"2+6" dasturi
رفتن به کانال در Telegram
2+6 dasturi — @yoshlaragentligi loyihasi - 14–30 yoshlarning xorijiy til o'rganishi uchun subsidiya - Ingliz | Nemis | Fransuz | Yapon | Koreys | Xitoy tillari Ro'yxatdan o'tish: https://2plus6.uz 📩 Murojaat: @yonda_support_bot
نمایش بیشتر2 543
مشترکین
+324 ساعت
-147 روز
-6130 روز
آرشیو پست ها
2 543
“2+6” dasturi yuzasidan beriladigan eng ko'p savollar:
Savol:
Qachon va qayerga ariza topshirishim kerak?
Javob:
Tizim 2 oyda ishga tushadi va arizalar qabuli boshlanadi.
Savol:
Ushbu imtiyozdan kimlar foydalanishi mumkin?
Javob:
14-30 yoshdagi (ijtimoiy holatidan qat'iy nazar) O'zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda fuqaroligi bo'lmagan shaxslar.
Savol:
Arizani doimiy yashash manzilim bo‘yicha topshirishim kerakmi?
Javob:
Yo'q, bu yerda yoshning doimiy yashash manzilidagi markazda tahsil olishi bo‘yicha norma belgilanmagan. Arizachi o'ziga qulay bo'lgan o'quv markazida o'qishi mumkin.
Savol:
B1 sertifikatini olishga imkoniyatim yo‘q, shunda men dasturda qatnasholmaymanmi?
Javob:
Siz bemalol Ibrat farzandlarida xorijiy tilni bepul o'rganish orqali tegishli sertifikatni qo‘lga kiritib dasturda qatnashishingiz mumkin.
Savol:
To'lovlar qanday amalga oshiriladi?
Javob:
Barchasi raqamlashgan tartibda “yonda.uz” elektron platformasi orqali amalga oshiriladi.
❌Savol: Qanday holatda dasturdan foydalanish imoniyati cheklanadi?
Javob: Muqaddam VM-209-son qarorga muvofiq kompensatsiya olgan, Yoshlar daftaridan xorijiy til uchun yordam olgan yoshlarga aynan ushbu til uchun.
2 543
Repost from Alisher Sadullaev
⚡️Yoshlar uchun yana katta imkoniyat!
Endilikda yoshlarimiz chet tillarini “2+6” dasturi orqali subsidiya asosida o‘rganishi mumkin.
Bunda 14–30 yoshdagi yigit-qizlarga ingliz, nemis, fransuz, yapon, koreys, xitoy tillarini o‘rganishlari uchun subsidiya ajratiladi.
1. Dasturga ko‘ra, birinchi 2 oy to‘lov o‘quvchi tomonidan amalga oshiriladi, keyingi 6 oy uchun to‘lovlar davomatga mutanosib ravishda quyidagi tartibda davlat tomonidan qoplab beriladi.
2. Subsidiya miqdori (oyiga maksimal) Toshkent shahrida 824 ming so‘m (BHM × 2) gacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat markazlarida 618 ming so‘m (BHM × 1,5) gacha, tuman va shaharlarda 412 ming so‘m (BHM × 1) gacha qoplab beriladi.
3. Asosiy shartlari: Ariza beruvchi minimal ko‘rsatkichga mos milliy, xalqaro yoki “Ibrat Farzandlari” sertifikatiga ega bo‘lishi lozim. Ariza beruvchi faqat bitta til bo‘yicha subsidiya olishi mumkin.
4. Dastur doirasida har yili 20 ming nafargacha, 2025–2030-yillar davomida 100 ming nafargacha yoshga subsidiya ajratiladi.
Manba: Vazirlar Mahkamasining 632-son Qarori
@alisher_sadullaev
اکنون در دسترس! پژوهش تلگرام ۲۰۲۵ — مهمترین بینشهای سال 
