ch
Feedback

不要被骗子欺骗!Telemetrio 会找到并标记这些频道 👉 如果想查看标记,请订阅

Shurtan gaz kimyo majmuasi

Shurtan gaz kimyo majmuasi

前往频道在 Telegram
3 937
订阅者
+324 小时
-77 天
-1630 天
帖子存档
#SHGKM #Siyosiy_maʼrifat_soati Haftaning har juma kuni tashkil etilayotgan "Siyosiy-ma’rifat soati" davlat xizmatchilarining
+3
#SHGKM #Siyosiy_maʼrifat_soati Haftaning har juma kuni tashkil etilayotgan "Siyosiy-ma’rifat soati" davlat xizmatchilarining siyosiy bilimlarini oshirish, daxldorlik hissini kuchaytirish hamda ma’naviyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. "Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJda ham ushbu "Siyosiy-ma’rifat soati" muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda. Xususan, bugungi bo'lib o'tgan "Siyosiy-ma’rifat soati" ham yuqori saviyada tashkil etildi. 👇Bizni kuzating 🕊Telegram |🌍 web-sayt |📸instagram |📺youtube |📱facebook

#HuquqiyMadaniyat #SiyosiyBilim #41_son "Siyosiy-maʼrifat soati"ning navbatdagi soni(2026-yilning 41-soni)
Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan.
👇Bizni kuzating 🕊Telegram |🌍 web-sayt |📸instagram |📺youtube |📱facebook

O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi — Праздничное поздравление народу Узбекистана Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi — Праздничное поздравление народу Узбекистана Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Turli millatlar, bir jamoa, bir Vatan! “O‘zbekneftgaz” AJ tizim tashkilotlarida turli millat vakillari bir maqsad yo‘lida ahil va hamjihat mehnat qilmoqda. O‘zbek tiliga bo‘lgan hurmat va mehr esa ularni yanada yaqinlashtirmoqda. Buni tizim tashkilotlarimizda faoliyat yuritayotgan boshqa millat vakillarining o‘zbek tilida samimiyat bilan she’r o‘qishlari misolida ham ko‘rish mumkin. 👉Bizni kuzating web-sayt | instagram |telegram | youtube | facebook

#OnaTilim #Viktorina #21oktabr #Yoshlar #SHGKM 21-OKTABR — O‘ZBEK TILI BAYRAMI MUNOSABATI BILAN VIKTORINA! Ona tilimizni qanc
#OnaTilim #Viktorina #21oktabr #Yoshlar #SHGKM 21-OKTABR — O‘ZBEK TILI BAYRAMI MUNOSABATI BILAN VIKTORINA! Ona tilimizni qanchalik yaxshi bilasiz? Bilimingizni sinab ko‘rishga tayyormisiz? Unda bugungi viktorinada ishtirok eting! 📅 Sana: 2026-yil 21-oktabr ⏰ Boshlanish vaqti: 20:00 🔗 Viktorina havolasi @sgcc_yi kanalida e’lon qilinadi. 🕘 Soat 21:00 da to‘g‘ri javoblar va g‘oliblar e’lon qilinadi. Viktorina shartlari: ✅ 30 ta savol, har bir to‘g‘ri javob uchun 1 ball — jami 30 ball. ✅ Eng ko‘p ball to‘plagan ishtirokchilar g‘olib deb topiladi. Ballar teng bo‘lgan taqdirda, savollarga tezroq javob bergan ishtirokchiga ustunlik beriladi. 🏆 1-, 2- va 3-o‘rin sohiblarini kitoblar sovg‘asi kutmoqda! 🔔 Kanal bildirishnomalarini yoqib qo‘ying va viktorina havolasini o‘tkazib yubormang! “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MChJ Kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamda Yoshlar boshlang‘ich tashkiloti barchangizni 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy tabriklaydi! @sgcc_uzb | @shgkm_uzb | @sgcc_yi

