Shurtan gaz kimyo majmuasi
الذهاب إلى القناة على Telegram
Veb-sayt: https://sgcc.uz/ Intagram://www.instagram.com/@shurtan_gkm Facebook://www.facebook.com/shurtangas YouTube:https://youtube.com/@shurtan_gkm e-mail: sgcc@sgcc.uz ©️SHGKM Matbuot xizmati
إظهار المزيد3 940
المشتركون
+224 ساعات
-187 أيام
-3530 أيام
أرشيف المشاركات
+4
#SHGKM
#Siyosiy_maʼrifat_soati
Haftaning har juma kuni tashkil etilayotgan "Siyosiy-ma’rifat soati" davlat xizmatchilarining siyosiy bilimlarini oshirish, daxldorlik hissini kuchaytirish hamda ma’naviyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
«Shurtan gaz kimyo majmuasi» MCHJda ham ushbu "Siyosiy-ma’rifat soati" muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda. Xususan, bugungi bo'lib o'tgan "Siyosiy-ma’rifat soati" ham yuqori saviyada tashkil etildi.
👇Bizni kuzating
🕊Telegram |🌍 web-sayt |📸instagram |📺youtube | 📱facebook
#HuquqiyMadaniyat #SiyosiyBilim #23_son
"Siyosiy-maʼrifat soati"ning navbatdagi soni (2026-yilning 23-soni)
Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan.👇Bizni kuzating 🕊Telegram |🌍 web-sayt |📸instagram |📺youtube | 📱facebook
#Kayfiyat #KulguTime #Tabassum
🎥 Bolalik orzulari va bugungi kasb: qiziqarli javoblar
"Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Matbuot xizmati hamda Yoshlar boshlang‘ich tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan qiziqarli ijtimoiy so‘rovnomada bir guruh xodimlarimiz bolalikdagi orzulari bilan o‘rtoqlashdi. Ular yoshligida kim bo‘lishni orzu qilgan? Javoblarni videolavha orqali bilib oling!
👇Bizni kuzating
🕊Telegram |🌍 web-sayt |📸instagram |📺youtube | 📱facebook
+2
#Amaliyot #Talabalar #NazariyaVaAmaliyot
Nazariy bilimlar ishlab chiqarish amaliyoti bilan mustahkamlanmoqda
Termiz davlat universitetining Kimyo fakulteti talabalari uchun Qashqadaryo viloyatining yirik sanoat korxonalarida o‘quv-amaliy mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda. Mazkur amaliyot dasturi talabalarning nazariy bilimlarini zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari bilan uyg‘unlashtirish, soha bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda kelajakdagi kasbiy faoliyatiga tayyorgarligini mustahkamlashga qaratilgan.
Amaliyot dasturi doirasida talabalar “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar. Ularga tabiiy gazni chuqur qayta ishlash asosida polietilen granulasi ishlab chiqarishning texnologik bosqichlari, ishlab chiqarish jarayonlarida qo‘llanilayotgan zamonaviy uskunalar, mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi talablari hamda ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatik boshqarish tizimi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, talabalar ishlab chiqarish bo‘linmalari va laboratoriyalar faoliyati bilan tanishib, tajribali mutaxassislar ishtirokidagi amaliy mashg‘ulotlarda qatnashdilar. Bu esa ularga oliy ta’lim muassasasida olgan nazariy bilimlarini real ishlab chiqarish jarayonlari misolida mustahkamlash, zamonaviy sanoat korxonalarining ish faoliyati va texnologik jarayonlarini yaqindan o‘rganish imkonini berdi.
👇Bizni kuzating
🕊Telegram |🌍 web-sayt |📸instagram |📺youtube | 📱facebook
+4
#TIIF2026 #ToshkentXalqaroInvestitsiyaForumi #Marketing #Mahalliylashtirish
Hamkorlik sari ochiq muloqot va yangi imkoniyatlar
Poytaxtimizda o‘tkazilayotgan V Toshkent xalqaro investitsiya forumi investitsiyalar, innovatsiyalar va xalqaro hamkorlik sohasidagi nufuzli tadbirlardan biri bo‘lib, dunyoning turli mamlakatlaridan davlat organlari, yirik kompaniyalar, investorlar va biznes vakillarini bir maydonga jamlamoqda. Mazkur forumda “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJning Mahsulotlarni sotish va marketing xizmati hamda Mahalliylashtirish va kooperatsion aloqalarni kengaytirish bo'limi vakillari ham faol ishtirok etmoqda.Batafsil: 👉 https://teletype.in/@sgcc_uzb/LHskBycgso9 👇Bizni kuzating 🕊Telegram |🌍 web-sayt |📸instagram |📺youtube | 📱facebook
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Xalqaro kongress markazida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining yalpi majlisi boshlandi.
