ru
Feedback
Shurtan gaz kimyo majmuasi

Shurtan gaz kimyo majmuasi

Открыть в Telegram
3 959
Подписчики
+1724 часа
+167 дней
+6930 дней
Архив постов
Repost from UZBEKISTAN GTL
#Tabrik #25yil 😎 Hurmatli Shurtan gaz-kimyo majmuasi jamoasi! Sizlarni 25 yillik yubileyingiz bilan Uzbekistan GTL jamoasi n
#Tabrik #25yil 😎 Hurmatli Shurtan gaz-kimyo majmuasi jamoasi! Sizlarni 25 yillik yubileyingiz bilan Uzbekistan GTL jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz! Chorak asr davomida majmua mamlakatimiz gaz-kimyo sanoatining yetakchi korxonalaridan biri sifatida Oʻzbekiston iqtisodiyoti va sanoat taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshib kelmoqda. Majmuaga kelgusida barqaror rivojlanish, yangi loyihalar va ulkan muvaffaqiyatlar, Majmua jamoasiga mustahkam sogʻlik, farovonlik va yangi marralar tilaymiz! 25 yillik yubiley muborak bo‘lsin! Hurmat bilan, Uzbekistan GTL jamoasi ——— Bizni kuzating⬇️ 🕊Telegram | 🌍Website 📺YouTube | 🔹LinkedIn 📱Facebook | 📱Instagram

Hurmatli Shurtan gaz-kimyo majmuasi jamoasi! Aziz do‘stlar! “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MCHJning katta mehnat jamoas
Hurmatli Shurtan gaz-kimyo majmuasi jamoasi! Aziz do‘stlar! “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MCHJning katta mehnat jamoasi va shaxsan o‘z nomimdan sizlarni qutlug‘ va tom ma’nodagi tarixiy voqea – “Shurtan gaz-kimyo majmuasi” MCHJ ishga tushirilganining 25 yillik yubileyi bilan samimiy muborakbod etaman! Bundan chorak asr muqaddam mustaqil O‘zbekiston xaritasida mamlakatimiz sanoatida yangi davr – uglevodorod xomashyosini chuqur qayta ishlash va qo‘shimcha qiymatga ega yuqori talabli mahsulotlar yaratish davrini boshlab bergan flagman korxona paydo bo‘ldi. O‘tgan yillar davomida SHGKM shonli va bunyodkorlik yo‘lini bosib o‘tib, mamlakatimizning iqtisodiy barqarorligi va sanoat qudratiga strategik hissa qo‘shayotgan qudratli texnologik majmuaga aylandi. Bugungi kunda Shurtan gaz-kimyo majmuasining yutuqlari muhandislar, mutaxassislar va butun ishchi jamoaning yuksak professionalligi, tanlagan ishiga sadoqati hamda fidokorona mehnati natijasidir. Sizning innovatsiyalarga sodiqligingiz, mahsulotlarning benuqson sifati va uzluksiz rivojlanishingiz butun sohada samimiy hurmat va e’tirofga loyiqdir. Buxoro neftni qayta ishlash zavodini sizlar bilan nafaqat hamkorlik aloqalari, balki Vatanimiz ravnaqi, uning energetika va sanoat mustaqilligini mustahkamlash yo‘lida xizmat qilishga bo‘lgan mushtarak intilish bog‘lab turadi. Biz ushbu ulug‘ ayyom quvonchiga sherikmiz va mamlakatimiz rahbariyati tashabbusi bilan boshlangan keng ko‘lamli o‘zgarishlar yo‘lida yelkama-yelka borayotganimizdan faxrlanamiz. Ushbu yubiley strategik muhim rejalar, ulkan loyihalar va yangi cho‘qqilarni ishonch bilan zabt etish uchun yangi boshlang‘ich nuqta bo‘lsin! SHGKMning sharafli jamoasiga mustahkam sog‘lik, bitmas-tuganmas bunyodkorlik quvvati, farovonlik, barqarorlik va Yangi O‘zbekiston ravnaqi yo‘lida yangi ishlab chiqarish zafarlarini tilaymiz! Chuqur hurmat va ezgu tilaklar bilan, “Buxoro NQIZ” MCHJ direktori Akbar Fazilov

