Yakun
رفتن به کانال در Telegram
• Olganing emas, berganing seniki. • Sizga foydasi tegar deya u-bu narsa yozib turaman. Aslida yordam sizga emas, o‘zimga kerak. Ketkazgan vaqtingizga rozi bo‘ling! •aloqa: @azxariy_bot
نمایش بیشتر2 271
مشترکین
+824 ساعت
+367 روز
+5330 روز
در حال بارگیری داده...
کانالهای مشابه
هیچ دادهای
مشکلی وجود دارد؟ لطفاً صفحه را تازه کنید یا با مدیر پشتیبانی ما تماس بگیرید.
ابر برچسبها
هیچ دادهای
مشکلی وجود دارد؟ لطفاً صفحه را تازه کنید یا با مدیر پشتیبانی ما تماس بگیرید.
اشارات ورودی و خروجی
---
---
---
---
---
---
جذب مشترکین
ژوئن '26
ژوئن '26
+196
در 31 کانالها
مه '26
+91
در 8 کانالها
Get PRO
آوریل '26
+186
در 31 کانالها
Get PRO
مارس '26
+244
در 26 کانالها
Get PRO
فوریه '26
+80
در 10 کانالها
Get PRO
ژانویه '26
+613
در 25 کانالها
Get PRO
دسامبر '25
+235
در 32 کانالها
Get PRO
نوامبر '25
+175
در 18 کانالها
Get PRO
اکتبر '25
+158
در 24 کانالها
Get PRO
سپتامبر '25
+241
در 31 کانالها
Get PRO
اوت '25
+121
در 18 کانالها
Get PRO
ژوئیه '25
+2 454
در 11 کانالها
Get PRO
ژوئن '25
+8 554
در 34 کانالها
Get PRO
مه '25
+1 683
در 17 کانالها
Get PRO
آوریل '25
+1
در 2 کانالها
| تاریخ | رشد مشترکین | اشارات | کانالها | |
| 23 ژوئن | +5 | |||
| 22 ژوئن | +9 | |||
| 21 ژوئن | +11 | |||
| 20 ژوئن | +20 | |||
| 19 ژوئن | +4 | |||
| 18 ژوئن | +9 | |||
| 17 ژوئن | +6 | |||
| 16 ژوئن | +4 | |||
| 15 ژوئن | +2 | |||
| 14 ژوئن | +10 | |||
| 13 ژوئن | +46 | |||
| 12 ژوئن | +3 | |||
| 11 ژوئن | +1 | |||
| 10 ژوئن | +1 | |||
| 09 ژوئن | 0 | |||
| 08 ژوئن | +3 | |||
| 07 ژوئن | +15 | |||
| 06 ژوئن | +4 | |||
| 05 ژوئن | +6 | |||
| 04 ژوئن | +20 | |||
| 03 ژوئن | +11 | |||
| 02 ژوئن | +3 | |||
| 01 ژوئن | +3 |
پستهای کانال
| 2 | Golliii qarang Ronaldu havas qiladiyaaaaa
3 taga yursin bu golimiz | 3 |
| 3 | O’zbekiston bugun yutsa, hech qanday shartsiz 10 ta kitob xadya qilaman obunachilarga :) | 308 |
| 4 | Hamma tayyormi Futbolga :) | 312 |
| 5 | O’tmish: O'rtada qadam tashlayotgan, bugun belidan quvvati, vujudidan kuch ketgan keksaygan otaxon. U o'z vaqtida hayotning bor yukini yelkasida ko'targan, sinovlarida toblangan bir tog' edi. Bugun esa uning qadamlari og'ir, mag'rur qomati yerga moyil. U o'z vazifasini bajardi ortidan o'zidan kuchliroq tirgak qoldirdi. U bugun suyanishga muhtoj, chunki u hayotning yakuniy, donolik pallasida.
