fa
Feedback

فریب کلاهبرداران را نخورید! تل‌متریو این کانال‌ها را شناسایی و برچسب‌گذاری می‌کند 👉 برای مشاهده برچسب، اشتراک تهیه کنید

Toshkent shahar YHTEM | ЦОДД Ташкента

Toshkent shahar YHTEM | ЦОДД Ташкента

رفتن به کانال در Telegram

Toshkent shahrida Yo‘l harakatini tashkil etish markazining rasmiy kanali. 🚦 Transport tizimi boshqaruvi 📈 Tirbandliklarning oldini olish 📍 Toshkent shahrida harakat xavfsizligi Murojaat, shikoyat va takliflar uchun @codd_tashkent_bot ga yozish mumkin.

نمایش بیشتر
7 387
مشترکین
-824 ساعت
-1837 روز
-7030 روز
آرشیو پست ها
Repost from Poytaxt Parking
Ogoh böling‼️ Poytaxt Parking nomidan soxta SMS-xabarlar tarqatilmoqda. Xabarda avtoturargoh uçun tölov amalga oşirilmagani a
+3
Ogoh böling‼️ Poytaxt Parking nomidan soxta SMS-xabarlar tarqatilmoqda. Xabarda avtoturargoh uçun tölov amalga oşirilmagani aytilib, «qarzdorlik»ni yopiş uçun havola orqali ötiş taklif qilinadi. Poytaxt Parking bunday xabarlarni yubormaydi. Muhim: — havola orqali ötmang hamda bank kartangiz ma’lumotlari va avtomobil raqamini kiritmang; — xabarni öçirib taşlang; — agar karta ma’lumotlarini kiritişga ulgurgan bölsangiz, darhol bankingizga murojaat qilib, kartani bloklang. Pullik parkovka tölovi holatini faqat Poytaxt Parking ilovasidagina tekşiriş mumkin. Savollaringiz bölsa, bizga töğridan-töğri quyidagi telefon raqami orqali qönğiroq qiling: 78 113 67 00 yoki @PoytaxtParkingsupportbot botiga yozing. Biz, albatta, vaziyatga oydinlik kiritamiz va javob beramiz🙌️️️️️️ ____ Будьте бдительны‼️ Фейк рассылка SMS от имени Poytaxt Parking. В сообщении говорится о неоплаченной парковке и предлагается перейти по ссылке, чтобы погасить «задолженность». Poytaxt Parking не рассылает подобные сообщения. Важно: — не переходить по ссылке и не вводить данные банковской карты и номер автомобиля; — удалить сообщение; — если данные карты уже были введены, сразу обратиться в свой банк и заблокировать карту. Проверить статус оплаты парковки можно только в приложении Poytaxt Parking. Если возникли вопросы — позвоните нам напрямую по номеру телефона: 78 113 67 00 или напишите в @PoytaxtParkingsupportbot Мы обязательно разберёмся и ответим🙌️️️️️️

