ch
Feedback

不要被骗子欺骗!Telemetrio 会找到并标记这些频道 👉 如果想查看标记,请订阅

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi

前往频道在 Telegram

O‘zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligining rasmiy telegram kanali Sahifalarimiz: https://taplink.cc/adli_uz 100192, Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 109 Ishonch telefoni: 71203-77-80

显示更多
未指定国家未指定类别

📈 Telegram 频道 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi 的分析概览

频道 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi (@adli_uz_official) 是活跃参与者。目前社区聚集了 10 278 名订阅者,在 其他 类别中位列第 。

📊 受众指标与增长动态

自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 10 278 名订阅者。

根据 11 十一月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 23,过去 24 小时变化为 -86,整体触达仍然可观。

  • 认证状态: 未认证
  • 互动率 (ER): 平均受众互动率为 6.45%。内容发布后 24 小时内通常能获得 4.74% 的反应,占订阅者总量。
  • 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 668 次浏览,首日通常累积 491 次浏览。
  • 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 5。

📝 描述与内容策略

作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“O‘zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligining rasmiy telegram kanali Sahifalarimiz: https://taplink.cc/adli_uz 100192, Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 109 Ishonch telefoni: 71203-77-80”

凭借高频更新(最新数据采集于 12 十一月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 其他 类别中的关键影响点。

10 278
订阅者
-8624 小时
-1527 天
+2330 天
帖子存档
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrifni “Qashqadaryo” erkin iqtisodiy zonasidagi “Sulton Tex Group” toʻ
+6
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrifni “Qashqadaryo” erkin iqtisodiy zonasidagi “Sulton Tex Group” toʻqimachilik klasteri fabrikasining faoliyati bilan tanishishdan boshladi. — Президент Шавкат Мирзиёев начал поездку в Кашкадарьинскую область с ознакомления с деятельностью фабрики текстильного кластера «Sulton Tex Group» в свободной экономической зоне «Кашкадарья». #Mirziyoyev #safar #Qashqadaryo #tuqimachilik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Qadring baland bo‘lsin, ona tilim! 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish
Qadring baland bo‘lsin, ona tilim! 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi barcha yurtdoshlarimizni 21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy muborakbod etadi! 🟠O‘zbek tili — milliy o‘zligimiz, ma’naviy boyligimiz va xalqimizning bebaho qadriyatidir. Ona tilimizni asrab-avaylash, uning sofligini saqlash, boy imkoniyatlarini keng namoyon etish va kelajak avlodga munosib yetkazish barchamizning sharafli burchimizdir. 🟠Davlat tiliga bo‘lgan hurmatni yuksaltirish, uni kundalik faoliyatimizda va ish yuritish jarayonlarida to‘g‘ri qo‘llash, o‘zbek tilining nufuzini yanada mustahkamlash yo‘lida birgalikda harakat qilishimiz muhim ahamiyatga ega. ✨Ona tilimiz doimo ardoqda, qadrimiz va g‘ururimiz timsoli bo‘lib qolsin! 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat  #Rivojlanish #Agentlik

#Light_Industry_News 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatini rivojlantirish agentligi tomonidan yengil sanoat sohasidagi eng muhim yangiliklar va imkoniyatlar sizga atigi 2 daqiqada, aniq va tushunarli tarzda yetkaziladi. 🟠Mazkur video orqali “Yengil sanoatni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” tomonidan tadbirkorlarga taqdim etilayotgan keng imkoniyatlar bilan tanishing. ☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998 (71) 203 77 72 (411), (412), (413), (420) #YengilSanoat #IndustrialNews #Rivojlanish

