698
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-47 روز
-2430 روز
در حال بارگیری داده...
کانالهای مشابه
هیچ دادهای
مشکلی وجود دارد؟ لطفاً صفحه را تازه کنید یا با مدیر پشتیبانی ما تماس بگیرید.
ابر برچسبها
هیچ دادهای
مشکلی وجود دارد؟ لطفاً صفحه را تازه کنید یا با مدیر پشتیبانی ما تماس بگیرید.
اشارات ورودی و خروجی
---
---
---
---
---
---
جذب مشترکین
آوریل '25
آوریل '25
+11
در 0 کانالها
مارس '25
+35
در 2 کانالها
Get PRO
فوریه '25
+755
در 10 کانالها
Get PRO
ژانویه '250
در 5 کانالها
Get PRO
دسامبر '240
در 68 کانالها
Get PRO
نوامبر '24
+9
در 5 کانالها
| تاریخ | رشد مشترکین | اشارات | کانالها | |
| 28 آوریل | 0 | |||
| 27 آوریل | 0 | |||
| 26 آوریل | +2 | |||
| 25 آوریل | 0 | |||
| 24 آوریل | +1 | |||
| 23 آوریل | 0 | |||
| 22 آوریل | 0 | |||
| 21 آوریل | 0 | |||
| 20 آوریل | 0 | |||
| 19 آوریل | 0 | |||
| 18 آوریل | +1 | |||
| 17 آوریل | +1 | |||
| 16 آوریل | 0 | |||
| 15 آوریل | +1 | |||
| 14 آوریل | 0 | |||
| 13 آوریل | 0 | |||
| 12 آوریل | 0 | |||
| 11 آوریل | 0 | |||
| 10 آوریل | 0 | |||
| 09 آوریل | +1 | |||
| 08 آوریل | +2 | |||
| 07 آوریل | 0 | |||
| 06 آوریل | +1 | |||
| 05 آوریل | 0 | |||
| 04 آوریل | +1 | |||
| 03 آوریل | 0 | |||
| 02 آوریل | 0 | |||
| 01 آوریل | 0 |
پستهای کانال
Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar, hurmatli yoshlar!
Barchamizga Ramazon Hayiti muborak bo'lsin!
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz farovon, yoshlarimiz azmu-shijoatli bo'lsin.
https://t.me/oquvmarkazlarforumi
| 2 | ❗️Super yangilik! Xalqaro fan olimpiadasi g‘oliblariga salkam 1 mlrd so‘m pul mukofoti beriladi!!!
Prezident farmoniga ko‘ra, 2025-yil 1-iyundan nufuzli xalqaro fan olimpiadalari g‘olib va sovrindorlariga to‘lanadigan bir martalik pul mukofotining amaldagi miqdorlari 5 baravarga oshiriladi.
Masalan, endi eng nufuzli 5 ta olimpiadada (IMO — matematika, IBO — biologiya, IChO — kimyo, IPhO — fizika, IOI — informatika) g‘olib va sovrindor bo‘lgan o‘quvchilarga quyidagicha mukofot pullari beriladi:
🥇1-o’rin: 937 mln 500 ming so‘m (2500 baravar);
🥈2-o’rin: 562 mln 500 ming so‘m (1500 baravar);
🥉3-o‘rin: 375 mln so‘m (1000 baravar).
@oquvmarkazlarforumi | 865 |
| 3 | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida farmoni (PF-61, 26.03.2025 y.) qabul qilindi.
🔰Farmonga ko‘ra, 2025-yil 1-maydan boshlab 2031-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatga quyidagi soliq imtiyozlarini joriy etiladi:
kreativ park rezidentlariga ijtimoiy soliqni hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini 50 foiz kamaytirilgan stavkada to‘lash;
rezidentlarni tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi miqdoridan qat’i nazar aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilar toifasiga kiritish. Bunda rezidentlar o‘z istagiga binoan umumbelgilangan soliq solish tartibiga o‘tishlari mumkin.
🔸 xorijiy tillar bo‘yicha kamida C1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatni olganiga ikki yildan oshmagan yoshlarga olis va borish qiyin bo‘lgan hududlarda chet tillariga ixtisoslashgan o‘quv markazlarini ochish uchun Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi tomonidan olti oylik imtiyozli davr bilan uch yil muddatga bazaviy hisoblash miqdorining 320 baravarigacha miqdorda foizsiz ssuda beriladi.
