Alisher Sadullaev
Senator | Yoshlar ishlari agentligi | Shaxmat federatsiyasi | Stanford GSB Executive
نمایش بیشتر📈 تحلیل کانال تلگرام Alisher Sadullaev
کانال Alisher Sadullaev (@alisher_sadullaev) در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 243 466 مشترک است و جایگاه 161 را در دسته سیاست و رتبه 117 را در منطقه أوزبكستان دارد.
📊 شاخصهای مخاطب و پویایی
از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 243 466 مشترک جذب کرده است.
بر اساس آخرین دادهها در تاریخ 06 سپتامبر, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر -23 316 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر -780 بوده و همچنان دسترسی گستردهای حفظ شده است.
- وضعیت تأیید: تأیید شده (به صورت رسمی توسط تلگرام)
- نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 44.53% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 15.75% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب میکند.
- دسترسی پستها: هر پست به طور میانگین 108 412 بازدید دریافت میکند. در اولین روز معمولاً 38 337 بازدید جمعآوری میشود.
- واکنشها و تعامل: مخاطبان بهطور فعال حمایت میکنند؛ میانگین واکنش به هر پست 242 است.
📝 توضیح و سیاست محتوایی
نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاههای شخصی توصیف میکند:
“Senator | Yoshlar ishlari agentligi | Shaxmat federatsiyasi | Stanford GSB Executive”
به لطف بهروزرسانیهای پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 07 سپتامبر, 2026)، کانال همواره بهروز و دارای دسترسی بالاست. تحلیلها نشان میدهد مخاطبان بهطور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته سیاست تبدیل کردهاند.
در حال بارگیری داده...
| تاریخ | رشد مشترکین | اشارات | کانالها | |
| 07 سپتامبر | +100 | |||
| 06 سپتامبر | 0 | |||
| 05 سپتامبر | +631 | |||
| 04 سپتامبر | +670 | |||
| 03 سپتامبر | +1 | |||
| 02 سپتامبر | +129 | |||
| 01 سپتامبر | 0 |
| 2 | Samarqandda Yosh parlament aʼzolarining XII global konferensiyasi boshlandi!
Samarqand shahrida 4–6-sentyabr kunlari “Murakkab davrda inson huquqlari, adolat va inson qadr-qimmatini tiklash yo‘lida” mavzusidagi nufuzli xalqaro anjuman o‘z ishini boshladi. Unda dunyoning 58 ta mamlakatidan yosh parlament aʼzolari va xalqaro tashkilotlardan 250 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashmoqda.
Tadbirning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konferensiya ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi. Unda yoshlarning siyosiy jarayonlardagi ishtirokini kengaytirish barqaror taraqqiyotning muhim omili ekani alohida taʼkidlandi.
Konferensiya doirasida inson huquqlari, raqamli xavfsizlik, taʼlim, yoshlarning siyosiy faolligi hamda parlamentlararo hamkorlikka oid qator muhim masalalar muhokama qilinib, yakunda maxsus hujjat qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.
#12IPU #Samarqand
@alisher_sadullaev | 28 149 |
| 3 | Toshkent zamonaviy san’at xaritasida yangi markaz sifatida namoyon bo‘lmoqda.
@alisher_sadullaev | 25 074 |
| 4 | Oilaviy va yoshlar tadbirkorligi bo‘yicha imtiyozli kredit resurslarini boshqarish vakolati tuman shtablariga o‘tkaziladi.
@alisher_sadullaev | 36 206 |
| 5 | Ishlaydigan onalarga farzandi bir yoshga to‘lguniga qadar Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasidan nafaqa to‘lanadi.
Mehnatga layoqatsiz ehtiyojmand oilalarga “passiv daromad” keltiradigan ijtimoiy paket uchun joriy yil 300 milliard so‘m ajratilgan.
Bunday yordam olgan 11 ming oilaning yarmida daromad sezilarli oshgani qayd etildi.
Bir haftada ushbu tizimni davom ettirish bo‘yicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.
