ch
Feedback
Yakun

Yakun

前往频道在 Telegram

• Olganing emas, berganing seniki. • Sizga foydasi tegar deya u-bu narsa yozib turaman. Aslida yordam sizga emas, o‘zimga kerak. Ketkazgan vaqtingizga rozi bo‘ling! •aloqa: @azxariy_bot

显示更多
2 329
订阅者
+624 小时
+727
+1230
帖子存档
Yakun
2 334
Sahifamizni kuzatayotgan, o'z blogi va auditoriyasiga ega bo'lgan aziz do'stlar! Sizlarga bir ajoyib va hayotiy taklifim bor. Hech qanday ortiqcha mashaqqatsiz, hech narsa yo'qotmagan holda ulkan ajr va savoblarga ega bo'lishni xohlaysizmi? Unday bo'lsa, keling, bir daqiqaga nafsni yengib, ushbu postni o'z sahifangizda ulashing (repost qiling). Bir o'ylab ko'ring: bir inson ehson qilsa, faqat o'zi qilgan amali uchun savob oladi. Ammo kimdir buni o'z sahifasida ulashsa va ushbu sabab bilan boshqalar ham ehson qilsa — u inson orqali qilingan har bir ehsonning savobi ulashgan odamning ham amallar daftariga yoziladi. Bu naqadar go'zal va tengsiz imkoniyat, shunday emasmi? Shunday imkoniyat turganida beparvo o'tib ketishning o'zi ham bir musibat bo'lsa kerak. Endi esa, ehson qilish imkoniga ega bo'lgan azizlarim... Siz Alloh bilan orangizda faqat ikkingizgina biladigan go'zal bir sir bo'lishini xohlaysizmi? Qiyomat kunida tarozida savoblaringiz yetmay turgan bir pallada, aynan mana shu sirli yaxshiligingiz tarozini og'ir bosib, Jannatga kirishingizga sababchi bo'lishini-chi? Agar buni chin dildan istasangiz, nafsni yengib, mana shu mitti qizaloqqa yordam qo'lingizni uzating. Bugun — oxirgi kun. Fursat borida bu imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanib qolaylik. Sizni yaxshilikka chorlayotgan, savob olishingizni istayotgan insonlarni qadrlang... Chunki bu dunyoda har kim ham sizning ulkan ajrlarga ega bo'lishingizni chin dildan xohlayvermaydi. Yaxshilik qilishda musobaqalashing, zero Yaxshiliklarning eng foydalisi sadaqadir.

Yakun
2 334
Olovni suv o‘chirgandek, gunohlarni eritib yuboruvchi ehson amali — qalbimizning shifosidir. Biz bergan narsamiz bilan molimi
Olovni suv o‘chirgandek, gunohlarni eritib yuboruvchi ehson amali — qalbimizning shifosidir. Biz bergan narsamiz bilan molimiz kamaymaydi, aksincha, Allohning huzuridagi xazinamiz boyiydi. Insoniyatning eng yaxshisi — boshqalarga manfaati tegadiganidir. Robbimizning cheksiz muhabbatiga sazovor bo‘lish, xatolarimizga kafforat izlash va ikki dunyo saodatiga erishish uchun bugun ayni qulay fursat. Yaxshilik qilishda musobaqalashing, zero Yaxshiliklarning eng foydalisi sadaqadir. Bugun so’ngi kun. Bu imkoniyatni qo’ldan boy bermang.

Yakun
2 334
O‘ylab ko‘rganmisiz? Siz hozir kartangizda saqlab turgan pullaringiz aslida sizniki emas. Agar hozir yuragingiz urishdan to‘xtasa, u pullar merosxo‘rlaringizniki bo‘ladi, sizniki emas! Siz o‘zingiz bilan qabrga faqat va faqat hozir shu yerdan bitta tugmani bosib, kimgadir ilingan ehsoningizni olib kira olasiz. Bor-yo‘g‘i shu! U tomonda umid bilan ko‘zlari yo‘lga tikilgan inson sizning kartangizdagi "yana birmuncha ko‘paysin" deb saqlab qo‘ygan raqamlaringizga muhtoj. Ular siz va biz orqali keladigan najotga muhtoj. Balki siz uchun oddiygina bir choyning puli bo‘lgan summa, boshqa bir xonadonda kutilgan eng katta najotdir. Aynan shunday paytda kichik bo‘lsa ham yordam qo‘lini cho‘zish — pulimiz kamayib qolishi emas, aksincha, qalbimiz hali ham tirik va mehribon ekanining belgisi. Dengiz ham tomchilardan yig‘iladi. Bitta kichik qadamingiz bilan kimgadir hayot, kimgadir umid bag‘ishlashingiz mumkin. Kelgusi kunlarda o‘zimiz bilan olib keta oladigan eng go‘zal narsamiz — qilgan xolis yaxshiliklarimizdir. Agar hozir shu postni o‘qib turib ham: "Menga nima?" deb o‘tib ketsangiz, demak, pulingiz tugab qolishidan emas, balki qalbimiz qotib qolganidan qo‘rqishimiz kerak.