"Yengil sanoatni moliyaviy qo'llab-quvvatlash jamg'armasi" tomonidan yengil sanoat sohasidagi tadbirkorlik subyektlariga Huku
+9
"Yengil sanoatni moliyaviy qo'llab-quvvatlash jamg'armasi" tomonidan yengil sanoat sohasidagi tadbirkorlik subyektlariga Hukumat qarorida belgilagan quyidagi yo'nalishlarda ko'mak beradi. ✅ Standartlashtirish va sertifikatlashning xalqaro tizimlarini joriy etish 🟠Yengil sanoat mahsulotlarini xorijiy bozorlarga olib chiqish uchun xalqaro standartlar muhim ahamiyatga ega. 🟠Jamg‘arma tomonidan tadbirkorlarga xalqaro standartlar va sertifikatlarni (ISO, OEKO-TEX, GOTS va boshqalar) joriy etish bilan bog‘liq xarajatlar moliyaviy qo‘llab-quvvatlanadi. — Sertifikatlash xizmatlari — Laboratoriya sinovlari — Konsalting va texnik hujjatlarni tayyorlash 🟠Bu imtiyoz mahsulotlaringizning raqobatbardoshligini oshiradi va eksport imkoniyatlarini kengaytiradi. ✅ Yarmarka va ko‘rgazmalarda ishtirok etish 🟠Jamg‘arma yengil sanoat korxonalarining xalqaro va mahalliy yarmarka hamda ko‘rgazmalarda ishtirok etish xarajatlarini qoplaydi. — Stend ijarasi — Ekspozitsiya tayyorlash — Ro‘yxatdan o‘tish to‘lovlari ✅ Eksportoldi moliyalashtirish krediti uchun resurs ajratish 🟠Jamg‘arma eksportoldi moliyalashtirish krediti uchun tijorat banklariga resurs ajratadi. — Xomashyo xaridi — Ishlab chiqarish — Yetkazib berish ✅ Sug‘urta mukofoti xarajatlarini kompensatsiya qilish 🟠Jamg‘arma tomonidan eksport shartnomalari bo‘yicha sug‘urta mukofoti xarajatlarining bir qismi kompensatsiya qilinadi. — Tadbirkor moliyaviy xavflardan himoyalanadi — Eksport faoliyati yanada barqaror bo‘ladi ✅ Tovar va xizmatlarni xalqaro elektron savdo maydonchalarida joylashtirish 🟠Jamg‘arma Amazon, Alibaba, Etsy va boshqa xalqaro elektron savdo platformalarida mahsulotlarni joylashtirish xarajatlarini qo‘llab-quvvatlaydi. — Platformaga joylashtirish — Kontent va katalog tayyorlash — Raqamli reklama ✅ Xorijiy davlatlarda savdo uylarini ochish va saqlash 🟠Jamg‘arma xorijiy davlatlarda savdo uylarini ochish va saqlash, shuningdek: — Ofis — Savdo va ombor binolari — Ijara xarajatlarini qoplashda yordam beradi. ✅ Xorijiy konsalting kompaniyalar va mutaxassislarni jalb qilish 🟠Jamg‘arma xorijiy konsalting kompaniyalari va malakali mutaxassislarni jalb qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplaydi. — Strategiya — Marketing — Eksportni rivojlantirish ✅ Xorijdan malakali dizayner va mutaxassislarni jalb qilish 🟠Jamg‘arma yengil sanoat korxonalariga xorijdan dizayner, texnolog, marketolog va konstruktorlarni jalb qilish xarajatlarini qoplab beradi. — Dizayn sifati oshadi — Mahsulot zamonaviylashadi ✅ Moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar asosida yuritish 🟠Jamg‘arma moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar (IFRS) asosida yuritishni joriy qilish xarajatlarini qo‘llab-quvvatlaydi. — Konsalting — Hisobotlarni moslashtirish ✅ Ishlab chiqarish biznes jarayonlarini avtomatlashtirish 🟠 Jamg‘arma ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtiradi. — ERP, CRM tizimlari — Xarajatlarni kamaytirish — Samaradorlikni oshirish ✅ Brendlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va jalb qilish Brend — bu sizning imijingiz. 🟠Jamg‘arma mahalliy va xorijiy bozorlarda brendlarni ro‘yxatdan o‘tkazish hamda rivojlantirish xarajatlarini qoplaydi. — Tovar belgisi — Xalqaro himoya ✅ Qo'shimcha ma'lumotlar uchun Yengil sanoatni rivojlantirish Agentligi mas‘ul xodimiga murojaat qiling. ☎️ +998 (71) 203 77 72 (411), (412), (413), (420) ✅ Arizani quyidagi havola orqali yuborishingiz mumkin: https://adli.uz/ 🌐 https://gov.uz/oz/adli #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 2026-yil 20-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi
+9