– Kelasi yildan reyestrga kirgan oila farzandlarining davlat va xususiy bog‘cha badali, o‘quv markazi to‘lovi, yo‘lkirasi hamda oliygohdagi yotoqxona xarajati vaucher orqali qoplab beriladi,
– dedi davlatimiz rahbari.
Vaucher 12 oy muddatga beriladi va ehtiyojmand oila Ijtimoiy reyestrdan chiqarilganidan keyin ham amal qiladi.
@alisher_sadullaev | 38 660 |
| 6 | Yig‘ilishda ehtiyojmand oilalarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan yangi yondashuvlar belgilab berildi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligiga yil yakuniga qadar ehtiyojmand aholini “ijtimoiy reyestr”ga kiritish tizimini qayta ko‘rib chiqish topshirildi.
Bunda aholi daromadi bilan birga surunkali kasallik, nogironlik, ko‘p bolalilik va oila a’zosining xorijda ishlayotgani kabi omillarni qamrab oladigan ko‘p o‘lchovli baholash tizimiga o‘tiladi.
Respublikada kambag‘allik darajasi 3,9 foizga tushgan bo‘lsa-da, 3 yoshgacha farzandi bor oilalarda mazkur ko‘rsatkich o‘rtacha 6,5 foizni tashkil etmoqda.
– Bola parvarishlayotgan ota-onalarni uyida yoki mahallada ishli va daromadli qiladigan tizimni yo‘lga qo‘yamiz, – dedi Prezidentimiz.
@alisher_sadullaev | 27 071 |
| 7 | Tuman shtablari kimga qancha kredit berish, uni naqd yoki naqdsiz shaklda ajratish, mablag‘ni qaytarish muddatini uzaytirish va to‘lov grafigini biznes turiga moslashtirishni mustaqil hal qiladi.
Shuningdek, inklyuziv moliyalashtirish masalalari ham shtablar vakolatiga o‘tkaziladi.
Hozir oilaviy tadbirkorlik uchun 1 trillion 370 milliard so‘m, yoshlar tadbirkorligi uchun esa 450 milliard so‘m resurs mavjud.
Tuman shtablariga mahalliy sharoit va loyihalarning samaradorligidan kelib chiqib, moliyalashtirish masalalarini mustaqil hal etish imkoniyati beriladi.
Lider tadbirkor 10 ta oila bilan kooperatsiya qilsa, 500 million so‘mgacha, 100 ta oila bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ysa, 5 milliard so‘mgacha garovsiz kredit olishi mumkin bo‘ladi.
@alisher_sadullaev | 26 015 |
| 8 | Xorazmda o‘rganilgan kambag‘al oilalarda 48 ming nafar bola borligi qayd etildi.
Biroq mas’ullarda ushbu yoshlar bilan alohida shug‘ullanish va ularni hozirdan kasb-hunarga jalb etish bo‘yicha maxsus dastur mavjud emas.
Viloyatning har bir tumanida kamida 1-2 tadan texnikum va 4-5 tadan o‘quv markazi faoliyat yuritayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Yoshlar yetakchilari, hokim yordamchilari va xotin-qizlar faollariga maktab, texnikum va o‘quv markazlarida kambag‘al oilalar farzandlari uchun qo‘shimcha to‘garaklar tashkil etish vazifasi belgilandi.
Xorazmda kambag‘al oilalardagi 10 mingdan ziyod ayol bola parvarishi bilan band. Bunday oilalar farzandlarining bog‘cha qamrovi 75 foizga ham yetmasligi ko‘rsatib o‘tildi.
646 nafar kollej o‘quvchisi hamda oliygoh talabasining hududdagi yangi loyihalardan kelib chiqib, dual ta’lim asosida kasbiy ko‘nikmalarini oshirish imkoniyati bor.
Shuningdek, kambag‘al oilalardagi pensiya yoshidagi va nogironligi bo‘lgan 526 nafar insonga ijtimoiy yordamni kuchaytirish orqali parvarish bilan band oila a’zolariga daromadli mehnat bilan shug‘ullanish uchun imkoniyat yaratish mumkinligi ta’kidlandi.
@alisher_sadullaev | 23 743 |
| 9 | Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi.
