ru
Feedback
Ochiq muloqot 2026

Ochiq muloqot 2026

Открыть в Telegram

Ushbu kanal O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan o‘tkaziladigan VI Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tashkil etildi. Murojaat va takliflar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot 1100 va 1094 qisqa raqamlari

Больше
Страна не указанаКатегория не указана
1 110
Подписчики
-4524 часа
-3297 дней
-1 55730 дней
Архив постов
photo content

+1
#Biz_Haqimizda_OAVda Namangan va Farg‘onada tadbirkorlar murojaatlari respublika ishchi guruhi ishtirokida o‘rganildi 🗣 Prezident Administratsiyasi, Oliy sud, Biznes-ombudsman hamda Savdo-sanoat palatasi mas’ullaridan iborat respublika ishchi guruhi Namangan va Farg‘ona viloyatlarida biznes vakillari bilan ochiq muloqotlar o‘tkazdi.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot davom etmoqda 🗣Prezidentning tadbirkorlar bi
+4
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot davom etmoqda 🗣Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida navbatdagi onlayn uchrashuv tashkil etildi. Unda Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlaridan tadbirkorlar ishtirok etib, sohada uchrayotgan muammo va takliflarini bildirdi.
Muloqot davomida arxitektura rejalashtirish topshirig‘ini olish, turar joyni noturar toifaga o‘tkazish, qurilishni bosh rejaga muvofiqlashtirish, tenderlarda ishtirok etish hamda billing tizimidagi masalalar ko‘rib chiqildi. Ayrim murojaatlar joyida hal etilib, qolganlari yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
⚡️ Hududlarda va sohalar kesimida o‘tkazilayotgan bunday ochiq muloqotlar tadbirkorlarning dolzarb masalalarini aniqlash, ularni amaliy ko‘rib chiqish hamda Ochiq muloqot kun tartibini shakllantirishga xizmat qilmoqda. 📲 Taklif va murojaatlar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094 #OchiqMuloqot #BiznesniQoʻllabQuvvatlash #Tadbirkorlik

🔈HURMATLI BIZNES VAKILLARI VA TADBIRKORLAR! Davlat – tadbirkorning eng yaqin hamkori va himoyachisidir. Prezident bilan bo‘l
🔈HURMATLI BIZNES VAKILLARI VA TADBIRKORLAR! Davlat – tadbirkorning eng yaqin hamkori va himoyachisidir. Prezident bilan bo‘lajak «Ochiq muloqot 2026» doirasida o‘z ovozingizni eshittiring.
Ayni paytda faoliyat yurtayotgan Respublika shtabida 40 dan ortiq vazirlik va idoralarning yetuk mutaxassislari murojaatlarni tahlil qilmoqda. Savdo-sanoat palatasi va Biznes-ombudsman rahbariyati esa sizni shaxsan (hamda hududlardan onlayn) qabul qilishga tayyor.
📞Aloqa liniyasi: 1100 | 1094 | 👍 @ochiqmuloqot2026_bot OCHIQ MULOQOT 2026

Suv, subsidiya va kredit: agrar soha tadbirkorlari murojaatlari muhokama qilindi 💭Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq
+4
Suv, subsidiya va kredit: agrar soha tadbirkorlari murojaatlari muhokama qilindi 💭Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida hududlarda soha vakillari bilan uchrashuvlar davom etmoqda. Navbatdagi muloqotlar Sirdaryo va Namangan viloyatlarida qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar ishtirokida o‘tkazildi.
Sirdaryoda suv resurslarini taqsimlash va yetkazib berish, sel oqibatida ekinlarga yetkazilgan zararni baholash va qoplash, kredit ajratish hamda soliqlarni hisoblash tartibida uchrayotgan muammolar muhokama qilindi.
Namanganda esa Agroplatforma axborot tizimi faoliyati, qo‘shimcha paxta hosili uchun subsidiya to‘lovlari, kredit va subsidiyalar olish jarayoni, bank foiz stavkalari hamda soliqlarni hisoblash va undirish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.
🔘Muloqotlar yakunida bildirilgan murojaat va takliflar umumlashtirilib, ularni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish hamda yechim choralarini ishlab chiqish uchun mas’ul vazirlik va idoralarga yo‘naltirish belgilandi. ⚡️Taklif va murojaatlaringizni @ochiqmuloqot2026_bot orqali yuborishingiz yoki 1100 hamda 1094 qisqa raqamlari orqali bog‘lanishingiz mumkin. #OchiqMuloqot #BiznesniQoʻllabQuvvatlash #Tadbirkorlik

