ru
Feedback
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi

Открыть в Telegram

O‘zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligining rasmiy kanali

Больше
Страна не указанаКатегория не указана

📈 Аналитический обзор Telegram-канала O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi

Канал O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi (@adli_uz_official) является активным участником. Сейчас сообщество объединяет 10 351 подписчиков, занимая место в категории Другое.

📊 Показатели аудитории и динамика

С момента создания невідомо проект демонстрирует стремительный рост, собрав аудиторию из 10 351 подписчиков.

Согласно последним данным от 01 августа, 2026, канал показывает стабильную активность. За последние 30 дней изменение числа участников составило 39, а за последние 24 часа — 2, при этом общий охват остаётся высоким.

  • Статус верификации: Не верифицирован
  • Уровень вовлечённости (ER): Средний показатель вовлечённости аудитории составляет 2.30%. В первые 24 часа после публикации контент обычно набирает 6.30% реакций от общего числа подписчиков.
  • Охват публикаций: В среднем каждый пост получает 238 просмотров. В течение первых суток публикация набирает 652 просмотров.
  • Реакции и взаимодействия: Аудитория активно поддерживает контент: среднее количество реакций на один пост — 2.

📝 Описание и контентная политика

Автор описывает ресурс как площадку для выражения субъективного мнения:
O‘zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligining rasmiy kanali

Благодаря высокой частоте обновлений (последние данные получены 02 августа, 2026) канал поддерживает актуальность и высокий уровень охвата публикаций. Аналитика показывает, что аудитория активно взаимодействует с контентом, что делает его важной точкой влияния в категории Другое.