🚌 Почему у автобуса должна быть своя полоса? Разберёмся спокойно и на цифрах Каждый, кто ездит по Ташкенту в час пик, знает цену пробки: время, опоздания, нервы. Кажется, что решение — расширить дороги. Но мировой опыт показывает: новые полосы быстро заполняются машинами, и пробка возвращается. Поэтому крупные города считают не машины, а людей.
📊 Сравним • В автомобиле в среднем едут 1–2 человека, в автобусе — до 60. • Чтобы перевезти пассажиров одного автобуса на машинах, нужно около 40 автомобилей — колонна почти в четверть километра. • Обычная полоса пропускает около 700 машин в час — это примерно 1 000 человек. • Полоса, по которой каждые 2 минуты идёт автобус, — 1 800 человек в час. Почти вдвое больше на той же ширине дороги.
Каждый день сотни тысяч ташкентцев едут на работу и учёбу на общественном транспорте, и их время стоит не меньше, чем время водителя. Отсюда простой и справедливый принцип: приоритет на улице — у того, кто везёт больше людей.
🚦 Зачем именно отдельная полоса Если автобус стоит в общей пробке, он опаздывает.
Люди перестают ему доверять и пересаживаются на машину
.
Машин становится больше, пробки — сильнее, автобус — ещё медленнее
. Замкнутый круг. Выделенная полоса BRT его разрывает: автобус едет независимо от пробки, приходит вовремя,
и ему снова начинают доверять.
📍 В Ташкенте это уже работает На улице Шота Руставели после запуска выделенной полосы: ✅ средняя скорость автобусов выросла на 45%; ✅ пассажиров стало больше на 8 000 человек в день. Их никто не заставлял: автобус просто стал быстрее и предсказуемее. ⚖️ Почему BRT Метро — основа городского транспорта, но новые линии строятся годами, а расширение дорог даёт лишь временный эффект. BRT работает на существующих улицах и даёт результат быстро. 🚗 А что водителям? Каждый, кто пересел на автобус, — минус одна машина в потоке. Автобус на своей полосе не перестраивается и не перекрывает соседние ряды. От BRT выигрывают и те, кто остаётся за рулём. 🟢Это не борьба с автомобилями. Главная задача городской улицы — не пропустить как можно больше машин, а довезти до места как можно больше людей.

🚌 Nega avtobusning o‘z yo‘lagi bo‘lishi kerak? Keling, raqamlar va dalillar asosida ko‘rib chiqamiz Toshkentda tig‘iz soatlarda yo‘lga chiqqan har bir kishi tirbandlik qanday qiyinchiliklar tug‘dirishini yaxshi biladi: vaqt yo‘qotish, kechikish, asabiylashish. Ko‘pchilikka muammoning yechimi yo‘llarni kengaytirishdek tuyuladi. Ammo jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, vaqt o‘tishi bilan yangi yo‘laklar ham avtomobillar bilan to‘lib, tirbandlik yana yuzaga kelishi mumkin. Shu bois dunyoning yirik shaharlari masalaga boshqacha yondashadi: yo‘l qancha avtomobilni emas, qancha odamni o‘tkaza olishi muhim.
📊 Solishtiramiz • Yengil avtomobilda odatda 1–2 kishi harakatlanadi, avtobus esa 60 nafargacha yo‘lovchini tashishi mumkin. • 60 nafar yo‘lovchini avtomobillarda tashish uchun o‘rtacha 40 ta mashina kerak bo‘ladi. Bu deyarli chorak kilometrga cho‘zilgan avtomobillar qatori degani. • Oddiy harakatlanish yo‘lagi soatiga taxminan 700 ta avtomobilni o‘tkazishi mumkin. Bu o‘rtacha 1 000 nafar yo‘lovchi degani. • Avtobuslar har 2 daqiqada qatnaydigan alohida yo‘lak esa, har bir avtobusda 60 nafardan yo‘lovchi bo‘lsa, soatiga 1 800 kishini tashish imkonini beradi. Yo‘lak kengligi bir xil, ammo undan foydalanayotgan odamlar soni deyarli ikki baravar ko‘p.
Har kuni yuz minglab toshkentliklar ishga va o‘qishga jamoat transportida qatnaydi. Ularning vaqti ham shaxsiy avtomobil haydovchilarining vaqtidan kam qadrli emas. Bundan oddiy va adolatli tamoyil kelib chiqadi: ko‘chalarda ko‘proq odam tashiydigan transportga ustuvorlik berilishi kerak.
🚦
Nega aynan alohida yo‘lak?
Avtobus umumiy tirbandlikda qolsa, kechikadi.
Odamlarning jamoat transportiga ishonchi pasayadi va ular shaxsiy avtomobildan foydalanishni afzal ko‘ra boshlaydi.
Natijada mashinalar ko‘payadi, tirbandlik kuchayadi, avtobuslar esa yanada sekinlashadi.
Yopiq doira hosil bo‘ladi.
Alohida BRT yo‘lagi esa bu holatni o‘zgartirishga yordam beradi:
avtobuslar umumiy tirbandlikka kamroq bog‘liq bo‘ladi, qatnovlar muntazamligi oshadi
va odamlarning jamoat transportiga bo‘lgan ishonchi mustahkamlanadi.
📍 Toshkentda bu allaqachon o‘z samarasini ko‘rsatmoqda Shota Rustaveli ko‘chasida joriy etilgan BRT tizimining samaradorligi bo‘yicha Transport vazirligi va BMT Taraqqiyot dasturi hamkorligida tadqiqot o‘tkazildi. 2026-yil ko‘rsatkichlari 2023-yil bilan solishtirilganda: ☑ avtobuslarning o‘rtacha harakat tezligi 45 foizga oshgan; ☑ jamoat transportining kunlik yo‘lovchi oqimi 8 052 nafarga yoki 9 foizga ko‘paygan; ☑ yengil avtomobillarning o‘rtacha harakat tezligi ham 18 foizga oshgan. Bu raqamlar jamoat transportiga ustuvorlik berish va yo‘l harakatini to‘g‘ri tashkil etish nafaqat avtobus yo‘lovchilari, balki avtomobil haydovchilari uchun ham ijobiy natija berishi mumkinligini ko‘rsatadi. ⚖️ Nega aynan BRT? Metro — shahar jamoat transporti tizimining muhim asosi. Ammo yangi metro liniyalarini qurish ko‘p vaqt va katta mablag‘ talab qiladi. Yo‘llarni kengaytirish esa tirbandlik muammosini har doim ham uzoq muddatga hal qilmaydi. BRT mavjud ko‘chalarda harakatni qayta tashkil etish orqali joriy qilinadi va jamoat transporti samaradorligini nisbatan qisqa muddatda oshirish imkonini beradi. 🚗 Haydovchilar-chi? Shaxsiy avtomobil o‘rniga avtobusni tanlaydiganlar ko‘payishi yo‘llardagi avtomobillar sonini kamaytirishga yordam beradi. O‘ziga ajratilgan yo‘lakda harakatlanadigan avtobuslar umumiy transport oqimiga kamroq xalaqit beradi. Bu esa yo‘l harakatini yanada tartibli tashkil etish imkonini yaratadi. Shota Rustaveli ko‘chasidagi natijalar ham to‘g‘ri tashkil etilgan BRT tizimidan avtomobil haydovchilari ham manfaat ko‘rishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. 🟢 Bu avtomobillarga qarshi kurash emas. Shahar ko‘chasining asosiy vazifasi — imkon qadar ko‘proq avtomobilni o‘tkazish emas, balki imkon qadar ko‘proq odamning o‘z manziliga xavfsiz, qulay va o‘z vaqtida yetib borishini ta’minlashdir.

