cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

Рекламные посты
20 944
Подписчики
-1124 часа
-677 дней
+1 12030 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Фото недоступноПоказать в Telegram
Afsona borki, xuddi Sovet paytida O’zbeklarni hammasi, yoki bo’lmasa, ko’pi ruschada erkin gapirgan. Bu albatta xato. Sovet Ittifoqi qulashidan oldin eng oxirgi aholini ro’yxatga olishda 1989 yili, Rus tili bilish haqida savol bo’lgan. Shunda, O’zbeklar Sovet millatlari ichida ruschda eng yomon gaplashadigan xalq bo’lib topilgan edi. Aytish joizki, o’sha payt, bilmagan odam ham “bilaman” deyishi ehtimoli balandroq edi. Ya’ni bu oshirib ko’rsatilgan raqamlar (Latishlarga qarang). Shuning uchun, agar sizni ajdodlaringiz, 89-yilda ruscha bemalol so’zlay olishgan bo’lishsa demak ular O’zbeklarni ichida kamchlikni tashkil etishgan. Menimcha bu afsonaga sabablaridan biri ham shu bo’lib kelmoqda. Dodalarimiz ruscha so’ylagan bo’lsa - demak o’sha payt hamma shunday gapirgan deb o’ylashimiz mumkin. Lekin unday bo’lmagan.
Показать все...
Repost from Zafar Khashimov
ЖСТга кириш ҳақида қизғин мунозаралар. https://youtu.be/WzSdzklMhc8?si=B0p0cLnOijQcn09c
Показать все...
Bugungi suhbatimiz mehmoni markaziy Osiyo tarixi va madaniyati sohasida taniqli olim, ajoyib tarixchi va mutaxassis — Adib Xolid. Professor Xolidning tadqiqotlari markaziy Osiyo tarixiga, ayniqsa, 1860-yillarda Rossiyaning bosib olishi davridan hozirgi kungacha bo'lgan madaniy va identifikatsion o'zgarishlarga qaratilgan. Uning ilmiy ishlari musulmon va rus/sovet dunyolarining kesishish nuqtasini chuqur tahlil qilib, xususan, Markaziy Osiyoda Islom dinining tsarist va sovet boshqaruvi ostidagi taqdiri haqida muhim ma'lumotlarni beradi. Xolid madaniyat va madaniy o'zgarishlar, imperiya va mustamlakachilik hamda milliylik masalalari haqida yozib keladi. Xolid Guggenheim Jamg'armasi, Carnegie Korporatsiyasi, Milliy Gumanitar Fanlar Jamg'armasi kabi bir qator nufuzli tashkilotlar grantlari sovrindori. Shuningdek, Parijdagi Inson Fanlari Uyi va Vashingtondagi Kongress Kutubxonasidagi Kluge Markazi tadqiqotchi lavozimlarida ishlagan. Xolid to'rtta nufuzli kitobning muallifi: “Musulmon madaniyati islohoti siyosati: Markaziy Osiyoda Jadidizm,” “Kommunizmdan Keyin Islom: Markaziy Osiyoda Din va Siyosat,” “O'zbekiston tavalludi” va “Markaziy Osiyo. Imperatorlik istilolaridan hozirgi kungacha bo'lgan yangi tarix.” Uning so'nggi kitobi Markaziy Osiyoning “rus” va “xitoy” qismlarining integratsiyalashgan hikoyasini taqdim etadi va bir nechta tillarga tarjima qilingan, bu uning global ta'sirini ko'rsatadi. Ko'plab mukofotlari orasida “Kommunizmdan Keyin Islom” 2008 yilda Veyn S. Vucinich Kitob Mukofotini qo'lga kiritgan, “O'zbekiston tavalludi” esa 2016 yilda Reginald Zelnik Tarix Kitob Mukofotini olgan. Ushbu mukofotlar Dr. Xolidning rus, Yevrosiyo va sharqiy Yevropa tadqiqotlari sohalariga qo'shgan ulkan hissasini ko'rsatadi. Professor Adib Xolid Panjob Universiteti (Lahor)da bakalavr darajasini, McGill Universiteti (Monreal)da yana bir bakalavr darajasini va Viskonsin-Medison Universitetida magistratura va doktorlik darajalarini olgan. 1993 yildan beri u Karleton Kolleji ilmiy jamoasining muhim a'zosi bo'lib kelmoqda. https://youtu.be/dEleU_5RKEQ?si=EtW6ydwUWNzLNkHV
Показать все...
Adeeb Khalid - Central Asian Borders, Making Uzbekistan and ideology of Jadids