🔸2025-yildan boshlab mahallalardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari xorijning nufuzli top-100 talik ro‘yxatiga kirgan oliygohlarda o‘qish imkoniyatini yaratish maqsadida “El-yurt umidi” jamg‘armasining yangi stipendiya yo‘nalishi sifatida “Yorqin iste’dod” loyihasi joriy etiladi;
🔸“El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali xorijiy mamlakatlarda ta’lim olib qaytgan stipendiatlar milliy kadrlar zaxirasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri kiritiladi hamda ular davlat organlari, tashkilotlari va muassasalariga tanlovsiz ishga olinadi;
🔸2025-yil 1-iyundan:
nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 100 talik ro‘yxatiga kiritilgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarida ilmiy daraja (PhD va unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja) olgan 35 yoshgacha bo‘lgan mutaxassislarga uy-joy sotib olish uchun uy-joy joylashgan hududdan kelib chiqib, o‘n yil muddatga bazaviy hisoblash miqdorining 2 150 baravarigacha miqdorda foizsiz ssuda ajratiladi;
nufuzli xalqaro fan olimpiadalari g‘olib va sovrindorlariga to‘lanadigan bir martalik pul mukofotining amaldagi miqdorlari 5 baravarga oshiriladi.
✅ 2025/2026 o‘quv yilidan:
O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalarining namunali kursantlari (talabalari) va tinglovchilari uchun “Oliy bosh qo‘mondon” davlat stipendiyasi joriy etiladi.
o‘quvchilar o‘rtasida muhandislik-ixtirochilik yo‘nalishida olimpiadalar o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi va g‘olib bo‘lgan bitiruvchi yoshlar davlat oliy ta’lim muassasalarining olimpiada yo‘nalishiga mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga imtihonlarsiz qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.
🔹Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga ajratilgan mablag‘lar doirasida yoshlarni ilmga qiziqtiruvchi, tarbiyaviy va umummilliy qadriyatlarni shakllantiruvchi milliy mediakontentlar yaratish hamda eng yaxshi intellektual shoularni tashkil etish uchun 100 million so‘mgacha grantlar ajratiladi;
#qonunchilikdagi_yangiliklar
@oquvmarkazlarforumi | 482 |
| 4 | Бундан буён тадбиркорликка энди қадам қўйганлар учун “биринчи имконият” тамойили жорий этилади. Яъни илк бор маъмурий ҳуқуқбузарлик қилган тадбиркор жавобгарликдан озод қилиниб, камчиликни бартараф этиш учун имконият берилади - президент
@oquvmarkazlarforumi | 587 |
| 5 | ⚡️Xorijiy tillar bo’yicha yuqori natijaga erishgan yoshlarga 80 mlrd so‘m kompensatsiya pullari qoplab berildi
Bugungi kunga qadar xalqaro imtihon tizimlaridan yuqori ball to‘plagan yoshlarga 80 mlrd 42 mln so‘m mablag‘ ajratish orqali 42 779 nafar yoshlarning imtihon topshirish xarajatlari to‘liq qoplab berildi.
Muhim jihati, 2024-yilda birgina IELTS imtihonidan 5,5 va undan yuqori ball olgan yoshlar soni 2020-yilga nisbatan 5 baravarga, 7-8 ball (C1 daraja)ni qo‘lga kiritganlar 7,4 baravarga, 8,5-9 ball (C2 daraja)ga erishganlar esa 23,7 baravarga oshganligi kuzatildi.
⚡️Shuningdek, tizimda yoshlar yana bir yangi imkoniyat yaratildi.
Prezidentimizning tegishli qaroriga asosan, nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillari bo‘yicha imtihon topshirish xarajatlari qoplab beriladigan minimal daraja bir pog‘onaga ya'ni B2 va unga tenglashtirilgan darajaga tushirildi hamda imtihon xarajati qoplab berilishi yo'lga qo'yildi.
Eslatib o‘tamiz, 18 ta xalqaro imtihon tizimida yuqori natijaga erishgan yoshlar imtihon xarajatlarini “Xazna” ilovasi orqali qaytarib olishlari mumkin.
@oquvmarkazlarforumi | 2 577 |
| 6 | Prezidentimiz yoshlar uchun imkoniyat va sharoit yaratib beryapti.
Biz esa undan foydalanish va mehnat qilishni o‘rganishimiz kerak.
Yuqoridagi do‘stlarimiz kabi.
Sizning O‘quv markazingizdan ham IELTS 9.0 olgan yoshlar chiqishi mumkin.
