257Loading...
02
Podkastimizning yangi soni chiqdi. Bu epizodda biz sanoat siyosatini davlat tomonidan yuritilishini afzallik va kamchiliklari, tarixi, siyosati va hozirgi kundagi qoʻllanilishi haqida gaplashdik. Oxirgi yillarda sanoat siyosatini davlat tomonidan boshqarilishi, va ishlab chiqilishi yana modaga qaytdi. Bu moda nafaqat rivojlanayotgan va davlat oʻrni katta boʻlgan mamlakatlarda, balki rivojlangan va bozor iqtisodiyotiga oʻtgan mamlakatlarda ham kuzatilmoqda. Shuning uchun bu mavzuda batafsil suhbatlashishga qaror qildik. Tinglang, ko'ring, do'stlaringiz bilan ulashing va izoh qoldiring. https://www.youtube.com/watch?v=ZIzwmHVJ_bo Audio formatda: Spotify | Apple Podcast | Yandex Music | Podbean Bu epizod hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank". http://www.aloqabank.uz/ https://zoomrad.uz/ @uzbekonomics
11 91944Loading...
03
Juda to’g’ri va o’rinli savollar: https://t.me/iqtisodchi_kundaligi/2827 https://t.me/iqtisodchi_kundaligi/2828 @uzbekonomics
7 5678Loading...
04
Shu kunlarda OAVda yangiliklar, ijtimoiy tarmoqlar, va shaxsiy xabarlar orqali juda ko’plab vatandoshlardan tabriklar va tilaklarni o’qidim va eshitdim. Barchangizga e’tibor, tilaklar va quvonchimni baham ko'rganingiz uchun samimiy minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Sizlarning doimiy qo’llab-quvvatlashingiz, duolaringiz va ishonchingiz menga kuch beradi. Katta rahmat! @uzbekonomics
8 5123Loading...
05
Иқтисодчи Ботир Қобилов Гарварднинг фан доктори илмий даражасини ҳимоя қилибди. Табриклаймиз.
7 99219Loading...
06
Erta tongni xushxabardan boshlaymiz Iqtisodchi, @uzbekonomics kanali muallifi Botir Qobilov Harvard Universitetidan fan doktori ilmiy darajasini olibdi. Bu haqda Behzod Hoshimov ma'lum qildi. Botir aka Qobilov Harvard Universitetida fan doktorligini himoya qilgan birinchi o’zbekistonlik bo’ldi. Qoyil! O'zbek ilmiy jamiyati uchun katta xushxabar bu. Yurtdoshlarimiz orasidan shunday olimlar yetishib chiqayotganidan doim faxrlanamiz, farzandlarimiz ham ular kabi ilmli inson bo'lishini niyat qilamiz. Botir aka, chin dildan tabriklayman! 👉 @xushnudbek 👈
5 74519Loading...
07
Iste’dodli va aql-zakovatli o‘zbekistonliklarning dovrug‘i jahonga taralishi lozim! Bugun Harvard universitetida doktorlik ilmiy darajasiga erishgan hamyurtimiz, faxrimiz, taniqli iqtisodchi olim Botir Qobilovni tabriklashdan mamnunmiz. Vatandoshimiz dunyoda nufuzi bo‘yicha uchinchi o‘rinda turadigan universitetda PhD unvonini olgan birinchi o‘zbekistonlik bo‘ldi! Har bir yigit-qizimiz Botir kabi o‘z ustida ishlab, bilimini chuqurlashtirishi, dunyoqarashini kengaytirishi zarur. Qiyinchiliklardan aslo cho‘chimaslik, taslim bo‘lmaslik kerak. Yosh do‘stlarim, o‘z ustingizda ishlang, o‘rganing, mehnat qiling va oldingizga ulkan maqsadlar qo‘ying. Botir Qobilovning yutug‘i barcha uchun ilhom manbai bo‘la oladi. Faxrlansa arzigulik yurtdoshlarimiz ko‘paysin! – Узбекистан должен стать известен во всём мире как страна талантливых и умных людей! Сегодня мы с большой гордостью поздравляем нашего соотечественника, известного экономиста Ботира Кобилова, получившего степень доктора в Гарвардском университете. Он стал первым узбекистанцем, получившим звание PhD в университете, занимающем в мировом рейтинге третье место! Важно, чтобы каждый молодой человек в Узбекистане развивал свой интеллект! Не нужно бояться и опускать руки. Нужно работать над собой, учиться, трудиться и ставить большие цели. И Ботир Кобилов — замечательный пример для вдохновения. Пусть таких узбекистанцев будет больше!