I had the incredible honor of hosting Dr. Adeeb Khalid, a distinguished historian and scholar whose extensive work significantly shaped our understanding of modern Central Asia. Dr. Khalid held a BA from the University of Punjab, Lahore, a BA from McGill University, and an MA and PhD from the University of Wisconsin, Madison. Since 1993, he had been a professor at Carleton College. Dr. Khalid's research delved deep into the history of Central Asia, focusing on the region's cultural and identity transformations from the Russian conquest of the 1860s to the present day. His work intricately explored the intersection of the Muslim and Russian/Soviet worlds, with a particular emphasis on the fate of Islam under Tsarist and Soviet rule. His interests spanned culture and cultural change, empire and colonialism, and nationhood in its various forms. Over the years, Dr. Khalid was the recipient of numerous prestigious grants from foundations such as the Guggenheim Foundation, the Carnegie Corporation, and the National Endowment for the Humanities, among others. He also held esteemed visiting research positions at the Maison des Sciences de l’Homme in Paris and the Kluge Center for Scholars at the Library of Congress in Washington, DC. Dr. Khalid was the author of four influential books: "The Politics of Muslim Cultural Reform: Jadidism in Central Asia," "Islam after Communism: Religion and Politics in Central Asia," "Making Uzbekistan: Nation, Revolution, and Empire in the Early USSR," and "Central Asia: A New History from the Imperial Conquests to the Present." His latest book offered an integrated narrative of both the "Russian" and "Chinese" parts of Central Asia and had been translated into multiple languages, reflecting its global impact. Among his many accolades, "Islam after Communism" won the 2008 Wayne S. Vucinich Book Prize, and "Making Uzbekistan" received the Reginald Zelnik Book Prize in History in 2016. These awards highlighted the profound contributions Dr. Khalid made to the fields of Russian, Eurasian, and East European studies. Here are the links to Dr. Khalid's books on Amazon: The Politics of Muslim Cultural Reform: Jadidism in Central Asia

https://www.amazon.com/Politics-Muslim-Cultural-Reform-Jadidism/dp/0520213551

Islam after Communism: Religion and Politics in Central Asia

https://www.amazon.com/Islam-after-Communism-Religion-Politics/dp/0520282157

Making Uzbekistan: Nation, Revolution, and Empire in the Early USSR

https://www.amazon.com/Making-Uzbekistan-Nation-Revolution-Empire/dp/080145409X

Central Asia: A New History from the Imperial Conquests to the Present

https://www.amazon.com/Central-Asia-History-Imperial-Conquests/dp/0691161399

Repost from Uzbekonomics
Podkastimizning yangi soni chiqdi. Bu epizodda biz sanoat siyosatini davlat tomonidan yuritilishini afzallik va kamchiliklari, tarixi, siyosati va hozirgi kundagi qoʻllanilishi haqida gaplashdik. Oxirgi yillarda sanoat siyosatini davlat tomonidan boshqarilishi, va ishlab chiqilishi yana modaga qaytdi. Bu moda nafaqat rivojlanayotgan va davlat oʻrni katta boʻlgan mamlakatlarda, balki rivojlangan va bozor iqtisodiyotiga oʻtgan mamlakatlarda ham kuzatilmoqda. Shuning uchun bu mavzuda batafsil suhbatlashishga qaror qildik. Tinglang, ko'ring, do'stlaringiz bilan ulashing va izoh qoldiring. https://www.youtube.com/watch?v=ZIzwmHVJ_bo Audio formatda: Spotify | Apple Podcast | Yandex Music | Podbean Bu epizod hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank". http://www.aloqabank.uz/ https://zoomrad.uz/ @uzbekonomics
Показать все...
43 - Sanoat siyosatining qaytishi