Bugun: Otaning bilagidan tutib, unga tirgak bo'layotgan navqiron o'g'il. U bugunning egasi. Uning yelkasida ham o'tmishning (otaning) hurmati, ham kelajakning (farzandning) mas'uliyati turibdi. Haqiqiy yigitlik quvvati va erkaklik burchi mana shu rasmda namoyon: otaga suyanch bo'lish va uning og'irini yengil qilish. O'g'il bilsaki, otasining kechagi kuni — o'zining buguni, otasining bugungi holati — o'zining ertasi. Biz bugun otamizning bilagidan tutib, uning og‘irini yengil qilar ekanmiz, aslida kelajakdagi o‘zimizga yordam berayotgan bo‘lamiz. Chunki vaqt zanjiri shafqatsiz: bugun biz otamiz uchun kim bo‘lsak, ertaga farzandimiz biz uchun o‘sha insonga aylanadi.
Kelajak: Eng chekkada, bobosining kaftidan tutgancha, hayot tashvishlaridan bexabar, sakrab-sakrab borayotgan mitti Nabira. Uning dunyosida hali gʻam ham, uning ogʻirligi ham yoʻq. Dunyo u uchun faqat begʻuborlik va cheksiz oʻyinlardan iborat. U oʻzining ustidagi ikki ulkan soyabonni — otasi va bobosining baquvvat vujudini, ularning cheksiz himoyasini his qilib, xotirjam qadam tashlamoqda. Lekin vaqt shafqatsiz va toʻxtovsiz oqar daryodir. Kun kelib, zanjirning keyingi xalqasi sifatida bu muqaddas yuk uning ham yelkasiga tushishini hali u bilmaydi...
Hayot barchamizni mana shu uch bosqichdan o'tkazadi. Kecha kimningdir qo'lidan tutib yurgan bola edik, bugun kimningdir bilagiga tirgak bo'lgan shaxsmiz, ertaga esa o'zimiz ham zanjirning oxirgi xalqasiga aylanamiz. Hayotning go'zalligi va davomiyligi ham mana shu muvozanatda! | 1 300 |
| 6 | بدون متن... | 2 |
| 7 | 3 ta o’rinli kitobli konkurs bo’layotgan ekan, qatnashib ko’ring balki g’oliblardan biri aynan siz bo’larsiz :)
konkurs haqida batafsil: https://t.me/unsiyyah/74 | 247 |
| 8 | – Agar qizim boʻlsa, uni oʻgʻillarimdan koʻproq sevsam kerak.
– Nega?
– Bilmasam, oʻzim shunchaki. Bitta odamni tanirdim. Tashqi koʻrinishidan ot hurkadigan qoʻrs odam edi. Biroq qizining oldida mutlaqo boshqa odamga aylanar, uni erkalab-erkalab sira toʻymasdi. Qizi balda raqs tushganida besh soat bir yerda qimirlamay, hatto koʻzini pirpiratmay, ixlos bilan tomosha qilardi. Shunchalik yaxshi koʻrardi qizini. Qizi charchab uxlab qolar, bedor ota esa unga termulib oʻtirardi. Oʻzi kir-chir kiyinar, birovga bir tomchi ilinmas, qizidan esa soʻnggi chaqasini ham ayamasdi; qimmatbaho sovgʻalar olar, sovgʻasi qiziga yoqsa, baxtdan yettinchi osmonga uchardi. Otalar qizlarini doim onalardan koʻra koʻproq yaxshi koʻrishadi. Ba'zi qizlar ota uyida qirolichaday yashashadi. Menimcha, qizim boʻlsa, uni erga bermasdim.
– Qanaqasiga?
– Qizgʻanaman-da axir, oʻlay agar. Begona erkakni qanday oʻpadi, qanday qilib uni oʻz otasidan koʻproq sevadi? Buni oʻylashning oʻziyoq dahshat. Bilaman, valdirayapman, biloxir hamma koʻnikadi. Lekin menga shunday tuyuladiki, uni erga berguncha oʻzimni xarob qilaman, nomzodlarni birma-bir chiqitga chiqaraman. Oxirida oʻzi sevgan odamga beraman. Ammo qiz sevgan yigit doim otaning nazdida talabgorlarning eng nomaqbuli boʻlib koʻrinadi. Ha, har doim shunaqa boʻladi. Koʻp oilada shuning ustida kelishmovchilik chiqadi.