🇺🇿 2026-yil 20-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi xodimlari “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori ostida o‘tkazilgan “Umummilliy diktant” loyihasida faol ishtirok etdilar. 🟠Mazkur tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi “Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-308-son qarori ijrosini ta’minlash hamda davlat tilining nufuzini oshirish maqsadida tashkil etildi. 📝 Diktant davomida Agentlik xodimlari o‘zbek adabiy tili me’yorlari, imlo qoidalari va tinish belgilariga oid bilimlarini sinovdan o‘tkazib, yozma savodxonlik darajalarini namoyon etdilar. 🟠Loyihaning asosiy maqsadi davlat organlari va tashkilotlari xodimlari o‘rtasida yozma savodxonlik madaniyatini yuksaltirish, ona tilimizga bo‘lgan hurmatni mustahkamlash hamda davlat tilining jamiyatdagi nufuzini yanada oshirishdan iborat. 🟠Bunday ma’rifiy tadbirlar xodimlarning davlat tilida ish yuritish madaniyatini rivojlantirish, rasmiy hujjatlarni savodli va xatosiz tayyorlash ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qiladi. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat  #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿2026-yilning 16-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentli
+2
🇺🇿2026-yilning 16-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodov Jizzax viloyatiga tashrifi doirasida hududdagi bir qator yengil sanoat korxonalarida bo‘ldi. 🟠Tashrif davomida Jizzax shahrida joylashgan “Jizzax tekstil”, “Sharof Rashidov tekstil”, “Jizzax Kent Tekstil”, “Rus teks invest”, “Jizzax Toshtepa”, “Jada Kolor”, “Euroasia Gilamlari”, “O‘z Turk Charm”, “Jizzax Eko Tekstil” hamda “Jizzax Jun (Rus-Sal)” MCHJ korxonalarining ishlab chiqarish jarayonlari va faoliyati bilan yaqindan tanishildi. 🟠O‘rganishlar jarayonida korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlari, mavjud infratuzilmasi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hamda faoliyatni yanada kengaytirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. 🟠Shuningdek, korxona rahbarlari bilan muloqotlarda ishlab chiqarish hajmini oshirish, mahsulotlar assortimentini kengaytirish, eksport yo‘nalishlarini rivojlantirish va tarmoqda mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi. 🟠Tashrif yakunida korxonalar faoliyatini rivojlantirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda tadbirkorlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan masalalarga e’tibor qaratildi. 📌 Bunday tashriflar ishlab chiqaruvchilar bilan bevosita muloqotni mustahkamlash, sohadagi mavjud muammolarni joyida o‘rganish va yengil sanoat tarmog‘ini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat  #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari Ru
+4
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari Ruxullo Zikrillayev Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi savdo attashesi Rahmatollah Xormali bilan uchrashuv o‘tkazdi. 🟠Muloqot davomida ikki mamlakat o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, yengil sanoat sohasidagi hamkorlikni kengaytirish hamda ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. 🟠Xususan, O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlarining Eron bozoriga eksportini kengaytirish, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish hamda ikki mamlakat korxonalari o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi. 🟠Uchrashuvda O‘zbekiston yengil sanoatining ishlab chiqarish va eksport salohiyati, mavjud sanoat imkoniyatlari hamda xorijiy hamkorlar bilan o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. 🟠Shuningdek, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi hamkorlikni faollashtirish, yangi savdo sherikliklarini yo‘lga qo‘yish, investitsiyaviy aloqalarni kengaytirish hamda qo‘shma ishlab chiqarish tashabbuslarini ilgari surish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. 🟠Muzokaralar davomida O‘zbekiston va Eronning mavjud sanoat va eksport salohiyatidan samarali foydalanish, o‘zaro savdo aloqalarini diversifikatsiya qilish hamda yengil sanoat sohasida uzoq muddatli va barqaror hamkorlikni rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi. 🟠Uchrashuv yakunida tomonlar ikki tomonlama savdo-iqtisodiy munosabatlarni yanada mustahkamlash, manfaatdor korxonalar o‘rtasida amaliy hamkorlikni kengaytirish hamda istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha konstruktiv muloqotni davom ettirishga o‘zaro qiziqish bildirdilar. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat  #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 2027-YIL 1-CHORAGIDA TAVSIYA ETILADIGAN XALQARO KO‘RGAZMALAR 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
