Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района
Открыть в Telegram
Yangihayot tuman hokimligi matbuot xizamatining rasmiy telegram kanali 100102 Toshkent shahar, Yangihayot tumani, Yo‘ldosh 1-daha, 25a-uy Web-site — https://gov.uz/oz/yangihayot
БольшеСтрана не указанаКатегория не указана
4 712
Подписчики
+724 часа
-437 дней
-1 71730 дней
Архив постов
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
O‘zbekiston xalqiga Qurbon hayiti tabrigi
—
Поздравление народу Узбекистана с праздником Курбан хайит
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Rasmiy axborot
📢 Qurbon hayiti arafasida tadbirkorlarga katta sovg‘a: soliq yengillashadi, tekshiruvlar qisqaradi
🟢Prezident Shavkat Mirziyoyev har doim tadbirkorlar masalasiga alohida e’tibor qaratib, ular uchun yangi imkoniyat va qulayliklar yaratishga intiladi. 🟢Davlat rahbariyati biznes vakillarini iqtisodiyotni rivojlantiradigan asosiy harakatlantiruvchi kuch sifatida ko‘radi. 🟢Yangi qarorlar esa “tadbirkor boy bo‘lsa — davlat ham boy bo‘ladi” degan tamoyil asosida qabul qilinadi.❗Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva tashabbusi va bevosita davlat rahbarining qo‘llab-quvvatlovi bilan tadbirkorlarga qulaylik yaratadigan yana yangi imkoniyatlar e’lon qilindi. 📈 Eng muhim yangilik — 2026- yil 1- iyundan kichik biznesning soddalashtirilgan soliq rejimi chegarasi 1 mlrd so‘mdan 5 mlrd so‘mga oshirilishi kutilmoqda. ✅ Bu ko‘plab tadbirkorlarga QQS va foyda solig‘i to‘lashga erta o‘tish jarayonini yengillashtirib, tadbirkorlarga faoliyatini kengaytirish imkonini beradi.
➡️Shuningdek: 👀 umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat sohalari uchun 6%lik soddalashtirilgan QQS tartibi joriy etiladi; 👀past xavfli tadbirkorlar uchun QQS qaytarish jarayoni avtomatlashtiriladi; 👀QQS guvohnomasini vaqtincha to‘xtatish amaliyoti bekor qilinadi; 👀soliq auditi va sayyor tekshiruvlariga cheklovlar kiritiladi; 👀 bank hisobraqamlarini ochish va ayrim jarayonlar raqamlashtiriladi.⚡️ Maqsad — kichik biznesni “soya”dan chiqarish, aylanmani yashirishga ehtiyojni kamaytirish va tadbirkor uchun adolatli, sodda muhit yaratish.
➡️ Hisob-kitoblarga ko‘ra, bu yengilliklar 600 mingdan ortiq kichik biznes sub’yektiga qonuniy o‘sish imkonini beradi.https://t.me/Rasmiy_axborot_official
🇺🇿 Yangihayotda Qurbon hayiti munosabati bilan xayrli ishlar amalga oshirilmoqda
👍 Yangihayot tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 21-maydagi “Muborak Qurbon hayiti munosabati bilan aholini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash hamda mehr-saxovat tadbirlarini samarali tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida xayrli ishlar davom etmoqda.
👍 Xususan, bugun Yangihayot tumani hokimi ham tumanimiz mahallalarida istiqomat qiluvchi ehtiyojmand fuqarolar xonadonlariga tashrif buyurib, ularning holidan xabar oldi. Shu bilan birga, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi hamda mahalla “yettiligi” hamkorligida ehtiyojmand xonadonlarga zarur oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.
✅ Ma’lumot uchun, ushbu ezgu tashabbuslar doirasida tumandagi 614 nafar ehtiyojmand oilalar hamda 14 nafar yakka-yolg‘iz keksalar holidan xabar olinib, ularga bayram arafasida oziq-ovqat mahsulotlari yetkazildi.🕌 Qurbon hayiti arafasida ko‘rsatilayotgan bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik jamiyatda mehr-oqibat, saxovat va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
+4
🇺🇿 Bugun tuman hokimi, tuman prokurori, tuman IIO FMB boshlig'i va mas’ul rahbarlar ishtirokida huquq-tartibot xodimlari uchun xizmat oldi yo‘riqnoma yig‘ilishi o‘tkazildi.