10 351
Подписчики
+224 часа
+327 дней
+3930 день
Архив постов
🇺🇿 2026-yilning 10-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentlig
+4
🇺🇿 2026-yilning 10-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodov Belarus Respublikasining Orsha shahrida joylashgan "Orshanskiy Lyon Kombinati" korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. 🟠Tashrif davomida korxonaning ishlab chiqarish jarayonlari, zamonaviy texnologiyalari hamda xomashyoni chuqur qayta ishlashdan boshlab tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan to‘liq ishlab chiqarish sikli ko‘zdan kechirildi. Ma'lum qilinishicha, korxona 1930-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda hamda zig‘ir tolasini qayta ishlash va undan yuqori qo‘shimcha qiymatga ega tayyor to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Korxonaning yillik eksport hajmi 110 million AQSh dollarini tashkil etadi. 🟠Uchrashuv doirasida O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida zig‘ir va to‘qimachilik sanoati yo‘nalishidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, O‘zbekiston korxonalari bilan qo‘shma ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish, yangi turdagi matolar va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish hamda o‘zaro tajriba almashish masalalariga alohida e'tibor qaratildi. 🟠Shuningdek, tomonlar sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, ishlab chiqarish hajmlarini oshirish hamda eksport salohiyatini yuksaltirish bo‘yicha o‘zaro fikr almashdilar. Mazkur uchrashuv O‘zbekiston va Belarusning yengil sanoat sohasidagi amaliy hamkorligini yanada mustahkamlash va istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun muhim qadam bo‘ldi. ———— 🇺🇿 On 10 July 2026, the Director of the Light Industry Development Agency under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan, Nozimjon Kholmurodov, visited the Orshanskiy Lyon Kombinat, located in Orsha, Republic of Belarus, to review its operations. 🟠During the visit, the delegation examined the enterprise's production processes, modern technologies, and its fully integrated manufacturing cycle—from deep processing of raw materials to the production of finished goods. Established in 1930, the company specializes in processing flax fiber and manufacturing high value-added textile products. The enterprise's annual export volume amounts to USD 110 million. 🟠During the meeting, the parties discussed prospects for expanding cooperation between Uzbekistan and Belarus in the flax and textile industries. Particular attention was paid to implementing joint manufacturing projects with Uzbek enterprises, developing new types of fabrics and finished textile products, introducing advanced technologies, and promoting the exchange of expertise. 🟠The two sides also exchanged views on strengthening industrial cooperation, expanding investment partnerships, increasing production capacity, and enhancing export potential. The meeting marked another important step toward deepening practical cooperation between Uzbekistan and Belarus in the light industry sector and creating new opportunities for mutually beneficial joint projects. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat  #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 Joriy yilning 10-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentli
+8
🇺🇿 Joriy yilning 10-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodov Belarus Respublikasining Minsk shahrida joylashgan "MPKO" OAJ charmni qayta ishlash korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. 🟠Tashrif davomida korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari, zamonaviy texnologik jarayonlari hamda tayyor mahsulot ishlab chiqarish bosqichlari ko‘zdan kechirildi. Ma’lum qilinishicha, korxona 1927-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda hamda Italiya texnologiyalari asosida yuqori sifatli charmni qayta ishlashga ixtisoslashgan.Korxonada xalqaro standartlarga javob beradigan tayyor charm mahsulotlari ishlab chiqarilib, ular ichki va tashqi bozorlarga yetkazib berilmoqda. 🟠Uchrashuv doirasida O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida charm sanoati yo‘nalishidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, O‘zbekistonga qayta ishlangan charm va tayyor charm mahsulotlarini yetkazib berish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, tajriba almashish hamda qo‘shma ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 🟠Shuningdek, tomonlar ikki mamlakatning charm va yengil sanoat korxonalari o‘rtasida uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, investitsiyaviy aloqalarni kengaytirish hamda eksport salohiyatini oshirish yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar. ———— 🇺🇿 On 10 July 2026, the Director of the Light Industry Development Agency under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan, Nozimjon Kholmurodov, visited the MPKO OJSC leather processing enterprise located in Minsk, Republic of Belarus. 🟠During the visit, the production facilities, modern technological processes, and all stages of finished product manufacturing were thoroughly reviewed. Established in 1927, the enterprise specializes in high-quality leather processing using Italian technologies. The company manufactures leather products that meet international quality standards and supplies them to both domestic and international markets. 🟠The parties discussed prospects for expanding cooperation between Uzbekistan and Belarus in the leather industry. Particular attention was given to supplying processed leather and finished leather products to Uzbekistan, introducing advanced technologies, exchanging expertise, and implementing joint manufacturing projects. 🟠The two sides also exchanged views on establishing long-term cooperation between leather and light industry enterprises of both countries, expanding investment partnerships, and increasing export potential. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat  #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 2026-yilning 9-iyul kuni Minsk shahridagi Mustaqillik saroyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va
+2
🇺🇿 2026-yilning 9-iyul kuni Minsk shahridagi Mustaqillik saroyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko oʻrtasida boʻlib oʻtgan oliy darajadagi muzokaralar doirasida yengil sanoat sohasida muhim hujjat imzolandi. 🟠Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi hamda Belarus davlat "Bellegprom" konserni oʻrtasida yengil sanoat sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Protokol imzolandi. 🟠Mazkur Protokol ikki davlat oʻrtasida toʻqimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal, ipak va yengil sanoatning boshqa yoʻnalishlarida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish, investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, oʻzaro savdo hajmini oshirish hamda ilmiy-innovatsion ishlanmalarni rivojlantirishga xizmat qiladi. 🟠Shuningdek, tomonlar oʻrtasida biznes missiyalar, koʻrgazmalar, forumlar va boshqa qoʻshma tadbirlarni muntazam tashkil etish hamda Oʻzbekiston va Belarus tadbirkorlari oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash nazarda tutilgan. 🟠Ushbu hujjat Oʻzbekiston va Belarus oʻrtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlash, yengil sanoat tarmoqlarida oʻzaro manfaatli aloqalarni kengaytirish hamda yangi investitsion va eksport imkoniyatlarini yaratishda muhim qadam boʻlib xizmat qiladi. ———— 🇺🇿 On 9 July 2026, within the framework of the high-level talks between the President of the Republic of Uzbekistan, Shavkat Mirziyoyev, and the President of the Republic of Belarus, Aleksandr Lukashenko, held at the Independence Palace in Minsk, an important document in the field of light industry was signed. 🟠In particular, a Protocol on Cooperation in the Field of Light Industry was signed between the Light Industry Development Agency under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan and the Belarusian State Concern for the Production and Marketing of Light Industry Goods (Bellegprom). 🟠The Protocol aims to promote joint projects in the textile, garment and knitwear, leather and footwear, silk, and other light industry sectors, expand investment cooperation, increase bilateral trade, and foster scientific and technological innovation between the two countries. 🟠It also provides for the regular organization of business missions, exhibitions, forums, and other joint events to strengthen cooperation between Uzbek and Belarusian enterprises. 🟠This document represents an important step toward further strengthening the strategic partnership between Uzbekistan and Belarus, expanding mutually beneficial cooperation in the light industry sector, and creating new opportunities for investment and export development. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat  #Rivojlanish #Agentlik