6 96331Loading...
08
Do’stim, hammuallifim, podkastdoshim va qadrli akam - Botir Kobilov bugun Harvard Universitetidan doktorlik unvonini oldilar. Botir aka bilan faxrlanamiz. Vatanimiz, millatimizga Botir akadek olimlar muborak bo’lsin. Botir aka Harvardda doktorlik qilgan birinchi O’zbekistonlik bo’ldilar. Bundan ham katta yutuq va zafarlar tilab qolamiz!
14 938103Loading...
09
Immigratsiya haqida yana bir bor. https://twitter.com/RishiSunak/status/1790692815111926010 Esingizda bo'lsa, Britaniya chet-ellik ishchilar oila a'zolarini o'zlari bilan olib kelishni taqiqlaydigan choralar ko'rmoqchi deb fevralda yozgan edim. Bu narsa talabalarga ham taalluqli ekan. Bugun bosh vazir Rishi Sunak (o'zi immigrant farzandi) ijtimoiy tarmoqda faxrlanib studentlar oila a'zolariga xujjat topshirish holatlari o'tgan yilgi tegishli davrga nisbatan 80%ga kamaydi deb yozibdi. Qarang, hursand bo'lib shuni ovoza qilmoqda. Qo'ygan videosi ham talaba oila a'zosi ustiga "stopped" degan muxrni qo'ymoqda. O'z oyog'iga bolta urish deb aynan shuni aytishsa kerak. Dunyoda hozir mamlakatlararo kurash hozir bitta tekislikda kechmoqda - talantli kadrlarni o'ziga jalb qilish, olib qolish. Chet eldan yangi kapital ham, raketalar poygasi ham, yangi neft zaxirasini izlash emas, aynan "talantlarni" magnitdek tortib olish uchun kurash kechmoqda. Buni Singapur ham, Yaponiya ham, boshqalar ham bilib yangi choralarni ko'rmoqda. AQShni gapirmasak ham bo'ladi, siyosiy poligonda kelib-ketadigan siyosatchilar qarashlari va ovoz beruvchilarning sentimenti immigrantlarga salbiyroq bo'lib ko'rinsa ham amaliy nuqtai nazardan talantlar magniti AQShda bo'lib qolaveradi va bu uning quroli. Britaniyaga qaytsak, mening kutilmam shundan iboratki, nafaqat talabalar oila a'zolari applicationlari qisqaradi, balki yaqin istiqbolda talabalarning o'zlari kelishi ham qisqaradi (menimcha, trend shundoq ham pastga ketayotgan edi). "Sening oilang bu yerda kerak emas" degan shior nafaqat Britaniyaning o'z manfaatlariga qarshi, balki qandaydir g'ayriisonsondek. Bilmadim, xorijiy talabalarni o'z oilasidan ajratib, uzoqlashtiradigan choralar maqtanadigan narsa emas. Axir ular nafaqat 1-2-3 yil o'qib-ketgani, balki bilim olib o'sha yerda soliq to'lab, innovatsiya, iqtisodiy faollikka hissa qo'sha olardilar. Umid qilamanki, Britaniya bu xatoni to'g'irlaydi. Ungacha esa, o'zbekistonlik talabalarga, ayniqsa oilalik talabalarga o'qish uchun Britaniyadan boshqa mamlakatlarni jiddiy o'ylab ko'rishni tavsiya etaman. @uzbekonomics
18 22351Loading...
10
Baydenni qilgan ishiga Baydenni 2019-yildagi javobi: Tramp asosiy gʻoyani tushunmaydi. Uning fikricha, u qoʻygan tariflar Xitoy tomonidan toʻlanadi. Har qanday birinchi kurs iqtisodchi talaba aytib berishi mumkin - bu tariflarga Amerika xalqi toʻlayapti. Hatto Targetdagi kassirlar (supermarketlar tarmogʻi) nima boʻlayotganini koʻrishmoqda — hatto ular ham iqtisodiyot haqida Trampdan koʻra koʻproq bilishadi.” https://t.me/uzbekonomics/918
12 14611Loading...
11