Oxirgi yillarda sanoat siyosatini davlat tomonidan boshqarilishi bir xil payt esa davlat tomonidan sanoat siyosati ishlab chiqilishi yana modaga qaytdi. Bu moda nafaqat rivojlanayotgan va davlat oʻrni katta boʻlgan mamlakatlarda, balki rivojlangan va bozor iqtisodiyotiga oʻtgan mamlakatlarda ham kuzatilmoqda. Oxirgi bir yilda, AQSh administratsiyasi bir nechta ustuvor yoʻnalishlarda aktiv sanoat siyosatiga qoʻl urushni boshladi, boshqa gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida ham siyosatchilar shunday gʻoyalar haqida gapirishmoqda. Bu epizodda biz sanoat siyosatini davlat tomonidan yuritilishini afzallik va kamchiliklari, tarixi, siyosati va hozirgi kundagi qoʻllanilishi haqida gaplashdik. Podkastning ushbu epizodi rasmiy hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank". http://www.aloqabank.uz/

https://zoomrad.uz/mobile-app

Podkast yozilgan sana: 28 - May 2024. Mualliflar: Botir Kobilov:

https://t.me/uzbekonomics

Behzod Hoshimov:

https://t.me/iqtisodchi_kundaligi

Audio podkastni tinglash va obuna bo'lish uchun ilovalar: Spotify:

https://open.spotify.com/show/1ZJ1l4K...

Apple Podcast:

https://podcasts.apple.com/us/podcast...

Yandex Music:

https://music.yandex.ru/album/1356059...

Podbean:

https://botir.podbean.com/

Stitcher:

https://www.stitcher.com/show/uzbekon...

Показать все...
Odilbek Isakov | Angliyadan O'zbekistonga qaytishimning sababi...

🎙️Odilbek Isakov bilan yangi #Gashtak! Sobiq moliya vaziri o'rinbosari shuncha yil Buyuk Britaniyada yashab nega O'zbekistonga qaytdi va qanday o'zgartishlar kiritdi? HSBC bankidagi faoliyatidan voz kechib hozir nima ish qilayapti? Qolaversa, o'zbeklarning Londondagi "Bilim" madaniyat markazi nega to'xtab qoldi va bunga sababchi bo'lgan eng katta narsa nima? Bularning barchasiga podcastimizni to'liq ko'rsangiz javob olasiz! Mehmonimiz tavsiya qilgan kitoblar: Odamlardan tinglab hikoya -

https://uzum.uz/uz/product/odamlardan-tinglab-hikoya-xayriddin-sulton-359239

O'zbek xarakteri -

https://uzum.uz/uz/product/qil-koprik-tabassum-764954

Tushda kechgan umrlar -

https://asaxiy.uz/product/utkir-hoshimov-tushda-kechgan-umrlar-yangi-asr-avlodi

Instagram:

https://www.instagram.com/gashtak.uk/

Hamkorlarimiz: Moneff:

https://www.moneff.com/

Cappadocia Walton:

https://www.cappadociawalton.co.uk/

0:00:00 Teaser 0:02:00 Salomlashuv 0:03:00 Odilbek Isakov haqida 0:13:25 Umid jamg'armasi 0:15:55 Angliya haqida birinchi tasurotlari 0:21:30 Milliy bankdagi faoliyati haqida 0:25:25 Nega Angliyaga ko'chib kelgan? 0:26:26 HSBC bankidagi faoliyati haqida 0:48:11 Karyerniy o'sish uchun qanday skill larga ega bo'lish kerak? 0:54:00 "Bilim" madaniyat markazi haqida 1:06:00 HSBC dan ketib O'zbekistonga qaytish 1:13:00 O'zbekistondagi faoliyati haqida 1:17:53 Odilbek Isakov kelib O'zbekiston qarzga botib ketdimi? 1:28:40 Proteksionizm va davlat xaridlari haqida 1:36:40 Asos solgan kompaniyalari haqida 1:52:08 Kitob tavsiyasi 1:54:40 Erkin mikrofon 1:56:00 Oldingi mehmondan kelgan savol 1:56:40 Xayrlashuv Ochiqlama: Podcast - ochiq plarforma va bu yerda turli xil fikrlar va qarashlar erkin ifoda etilishiga harakat qilinadi. Bu yerda mehmonlar bildirgan fikrlar podcast boshlovchilari yoki homiylarning qarashlaridan farqli bo’lishi mumkin. Boshlovchilar va homiylar mehmonlar bildirgan fikrlarga javobgar emas.