🇺🇿 2027-YIL 1-CHORAGIDA TAVSIYA ETILADIGAN XALQARO KO‘RGAZMALAR 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan 2027-yilning birinchi choragida yengil sanoat korxonalari uchun tavsiya etiladigan nufuzli xalqaro ko‘rgazmalar ro‘yxati taqdim etiladi.
1. Heimtextil 2027
📅 12–15-yanvar 📍Frankfurt, Germaniya
2. Apparel Sourcing New York City 2027 va Texworld New York City 2027
📅 19–21-yanvar 📍Nyu-York, AQSH
3. Texworld / Apparel Sourcing Paris
📅 25–27-yanvar 📍Parij, Fransiya
4. Pure London
📅 7–10-fevral 📍London, Buyuk Britaniya 🟠Mazkur xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etish mahalliy ishlab chiqaruvchilarga yangi hamkorlar topish, xalqaro bozorlarga chiqish, eksport geografiyasini kengaytirish hamda o‘z mahsulotlarini jahon miqyosida namoyish etish uchun muhim imkoniyat yaratadi. 🟠Xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etish orqali mahsulotlaringizni yangi bozorlarga olib chiqing va biznesingiz rivoji uchun yangi imkoniyatlardan foydalaning!
➡️ Arizani quyidagi havola orqali yuborishingiz mumkin: https://adli.uz/uz/events?p_slug=parent_exhibition&ch_slug=exhibition
🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat  #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 Joriy yilning 15-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agent
+2
🇺🇿 Joriy yilning 15-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodovning Jizzax viloyatiga tashrifi doirasida hududdagi bir qator yengil sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishildi. 🟠Tashrif davomida Mirzacho‘l tumanidagi “Mirzacho‘l tekstil”, Do‘stlik tumanidagi “Sentez Do‘stlik tekstil Aksesuari” MCHJ, Arnasoy tumanidagi “Arnasoy gold tekstil”, Paxtakor tumanidagi “Paxtakor tekstil” va “Paxtakor gold tekstil” MCHJ, Sharof Rashidov tumanidagi “Bokar tekstil” MCHJ, Jizzax shahridagi “Ramiza Silk” MCHJ, Zarbdor tumanidagi “Zarbdor tekstil” MCHJ hamda Bo‘ston shaharchasidagi “Betlis Tekstil” MCHJ korxonalarining ishlab chiqarish faoliyati o‘rganildi. 🟠Muloqotlar davomida korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, mahsulot turlarini ko‘paytirish, eksport bozorlariga chiqish imkoniyatlarini mustahkamlash, mavjud ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish hamda tadbirkorlarni qiynayotgan masalalarni hal etish yuzasidan fikr almashildi. 🟠Shuningdek, tarmoqni rivojlantirish, korxonalar faoliyatining samaradorligini oshirish va yangi loyihalarni amalga oshirish istiqbollariga e’tibor qaratildi. 🟠Hududiy korxonalar faoliyatini chuqur o‘rganish, ishlab chiqaruvchilar bilan bevosita muloqot qilish va mavjud imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish yengil sanoat tarmog‘ining barqaror rivojlanishi hamda uning iqtisodiyotdagi o‘rnini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat  #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 O‘zbekiston paxta mahsulotlarini Yaponiya bozoriga eksport qilish istiqbollari muhokama qilindi 🇺🇿Joriy yilning 14-okt
+4
🇺🇿 O‘zbekiston paxta mahsulotlarini Yaponiya bozoriga eksport qilish istiqbollari muhokama qilindi 🇺🇿Joriy yilning 14-oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari Ruxullo Zikrillayev Yaponiyaning “MASUI Co., Ltd.” kompaniyasi ikkinchi savdo bo‘limi menejeri Chinori Tokita hamda “MASUI Tashkent” MChJ vakili Sh. Shomurodov bilan uchrashdi. 🟠Uchrashuvda O‘zbekiston paxtasini “contamination-free” dasturi asosida yetishtirish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini Yaponiya bozoriga eksport qilish masalalari muhokama qilindi. 🟠Muzokaralar yakunida Yaponiya bozori uchun oq futbolka namunasini tayyorlash va sinovdan o‘tkazish bo‘yicha amaliy ishlarni boshlashga kelishib olindi. Namuna belgilangan talablarga muvofiq deb topilgan taqdirda, mahsulot yetkazib berish bo‘yicha buyurtma berish ko‘zda tutilgan. 🟠Mazkur hamkorlik mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini oshirish va O‘zbekiston yengil sanoati mahsulotlarining Yaponiya bozoriga kirib borishini kengaytirishga xizmat qiladi. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat  #Rivojlanish #Agentlik