​​Protektsionizm avvalambor siyosat va siyosiy rag'batlar haqida, iqtisodiyot emas. Noyabrda saylov, ovoz kerak. Kasaba uyushmalari va aynan shu soha ishchilari AQShda muhim siyosiy kuchga ega ekanligini inobatga olsak bular tushunarli. Tariflar raqobatni kamaytirish va narxlarni oshirish orqali amerikaliklarga zarar yetkazadi. Amerikaliklar tariflar bilan "himoyalangan" tovarlarni qimmatroqqa oladilar, innovatsiyadan qolib ketadilar. Ya'ni, bozorda AQSh korxonalari raqobatdan qastdan qolib ketishlari uchun amerikalik iste'molchilar ustiga yana soliq to'laydilar desa ham bo'ladi. Ford, GM va xatto Tesla ham himoyalangan bozorda innovatsiya qilishga, xarajatlarni tejashga rag'batlari bo'lmaydi, "yalqov" korxonalar bo'lib qoladilar. Balki AQShga xitoylik EV mashinalar shundoq ham tarifsiz davrda kelmayotgan edi, hech kim olmayotgan edi deyishlari mumkin, lekin bu chora orqali global bozorda solar panellar bo'yicha ham EV mashinalar bo'yicha ham oldinga o'tib ketayotgan Xitoy korxonalari bilan AQShdagi korxonalar umuman raqobatbardosh bo'lmaydigan qilib qo'yadi. Eng qizig'i shundaki, iqlim o'zgarishi xavfi ortib borayotgan davrda, ayniqsa AQShda bu xabardorlik kengayib borayotgan paytda bozorni solar panellarga ham EVlarga ham yopishi qandaydir absurd vaziyat. @uzbekonomics
17 03330Loading...
Bugungi suhbatimiz mehmoni markaziy Osiyo tarixi va madaniyati sohasida taniqli olim, ajoyib tarixchi va mutaxassis — Adib Xolid. Professor Xolidning tadqiqotlari markaziy Osiyo tarixiga, ayniqsa, 1860-yillarda Rossiyaning bosib olishi davridan hozirgi kungacha bo'lgan madaniy va identifikatsion o'zgarishlarga qaratilgan. Uning ilmiy ishlari musulmon va rus/sovet dunyolarining kesishish nuqtasini chuqur tahlil qilib, xususan, Markaziy Osiyoda Islom dinining tsarist va sovet boshqaruvi ostidagi taqdiri haqida muhim ma'lumotlarni beradi. Xolid madaniyat va madaniy o'zgarishlar, imperiya va mustamlakachilik hamda milliylik masalalari haqida yozib keladi. Xolid Guggenheim Jamg'armasi, Carnegie Korporatsiyasi, Milliy Gumanitar Fanlar Jamg'armasi kabi bir qator nufuzli tashkilotlar grantlari sovrindori. Shuningdek, Parijdagi Inson Fanlari Uyi va Vashingtondagi Kongress Kutubxonasidagi Kluge Markazi tadqiqotchi lavozimlarida ishlagan. Xolid to'rtta nufuzli kitobning muallifi: “Musulmon madaniyati islohoti siyosati: Markaziy Osiyoda Jadidizm,” “Kommunizmdan Keyin Islom: Markaziy Osiyoda Din va Siyosat,” “O'zbekiston tavalludi” va “Markaziy Osiyo. Imperatorlik istilolaridan hozirgi kungacha bo'lgan yangi tarix.” Uning so'nggi kitobi Markaziy Osiyoning “rus” va “xitoy” qismlarining integratsiyalashgan hikoyasini taqdim etadi va bir nechta tillarga tarjima qilingan, bu uning global ta'sirini ko'rsatadi. Ko'plab mukofotlari orasida “Kommunizmdan Keyin Islom” 2008 yilda Veyn S. Vucinich Kitob Mukofotini qo'lga kiritgan, “O'zbekiston tavalludi” esa 2016 yilda Reginald Zelnik Tarix Kitob Mukofotini olgan. Ushbu mukofotlar Dr. Xolidning rus, Yevrosiyo va sharqiy Yevropa tadqiqotlari sohalariga qo'shgan ulkan hissasini ko'rsatadi. Professor Adib Xolid Panjob Universiteti (Lahor)da bakalavr darajasini, McGill Universiteti (Monreal)da yana bir bakalavr darajasini va Viskonsin-Medison Universitetida magistratura va doktorlik darajalarini olgan. 1993 yildan beri u Karleton Kolleji ilmiy jamoasining muhim a'zosi bo'lib kelmoqda. https://youtu.be/dEleU_5RKEQ?si=EtW6ydwUWNzLNkHV
Показать все...
Adeeb Khalid - Central Asian Borders, Making Uzbekistan and ideology of Jadids