Yakun
2 334
Do’stlar, bir daqiqa to’xtab, qalbingiz bilan bu xabarni o’qishingizni so’rayman. Mana 3 kundan beri qo’limizdan kelgancha harakat qilib, ehson yig’ishga urinayapmiz, sahifalarimizda tinmay ulashyapmiz. Balki oralaringizda "Yana shu mavzumi?" deb biroz bezor bo'lganlar ham bordir, tushunaman... Lekin ishoning, agar siz ham shu jajjigina qizaloqning ahvolini, ko'zlaridagi umid va og'riqni o'z ko'zingiz bilan ko'rganingizda edi — hozir mendan ham ko'proq harakat qilgan, birinchi bo'lib yordamga shoshilgan bo'lar edingiz. To’g’risi... ichimda ehson haqida yana nima deb yozishga, sizlarni qanday ishontirishga ortiqcha so'z qolmadi. Yurakdagi bor gap shu: bu sinov faqat u mitti qizaloqniki emas, bu bizning ham sahiyligimiz va insoniyligimiz imtihoni. Ehson yig'ish bugun va ertaga davom etadi, keyin uni to’liq yopamiz. So'nggi imkoniyatimiz borida, Keling, shu ikki kun ichida bor imkonimizni ishga solaylik. Kichik bo'lsa ham qo'llab-quvvatlaylik, hech bo'lmaganda duoda bo'lib, xabarni tarqataylik. Bir kichik jonning kelajagi bizning e'tiborimizga muhtoj. Imkonimiz yetganicha yordam qilaylik.

Yakun
2 334
Dunyoda ham, oxiratda ham filiali bor yagona bank mavjud. Uning nomi — Ehson va Sadaqa banki. Bu bankda foiz so‘ralmaydi. Bu
Dunyoda ham, oxiratda ham filiali bor yagona bank mavjud. Uning nomi — Ehson va Sadaqa banki. Bu bankda foiz so‘ralmaydi. Bu bankda zarar bo‘lmaydi. Bu bankda omonat hech qachon yo‘qolmaydi. Siz bugun atigi 5–10 ming so‘m qo‘yasiz. Ammo oxiratda u millionlab savob bo‘lib qaytadi. Bugun qo‘lingizdan chiqqan sadaqa, ertaga qabr zulmatini yoritar nur, Hisob kunida soyangiz, bo’ladi InshaAlloh. Keling, bugun oxiratimiz uchun sarmoya qilaylik. Ehson qiling. Sadaqa bering. Zero, bu — eng ishonchli bank, va eng foydali bitim.

Yakun
2 334
Kunlarning sayyidi juma kunidagi ehson – boshqa kunlardagi ehsondan ko‘ra afzalroqdir. Bu xuddi Ramazon oyida qilingan yaxshi
Kunlarning sayyidi juma kunidagi ehson – boshqa kunlardagi ehsondan ko‘ra afzalroqdir. Bu xuddi Ramazon oyida qilingan yaxshi amallarning boshqa oylardagidan afzalligiga o‘xshaydi. Juma kunida bir vaqt borki, unda qilingan duolar rad etilmaydi. Ehson ortidan olingan chin dildan chiqqan duolar hayotingizni tubdan o‘zgartirib yuborishga qodir. Fursatni boy bermang. Bugun cho‘ntagingizdagi borini emas, balki qalbingizdagi saxovat va iymonni ko‘rsatadigan kun. Birgina kichik ulush, birgina ulashish yoki muhtojning ko‘nglini ko‘tarish — sizni cheksiz ajrlar egasiga aylantirishi mumkin.