#podkast Soliq yukini kamaytirish: biznes qanday yechimlarni kutmoqda? 💭Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida Soliq qo‘mitasi mutasaddilari va tadbirkorlar ishtirokida videopodkast tashkil etildi.
Muloqotda soliq ma’murchiligini soddalashtirish, tadbirkorlar uchun qulay sharoit yaratish hamda biznes vakillari tomonidan bildirilayotgan takliflar muhokama qilindi.
⛔️ Batafsil #OchiqMuloqot #BiznesniQoʻllabQuvvatlash #Tadbirkorlik

Har bir murojaat ortida tadbirkorning muammosi, taklifi yoki kutayotgan yechimi bor. 💭Ochiq muloqot shtabida murojaatlar qabul qilinib, yo‘nalishlar bo‘yicha tizimlashtirilmoqda va mas’ullarga yetkazilmoqda. 📲 @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094

Видеосообщение00:45

Qoraqalpog‘istonda 24 ta murojaatdan 17 tasi joyida hal etildi 💭Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga tayyorg
Qoraqalpog‘istonda 24 ta murojaatdan 17 tasi joyida hal etildi 💭Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida aholi va tadbirkorlarning ish haqi, shtat masalalari, tungi yoritish, uy-joylarni ta’mirlash uchun kredit hamda tadbirkorlik faoliyati uchun imtiyozli kredit ajratish bo‘yicha murojaatlari ko‘rib chiqildi.
💭Jami 24 ta murojaatdan 17 tasi joyida ijobiy hal etildi, 5 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi, 2 ta murojaat esa qo‘shimcha o‘rganish uchun nazoratga olindi. ⚡️Taklif va murojaatlaringizni @ochiqmuloqot2026_bot orqali yuborishingiz yoki 1100 hamda 1094 qisqa raqamlari orqali bog‘lanishingiz mumkin. #OchiqMuloqot #BiznesniQoʻllabQuvvatlash #Tadbirkorlik

Surxondaryoda tadbirkorlar murojaatlari tinglandi 💭Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasi
+4
Surxondaryoda tadbirkorlar murojaatlari tinglandi 💭Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida hududlarda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar davom etmoqda. Navbatdagi muloqot Surxondaryo viloyatida o‘tkazilib, unda Biznes-ombudsman hamda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuvda 40 nafar tadbirkor o‘z faoliyatida uchrayotgan muammolar, biznes rivojiga to‘sqinlik qilayotgan omillar hamda amaliy takliflarini bevosita mas’ullarga yetkazdi. Ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli choralar ko‘rish va ularning yechimi bo‘yicha ishlarni davom ettirish belgilandi.
💭Bunday ochiq muloqotlar hududlardagi tadbirkorlarning dolzarb masalalarini joyida o‘rganish, amaliy takliflarni shakllantirish hamda Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqoti kun tartibini boyitishga xizmat qiladi. ⚡️Taklif va murojaatlaringizni @ochiqmuloqot2026_bot orqali yuborishingiz yoki 1100 hamda 1094 qisqa raqamlari orqali bog‘lanishingiz mumkin. #OchiqMuloqot #BiznesniQoʻllabQuvvatlash #Tadbirkorlik

👍BIZNESINGIZNI YANGI BOSQICHGA OLIB CHIQISHNI ISTAYSIZMI? Davlatimiz Rahbari bilan o‘tkaziladigan Ochiq muloqot – bu Sizning
👍BIZNESINGIZNI YANGI BOSQICHGA OLIB CHIQISHNI ISTAYSIZMI? Davlatimiz Rahbari bilan o‘tkaziladigan Ochiq muloqot – bu Sizning eng yirik imkoniyatlar maydoningizdir! Muamolaringizni hal etish va takliflaringizni shaxsan yetkazish uchun tashkil etilgan Respublika shtabida: 👍 40 dan ortiq vazirlik va idoralar mutaxassislari; 👍 Biznes-ombudsman va Savdo-sanoat palatasi rahbariyatining shaxsiy va onlayn qabullari sizni kutmoqda. Qanday bog‘lanish mumkin? 📞 1100 yoki 1094 qisqa raqamlari 👍 @ochiqmuloqot2026_bot orqali onlayn. OCHIQ MULOQOT 2026