I had the incredible honor of hosting Dr. Adeeb Khalid, a distinguished historian and scholar whose extensive work significantly shaped our understanding of modern Central Asia. Dr. Khalid held a BA from the University of Punjab, Lahore, a BA from McGill University, and an MA and PhD from the University of Wisconsin, Madison. Since 1993, he had been a professor at Carleton College. Dr. Khalid's research delved deep into the history of Central Asia, focusing on the region's cultural and identity transformations from the Russian conquest of the 1860s to the present day. His work intricately explored the intersection of the Muslim and Russian/Soviet worlds, with a particular emphasis on the fate of Islam under Tsarist and Soviet rule. His interests spanned culture and cultural change, empire and colonialism, and nationhood in its various forms. Over the years, Dr. Khalid was the recipient of numerous prestigious grants from foundations such as the Guggenheim Foundation, the Carnegie Corporation, and the National Endowment for the Humanities, among others. He also held esteemed visiting research positions at the Maison des Sciences de l’Homme in Paris and the Kluge Center for Scholars at the Library of Congress in Washington, DC. Dr. Khalid was the author of four influential books: "The Politics of Muslim Cultural Reform: Jadidism in Central Asia," "Islam after Communism: Religion and Politics in Central Asia," "Making Uzbekistan: Nation, Revolution, and Empire in the Early USSR," and "Central Asia: A New History from the Imperial Conquests to the Present." His latest book offered an integrated narrative of both the "Russian" and "Chinese" parts of Central Asia and had been translated into multiple languages, reflecting its global impact. Among his many accolades, "Islam after Communism" won the 2008 Wayne S. Vucinich Book Prize, and "Making Uzbekistan" received the Reginald Zelnik Book Prize in History in 2016. These awards highlighted the profound contributions Dr. Khalid made to the fields of Russian, Eurasian, and East European studies. Here are the links to Dr. Khalid's books on Amazon: The Politics of Muslim Cultural Reform: Jadidism in Central Asia