#SHGKM #Siyosiy_maʼrifat_soati Haftaning har juma kuni tashkil etilayotgan "Siyosiy-ma’rifat soati" davlat xizmatchilarining
+3
#SHGKM #Siyosiy_maʼrifat_soati Haftaning har juma kuni tashkil etilayotgan "Siyosiy-ma’rifat soati" davlat xizmatchilarining siyosiy bilimlarini oshirish, daxldorlik hissini kuchaytirish hamda ma’naviyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. «Shurtan gaz kimyo majmuasi» MCHJda ham ushbu "Siyosiy-ma’rifat soati" muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda. Xususan, bugungi bo'lib o'tgan "Siyosiy-ma’rifat soati" ham yuqori saviyada tashkil etildi. 👇Bizni kuzating 🕊Telegram |🌍 web-sayt |📸instagram |📺youtube |📱facebook

#HuquqiyMadaniyat #SiyosiyBilim #35_son "Siyosiy-maʼrifat soati"ning navbatdagi soni(2026-yilning 35-soni)
Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan.
👇Bizni kuzating 🕊Telegram |🌍 web-sayt |📸instagram |📺youtube |📱facebook

#OAVda_Biz “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MChJning 25 yillik yubileyi munosabati bilan tashkil etilgan “25 yillikka — 25 ta ijtimoiy loyiha” dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar Qashqadaryo viloyat televideniyesi nigohida 👇Bizni kuzating 🕊Telegram |🌍 web-sayt |📸instagram |📺youtube |📱facebook

#IntegratsiyalashganBoshqaruvTizimi #SifatMenejmenti #XalqaroStandartlar “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MChJda Integratsiyalash
+2
#IntegratsiyalashganBoshqaruvTizimi #SifatMenejmenti  #XalqaroStandartlar “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MChJda Integratsiyalashgan boshqaruv tizimining kuzatuv auditi muvaffaqiyatli o‘tkazildi Batafsil: 👉 https://teletype.in/@sgcc_uzb/Z6q5Es00daw 👇Bizni kuzating 🕊Telegram |🌍 web-sayt |📸instagram |📺youtube |📱facebook

“Vaziyatni yashirish emas, muammoni ochiq koʻrsatish kerak”- A. Sanginov Bugun “O’zbekneftgaz” AJda Boshqaruv raisi Abdugʻani
+6
“Vaziyatni yashirish emas, muammoni ochiq koʻrsatish kerak”- A. Sanginov Bugun “O’zbekneftgaz” AJda Boshqaruv raisi Abdugʻani Sanginov ishtirokida kengaytirilgan apparat yigʻilishi oʻtkazildi. Unda 9 oylik yakuni bilan kutilayotgan ishlab chiqarish-iqtisodiy koʻrsatkichlar, mavjud risklar hamda yil yakuniga qadar amalga oshirilishi shart boʻlgan ustuvor vazifalar atroflicha muhokama qilindi. 👉 Batafsil 👋Bizni kuzating 🌐web-sayt | 📹instagram |💬telegram | 📺youtube | 💬facebook

#Ogohlik #Kiberxavfsizlik   🔐KIBERXAVFSIZLIKNING 5 TA OLTIN QOIDASI ⚠️Ogoh bo‘ling! Firibgarlar zamonaviy texnologiyalardan foydalanmoqda. 👇Bizni kuzating 🕊Telegram |🌍 web-sayt |📸instagram |📺youtube |📱facebook

