Yoshlar Ventures
Відкрити в Telegram
“Fikr bor, lekin kimga aytaman?”, deb o‘ylayapsizmi? Bizga ayting! Yoshlar Ventures - yoshlarga startap qilishga yordam beradigan fond. - Pul kerakmi? $200.000 gacha sarmoya beramiz. - Pitch bilmayapsizmi? O‘rgatamiz. - PR, mentor, tarmoq - hammasi bor.
Показати більше8 061
Підписники
+43424 години
+4297 днів
+25130 день
Архів дописів
8 059
Brend - startupning eng qimmat aktivlaridan biri!
🚀 Startup qurishda e'tibor ko‘pincha mahsulot, jamoa va mijozlarga qaratiladi. Ammo brendni huquqiy jihatdan himoya qilish ham shular qatori muhim masalalardan biridir.
🛡 Tovar belgisini o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tkazish kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan huquqiy nizolar, majburiy rebrending va ortiqcha xarajatlarning oldini olishga yordam beradi. Brendingizni ro‘yxatdan o‘tkazishdan oldin uning band yoki band emasligini O‘zbekistonning Intellektual mulk bazalarida tekshirishing. Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Intellektual mulk departamentiga belgilangan tartibda ariza topshiriladi va ekspertiza jarayonidan o‘tadi.⚡️ Kuchli startup nafaqat yaxshi mahsulot, balki qonuniy himoyalangan brend bilan ham quriladi. ⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!
8 059
Mijoz ko'payishi startap uchun zararli bo’lishi ham mumkunmi?
🎦 "MoviePass" loyihasi $9.95 evaziga cheksiz kino taklif qilib, bozorni portlatdi. Ammo, mijozlar qancha ko'p kino ko'rsa, startap shuncha zarar qilaverdi.
🤔 Xo’sh, siz qanday fikrdasiz, bu to’g’ri strategiyami?
⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!
8 059
Mijoz ko'payishi startap uchun zararli bo’lishi ham mumkunmi?
🎦 "MoviePass" loyihasi $9.95 evaziga cheksiz kino taklif qilib, bozorni portlatdi. Ammo, mijozlar qancha ko'p kino ko'rsa, startap shuncha zarar qilaverdi.
🤔 Xo’sh, siz qanday fikrdasiz, bu to’g’ri strategiyami?
⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!
8 059
⚡️ Sirdaryolik startapchilar, diqqat qiling!
Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev hamda Yoshlar Ventures jamoasi vakillari Ertaga Yangiyerda bo’ladi.
Maqsad bitta: siz bilan yuzma-yuz ko’rishib, startapingiz haqida bevosita o’zingizdan eshitish.
🗓 30-iyul, soat 10:00 (9:30da yig’ilamiz)
📍 Yangiyer shahri. Aniq manzil Telegram guruhda e’lon qilinadi.
Uchrashuvda:
• Startapingizni qisqa pitch qilasiz
• Savollarga javob berasiz va fikr olasiz
• Loyihangiz mos kelsa, investitsiya bosqichiga o’tish imkoniyati ochiladi
Qatnashish tartibi oddiy:
ariza formasini to’ldirasiz, oxirida Telegram guruh havolasi chiqadi.
Aniq manzil va boshqa tafsilotlar o’sha yerda bo’ladi.
Arizani hozir to’ldiring 👇
https://forms.gle/UBDzgFVtGeLWNmDV9
8 059
🤔 Investorlardan sarmoya jalb qilish uchun faqatgina zo'r g'oya yetarlimi?
❌ Ko'pchilik startap asoschilari o'z loyihalarini "bozorimiz juda katta", "kuchli texnologiyamiz bor" yoki "foydalanuvchilarimiz ko'p" deb maqtashga e'tibor qaratishadi. Ammo, bu investorlarni unchalik qiziqtirmaydi. Siz qanchalik baland parvoz qilmang, investorlar doim uchta asosiy savolni berishadi: "Birinchi 100 ta mijozingiz qayerda?", "Nega mijoz aynan sizni tanlaydi?" va "Ular sizga yana qaytib kelyaptimi?".👇Sizningcha, investor uchun eng muhimi nima: g'oya, trekshen yoki jamoa? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring! ⚡ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz
8 059
Har bir muvaffaqiyat ortida ishonch va qo‘llab-quvvatlash turadi
💭 Adride asoschisi bilan bo'lgan suhbatning yakuniy qismida Gulnoza Kodirkhanova startap yo‘lidagi ishonch va mentorlikning ahamiyati haqida fikr bildirdilar.
🤝 Shu munosabat bilan asoschimiz o‘z minnatdorchiliklarini Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa'dullayev, Yoshlar Ventures rahbari Abdulaziz Yakubov hamda startap rivojlanishida yaqindan ko‘mak bergan mentor Shahzod Ismoilovga izhor etdilar.⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!
8 059
Repost from MOST C-Space Community Uz
Выход на рынок США 🇺🇸
30–31 июля в MOST C-Space Hub пройдет двухдневная практическая программа для технологических компаний, инвесторов и участников инновационной экосистемы.