Afsus, dunyoda qiz farzandini izzat-hurmat bilan uzatish oʻrniga, unga bir buyumdek qaraydigan, oʻz manfaatlariga qurbon qiladigan oilalar ham yoʻq emas. Lekin bunday bemehrlik faqat sevgini tuymagan baxtsiz insonlarning xonadonida boʻladi. Zero, sevgi yoʻq joyda, aql va donolik ham boʻlmaydi. | 3 002 |
| 9 | Izohlarda hammani fikrini, dardini bittalab o'qidim. Biz o'ylagandan ham ancha chuqurroq mavzu ekan. Ko'pchiligimiz muammoni his qilib turibmiz.
Lekin bitta narsa bor: tana va me'dani tartibga solish — bu faqatgina jismoniy harakat emas. Hamma narsa avval miyada, ongda boshlanadi. Tana shunchaki ijrochi, xolos.
Shuning uchun keyingi suhbatimiz eng asosiy nuqta — Ong va Fikrlarimiz haqida bo'ladi. Muammoning ildiziga tushamiz.
Hozircha esa hammaga hayrli tun. | 1 799 |
| 10 | https://t.me/QuestionUz_Robot?start=93196c588f6d4d
- izohga yoza olmagan bo’lsangiz bemalol anonim orqali yuborsez ham bo’ladi) | 205 |
| 11 | Keling bugun, samimiy suhbat quraylik, o’zimizni aldamasdan haqiqatni izohlarga yozaylik. | 336 |
| 12 | Hech o'ylab ko'rganmisiz?
Tanangizdagi bu doimiy charchoq, uyquchanlik, ibodatlarga bo'lgan dangasalik va yosh turib yopishayotgan har xil kasalliklar qayerdan kelyapti? Nega ruhan kuchli bo'lishni xohlaymiz-u, lekin jismimiz bizga bo'ysunmay, doim pastga — dangasalik botqog'iga tortadi?
Javob biz tasavvur qilgandan ko'ra ancha yaqin va achchiq: biz o'zimizni o'z qo'limiz bilan zaharlayapmiz.
Hech e'tibor berganmisiz, shaharlarimiz ko'chalarida g'alati bir zanjir bor: uchta-to'rtta yemakxona, yonida esa darrov bitta apteka. Yana yemakxona, yana apteka...
Bu tasodif emas. Bu bugungi jamiyatning daxshatli formulasidir: tinimsiz va nosog'lom taom yeyish ➔ kasallik ➔ doriga qaramlik. Dorilarning son-sanoog'i yo'q, lekin kasalliklar kamayish o'rniga ko’payib boryapti.
"Uch mahal ovqatlanish" o'zi qayerdan keldi?
Biz go'dakligimizdan beri "sog'lom bo'lish uchun kuniga 3 mahal to'yib ovqatlanish kerak" degan gapni eshitib o'sdik. Lekin bilasizmi, insoniyat tarixida bunaqa rejim hech qachon bo'lmagan!
Bu tizim “Sanoat inqilobi” davrida G'arbda paydo bo'lgan. Zavod va fabrikalar qurilib, odamlar soatbay ishga o'tgach, tizim ularni boshqarish uchun qat'iy vaqt jadvallarini joriy qildi: ishdan oldin (nonushta), ish orasida (tushlik) va ishdan keyin (kechki ovqat). Ya'ni, 3 mahal ovqatlanish — tanamizning biologik ehtiyoji emas, zavod tizimining ish rejasidir!
Biz esa tana omonatini mana shu sun'iy rejimga qurbon qilib yubordik. Kuniga qancha fastfud, gazli ichimliklar, hisobsiz shakar va sun'iy shirinliklar iste'mol qilyapmiz, qachon sog’lom oqsil-uglevod balansini o'lchab ovqat iste’mol qilganimizni-ku gapirmasa ham bo'ladi.
Omonat uyning xo'jayini emasmiz.