Men energetiklar nega bunday qimmat xato qilishayotganini tushunaman, chunki ularga notoʻgʻri maqsad qoʻyilgan. Agar maqsad nima boʻlsa ham enerergoresurslarni isteʼmolchilarga yetkazib berish boʻlsa, eng oson yoʻli — hamma qiymat ishlab chiqarayotganlarni energiyasini oʻchirib qoʻyish, shunda “yetkazsa boʻladi”. Lekin buni natijasida butun qiymat topayotgan va yaratoyotgan iqtisodiyot oʻladi. Shuning uchun ham, aytmoqchi, mavsumlarda, gʻisht zavodlardan yoki issiqxonalardan gazni ochirish juda ham mantiqsiz bir gʻoya deb oʻylayman. Issiqxonachi gazga toʻlab, pomidorini sotsin, albatta pomidorni qoʻshimcha qiymati oʻsha taʼminlanadigan tabiiy gazdan koʻp. Gazga toʻlasin va foydasini qilsin. Shunda hamma foydada boʻladi — ham energetik kompaniya sotgan energiyasi uchun foyda oladi, ham ishlab chiqaruvchi, gʻishti uchunmi, pomidori uchunmi pulini toʻlab foyda qiladi, qiymat yaratadi. Bu oʻsishni jazolovchi, iqtisodiy taraqqiyotni jazolovchi qaror ham — katta xato.
Показать все...
Energetika vazirligi qilmoqchi boʻlgan narsa — juda qimmat xato. Ularni aytishicha agar yuridik shaxslar qandaydir “limit”dan koʻproq energiya sarf qilsalar, ortiqcha ishlatilgan energiyaga ikki barobarlik “jarima” solinar ekan. Esingizda boʻlsa, shunga oʻxshaganroq gʻoya bilan jismoniy shaxs isteʼmolchilarga narxni belgilashgan edi. Oʻsha gʻoya bilan bunisini orasida nima farq bor? Va nega bunisi katta xato? Juda oddiy: jismoniy shaxslarga yetkazib berilayotgan energiya juda katta subsidiyalashgan narxda beriladi, ishlab chiqarish xarajatlaridan bir necha barobar arzon narxda beriladi. Buning sababi: moliyaviy qiynalganroq qatlamdagi insonlarga davlat tomonidan sal yordam boʻlishi uchun. Isteʼmolni “ijtimoiy norma” deb atalgan limitdan koʻproq qilsalar narx oshar edi, oʻsha oshgan narx ham xarajatlarni mutlaq qoplamasa-da, qandaydir maʼnoda subsidiyani daromadi koʻproqlarga kamroq berishda edi. Bu yerda faraz shuki, koʻproq energiyani isteʼmol qiladiganlar odatda boyroq va ularga “ijtimoiy narxlarda” bir necha barobar arzonga elektrni boshqa soliq toʻlovchilar hisobga taʼminlash xato edi. Yuridik shaxslarga taaluqli bu gʻoyada esa — mantiq mutlaq xato. Chunki birinchidan, shundoq ham yuridik shaxslar toʻlaydigan narx xarajatlardan yuqoriroq. Yaʼni mantiqan, yuridik shaxslar ishlatgan har bir kilovatt energiyadan, energetik kompaniyalar foyda olishadi. Jismoniy shaxslarda teskarisi, har bir uyda yoqilgan kilovatt soat svet uchun davlat — yaʼni soliqtoʻlovchilar orasidagi farqni kompensatsiya qilishadi. Yuridik korxonalarda esa teskarisi — qancha koʻp yoqishsa — shuncha foyda. Lekin bu qarorni asli eng yomon tarafi iqtisodiy shikastida. Oʻzbekistonda katta muammolardan biri — bu oʻrtacha firmani kichikligi. Yaʼni bizda, boshqa mamlakatlardan farqli oʻlaroq, korxonalarni nufuzi ortishi juda qiyin