ru
Feedback
Ochiq muloqot 2026

Ochiq muloqot 2026

Открыть в Telegram

Ushbu kanal O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan o‘tkaziladigan VI Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tashkil etildi. Murojaat va takliflar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot 1100 va 1094 qisqa raqamlari

Больше
Страна не указанаКатегория не указана
1 110
Подписчики
-4524 часа
-3297 дней
-1 55730 дней
Архив постов
Ochiq muloqot oldidan: Hududlarda tadbirkorlarning murojaat va takliflari tizimli o‘rganilmoqda. 🗣Hududlarda tadbirkorlar bi
+4
Ochiq muloqot oldidan: Hududlarda tadbirkorlarning murojaat va takliflari tizimli o‘rganilmoqda. 🗣Hududlarda tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar va shtab yig‘ilishlari davom etmoqda. Farg‘onaning Rishton, Qashqadaryoning Koson tumanlari hamda Samarqand viloyatida o‘tkazilgan uchrashuvlarda biznes vakillarining murojaat va takliflari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha amaliy mexanizmlar muhokama qilindi. 📃 Murojaatlar joyida o‘rganilmoqda, yechimi vaqt talab qiladigan masalalar esa nazoratga olinmoqda. Tadbirkorlar o‘z taklif va murojaatlarini @ochiqmuloqot2026_bot orqali yoki 1100 hamda 1094 aloqa-markazi raqamlari orqali yuborishlari mumkin. ⚡️Hududiy shtablar 15-avgustga qadar 24/7 rejimda faoliyat yuritadi.

👍 «OCHIQ MULOQOT 2026»: MUAMMOLARINGIZGA BIRGALIKDA YECHIM TOPAMIZ!   Biznes shiddat bilan rivojlanmoqda, davlat esa bu yo‘lda tadbirkorning eng yaqin tayanchi va ishonchli himoyachisiga aylanmoqda.   «Ochiq muloqot 2026» doirasida tadbirkorlarning muammo va tashabbuslarini tinglash, ularga tezkor yechim topish maqsadida Respublika shtabi faoliyat yuritmoqda.  
👍 Shtabda siz uchun qanday imkoniyatlar yaratilgan?   👍 40 dan ortiq vazirlik, idoralar va soha ekspertlari bir joyda jamlangan.   👍 Har kuni Biznes-ombudsman va Savdo-sanoat palatasi rahbariyati tadbirkorlarni shaxsan qabul qiladi (hududlardan turib onlayn ishtirok etish imkoniyati mavjud).
  📞 1100 yoki 1094 qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib, o‘z takliflaringizni ayting. 👍 @ochiqmuloqot2026_bot orqali murojaat qilish tez va qulay. OCHIQ MULOQOTDA FAOL ISHTIROK ETIB, YURTIMIZ TARAQQIYOTIGA VA BIZNES MUHITI RIVOJIGA O‘Z HISSANGIZNI QO‘SHING! OCHIQ MULOQOT 2026

👍 Tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqot bo‘yicha Shtab tomonidan murojaatlar nazoratga olinmoqda Farg‘ona viloyati Rishton tum
👍 Tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqot bo‘yicha Shtab tomonidan murojaatlar nazoratga olinmoqda Farg‘ona viloyati Rishton tumanida tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi fuqaro U.M. kadastr va majburiy ijro organlari faoliyatidan norozi bo‘lib, Biznes-ombudsmanning 1100 qisqa raqami orqali murojaat qildi. O‘rganishlar davomida fuqaro tomonidan auksion savdolarida yutib olingan bino-inshootni o‘z nomiga rasmiylashtirish jarayoni turli byurokratik to‘siqlar sabab cho‘zilib ketgani aniqlandi. Xususan, bino-inshootning sobiq egasi bilan bog‘liq qarzdorlik tufayli mulkka taqiq qo‘yilgan bo‘lib, natijada uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning imkoni bo‘lmagan. Fuqaro murojaatlari esa tegishli idoralar tomonidan bir-biriga yo‘naltirilishi bilan cheklanib qolgan. Biznes-ombudsman xodimlarining aralashuvi va tegishli so‘rovlari asosida mulkka qo‘yilgan taqiq bekor qilinib, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish hamda mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishlari yakuniga yetkazildi. 📞 Hurmatli tadbirkorlar! Agar faoliyatingiz davomida asossiz talablar, byurokratik to‘siqlar yoki boshqa muammolarga duch kelsangiz, shuningdek tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash bo‘yicha takliflaringiz bo‘lsa, 1100 qisqa raqami yoki @ochiqmuloqot2026_bot orqali murojaat qilishingiz mumkin.