@oquvmarkazlarforumi | 1 106 |
| 7 | Barcha o‘quv markazlari uchun, Ibrat farzandlaridan Super taklif.
Endi sizning o‘quv markazingiz o‘quvchilari ham ingliz tilini Sunʼiy intellekt orqali onlayn o‘rganishi va bilimlarini mustahkamlashi mumkin.
Ularga bu imkoniyatni siz taqdim etasiz.
🏫Bu dastur o‘quv markazingiz uchun nima beradi:
-O‘quvchilarni jalb qilishda yordam beradi.
-Sizning o‘quv markazingizda nafaqat oflayn darslar balki onlayn darslar uchun ham imkoniyat bo‘ladi.
-Onlayn darslarni shaxsiy kabinet orqali nazorat qilib turish imkoniyati bo‘ladi.
💁🏻♂️Bu dastur sizning o‘quvchilaringizga nima beradi:
-O‘quv markazingizda o‘tilgan ingliz tili darslarini, uyda mustahkamlash imkoniyati.
-Kreativ va interaktiv darslar.
-Ovozli so‘zlashuv va rasmli belgilar.
Agar Ibrat farzandlari bilan hamkorlik qilmoqchi bo‘lsangiz, bizga aloqaga chiqing👇
@Dilshodbek_Mirzayeev
o‘quv markazlari uchun maʼlumotlar kanaliga ulaning👇
@oquvmarkazlarforumi | 897 |
| 8 | Шавкат Мирзиёев:
Коррупцияга нисбатан муросасиз бўлиш учун янада кўпроқ шароит яратиб, бунга кенг жамоатчиликни жалб қилишимиз зарур. Аввало, нодавлат ташкилотлар фаоллигини ошириш лозим. Бу – энг тўғри йўл!
Коррупцияга қарши курашиш бўйича конвенция талабларини мониторинг қилишга нодавлат ташкилотлар жалб қилиниши лозим.
Ушбу мақсадлар учун янги лойиҳаларни қўллаб-қувватлашга ҳар йили 10 миллиард сўмдан ажратиб борилади.
@oquvmarkazlarforumi | 667 |
| 9 | Нашидаларни эшитишда огоҳ бўлинг!
Марказингиз ўқувчиларига ҳам буни етказинг.
@oquvmarkazlarforumi | 2 228 |
| 10 | ❗️Ёшларнинг тадбиркорлик фаолиятини қўллаб-қувватлаш мақсадида уларга имтиёзли кредитлар ажратилади.
Ўқув марказлари учун ҳам жуда яхши имконият.
Президент қарорига кўра, “Алоқабанк” томонидан “Бизнесга биринчи қадам” лойиҳаси доирасида:
18 ёшга тўлган ва 30 ёшдан ошмаган ижтимоий солиқ тўлаган ўзини ўзи банд қилган жисмоний шахсларга онлайн шаклда 100 млн сўмгача микроқарзни 3 ойгача имтиёзли давр ҳамда 2 йилгача асосий қарзни тўламаслик шартлари асосида 7 йилгача муддатга суғурта полиси таъминоти ёки учинчи шахс кафиллиги асосида ажратилади.
Ушбу микроқарз томорқадан фойдаланиб, деҳқончилик, чорвачилик, паррандачилик қилишга, Ишлаб чиқариш ва хизмат кўрсатиш, хусусан, ҳунармандчилик, Фан, санъат ва спорт соҳаларида фаолият юритувчи ёшларга ҳамда Фрилансерлик фаолиятини қўллаб-қувватлаш мақсадлари учун ажратилади.
“Ёшлар учун иш ўринлари” дастури: Алоқабанк томонидан Якка тартибдаги ёш тадбиркорлар ва ёшлар раҳбарлигидаги кичик бизнесларга камида 20 иш ўрни яратишни назарда тутувчи лойиҳаларга 2 йилгача имтиёзли давр билан 7 йилгача муддатга 5 млрд сўмгача кредитлар ажратилади.
Ушбу кредит: ишлаб чиқариш ускуналари ва қурилиш ишлари, Тижорат автотранспорт воситаларини сотиб олиш, Савдо ва хизмат кўрсатиш шохобчаларини ташкил этиш ҳамда Ёшларни рақамли технологиялар ва хорижий тилларга ўқитиш йўналишлари учун ажратилади.