Tasavvur qiling, sizga vaqtincha yashash uchun juda shinam, toza va shohona bir uy omonatga berildi. Siz u uydan foydalanasiz, lekin uning devorlarini chizib, mebellariga zarar yetkazib, ichini axlatga to'ldirib tashlamaysiz-ku, to'g'rimi? Chunki vaqti kelib uyni egasiga qanday bo'lsa, shunday toza topshirish kerakligini, mas'uliyati borligini ich-ichingizdan his qilasiz.
Bizning ruhimiz ham bu dunyoda mana shu tana degan "uy" ichida vaqtincha yashaydi. Lekin biz Yaratuvchi tomonidan mutlaqo tekinga berilgan bu omonat uyning ichini har kuni nosog'lom ovqatlar, kimyoviy shirinliklar bilan to'ldirib, uni ich-ichidan yemiryapmiz.
Unutmang, bu tana sizga mulk qilib berilmagan, u — Omonat!
Islom tarixiga qarasak ham, u yerda "3 mahal to'yib yeyish" degan tushunchani umuman topolmaysiz.
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar: "Odam bolasi to'ldiradigan idishlarning eng yomoni qorindir. Odam bolasiga qaddini tik tutishi uchun bir necha luqma kifoyadir. Agar juda zarur bo'lsa, taomi uchun uchdan bir, ichimligi uchun uchdan bir va nafasi uchun uchdan bir (joy ajratsin)". (Termiziy rivoyati)
Biz esa och qolmasdan turib yeymiz. Ertalab hali kechagi ovqat hazm bo'lmasdan nonushta qilamiz, tushda shunchaki "vaqti bo'lgani" uchun tushlikka yuguramiz, kechqurun esa kunlik stressni yeyish bilan chiqaramiz. To'xtovsiz ishlayotgan me'da charchaydi, tana omonatiga xiyonat qilinadi.
Buyuk olimimiz Ibn Sino ham: "Kasallikning boshlanishi — ovqat ustiga ovqat yeyishdir" deb bejiz aytmagan. Mana shu nafsoniy ehtiyojlar ortidan quvish oqibatida — kechalari uxlolmaydigan, ibodatlarga turishga og'irlik qiladigan, duoda halovat bermaydigan, aptekama-aptekaga yuradigan zaif bir jism yuzaga keladi. Ertaga bu vaqtincha uyni Egasiga qanday holatda qaytaramiz?
Aybni ob-havoga, charchoqqa yoki zamonga ag'darishni to'xtataylik. O'zingizni aldamang, borini izohlarda yozing. Samimiy gaplashaylik bugun.
1. Kuniga necha mahal ovqatlanasiz? Chindan ham qorningiz ochgani uchun yeysizmi yoki shunchaki odat bo'lgani, zerikkaningiz yoki nafsoniy xohish uchunmi?
2. Kuniga qancha fast food, gazli ichimliklar, shirinliklar iste’mol qilasiz?
3. Hayotingizda biror marta ovqatingizning oqsil, uglevod, yog' balansini o'lchab, ongli ravishda toza ovqatlanib ko'rganmisiz? | 1 925 |
| 13 | Bugun kechki payt sahifada juda bir qiziqarli mavzuni o'rtaga tashlaymiz.
Kundalik charchoqlarimiz, ba'zi bir dangasaliklarimiz va hayot tarzimiz haqida samimiy gaplashib, kichik so'rovnoma o'tkazamiz. Har kuni ko'rib, e'tibor bermaydigan narsalarimiz ortida aslida nimalar yotganini birgalikda ko'rib chiqamiz.
Bildirishnomani (uvedomleniya) yoqib qo'ying, kechki payt bir chiroyli suhbatlashamiz. | 488 |
| 14 | Endi bizda reaksiya bosish ham mavjud :) | 10 |
| 15 | پیام ویدیو | 168 |
| 16 | Tunda Chiroqni oʻchirib, koʻzingizni shiftga tikkaningizda, telefonni bir chetga qo’yib, tashqi dunyodan uzilganingizda bir savol sizni tiriklayin yeyishni boshlaydi: “Men qachon bunday odamga aylandim?”