#OAV_biz_haqimizda #Axborot24 | 14.10.2026 O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari xalqaro bozorda 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik #Eksport

#OAV_biz_haqimizda O‘zekspomarkazda tashkil etilgan to‘qimachilik sanoati ko‘rgazmasi tafsiloti. 🔗 Manba: https://t.me/toshkentkanali/20082 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

+1
#АХБОРОТ24 🇺🇿O‘zekspomarkaz pavilyonlarida nufuzli xalqaro Heimtextil Uzbekistan-2026 ko‘rgazmasi davom etmoqda! 🔗 Manba: t.me/uzbekistan24_tvnews 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🌍 Byurokratiyaga qarshi kurashda sizning ovozingiz muhim! 🟠“Byurokratiyani bartaraf etish – 2030” dasturi doirasida Strateg
+4
🌍 Byurokratiyaga qarshi kurashda sizning ovozingiz muhim! 🟠“Byurokratiyani bartaraf etish – 2030” dasturi doirasida Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi tomonidan “Byurokratiyasiz O‘zbekiston” ommaviy tashabbusi amalga oshirilmoqda. 🟠Maqsad — fuqarolar va tadbirkorlarning fikr-mulohazalari asosida ortiqcha byurokratik jarayonlarni qisqartirish va davlat xizmatlarini soddalashtirish. 🟠Sizni charchatgan ortiqcha hujjat yoki cho'zilgan jarayon bormi? Bizga xabar bering — har bir muammo o'zgarish uchun imkoniyatdir. 🟠 O'z takliflaringiz bilan islohotlarga hissa qo'shing. ➡️ murojaat.byurokratiyasiz2030.uz 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #ommaviytashabbus #byurokratiyanibartarafetish2030