https://www.amazon.com/Politics-Muslim-Cultural-Reform-Jadidism/dp/0520213551

Islam after Communism: Religion and Politics in Central Asia

https://www.amazon.com/Islam-after-Communism-Religion-Politics/dp/0520282157

Making Uzbekistan: Nation, Revolution, and Empire in the Early USSR

https://www.amazon.com/Making-Uzbekistan-Nation-Revolution-Empire/dp/080145409X

Central Asia: A New History from the Imperial Conquests to the Present

https://www.amazon.com/Central-Asia-History-Imperial-Conquests/dp/0691161399

Podkastimizning yangi soni chiqdi. Bu epizodda biz sanoat siyosatini davlat tomonidan yuritilishini afzallik va kamchiliklari, tarixi, siyosati va hozirgi kundagi qoʻllanilishi haqida gaplashdik. Oxirgi yillarda sanoat siyosatini davlat tomonidan boshqarilishi, va ishlab chiqilishi yana modaga qaytdi. Bu moda nafaqat rivojlanayotgan va davlat oʻrni katta boʻlgan mamlakatlarda, balki rivojlangan va bozor iqtisodiyotiga oʻtgan mamlakatlarda ham kuzatilmoqda. Shuning uchun bu mavzuda batafsil suhbatlashishga qaror qildik. Tinglang, ko'ring, do'stlaringiz bilan ulashing va izoh qoldiring. https://www.youtube.com/watch?v=ZIzwmHVJ_bo Audio formatda: Spotify | Apple Podcast | Yandex Music | Podbean Bu epizod hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank". http://www.aloqabank.uz/ https://zoomrad.uz/ @uzbekonomics
Показать все...
43 - Sanoat siyosatining qaytishi

Oxirgi yillarda sanoat siyosatini davlat tomonidan boshqarilishi bir xil payt esa davlat tomonidan sanoat siyosati ishlab chiqilishi yana modaga qaytdi. Bu moda nafaqat rivojlanayotgan va davlat oʻrni katta boʻlgan mamlakatlarda, balki rivojlangan va bozor iqtisodiyotiga oʻtgan mamlakatlarda ham kuzatilmoqda. Oxirgi bir yilda, AQSh administratsiyasi bir nechta ustuvor yoʻnalishlarda aktiv sanoat siyosatiga qoʻl urushni boshladi, boshqa gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida ham siyosatchilar shunday gʻoyalar haqida gapirishmoqda. Bu epizodda biz sanoat siyosatini davlat tomonidan yuritilishini afzallik va kamchiliklari, tarixi, siyosati va hozirgi kundagi qoʻllanilishi haqida gaplashdik. Podkastning ushbu epizodi rasmiy hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank". http://www.aloqabank.uz/

https://zoomrad.uz/mobile-app

Podkast yozilgan sana: 28 - May 2024. Mualliflar: Botir Kobilov:

https://t.me/uzbekonomics

Behzod Hoshimov:

https://t.me/iqtisodchi_kundaligi

Audio podkastni tinglash va obuna bo'lish uchun ilovalar: Spotify:

https://open.spotify.com/show/1ZJ1l4K...

Apple Podcast:

https://podcasts.apple.com/us/podcast...

Yandex Music:

https://music.yandex.ru/album/1356059...

Podbean:

https://botir.podbean.com/

Stitcher:

https://www.stitcher.com/show/uzbekon...

Показать все...
Iqtisodchi Kundaligi

Atom elektr stansiyasi haqidagi diskussiyada, menimcha, sal koʻproq mulohaza qilishimiz darkor. Tabiiyki, Oʻzbekistonga elektr energiyasi kerak, energetika qancha arzon va koʻp boʻlsa, farovonlik va rivojlanish uchun shuncha yaxshi. Lekin bizda muammo elektr va energetika sohasini islohot qilmaganimizda yoki qandaydir stansiya mavjudligida emas. Hozirgi holatda ham, hech qanday AESsiz ham elektrni import qila olamiz, yoki uni ishlab chiqarish uchun yoqilgʻini import qila olamiz, uning ustiga ancha normal narxlarda quyosh energiyasini ishlab chiqaradigan korxonalarni jalb qila olamiz. Demak “svet yoʻqligi” muammosi sunʼiy yaratilgan, notoʻgʻri boshqaruv va xato qurilyan elektr energiya siyosatining mevasi. AES qurilishi hal qilib beradigan bir texnologik muammo emas. Atom energiyasiga kelsak — bu qaror birinchi oʻrinda iqtisodiy maqsadga muvofiqmi-muvofiq emasmi bilib olishimiz kerak. Masalan, uni qurish uchun necha pul hukumatimiz beradi? Boshqa moliyaviy manbalar, jumladan davlat qarzi hisobidan moliyalashtiriladimi…