#SHGKM #DavlatTili #MalakaOshirish MAJMUA XODIMLARI UCHUN DAVLAT TILIDA ISH YURITISH BO‘YICHA MALAKA OSHISH KURSI TASHKIL ETI
+3
#SHGKM #DavlatTili #MalakaOshirish MAJMUA XODIMLARI UCHUN DAVLAT TILIDA ISH YURITISH BO‘YICHA MALAKA OSHISH KURSI TASHKIL ETILDI ​Davlat tilining nufuzi va mavqeini oshirish, korxonada hujjatlar aylanishini sof ona tilimizda yuritish hamda xodimlarning savodxonlik darajasini yuksaltirish "Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJda doimiy e’tibordagi muhim yo‘nalishlardan biridir. ​Shu maqsadda majmua hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi o‘rtasidagi hamkorlik doirasida korxonamizning hujjatlar bilan ishlovchi bir guruh xodimlari uchun maxsus o‘quv kursi tashkil etildi. ​O‘quv jarayonida ishtirokchilar o‘zbek adabiy tili me’yorlari, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi va imlosi hamda rasmiy ish yuritish qoidalarini chuqur o‘rganib, kasbiy malakalarini oshirdilar. ​O‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan xodimlarga O‘zbek tili bayrami arafasida davlat namunasidagi maxsus sertifikatlar topshirildi. ​Ona tilimiz — milliy g‘ururimiz va boyligimizdir. Korxonamizda davlat tilida ish yuritish tizimini yanada takomillashtirish hamda sohaviy hujjatlar aylanishida me’yorlarga qat’iy amal qilish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. ​Barcha yurtdoshlarimizni 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni bilan yana bir bor samimiy muborakbod etamiz! 👇Bizni kuzating 🕊Telegram |🌍 web-sayt |📸instagram |📺youtube |📱facebook

#SHGKM #Hamkorlik #Amaliyot QARSHI DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI TALABALARI UCHUN MAJMUADA AMALIY MASHG‘ULOT TASHKIL ETILDI “Sh
+2
#SHGKM #Hamkorlik #Amaliyot QARSHI DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI TALABALARI UCHUN MAJMUADA AMALIY MASHG‘ULOT TASHKIL ETILDI “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MChJ va Qarshi davlat texnika universiteti o‘rtasidagi hamkorlik doirasida universitet talabalari uchun majmua hududida o‘quv-amaliy mashg‘ulot tashkil etildi. Mashg‘ulot davomida talabalar korxonadagi suvni tozalash tizimi, ichimlik suvini tayyorlash jarayonlari, demineralizatsiyalangan suv tayyorlash qurilmalari, sovitish suvi tizimlari hamda markaziy laboratoriya faoliyatini o‘rgandilar. Shuningdek, suvni tayyorlash texnologiyalari, laboratoriya tahlillari va nazorat jarayonlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etib, nazariy bilimlarini ishlab chiqarish jarayonlari bilan bog‘lash imkoniga ega bo‘ldilar. Bunday mashg‘ulotlar talabalarning nazariy bilimlarini ishlab chiqarish jarayonlari bilan uyg‘unlashtirish, kasbiy ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda kelgusidagi mehnat faoliyatiga tayyorgarligini oshirishga xizmat qiladi. 👇Bizni kuzating 🕊Telegram |🌍 web-sayt |📸instagram |📺youtube |📱facebook

