ru
Feedback
Ahmad Ali Dilmurod

Ahmad Ali Dilmurod

Открыть в Telegram

Ahmad Ali Dilmurod ijodiy sahifasi. Kanalda siz muallif she’rlari va hikoyalarini o’qishingiz mumkin.

Больше
Страна не указанаКатегория не указана
6 365
Подписчики
+124 часа
+1627 дней
-15 99630 дней
Архив постов
*** sen menga uzoq tabassum qilding - o’zimdan o’tganini o’zim bildim sening ismingni chaqiraman, ismingsiz chaqiraman, chaqirmayman, menga qarading - o’zimdan o’tganini o’zim bildim men hozir uxlab turaman, uyg’onib sendan xabar kutaman sendan xabar kutaman tong - xabarlar vaqti, hech yo’q salom hech yo’q salom menga xabar yozding - o’zimdan o’tganini o’zim bildim bugun esa menga tabassum qilmading, tabassumingni o’yladim - o’zimdan o’tganini o’zim bildim. 2026 @ahmadali_writer

*** ketayotganlargina iliq xayrlashadi. kun oxirida sen bilan yaxshi xayrlashmadim. 2024 @ahmadali_writer

*** havotir olibman sendan, biror mavzu qidirib suhbatlashishni istabman, ko'rishishga bahona izlabman, qisqasi - sevib qolganimni bilib qolganingni shunday tushuntirding. 2024 @ahmadali_writer

*** ketish - menga oson. ketish - menga hayajonli emas, sen yo'q joylar menga bir xil. 2024 @ahmadali_writer

*** seni baxtli qilaman! deb aytgim kelmagandi o'shanda, aytmay baxtli qilmoqchi edim, ko'rmaysanmi. 2024 @ahmadali_writer

*** biz rosa urushib keyin bir-birimizga suyanib qoldik. 2024 @ahmadali_writer

*** men nega avval bilan hozirni ajratmoqdaman? nega ko'p "endi..." demoqdaman? sen qayerdasan hozir? yaxshimisan? bu ham shu savollarga o'xshaydi, men javobini bilmagan. 2024 @ahmadali_writer

*** qancha urinsang ham meni xafa qilolmaysan, xafa bo'lishim uchun seni yomon ko'rishim kerak. 2024 @ahmadali_writer

*** men sen bilan ko'p gaplashmay qo'ydim ko'zlaringga qarab turgim kelmoqda qayergadir ketayotganingda sen bilan ketsam g'amgin gaplaringni kayfiyatingni ko'tarish uchun hazilga aylantirsam... arzimagan gap bo'lsa ham senga aytib sen bilan suhbatlashsam. faqat yaxshi kunlarimizni eslatsam... meni ko'proq yaxshi ko'rgin deb boshqalarni tinmay yomonlab tursam. baxtimizga doim xushyor bo'lsam. sen bilan ko'p gaplashmay qo'ydim... ko'p gaplashmay qo'ydim. 2024 @ahmadali_writer

*** yo'q, mening yuragim g'alati men qo'rqaman go'yo, senga hamma narsa bo'ladigandek go'yo, senga hamma narsa bo'ladigandek men o'zimni ovutaman, go'yo senga hech nima bo'lmaydi ammo, bo'lsa nima? senga nimadir bo'lsa, nima? senga nimadir bo'lsa nima qipti? - men o'zimni shunday ovutaman, bu yurak joyida turmaydiganga o'xshaydi yo'q, mening yuragim g'alati men o'zimni ovutishni qayerdan o'rgandim? menga baribirlikni qayerdan o'rgandim? menga baribirmi? mening yuragim g'alati. go'yo, senga hamma narsa bo'ladi go'yo, senga hech narsa bo'lmaydi menda faqat sen bordek yo'qotadiganim faqat sendek go'yo, hamma narsamni yo'qotishga oldindan tayyorlanib qo'ygandek... yo'q, mening yuragim g'alati yig'lab olishim kerak go'yo, senga hamma narsa bo'ladigandek. 2024 @ahmadali_writer