Yakun
2 334
Haligacha sahifangizga ulashmadingizmi? Nimani kutyapsiz? Kuzatuvchilarim kam bo‘lsa, mening bitta repostimdan nima naf? — deb o‘ylayapsizmi? Unda Ibrohim alayhissalom o‘tga tashlanganlaridagi o‘sha mitti chumolini eslang! Namrudning ulkan alangasiga bir tomchi suv tashiyotgan chumolidan: «Shu bir tomchi suving bilan ulkan olov o‘chib qolarmidi?» — deb so‘rashganida, u: «Olov o‘chmasligini bilaman, lekin men bu amalim bilan qaysi tarafda ekanimni ko‘rsataman!» — deb javob bergan edi. Sizning kuzatuvchingiz 10 ta bo‘ladimi yoki 100 ta — muhimi, siz tarafingizni tanlang! Yaxshilik va najot tarafida ekaningizni isbotlang. Balki aynan sizning sahifangiz orqali kimdir bu qizaloqqa yordam berar va siz ham o‘sha ehsonning savobiga to‘liq sherik bo‘larsiz!" Sahifangizda nechta odam bo‘lishidan qat'i nazar, ushbu postni ulashing. Yaxshilikka sababchi bo‘ling. Siz sababli qilingan har bir ehson savobi amallar daftaringizga yoziladi, Inshaalloh. Bugunoq ezgulik tarafida bo‘ling!

Yakun
2 334
Yashayapmiz... Kunlarimiz juda tez o’tyapti. Rejalar tuzamiz, kelajak g’amini yeymiz, chiroyli kiyinamiz, eng yaxshi taomlarn
Yashayapmiz... Kunlarimiz juda tez o’tyapti. Rejalar tuzamiz, kelajak g’amini yeymiz, chiroyli kiyinamiz, eng yaxshi taomlarni tanlaymiz. Lekin bir lahzaga to’xtab, o’zimizga savol beraylik: bugun o’zimiz bilan nima qoldirdik? Aslida, haqiqiy boyligimiz — bu biz sarflagan emas, balki kimgadir ilinganimiz, ehson qilganimizdir. Biz hozirgina yeb bitirgan taomimiz yoki kiyib eskitgan kiyimimiz dunyoda qoladi. Ammo bir muhtojning ko’nglini ko’tarish, og’irini yengil qilish uchun bergan ehsonimiz to’g’ri oxiratimizga borib joylashadi. Ehson qilish uchun millionlar shart emas. E’tiborsiz qoldirmay tarqatilgan bir e’lon, o’zimizdan orttirb qalbdan ximmat qilib bergan 5-10 ming pulimiz, samimiy yordamimiz — Allohning huzurida tog’dek ajrga aylanadi. Bugun biz zaxira qilib yig’ayotgan pullarimiz bir kun kelib shunchaki qog’ozga aylanadi, lekin qilingan ehsonlar qabrda nur, qiyomatda esa soyabon bo’ladi. Keling, bugun imkonimiz yetganicha ehson qilaylik. O’zimiz bilan ketadigan haqiqiy boylikni hozirdan zaxira qilaylik.

Yakun
2 334
Moddiy yordam berishga imkoningiz yetmayaptimi? Yaxshilikning boshqa yo‘li bor! Sahifangiz va kuzatuvchilaringiz bormi? Demak, sizda bu qizaloqqa yordam berish uchun buyuk bir imkoniyat bor! Hamma ham moddiy jihatdan katta ehson qila olmasligi mumkin, lekin bitta «Ulashish» (repost) tugmasini bosish — mutlaqo tekin. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yaxshilikka dalolat qiluvchi kishi uni bajaruvchi kabidir», deganlar. Siz sahifangizga ushbu postni ulashsangiz va siz sababli kimgadir yetib borib, u ehson qilsa — o‘sha ehsonning savobi sizning ham amallar daftaringizga yoziladi, Inshaalloh. Yaxshilik zanjiriga ulaning, ushbu postni sahifangizda ulashib, ezgulikka sababchi bo‘ling!"

Yakun
2 334
Eshikni kim birinchi bo’lib taqillatib kelishini bilmaymiz: ertangi kunmi yoki o’limmi? Shunday ekan, qo’limizda imkon borida, hali yuragimiz urib turganida yaxshilik qilishga shoshilaylik. Sizga bir gap aytaymi? Hozir shu postni shunchaki o’tkazib yuborsangiz ham, bugungi dunyongizda hech narsa yutqazmaysiz. Hech narsangiz kamayib qolmaydi. Faqat... ertaga oxiratda, hisob-kitob va savol-javob paytida bu beparvolikdan afsuslanmasangiz bas, shuning o’zi kifoya.

