Ahmad Ali Dilmurod
Открыть в Telegram
Ahmad Ali Dilmurod ijodiy sahifasi. Kanalda siz muallif she’rlari va hikoyalarini o’qishingiz mumkin.
БольшеСтрана не указанаКатегория не указана
6 365
Подписчики
+124 часа
+1627 дней
-15 99630 дней
Архив постов
6 363
2026-yil ijodiy/kitob yo‘nalishidagi Telegram kanallari ro‘yxatini tuzamiz.
Qo‘shilmoqchi bo‘lsangiz, https://t.me/ahmadali_writer?direct manziliga kanalingiz nomi va havolasini yuboring.
Qanday bo‘ladi?
- Kanalingiz nomi va havolasini yuborasiz.
- Yakuniy ro‘yxat tayyor bo‘lgach, uni o‘z kanalingizda e’lon qilasiz.
Shartlar:
- Kanal ijodiy yoki kitob yo‘nalishida bo‘lishi.
- Kamida 100 nafar obunachiga ega bo‘lishi.
- Kanal faol bo‘lishi, unda postlar mavjud bo‘lishi.
- Ro‘yxat e’lon qilingach, uni kamida 1 oy davomida o‘chirib yubormaslik.
Bu nima uchun?
- O‘quvchilar uchun yangi ijodiy va kitob kanallarini topishga yordam beradigan ro‘yxat yaratish.
- Kanal egalari uchun yangi obunachilar orttirish imkoniyati.
Kamida 10 ta, ko‘pi bilan 20 ta kanal yig‘ilsa, ro‘yxatni tuzamiz.
6 363
***
men yoziq yozayotganda
menga hech kim yozmay turishi kerak
menga hech kim qo'ng'iroq qilmay turishi kerak
men yoziq yozayotganda
meni hech kim chaqirishi kerak emas
qisqasi
men yoziq yozayotganda
men hech kimga kerak bo'lmay turishim kerak
ammo,
koshki.
2024
@ahmadali_writer
6 363
***
sen meni o’chib ketgan kanalimga o’xshaysan -
bo’lar ish bo’ldi
sen uchrab-uchrab qolasan
sen “borsan”
sen yaxshisan
sen yo’qsan
sen “borsan”
sen yo’qsan
sen “borsan”
qaniydi, qo’shtirnoq bo’lmasa
qaniydi, qo’shtirnoq bo’lsa
qaniydi, qo’shtirnoq ichida bo’lsam
qaniydi, qo’shtirnoq ichida bo’lsang
bo’lsak…
yo’q,
sen meni o’chib ketgan kanalimga o’xshaysan -
bo’lar ish bo’lgan.
2026
@ahmadali_writer
6 363
***
men bilan yig'lashni
qayerdan o'rganding?
bunga rozi bo'lmay
ko'z yoshingni
artib qo'yaman.
2024
@ahmadali_writer
6 363
***
borligingga rahmat
qushday borligingga
soatday
tomirday
qon-tomirday
qonday borligingga
yo’lday
piyoda yo’lday
piyoda oyoqday borligingga
tuproqday
bargday
yilday borligingga
yoziq ostiga yoziladigan yilday
yoziq ustiga yoziladigan yulduzday
rangday
qizil rangday
“ko’ryapsanmi?”
men qizil rangdan foydalanmayapman
tanlash mumkin ranglar ichida qizil rangday
borligingga rahmat.
“ko’ryapsanmi?”
men qizil rangdan foydalanmayapman.
2026
@ahmadali_writer
6 363
***
men yashab qo’yishim kerak
nega tushunmaysan?
men yozib qo’yishim kerak
nega tushunmaysan?
sen esa
“yo’limdan chiqib qolishing kerak ekan”
men ham tushunmadim.
2026
@ahmadali_writer
6 363
***
menga alla aytib ber
gaplaringni eshitgim kelmayapti
gaplaringni eshitib
uxlagim kelyapti -
menga alla aytib ber
gaplaringdan tashkil topgan
alla aytib ber menga
eshitmaganmanmi?
eshitmabmanmi?
eshitmagan ekanmanmi?
eshitmay qolibmanmi?
“so’roq gap” kerak emas bu yerda
“uxlaydigan gap” kerak
menga alla aytib ber…
alla eshitmabmanmi?
eshitganman,
uxlamaganman.
2026
@ahmadali_writer
6 363
***
sanalarni kalendar bo’ylab tanlasang
yashashga tanlasang
hayot qiziqarsiz bo’lardi
do’sting yozib qolsa
kutgan do’sting “salom” deb yozib qolsa
hayot qiziqarsiz bo’lardi
qator-qator chiroyli yozsang
qofiya bilan
so’zlarni qidirib-qidirib
yozsang
hayot qiziqarsiz bo’lib qolardi
uyingga uchib borsang
uzoq yo’ldan yurmasdan
hech kim asabingga tegmasa
hayot qiziqarsiz bo’lib qolardi
yurmasang piyoda
piyoda yurishing kerak bo’lmasa
qon bosiming oshmasa
hayot qiziqarsiz bo’lib qolardi
eng oxirida -
meni sevib qolsang,
hayot qiziqarsiz bo’lib qolardi.
rahmat senga, hayotimni
qiziqarli qilganingga,
rahmat.
2026
@ahmadali_writer
6 363
***
rejalarimni
hech kimga aytmayapman.
yoningga
shunday borsam kerak
hech kimga indamay.
@ahmadali_writer
6 363
***
inson uxlaydi
inson tush ko'radi
inson tushida uni ko'radi.
yana nima qo'lingdan keladi
ko'rinmaslikka?
2024
@ahmadali_writer
6 363
***
sen -
hammaga o'xshaysan!
sen -
hammaga o'xshaysan,
oh, nega endi
sen hammaga o'xshaysan?
men seni o'ylaganda,
men seni o'ylaganda,
hamma insonni o'ylaymanmi?
yo'q, yo'q,
sening o'rning boshqa,
deb aldadim, shekilli
men buni o'ylaganda
yig'lashim mumkin
shuning uchun
alohida yozaman so'zlarni,
alohida yozaman qatorlarni,
shekilli, deb yozaman
men qo'rqaman,
men yig'lashim mumkin,
bilmadim, bilmadim
hammaga ishonib
sensiz qolaman
senga ishonib
hammasiz...
nima bo'lmoqda,
yolg'izlik
ko'zguda ko'rinmoqda
men unutmayman
bu yolg'izlikni
men unutmayman
bu yolg'izlikni
o'ch olaman
qarab tursin,
o'ch olaman
ko'zguda sen yo'qsan-ku?
yig'lashim mumkin.
2024
@ahmadali_writer