O‘zbekiston va Belarus munosabatlari strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi. — Узбекистан и Беларусь вывели отношения на уровень стратегического партнерства. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko Strategik sher
+9
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko Strategik sheriklik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisidagi deklaratsiyani imzoladilar. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Президент Республики Беларусь Александр Лукашенко подписали Декларацию об установлении отношений стратегического партнерства. #Mirziyoyev #tashrif #Belarus #hujjatlar Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko tor doirada ha
+9
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko tor doirada hamda rasmiy delegatsiyalar aʼzolari ishtirokida muzokara oʻtkazdilar. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Президент Республики Беларусь Александр Лукашенко провели переговоры в узком составе и с участием членов официальных делегаций. #Mirziyoyev #tashrif #Belarus #muzokaralar Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Minsk shahridagi Mustaqillik saroyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo
+9
Minsk shahridagi Mustaqillik saroyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi. — Во Дворце Независимости в городе Минске состоялась церемония официальной встречи Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева. #Mirziyoyev #tashrif #Belarus #marosim Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

#OAV_biz_haqimizda Prezident qarori bilan 2027-yilga qadar charm mahsulotlari eksportini $150 mln oshirish vazifalari belgilandi. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat  #Rivojlanish #Agentlik

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Minsk shahridagi Gʻalaba monumenti poyiga gulchambar qoʻydi. — Президе
+6
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Minsk shahridagi Gʻalaba monumenti poyiga gulchambar qoʻydi. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев возложил венок к Монументу Победы в городе Минске. #Mirziyoyev #tashrif #Belarus #ehtirom Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