*** sen katta bo'lishing kerak ajrashgan odaming bilan oddiy salomlashish farzanding haqida gaplashish oddiy gaplashish sen mudom yig'lab yubormaysan sen oddiysan! sen katta bo'lishing kerak endi uning gaplari senga oddiy "u o'zi shunaqa edi" sen katta bo'lishing kerak insonlarni boricha qabul qilishing urushyaptimi jahl qilyaptimi yoki o'zi shunaqamidi fe'li shunaqamidi sen katta bo'lishing kerak ajrashgan odaming bilan oddiy salomlashish ko'p yil yashagan odaming bilan oddiy salomlashish begonalardek salomlashish sen katta bo'lishing kerak. 2024 @ahmadali_writer

*** uyqing kelmasa - ko'zingni yum. uyqing kelmasa - uni o'yla. uyqing kelmasa - uning sahifasiga kir xabar yozish joyiga qarab tur qarab tur xabar yozma xabar yozma yozib yuborma yoki yozib, yuborma yoki sening yokilaring ko'p uyqing kelmasa yokilaringni o'ylab ko'r ko'zingni yum. 2024 @ahmadali_writer

*** agar oson bo'lsa sen ijod qil. menga qiyin, sen bor dunyoni o'ylash - menga qiyin. 2024 @ahmadali_writer

*** ixtiyor o'zingda. sen ixtiyoring bilan yur qo'lingdan kelsa baxtsiz bo'lmaysanmi ixtiyor qil ixtiyor... menga yo'q de, ha de, ixtiyor qilsang kuttirma meni kimsan sen? men seni ixtiyoring bilan ko'rishni istayman. kuttirma meni qani sendagi ixtiyor? chetroq tur, chetroq - ixtiyoring tursin senda men o'ylashni istamayman atrofingni, atrofingdagilarni, kim ular? kim bo'pti ular? qo'ysangchi! ko'rsatma meni ularga, meni ularga ko'rsatma, men har safar harflarni kichik terolmayman, men shunday xohlayapman, men shunday ixtiyor qilmoqdaman, mana men - mana! mana mendagi ixtiyor, ko'ryapsanmi uni? men sen bilan uchrashmaslikni ixtiyor qilishimni ko'ryapsanmi? qo'lingdan kelsa, ko'rma. ixtiyor qil... ixtiyor. 2024 @ahmadali_writer

*** anchadan beri dilmurodman sen esa yaqinda tug’ilgansan seni eshitmasam xafa bo’lma seni sevmasam xafa bo’lma seni sevsam xafa bo’lma anchadan beri, dilmurodman sen esa yaqinda tug’ilgansan. 2026 @ahmadali_writer

*** qo'limdan kelgani - bir qator so'z bo'ldi. bu yetmadi, baxtga biz baxtli bo'lmadik yetmadi yetmadi sen tog'ni talqon bo'lishi haqida o'ylayotganingda men kelib bir qator so'z yozdim yetmadi yetmadi bir qator so'z bo'ldi qo'limdan kelgani. 2024 @ahmadali_writer

*** biz bir-birimizga intilmadik, 1-1, durrang bo'ldi hech kim g'alaba qozonmadi azizim. 2024 @ahmadali_writer

*** senga aytgan hazillarimga o'zim kun bo'yi kulib yuraman. 2024 @ahmadali_writer

*** daraxtlar o’sib turibdi daraxtlar “ammo, endi seni hech kim sevmaydi” bir, ikki, uch “ammo, endi seni hech kim sevmaydi” nima qilasan o’qib, nima qilasan kitob yozib, nima qilasan “nima qilasan?” deb “ammo, endi seni hech kim sevmaydi” men yozib qo’yaman shunaqa yo’q, bu yerda “men” yo’q sen, men, u - degan o’yin o’ynama “ammo, endi seni hech kim sevmaydi” yana birovning gapini yozasanmi yana birovning gapini aytasanmi yana birovning… sen alohida yolg’iz bo’lmaysanmi sen qaytarilmas yolg’iz bo’lmaysanmi sen yagona yolg’iz bo’lmaysanmi sen noyob yolg’iz bo’lmaysanmi sen o’ziga xos yolg’iz bo’lmaysanmi eshik taqillaydi “ammo, endi seni hech kim sevmaydi” sen buni o’qiyapsan men buni yozyapman “ammo, endi seni hech kim sevmaydi”. 2026 @ahmadali_writer

photo content