🚧⚠️ Внимание! С 25 октября в Ташкенте временно ограничат движение на двух участках дорог — продолжается строительство BRT! �
+1
🚧⚠️ Внимание! С 25 октября в Ташкенте временно ограничат движение на двух участках дорог — продолжается строительство BRT! 🚍 В Ташкенте продолжается поэтапное развитие системы скоростного автобусного сообщения BRT. Следующий этап проекта охватит улицу Янги Сергели в Сергелийском районе и проспект Амира Темура в Юнусабадском районе.
🗓 С 25 октября на указанных участках будут действовать временные ограничения движения в связи со строительством выделенных полос для автобусов.
🚗 Важно: полного перекрытия дорог не предусмотрено! Строительные работы будут проводиться в центральной части проезжей части, где планируется обустройство полос BRT. Остальные полосы останутся открытыми, и движение транспорта по ним сохранится. 📍 Где именно будут проводиться работы?
1️⃣
Улица Янги Сергели — 1 368 метров
📌
Начало: пересечение улиц Янги Сергели и Чоштепа.
📌
Конец: здание сервисного центра SOUEAST.
2️⃣
Проспект Амира Темура — 1 430 метров
📌
Начало: путепровод на пересечении проспекта Амира Темура и улицы Ахмада Дониша.
📌
Конец: пересечение проспекта Амира Темура с улицей Шахристон.
🚧 Строительство будет вестись по центральной части улиц. Остальная проезжая часть останется доступной для движения транспорта. ⚠️Уважаемые водители и жители столицы! Несмотря на сохранение движения по остальным полосам, в период строительства на указанных участках возможны временные затруднения. Просим заранее учитывать это при планировании поездок, соблюдать требования временных дорожных знаков и при необходимости выбирать альтернативные маршруты. Приносим извинения за временные неудобства и благодарим за понимание.