Shu kunlarda OAVda yangiliklar, ijtimoiy tarmoqlar, va shaxsiy xabarlar orqali juda ko’plab vatandoshlardan tabriklar va tilaklarni o’qidim va eshitdim. Barchangizga e’tibor, tilaklar va quvonchimni baham ko'rganingiz uchun samimiy minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Sizlarning doimiy qo’llab-quvvatlashingiz, duolaringiz va ishonchingiz menga kuch beradi. Katta rahmat! @uzbekonomics
Показать все...
Repost from davletovuz
Фото недоступноПоказать в Telegram
Иқтисодчи Ботир Қобилов Гарварднинг фан доктори илмий даражасини ҳимоя қилибди. Табриклаймиз.
Показать все...
Repost from Xushnudbek.uz
Фото недоступноПоказать в Telegram
Erta tongni xushxabardan boshlaymiz Iqtisodchi, @uzbekonomics kanali muallifi Botir Qobilov Harvard Universitetidan fan doktori ilmiy darajasini olibdi. Bu haqda Behzod Hoshimov ma'lum qildi. Botir aka Qobilov Harvard Universitetida fan doktorligini himoya qilgan birinchi o’zbekistonlik bo’ldi. Qoyil! O'zbek ilmiy jamiyati uchun katta xushxabar bu. Yurtdoshlarimiz orasidan shunday olimlar yetishib chiqayotganidan doim faxrlanamiz, farzandlarimiz ham ular kabi ilmli inson bo'lishini niyat qilamiz. Botir aka, chin dildan tabriklayman! 👉 @xushnudbek 👈
Показать все...
Repost from Komil Allamjonov
Фото недоступноПоказать в Telegram
Iste’dodli va aql-zakovatli o‘zbekistonliklarning dovrug‘i jahonga taralishi lozim! Bugun Harvard universitetida doktorlik ilmiy darajasiga erishgan hamyurtimiz, faxrimiz, taniqli iqtisodchi olim Botir Qobilovni tabriklashdan mamnunmiz. Vatandoshimiz dunyoda nufuzi bo‘yicha uchinchi o‘rinda turadigan universitetda PhD unvonini olgan birinchi o‘zbekistonlik bo‘ldi! Har bir yigit-qizimiz Botir kabi o‘z ustida ishlab, bilimini chuqurlashtirishi, dunyoqarashini kengaytirishi zarur. Qiyinchiliklardan aslo cho‘chimaslik, taslim bo‘lmaslik kerak. Yosh do‘stlarim, o‘z ustingizda ishlang, o‘rganing, mehnat qiling va oldingizga ulkan maqsadlar qo‘ying. Botir Qobilovning yutug‘i barcha uchun ilhom manbai bo‘la oladi. Faxrlansa arzigulik yurtdoshlarimiz ko‘paysin! – Узбекистан должен стать известен во всём мире как страна талантливых и умных людей! Сегодня мы с большой гордостью поздравляем нашего соотечественника, известного экономиста Ботира Кобилова, получившего степень доктора в Гарвардском университете. Он стал первым узбекистанцем, получившим звание PhD в университете, занимающем в мировом рейтинге третье место! Важно, чтобы каждый молодой человек в Узбекистане развивал свой интеллект! Не нужно бояться и опускать руки. Нужно работать над собой, учиться, трудиться и ставить большие цели. И Ботир Кобилов — замечательный пример для вдохновения. Пусть таких узбекистанцев будет больше!
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Do’stim, hammuallifim, podkastdoshim va qadrli akam - Botir Kobilov bugun Harvard Universitetidan doktorlik unvonini oldilar. Botir aka bilan faxrlanamiz. Vatanimiz, millatimizga Botir akadek olimlar muborak bo’lsin. Botir aka Harvardda doktorlik qilgan birinchi O’zbekistonlik bo’ldilar. Bundan ham katta yutuq va zafarlar tilab qolamiz!
