fa
Feedback

فریب کلاهبرداران را نخورید! تل‌متریو این کانال‌ها را شناسایی و برچسب‌گذاری می‌کند 👉 برای مشاهده برچسب، اشتراک تهیه کنید 👈

Yoshlar Ventures

Yoshlar Ventures

رفتن به کانال در Telegram

“Fikr bor, lekin kimga aytaman?”, deb o‘ylayapsizmi? Bizga ayting! Yoshlar Ventures - yoshlarga startap qilishga yordam beradigan fond. - Pul kerakmi? $200.000 gacha sarmoya beramiz. - Pitch bilmayapsizmi? O‘rgatamiz. - PR, mentor, tarmoq - hammasi bor.

نمایش بیشتر
7 464
مشترکین
-124 ساعت
-457 روز
-20530 روز
آرشیو پست ها
Yoshlar Ventures NVIDIA bilan rasmiy hamkorlikni yo’lga qo’ydi! 🤝 Yoshlar Ventures NVIDIA Inception dasturiga hamkor sifatida qabul qilindi. Bu degani portfelimizdagi hamda UzCombinator startaplari endi NVIDIA Inception dasturida mutlaqo bepul qatnashishi mumkin. ✅ Agarda siz Yoshlar Ventures'dan investitsiya olgan bo'lsangiz yoki UzCombinator ishtirokchisi bo'lsangiz bu imkoniyatdan foydalanishingiz mumkun. ⚡️Hozirgi sun’iy intellekt davrida startaplarning rivojlanishi uchun AI texnologiyalar kerak va biz shu sababli global hamkorliklarni yo’lga qo’ymoqdamiz! ⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!

💵 Startapimiz uchun pul sarflaymiz! 🤔 Xo’sh, sizningcha qaysi startap tez rivojlanadi? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring! ⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!

NVIDIA Yoshlar Ventures'ning rasmiy hamkori! 🤝 Yoshlar Ventures NVIDIA Inception dasturiga hamkor sifatida qabul qilindi. Bu
NVIDIA Yoshlar Ventures'ning rasmiy hamkori! 🤝 Yoshlar Ventures NVIDIA Inception dasturiga hamkor sifatida qabul qilindi. Bu degani portfelimizdagi va UzCombinator startaplari endi NVIDIA Inception dasturida mutlaqo bepul qatnashishi mumkin. NVIDIA - dunyodagi AI inqilobining markazida turgan kompaniya. Bugun eng yirik AI modellar aynan NVIDIA GPU'lari va dasturiy platformalarida o'qitiladi. Inception dasturi esa 30.000 dan ortiq startapni birlashtirgan global hamjamiyat.
Dastur a'zolari quyidagilarga ega bo'lishadi: • Bepul cloud kreditlar (NVIDIA va hamkor cloud provayderlardan); • DGX, GPU va AI Enterprise'ga imtiyozli narxlar; • Barcha SDK'lar, model kutubxonalari va Deep Learning Institute kurslari bepul; • Inception Capital Connect orqali investorlar, VC'lar va NVIDIA rahbariyati bilan tanishish imkoni; • Rasmiy NVIDIA Inception badge'i, co-branded kontent va go-to-market qo'llab-quvvatlash.
✅ Shartlar juda oddiy: - Yoshlar Ventures'dan investitsiya olgan bo'lishi yoki UzCombinator ishtirokchisi bo'lish; - Rasmiy ro'yxatdan o'tgan kompaniya bo'lish; - Jamoada kamida 1 ta developer bo'lishi; - Ishlaydigan veb-saytga ega bo'lish; ⚡️ AI davrida startapning tezligini kuchli hisoblash quvvati va to'g'ri aloqalar belgilaydi. Shuning uchun biz asoschilarga sarmoya bilan birga dunyo darajasidagi texnologiya va global ekotizimga yo'l ochishga harakat qilamiz. ⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!

AI bilan qurilgan startapga investor pul beradimi? 💭 Ko'plab founderlar shu savol bilan yuradi: "Startapimni AI yordamida qurdim. Investor buni minus deb ko'rmaydimi?"
❓ Aslida investor kodingiz qanday yozilganiga qiziqmaydi. U boshqa narsalarga qaraydi: • Qanday muammoni yechyapsiz? • Bozorda bunga talab bormi? • Shu muammoni hozir kim yechyapti? • Jamoangiz buni oxiriga yetkaza oladimi?
🤖 AI esa bu yerda ustunlik berashi mumkin. Xarajatni kamaytiradi, ishni optimallashtiradi va MVP'ni tezroq qurishga yordam beradi. 💬 Siz startapingizni AI bilan qurganmisiz yoki qurmoqchimisiz? Izohlarda yozib qoldiring! ⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!