Davlatimiz rahbarining forumdagi nutqini Prezident Matbuot xizmatining Telegram, YouTube va Facebook dagi rasmiy sahifalarida tomosha qiling.
—
В Международном конгресс-центре с участием Президента Шавката Мирзиёева начался пленарное заседание пятого Ташкентского международного инвестиционного форума.
Выступление главы нашего государства на форуме смотрите на официальных страницах Пресс-службы Президента в Telegram, YouTube и Facebook.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Saida Mirziyoyeva
Prezident giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi murosasiz kurashish va jamiyatni ushbu tahdiddan himoya qilishga qaratilgan qonunni imzoladi.
Giyohvandlik moddalari inson hayoti, oilalar va bolalar salomatligini barbod qiladi. Bu — mamlakat genofondi hamda uning kelajagiga berilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarba.
Yangi qonunda narkotiklarni tarqatishning zamonaviy usullarini jilovlash ko‘zda tutilgan, bunday jinoyatlar uchun jazo choralari kuchaytirilgan va voyaga yetmaganlarni himoya qilishga alohida e’tibor qaratilgan.
Ushbu masalani shaxsan o‘z nazoratimga oldim.
Bu kurashda chetda tomoshabin bo‘lib turishga hech kimning haqqi yo‘q. Zero, juda ko‘p narsa o‘zimizga — ota-onalarga, maktab va mahallaga hamda yon-atrofidagi hodisalarga befarq bo‘lmagan har bir insonga bog‘liq.
—
Президент подписал закон, направленный на бескомпромиссную борьбу с наркоторговлей и защиту общества от этой угрозы.
Наркотики разрушают жизни, семьи и здоровье детей. Это прямой удар по генофонду страны и её будущему.
Новый закон учитывает современные способы распространения наркотиков, усиливает ответственность за такие преступления, и особо направлен на защиту несовершеннолетних.
Я взяла этот вопрос под личный контроль.
В этой борьбе нельзя оставаться в стороне. Очень многое зависит и от нас самих: от родителей, школ, махаллей и каждого, кто видит, что происходит рядом.
#Ogohlik #Kiberxavfsizlik
📶 Bepul Wi-Fi har doim ham xavfsiz emas!
Kiberfiribgarlar jamoat joylarida soxta Wi-Fi tarmoqlarini yaratib, foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari, parollari va bank ma’lumotlarini qo‘lga kiritishga urinishadi.
⚠️ Noma’lum Wi-Fi tarmoqlariga ulanishdan oldin uning haqiqiyligini tekshiring. ⚠️ Jamoat Wi-Fi tarmoqlari orqali muhim akkauntlarga kirishdan saqlaning. ⚠️ Shubhali sahifalarga ma’lumot kiritmang.🔒 Internet tarmoqlarida ehtiyotkor bo‘ling va shaxsiy ma’lumotlaringizni himoya qiling! 👇 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring 📱 Telegram: https://t.me/sgcc_uzb 🌍 Web-sayt: https://sgcc.uz/ 📸 Instagram: https://www.instagram.com/shurtan_gkm/ 📺 YouTube: https://www.youtube.com/@shurtan_gkm 📘 Facebook: https://www.facebook.com/shurtangas
+5
#YashilMakon #Tashrif
Bosh prokuratura tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Shurtan gaz kimyo majmuasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Qashqadaryo viloyatida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish maqsadida Bosh prokuror o‘rinbosari I.Adxamov boshchiligidagi ishchi guruh bir qator hududlarda olib borilayotgan ekologik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishmoqda. Jumladan, tashrif dasturi doirasida “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJda amalga oshirilayotgan yashil hududlarni kengaytirish ishlari ham o‘rganildi.
Tashrif davomida majmua rahbariyati va mas’ul mutaxassislar tomonidan ishchi guruhga majmuada ekologik barqarorlikni ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda yashil maydonlarni kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda majmua hududida 30 gektar maydonda 25 turdagi manzarali daraxt va buta ko‘chatlari ekilib, ularning parvarishi tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, korxonaga olib boruvchi yo‘l va uning atrofida 15 qatorli yashil belbog‘lar barpo etilgan bo‘lib, ushbu hududlar zamonaviy tomchilatib sug‘orish tizimi bilan ta’minlangan.