Qadrli neft va gaz sanoati xodimlari! Aziz hamkasblar! Barchangizni kasb bayramingiz — Neft va gaz sanoati xodimlari kuni bil
Qadrli neft va gaz sanoati xodimlari! Aziz hamkasblar! Barchangizni kasb bayramingiz — Neft va gaz sanoati xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etamiz! Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, mehnat faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Bayramingiz muborak bo‘lsin! Hurmat bilan, “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MChJ Kasaba uyushma qo‘mitasi jamoasi 👇Bizni kuzating 🕊Telegram |🌍 web-sayt |📸instagram |📺youtube |📱facebook

Repost from MINENERGY.UZ
🇺🇿🇺🇿#35_yil_35_natija 👨‍👩‍👧‍👦35 yil — 35 natija: O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi eng yirik gaz-kimyo majmualaridan biri. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt

🏆 Ayni damda vazirlik va idoralar o‘rtasida Mustaqillik kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Turnirning onlayn jadvali bilan u
🏆 Ayni damda vazirlik va idoralar o‘rtasida Mustaqillik kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Turnirning onlayn jadvali bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin: 👉 Turnir jadvali Ma’lumot uchun, “O‘zbekneftgaz” AJning “Zakovat” yoshlar terma jamoasi safida “Shurtan gaz kimyo majmuasi”ning bilimdon yoshlari ham munosib ishtirok etmoqda. Jamoamiz va yosh hamkasblarimizga keyingi raundlarda ham omad va muvaffaqiyat tilaymiz! 🏆 👇Bizni kuzating 🕊Telegram |🌍 web-sayt |📸instagram |📺youtube |📱facebook

🏆 Ayni damda vazirlik va idoralar o‘rtasida Mustaqillik kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Turnirning onlayn jadvali bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin: 👉 Turnir jadvali Ma’lumot uchun, “O‘zbekneftgaz” AJning “Zakovat” yoshlar terma jamoasi safida “Shurtan gaz kimyo majmuasi”ning bilimdon yoshlari ham munosib ishtirok etmoqda. Jamoamiz va yosh hamkasblarimizga keyingi raundlarda ham omad va muvaffaqiyat tilaymiz! 🏆 👇Bizni kuzating 🕊Telegram |🌍 web-sayt |📸instagram |📺youtube |📱facebook

Repost from MINENERGY.UZ
#tabrik Hurmatli neft va gaz sanoati xodimlari! Sizlarni, avvalo, xalqimiz hayoti va yurtimiz iqtisodiyoti uchun nihoyatda mu
#tabrik Hurmatli neft va gaz sanoati xodimlari! Sizlarni, avvalo, xalqimiz hayoti va yurtimiz iqtisodiyoti uchun nihoyatda muhim bo‘lgan sohada mehnat qilayotgan barcha fidoyi insonlarni kasb bayramingiz — Neft va gaz sanoati xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etamiz! Neft va gaz sohasi ortida millionlab xonadonlarning kundalik hayoti, yurtimiz korxonalarining barqaror faoliyati, iqtisodiyotimizning uzluksiz harakati va xalqimiz farovonligi mujassam. Bugun sohamiz katta o‘zgarishlar va yangi vazifalar davrini boshdan kechirmoqda. Albatta, yillar davomida to‘planib qolgan ayrim muammo va kamchiliklar ham yo‘q emas. Ularni bartaraf etish, tizimni zamonaviy talablar asosida yangilash, ishonchli ta’minotni ta’minlash oson emas. Lekin ana shunday murakkab sharoitlarda ham o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashib, kechayu kunduz mehnat qilayotgan minglab soha xodimlarining fidoyiligi alohida e’tirofga loyiq. Bugun davlatimiz rahbari boshchiligida neft va gaz sanoatini modernizatsiya qilish, tarmoqqa zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, yangi quvvatlarni yaratish va sohaning investitsiyaviy jozibadorligini kuchaytirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, sohada fidokorona mehnat qilayotgan insonlarning xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib qadrlanib kelayotgani barchamizga katta kuch va mas’uliyat bag‘ishlaydi. Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan bir guruh neft va gaz sanoati xodimlarining davlat mukofotlari bilan taqdirlangani ham sohamiz mehnatkashlariga yuksak e’tibor va hurmatning yana bir amaliy ifodasidir. Bu e’tirof, shubhasiz, butun tizim jamoasi uchun katta sharaf va yangi marralar sari yanada g‘ayrat bilan intilishga rag‘bat bo‘lib xizmat qiladi. Eng muhimi, sohamiz oldiga yangi maqsadlar qo‘yilmoqda. Endi biz nafaqat mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, balki energiya resurslarini tejash, zamonaviy texnologiyalardan unumli foydalanish, qayta ishlash quvvatlarini oshirish va energetika tizimining barqarorligini ta’minlash haqida yanada ko‘proq o‘ylashimiz kerak. Ishonamizki, sizlarning boy tajribangiz, kasbingizga sadoqatingiz va yangilikka intilishingiz bilan neft va gaz sanoati oldida turgan dolzarb vazifalarni izchil hal etib boramiz. Sizlarning har biringiz — quduqda, konda, zavodda, gaz tarmoqlarida, laboratoriyada, dispetcherlik xizmatida va tizimning boshqa bo‘g‘inlarida mehnat qilayotgan fidoyi insonlar — sohamizning tayanchidirsiz. Fursatdan foydalanib, barchangizga mashaqqatli va sharafli mehnatingiz uchun chuqur minnatdorlik bildiramiz. Barchangizga va oila a’zolaringizga mustahkam sog‘lik, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka va farovonlik tilaymiz. Kasbingizda ulkan muvaffaqiyatlar, ezgu ishlaringizda kuch-g‘ayrat va yangi zafarlar hamisha hamrohingiz bo‘lsin! Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz neft va gaz sanoati xodimlari! Hurmat bilan, Sherzod Xodjayev, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt

Qadrli hamkasblar! "Shurtan gaz kimyo majmuasi" jamoasi nomidan barchangizni Neft va gaz sanoati xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etamiz! Mashaqqatli va sharafli mehnatingizda ulkan zafarlar, oilangizga tinchlik-xotirjamlik va farovonlik tilaymiz! Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin! 👇Bizni kuzating 🕊Telegram |🌍 web-sayt |📸instagram |📺youtube |📱facebook

Aziz hamkasblar! Sizlarni — "Neft va gaz sanoati xodimlari kuni" bilan samimiy muborakbod etaman! Ushbu soha mamlakatimiz iqt
Aziz hamkasblar! Sizlarni — "Neft va gaz sanoati xodimlari kuni" bilan samimiy muborakbod etaman! Ushbu soha mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyoti, energetik barqarorligi va xalqimiz farovonligini ta’minlashda ulkan ahamiyatga ega bo‘lgan muhim tarmoqdir. Sohaning bugungi salohiyati va ertangi taraqqiyoti zamirida, avvalo, o‘z kasbiga sadoqat bilan mehnat qilayotgan Siz kabi fidoyi insonlarning mashaqqatli mehnati mujassam. Konlarda, ishlab chiqarish maydonlarida, zavod va korxonalarda, uzoq hududlarda kechayu kunduz mehnat qilayotgan har biringizning hissangiz alohida e’tirofga loyiq. Bugun “O‘zbekneftgaz” AJ jamoasi oldida sohaning samaradorligini yanada oshirish, zamonaviy texnologiya va innovatsiyalarni keng joriy etish, ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlash hamda yurtimizning energetik salohiyatini yuksaltirishdek ulkan vazifalar turibdi. Ishonchim komilki, birdamlik, professionallik va yuksak mas’uliyat bilan bu maqsadlarga albatta erishamiz. Ushbu qutlug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, baxt-saodat va farovonlik tilayman. Xonadoningizdan fayzu baraka arimasin. Vatanimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo‘lidagi sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar doimo hamroh bo‘lsin! Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz hamkasblar! Hurmat bilan, “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Abdug‘ani Sanginov