Программа будет полезна тем, кто:
• планирует запуск или масштабирование бизнеса в США;
• рассматривает инвестиции в компании с международным потенциалом;
• ищет клиентов, партнеров и новые деловые возможности;
• сопровождает стартапы и компании при выходе на глобальные рынки.
За два дня международные эксперты разберут стратегию выхода, регистрацию компании, поиск первых клиентов, юридические и налоговые вопросы, защиту интеллектуальной собственности и подготовку бизнеса к международным инвестициям.
Участников также ждут практические сессии, индивидуальные консультации, B2B-встречи, разбор кейсов.
📅 30–31 июля 2026
📍 Ахмад Дониш, 20А, MOST C-Space Hub
📌 Формат: офлайн, 2 дня, на английском языке
Количество мест ограничено.
Подать заявку можно по ссылке: https://forms.gle/fT61CqJTxnHuRrqT9
8 059
Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, hurmatli Prezident! 🇺🇿
Siz bilan bo‘lgan har bir uchrashuv va muloqotda yoshlarga bo‘lgan yuksak ishonch va alohida e’tiboringizni his qilamiz. ✨
Aynan mana shu ishonch millionlab o‘g‘il-qizlaringizga katta maqsadlar sari intilish, o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish va Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish uchun ilhom bag‘ishlaydi.
Siz bildirayotgan yuksak ishonchni oqlash, Vatanimiz ravnaqi va Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lida biz - yoshlar hamisha Siz bilan birgamiz!
⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!
8 059
📝 O‘zbekistonda startap madaniyati: ekotizimga hozircha nimalar yetishmaydi?
🚀 O‘zbekistonda startap ekotizimi juda tez o'smoqda. Biroq bu yo‘lda hali yechimini kutayotgan masalalar ham yo‘q emas.
📄 Yoshlar Ventures rahbari Abdulaziz Yakubov The Tech nashridagi mualliflik maqolasida aynan shu mavzuga to‘xtalib, startap ekotizimining bugungi holati va uni rivojlantirish uchun muhim bo‘lgan omillar haqida fikr bildirdilar.
⛓️ To‘liq maqolani quyidagi havola orqali o‘qishingiz mumkin: https://the-tech.kz/ozbekistonda-startap-madaniyati-ekotizimga-hozircha-nimalar-yetishmaydi/
⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!
8 059
🇬🇧 Cambridge universitetida startap ekotizimi bo‘yicha tajriba almashildi
⚡️ Yoshlar Ventures rahbari Abdulaziz Yakubov Cambridge Judge Business School Entrepreneurship Centre ijrochi direktori Ann Davidson bilan uchrashdi.
Suhbat davomida Buyuk Britaniyada startaplar qanday qo‘llab-quvvatlanayotgani, universitetlarning innovatsion ekotizimdagi o‘rni, akseleratsiya dasturlari va ilk bosqichdagi loyihalar uchun mo‘ljallangan Ignite dasturi haqida fikr almashildi.🚀 Uchrashuvda, shuningdek, O‘zbekistonda startap asoschilari uchun xalqaro tajribalarni tatbiq etish, hamkorlik yo‘nalishlari va ekotizimni rivojlantirishga xizmat qiladigan tashabbuslar yuzasidan ham muloqot qilindi. ⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!
8 059
🤔 Startapdagi eng katta xato darhol mukammallikka intilishmi?
❌ Ko‘pchilik startap asoschilari darhol yuzlab funksiyalarga ega, zo'r dizaynli loyiha yaratishga katta xarajat qilishadi va ko'p hollarda oxir-oqibat bankrotlikka uchraydi. Buning asosiy sababi ular MVP (Minimum Viable Product) strategiyasini chetlab o'tishadi.✅ Muvaffaqiyatli va yashovchan startap qurish uchun g'oyangizni eng kam xarajat bilan bozorda sinab ko'rishingiz shart. Mukammallik ortidan quvib vaqt yo‘qotmang! ⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!
8 059
Repost from UzCombinator: 2-mavsum!
+8
🚨 UzCombinator 2-mavsum sarhisobi!
Xo'sh, keling ochig'ini aytamiz, bunday raqamlarni biz ham kutmagandik 👀
💻Jami 3.583 kishi ariza topshirdi. Bu 1-mavsumga qaraganda 2.46 barobar ko'p.