masala. Oʻrtacha korxonada taxminan bir kishi ishlaydi. Ochilgan korxonalar kichik boʻlib qolib ketadi. Buni sabablari koʻp va bu haqida batafsilroq podkastda gaplashganmiz, tavsiya qilaman. Maʼno shundaki, iqtisodiy ahvolimizni ayanchliligini sabablaridan biri — korxonalar kengayishi juda cheklangan. Endi energetiklar taklif qilayotgan qaror orqali — kengayish, umuman olganda juda ham qiyin va qimmat jarayonga aylanib qoladi. Tasavvur qiling, siz bir endi ochilgan korxonasiz. Kichik korxonasiz deylik, sizdagi hajm yiliga 10 foiz yoki balki 50 foizga oshar. Axir siz endi katta boʻlyapsiz. Sizdagi ishlab chiqarish hajmi yiliga 50 foizga oshsa, xuddi shunday energetikaga boʻlgan talab ham 50 foizga oshadi, endi energetikalar nima deyishyapti, agar sizni korxonada energetik isteʼmol 10 foizga oshsa ham, har bir kilovatt uchun ikki barobar qimmatroq toʻlar ekansiz. Yaʼni bu qarorni eng yomon tarafi, endi oʻsayotgan, hali isteʼmolini rejalashtirishni koʻrish qiyin boʻlgan va tez oʻsayotgan korxonalarga nisbatan katta jazo. Qandaydir maʼnoda, mavjud lekin oʻsmayotgan korxonalar uchun normal narsa boʻlsa, yangi tashkil qilayotganlar uchun yoki xudo saqlasin tez oʻsayotganlar uchun jazo. Chunki agar ishlab chiqarish hajmi tushib borsa yoki yillab oʻsmasa, unda oʻsha korxonalarga bu qarorni taʼsiri boʻlmaydi. Yaʼni jismoniy shaxslarga qoʻllanayotgan tariflar bilan ikki farqi bor, birinchisi bu hozirni oʻzida ham yuridik shaxslar toʻlaydigan narx xarajatlardan baland va bu foyda boʻlishi kerak, ikkinchidan — dinamika yoki oʻsish uchun jazo. Firmani kengaytirmaslikka, yoki firmani boʻlib tashlashga (agar qila olsa) ragʻbat.
Показать все...
01:03
Видео недоступноПоказать в Telegram
Gaydar katta odam edi, katta olim. Kitoblari ham, yozgan maqolalari ham bir olam. Rosa ko’p narsa o’rgansa bo’ladi. Juda noyob xislatlarni o’z ichiga olgan olim edi. Kamdan kam, hatto eng buyuk olimlarda ham bunday kenglik va chuqurlik birdaniga mavjud bo’ladi. Yigirma bir yil oldingi bir intervyusidan parcha.
Показать все...
гайдар_2003.mp46.13 MB
Bu savolni berishimni sababi, albatta bunday narsada siyosatni ham oʻrni yoʻq emas. Rossiya energetikasidan Yevropa deyarli butunlay voz kechdi — buning uchun toʻlaqonli Yevropadagi urush sababchi boʻldi. Qachondir Germaniya Rus energetikasi arzon deb, siyosiy hisob kitoblarga pisand qilmasdan faqatgina iqtisodiy hisobga tayanib qaror qilgan edi va bu qarori anchayin qimmatga tushdi. Lekin bizdek ancha kichik mamlakat uchun, AESda asosiy pudratchi Rossiya davlati va davlat korxonasi boʻlishi juda katta savol boʻlishi kerak. Qandaydir maʼnoda agar Yaponlar va Ruslar bir xil narxga taklif berishsa — Yaponlarni tanlash kerak degan boʻlar edim, narxi bir xil boʻlsa ham, har holda, siyosiy risklari ancha kam. Urushi hali ham tugagani yoʻq va yangi sanksiyalar kiritilsa — masalan, bizdagi stansiya va uning isteʼmolchilari — Oʻzbekistonliklarga asoratlari ham, menimcha hali ham ochiq savol. Bundan tashqari hozirgi kunda Oʻzbekiston oʻz energetikasini modernizatsiya uchun olayotgan mablagʻlar asosan gʻarbiy yoki gʻarb boshchilik qiladigan moliyaviy institutlardan kelmoqda. Bu tashkilotlarni barchasi Rossiyaga sanksiya qoʻllashgan. Endi birgina AESni deb butun boshli energetik tizimni modernizatsiyasi uchun texnologiyalar va mablagʻni olish manbasi yoʻq boʻlib qolishi xavfi mavjudmi? Bilmadim, lekin albatta juda koʻp tafakkur qilib qaror qabul qilish kerak boʻlgan masala. Xohlaymizmi, yoʻqmi, urush koʻp narsani oʻzgartirib yubordi. Xitoy moliyaviy tizimi ham, gʻarbiy sanksiyalarga amal qilib — Rus tranzaksiyalarni bloklashi Xitoy uchun toʻgʻri qaror edi. Bizga ham saboqdir shu. Ruslar qilayotgan urushni asoratlaridan biri — ilgʻor texnologiyalardan kesilishi — bu ham AESga taʼsir oʻtkazadimi? Rivojlangan dunyoni oxirgi texnologiyalarisiz qurilgan AES, albatta yaxshi boʻlmaydi, bu ham, menimcha faktor. AES qurilishi, bizdagi boshqa loyihalar uchun texnologiyani olib kelishga toʻsiq boʻlmaydimi? Oʻzbekistonga energetik texnologiyalar sotayotgan AirProductsmi, yoki Siemensmi oʻsha texnologiyalar ertaga mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan Rosatomga tushib qolishidan qoʻrqib, sotilishi cheklansa — bu risklarni qanchalik hisobga olganmiz Rosatom bilan ishlab?Bular katta savollar. Xulosam shuki, atom elektr stansiyasi qurilishini juda chuqur oʻylash kerak. Uning atrofidagi xarajatlar qancha va kim tomonidan toʻlanishi, xalq boʻynida oʻlpon boʻlib qolmasligi haqida mulohazalar kerak, menimcha hukumat ancha shaffofroq ishlashi kerak. Elektr sotilishi shartlari va kontraktni barcha detallari ochiqlanishi kerak. Bozorni oʻrganishimiz va boshqa alternativa boʻla oladigan barcha takliflarni koʻrib chiqishimiz kerak. Bu muhim strategik qaror boʻlgani uchun, parlament aʼzolari ham bu narsaga ovoz berishlari kerak. Chunki bu faqatgina energetika vazirligida qabul qilinadigan texnik bir vazifa emas, balki siyosiy asoratlari, strategik asoratlari bor qaror. Hamma xavf xatar va foydalari oʻrganib chiqilib jamoatchilikka taqdim etilishi kerak, shunda qaror toʻgʻri boʻlsa, oʻylaymanki Oʻzbekistonliklar yangi yashil energetika manbasini boʻlishiga qarshilik qilmaslar. Balki buni Yaponlar qurar, balki oʻzimizni uran boʻlgani uchun ishlab chiqish xarajatlari pastroq boʻlar shu kabi barcha detallar bilan tashishimiz kerak. Men AES gʻoyasi toʻgʻri boʻlishi mumkinligiga ishonaman. Chunki bu ancha xavfsiz va yashil texnologiya. Lekin aynan hozir va aynan Rossiya bilan ishlashning iqtisodiy va siyosiy hisob kitoblari ochiq boʻlishi kerak deb oʻylayman. Shunda mulohaza toʻgʻri boʻlar edi. Menimcha. https://t.me/muhrim2022/2656
Показать все...
Аъзамхўжаев