21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni Ona tilimiz — milliy o‘zligimiz, ma’naviy qadriyatlarimiz va boy tariximizning bebaho ti
21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni Ona tilimiz — milliy o‘zligimiz, ma’naviy qadriyatlarimiz va boy tariximizning bebaho timsolidir. Asrlar davomida xalqimizning orzu-intilishlari, tafakkuri va hayot tajribasini o‘zida mujassam etgan o‘zbek tili bugun ham milliy birligimiz va ma’naviy yuksalishimizning mustahkam asosi bo‘lib xizmat qilmoqda. Uni asrab-avaylash, boyitish va kelajak avlodlarga bezavol yetkazish har birimiz uchun sharafli burchdir. Zero, ona tiliga e’tibor — milliy qadriyatlarimizga e’tibor, uning ravnaqi yo‘lidagi sa’y-harakatlar esa ma’naviy taraqqiyotimiz va kelajagimizga qo‘yilgan mustahkam poydevordir. O‘zbek tili bayrami muborak bo‘lsin! 👇Bizni kuzating 🕊Telegram |🌍 web-sayt |📸instagram |📺youtube |📱facebook

Aziz yurtdoshlar, hurmatli hamkasblar! Sizlarni 21 oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan chin qalbimdan samimiy
Aziz yurtdoshlar, hurmatli hamkasblar! Sizlarni 21 oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman! Til — millatning ruhi, tafakkuri va ma’naviy qiyofasini namoyon etadigan buyuk qadriyat. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “O‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho ma’naviy boylik, buyuk qadriyatdir”. Darhaqiqat, ona tilimiz xalqimizning asrlar davomida shakllangan tarixi, madaniyati va hayotiy tajribasini o‘zida mujassam etgan, avlodlar o‘rtasidagi ma’naviy vorislikni ta’minlaydigan bebaho merosdir. O‘zbek tili — buyuk ajdodlarimizdan bizga meros bo‘lib qolgan, xalqimizni bir maqsad va ezgu g‘oyalar atrofida birlashtiruvchi qudratli kuchdir. Alisher Navoiydek buyuk mutafakkirlar ijodi orqali jahon tamaddunidan munosib o‘rin egallagan ona tilimiz bugun ham milliy g‘ururimiz, davlatchiligimiz va taraqqiyotimizning mustahkam tayanchi bo‘lib xizmat qilmoqda. Ona tilimizni asrab-avaylash, uning sofligi va nufuzini yuksaltirish har birimizning nafaqat burchimiz, balki kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas’uliyatimizdir. Shu bois o‘zbek tilidan ish yuritishda, ta’limda, oilada va kundalik muloqotda to‘laqonli hamda savodli foydalanish, uni zamonaviy ilm-fan va texnologiyalar tili sifatida rivojlantirishga hissa qo‘shishimiz zarur. “O‘zbekneftgaz” AJ jamoasi nomidan barcha yurtdoshlarimizni 21 oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy muborakbod etaman. Ona tilimizga bo‘lgan ehtiromimiz yanada yuksalib, o‘zbek tilining davlat va jamiyat hayotidagi o‘rni mustahkamlansin, uning jahon miqyosidagi nufuzi tobora kengayib boraversin! “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Abdug‘ani Sanginov 👋Bizni kuzating 🌐web-sayt | 📹instagram |💬telegram | 📺youtube | 💬facebook

#OAVda_Biz #Forum QASHQADARYO AXBOROTI | “O‘zbekneftgaz” tizimida yoshlar forumi Qashqadaryo viloyati televideniyesining “Qashqadaryo axboroti” informatsion dasturida “O‘zbekneftgaz” tizimida faoliyat yuritayotgan yoshlar ishtirokida o‘tkazilgan forum haqida maxsus lavha efirga uzatildi. 👇Bizni kuzating 🕊Telegram |🌍 web-sayt |📸instagram |📺youtube |📱facebook

#Forum2026 Bir maqsad – bir jamoa – bir kelajak! Uch kun davomida bilim, sport, do‘stlik va hamjihatlik muhitida o‘tgan “Barkamol ishchi-xodimlar forumi” ishtirokchilar uchun unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi. 👇Bizni kuzating 🕊Telegram |🌍 web-sayt |📸instagram |📺youtube |📱facebook