Ушбу имтиёзли кредитлар Марказий банк асосий ставкасидан 4 фоизлик пункт юқори ставкада ажратилади. Айни пайта асосий ставка 13,5% эканлигини ҳисобга олсак, мазкур кредитлар йиллик 17,5% ставкада ажратилади.
Имтиёзли кредитларнинг тақдим этилиши шартларини бажармаган қарз олувчиларга нисбатан кредит фоиз ставкалари бозор ставкаларига ўзгартирилади.
Мазкур қарорда назарда тутилган қўллаб-қувватлаш инструментларидан фойдаланган тадбиркорлик субъектларининг ҳисобварақларига бепул хизмат кўрсатилади.
@oquvmarkazlarforumi | 1 304 |
| 11 | Sizning o‘quv markazingizdan ham shunday yigitlar chiqishi mumkin.
⚡️18 yoshlik Parviz SAT imtihonidan 100% natija, 1600 ball oldi
Parviz ota-onasining mehri, qo'llab-quvvatlashi va yordami bilan katta natijalarga erishdi. Endi uni katta marralar oldinda kutmoqda.
Parviz kelgusidagi o'qish va rejalaringizda omad tilayman!
@oquvmarkazlarforumi | 1 108 |
| 12 | O‘quv markazingizda ham, naʼmuna qilib ko‘rsating bu yigitni!
🇺🇿Azizbekning muvaffaqiyatli qadami har bir o'zbekistonlik yosh uchun katta motivatsiya!
Azizbek kelgusidagi o'qish va ishlaringizda omad.
Ma'lumot o'rnida, Azizbek 4 yil ta'lim uchun Garvarddan jami 360 ming dollar grant yutib oldi 🔥
@oquvmarkazlarforumi | 1 672 |
| 13 | Hech bir yosh, bu davlatda, bu siyosatda, bu maydonda, bundan buyon, mehnatlarsiz, harakatsiz, shunchaki koʻzga tashlanib, qahramon bo‘lib qolmaydi.
Buni biz tushunib yetishni boshlashimiz kerak.
Jamiyatga qiymat qoʻshgan, vatan ravnaqiga hissa qoʻshgan, *negativlardan holi fikrli, oʻz ustida doim ishlaydigan, shijoatli va qadriyatli yoshlarni qoʻllab-quvvatlaydi bu Prezident!!!!!
@oquvmarkazlarforumi | 2 393 |
| 14 | Prezident bugun tadbirkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlovchi 3 ta katta hujjatga imzo chekdi.
1️⃣ Birinchi hujjatga muvofiq, Yoshlar agentligi huzurida Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilib, unga 100 million dollar mablag‘ ajratildi.
Endi tashabbuskor yoshlarning startap loyihalariga 2 milliard so‘mgacha investitsiya kiritiladi.
2️⃣ Ikkinchi qaror bilan oliygoh bitiruvchilari bandligini ta’minlash bo‘yicha yangi tizim yaratilmoqda. Buning uchun Milliy bankka 100 million dollar resurs beriladi.
Bank Oliy ta’lim vazirligi va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda oliygoh bitiruvchilarining tashabbus va g‘oyalarini loyihaga aylantirish bo‘yicha yangi bank xizmatlari paketlarini joriy etadi.
3️⃣ Uchinchi hujjatga ko‘ra, Aloqabank yoshlarning biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlovchi tayanch “yoshlar banki”ga aylantirilib, bunga 200 million dollar ajratildi.
Bank o‘zini o‘zi band qilgan yoshlar loyihalari uchun 100 million so‘mgacha 7 yil muddatga imtiyozli mikroqarz ajratadi.
“Aloqa venchur” jamg‘armasi orqali startaplarga 50 mingdan 1 million dollargacha sarmoya kiritilib, mahsulot va xizmatlarni ichki va xalqaro bozorlarda sotish, biznes hamkor topish, qo‘shimcha investitsiyalar jalb qilishga ko‘maklashiladi.
@oquvmarkazlarforumi | 795 |
| 15 | Президент Шавкат Мирзиёевнинг ёшлар билан очиқ мулоқотида белгиланган асосий вазифалар.
Батафсил — юқоридаги #инфографикa
@oquvmarkazlarforumi | 1 810 |
| 16 | Президент:
Тадбиркорлар ёш ходимларни ишга олиб, камида 3 миллион сўм ойлик тўласа, ижтимоий солиқ 1 фоиз бўлади.