Mazkur ishlar majmuada ekologik barqarorlikni ta’minlash, yashil hududlarni kengaytirish hamda suv resurslaridan samarali foydalanish borasida amalga oshirilayotgan tizimli chora-tadbirlarning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
👇Bizni kuzating
🕊Telegram |🌍 web-sayt |📸instagram |📺youtube | 📱facebook
#OlgʻaOʻzbekiston #JahonChempionati #BirJamoaBirYurak
🇺🇿 Yuraklar bir, maqsad bitta! Biz milliy terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlaymiz!
“Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ jamoasi O‘zbekiston milliy terma jamoasiga Jahon chempionatidagi ishtirokida omad tilaydi.
Ishonamizki, futbolchilarimiz o‘z mahorati, qat’iyati va jamoaviy ruhi bilan xalqimizga unutilmas lahzalarni tuhfa etadi.
Olg‘a, O‘zbekiston! 🇺🇿⚽
👇 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring va milliy jamoamizni qo‘llab-quvvatlashda faol ishtirok eting:
📱 Telegram: https://t.me/sgcc_uzb
🌍 Web-sayt: https://sgcc.uz/
📸 Instagram: https://www.instagram.com/shurtan_gkm/
📺 YouTube: https://www.youtube.com/@shurtan_gkm
📘 Facebook: https://www.facebook.com/shurtangas
+4
“Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ Bosh texnologi Toshboyev Xujamberdi Mingyasharovich texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga sazovor bo‘ldi.
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025-27.12.T.1605 raqamli ilmiy kengash yig'ilishida X.Toshboyev o‘zining “Etilen monomerini pirogaz tarkibidan ajratib olish va gazni qayta ishlash texnologiyasini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi. Ushbu ish “Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi” ixtisosligi bo‘yicha olib borilgan.
Himoya jarayonida Xujamberdi Mingyasharovich dissertatsiya mazmunini kengash a’zolariga atroflicha yoritib berdi, ularning savollariga ilmiy asoslangan, aniq va ishonchli javoblar qaytardi. Hisobotlar va xulosalar kengash a’zolari tomonidan yuqori baholandi.
Yig‘ilish yakunida kengash a’zolari dissertatsiya ishi barcha ilmiy-uslubiy talablarga to‘liq javob berishini ta’kidlab, X.Toshboyevga texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish to‘g‘risidagi qarorni 100 foiz ovoz bilan qabul qildi.
Shu munosabat bilan, ko‘p ming sonli mehnat jamoamiz nomidan Xujamberdi Mingyasharovichni texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga sazovor bo‘lgani bilan samimiy muborakbod etamiz. Xujamberdi Mingyasharovichga ilm-fan ravnaqi yo‘lidagi izlanishlarida ulkan muvaffaqiyatlar, kasbiy faoliyatida yuksak natijalar va mustahkam sog‘lik tilaymiz.
👇Bizni kuzating
🕊Telegram |🌍 web-sayt |📸instagram |📺youtube | 📱facebook
#Yoshlar_oyligi #Yoshlar_kuni #Mega_tadbir
📣 Aziz Qashqadaryo yoshlari!
Yozning ajoyib kunlarini mazmunli o‘tkazishga tayyormisiz? Barchangizni “Yoshlar tashabbusi marafoni”ga chorlaymiz.
Marafon doirasida tadbirkorlik, bandlik, innovatsiya, robototexnika, kitobxonlik, xorijiy tillar, ekologiya, sport va madaniyat yo‘nalishlarida maxsus pavilyonlar faoliyat yuritadi. Bu yerda siz o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob topib, yangi bilim va foydali imkoniyatlarga ega bo‘lishingiz mumkin.🇺🇿 “Yangi O‘zbekistonni yoshlar quradi” shiori ostida bo‘lib o‘tadigan katta gala-konsert dasturida Bojalar va Benom guruhi, Ulug‘bek Yo‘lchiyev, Shoxruhxon hamda boshqa bir qator yoshlarbop xonandalar ishtirok etadi. 🗓 15-iyun ⏰ 19:00. 📍 Shahrisabz shahri, Oqsaroy maydoni. ❗️Konsert dasturiga kirish 🔤🔤🔤🔤🔤❗️ 📱Gov.uz| 📱Telegram| 📱YouTube| 📱FB|📱Instagram| 📱X
+2
#SHGKM
#Siyosiy_maʼrifat_soati
Haftaning har juma kuni tashkil etilayotgan "Siyosiy-ma’rifat soati" davlat xizmatchilarining siyosiy bilimlarini oshirish, daxldorlik hissini kuchaytirish hamda ma’naviyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
«Shurtan gaz kimyo majmuasi» MCHJda ham ushbu "Siyosiy-ma’rifat soati" muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda. Xususan, bugungi bo'lib o'tgan "Siyosiy-ma’rifat soati" ham yuqori saviyada tashkil etildi.