Barkamol ishchi-xodimlar forumida rahbarlar va xodimlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi “Bir maqsad – bir jamoa – bir kelajak” shiori
+9
Barkamol ishchi-xodimlar forumida rahbarlar va xodimlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi “Bir maqsad – bir jamoa – bir kelajak” shiori ostida o‘tkazilayotgan Barkamol ishchi-xodimlar forumi doirasida rahbarlar va ishchi-xodimlar uchrashuvi tashkil etildi. Unda “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisining maslahatchilari Yulduzxon Odilova va O‘tkirbek Mamatqulov, Birlashgan kasaba uyushma qo’mita raisi Ulug‘bek Gaziyev, “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MChJ bosh direktori Shuhrat Aslonov hamda “Uzbekistan GTL” bosh direktori Alisher Bahodirov ishtirok etdi. Ochiq muloqot davomida rahbarlar va ishchi-xodimlar o‘rtasida o‘zaro fikr almashildi. Xodimlarning taklif va tashabbuslarini tinglash, mehnat jamoalarida hamjihatlikni mustahkamlash hamda umumiy maqsadlar yo‘lida birlashish masalalariga e’tibor qaratildi. 👋Bizni kuzating 🌐web-sayt | 📹instagram |💬telegram | 📺youtube | 💬facebook

#Seminar #KorrupsiyagaQarshiKurash MANFAATLAR TO‘QNASHUVINING OLDINI OLISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI “O‘zbekneftgaz” AJning
+2
#Seminar #KorrupsiyagaQarshiKurash MANFAATLAR TO‘QNASHUVINING OLDINI OLISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI “O‘zbekneftgaz” AJning 2026-yil 17-sentabrdagi 08-43-09-465-son topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MChJda navbatdagi seminar va ma’naviy-ma’rifiy soat tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish” va “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonunlari, shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvining turlari, ko‘rinishlari va ularning oldini olish chora-tadbirlari haqida ma’lumot berildi. Tadbir davomida manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatlar, shaxsiy manfaatdorlik bilan tashkilot manfaatlari o‘rtasidagi ziddiyatlarning oldini olish, xizmat vazifalarini bajarishda qonuniylik, xolislik va shaffoflik tamoyillariga rioya etish masalalari tushuntirildi. Shuningdek, “Korporativ odob-axloq kodeksi” talablari, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hamda jamoada halollik va mas’uliyat tamoyillarini mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi. 👇Bizni kuzating 🕊Telegram |🌍 web-sayt |📸instagram |📺youtube |📱facebook

#HuquqiyMadaniyat #SiyosiyBilim #40_son "Siyosiy-maʼrifat soati"ning navbatdagi soni(2026-yilning 40-soni)
Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan.
👇Bizni kuzating 🕊Telegram |🌍 web-sayt |📸instagram |📺youtube |📱facebook

#2026Yil #9_OylikTahlil #BoshqaruvApparati “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MChJda 2026-yilning 9 oylik faoliyati tahliliga bag‘i
+3
#2026Yil #9_OylikTahlil #BoshqaruvApparati “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MChJda 2026-yilning 9 oylik faoliyati tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi Batafsil: 👉 https://teletype.in/@sgcc_uzb/o7-a76EA2f3 👇Bizni kuzating 🕊Telegram |🌍 web-sayt |📸instagram |📺youtube |📱facebook

#E’LON "BIR MAQSAD – BIR JAMOA – BIR KELAJAK" BARKAMOL ISHCHI-XODIMLAR FORUMI — 2026 "O‘zbekneftgaz" AJda faol yoshlarni qo‘l
#E’LON "BIR MAQSAD – BIR JAMOA – BIR KELAJAK" BARKAMOL ISHCHI-XODIMLAR FORUMI — 2026 "O‘zbekneftgaz" AJda faol yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash, tashabbus va yangi g‘oyalarni rag‘batlantirish maqsadida 2026-yil 15–18-oktyabr kunlari "Bir maqsad – bir jamoa – bir kelajak" shiori ostida Barkamol ishchi-xodimlar forumi bo‘lib o‘tadi. 📍 Manzil: Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani, "Lochin" oromgohi. Forum dasturidan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari, "Rais kubog" uchun mini-futbol va voleybol bellashuvlari, shaxmat, shashka va stol tennisi, "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi, uch avlod muloqoti, yugurish marafoni, ekologik aksiya, osh festivali hamda konsert dasturi o‘rin olgan. Forum — bir maqsad yo‘lida birlashish, tajriba almashish, yangi tashabbuslarga yo‘l ochish va jamoaviy ruhni mustahkamlash uchun muhim maydon bo‘ladi! 👉Bizni kuzating web-sayt | instagram |telegram | youtube | facebook