Tadbirkorlar murojaatlari Ochiq muloqot kun tartibini shakllantirmoqda 💭27-iyun holatiga ko‘ra Ochiq muloqot shtabiga tadbirkorlardan 3 319 ta murojaat kelib tushdi. Murojaatlar asosan Markaziy bank masalalari, tadbirkorlikni tartibga solishni soddalashtirish, huquqiy himoya, infratuzilma, soliq tizimi va boshqa dolzarb yo‘nalishlarni qamrab olmoqda. Hududlar, mavzular va tashkilotlar kesimidagi batafsil ma’lumotlar — infografikada. ⚡️ Siz ham o‘z taklif va murojaatlaringizni @ochiqmuloqot2026_bot orqali yuborishingiz yoki 1100 hamda 1094 qisqa raqamlari orqali bog‘lanishingiz mumkin. #OchiqMuloqot #BiznesniQoʻllabQuvvatlash #Tadbirkorlik

Elektr, gaz va infratuzilma: Xorazm tadbirkorlari murojaatlari ko‘rib chiqildi 💭Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq mu
+4
Elektr, gaz va infratuzilma: Xorazm tadbirkorlari murojaatlari ko‘rib chiqildi 💭Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida Xorazm viloyatida kichik va o‘rta biznes vakillari bilan navbatdagi ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda tadbirkorlar elektr va gaz ta’minoti, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, tarmoqlarga ulanish hamda yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan bog‘liq murojaat va takliflarini mas’ul idoralar vakillariga bevosita yetkazdi. Har bir murojaat yuzasidan mas’ullar biriktirilib, ularni hal etish bo‘yicha aniq vazifalar va ijro muddatlari belgilandi.
⚡️Siz ham o‘z taklif va murojaatlaringizni @ochiqmuloqot2026_bot orqali yuborishingiz yoki 1100 hamda 1094 qisqa raqamlari orqali bog‘lanishingiz mumkin. #OchiqMuloqot #BiznesniQoʻllabQuvvatlash #Tadbirkorlik

Repost from Biznes-ombudsman
👍 Tadbirkorlar diqqatiga! O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan o‘tkaziladigan VI Ochiq muloqotiga tayy
👍 Tadbirkorlar diqqatiga! O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan o‘tkaziladigan VI Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 2026-yil 29-iyun-4-iyul kunlari yurtimiz bo‘ylab Biznes-ombudsman devoni tomonidan Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etiladi. Tadbirkorlik faoliyatida duch kelayotgan to‘siqlar, huquqlaringiz buzilishi holatlari yoki sohani takomillashtirishga doir fikrlaringiz bo‘lsa, sizni uchrashuvlarda faol ishtirok etishga taklif etamiz. Ro‘yxatdan o‘tish uchun jadvalda ko‘rsatilgan telefon raqami orqali Biznes-ombudsman devonining tegishli hududiy shu’basi bilan bog‘laning. 📞 1100 yoki 1094 qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib, o‘z takliflaringizni ayting. @ochiqmuloqot2026_bot orqali murojaat qilish tez va qulay. Website|Telegram|Instagram|Facebook|X|Youtube

👍 «OCHIQ MULOQOT 2026»: MUAMMOLARINGIZGA BIRGALIKDA YECHIM TOPAMIZ!   Biznes shiddat bilan rivojlanmoqda, davlat esa bu yo‘lda tadbirkorning eng yaqin tayanchi va ishonchli himoyachisiga aylanmoqda.   «Ochiq muloqot 2026» doirasida tadbirkorlarning muammo va tashabbuslarini tinglash, ularga tezkor yechim topish maqsadida Respublika shtabi faoliyat yuritmoqda.  
👍 Shtabda siz uchun qanday imkoniyatlar yaratilgan?   👍 40 dan ortiq vazirlik, idoralar va soha ekspertlari bir joyda jamlangan.   👍 Har kuni Biznes-ombudsman va Savdo-sanoat palatasi rahbariyati tadbirkorlarni shaxsan qabul qiladi (hududlardan turib onlayn ishtirok etish imkoniyati mavjud).
  📞 1100 yoki 1094 qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib, o‘z takliflaringizni ayting. 👍 @ochiqmuloqot2026_bot orqali murojaat qilish tez va qulay. OCHIQ MULOQOTDA FAOL ISHTIROK ETIB, YURTIMIZ TARAQQIYOTIGA VA BIZNES MUHITI RIVOJIGA O‘Z HISSANGIZNI QO‘SHING! OCHIQ MULOQOT 2026