👇Bizni kuzating
🕊Telegram |🌍 web-sayt |📸instagram |📺youtube | 📱facebook
#HuquqiyMadaniyat #SiyosiyBilim #22_son
"Siyosiy-maʼrifat soati"ning navbatdagi soni (2026-yilning 22-soni)
Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan.👇Bizni kuzating 🕊Telegram |🌍 web-sayt |📸instagram |📺youtube | 📱facebook
#Eslab_eslab #20Yillik #UnutilmasLahzalar
“Eslab-eslab...”
Bir sahnada jam bo‘lgan 20 yillik tarix... Bir davrada uchrashgan faxriylar, mehnatkashlar va yoshlar... Har bir qalbda jo‘sh urgan faxr, sog‘inch va cheksiz minnatdorlik hislari... Bularning barchasi “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJning 20 yillik yubiley tadbirida mujassam bo‘lgandi. Fidoyi insonlarning mehnati e’tirof etilgan, unutilmas oqshom.Majmuaning 20 yillik yubiley tadbiridan videolavha. 👇Bizni kuzating 🕊Telegram |🌍 web-sayt |📸instagram |📺youtube | 📱facebook
⚖️ Sud tizimida yangi nazorat mexanizmi: shaffoflik va halollikni ta’minlashning qo‘shimcha kafolati
Prezident Farmoni bilan sud tizimida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash va oldini olishga qaratilgan yangi mexanizmlar joriy etilmoqda. Shu maqsadda Oliy sud tarkibida Komplayens nazorati xizmati tashkil etilishi belgilangan.✅ Mazkur xizmat sud apparati xodimlari faoliyatida korrupsiyaviy xavflarni aniqlash va baholash, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, qonunchilik va kasb etikasi talablariga rioya etilishini monitoring qilish bilan shug‘ullanadi.
📌Farmonga muvofiq, sud apparati xodimlari hamda ularning oila a’zolariga tegishli daromad va mol-mulk to‘g‘risidagi ma’lumotlarni deklaratsiya qilish tizimi joriy etiladi. Bu orqali manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiyaviy xavflarni erta bosqichda aniqlash imkoniyati kengayadi.✅ Shuningdek, sud tizimiga ishga qabul qilinayotgan nomzodlarning kasbiy va shaxsiy sifatlari, halolligi hamda korrupsiyaga qarshi barqarorligi baholanadi. Sud apparatiga ishga qabul qilish jarayonlari ochiq tanlov va meritokratiya tamoyillari asosida tashkil etiladi. ✅ Yana bir muhim jihat — korrupsiya va qonunbuzilish holatlari haqida xabar bergan xodimlarni himoya qilish mexanizmlari kuchaytiriladi, fuqarolar uchun xavfsiz aloqa kanallari yaratiladi.
📌 Ko‘zlangan asosiy maqsad — sud tizimida shaffoflik, halollik va qonuniylik muhitini yanada mustahkamlash, fuqarolarning odil sudlovga bo‘lgan ishonchini oshirishdan iborat.👇Bizni kuzating 🕊Telegram |🌍 web-sayt |📸instagram |📺youtube | 📱facebook
+3
#MehnatMuhofazasi #Profilaktika #FVV
Yong‘in xavfsizligi tizimlari shayligi nazoratdan o‘tkazildi
“Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJda yong‘in xavfsizligi tizimlarining shaylik holatini baholash hamda favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik darajasini yanada oshirish maqsadida nazorat tadbirlari va amaliy o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Tadbirlar davomida Majmuaning Yoqilg‘i quyish shoxobchalaridagi hamda Tayyor mahsulotlar va xom ashyo sexidagi yong‘in o‘chirish tizimlarining texnik holati, ishga tayyorligi va amaldagi me’yoriy talablarga muvofiqligi atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shu bilan birga, yong‘in sodir bo‘lganda xodimlarning tezkor va to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Nazorat tadbirlari Majmuaning Sog‘liqni saqlash va mehnat muhofazasi xizmati mutaxassislari hamda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi vakillari ishtirokida olib borildi. Mashg‘ulotlar davomida yong‘in xavfi yuzaga kelganda xabar berish tartibi, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan samarali foydalanish, xodimlarni xavfsiz hududga evakuatsiya qilish hamda yong‘in o‘chirish tizimlarini ishga tushirish bo‘yicha amaliy harakatlar sinovdan o‘tkazildi.
Bunday tadbirlar ishlab chiqarish obyektlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ishchi-xodimlarning hayoti hamda sog‘lig‘ini ishonchli himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Majmuada bu yo‘nalishdagi profilaktik va amaliy ishlar tasdiqlangan reja asosida muntazam ravishda amalga oshirilib kelinmoqda.