🇺🇿 Joriy yilning 8-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentlig
+9
🇺🇿 Joriy yilning 8-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodovning Belarus Respublikasiga xizmat safari doirasida Belarusning yirik to‘qimachilik korxonalaridan biri — Kamvol AJ faoliyati bilan yaqindan tanishildi. 🟠Tashrif davomida delegatsiyaga korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari, texnologik jarayonlari hamda zamonaviy uskunalar asosida tashkil etilgan ishlab chiqarish tizimi haqida batafsil ma’lumot berildi. 🟠Xususan, korxonada harbiy va mudofaa sanoati uchun mo‘ljallangan maxsus kiyim-kechaklar ishlab chiqarishda foydalaniladigan yuqori sifatli jun va aralash gazlamalar tayyorlanishi, shuningdek, xomashyodan boshlab tayyor mahsulotgacha bo‘lgan to‘liq ishlab chiqarish sikli yo‘lga qo‘yilgani ta’kidlandi. 🟠Bundan tashqari, korxonada erkaklar va ayollar uchun kostyum-shimlar, klassik kiyimlar hamda turli xil jun va yarim jun gazlamalar ishlab chiqarilishi, mahsulotlarning ichki va tashqi bozorlarga yetkazib berilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. 🟠Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida yengil sanoat sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, qo‘shma ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish hamda ilg‘or texnologiyalar va tajribalarni o‘zaro almashish masalalari muhokama qilindi. ———— 🇺🇿 On 8 July 2026, as part of the official visit of Nozimjon Kholmurodov, Director of the Light Industry Development Agency under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan, to the Republic of Belarus, the delegation visited Kamvol JSC, one of Belarus’s largest textile enterprises. 🟠During the visit, the delegation was presented with detailed information about the company’s production capacities, technological processes, and its modern manufacturing system equipped with advanced technologies. 🟠In particular, the company manufactures high-quality wool and blended fabrics used for military and defense industry uniforms, operating a fully integrated production cycle from raw materials to finished products. 🟠In addition, the delegation learned about the company's production of men's and women's suits, classic apparel, as well as a wide range of wool and wool-blend fabrics, and its activities in supplying products to both domestic and international markets. 🟠During the meeting, the parties discussed prospects for further expanding cooperation between Uzbekistan and Belarus in the light industry sector, implementing joint manufacturing projects, establishing modern production facilities, and exchanging advanced technologies and industrial expertise. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat  #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 2026-yilning 8-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi
+6
🇺🇿 2026-yilning 8-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodovning Belarus Respublikasiga xizmat safari doirasida Belarusning yetakchi yengil sanoat korxonalaridan biri — Mark Formelle kompaniyasi faoliyati bilan yaqindan tanishildi. 🟠Tashrif davomida delegatsiyaga korxonaning ishlab chiqarish jarayonlari, zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etilgan tikuv-trikotaj ishlab chiqarish quvvatlari, dizayn va mahsulot ishlab chiqish markazlari, sifat nazorati tizimi hamda logistika va chakana savdo faoliyati haqida batafsil ma’lumot taqdim etildi. Mark Formelle bugungi kunda ayollar, erkaklar va bolalar uchun kiyim-kechak hamda trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchi Belarusning eng yirik brendlaridan biri bo‘lib, o‘z mahsulotlarini MDH mamlakatlari bozorlariga keng eksport qilmoqda. 🟠Uchrashuv davomida O‘zbekistonda qo‘shma ishlab chiqarish loyihalarini kengaytirish, zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish va mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, mahsulotlar assortimentini kengaytirish hamda eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. 🟠Shuningdek, tomonlar O‘zbekistonning xomashyo bazasi, ishlab chiqarish salohiyati va qulay investitsiyaviy muhiti hamda Mark Formelle kompaniyasining zamonaviy boshqaruv va ishlab chiqarish tajribasini uyg‘unlashtirish orqali yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashdilar. ———— 🇺🇿On 8 July 2026, as part of the official visit of Nozimjon Kholmurodov, Director of the Light Industry Development Agency under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan, to the Republic of Belarus, the delegation visited the facilities of Mark Formelle, one of Belarus’s leading light industry companies. 🟠During the visit, the delegation was presented with detailed information on the company’s manufacturing processes, modern garment and knitwear production facilities, design and product development centers, quality control system, as well as its logistics and retail operations. Today, Mark Formelle is one of Belarus’s largest apparel brands, producing clothing and knitwear for women, men, and children, while exporting its products to markets across the CIS countries. 🟠During the meeting, the parties discussed prospects for expanding joint manufacturing projects in Uzbekistan, establishing modern production facilities, modernizing existing manufacturing capacities, introducing advanced technologies, broadening product assortments, and increasing the production of export-oriented goods. 🟠The parties also exchanged views on combining Uzbekistan’s strong raw material base, manufacturing potential, and favorable investment climate with Mark Formelle’s modern management and production expertise to establish the production of high value-added products. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat  #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 Joriy yilning 7-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentlig
+4
🇺🇿 Joriy yilning 7-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodovning Belarus Respublikasiga xizmat safari doirasida Belarus va O‘zbekiston yengil sanoat sohasi tadbirkorlari ishtirokida ochiq davra suhbati tashkil etildi. 🟠Tadbir avvalida Agentlik direktori Nozimjon Xolmurodov O‘zbekistonda yengil sanoat tarmog‘ini rivojlantirish, sohaga investitsiyalarni jalb etish, eksport salohiyatini oshirish hamda tadbirkorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va yaratilgan keng imkoniyatlar haqida yig‘ilish ishtirokchilariga batafsil ma’lumot berdi. 🟠Shuningdek, Bellegprom konserni raisi Nadejda Anatolyevna Lazarevich O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan yengil sanoat mahsulotlarining yuqori sifati va xalqaro bozordagi raqobatbardoshligini alohida e’tirof etib, ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirishga katta ishonch bildirdi. 🟠Davra suhbati ochiq muloqot tarzida o‘tdi. Unda ikki davlat kompaniyalari vakillari o‘zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, xomashyo va tayyor mahsulotlar yetkazib berishni rivojlantirish, qo‘shma ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish hamda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar. ———— 🇺🇿 On 7 July 2026, as part of the official visit of Nozimjon Kholmurodov, Director of the Light Industry Development Agency under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan, to the Republic of Belarus, an open roundtable discussion was held with the participation of entrepreneurs from the light industry sectors of Uzbekistan and Belarus. 🟠At the beginning of the event, Director Nozimjon Kholmurodov delivered a presentation on the ongoing reforms aimed at developing Uzbekistan’s light industry, attracting investment to the sector, increasing export potential, and the extensive support measures and opportunities created by the Government for entrepreneurs. 🟠Chairperson of the Bellegprom Concern, Nadezhda Anatolyevna Lazarevich, highlighted the high quality and international competitiveness of light industry products manufactured in Uzbekistan and expressed strong confidence in further expanding cooperation between the business communities of the two countries. 🟠The roundtable was held in an open dialogue format. Representatives of companies from both countries exchanged views on expanding business cooperation, developing the supply of raw materials and finished products, implementing joint manufacturing projects, and establishing new production capacities. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat  #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 2026-yilning 7-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi
+3
🇺🇿 2026-yilning 7-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodovning Belarus Respublikasiga xizmat safari doirasida Bellegprom konserni raisi Nadejda Anatolyevna Lazarevich bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 🟠Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi yengil sanoat sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. 🟠Tomonlar qo‘shma ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini kengaytirish, mahsulotlar yetkazib berish ko‘lamini oshirish hamda sanoat korxonalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratdilar. 🟠Shuningdek, uchrashuv yakunida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish va istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi. ———— 🇺🇿 On 7 July 2026, as part of the official visit to the Republic of Belarus, Nozimjon Kholmurodov, Director of the Light Industry Development Agency under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan, held a meeting with Nadezhda Anatolyevna Lazarevich, Chairperson of the Bellegprom Concern. 🟠During the meeting, the parties discussed the current state of bilateral cooperation between Uzbekistan and Belarus in the light industry sector, as well as prospects for its further development. 🟠Particular attention was given to the implementation of joint manufacturing projects, expanding bilateral trade, increasing the supply of industrial products, and strengthening cooperation between enterprises of the two countries. 🟠Furthermore, at the conclusion of the meeting, the parties exchanged views on elevating their mutually beneficial cooperation to a new level and jointly implementing promising projects. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat  #Rivojlanish #Agentlik