#SHGKM #Siyosiy_maʼrifat_soati Haftaning har juma kuni tashkil etilayotgan "Siyosiy-ma’rifat soati" davlat xizmatchilarining
+3
#SHGKM #Siyosiy_maʼrifat_soati Haftaning har juma kuni tashkil etilayotgan "Siyosiy-ma’rifat soati" davlat xizmatchilarining siyosiy bilimlarini oshirish, daxldorlik hissini kuchaytirish hamda ma’naviyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. «Shurtan gaz kimyo majmuasi» MCHJda ham ushbu "Siyosiy-ma’rifat soati" muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda. Xususan, bugungi bo'lib o'tgan "Siyosiy-ma’rifat soati" ham yuqori saviyada tashkil etildi. 👇Bizni kuzating 🕊Telegram |🌍 web-sayt |📸instagram |📺youtube |📱facebook

#UmummilliyDiktant #DavlatTili #SHGKM DIKTANT TANLOVI G‘OLIBI ANIQLANDI 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan
#UmummilliyDiktant #DavlatTili #SHGKM DIKTANT TANLOVI G‘OLIBI ANIQLANDI 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MChJ ishchi-xodimlari o‘rtasida diktant tanlovi o‘tkazildi. Tanlov yakunlariga ko‘ra, Ko‘kalamzorlashtirish tarmog‘i xodimasi Xalimova Zilola Iskandarovna eng kam imloviy xatoga yo‘l qo‘yib, g‘olib deb topildi. Zilola Iskandarovna 16-oktabr kuni “O‘zbekneftgaz” AJ tizim tashkilotlari xodimlari o‘rtasida o‘tkaziladigan final bosqichida majmuamiz nomidan ishtirok etadi. Zilola Iskandarovnaga final bosqichida omad va muvaffaqiyat tilaymiz! Tanlovda qatnashgan barcha xodimlarga ona tilimizga bo‘lgan e’tibori va faol ishtiroki uchun minnatdorlik bildiramiz! 👇Bizni kuzating 🕊Telegram |🌍 web-sayt |📸instagram |📺youtube |📱facebook

#HuquqiyMadaniyat #SiyosiyBilim #39_son "Siyosiy-maʼrifat soati"ning navbatdagi soni(2026-yilning 39-soni)
Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan.
👇Bizni kuzating 🕊Telegram |🌍 web-sayt |📸instagram |📺youtube |📱facebook

#Hamkorlik #IshchiUchrashuv #TTTX YUK TASHISH JARAYONINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI “Shurtan gaz kimyo maj
+2
#Hamkorlik #IshchiUchrashuv #TTTX YUK TASHISH JARAYONINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MChJ mas’ul xodimlari Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli hamda “Temiryo‘lkargo” AJ Qarshi filiali rahbariyati bilan ishchi uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda mahsulotlarni temir yo‘l orqali tashish va yuk ortish jarayonida yuzaga kelayotgan ayrim muammolar hamda kamchiliklarni bartaraf etish choralari, shuningdek, o‘zaro hamkorlikni takomillashtirish masalalari muhokama qilindi. 👇Bizni kuzating 🕊Telegram |🌍 web-sayt |📸instagram |📺youtube |📱facebook