Показать все...
Immigratsiya haqida yana bir bor. https://twitter.com/RishiSunak/status/1790692815111926010 Esingizda bo'lsa, Britaniya chet-ellik ishchilar oila a'zolarini o'zlari bilan olib kelishni taqiqlaydigan choralar ko'rmoqchi deb fevralda yozgan edim. Bu narsa talabalarga ham taalluqli ekan. Bugun bosh vazir Rishi Sunak (o'zi immigrant farzandi) ijtimoiy tarmoqda faxrlanib studentlar oila a'zolariga xujjat topshirish holatlari o'tgan yilgi tegishli davrga nisbatan 80%ga kamaydi deb yozibdi. Qarang, hursand bo'lib shuni ovoza qilmoqda. Qo'ygan videosi ham talaba oila a'zosi ustiga "stopped" degan muxrni qo'ymoqda. O'z oyog'iga bolta urish deb aynan shuni aytishsa kerak. Dunyoda hozir mamlakatlararo kurash hozir bitta tekislikda kechmoqda - talantli kadrlarni o'ziga jalb qilish, olib qolish. Chet eldan yangi kapital ham, raketalar poygasi ham, yangi neft zaxirasini izlash emas, aynan "talantlarni" magnitdek tortib olish uchun kurash kechmoqda. Buni Singapur ham, Yaponiya ham, boshqalar ham bilib yangi choralarni ko'rmoqda. AQShni gapirmasak ham bo'ladi, siyosiy poligonda kelib-ketadigan siyosatchilar qarashlari va ovoz beruvchilarning sentimenti immigrantlarga salbiyroq bo'lib ko'rinsa ham amaliy nuqtai nazardan talantlar magniti AQShda bo'lib qolaveradi va bu uning quroli. Britaniyaga qaytsak, mening kutilmam shundan iboratki, nafaqat talabalar oila a'zolari applicationlari qisqaradi, balki yaqin istiqbolda talabalarning o'zlari kelishi ham qisqaradi (menimcha, trend shundoq ham pastga ketayotgan edi). "Sening oilang bu yerda kerak emas" degan shior nafaqat Britaniyaning o'z manfaatlariga qarshi, balki qandaydir g'ayriisonsondek. Bilmadim, xorijiy talabalarni o'z oilasidan ajratib, uzoqlashtiradigan choralar maqtanadigan narsa emas. Axir ular nafaqat 1-2-3 yil o'qib-ketgani, balki bilim olib o'sha yerda soliq to'lab, innovatsiya, iqtisodiy faollikka hissa qo'sha olardilar. Umid qilamanki, Britaniya bu xatoni to'g'irlaydi. Ungacha esa, o'zbekistonlik talabalarga, ayniqsa oilalik talabalarga o'qish uchun Britaniyadan boshqa mamlakatlarni jiddiy o'ylab ko'rishni tavsiya etaman. @uzbekonomics
Показать все...
Rishi Sunak (@RishiSunak) on X

We’ve taken action to reduce migration. Student dependant applications are now down by 80%.

Фото недоступноПоказать в Telegram
Baydenni qilgan ishiga Baydenni 2019-yildagi javobi: Tramp asosiy gʻoyani tushunmaydi. Uning fikricha, u qoʻygan tariflar Xitoy tomonidan toʻlanadi. Har qanday birinchi kurs iqtisodchi talaba aytib berishi mumkin - bu tariflarga Amerika xalqi toʻlayapti. Hatto Targetdagi kassirlar (supermarketlar tarmogʻi) nima boʻlayotganini koʻrishmoqda — hatto ular ham iqtisodiyot haqida Trampdan koʻra koʻproq bilishadi.https://t.me/uzbekonomics/918
Показать все...