Biz dunyoga kelganimizda, Fitratimiz toza, qalbimiz tinch, ruhimiz yengil edi. Bir vaqtlar oddiy narsalardan baxt topa oladigan, koʻzlari quvonchdan porlaydigan oʻsha begʻubor bolalikni esla... Bugun undan nima qoldi?
Oʻzingizdan qayerga qochib qutulmoqchisiz? Bu dardingizni kimga aytasiz? Jamiyat sizga chiroyli hayotni taklif qildi, lekin ichki xotirjamligingizni tortib oldi. Asliyatimizni sotdik... badalini esa har tunda uxlolmay, ich-etimizni yeb toʻlayapmiz.
Aslida muammo siz oʻylagandan ancha chuqurroq…
Davomi pastdagi videoda | 438 |
| 17 | Biz — tarixdagi eng baxtli avlodmiz!
Oʻzbekistonning Jahon chempionatiga chiqishini intizorlik bilan kutib, armon bilan oʻtganlar qancha edi... Bir paytlar: "Oʻzbekiston jahon chempionatiga chiqsa boʻldi, mayli, borib bittadan muzqaymoq yeb qaytsa ham rozimiz" deb hazillashardik, ana shu qilingan niyatlar bugun ijobat boʻldi. Dunyo tan olgan arenadamiz, ilk golimizni ham urdik!
Yigitlarga oson emas. Ular faqatgina maydondagi raqib bilan emas, tribunalarni larzaga keltirayotgan 70 minglik raqib muxlislari va ulkan masʼuliyat bosimi bilan ham olishmoqdalar. Shunday ekan, natija qanday bo’lishidan qat’iy nazar milliy jamoamizni qo’llab quvvatlaylik.
Har bir soniya va har bir natija — Allohning izni bilan. Barchasi Allohga oson! Biz sizga ishonamiz, yigitlar! Omad sizlarga yor boʻlsin! | 964 |
| 18 | Eshikni yopasan. Chiroqni o‘chirasan. Go‘yo dunyo shovqinini tashqarida qoldirgandek bo‘lasan... Ammo eng dahshatli shovqin ichkarida boshlanadi. Tinchlik yo‘q.
Chunki inson hamma narsadan qochib qutulishi mumkin, lekin o‘zidan qochib qutula olmaydi.
Oynaga qaraysan: jisming baquvvat, oyoqda mahkam turibsan, balki har kuni hayot maydonida kimlar bilandir kurashasan, g‘alaba qozonasan... Ammo ichingdagi o‘sha maxfiy hujrada mag‘lubsan. Uni hech kim ko‘rmaydi. Hech kim bilmaydi. Tashqaridan qaragan odam seni baxtli, muvaffaqiyatli, kuchli deb o‘ylaydi. Lekin tunda, yolg‘iz qolganingda, nafsing bo‘g‘zingdan tutadi. U seni ertangi kuning bilan qo‘rqitadi, bitmaydigan tirikchilik tashvishlari bilan chalg‘itadi, qalbingni zanglatadi.
Ertalabdan kechgacha chopasan. Nimadir yetishmayotgandek, nimagadir ulgurmayotgandek yugurasan. Dunyo seni charchatadi, yuzingga qarab kuladi, ammo baribir seni to‘ydirmaydi. Pul topasan — ko‘ngling to‘lmaydi, obro‘ topasan — taskin topmaysan. Chunki sen har kuni tanangni bo‘g‘izgacha to‘ydiryapsan-u, ammo ruhingni och qoldiryapsan. Oxirgi marta qachon chin dildan o’zing va oxirating uchun yig‘laganingni, qachon qalbing titraganini eslay olmaysan. Ichingda ulkan bir bo‘shliq bor. O‘sha bo‘shliqni dunyo matolari bilan, odamlarning maqtovlari bilan to‘ldirmoqchi bo‘lasan, lekin u aslo to‘lmaydi.