#UZB35 #SHGKM #25Yil #Majmuam25Yoshda #25IjtimoiyLoyiha 25 YILLIKKA — 25 TA IJTIMOIY LOYIHA: CHORAK ASR SHUKUHI, EZGU TASHABBUSLAR VA UNUTILMAS LAHZALAR
Yigirma besh yil — shunchaki vaqt emas! Bu — chorak asrlik mehnat, izlanish, fidoyilik va bunyodkorlik bilan yaratilgan katta tarix. Bu tarixda minglab insonlarning taqdiri, o‘z kasbiga sadoqati, tun-u kun qilgan mehnati, erishilgan yutuqlar va unutilmas xotiralar mujassam. Shu bois “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MChJning 25 yillik yubileyi oddiy sana sifatida emas, balki chorak asrlik yo‘lni sarhisob qilish, shu tarixni yaratgan insonlarni qadrlash va kelajak sari yangi maqsadlarni belgilash imkonini beruvchi ulkan voqea sifatida nishonlandi. O‘zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi bilan uyg‘unlashgan ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan majmuada “25 yillikka — 25 ta ijtimoiy loyiha” dasturi ishlab chiqilib, keng ko‘lamli ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy, sport va ijodiy tadbirlar amalga oshirildi.
Batafsil: 👉 https://teletype.in/@sgcc_uzb/P3ehP_9LDP1 👇Bizni kuzating 🕊Telegram |🌍 web-sayt |📸instagram |📺youtube |📱facebook

#SHGKM #Siyosiy_maʼrifat_soati Haftaning har juma kuni tashkil etilayotgan "Siyosiy-ma’rifat soati" davlat xizmatchilarining
+3
#SHGKM #Siyosiy_maʼrifat_soati Haftaning har juma kuni tashkil etilayotgan "Siyosiy-ma’rifat soati" davlat xizmatchilarining siyosiy bilimlarini oshirish, daxldorlik hissini kuchaytirish hamda ma’naviyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. «Shurtan gaz kimyo majmuasi» MCHJda ham ushbu "Siyosiy-ma’rifat soati" muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda. Xususan, bugungi bo'lib o'tgan "Siyosiy-ma’rifat soati" ham yuqori saviyada tashkil etildi. 👇Bizni kuzating 🕊Telegram |🌍 web-sayt |📸instagram |📺youtube |📱facebook

#HuquqiyMadaniyat #SiyosiyBilim #34_son "Siyosiy-maʼrifat soati"ning navbatdagi soni(2026-yilning 34-soni)
Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan.
👇Bizni kuzating 🕊Telegram |🌍 web-sayt |📸instagram |📺youtube |📱facebook

#UZB35 #SHGKM #25Yil #Majmuam25Yoshda 🟦🟦🟦 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi hamda "Shurtan
#UZB35 #SHGKM #25Yil #Majmuam25Yoshda 🟦🟦🟦 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi hamda "Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJning 25 yillik yubileyi munosabati bilan "Majmuam 25 yoshda" nomli maqolalar tanlovi g'olibini e'lon qilamiz. Batafsil: 👉 https://teletype.in/@sgcc_uzb/xy63xxZeXD2 👇Bizni kuzating 🕊Telegram |🌍 web-sayt |📸instagram |📺youtube |📱facebook

#UZB35 #SHGKM #25Yil #BirSuratOrtidagiHikoya 🟦🟦🟦 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi hamda “S
#UZB35 #SHGKM #25Yil #BirSuratOrtidagiHikoya 🟦🟦🟦 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi hamda “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MChJning 25 yillik yubileyi munosabati bilan majmua ishchi-xodimlari o‘rtasida o'tkazilgan “Bir surat ortidagi hikoya” tanlovi g'olibini e'lon qilamiz! Batafsil: 👉 https://teletype.in/@sgcc_uzb/VwZrr3ThdNn 👇Bizni kuzating 🕊Telegram |🌍 web-sayt |📸instagram |📺youtube |📱facebook