#OAV_biz_haqimizda O‘zekspomarkazda tashkil etilgan to‘qimachilik sanoati ko‘rgazmasi tafsiloti. 🔗 Manba: https://t.me/Yangidavr_rasmiy/30919 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 2026-yilning 13-oktabr kuni Toshkent shahrida Heimtextil Uzbekistan 2026 xalqaro ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekiston va Po
+6
🇺🇿 2026-yilning 13-oktabr kuni Toshkent shahrida Heimtextil Uzbekistan 2026 xalqaro ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekiston va Polsha ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida “O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlarini Yevropa bozoriga olib chiqish” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 🟠Tadbirda Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktorining o‘rinbosari Ruxullo Zikrillayev, Polsha Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Marian Przeździecki, PTAK Holding boshqaruvi raisi Nina Ryszka-Olbrychowska, Polshaning Wiliński kompaniyasi vakili Andrzej Wiliński, Pepco Group kompaniyasining yetkazib beruvchilarni izlash yo‘nalishi rahbari Jakub Ponedzelski, shuningdek, mahalliy yengil sanoat korxonalari vakillari ishtirok etdi. 🟠Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Polsha o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, mahalliy to‘qimachilik mahsulotlarini Yevropa bozorida ilgari surish, shuningdek, ishlab chiqaruvchilar va xorijiy xaridorlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishbilarmonlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. 🟠Alohida e’tibor Polshadagi yirik savdo-ko‘rgazma majmualaridan biri — PTAK Fashion City imkoniyatlariga qaratildi. Unda o‘zbek ishlab chiqaruvchilarining mahsulotlarini doimiy joylashtirish, ulgurji savdoni tashkil etish, yevropalik xaridorlar bilan hamkorlik qilish hamda o‘zbek kompaniyalarining Polsha bozorida doimiy ishtirokini yo‘lga qo‘yish mexanizmlari taqdim etildi. 🟠Polsha tomoni vakillari, shuningdek, ishtirokchilarni Yevropa bozorining mahsulot assortimenti, dizayn va materiallar, mahsulot sifati, buyurtmalar hajmi, yetkazib berish muddatlari hamda logistika bo‘yicha talablari bilan tanishtirdilar. 🟠Tadbir yakunida o‘zbek mahsulotlarini Yevropa bozoriga olib chiqish masalalari va istiqbollari yuzasidan ochiq muhokama o‘tkazildi. 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

#OAV_biz_haqimizda O‘zbek yengil sanoatining global integratsiyasi 🔗 Manba: https://t.me/joyida_informatsion/12983 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

Polshaning eng yirik kiyim-kechak markazi delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurmoqda! 🇺🇿Markaziy Yevropadagi ulkan to‘q
Polshaning eng yirik kiyim-kechak markazi delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurmoqda! 🇺🇿Markaziy Yevropadagi ulkan to‘qimachilik majmuasi — "Ptak Fashion City" savdo markazi boshqaruvi raisi Nina Rishka-Olbrixovska boshchiligidagi Polsha delegatsiyasi mamlakatimizga tashrif buyurmoqda. 🟠Tashrif doirasida joriy yilning 13-oktabr kuni soat 09:45 da "O‘zekspomarkaz" 2-pavilonida “O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari uchun Yevropaga darvoza” mavzusida panel sessiya va tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etiladi. ✅ Ushbu uchrashuvda ishtirok etish uchun quyidagi tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilarni taklif qilamiz: — "Ptak Fashion City" majmuasida o‘z savdo do‘konlarini ochish va Yevropa bozoriga chiqish istagida bo‘lganlar; — "Wiliński", "Pepco Group", "Big Star" va "Puma" kompaniyalari bilan eksport qilish yuzasidan muzokaralar olib borishni xohlovchilar. 🟠Yevropa bozoriga eshik ochayotgan ushbu nufuzli uchrashuvni qo‘ldan boy bermang!
ℹ️ Ma’lumot uchun: — "Ptak Fashion City" — Polshadagi Markaziy Yevropaning eng yirik ulgurji kiyim-kechak va to‘qimachilik savdo markazidir. Unda 2500 dan ortiq ishlab chiqaruvchilarning shourumlari joylashgan bo‘lib, butun Yevropa bo‘ylab kiyim biznesi vakillari uchun asosiy xarid markazi hisoblanadi.
🤝 Muzokaralarga taklif etamiz! 📞 Ro‘yxatdan o‘tish uchun bog‘lanish: +998909172018 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