🚧⚠️ Diqqat! 25-oktabrdan Toshkentdagi ikki yöl qismida transport harakati vaqtinça çeklanadi — BRT qurilişi davom etmoqda! �
+1
🚧⚠️ Diqqat! 25-oktabrdan Toshkentdagi ikki yöl qismida transport harakati vaqtinça çeklanadi — BRT qurilişi davom etmoqda! 🚍 Toshkentda tezkor avtobus qatnovi — BRT tizimini bosqiçma-bosqiç rivojlantiriş işlari davom etmoqda. Loyihaning navbatdagi bosqiçi Sergeli tumanidagi Yangi Sergeli köçasi va Yunusobod tumanidagi Amir Temur şohköçasini qamrab oladi.
🗓 2026-yil 25-oktabrdan avtobuslar uçun alohida harakat yo‘laklarini qurish munosabati bilan mazkur yöl qismlarida transport harakatiga vaqtinça çeklovlar joriy etiladi.
🚗 Muhim: köçalar töliq yopilmaydi! Quriliş işlari BRT yo‘laklarini tashkil etiş rejalashtirilgan yölning markaziy qismida olib boriladi. Qolgan harakat yo‘laklari ochiq qoladi va ularda transport harakati saqlab qolinadi. 📍 Quriliş işlari aynan qaysi yöl qismlarida olib boriladi?
1️⃣
Yangi Sergeli köçasi — 1 368 metr
📌
Boşlaniş nuqtasi:
Yangi Sergeli va Çoştepa köçalari kesişmasi.
📌
Yakuniy nuqta:
SOUEAST servis markazi binosi.
2️⃣
Amir Temur şohköçasi — 1 430 metr
📌
Boşlaniş nuqtasi:
Amir Temur şohköçasi va Ahmad Doniş köçasi kesişmasidagi yöl ötkazgiçi.
📌
Yakuniy nuqta:
Amir Temur şohköçasi va Şahriston köçasi kesişmasi.
🚧 Birinçi bosqiç doirasida quriliş işlari köçalarning markaziy qismida olib boriladi. Qatnov qismining qolgan bölaklarida transport harakati saqlab qolinadi. ⚠️ Hurmatli haydovçilar va poytaxtimiz aholisi! Qolgan harakat yo‘laklari ochiq bölişiga qaramay, quriliş davrida mazkur yöl qismlarida transport harakatida vaqtinçalik qiyinçiliklar yuzaga kelişi mumkin. Safarlaringizni rejalashtirişda bu holatni oldindan inobatga olişingizni, vaqtinçalik yöl belgilari talablariga rioya qilişingizni hamda zarur hollarda muqobil yö nalişlardan foydalanişingizni söraymiz. Yuzaga keladigan vaqtinçalik noqulayliklar uçun uzr söraymiz va tüşuniş bilan yondaşganingiz uçun minnatdorchilik bildiramiz.