Matematikani his qilib ko'ring: bir o'ringa 119,4 kishi to'g'ri keladi. Ya'ni qabul qilinish ehtimolligi atigi 0,84%⚡️
UzCombinatorga qabul qilinish Harvardga kirishdan qiyinroq bo'lib ketdimi deyman a? 😅
📌 Bundan tashqari bizda yana quyidagi qiziqarli statistikalar mavjud:
• Eng faol yosh toifasi — 18-21 yosh (38,4%) • 10 ta xalqaro davlatdan ham 45 ta asoschilar ariza topshirdi • Startaplarning 41% allaqachon MVP bosqichida • Eng ko'p yo'nalish — AI (21%) va Edtech (20%) • Mahsulot turi bo'yicha yetakchi — SaaS (22%) va Mobile App (21%)Va eng qizig'i ariza topshirganlar orasida 202 ta startapning o'z firmasi bor, 42 ta startap esa allaqachon investitsiya yoki commitment olgan 🔥 🚀 Bu shunchaki raqamlar emas. Bu O'zbekistonda startaplar qanchaki rivojlanayotganining isboti! Natijalar qachon chiqadi degan savolga esa tez orada javob beramiz :) Hozircha kanalni kuzatishda davom eting! ⚡️ @uzcombinator
8 059
Startapingiz investitsiyaga loyiqmi?
🏳️ Ko‘plab startaplar g‘oya bilan keladi, ammo investorlar g‘oyadan ko‘ra muammo, bozor va aniq raqamlarga e’tibor beradi. Venchur fondni ishontirish uchun mahsulotingiz qanday muammoni hal qilishi va nima uchun aynan sizga investitsiya kiritilishi kerakligini asoslab bera olishingiz zarur.🤩 Yoshlar Ventures rahbari Abdulaziz Yakubov ushbu videoda investorlar nimalarga e’tibor berishi va investitsiya jalb qilish uchun nimalarga tayyor bo‘lish kerakligi haqida muhim tavsiyalar bilan bo‘lishadi. Batafsil videoda tomosha qiling! ⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!
8 059
🔥 Yoshlar Ventures sahifalarida yangi rubrika!
🚀 Ko'plab iqtidorli yoshlarimizda MVP bosqichdagi startaplar bor, biroq ularni ommaga tanitish va ilk auditoriyani yig'ish doim ham oson kechmaydi.
✅ Yoshlar Ventures sizga bu borada yordam beradi!
Ijtimoiy tarmoqlarimizda yangi yo'nalishni ishga tushirmoqchimiz: Startapingizning MVP prototipi bo'lsa, o'z loyihangizni kameraga 1 daqiqa ichida "pitch" qilib berishingiz mumkin.
📈 Biz esa startaplarni saralab olib, ularni o'zimizning rasmiy ijtimoiy tarmoqlarimizga joylashtiramiz.
Bu loyihangizni butun O'zbekistonga tanitish va o'zingizning birinchi mijozlaringiz yoki investorlaringizni jalb qilish uchun ajoyib imkoniyati!
Ariza to'ldirish
⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz
8 059
🚀 AdRide startapi Yoshlar Ventures portfeliga qo’shildi!
✅ AdRide - shahar mobilitetiga integratsiyalashgan, harakat jarayonida e’tiborni monetizatsiya qiluvchi data-driven AdTech platforma.
Keyingi investitsiya aynan sizniki bo‘lishi mumkin.
⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!
8 059
🚀 "Yoshlar Ventures marrasi"ga qo‘shiling!
📖 Yoshlar Ventures va Mutolaa hamkorligida "Venchur Zehniyati" kitobi asosida maxsus kitobxonlik marrasi start olmoqda.
Marra davomida siz:
📖 Har kuni belgilangan kitob qismini o‘qiysiz;
📝 Yakunda test orqali bilimingizni sinaysiz;
🏆 Yuqori natija ko‘rsatib, qimmatli sovg‘alarni qo‘lga kiritishingiz mumkin.
🎁 Mukofotlar:
• 1–20-o‘rinlar - 1 yillik Mutolaa Premium obunasi uchun promokod.
• 1-o‘rin - Yoshlar Ventures jamg‘armasidan maxsus sovg‘alar.
• 2-o‘rin - Yoshlar Ventures portfeli.
• 3-o‘rin - Yoshlar Ventures futbolkasi va kepkasi.
📅 Marra davri: 25-iyul – 15-avgust
⏰ Test: 16-avgust, soat 20:00
📚 Kunlik o‘qish: atigi 32 daqiqa.
Agar startaplar, investitsiya va venchur dunyosini chuqurroq o‘rganishni istasangiz, bu marrani o'tkazib yubormang!
🔗 Batafsil ma'lumot va ishtirok etish: https://mutolaa.com/davra/post/408691
⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!
8 059
🌍 O'zbek tekstili uchun raqamli ko'prik!
🕐 "1 daqiqada tushuntir" loyihasining 4-sonida mehmonimiz to'qimachilik sanoati sohasi bo’yicha "Textile Bridge" nomli B2B platformasi asoschisi Musallam G'oziyeva bo'ldilar.
📹 Ushbu video davomida Textile Bridge qanday muammoni hal qilishi, biznes egalari hamda import kompaniyalari uchun yangi bozorlarga chiqish jarayonini qanday xavfsiz va oson qilishi va nega bu platforma to'qimachilik fabrikalari uchun qulay yechim ekanligi haqida qisqacha ma’lumot berilgan.💬 Videoni tomosha qiling va loyiha haqida o'z fikringizni izohlarda qoldiring! ⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!