✅ Tadbirda tumanidagi Qurbon hayiti namozi o‘qiladigan masjidlarda jamoat tartibini saqlash va harakat xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Shunga ko‘ra masjidlarga mas’ul rahbarlar, ichki ishlar, milliy gvardiya va favqulodda vaziyatlar bo‘limi, shuningdek, tegishli tashkilotlardan iborat mas’ullar biriktirildi.
🔸 Mazkur tadbirlarni tartibli va yuqori saviyada tashkil etish hamda aholining xavfsizligini ta’minlash maqsadida masjidlar atrofidagi ko‘chalarga chegaralar belgilandi.
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
🕌 Qurbon hayiti munosabati bilan Yangihayot tumanida hashar tadbirlari bo‘lib o‘tdi
👆 Xususan, tumanimizning “Binokor” va Xo‘ja Uchqun mahallalarida joylashgan qabristonlarda tozalash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
👍 Mazkur xayrli tadbirda Mahallalar uyushmasining tuman bo‘limi mas’ullari, Yoshlar ishlari agentligining tuman bo‘limi xodimlari, mahalla faollari hamda fuqarolar faol ishtirok etib, hududni tartibga keltirish, atrof-muhitni tozalash va qabristonlarni obodonlashtirish ishlarini olib bordi.
🎬 Jarayonlar videolavhamizda.
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
🏆 Finalda “Navqiron” hamda “Chortoq” jamoalari ishtirok etadi
⚽️ Kuni kecha “DXX kubogi” musobaqasining katta futbol turi bo‘yicha navbatdagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Unda yarim final bosqichigacha yetib kelgan “Do‘stlik” va “Chortoq” hamda “Navqiron” va “Gulshanobod” mahalla jamoalari o‘zaro kuch sinashishdi.
✅ Murosasiz lekin shiddatli o‘yinlarda “Navqiron” jamoasi 4:0 hisobida “Gulshanobod” jamoasini mag‘lub etgan bo‘lsa, “Chortoq” va “Do‘stlik” juftliklari o‘rtasidagi bahslarda 4:3 hisobi bilan “Chortoq” jamoasi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
👍 Shuningdek, keyingi o‘yinlarda “Gulshanobod”-”Do‘stlik” juftliklari 3-o‘rin uchun, “Navqiron” hamda “Chortoq” jamoalari “DXX kubogi”ning tuman birinchiligi uchun o‘yin olib boradi.
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
Repost from Hudud Inform
❗️“Ўқитувчиларнинг ортида армия бор, “погонлилар” бор, Президентимиз бор: Мирзо Улуғбек туманидаги мактабда содир бўлган воқеа адолатли якун топди
19 май куни Тошкент шаҳри Мирзо Улуғбек туманидаги 275-мактабда информатика фани ўқитувчиси ва 9-синф ўқувчилари ўртасидаги низо жамоатчиликда қизғин муҳокамаларни келтириб чиқарди.
Аввалига ўқитувчига нисбатан жиноий иш очилганди, аммо кейинроқ ушбу иш тугатилди. Расмий текширув натижалари воқеанинг тўлиқ манзарасини очиб берди: ўқитувчи ўқув жараёнини ва ўз шаънини ҳимоя қилиш доирасида ҳаракат қилган. Воқеа дарс жараёнида содир бўлган. Ўқувчилар ўқитувчининг талабларига риоя қилмаган, дарс жараёнига халал берган ва ҳурматсизлик қилган.
Маълум қилинишича, фарзанд тарбиясида камчиликка йўл қўйган ота-оналарга нисбатан жавобгарлик чоралари кўрилади. Шу билан бирга, ўқувчиларнинг ота-оналарига нисбатан ҳам масъулият масаласи кўтарилди. Текширув давомида болаларнинг мактабдаги хулқ-атвори, ўқитувчига бўлган муносабати ва уларнинг тарбиясидаги камчиликлар аниқланди.