Pitching asoslari shunchalik fundamental bilimki, u xuddi sizga 1-sinfda harflarni o’qish o’rgatilganidek o’rgatilishi kerak.
Pitching asoslari shunchalik fundamental bilimki, u xuddi sizga 1-sinfda harflarni o’qish o’rgatilganidek o’rgatilishi kerak. Shuning uchun men sizlarga "The Art of The Pitch" kursining bazaviy ma’lumotlarini bepul taqdim qilmoqchiman. Ushbu darslar orqali siz pitchning strukturasi, asosiy tushunchalarga ega bo’lasiz. Ushbu kursga ega bo‘lish uchun Debocha platformasida promokod kiritishingiz kerak bo‘ladi. Promokodni esa faqat 50 kishiga taqdim qilamiz. Promokodga ega bo’lish uchun mening @praktikAzizbek kanalimga obuna bo‘lib, uni kuzatib borishingiz kerak, qo’shimcha ma’lumot kanalimda.

Repost from Paiziev24
Bugun Menlo Parkda Silicon Valley Residency Program va AlchemistX acceleratoriga kelgan o‘zbek asoschilar bilan uchrashib, su
Bugun Menlo Parkda Silicon Valley Residency Program va AlchemistX acceleratoriga kelgan o‘zbek asoschilar bilan uchrashib, suhbat qurdik. 🇺🇿 Ziyobek — TheCarGo 🇺🇿 Sardor — Between 🇺🇿 Ulug‘bek — Carlink 🇺🇿 Olamgir — Camvi 🇺🇿 Nurmuhammad — Akinda O‘zbekistonlik founderlarning Silicon Valley’da ko‘payib borayotgani juda quvonarli. @paiziev24

17 yoshda eksportga yo'l ochuvchi platforma ✅ Bu safargi "1 daqiqada tushuntir" rubrikamizda navbatdagi qatnashchimiz Muhammadamin Sidikov o'zining Trovia startapi haqida so'zlab berdi. 📦 O'zbekistonda yosh tadbirkorlar sifatli mahsulot ishlab chiqaradi, lekin uni chegaradan olib chiqish va chet eldan xaridor topish katta muammo. Trovia aynan shu muammoni hal qilish uchun yaratilgan.
📌 Platforma bitta joyda uchta ishni jamlagan: xorijdan ko'proq xaridor topish, logistika va bojxona ishlari. Ishlab chiqaruvchi kompaniya va mahsulot ma'lumotlarini kiritadi, AI esa mahsulotga bo'lgan global talabni tahlil qilib, mos xaridorlarni topadi. Eksport savdosi esa bosqichma-bosqich yo'lga qo'yiladi.
⚡ Loyihaning eng katta qulay tarafi, ishlab chiqaruvchiga eksportni noldan o'rganib o'tirmasdan, tayyor yo'l xaritasi bilan boshlash imkonini berishi. 🚀 Muhammadamin prognoziga ko'ra, startap 2033-yilgacha 3,1 mlrd so'm daromadga chiqishi mumkin. U ushbu startapni qurishda Debocha'dab foydalangan. Agar siz ham o'z startapingizni 0 dan qurmoqchi bo'lsangiz, Debochadan hoziroq ro'yxatdan o'ting! 📎 https://debocha.uz/ ⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!

Repost from StartupFest
🚀 StartupFest Media Challenge’ga start beramiz! Endi atigi bitta kreativ video orqali planshet yutib olishingiz mumkin! 🔥 60 soniyagacha bo‘lgan kreativ startup videosini tayyorlang, Videoni ijtimoiy tarmoq sahifangizga joylang. Postda @startupfestuz sahifasini belgilang va planshet yutib oling! 🔥 📅 4-10 oktabr 🏆 1-o‘rin — Planshet 🤝 2-o‘rin — Investor bilan uchrashuv 📚 3-o‘rin — Startup bestseller kitoblar to‘plami Eng yaxshi videolar esa StartupFest sahifasida repost va Collab qilinadi! 🔥 Challenge’ga tayyormisiz? Bu postni kelajakdagi StartupFest yulduziga yuboring!

