ch
Feedback
Ahmad Ali Dilmurod

Ahmad Ali Dilmurod

前往频道在 Telegram

Ahmad Ali Dilmurod ijodiy sahifasi. Kanalda siz muallif she’rlari va hikoyalarini o’qishingiz mumkin.

显示更多
未指定国家未指定类别
6 365
订阅者
+124 小时
+1627 天
-15 99630 天
帖子存档
2026-yil ijodiy/kitob yo‘nalishidagi Telegram kanallari ro‘yxatini tuzamiz. Qo‘shilmoqchi bo‘lsangiz, https://t.me/ahmadali_writer?direct manziliga kanalingiz nomi va havolasini yuboring. Qanday bo‘ladi? - Kanalingiz nomi va havolasini yuborasiz. - Yakuniy ro‘yxat tayyor bo‘lgach, uni o‘z kanalingizda e’lon qilasiz. Shartlar: - Kanal ijodiy yoki kitob yo‘nalishida bo‘lishi. - Kamida 100 nafar obunachiga ega bo‘lishi. - Kanal faol bo‘lishi, unda postlar mavjud bo‘lishi. - Ro‘yxat e’lon qilingach, uni kamida 1 oy davomida o‘chirib yubormaslik. Bu nima uchun? - O‘quvchilar uchun yangi ijodiy va kitob kanallarini topishga yordam beradigan ro‘yxat yaratish. - Kanal egalari uchun yangi obunachilar orttirish imkoniyati. Kamida 10 ta, ko‘pi bilan 20 ta kanal yig‘ilsa, ro‘yxatni tuzamiz.

*** men yoziq yozayotganda menga hech kim yozmay turishi kerak menga hech kim qo'ng'iroq qilmay turishi kerak men yoziq yozayotganda meni hech kim chaqirishi kerak emas qisqasi men yoziq yozayotganda men hech kimga kerak bo'lmay turishim kerak ammo, koshki. 2024 @ahmadali_writer

*** hech bo'lmasa mushugim meni yaxshi ko'rsin, deb mushuk boqib oldim. 2024 @ahmadali_writer

*** sen meni o’chib ketgan kanalimga o’xshaysan - bo’lar ish bo’ldi sen uchrab-uchrab qolasan sen “borsan” sen yaxshisan sen yo’qsan sen “borsan” sen yo’qsan sen “borsan” qaniydi, qo’shtirnoq bo’lmasa qaniydi, qo’shtirnoq bo’lsa qaniydi, qo’shtirnoq ichida bo’lsam qaniydi, qo’shtirnoq ichida bo’lsang bo’lsak… yo’q, sen meni o’chib ketgan kanalimga o’xshaysan - bo’lar ish bo’lgan. 2026 @ahmadali_writer

nega shuni men yozmadim…

*** kishi bilmas issiq bo’lmoqda kishi bilmas seni yaxshi ko’raman.

*** sen haqingda kitob yozib qo’ydim kitobimni olasanmi endi?

*** seni kitobga to’plab qo’ydim kitobimni olasanmi endi?

*** menga yozish emas sen havassan kitobimni olasanmi endi?

*** men bilan yig'lashni qayerdan o'rganding? bunga rozi bo'lmay ko'z yoshingni artib qo'yaman. 2024 @ahmadali_writer

*** borligingga rahmat qushday borligingga soatday tomirday qon-tomirday qonday borligingga yo’lday piyoda yo’lday piyoda oyoqday borligingga tuproqday bargday yilday borligingga yoziq ostiga yoziladigan yilday yoziq ustiga yoziladigan yulduzday rangday qizil rangday “ko’ryapsanmi?” men qizil rangdan foydalanmayapman tanlash mumkin ranglar ichida qizil rangday borligingga rahmat. “ko’ryapsanmi?” men qizil rangdan foydalanmayapman. 2026 @ahmadali_writer

*** men yashab qo’yishim kerak nega tushunmaysan? men yozib qo’yishim kerak nega tushunmaysan? sen esa “yo’limdan chiqib qolishing kerak ekan” men ham tushunmadim. 2026 @ahmadali_writer

*** menga alla aytib ber gaplaringni eshitgim kelmayapti gaplaringni eshitib uxlagim kelyapti - menga alla aytib ber gaplaringdan tashkil topgan alla aytib ber menga eshitmaganmanmi? eshitmabmanmi? eshitmagan ekanmanmi? eshitmay qolibmanmi? “so’roq gap” kerak emas bu yerda “uxlaydigan gap” kerak menga alla aytib ber… alla eshitmabmanmi? eshitganman, uxlamaganman. 2026 @ahmadali_writer

*** qaysi so’zimdasan? ketma-ket yozsam… @ahmadali_writer

*** sanalarni kalendar bo’ylab tanlasang yashashga tanlasang hayot qiziqarsiz bo’lardi do’sting yozib qolsa kutgan do’sting “salom” deb yozib qolsa hayot qiziqarsiz bo’lardi qator-qator chiroyli yozsang qofiya bilan so’zlarni qidirib-qidirib yozsang hayot qiziqarsiz bo’lib qolardi uyingga uchib borsang uzoq yo’ldan yurmasdan hech kim asabingga tegmasa hayot qiziqarsiz bo’lib qolardi yurmasang piyoda piyoda yurishing kerak bo’lmasa qon bosiming oshmasa hayot qiziqarsiz bo’lib qolardi eng oxirida - meni sevib qolsang, hayot qiziqarsiz bo’lib qolardi. rahmat senga, hayotimni qiziqarli qilganingga, rahmat. 2026 @ahmadali_writer

*** rejalarimni hech kimga aytmayapman. yoningga shunday borsam kerak hech kimga indamay. @ahmadali_writer

*** inson uxlaydi inson tush ko'radi inson tushida uni ko'radi. yana nima qo'lingdan keladi ko'rinmaslikka? 2024 @ahmadali_writer

*** sen - hammaga o'xshaysan! sen - hammaga o'xshaysan, oh, nega endi sen hammaga o'xshaysan? men seni o'ylaganda, men seni o'ylaganda, hamma insonni o'ylaymanmi? yo'q, yo'q, sening o'rning boshqa, deb aldadim, shekilli men buni o'ylaganda yig'lashim mumkin shuning uchun alohida yozaman so'zlarni, alohida yozaman qatorlarni, shekilli, deb yozaman men qo'rqaman, men yig'lashim mumkin, bilmadim, bilmadim hammaga ishonib sensiz qolaman senga ishonib hammasiz... nima bo'lmoqda, yolg'izlik ko'zguda ko'rinmoqda men unutmayman bu yolg'izlikni men unutmayman bu yolg'izlikni o'ch olaman qarab tursin, o'ch olaman ko'zguda sen yo'qsan-ku? yig'lashim mumkin. 2024 @ahmadali_writer

*** o’zim bilan o’zim sen haqingda gaplashib o’tiribman. @ahmadali_writer

*** eski yillar kabisan - eslasa bor, faqat eslasa. @ahmadali_writer