Yil boshida respublikada kambag‘allik darajasi 5,8 foizga tushib, ehtiyojmand aholi soni 2 million 200 ming nafar edi. Hozir bu ko‘rsatkich 1,5 million nafarni tashkil etmoqda.
Ishni to‘g‘ri tashkil qilgan 49 ta tuman va 3 ming 429 ta mahalla ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududga aylanayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Ayni paytda qolgan 159 ta tuman va shahar hamda 5 ming 536 ta mahalladagi mas’ullar faoliyatida natija yetarli emasligi tanqid qilindi.
Davlatimiz rahbari barcha hududlarga bir xil vakolat, resurs va imkoniyat berilganini ta’kidlab, ulardan samarali foydalanish zarurligini qayd etdi.
@alisher_sadullaev | 24 983 |
| 10 | 🇺🇿Aziz yoshlar, qadrli vatandoshlar!
Sizni Vatanimiz mustaqilligining 35 yillik bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!
Bugun yoshlarimiz ilm-fan, IT va zamonaviy kasblarda o‘z so‘zini aytib, yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tarmoqda. Mustaqillik bizga yaratish va dunyoni kashf etish uchun ulkan imkoniyatlar ochdi.
Birgalikda kuchli va qudratli Yangi O‘zbekistonni bunyod etyapmiz. Bu yo‘lda har biringizning o‘rningiz beqiyos!
Bayramingiz muborak bo‘lsin, yurtimiz tinch, kelajagimiz abadiy bo‘lsin!
#Mustaqillik35
@alisher_sadullaev | 38 726 |
| 11 | Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Bishkek shahriga tashrifi doirasida VI Butunjahon koʻchmanchilar oʻyinlarining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi.
@alisher_sadullaev | 43 695 |
| 12 | Barcha maktablar xalqaro baholash dasturlari bilan to‘liq qamrab olinadi.
Yurtimizdagi texnikumlarda xalqaro ta’lim standartlari joriy etiladi.
Ularda yoshlarni yuqori daromadli kasblarga o‘qitish yo‘lga qo‘yilib, qamrov 1 millionga yetkaziladi.
— Bir so’z bilan aytganda, Yangi O’zbekistonda kasb egallamagan birorta yigit-qiz qolmaydi, – dedi Prezidentimiz.
Kelgusida kamida 10 ta universitetni TOP mingtalikka kiritish katta marra sifatida belgilandi.
@alisher_sadullaev | 47 160 |
| 13 | Bizning eng katta boyligimiz - ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchi bo’lgan Yangi O’zbekiston yoshlaridir – dedi davlatimiz rahbari.
Intiluvchan va tirishqoq o‘g‘il-qizlarimizni qo‘llab-quvvatlash uchun har yili 20-25 trillion so‘m ajratilmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizdagi biznes vakillarining 35 foizini yosh tadbirkorlar tashkil etmoqda.
Tokio va Parij Olimpiya hamda Paralimpiya o‘yinlarida, dunyo maydonlarida yosh sportchilarimiz erishgan tarixiy yutuqlar xalqimizga cheksiz iftixor bag‘ishlagani ta’kidlandi.
Futbolchilarimiz ilk bor jahon chempionatida ishtirok etib, o‘zbek sporti tarixida yangi sahifa ochdi. Ular boshlagan yo‘l davomli va zafarli bo‘lishiga ishonch bildirildi.
Yaqin kunlarda Samarqandda Jahon shaxmat olimpiadasi boshlanadi, noyabr oyida esa grossmeyster Javohir Sindorov jahon shaxmat toji uchun kurashga kirishadi. Prezidentimiz shaxmatchi o‘g‘il-qizlarimizga ulkan zafarlar tiladi.
– Sizlarni Yangi O‘zbekiston yulduzlari, kelajak bunyodkorlari deb bilaman! Oldinga qarab intilishdan va doimiy izlanishdan hech qachon to‘xtamang, aziz farzandlarim!
– deya yoshlarga murojaat qildi davlatimiz rahbari.