Ички ишлар вазирининг биринчи ўринбосари Рустам Жўраев ўқитувчиларга уларнинг ортида армия турганини, “погонлилар” борлигини ва улар Президент ҳимоясида эканини қатъий таъкидлади.
Тошкент шаҳар ИИББ бошлиғи Равшан Султанходжаев эса бундан кейин ўқитувчига нисбатан кўтарилган қўл ва ҳақорат жавобсиз қолмаслигини билдирди.
✈️ Каналга уланиш: 👇
@hudud_inform | Instagrma | Facebook
❗️ Hurmatli Yangihayot tumani fuqarolari!
👍 Har hafta belgilangan reja-grafik asosida Xalq qabulxonasida YAngihayot tumani hokimi hamda tuman hokimi o'rinbosarlarining fuqarolar qabullari o'tkaziladi.
👍 Quyida ularning qabul kunlari bilan tanishishingiz mumkin:
https://gov.uz/uz/yangihayot/news/view/169713
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
Repost from Toshkentdan gapiramiz...
🌟 Bolajonlar uchun maxsus TANLOV!
"Yangi O‘zbekistonning baxtli bolalari" shiori ostida "Kitobxon bolajon" tanloviga taklif qilamiz!
1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan joriy yilning 25-mayidan 5-iyuniga qadar bolalar uchun maxsus tanlov o‘tkaziladi.
🎁 10 nafar eng ko‘p "like"(❤️) to‘plagan ishtirokchilarni qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlaymiz! Har bir g‘olibga "SFAD" belgisidan shirinliklar hamda "Sarmoya books"dan kitoblar jamlanmasi taqdim etiladi.
📅 Tanlov muddati:
25.05.2026 / 05.06.2026
Bizning rasmiy Telegram sahifamizni kuzatib boring va rasmlaringizni tezroq jo‘nating! Qiziqarli tanlovdan chetda qolmang!
Rasmlarni quyidagi manzilga jo’nating - @RMMMTshB1
🧾 Tanlov qoidalari
👉Rasmiy sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK
+5
🇺🇿 49-sonli DMTTda seminar bo‘lib o‘tdi
✅ 49-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Formation of Stable Motivation for Learning English in Children” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
👍 Seminar davomida bolalarda ingliz tiliga qiziqish va motivatsiyani shakllantirishning zamonaviy usullari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, interaktiv mashg‘ulotlar, o‘yinlar va kreativ yondashuvlarning ahamiyati muhokama qilindi.
🔸 Tadbir yakunida bog‘cha tarbiyalanuvchilari tomonidan turli raqs va sahna chiqishlari namoyish etildi.
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
Repost from Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati
“Bitiruvchi – 2026” katta gala-konsert dasturi boshlandi!
Olimpiya shaharchasida bugun minglab bitiruvchilarni birlashtirgan yilning eng yorqin shou-kechasi bo’lib o’tmoqda.
Bu oqshom — 11 yillik maktab hayotining eng esda qolarli yakuni, do‘stlar bilan unutilmas xotiralar yaratish va yangi hayot sari yorqin qadam tashlash lahzasi.
Bugun bu yerda minglab yoshlarning quvonchi, orzulari va hayajoni bir nuqtada jam bo‘lmoqda.
—
В Олимпийском городке стартовал большой гала-концерт «Bitiruvchi – 2026»!
Сегодня в Олимпийском городке проходит одно из самых ярких событий года, объединившее тысячи выпускников.
Этот вечер — запоминающееся завершение 11 лет школьной жизни, возможность создать незабываемые воспоминания с друзьями и сделать яркий шаг навстречу новому этапу.
Сегодня здесь в одной точке соединились радость, мечты и волнение тысяч молодых людей.
YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot
🏘️ O‘zar ko‘chasida asfaltlash ishlari amalga oshirildi
🏗️ Yangihayot tumanining markaziy va ichki ko‘chalarida kartali-chuqurli ta’mirlash hamda asfaltlash ishlari davom etmoqda.
📍 Xususan, bugun tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan “Yangi Darxon” mahallasi hududidagi O‘zar ko‘chasining 600 kvadrat metr ta’mirtalab qismiga yangi asfalt qoplamasi yotqizildi.