#ОАВ_биз_ҳақимизда 🖥🖥🖥 Президентнинг тадбиркорлар билан очиқ мулоқоти олдидан: маркетплейслик йўналишидаги масалалар муҳокама қилинди 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube

👍 PREZIDENT BILAN OCHIQ MULOQOT: SIZNING OVOZINGIZ MUHIM! Yurtimizda tadbirkorlikni rivojlantirish va tizimli muammolarga ba
👍 PREZIDENT BILAN OCHIQ MULOQOT: SIZNING OVOZINGIZ MUHIM! Yurtimizda tadbirkorlikni rivojlantirish va tizimli muammolarga barham berish maqsadida Davlatimiz Rahbarining navbatdagi Ochiq muloqotiga arizalar qabul qilinmoqda. Biznes muhitini yangi bosqichga olib chiquvchi qonuniy hujjatlar aynan Sizning taklifingiz asosida yaratilishi mumkin!
Buning uchun 40 dan ortiq vazirlik va idoralar mutaxassislaridan iborat Respublika shtabi tunu kun ishlamoqda.
📞 Murojaat uchun telefonlar: 1100 yoki 1094 👍 Tezkor aloqa: @ochiqmuloqot2026_bot OCHIQ MULOQOT 2026

Repost from Biznes-ombudsman
TADBIRKORLAR BU YILGI OCHIQ MULOQOTDAN NIMALARNI KUTMOQDA? 💭Marketpleyslar savdo uchun yangi imkoniyat. Ammo tadbirkorlar bu yo‘nalishda yechimini kutayotgan masalalar ham borligini aytmoqda.
Ochiq muloqot oldidan bildirilgan takliflar orasida sotilgan mahsulot uchun to‘lov muddati, marketpleyslar bilan ishlash tartibi hamda hududlarda savdoni rivojlantirish bilan bog‘liq masalalar bor.
✅Tadbirkorlar qanday yechim kutmoqda? Batafsil — videoda.

#Diqqat 📢 SOHA TADBIRKORLARI DIQQATIGA! Bugun, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari J.Arash
#Diqqat 📢 SOHA TADBIRKORLARI DIQQATIGA! Bugun, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari J.Arashov ishtirokida Sirdaryo, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkaziladi. Muloqot videokonferensiya aloqa shaklida tashkil etiladi. Shu munosabat bilan tadbirkorlardan o‘zlari faoliyat yuritayotgan hududdagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi binosiga tashrif buyurishlari so‘raladi. 🕕 Vaqti: 18:00 Ochiq muloqot davomida sohadagi mavjud muammolar, taklif va tashabbuslarni bevosita muhokama qilish imkoniyati yaratiladi. Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 |🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

#ОАВ_биз_ҳақимизда Халқаро бренд маҳсулотлари ва автотураргоҳлар йўналишидаги тадбиркорлар билан очиқ мулоқот 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube

Repost from Biznes-ombudsman
TADBIRKORLAR BU YILGI OCHIQ MULOQOTDAN NIMALARNI KUTMOQDA? 💭Prezidentning tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqoti oldidan biznes vakillarining fikr va takliflari o‘rganilmoqda. ✅Bu gal savdo, turizm, avtoturargoh va ko‘chmas mulk xizmatlari sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar tomonidan biznes muhitini yanada yaxshilash va byurokratiyani qisqartirish boʼyicha takliflar ilgari surildi.
Aleksandr Devyatkov Premier Group kompaniyasi tijorat direktori - Ochiq muloqot tadbirkorlar eshitilishi uchun katta imkoniyat. Biz turizm yoʼnalishida toʼlovlarni soddalashtirish, naqd pul orqali toʼlovlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratish borasida takliflarni bildirdik.
Website|Telegram|Instagram|Facebook|X|Youtube