Бу имтиёз 3 йил амал қилади. Бу орқали тадбиркор ҳам манфаат кўради, ёшлар расмий ишлаб, даромади ошади.
@oquvmarkazlarforumi | 843 |
| 17 | Inson uchun ona tili bilan birga xorijiy tillarni bilish dunyoga chiqishda juda muhim. Ayniqsa, tijoratda buning o‘rni beqiyos.
Endi, xorijiy tillardan “C1” darajasiga ega bo‘lgan yoshlar tashabbus ko‘rsatib, olis va chekka hududlarda chet tillariga ixtisoslashgan o‘quv markazlarini ochsa, ularga 120 million so‘mgacha foizsiz ssuda beriladi.
Shuningdek, mehnat bozoriga til biladigan yoshlar kirib kelishini rag‘batlantirish uchun xususiy o‘quv markazlarida xorijiy tillarni o‘rganadigan yoshlarga xarajatlari “2+6” shaklida qoplab beriladi. Bunda o‘quv xarajatlarining dastlabki 2 oyi o‘quvchilarning o‘z mablag‘idan, qolgan 6 oyi davlat hisobidan to‘lab beriladi.
@oquvmarkazlarforumi | 1 311 |
| 18 | Muloqotda kambag‘allikni qisqartirishning eng samarali yechimi ta’lim ekani ta’kidlandi.
Shuning uchun kam ta’minlangan oilada hech bo‘lmaganda bitta farzand oliy ma’lumotli bo‘lishi uchun zarur sharoitlar yaratiladi.
Endilikda kambag‘al oilaning farzandiga ta’lim krediti foizsiz beriladi, qo‘shimcha grant ajratiladi, kontrakt to‘lovining bir qismi qoplab beriladi.
Yana bir yangilik – iqtidorli, bilimga chanqoq, lekin og‘ir oilaviy sharoiti sababli o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lmagan yoshlarni xorijda o‘qitish bo‘yicha yangi tizim – “Yorqin iste’dod” loyihasi joriy etiladi.
Bunda har bir mahalladan ijtimoiy himoyaga muhtoj, bilimga chanqoq yoshlar saralab olinib, iqtidori aniqlanadi. Ularning salohiyatiga mos xorijiy oliygoh tanlanib, tayyorgarlik kurslarida o‘qitiladi.
Xorijda ta’lim olib qaytgan yoshlar Milliy kadrlar zaxirasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri kiritiladi, ular davlat organlariga tanlovsiz ishga olinadi.
Har yili saralashdan o‘tgan 1 ming nafar yoshlar dunyoning “Top-100” oliygohlariga yuborilib, o‘qish va yashash xarajatlari qoplab beriladi.
Bizning sahifalarimiz
@oquvmarkazlarforumi | 956 |
| 19 | ⚡️Bugungi Prezidentimiz bilan bo'lib o'tgan uchrashuvdan qisqacha taasurotlar!
Bu xabarni har bir yosh eshitishi kerak! Marrani baland olib, oldinga harakatlanishdan to'xtamang aziz yoshlar 🇺🇿
@oquvmarkazlarforumi | 3 087 |
| 20 | Eʼlon 🤝
Sirdaryo viloyati Yoshlar markazi siz aziz tadbirkorlarni hamda o‘quv markazi rahbarlarini hamkorlikka chorlaydi.
Yoshlar markazida siz tadbirkorlik faoliyatingizni ro’yobga chiqarish hamda yoshlarni zamonaviy kasblar, til kurslariga oqitish uchun barcha shart-sharoitlar mavjud:
- Wi-Fi tarmog‘iga ega kutubxona,
-250 o’rinli ma’ruza zallari,
-zamonaviy jihozlangan o’quv xonalari, robototexnika, chet tillariga mo'ljallangan zamonaviy auditoriyalar,
-yoshlarni media kontenetlarini suratga tushirish uchun “Media markazi”bularning barchasi siz azizlar uchun.
Sizni qiziqtirgan savol va takliflaringiz bo'lsa quyidagi raqamlar orqali +998915060022 +998940808900 murojaat qilishingiz mumkin
Markaz siz aziz tadbirkorlar va ishbilarmonlar bilan hamkorlik qilishga, yoshlarning yangi g‘oyalari va ijtimoiy loyihalari uchun doimo ochiq va sizga yordam berishga hamda sizni qiziqtirgan masalalar bo‘yicha yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishga doim tayyor.
Bizning sahifalarimiz:
@oquvmarkazlarforumi | 808 |