Soliq, hisobot, imtiyoz: savolingizni mutaxassislarga ochiq muloqotda yo'llang 🗣Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq mu
Soliq, hisobot, imtiyoz: savolingizni mutaxassislarga ochiq muloqotda yo'llang 🗣Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida Toshkent shahrining barcha tumanlarida tadbirkorlar uchun ochiq muloqotlar bosqichma-bosqich davom etmoqda. 💭Uchrashuvlarda soliq qonunchiligidagi yangiliklar, QQS, soliq hisobotlari, soliq ma’murchiligi, amaldagi imtiyozlar hamda biznes faoliyati davomida yuzaga kelayotgan dolzarb masalalar yuzasidan savol va takliflaringizni bevosita mutaxassislarga bildirishingiz mumkin. 📍 Tumanlar kesimidagi uchrashuvlar sanasi va manzillari — grafikda. ⚡️Agar uchrashuvda ishtirok etish imkoningiz bo‘lmasa, murojaat va takliflaringizni @ochiqmuloqot2026_bot orqali yuborishingiz yoki 1100 hamda 1094 qisqa raqamlari orqali bog‘lanishingiz mumkin. #OchiqMuloqot #BiznesniQoʻllabQuvvatlash #Tadbirkorlik

Soliqqa oid savollaringiz bormi? 💭Endi ularni bevosita Soliq idorasi mutaxassislari bilan muhokama qilish imkoniyati bor. 🔘
Soliqqa oid savollaringiz bormi? 💭Endi ularni bevosita Soliq idorasi mutaxassislari bilan muhokama qilish imkoniyati bor. 🔘Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida 29-iyun kuni soat 16:00 da Soliq qo‘mitasi tomonidan Qashqadaryo, Surxondaryo va Samarqand viloyatlari uchun videokonferensaloqa orqali ochiq muloqot o‘tkaziladi.
Muloqotda soliq qarzdorligi, QQS, soliq hisobotlari, soliq ma’murchiligi va soliq organlari faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha savol va takliflaringizni bildirishingiz mumkin.
⚡️Agar ochiq muloqotda bevosita ishtirok etish imkoningiz bo‘lmasa, murojaat va takliflaringizni @ochiqmuloqot2026_bot orqali yuborishingiz yoki 1100 hamda 1094 qisqa raqamlari orqali bog‘lanishingiz mumkin.

Energiya ta’minoti — tadbirkorlar uchun eng muhim masalalardan biri 💭Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotiga tayyo
+4
Energiya ta’minoti — tadbirkorlar uchun eng muhim masalalardan biri 💭Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahrida tadbirkorlarning elektr energiyasi hamda tabiiy gaz ta’minoti bo‘yicha murojaatlari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvlarda energetika infratuzilmasiga ulanish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi. Tadbirkorlarning aksariyat savollariga joyida tushuntirish berilib, qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan murojaatlar nazoratga olindi.
💭Energiya ta’minoti biznes faoliyatining uzluksizligi, ishlab chiqarish hajmi va xizmatlar sifatiga bevosita ta’sir qiladi. Shu bois bu yo‘nalishdagi murojaatlar ochiq muloqotga tayyorgarlik jarayonida alohida e’tiborda bo‘lmoqda. ⚡️Tadbirkorlar o‘z taklif va murojaatlarini @ochiqmuloqot2026_bot orqali yuborishlari yoki 1100 hamda 1094 qisqa raqamlari orqali bog‘lanishlari mumkin. #OchiqMuloqot #BiznesniQoʻllabQuvvatlash #Tadbirkorlik

👍 Sizni qiynayotgan masala yoki taklif bormi? Uni Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga @ochiqmuloqot2026_bot orqali yuborishingiz mumkin.
Har bir murojaat tegishli tartibda ko‘rib chiqiladi va ochiq muloqot kun tartibini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Sizning taklifingiz ham tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilashga xizmat qilishi mumkin.
📹 Videoda botdan foydalanish tartibi bilan tanishing. #OchiqMuloqot #BiznesniQoʻllabQuvvatlash #Tadbirkorlik

🔈DIQQAT, TADBIRKORLAR! «OCHIQ MULOQOT 2026»GA TAYYORGARLIK DAVOM ETMOQDA! Biznesingizda muammo bormi yoki tizimli yechimga e
🔈DIQQAT, TADBIRKORLAR! «OCHIQ MULOQOT 2026»GA TAYYORGARLIK DAVOM ETMOQDA! Biznesingizda muammo bormi yoki tizimli yechimga ega taklif? Ularni qonun loyihasiga aylantirish imkoniyatini boy bermang. Respublika shtabida 40 dan ortiq vazirlik va idoralar ekspertlari Sizga ko‘mak berishga tayyor. 📞 Qisqa raqamlar: 1100, 1094 👍 Telegram bot: @ochiqmuloqot2026_bot Shoshiling, o‘z kelajagingizni bugundan o‘zgartiring! OCHIQ MULOQOT 2026