Mana shu nuqtada inson sinadi. Moddiyat quvib, o‘zining asl fitratini, aslini yo‘qotib qo‘yganini his qilganda, mag‘rur qadding egiladi. Tomog‘ingga achchiq bir narsa tiqiladi. Va hamma narsadan charchab, chora topolmay, tiz cho‘kib, kaftlaringni ochasan. O‘sha paytda ko‘zdan oqqan har bir tomchi yosh qalbdagi kirlarni yuva boshlaydi.
Mana shu — sening aslingga qaytish lahzang. Qalb tubidan otilib chiqadigan o‘sha nido:
Ilohiy... Sening huzuringga hamma narsasini yo‘qotgan, topgan dunyosidan ham, yig‘gan matosidan ham charchagan g‘arib bir qul bo‘lib keldim...
Yo Robbim! O‘zimni hammadan kuchli ko‘rsatishdan, ichim yig‘lab turganda tashqarida kulishdan, odamlarning ko‘zi uchun yashashdan charchadim. Nafsning bitmas-tuganmas istaklari, go‘zal ko‘ringan tuzoqlari qalbimni toshga aylantirib qo‘ydi. Meni asir qilgan, O‘zingdan uzoqlashtirgan, faqat bugungi kunning quliga aylantirgan mana shu dunyo g‘amlaridan O‘zing meni qutqar!
Allohim! Ko‘zimni ham, ko‘nglimni ham bu foniy dunyoning aldamchi yarqiroqlariga bog‘lab qo‘yma. Meni dunyoga ega bo‘lgan, ammo uning quliga aylanmagan, yuragi faqat Sen deb uradigan mardlardan ayla. Qalbimga O‘zingning haybatingni, O‘zingning muhabbatingni joylaginki, Sendan boshqa hech bir qo‘rquv va hech bir suyanchiq qolmasin.
Ey Robbim! Nafsimga O‘zingning guvohligingda taqvo ber. Bizni dunyoni eng katta g‘amimiz, xayolimiz yetgan oxirgi chegara qilib qo‘yma. Qaddimizni egayotgan, sochlarimizga oq tushirayotgan bu o‘tkinchi tashvishlarni O‘zingning zikring bilan yengillat. Ko‘zlarimizga tavba yoshlarini ber, ey Rahmlilarning Rahmlisi! Qalbimizga shunday bir xotirjamlik berki, ertaga yer ostiga kirganimizda ham, maxsharda tik turganimizda ham yuzimiz yorug‘ bo‘lsin... Amiyn
Kaftlaringni yuzingga tortasan. Qo‘llaring o‘zingga qaytadi, ammo sen endi avvalgi sen emassan. Ko‘zingdan oqqan o‘sha issiq yoshlar yuzingda sovushga ulgurmay, ichingda qandaydir ilohiy bir yengillik, g‘alati bir sokinlik paydo bo‘lganini his qilasan. Go‘yo yelkangdan tog‘ ag‘darilgandek. Dunyoning sen arzimas deb bilgan, ammo seni ezib kelgan barcha g‘amlari o‘sha kaftlaring ichida erib ketgandek bo‘ladi.
Eshik ortida seni yana o‘sha eski dunyo, bitmaydigan tashvishlar va nafsning aldamchi hiylalari kutmoqda. U seni yana o‘sha girdobga tortmoqchi bo‘ladi.
Xo‘sh, yana yutqazasanmi? Yana ruhingni och qoldirib, o‘sha foniy matolarga alishasanmi?
Yo‘q, endi haqing yo‘q. Chunki sen boyagina Robbingning huzurida tiz cho‘kib, aslingni topding. Inson yiqilganda emas, kimligini va qayerga ketayotganini unutganda sinadi. Dunyo qo‘lingda bo‘lsin, unga egalik qil, ammo aslo qalbingga kirishiga yo‘l qo‘yma.
Chalg‘iganimiz, yutqazganimiz yetar. Endi aslimizga, ruhan tiklanishga va Haqqa qaytish fursati keldi. | 3 119 |
| 19 | پیام صوتی | 3 |
| 20 | https://t.me/c/2663350774/13084
Post tagida yana bir post :) o’qib kelasizlarmi?) | 247 |
اکنون در دسترس! پژوهش تلگرام ۲۰۲۵ — مهمترین بینشهای سال 
