fa
Feedback
Yakun

Yakun

رفتن به کانال در Telegram

• Olganing emas, berganing seniki. • Sizga foydasi tegar deya u-bu narsa yozib turaman. Aslida yordam sizga emas, o‘zimga kerak. Ketkazgan vaqtingizga rozi bo‘ling! •aloqa: @azxariy_bot

نمایش بیشتر
2 963
مشترکین
+1724 ساعت
-447 روز
+16030 روز
آرشیو پست ها
Yakun
2 962
Toki O‘zingga yuzlanganda Rosulullohning ortlarida, Kalomingni koʻksida koʻtarganlar safida tura olaylik, o‘sha pokiza qalblar jam bo‘lgan abadiy saodat diyorida — Jannatda Rosululloh bilan birga bo‘laylik...

Yakun
2 962
Ey osmonlaru yerning Yagona Egasi ey qalblarni O‘z qudrati bilan istagan tomonga buruvchi Buyuk Zot! Bugun faqat va faqat Sening rizoligingni istab to‘plangan ojiz, qusurlarga to‘la, lekin Sening cheksiz rahmatingdan umidvor bandalaringga O‘z ilohiy nazaringni solgin... Ey koinotni yo‘qdan bor qilgan Qodir Zot! Ey xilvatlardagi pinhona shivirlashlarni ham, qalblarning eng tubida yashiringan sirlarni ham eng yaxshi biluvchi bo‘lgan Parvardigor! Bugun Sening rahmating va mag‘firating eshigiga bosh urib kelgan bandalaringning holini O‘zing ko‘rib turibsan... Biz Sening buyukliging qarshisida tamomila chorasiz, muhtoj va xatolarga ko‘milingan ojiz bandalaringmiz. Ey Rahmlilarning Rahmlisi, ey Gunohlarni Mag‘firat Qiluvchi va Sattor bo‘lgan Allohim! Bugun o‘zimizning qanchalik haqir va Sening birgina rahmatingga naqadar tashna ekanimizni e’tirof etib, Senga yuzlanmoqdamiz. Tillarimiz Sening Kalomingni tilovat qilishga chiranadi-yu, ammo gunohlarimiz, g‘aflatimiz va dunyo hoy-u havaslariga berilganimiz sababli qotib qolgan qalblarimizdan uyalamiz... Ey Qalblarni o’zgartiruvchi Mehribon Zot! Qalblarimizni g‘aflat va kibr zangi bosibdi. Ko‘zlarimizni haromdan tuta olmaganimiz, tillarimizni behuda va keraksiz so‘zlardan tiya olmaganimiz, quloqlarimizni ma’siyatlardan to‘sa olmaganimiz sababli bugun O‘z Kalomingni qalbimiz tubiga sig‘dira olmay to‘silib qolmoqdamiz... Yod olgan sahifalarimiz qalbimizga kirmay ortga qaytayotgan bo‘lsa, harfimiz ravon chiqmay tilimiz tutilayotgan bo‘lsa — bu Sening Ilohiy Kalomingning nuqsonidan emas, balki bizning gunohlarga g’arq bo‘lgan pinhona va oshkora ma’siyatlarimiz kasofatidandir, ey Robbim! Biz o‘z nafsimizning xiyonatiga uchradik, o‘z ayblarimiz bilan Sening Muqaddas Kaloming va qalblarimiz o‘rtasiga qalin