🎬 Jarayonlar videomizda
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
Repost from Biznes-ombudsman
👍 Brifing: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik jarayonlari
Bugun, 25-may kuni Biznes-ombudsman Axborot xizmati rahbari Guljamol Shukurova ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.
Unda 2026-yil 20-avgust – Tadbirkorlar kuni arafasida o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik jarayonlari to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Tayyorgarlik raqamlarda:
👍 44 ta vazirlik va idora mutaxassislaridan iborat Respublika shtabi va ekspert guruhlari tuzildi.
👍 Mas’ul tashkilotlar tomonidan hududlarda 65 ta uchrashuv o‘tkazilib, 890 nafar tadbirkorning murojaatlari qabul qilindi (23-may holatiga).
👍 Biznes-ombudsman va SSP tomonidan o‘tkazilgan 5 ta uchrashuvda tekshiruvlar bilan bog‘liq 149 ta tizimli takliflar olindi (23-may holatiga).
👍 Batafsil saytda o‘qishingiz mumkin.
Website|Telegram|Instagram|Facebook|X|Youtube
Repost from Ochiq muloqot 2026
🔈Diqqat, e’lon!
Davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan o‘tkaziladigan bo‘lajak VI ochiq muloqoti nafaqat biznes vakillari, balki barchamiz uchun muhim tarixiy voqealardan biridir.
Mazkur yirik tadbirga ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayonlari, qiziqarli fakt va raqamlar, sohadagi eng so‘nggi yangiliklarni tezkor hamda keng qamrovli yoritib borish maqsadida «Ochiq muloqot 2026» rasmiy Telegram kanali ishga tushirildi!
1️⃣ Ushbu kanal orqali soha yangiliklari va rasmiy ma’lumotlar bilan muntazam tanishib borish mumkin. 2️⃣ Hududlardagi tadbirkorlar, ishbilarmonlar va keng jamoatchilik vakillarini kanal faoliyati bilan tanishtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 3️⃣ Kanalda e’lon qilinayotgan muhim ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifalar, mahalliy guruhlar va tadbirkorlar chatlarida bo‘lishish tavsiya etiladi.Kanal manzili: https://t.me/Ochiqmuloqot2026
🇺🇿 RASMIY MUNOSABAT
❕ Hurmatli fuqarolar!
👆 So‘nggi kunlarda Yangihayot tumani hokimligining avvalgi Telegram kanalida texnik va xavfsizlik bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgani sababli mazkur kanal hozirda Yangihayot tumani hokimligi Matbuot xizmati nazoratida emasligini ma’lum qilamiz.
❗️ Shu munosabat bilan, avvalgi kanalda e’lon qilinayotgan xabarlar, havolalar va boshqa ma’lumotlarga ishonmaslikni, shuningdek, noma’lum manbalardan yuborilayotgan havolalar hamda botlarga kirmaslikni so‘raymiz.
✅ Yangihayot tumani hokimligining yagona amaldagi rasmiy Telegram kanali:
📲 @yangihayottumanihokimligi
☑️ Barcha rasmiy axborotlar, yangiliklar va e’lonlar faqat ushbu kanal hamda hokimlikning rasmiy axborot resurslari orqali tarqatiladi.
🙏 Fuqarolardan tuman hokimligi nomidan yoki unga o‘xshash nomlar bilan ochilgan boshqa kanallar, sahifalar va havolalarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishlarini so‘raymiz.
✍️ Yangihayot tumani hokimligi Matbuot xizmati
__________________________
🇺🇿 ОФИЦИАЛЬНОЕ ЗАЯВЛЕНИЕ
❕ Уважаемые граждане!
👆 Сообщаем, что в связи с возникшими в последние дни техническими проблемами и вопросами безопасности на предыдущем Telegram-канале хокимията Янгихаётского района, данный канал в настоящее время не находится под контролем Пресс-службы хокимията Янгихаётского района.
❗️ В связи с этим просим вас не доверять новостям, ссылкам и другой информации, публикуемой на прежнем канале, а также не переходить по ссылкам и в боты, присылаемые из неизвестных источников.