#Sayyor_qabul 📍 Ta’kidlaganimizdek, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva ayni kunlarda S
+9
#Sayyor_qabul 📍 Ta’kidlaganimizdek, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva ayni kunlarda Sirdaryo viloyatida bo‘lib turibdi. Vazir o‘rinbosari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul ham o‘tkazildi. Unda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining kommunal soha bilan bog‘liq murojaatlari tinglandi. ✅ Qabulda jami 11 ta murojaat kelib tushdi. Ularning asosiy qismini majburiy badal qarzdorligi, bolalar maydonchasi qurish, ko‘p qavatli uylarning tom qismlarini ta’mirlash, oqova suv tarmoqlaridagi nosozliklarni bartaraf etish, kirish yo‘laklarini ta’mirlash hamda kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash bilan bog‘liq masalalar tashkil etdi. Shuningdek, fuqarolar tomonidan hududlarni obodonlashtirish, ko‘p qavatli uylarning umumiy foydalanishdagi joylarini tartibga keltirish va infratuzilmani rivojlantirish yuzasidan ham taklif va murojaatlar bildirildi. Murojaatlarning bir qismi joyida hal etilib, tegishli mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar esa nazoratga olinib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullar belgilandi. — Aholi uchun qulay va sifatli kommunal xizmatlarni yo‘lga qo‘yish, mavjud muammolarni tizimli hal etish hamda har bir murojaatga mas’uliyat bilan yondashish eng muhim vazifalarimizdan biridir. Sayyor qabullar orqali fuqarolarni o‘ylantirayotgan masalalarni bevosita joylarda o‘rganib, ularning yechimini ta’minlashga alohida e’tibor qaratamiz, — dedi Ozoda Jo‘rayeva. Qabul davomida bildirilgan barcha murojaatlar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilanib, ularning ijrosi nazoratga olindi. Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 |🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

#ochiq_muloqot Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik ishlari jadal davom etmoqda Bugungi kunda ekspertlar tadbirkorlardan kelib tushayotgan murojaat va takliflarni yig‘ish, tahlil qilish hamda ularning yechimlari ustida ishlamoqda. 40 dan ortiq vazirlik va idoralar vakillari jalb qilingan bo‘lib, ular biznes vakillarini qiynayotgan masalalarni o‘rganish va tizimli takliflarni ishlab chiqishda faol ishtirok etmoqda. Eng muhimi, har bir murojaat e’tibordan chetda qolmayapti. Muammolarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyatini yanada qulaylashtirishga qaratilgan takliflar tegishli tartibda ko‘rib chiqilmoqda. 👉Batafsil Тelegram |Facebook |YouTube| Instagram |X|Threads

👍Tadbirkorlar diqqatiga! Sizni qiynayotgan muammo yoki biznesni rivojlantirish bo‘yicha taklifingiz bormi? 📩 Uni @ochiq_muloqot2025_bot orqali yuboring. Sizning taklifingiz tadbirkorlar faoliyatini yengillashtiradigan muhim islohotlarga turtki bo‘lishi mumkin.

⏺Бироздан сўнг савдо, автотураргоҳ ва кўчмас мулк хизматлари соҳасидаги тадбиркорлар билан очиқ мулоқот бошланади. Мулоқот да
⏺Бироздан сўнг савдо, автотураргоҳ ва кўчмас мулк хизматлари соҳасидаги тадбиркорлар билан очиқ мулоқот бошланади. Мулоқот давомида мазкур соҳаларда фаолият юритаётган тадбиркорларнинг таклиф ва ташаббуслари, шунингдек, улар дуч келаётган долзарб масалалар муҳокама қилинади. 🟥 ЖОНЛИ ЭФИР 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube

Repost from Biznes-ombudsman
👍 Hurmatli tadbirkorlar! Xalqaro brend mahsulotlari savdosi, avtoturargohlar faoliyati hamda ko‘chmas mulk ijarasi yo‘nalish
👍 Hurmatli tadbirkorlar! Xalqaro brend mahsulotlari savdosi, avtoturargohlar faoliyati hamda ko‘chmas mulk ijarasi yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan biznes vakillarini Ochiq muloqotga taklif etamiz. Sohadagi mavjud muammolar, dolzarb masalalar va tadbirkorlarning takliflarini muhokama qilish hamda ularni tizimli hal etish bo‘yicha tegishli vazirliklarga amaliy takliflar kiritishdan iborat. 👍 Sana: 23-iyun 🕙 Vaqt: 10:00 👍 Manzil: Savdo-sanoat palatasi binosi Sizning tashabbus va takliflaringiz soha rivoji uchun muhim ahamiyatga ega Website|Telegram|Instagram|Facebook|X|Youtube

👍 YURTIMIZ TARAQQIYOTIGA VA BIZNES RIVOJIGA O‘Z HISSANGIZNI QO‘SHING! Davlatimiz Rahbarining tadbirkorlar bilan o‘tkazadigan
👍 YURTIMIZ TARAQQIYOTIGA VA BIZNES RIVOJIGA O‘Z HISSANGIZNI QO‘SHING! Davlatimiz Rahbarining tadbirkorlar bilan o‘tkazadigan Ochiq muloqoti — bu biznes muhitini tubdan o‘zgartiruvchi kuchdir. Respublika shtabi a’zolari — 40 dan ortiq vazirlik va idoralarning yetuk mutaxassislari Sizning tizimli muammolaringizga yechim topish uchun birlashdi.
Savdo-sanoat palatasi va Biznes-ombudsman rahbariyatining shaxsy va onlayn qabullari ochiq!
O‘z taklifingizni qoldiring: 📞 1100 yoki 1094 qisqa raqamlari 👍 @ochiqmuloqot2026_bot orqali tez va qulay murojaat qiling! OCHIQ MULOQOT 2026

#DIQQAT 📣E‘LON! Sirdaryoliklar diqqatiga! 🏘 Ertaga, 23-iyun kuni Sirdaryo viloyati Guliston shahrida soat 14:00 da Qurilish
#DIQQAT 📣E‘LON! Sirdaryoliklar diqqatiga! 🏘 Ertaga, 23-iyun kuni Sirdaryo viloyati Guliston shahrida soat 14:00 da Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri o‘rinbosari Ozoda Jo'rayeva hamda boshqa mutasaddilar ishtirokida sayyor qabul o'tkaziladi. Unda fuqarolarning kommunal sohaga oid barcha murojaatlari qabul qilinadi. Sizni sohaga oid qiynayotgan muammo, taklif va mulohazalaringiz bormi? Unday boʻlsa quyidagi raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin! ☎️ Ma‘lumot uchun telefonlar: (67) 227-88-06 📌 Manzil: Sirdaryo viloyati Guliston shahri Xondamir ko’chasi 7-uy (Viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi binosi) Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 |🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

✅Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar davom etmoqda Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining tadbirkorlar bilan
Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar davom etmoqda Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlari respublika bo'ylab davom etmoqda. Navbatdagi uchrashuv 24-iyun kuni Baliqchi tumanida o'tkaziladi. ✔️Agentlikning loyiha ofisi mas'ullari quyidagi hududlardan bevosita ishtirok etadi: Bogʻdod, Oltinkoʻl, Baxmal, Chiroqchi, Yangi Namangan, Oqdaryo, Taxtakoʻpir, Boʻston, Xiva, Paxtachi, Qoʻrgʻontepa, Jondor, Kasbi, Uchqoʻrgʻon, Denov, Chinoz, Soʻх, Xonqa, Toʻrtkoʻl, Moʻynoq tumanlari, Buxoro, Shirin, Olmaliq, Xonobod, Jizzax, Gʻozgʻon, Kattaqoʻrgʻon shaharlari. 🎤 Savol yoki takliflaringiz bormi? Murojaat va takliflaringizni @Icppa_aloqa_bot orqali yuborishingiz mumkin. Mutaxassislar tomonidan bevosita javob beriladi. ➡️ 24-iyun 2026-yil, ⚫️ Soat 11:00 da 📌 Baliqchi tumanida 🎥Ochiq muloqotda onlayn ishtirok etish. 🔴Eslatib o'tamiz may–iyul oylarida 208 ta hududda uchrashuvlar bo'lib o'tadi. 🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin

👍 Ochiq muloqot – 2026: murojaatlar qabul qilinmoqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan tadbirkorlarning navbatdagi O
👍 Ochiq muloqot – 2026: murojaatlar qabul qilinmoqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan tadbirkorlarning navbatdagi Ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida tashkil etilgan Respublika shtabi tomonidan tadbirkorlardan kelib tushayotgan murojaatlar va takliflar qabul qilinmoqda. 📊 Joriy yilning 20-iyun holatiga ko‘ra: 🔹 Jami 2 350 ta murojaat kelib tushgan; 🔹 Shundan 2 230 tasi qo‘ng‘iroqlar orqali; 🔹 120 tasi esa @biznesombudsmanrasmiy_bot orqali yuborilgan. 📌 Murojaatlar tahlili bilan quyidagi infografika orqali tanishishingiz mumkin! 🔈 Hurmatli tadbirkorlar! Faoliyatingizda uchrayotgan muammolar, biznes yuritishdagi to‘siqlar yoki tadbirkorlik muhitini yaxshilashga qaratilgan takliflaringiz bo‘lsa, Respublika shtabiga murojaat qiling. 📞 1100 yoki 1094 qisqa raqamlari 🤖 @ochiqmuloqot2026_bot 📢 @Ochiqmuloqot2026 OCHIQ MULOQOT 2026

Repost from Biznes-ombudsman
👍 Tadbirkorlar diqqatiga! O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan o‘tkaziladigan VI Ochiq muloqotiga tayy
👍 Tadbirkorlar diqqatiga! O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan o‘tkaziladigan VI Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 2026-yil 22-27-iyun kunlari yurtimiz bo‘ylab Biznes-ombudsman devoni tomonidan Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etiladi. Tadbirkorlik faoliyatida duch kelayotgan to‘siqlar, huquqlaringiz buzilishi holatlari yoki sohani takomillashtirishga doir fikrlaringiz bo‘lsa, sizni uchrashuvlarda faol ishtirok etishga taklif etamiz. Ro‘yxatdan o‘tish uchun jadvalda ko‘rsatilgan telefon raqami orqali Biznes-ombudsman devonining tegishli hududiy shu’basi bilan bog‘laning. 📞 1100 yoki 1094 qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib, o‘z takliflaringizni ayting. @ochiqmuloqot2026_bot orqali murojaat qilish tez va qulay. Website|Telegram|Instagram|Facebook|X|Youtube

👍 «OCHIQ MULOQOT 2026»: MUAMMOLARINGIZGA BIRGALIKDA YECHIM TOPAMIZ!   Biznes shiddat bilan rivojlanmoqda, davlat esa bu yo‘lda tadbirkorning eng yaqin tayanchi va ishonchli himoyachisiga aylanmoqda.   «Ochiq muloqot 2026» doirasida tadbirkorlarning muammo va tashabbuslarini tinglash, ularga tezkor yechim topish maqsadida Respublika shtabi faoliyat yuritmoqda.  
👍 Shtabda siz uchun qanday imkoniyatlar yaratilgan?   👍 40 dan ortiq vazirlik, idoralar va soha ekspertlari bir joyda jamlangan.   👍 Har kuni Biznes-ombudsman va Savdo-sanoat palatasi rahbariyati tadbirkorlarni shaxsan qabul qiladi (hududlardan turib onlayn ishtirok etish imkoniyati mavjud).
  📞 1100 yoki 1094 qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib, o‘z takliflaringizni ayting. 👍 @ochiqmuloqot2026_bot orqali murojaat qilish tez va qulay. OCHIQ MULOQOTDA FAOL ISHTIROK ETIB, YURTIMIZ TARAQQIYOTIGA VA BIZNES MUHITI RIVOJIGA O‘Z HISSANGIZNI QO‘SHING! OCHIQ MULOQOT 2026