💻 "Yoshlar Ventures" SF ofisidagi yagona qiz rezident Malika Vahobova! 📌 "Yoshlar Ventures"ning San-Fransisko ofisidagi iqt
+1
💻 "Yoshlar Ventures" SF ofisidagi yagona qiz rezident Malika Vahobova!
📌 "Yoshlar Ventures"ning San-Fransisko ofisidagi iqtidorli vakillarimizdan biri, Digitus Labs loyihasi asoschisi Malika Vahobova robototexnika sohasida ajoyib yechimlarni taklif etmoqda. Uning loyihasi robotlar uchun maxsus ma'lumot yig'ish qo'lqoplarini ishlab chiqishga qaratilgan bo'lib, barmoqlarning o'ta aniq harakatlarini kuzatishni taktil sezgi texnologiyasi bilan birlashtiradi.
🚀 E'tiborlisi, ushbu innovatsion ishlanma va yuqori salohiyati evaziga Malika dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biri bo'lmish Brown Universityga qabul qilindi! ⚡️ AQShda tahsil olayotgan va izlanayotgan yosh muhandislarimizning ushbu muvaffaqiyati "Yoshlar Ventures"ning San-Fransisko ofisi yosh o'zbekistonlik startap asoschilarini global tech va AI ekotizimiga integratsiya qilish hamda ularni dunyo darajasiga olib chiqish missiyasining yorqin isbotidir. ⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!

🩵Dunyodagi startaplarning 90% nima uchun dastlabki 3 yilda yo‘qolib ketadi?
Ular birdek "O‘lim vodiysi" deb ataluvchi tuzoqqa tushishadi. Tasavvur qiling, sizda ajoyib g‘oya bor, jamoa yig‘dingiz, hatto demo (MVP) mahsulot ham tayyor. Lekin hali sotuv yo‘q, server va ofis xarajatlari esa har kuni pulingizni "yeb" bormoqda.
🧐 Shu vaziyatda qanday yo'l tutasiz? Keling bu borada mutaxassislarimizdan bilib olamiz! ⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!

🤔 Gamedev sohasida g’oyangiz bor, lekin uni qanday amalga oshirishni bilmayapsizmi? 👾 Biz sizga Ustoz AI platformasidagi maxsus gamedev kurslarini taklif qilamiz. Hozirda ushbu yo‘nalishda 200 nafardan ortiq yoshlar ta’lim olmoqda. Darslarni o‘rganish orqali siz hayolingizdagi g‘oyani real va sifatli o‘yinga aylantirishni puxta egallaysiz. 🎮 Eng muhimi kurslarni ko‘rib, o‘z o‘yiningizni yaratgach, loyihangiz bilan Yoshlar Ventures’dan investitsiya jalb qilish imkoniyatiga ega bo‘lasiz!
✅ Shartlar juda oddiy: • Ustoz AI platformasidagi gamedev kurslarini o‘zlashtirish; • O‘zingizning tayyor o‘yin konseptingiz yoki prototipingizni yaratish; • Loyihangizni taqdim etib, investitsiya uchun ariza topshirish.
⚡️ Startap yoki o‘yin sohasi uchun faqat g‘oya yetarli emas. Shuning uchun biz yosh dasturchi va gamedevchilar uchun kerakli bilim, amaliy tajriba hamda loyihani moliyalashtirish imkoniyatini bir joyda jamlamoqdamiz. ⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!

👩‍💻 Ustozlar bo'lmaganida, unicornlar bo'lmas edi. 🚖 Har bir ulkan startap, har bir texnologik mahsulot va global miqyosga
👩‍💻 Ustozlar bo'lmaganida, unicornlar bo'lmas edi. 🚖 Har bir ulkan startap, har bir texnologik mahsulot va global miqyosga chiqqan loyiha ortida bir vaqtlar oddiy xom g‘oyaga birinchi bo‘lib ishonch bildirgan, to‘g‘ri yo‘nalish ko‘rsatib, ilk mijoz va investor paydo bo‘lishidan oldin birinchi turtkini bergan inson ustoz va mentorlar turadi. 🥳 Bugun, 1-oktyabr O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan barcha jonkuyar o‘qituvchilarimizni Yoshlar Ventures jamoasi nomidan chin qalbimizdan tabriklaymiz!
💡 Venchur va startap ekotizimida biz doim kuchli mahsulot, biznes-model va innovatsiyalarga e'tibor qaratamiz. Lekin bu innovatsiyalarga zamin yaratadigan, yoshlarda analitik fikrlash va muammolarga yechim topish ko‘nikmasini shakllantiradigan aynan ustozlarning beminnat mehnatidir.
😊 Barchangizga dunyoni o‘zgartiradigan iqtidorli shogirdlarni yetishtirishda ulkan zafarlar tilaymiz! ⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz

Repost from Stanbase 🦄
YPO впервые приехала в Узбекистан Делегация Young Presidents' Organization (YPO) 23 сентября впервые посетила Узбекистан. Виз
YPO впервые приехала в Узбекистан Делегация Young Presidents' Organization (YPO) 23 сентября впервые посетила Узбекистан. Визит организовали Yoshlar Ventures и O6 PR. Это первый шаг к созданию первого YPO Chapter в стране. Представители YPO встретились с бизнес-лидерами Узбекистана, включая Bon!, UzOman и Uzcard Management Group, и посетили Yoshlar Ventures, Enterprise Uzbekistan и ICT Week. YPO основана в 1950 году. Это сообщество руководителей: более 38 000 участников в 150+ странах. Совокупная выручка их компаний около $9 трлн, сотрудников более 22 млн. YPO сотрудничает с Goldman Sachs и EY. Yoshlar Ventures это фонд из Узбекистана с капиталом $20 млн. Он вложил около $1,6 млн в 30 стартапов. Следующий этап: запуск первого YPO Chapter в Узбекистане. @stanbasetech

Bonu startapi Yoshlar Venturesdan $40000 investitsiya oldi! 🎂 Tug'ilgan kunga tort buyurtma qilish odatda uzoq jarayon. Qand
Bonu startapi Yoshlar Venturesdan $40000 investitsiya oldi! 🎂 Tug'ilgan kunga tort buyurtma qilish odatda uzoq jarayon. Qandolatxonani qidirasiz, Telegram'dan yozishasiz, tortning ko'rinishini tasvirlab berasiz, natija esa kutganingizdek chiqmasligi mumkin. Bonu esa bunga yechim bera oldi. Bu O'zbekistondagi birinchi maxsus tortlar konstruktori bo'lib, mijoz mobil ilovada tug'ilgan kun va bayram tortini 3D formatda o'zi yaratadi. Buyurtma hamkor qandolatxonaga tushadi va tort bir necha soat ichida yetkazib beriladi.
📌 Platforma mahalliy qandolatxonalarni yakuniy iste'molchilar bilan yagona texnologik ekotizimda bog'laydi. "Mening odamlarim" CRM-moduli yaqinlarning tug'ilgan kunlarini oldindan eslatib turadi va takroriy xaridni rag'batlantiradi.
📈 Ilova 2026-yil 16-avgustda ishga tushirilgan va uchinchi kunidayoq O'zbekiston App Store'ining "Oziq-ovqat va ichimliklar" toifasida 1-o'ringa chiqdi. Hozir 20.000 foydalanuvchi Toshkent va Samarqandda Bonu xizmatidan foydalanmoqda. Investitsiya hamkor qandolatxonalar sonini ko'paytirishga, yangi shaharlarga chiqishga va mahsulotni rivojlantirishga yo'naltiriladi. 🤝 Bonu jamoasini ushbu muhim bosqich bilan tabriklaymiz va O'zbekistonda bayram va tug'ilgan kun madaniyatini raqamlashtirishda ulkan natijalarga erishishiga ishonamiz! 📎 Siz ham Bonu'ni sinab ko'ring va o'z tortingizni o'zingiz yarating, buyurtma bering: bonu-bakery.uz/app/download ⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!

📹CHANGAN avtomobillaridan biri sizniki bo‘lishi mumkin! “Besh tashabbus” doirasida Zamonaviy kasblar tanlovi start oldi! ⚡️
📹CHANGAN avtomobillaridan biri sizniki bo‘lishi mumkin! “Besh tashabbus” doirasida Zamonaviy kasblar tanlovi start oldi! ⚡️ Agar siz: • Grafik dizayn • Veb-sayt yaratish • Mobilografiya yo‘nalishlaridan birini o‘rganishga qiziqsangiz — bu imkoniyatni o‘tkazib yubormang! Ishtirok etish shartlari: 1️⃣Ustoz AI ilovasi orqali yuqoridagi yo‘nalishlardan birida ta’lim oling. 2️⃣ Kursni muvaffaqiyatli yakunlab, sertifikatga ega bo‘ling. 3️⃣ Sertifikatni olganingizdan so‘ng, maxsus havola orqali tanlovga ro‘yxatdan o‘ting. 🏆 Tanlov g‘oliblarini esa 3 ta CHANGAN avtomobili va boshqa qimmatbaho sovg‘alar kutmoqda! 🔆 Ro‘yxatdan o‘tish 30-sentyabr kuni yakunlanadi. 👉 Hoziroq Ustoz AI ilovasiga kiring va havola orqali roʻyxatdan oʻting!