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning taklifiga bin
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning taklifiga binoan 8-9-iyul kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Республики Беларусь Александра Лукашенко 8-9 июля посетит эту страну с официальным визитом. #Mirziyoyev #tashrif #Belarus #hamkorlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

HURMATLI TADBIRKORLAR! 🇺🇿 2026-yil 23–24-iyul kunlari Qozogʻiston Respublikasining Aktau shahrida boʻlib oʻtadigan "Made in
HURMATLI TADBIRKORLAR! 🇺🇿 2026-yil 23–24-iyul kunlari Qozogʻiston Respublikasining Aktau shahrida boʻlib oʻtadigan "Made in Uzbekistan" milliy sanoat koʻrgazmasida ishtirok etishga taklif etamiz. 🌐 Mazkur koʻrgazma Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlik doirasida tashkil etilib, Qoʻshma Hukumatlararo komissiya yigʻilishi hamda Hududlar rahbarlari kengashining birinchi yigʻilishi bilan bir vaqtda oʻtkaziladi. 🤝 Ishtirokchilarga yaratiladigan imkoniyatlar: — Qozogʻiston bozoriga chiqish; — Yangi biznes hamkorlar va xaridorlar bilan B2B uchrashuvlari; — Mahsulot va xizmatlarni xalqaro maydonda namoyish etish; — Eksport geografiyasini kengaytirish; — Davlat delegatsiyalari hamda yirik kompaniyalar vakillari bilan biznes muloqotlar oʻtkazish. ✔️ Mahsulotlaringizni xalqaro bozorda targʻib qilish va eksport salohiyatini oshirishni rejalashtirayotgan boʻlsangiz, ushbu koʻrgazma siz uchun muhim imkoniyatdir. 📞 Aloqa uchun: +998 95 950-99-19 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat  #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 “Made in Uzbekistan” milliy stendi INNOPROM–2026 xalqaro sanoat ko‘rgazmasida o‘z faoliyatini boshladi 🟠2026-yilning 6–
+6
🇺🇿 “Made in Uzbekistan” milliy stendi INNOPROM–2026 xalqaro sanoat ko‘rgazmasida o‘z faoliyatini boshladi 🟠2026-yilning 6–9-iyul kunlari Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tayotgan INNOPROM–2026 xalqaro sanoat ko‘rgazmasida “Made in Uzbekistan” milliy stendi o‘z faoliyatini boshladi. 🟠Milliy stend mamlakatimizning sanoat salohiyati, innovatsion ishlanmalari hamda eksportbop mahsulotlarini xalqaro hamjamiyatga keng namoyish etishga xizmat qilmoqda. 🟠Milliy stendda turli tarmoqlarda faoliyat yuritayotgan mahalliy korxonalar bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan yengil sanoatning 3 ta yetakchi yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat yuritayotgan korxonalar mahsulotlari ham namoyish etilmoqda. 🟠Ko‘rgazma doirasida yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, eksport shartnomalarini imzolash, investitsiyalarni jalb etish hamda o‘zbek mahsulotlarining xalqaro bozordagi raqobatbardoshligini yanada mustahkamlash bo‘yicha qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 🟠Shuningdek, mazkur ko‘rgazmadagi ishtirok O‘zbekistonning eksport salohiyatini yanada oshirish, milliy brendlarni xalqaro bozorlarda keng targ‘ib qilish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning global qiymat zanjirlariga integratsiyasini jadallashtirish hamda mamlakatimiz yengil sanoati mahsulotlarining xalqaro bozordagi raqobatbardoshligini mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat  #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 2026-yilning 6-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi
+4
🇺🇿 2026-yilning 6-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktorining o‘rinbosari Ruxullo Zikrillayev Belarus Respublikasiga xizmat safari doirasida Mogilev shahrida joylashgan “Моготекс” yirik to‘qimachilik korxonasiga tashrif buyurdi. 🟠Tashrif davomida korxonaning zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari, xomashyodan tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan texnologik jarayonlari, sifat nazorati tizimi hamda eksport salohiyati ko‘zdan kechirildi. 🟠Ma'lumot uchun, 1970-yilda tashkil etilgan “Моготекс” Belarus Respublikasining to‘qimachilik sanoatidagi eng yirik korxonalaridan biri hisoblanadi. Korxona mudofaa sanoati, uy tekstili hamda turli maqsadlar uchun mo‘ljallangan to‘qimachilik matolarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Shuningdek, korxonada maxsus texnik matolar, forma va maxsus kiyimlar uchun gazlamalar, mehmonxona va tibbiyot muassasalari uchun tekstil mahsulotlari ham ishlab chiqariladi. Korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 37 million kvadrat metr matoni tashkil etadi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlar Belarus ichki bozoridan tashqari MDH davlatlari, Yevropa va boshqa xorijiy mamlakatlarga ham eksport qilinadi. 🟠Muzokaralar davomida O‘zbekiston va Belarus korxonalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, xomashyo va tayyor mahsulotlarni o‘zaro yetkazib berish, qo‘shma ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish hamda savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. 🟠Yakunda tomonlar hamkorlik aloqalarini kengaytirish va istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishdilar. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat  #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan tadbirkorlar b