parda tortib qo‘ydik... Ey Tavbalarni Qabul Qiluvchi Tavvob Zot! Bugun barchamiz hamma qusur va ayblarimizni, mutlaq ojizligimizni tan olib, Senga zor-zor yig‘laymiz! G‘aflat uyqusida Qotib ketgan qalblarimizni O‘z rahmatingning fayzi va mag‘firati bilan tiriltirgin Qilayotgan xatolarimiz sababli bizdan Kalomingning barakasini, ilohiy lazzatini va uning hidoyat nurlarini to‘sib qo‘ymagin! Ey Karami Keng, Latif Zot! Kalomingni o‘qiyotganimizda va yodlayotganimizda tilimizdagi tutilishlarni, qalbimizdagi tugun va qulflarni O‘z qudrating bilan yechgin! Kirlanib, qorayib ketgan qalblarimizdagi zanglarni Qur’onning shifo oyatlari bilan yuvib tashlagin! Yod olgan har bir oyatimizni xotiramizda, eng muhimi — har bir nafasimiz va amalimizda mustahkam qilgin! Uni unutish, unga amal qilmaslik, uning hukmlaridan uzoqlashish kabi mudhish va og‘ir musibatdan bizni O‘z panohingda saqlagin! Yo Alloh! Bizni Qur’onni shunchaki insonlar maqtovi va obro‘ uchun o‘qiydiganlardan emas, balki uni qalbining har bir urishida his qilib, har bir oyat qarshisida ko‘zlaridan yoshi duv-duv oqadigan chinakam oshiqlaringdan qilgin! O‘qigan va yod olgan har bir harfimizni qabrning qorong‘u va vahimali zulmatida bizga hamroh va nur, Mahsharning dahshatli kunida boshimizga toj, Jahannam olovidan saqlovchi mustahkam qal’a va Jannatning oliy darajalariga ko‘taruvchi ilohiy narvon qilgin! Ey Barchaga Muruvvat Qiluvchi Karami Keng Zot! Ota-onalarimizni Qur’on nuri bilan siylagin. Qiyomat kunida ularga quyosh nurlaridan ham charog‘onroq tojlarni kiydirishni biz kabi ojiz farzandlarga nasib etgin! Ushbu Kalom sababli ularning bilib-bilmay qilgan barcha xato va gunohlarini mag‘firat etgin! Ey O‘zining buyukligi bilan haybatli, O‘zining muruvvati bilan saxiylik qiluvchi Robbim! Qalbimizni Qur’onning bahori bilan tiriltirgin, ko‘zlarimizga uning ilohiy ziyosini bergaysan, g‘am-anduhlarimiz va qalbiy dardlarimizni ushbu Ilohiy Kalom bilan aritgin. Bizni ushbu muqaddas yo‘ldan zarracha chalg‘itma, oqibatimizni xayrli qilgin va eng oxirgi nafasimizda ham Sening Yagona ekanligingni va Kalomingni qiroat qilib, Sen bizdan rozi bo‘lgan holingda dunyodan o‘tishni barchamizga nasib etgin! Ey Robbim! Bizni bu soxta va qorong‘u dunyo fitnalarida adashtirmasdan, Qur’on hidoyati bilan toʻgʻri yoʻlda sobit qadam aylagin...