#birinchi_kun 🇺🇿 Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” majmuasida tashkil etilgan Heimtextil Uzbekistan, Texworld Tashkent v
+9
#birinchi_kun 🇺🇿 Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” majmuasida tashkil etilgan Heimtextil Uzbekistan, Texworld Tashkent va Apparel Sourcing Tashkent xalqaro ko‘rgazmalari qizg‘in davom etmoqda. 🟠Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Qosimovich ko‘rgazma jarayonlari bilan yaqindan tanishib, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyati, namoyish etilayotgan mahsulotlar assortimenti hamda xalqaro hamkorlik imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratdi. 🟠Ayni paytda ko‘rgazmalar doirasida xalqaro ekspertlar ishtirokidagi panel sessiyalar, sohaviy ma’ruzalar, shuningdek, tadbirkorlar va xorijiy hamkorlar o‘rtasida B2B hamda davlat tashkilotlari vakillari bilan G2B formatidagi uchrashuvlar faol davom etmoqda. 🟠Muzokaralarda eksport geografiyasini kengaytirish, xalqaro brendlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ishlab chiqarishga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, xalqaro standartlarga muvofiqlikni ta’minlash hamda mahalliy korxonalarning global qiymat zanjirlaridagi ishtirokini kuchaytirish masalalariga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. ✅ 6 ta davlatdan 200 ta kompaniya ishtirok etayotgan mazkur nufuzli xalqaro platforma O‘zbekiston yengil sanoatining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, milliy mahsulotlarni jahon bozorlarida keng targ‘ib qilish va yangi eksport shartnomalari uchun mustahkam zamin yaratmoqda. 🟠Agentlik tomonidan mahalliy ishlab chiqaruvchilarning xalqaro bozorlarga integratsiyalashuvini jadallashtirish, tadbirkorlar uchun yangi savdo imkoniyatlarini ochish va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar eksportini rag‘batlantirish borasidagi tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda. 📍Ko‘rgazmalar 14-oktabrga qadar davom etadi. 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #HeimtextilUzbekistan #TexworldTashkent #ApparelSourcing #MadeInUzbekistan

#birinchi_kun 🇺🇿 2026-yil 12-oktabr kuni Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
+9
#birinchi_kun 🇺🇿 2026-yil 12-oktabr kuni Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi ko‘magidaHeimtextil Uzbekistan, Texworld Tashkent va Apparel Sourcing Tashkent hamda  xalqaro ko‘rgazmalari o‘z ishini boshladi. 🟠Messe Frankfurt xalqaro brendlari ostida tashkil etilgan ko‘rgazmalarda 6 ta davlatdan 200 ta kompaniya ishtirok etmoqda. Shuningdek, 15 dan ortiq mamlakatdan 150 dan ziyod kompaniyani ifodalovchi 5 000 dan ortiq xalqaro xaridorlar (bayerlar) ro‘yxatdan o‘tgan. 🟠Ko‘rgazmalar doirasida mahalliy ishlab chiqaruvchilar va xorijiy xaridorlar o‘rtasida B2B uchrashuvlar, eksport muzokaralari hamda yangi investitsiyaviy va kooperatsion hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. 🟠Alohida e’tiborga molik jihati, Agentlik tomonidan “Made in Uzbekistan” milliy pavilonida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning ishtiroki 100 foiz subsidiyalanmoqda. Bu kichik va o‘rta biznes vakillarining xalqaro bozorlarga chiqishi, yangi buyurtmachilar topishi va eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. 🟠Ko‘rgazmalarda uy to‘qimachiligi, matolar, ip-kalava, tayyor kiyim-kechak mahsulotlari bilan bir qatorda, zamonaviy texnologik uskunalar va innovatsion ishlab chiqarish yechimlari ham namoyish etilmoqda. ✅ Mazkur xalqaro platforma O‘zbekiston yengil sanoatining global ta’minot zanjirlariga integratsiyalashuvini jadallashtirish, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar eksportini kengaytirish hamda mamlakatimizning xalqaro to‘qimachilik bozoridagi raqobatbardosh mavqeini mustahkamlashda strategik ahamiyat kasb etadi. 📍Manzil: Toshkent shahri, “O‘zekspomarkaz” MKK. 📅 Ko‘rgazmalar 14-oktabrga qadar davom etadi. 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #HeimtextilUzbekistan #TexworldTashkent #ApparelSourcing #MadeInUzbekistan