✅ Единственный действующий официальный Telegram-канал хокимията Янгихаётского района:
📲 @yangihayottumanihokimligi
☑️ Вся официальная информация, новости и объявления распространяются только через этот канал и официальные информационные ресурсы хокимията.
🙏 Просим граждан с осторожностью относиться к другим каналам, страницам и ссылкам, созданным от имени районного хокимията или под схожими названиями.
✍️ Пресс-служба хокимията Янгихаётского района
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
📣 Eslatma!
🇺🇿 Yangihayot tumani hokimligi Matbuot xizmati tomonidan tumandagi umumta’lim maktablari o‘rtasida “2025–2026-o‘quv yilida eng samarali faoliyat yuritgan maktab” tanlovi davom etmoqda.
😎 Tanlovda Yangihayot tumanida faoliyat yuritayotgan umumta’lim maktablari ishtirok etmoqda.
🏆 G‘olib Telegram kanalimizda o‘tkazilayotgan ovoz berish jarayonlari orqali aniqlanadi.
⏰ Ovoz berish jarayoni 8-iyun kuni soat 18:00ga qadar davom etadi.
🎁 Eng ko‘p ovoz to‘plagan maktab “2025–2026-o‘quv yilida eng samarali faoliyat yuritgan maktab” deb topiladi hamda tuman hokimining maxsus esdalik sovg‘asi bilan taqdirlanadi.
👍 Siz ham o‘zingiz munosib deb bilgan maktabni qo‘llab-quvvatlang va faol ishtirok eting!
✅ Ovoz berish uchun quyidagi havolani bosing 👇🏻
https://t.me/yangihayottumanihokimligi/40
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
🎉 Tumanimiz maktablarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq”lar yangradi!
📍 Xususan, 329-sonli umumta’lim maktabida bitiruvchilar uchun hayajonli va unutilmas daqiqalar bo‘lib o‘tdi. So‘nggi qo‘ng‘iroq sadosi kichkintoylarda sog‘inch, bitiruvchilarda esa yangi bosqichga qadam qo‘yish zavqini uyg‘otgan bo’lsa, ajab emas.
🗣 Tadbirda tuman hokimi Prezidentimizning bitiruvchilarga yo‘llagan samimiy tilaklarini o‘qib eshittirdi va yoshlarga kelgusi o‘qish hamda mehnat yo‘lida ulkan zafarlar tiladi.
🏆 Yil davomida o‘z bilimlari, intilishi va namunali xulqi bilan ajralib turgan 11-sinf bitiruvchilar tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
🎬 Maktab yillari, do‘stlar, o‘qituvchilar va hayajonli onlarni eslashni istaysizmi? Unda videorolikni tomosha qiling va maktab xotiralaringizni yana bir bor qayta yashang!
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
+5
#Yangihayot
#Bitiruvchi_2026
#Live
🏆 Tadbirda yil davomida o‘z bilimlari, intilishi va namunali xulqi bilan ajralib turgan 11-sinf bitiruvchilari va ularning ota-onalari tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
🎉 Shundan so’ng, tadbirning badiiy qismiga start berildi
🎬 Batafsil keyinroq…
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
+5
#Yangihayot
#Bitiruvchi_2026
#Live
🎉 Bitiruvchilar katta hayotga qadam qoʼyish arafasida.
🎊 Bugun barcha maktablarda, xususan, tumanimizdagi maktablarda ham "Soʼnggi qoʼngʼiroq" sadolari yangraydigan kun.
🌐 Ayni vaqtda 329-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan tadbirda tuman hokimi ham ishtirok etib, Prezidentimizning bitiruvchilarga yo‘llagan samimiy tilaklarini o‘qib eshittirmoqda.
_____
#Янгихаёт
#Выпускник_2026
#Live
🎉 Выпускники на пороге вступления в большую жизнь.
🎊 Сегодня тот самый день, когда во всех школах, и в частности в школах нашего района, прозвенит "Последний звонок."
🌐 В данный момент в мероприятии, организованном в общеобразовательной школе No329, принимает участие и хоким района, зачитывая искренние пожелания нашего Президента, адресованные выпускникам.
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