Yakun
2 962
faqat hursand bo’lasizmi deb o’ylamelar, chiroyli bir duoham qilib beraman 😊

Yakun
2 962
Assalamu alaykum va rohmatulloh. Toshkent shahrida kimdadir mikrofon yo’qmi? Ertagalikka 2-3 soatga kerak edi. Berib tursanglar hursand bo’lar edik. Kimdadir bo’lsa: @muhammadshariyf

Yakun
2 962
Yusuf alayhissalom kabi husning va ishqing sinovida zindonga mahkum etilsam-da, iffatu sabrimni sening rizolingga qalqon qilsam. Yo‘qotishlar ichida Yoqub kabi ko‘zlarimga oq tushguncha yig‘lasam-da, sening rahmatingdan bir zum bo‘lsin umid uzmasam. Ayyub kabi tanamni dard chulg’ab balolar girdobida qolsam-da, tildan zikringni, dildan shukringni qo‘ymasam. Muso kabi Tur tog‘ida vasling umidida xushimdan ketsam va Iso kabi ruhimni sening pokligingga topshirib, faqat senga yuzlansam. Har bir nafasim sening eslatmang, har bir nigohim sening qudratingga maftunlikdir. Sulaymon kabi saltanatlar egasi bo‘lsam-da, sening birgina rahmating oldida o‘zimni eng miskin gado bilsam. Yunus kabi zulmatlar qa’ridan faqat sening Ismi A’zamingga suyanib nido qilsam va Baloal-baqo olamida Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallam kabi sening rizoingni har nedan ustun qo‘ysam. Ey g‘oyibdagi mahbubim, bu fano diyori mening tor qafasim, sening visoling esa ruhimning yagona najotidir. Ko‘zlarim sen to‘qigan tajallilarga zormanda, qalbim esa firdavs bog‘larida seni ko‘rmoqlik saodatiga tashna. Toki va’da qilingan o‘sha oliy makonda — jannat jamolingga musharraf bo‘lgunga qadar, bu vujudim, bu ishqim va butun o‘zligim sening poyingga poyandoz bo‘lsin.

Yakun
2 962
📨 Sizda yangi anonim xabar bor! Ilm yuqishi uchun nimalarga e’tiborli bòlish kerak? - luqmaga

Yakun
2 962
📨 Sizda yangi anonim xabar bor! Uylanish uchun eng munosib yosh? - moddiy va ma’naviy tayyor bo’lgan yoshi

Yakun
2 962
📨 Sizda yangi anonim xabar bor! Eng ko'p uchrashuvga taklif qilinadigan kanal admini siz bo'lsangiz kerak😁 - yag’e uyaltrmelar🥲

Yakun
2 962
📨 Sizda yangi anonim xabar bor! Kuz ham keldi, qachon birga issiq choy yoki qahva ichib suhbatlashamiz? - o’ylab ko’rish kerak👀

Yakun
2 962
📨 Sizda yangi anonim xabar bor! Hujjatlarimni olgani borganda Orientalda ko’rgandim sizni 2-3 kun oldin avval ikkilandim keyingi profilizdagi rasm videolarizga kirib solishtirib Yakun adminiku devoribman yonimdagi qizlar kulvorishdi😁🤦🏻‍♀️ - ha aylanib yurudim

Yakun
2 962
📨 Sizda yangi anonim xabar bor! Diniy ilm olgan afzalmi dunyoviymi? - dunyo va oxiratga foydali ilm olgan afzal.

Yakun
2 962
📨 Sizda yangi anonim xabar bor! Нега Якун? -avvalo o’zimga eslatma yakunimni eslatish uchun, keyinchalik esa qolganlarga eslatma Yakun’larini eslab turish uchun

Yakun
2 962
📨 Sizda yangi anonim xabar bor! https://t.me/byyakun/2955 isondik isondik 😂 - rost, ko’rishgan insonlar javob bersin ana🥲

Yakun
2 962
📨 Sizda yangi anonim xabar bor! Odam shunchalik ham gapga usta boʻladimi? - hayotda uyatchang insonman🥲

Yakun
2 962
📨 Sizda yangi anonim xabar bor! Siz uchun en yaxshisi nima? - @byammoriy ni baxtini ko’rish

Yakun
2 962
📨 Sizda yangi anonim xabar bor! Kanal rasmini yangilashni o'ylab ko‘rmaganmisiz hech? - dizaynerlar bo’lsa takliflarni eshitishga tayyormiz )

Yakun
2 962
Extiyot bo’ling bu sahifaga qo’shilsangiz, muntazam kitob o’quvchi va haftalik reytinglarda birinchi o’rinlarda yurishingiz mumkin😊

Yakun
2 962
@kitobchibot_uz Buyerda sizning reklamangiz bo’lishi mumkin edi 😊

Yakun
2 962
📨 Sizda yangi anonim xabar bor! Qayerga oʻqishga kirdiz - universitetga

Yakun
2 962
📨 Sizda yangi anonim xabar bor! Hazrat shaxsiy kanalizni linkini biz faqirlarga ham bering ) - https://t.me/+oKtzAubN6Vs3YzMy Buyerda sizning reklamangiz bo’lishi mumkin edi