🚍 BRT в Ташкенте: открыт ещё 1 км выделенной полосы — непрерывная линия достигла почти 8 километров! В Ташкенте продолжается развитие системы скоростного автобусного сообщения BRT. На улице Шахрисабз открыт новый участок выделенной полосы протяжённостью около 1 километра. Таким образом, общая протяжённость непрерывной линии BRT по улицам Шота Руставели и Шахрисабз достигла почти 8 километров.
📍 Где расположен новый участок? От пересечения улицы Шахрисабз с проспектом Амира Темура до пересечения с улицей Махтумкули — между Ташкентским государственным университетом востоковедения и городским родильным комплексом № 6.
🚌 Что это даёт пассажирам? Выделенные полосы BRT, расположенные в центральной части дороги, обеспечивают приоритетное движение автобусов, снижая их зависимость от заторов в общем транспортном потоке. Это позволяет сократить задержки, повысить регулярность движения и сделать время поездки более предсказуемым.
👏
Особенно ценно для нас, что вы высоко оценили первые результаты внедрения BRT.
Ваши положительные отзывы и поддержка — важное подтверждение того, что мы движемся в правильном направлении. Именно это вдохновляет нас продолжать работу над развитием общественного транспорта, делая ежедневные поездки по Ташкенту быстрее, комфортнее и удобнее.
🚧 Развитие BRT продолжается! Поэтапно формируется единый транспортный коридор, который в перспективе свяжет Сергелийский и Юнусабадский районы столицы. Работы ведутся в соответствии с утверждённым планом. О следующих этапах проекта, возможных изменениях в организации движения и графике строительных работ будем сообщать дополнительно. Наша цель — чтобы общественный транспорт становился быстрее, а жители Ташкента тратили меньше времени на дорогу.

🚍 Toshkentda BRT: yana 1 km uzunlikdagi alohida harakat yo‘lagi foydalanishga topshirildi — uzluksiz BRT yo‘lagining umumiy uzunligi qariyb 8 kilometrga yetdi! Toshkentda avtobuslarning tezkor harakatlanishini ta’minlashga qaratilgan BRT tizimini rivojlantirish ishlari davom etmoqda. Shahrisabz ko‘chasida uzunligi qariyb 1 kilometr bo‘lgan yangi alohida avtobus yo‘lagi foydalanishga topshirildi. Shu tariqa, Shota Rustaveli va Shahrisabz ko‘chalari bo‘ylab tashkil etilgan uzluksiz BRT yo‘lagining umumiy uzunligi qariyb 8 kilometrga yetdi.
📍 Yangi yo‘lak qayerda joylashgan? Shahrisabz ko‘chasining Amir Temur shohko‘chasi bilan kesishmasidan Maxtumquli ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan oraliqda — Toshkent davlat sharqshunoslik universitetidan Toshkent shahar 6-son tug‘ruq majmuasigacha.
🚌 Bu yo‘lovchilarga qanday qulaylik yaratadi? Yo‘lning markaziy qismida tashkil etilgan BRT yo‘laklari avtobuslarning ustuvor harakatlanishini ta’minlab, ularning umumiy transport oqimidagi tirbandliklarga bog‘liqligini kamaytiradi. Natijada avtobuslarning kechikishi qisqaradi, qatnovlar muntazamligi oshadi va yo‘lovchilar manzilga yetib borish vaqtini aniqroq rejalashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
👏
BRT tizimini joriy etishning dastlabki natijalarini yuqori baholaganingiz biz uchun juda qadrlidir.
Sizning ijobiy fikrlaringiz va qo‘llab-quvvatlashingiz tanlangan yo‘nalish to‘g‘ri ekanining muhim tasdig‘idir. Bu esa bizni jamoat transportini yanada rivojlantirishga, Toshkent bo‘ylab kundalik qatnovlarni tezroq va qulayroq qilishga undaydi.
🚧 BRT tizimini rivojlantirish davom etmoqda! Poytaxtning Sergeli va Yunusobod tumanlarini istiqbolda o‘zaro bog‘laydigan yagona transport yo‘lagi bosqichma-bosqich shakllantirilmoqda. Ishlar tasdiqlangan rejaga muvofiq olib borilmoqda. Loyihaning keyingi bosqichlari, yo‘l harakatini tashkil etishdagi ehtimoliy o‘zgarishlar va qurilish ishlari jadvali haqida qo‘shimcha ma’lumot berib boramiz. Maqsadimiz — jamoat transporti harakatini tezlashtirish va Toshkent aholisining yo‘lda sarflaydigan vaqtini qisqartirish.