Yakun
2 334
Hozirgina dunyodan o'tgan insonlarga bir lahzaga ortga qaytish imkoni berilsa, ular nima qilishgan bo'lardi? Chiroyli uylar q
Hozirgina dunyodan o'tgan insonlarga bir lahzaga ortga qaytish imkoni berilsa, ular nima qilishgan bo'lardi? Chiroyli uylar qurisharmidi? Mashina olisharmidi yoki kiyinisharmidi? Yo'q, ular bor-budini ehson qilib, sajda qilib qolishni so'rashgan bo'lardi. Chunki u yerda faqat va faqat ehsongina insonning yuzini yorug' qiladi. Biz esa hali ham vaqtimiz bor deb o'ylaymiz. Ertaga non topishga qiynalayotgan, dori ololmayotgan, farzandining ko'ziga qaray olmayotgan bir muhtojning o'rnida o'zimiz yoki eng yaqinimiz bo'lib qolmasligiga kim kafolat beradi? Alloh bizga bergan boylik — bu bizning mulkimiz emas, bu biz orqali kimlargadir yetib borishi kerak bo'lgan omonatdir. Omonatga xiyonat qilishdan qo'rqmayapmizmi? Ehson qiling. Berganingiz sizniki, olib qolganingiz esa baribir qoladi.

Yakun
2 334
sahifasi borlar, uyalmay, tortinmay ulashsanglar, yaxshilik karvonimizga qo’shilsanglar bo’ladi. qo’lingizdan qanday yordam qilish imkoni kelsa, shulardan foydalanib yaxshilik qiling.

Yakun
2 334
Bir zumga to‘xtab, o‘zingiz o‘ylab ko‘ring... Barmog‘imizga kichik bir zirapcha kirsa ham, og‘rig‘idan jonimiz ko‘zimizga ko‘rinadi. Barchamiz buni yaxshi bilamiz. Endi esa bir zumga o‘sha jajji qizaloqning o‘rnida o’zingizni tasavvur qiling... U yaratganning eng ulug‘ ne’mati — dunyo nurini ko‘rish baxti ustida og‘ir sinovda turibdi. Uning mittigina qalbi bugun qanchalik xavotir va og‘riq ichida ekanini his qila olasizmi? Eng og‘iri esa — Onaga . "Farzandim og‘rimasin, dardi menga o‘tsin" deb tunlarni mijja qoqmay o‘tkazayotgan bu onaning o‘rniga bir zumga o‘zingizni qo‘yib ko‘ring. Bola kasal bo‘lsa, uning dardi bilan xastalikni eng birinchi va eng og‘ir shaklda Ona chekadi. Bolasining ko‘zlaridagi nurni yo‘qotish xavfi oldida bu oila qanday ayanchli va nochor ahvolda turganini tasavvur qilishning o‘zi vujudni titratadi. Hozir bu oilaga naqadar og‘ir va murakkab ekanini biroz bo’lsada his qila oldingizmi?. Kelinglar meni bergan pulim nimaham bo’lardi deyishni, begona qarashni bir chetga surib, qo‘limizdan kelganicha yordam qo‘lini uzataylik.