@alisher_sadullaev | 35 842 |
| 14 | Ta’lim bilan bir qatorda ilm-fan, zamonaviy texnologiya va innovatsiyalar taraqqiyotimizning hal qiluvchi omili sifatida belgilandi.
AT, sun’iy intellekt va kreativ iqtisodiyot rivojiga yangi ruh berilib, 10 million yoshni raqamli industriya va kelajak kasblariga olib kirish maqsad qilindi.
Istiqlol bayrami arafasida xitoylik hamkorlar bilan “Samarqand – 2028” sun’iy yo‘ldoshi fazoga uchirilgani alohida g‘urur bilan qayd etildi.
– Mening niyatim: O‘zbekiston texnologiya sohalarida jahonga ilg‘or tashabbuslarni taklif qiladigan markazga aylanishi zarur. O‘zbek tili raqamli dunyoda ilm va texnologiya yaratiladigan til bo‘lishi lozim,
– dedi davlatimiz rahbari.
Inson qadri haqida so‘z yuritganda, aholi salomatligiga alohida e’tibor qaratilishi ta’kidlandi. So‘nggi yillarda sohaga ajratilayotgan mablag‘ 8 karradan ziyod oshirilib, sifatli tibbiy xizmat olish imkoniyati markazda ham, hududlarda ham yaratildi.
@alisher_sadullaev | 30 401 |
| 15 | Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda nutq so‘zlamoqda.
Prezidentimiz dunyo hamjamiyatida munosib o‘rin egallash uchun bilimli, kelajak kasblarini puxta egallagan va mustaqil fikrlaydigan yangi avlod mutaxassislari zarurligini ta’kidladi.
Shu bois, ta’limga sifat va mazmun olib kirilib, muallimning obro‘-e’tibori tiklanmoqda, daromadi oshirib borilmoqda.
O‘tgan o‘n yilda aholi 8 millionga ko‘paygan sharoitda ham maktabgacha ta’lim qamrovi 78 foizga yetkazildi. Maktablarda 1,5 million qo‘shimcha o‘quvchi o‘rni yaratildi.
Prezident, ijod va ixtisoslashgan maktablar tashkil etilgani farzandlarimizga yetakchi xorijiy ta’lim maskanlaridan kam bo‘lmagan darajada chuqur bilim olish imkonini berdi. Yoshlarga xorijiy tillar va kasb-hunar o‘rganishlari uchun munosib sharoitlar yaratildi.
Oliygohlarda o‘qish uchun qulay sharoitlar kengayishi hisobiga talabalar soni 1 million 600 ming nafarga yetdi. Yoshlarda bilim olishga ishtiyoq kuchayib, ota-onalar uchun farzandini oliy ma’lumotli qilish faqat orzu emas, erishsa bo‘ladigan maqsadga aylandi.
– Talabalarning yarmidan ko‘pini xotin-qizlar tashkil etayotgani – Uchinchi Renessansning o‘ziga xos qiyofasi. Bilimli qizlar – bilimli oila, bilimli avlod va ma’rifatli jamiyat deganidir, – dedi davlatimiz rahbari.
@alisher_sadullaev | 28 423 |
| 16 | O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasini quyidagi havolalar orqali tomosha qiling:
Telegram
Youtube
Facebook
@alisher_sadullaev | 25 392 |
| 17 | Qatag‘on qurbonlari va qahramon ajdodlarimiz yod etildi.
—
Почтена память жертв репрессий и героических предков.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 25 484 |
| 18 | Davlatimiz rahbari "Shahidlar xotirasi" yodgorlik majmuasida qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimida ishtirok etdi.
@alisher_sadullaev | 50 243 |
| 19 | O‘zbekiston va Ozarbayjon munosabatlarining negizini mushtarak tarixiy ildizlar, ko‘p asrlik do‘stlik, buzilmas ma’naviy qadriyatlar, o‘xshash madaniyat va an’analarni mujassam etgan yagona sivilizatsion kod tashkil etadi.
@alisher_sadullaev | 685 733 |
| 20 | Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev "Geydar Aliyev" ordeni, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev "Oliy Darajali Do‘stlik" ordeni bilan taqdirlandilar.
@alisher_sadullaev | 53 198 |