👇Bizni kuzating
🕊Telegram |🌍 web-sayt |📸instagram |📺youtube | 📱facebook
#Kiberhavfsizlik #Ogohlik
🎣 FISHING NIMA?
Fishing (Phishing) — bu kiberjinoyatchilar tomonidan foydalanuvchilarning login va parollari, bank karta ma’lumotlari, elektron pochta hisoblari hamda boshqa maxfiy axborotlarini qo‘lga kiritish maqsadida qo‘llaniladigan firibgarlik usulidir.
Fishing xabarlari odatda elektron pochta, Telegram, SMS, ijtimoiy tarmoqlar yoki soxta veb-saytlar orqali tarqatiladi.
🔍 Fishing hujumi qanday amalga oshiriladi?
1️⃣ Foydalanuvchiga rasmiy tashkilot yoki ishonchli xizmat nomidan xabar yuboriladi.
2️⃣ Xabarda foydalanuvchidan zudlik bilan harakat qilish talab etiladi:
• Akkauntingiz bloklanadi;
• Parolni yangilashingiz kerak;
• Hujjatni tasdiqlashingiz zarur;
• Sovrin yutganingiz haqida xabar beriladi va hokazo.
3️⃣ Xabarga havola yoki fayl biriktiriladi.
4️⃣ Foydalanuvchi havolani bosadi yoki faylni ochadi.
5️⃣ Natijada uning maxfiy ma’lumotlari firibgarlar qo‘liga tushadi.
⚠️ Fishingning asosiy belgilari:
🔸 Shoshilinch harakat qilishga undovchi xabarlar
🔸 Shubhali yoki g‘alati havolalar
🔸 Parol, SMS kod yoki boshqa maxfiy ma’lumotlarni so‘rash
🔸 Imlo va grammatik xatolar mavjudligi
🔸 Noma’lum yoki soxta yuboruvchi manzili
🔸 Shubhali fayllar (ZIP, EXE, ISO, HTML va boshqalar)
🛡 Agar fishing xabarini olsangiz:
❌ Havolalarni bosmang.
❌ Biriktirilgan fayllarni ochmang.
❌ Login, parol yoki tasdiqlash kodlarini kiritmang.
✅ Axborot xavfsizligi bo‘limiga darhol xabar bering.
✅ Xabarni "Spam" yoki "Phishing" sifatida belgilang.
📌 Esda tuting!
Hech bir rasmiy tashkilot elektron pochta yoki messenjerlar orqali sizdan:
• Parolingizni;
• SMS tasdiqlash kodini;
• Bank karta ma’lumotlarini;
so‘ramaydi.
🔐 Hushyor bo‘ling!
Birgina ehtiyotsizlik korxona axborot tizimlari va shaxsiy ma’lumotlaringiz xavfsizligiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.
Hushyorlik — tashkilot va shaxsiy ma’lumotlaringizni himoya qilishning eng ishonchli vositasidir.
Hurmat bilan,
SHGKM Axborot xavfsizligi bo‘limi
👇Bizni kuzating
🕊Telegram |🌍 web-sayt |📸instagram |📺youtube | 📱facebook
+3
#Tadbir #JaholatgaQarshiMarifat
“Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJda ishchi-xodimlar navbatdagi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda
Ayni kunlarda majmuada mehnat faoliyatini olib borayotgan ishchi-xodimlar navbatdagi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda. Mazkur ko‘rikning asosiy maqsadi xodimlar salomatligi holatini baholash, sog‘liq bilan bog‘liq ehtimoliy muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, xodimlarning sog‘lig‘ini mustahkamlash hamda ularning mehnat faoliyatini xavfsiz davom ettirish uchun zarur tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.Batafsil: 👉 https://teletype.in/@sgcc_uzb/Kgfp1XfAA5v 👇Bizni kuzating 🕊Telegram |🌍 web-sayt |📸instagram |📺youtube | 📱facebook
#KorrupsiyagaQarshiKurash
Nega korrupsiyaga qarshi barcha birday kurashishi kerak?
Tasavvur qiling, sizning ko‘zingizga korrupsiyaning ayanchli oqibatlari bugunoq ko‘rinsa, bu illatga nisbatan befarq bo‘la olasizmi?Ushbu videorolik orqali bu savollarga o‘zingiz uchun javob topasiz. ——— Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz. 👇Bizni kuzating 🕊Telegram |🌍 web-sayt |📸instagram |📺youtube | 📱facebook
متاح الآن! بحث تيليغرام 2025 — أهم رؤى العام 