Ёзда қурилиши бошланармиш. Хўп, АЭС керакдир, лекин “кам қувватли АЭС”нинг нима кераги бор — шунча овора бўлиб қурганга яраша у-бу кам-кўстимизни тўлдирадигани қурилмайдими? Нега Россия билан қуриш керак буни, нега бир очиқ танлови, тендери йўқ? Нега бунинг нархи эълон қилинмаган? Бурнинггача қарзга ботиб ётган бўлсанг, қайси пулингга қурасан? АЭСни қўя турайлик, тўғонларинг қўшниларни сувга бўктирадиган бир давлат сифатида ўша қўшниларнинг розилигини олганмисан? Қанақасига ёздаёқ қурилиши бошланади — номига бўлса ҳам халқ билан маслаҳатдашилмайдими? Нега Жиззахда қуришингни, нега ёздаёқ қурилишни бошлашингни, нега айнан Россия билан, нега айнан кам қувватли АЭС қурмоқчи эканингни сани пул билан таъминлаб турган халққа тушунтирмайсанми? Ўзбекистонда Россия АЭСи қурилмасин! Бир ўзбекистонлик сифатида ман бу лойиҳага тўлиқ қаршиман!

Atom elektr stansiyasi haqida diskussiyada, menimcha, sal koʻproq mulohaza qilganimiz darkor. Tabiiyki, Oʻzbekistonga elektr energiyasi kerak, energetika qancha arzon va koʻp boʻlsa, farovonlik va rivojlanish uchun shuncha yaxshi. Lekin bizda muammo elektr va energetika sohasini islohot qilmaganimizda, qandaydir stansiya mavjud yoki mavjudligida emas. Hozirgi holda ham, hech qanday AESni siz ham elektrni import qila olamiz, yoki uni ishlab chiqarish uchun yoqilgʻini import qila olamiz, buni ustiga ancha normal narxlarda quyosh energiyasini ishlab chiqaradigan korxonalarni jalb qila olamiz. Demak “svet yoʻqligi” muammosi — sunʼiy yaratilgan va notoʻgʻri boshqaruv va elektr energiyadagi siyosatni mevasi, AES qurilishi yechib beradigan bir texnologik bir muammo emas. Atom energiyasiga kelsak — bu qaror birinchi oʻrinda iqtisodiy maqsadga muvofiq yoki yoʻqligini bilib olishimiz kerak. Masalan, uni qurish uchun necha pul hukumatimiz beradi? Boshqa moliyaviy manbalar, jumladan davlat qarzi hisobidan moliyalashtiriladimi va eng asosiysi, davlat qurayotgan boʻlsa, bu narsa Oʻzbekistonliklarga qanchaga tushadi? Barcha davlat va nodavlat moliyaviy manbalardan ishlatilishi koʻzda tutilgan summalar toʻliq va mutlaq ochiqlanishi kerak. Bu fiskal talab qomusimizda ham belgilangan. Bundan toʻrt yil oldin hozirgi energetika vaziri bilan suhbatimizda bu savolni soʻragan edim lekin bu “sir” boʻlgani uchun, aytmagan edilar. Menda bu raqamlar ochiqlanmasligiga falsafaviy maʼnodagina emas, balki konstitutsiyaviy maʼnoda ham eʼtirozim bor. Sir yoki “tijoriy sir” juda bir tor maʼnoda ishlatiladigan narsa — fuqaroviy loyihalar uchun davlat pulini xarajati, tabiiyki sir boʻlishi notoʻgʻri. Akkuyu qurilganida, Turkiyaliklar ularga Ruslar qurib berayotgan AES narxini aniq bilishgan. Lekin muhimroq tomoni, bitimda boshqa shartlar ham bor, yaʼni stansiyani narxidan ham muhimroq shartlar. Oʻshalarni gapirishimiz ham kerak. Stansiyani kim boshqarishi, qanday narxda elektr energiya sotilishi — juda muhim. Turkiyada Rossiya toʻliqligicha oʻz hisobidan qurilish qilib, energiyani bir 1 kilovatt soati uchun 12.5 sentlik bitim qilgan. Bizga agar xuddi shu shartlar berilsa olishimiz kerakmi degan oʻrinli savol bor. Hozirgi kunda, Oʻzbekistonda bundan arzonroq generatsiya matbaalari bor boʻlsa, qimmatroq atom energetikasi qanchalik zarur? Bilasiz, 12.5 sentdan agar Oʻzbekiston sotib olsa (shartlarni bilmayman, shartli shunday boʻlsa deyapman) — bu 1500 soʻmdan koʻp, hozirgi sotilish narxidan ham ancha baland, bundan bir necha oy avval, boshqa manbalardan generatsiyani 1000 soʻm atrofida deyotgan edi hukumat. Agar aynan shunday boʻlsa, AES iqtisodiy maʼnoda bizga pulni iqtisod qiladimi yoʻqmi? Ikkinchi narsa, bu hamma davlat xarajatlariga taaluqli, lekin ayniqsa bunday katta va muhim. Pudratchini tanlash. Rosatomdan boshqa korxonalar tender ishtirok etishganmi? Fransiya, Yaponiya kabi mamlakatlarda atom energetikasi oʻta rivojlangan, ular ham juda zoʻr stansiyalar qurishadi, ularni korxonalari qanday taklif berishgan bizni hukumatga? Nega aynan Rosatom?
Показать все...