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan tadbirkorlar bilan o‘zaro aloqani yanada qulay va samarali tashkil etish maqsadida zamonaviy murojaat yuborish tizimi joriy etildi. 🟠Foydalanuvchilar murojaatni quyidagi usullar orqali yuborishlari mumkin:rasmiy veb-sayt orqali — Telegram bot orqali 🟠Murojaat yuborish uchun elektron shaklni to‘ldirish zarur bo‘lib, unda asosiy ma’lumotlar (kompaniya haqida ma’lumot, aloqa ma’lumotlari, murojaat mazmuni) kiritiladi hamda zaruratga ko‘ra qo‘shimcha fayllar ilova qilinadi. 🟠Murojaat yuborilgandan so‘ng unga maxsus identifikatsiya raqami beriladi va ushbu raqam orqali murojaat holatini onlayn tarzda kuzatish mumkin. ⏳ Murojaatlarni ko‘rib chiqish muddati 14 ish kunigacha. ✅ Mazkur tizim murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonining shaffofligi, tezkorligi va qulayligini ta’minlaydi hamda mijozlar bilan samarali aloqani mustahkamlaydi. ———— 🇺🇿 Агентством по развитию легкой промышленности при Кабинете Министров Республики Узбекистан внедрена современная система подачи обращений с целью обеспечения более удобного и эффективного взаимодействия с клиентами. 🟠Пользователи могут направить обращение следующими способами: — через официальный сайт — через Telegram-бот 🟠Для отправки обращения необходимо заполнить электронную форму, указав основные данные (информация о компании, контактные данные, суть обращения), а при необходимости — прикрепить дополнительные материалы. 🟠После успешной отправки обращению присваивается уникальный номер, который позволяет отслеживать статус его рассмотрения в режиме онлайн. ⏳Срок рассмотрения обращения составляет до 14 рабочих дней. ✅ Данная система обеспечивает прозрачность, удобство и оперативность обработки обращений, а также повышает эффективность взаимодействия с клиентами. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 Joriy yilning 6-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentlig
+6
🇺🇿 Joriy yilning 6-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktorining o‘rinbosari Ruxullo Zikrillayev Belarus Respublikasiga xizmat safari doirasida Mogilev shahrida joylashgan "Lenta" fabrikasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. 🟠Tashrif davomida korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari, zamonaviy texnologik jarayonlari hamda mahsulot assortimenti ko‘zdan kechirildi. 🟠1960-yilda tashkil etilgan "Lenta" fabrikasi Belarusning ushbu yo‘nalishdagi yetakchi korxonalaridan biri bo‘lib, asosan mudofaa sanoati, uy tekstili hamda tibbiyotda birlamchi yordam vositalari uchun mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqaradi. Korxona mahsulotlari ichki bozor bilan bir qatorda xalqaro bozorlarga ham eksport qilinadi. 🟠Muzokaralar davomida O‘zbekiston va Belarus korxonalari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, xomashyo va tayyor mahsulotlarni o‘zaro yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Yakunda ushbu yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat  #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 2026-yil 6-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi dir
+9
🇺🇿 2026-yil 6-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktorining o‘rinbosari Ruxullo Zikrillayev Belarus Respublikasiga xizmat safari doirasida Belarusning Orsha shahrida joylashgan "Orshanskiy Lyon Kombinati" faoliyati bilan yaqindan tanishdi. 🟠Tashrif davomida korxonaning xomashyodan tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan to‘liq ishlab chiqarish sikli, zamonaviy texnologiyalari hamda ishlab chiqarish quvvatlari ko‘zdan kechirildi. 🟠Ma’lumot uchun, "Orshanskiy Lyon Kombinati" 1930-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Belarus Respublikasining yengil sanoatdagi yirik va ko‘p yillik tajribaga ega korxonalaridan biri hisoblanadi. Korxona to‘liq ishlab chiqarish sikliga ega bo‘lib, mahsulotlari ichki bozor bilan bir qatorda xorijiy mamlakatlarga ham eksport qilinadi. 🟠Uchrashuv davomida O‘zbekiston korxonalari bilan hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish, yangi turdagi matolar va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, ishlab chiqarish hajmlarini oshirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat  #Rivojlanish #Agentlik