Yakun
2 334
"Kichik bir ehson — katta bir hayotni, mittigina ko‘zlardagi nurni saqlab qolishi mumkin." Assalamu alaykum va rohmatulloh salomatmisizlar? deyarli ikki oydan beri o’zim ehson ochmayotgan edim, bugun bu holatni o’z ko’zim bilan ko’rib, ochishga majbur bo’ldim. Men bugun sizlarga yurakdagi dardi va o‘tinchi bilan bizdan umid qilib turgan Bir ona nomidan murojaat qilyapman. Qizalog‘lari ko‘zidan og‘ir jarohat olgan. Mittigina yuragi bilan og‘riqqa chidab, menga qarab "Ona, qachon tuzalaman?" deb mo‘ltillab turganida ona bo‘lib chiday olmayapman... deb yig’lab yubordilar. Shifokorlarning aytishicha, uning ko‘rish qobiliyatini saqlab qolish uchun zudlik bikan operatsia o'tkazilishi shart. Operatsiya kuni 7-AVGUSTGACHA belgilangan. Agar ushbu muddatdan o‘tib ketsa, asoratlar kuchayib, operatsiya narxi keskin qimmatlashib ketadi va keyin jarrohlik amaliyotini o'tkazish juda murakkablashib ketar ekan. Oilaning esa hozirda bu summaga mutlaqo imkoniyati yo’q, qo’lidagi bor narsalarini sotib 1500$ pul qilishgan, operatsia uchun 4.000$ zarur.
5614 6814 2352 0646
Uzcard ( ustiga bosilsa nusxa olinadi) 9860 3501 4327 1806 Humo 4916990325154968 Uzum card 4790912216468431 Visa Kartalar Mahmudov M nomida. "Ehsondan mol kamaymas." Keling, befarq bo’lmaylik. Kimdir oz, kimdir ko’p — lekin bor imkoniyati va samimiyati bilan bu xayrli ishga hissa qo’shsin. Xayriyangizning eng kichik miqdori ham, ushbu xabarni o’z sahifalariga, yaqinlariga bitta (ulashishuvi) ham qizalog‘ning kelajagi uchun juda katta najot bo‘lishi mumkin. Sizlarni qiziqtirgan har qanday Qo’shimcha savollar bo’lsa @azxariy_bot ga murojat qilishingiz mumkin.

Yakun
2 334
Birinchi kungi hayajonim hali ham esimda... Qo‘limda Mus’hafni ushlab, "Shu ko‘p sahifalarni rostdan ham xotiramga joylay olamanmi?" degan qo‘rquv va shubha bor edi. O‘sha kundan boshlab hayotim butunlay o‘zgardi. Qanchadan-qancha uyqusiz tunlar bo‘lmadi deysiz... Bitta sahifa o‘rniga o‘tirib qolgan, miyam charchab, birgina oyatni yuzlab marta qaytarsam ham xotiramga kirmay xunob bo‘lgan, ko‘zimdan yosh chiqib ketgan kunlar bo‘ldi. Qur’onni ilk bor to‘liq yod olib tugatganimdagi hayajon... O‘shanda birinchi marta xatm qilib bo‘lganimda, xursandchilik bilan birga qalbimni halovat bermaydigan bir shirin va o‘tkir o‘y qamrab olgandi: "Mana, endi bir marta tugatdim... Qachon bir o‘tirishda, bir tin olmasdan to‘liq yoddan o‘qib berar ekanman? Qachon haqiqiy Hofizlik maqomiga yetib, Kalomullohni ko‘ksimda to‘liq yashata olar ekanman?" degan hayollar ko‘nglimni bir soniya ham tinch qo‘ymas edi. Lekin har safar to‘xtab qolishimga birgina narsa yo‘l qo‘ymadi… Otamning biz uchun qilgan mehnatlari… Otamiz bizni hech kimdan kam qilmay o‘stirdilar, halol luqma bilan voyaga yetkazdilar. Dunyoning barcha imkoniyatlarini poyimizga poyandoz qilishga urindilar. Xo‘sh, men-chi? Ertaga Qiyomat kunida, Barchaning ko‘z o‘ngida Qorilarning ota-onasi boshiga nurdan tojsimon tojlarni kiyib, mag‘rur va yuzi yorug‘ bo‘lib turganda... Mening Ota-onam tojsiz tursa, men qanday qilib ularning yuziga qarayman? Ularning mendagi haqqidan, chekkan zahmatlaridan uyalib qolmaymanmi?.. Mana shu o‘y, mana shu savol mening kechalari uyqumni qochirdi, qalbimga ulkan bir olov yoqdi. Otajon... Onajon... Mening har bir yodlagan sahifam ortida sizning tunu kun qilgan duolaringiz, ko'z nuringiz va cheksiz mehringiz turibdi. Sizlar mening eng katta suyanchim va ruhiy quvvatim bo'ldingiz. Bu saodat, eng avvalo, sizlarning tarbiyangiz va ixlosingiz mevasidir. Aziz Ota-onam, sizga Jannat toji muborak bo‘lsin! Robbim bu dunyoda meni sizga farzand qilganidek, u dunyoda ham yuzingizni yorug‘ qiluvchi hujjat qilsin! Qadrli Akalarim... Sizlar menga bu yo'lda to'xtab qolmasligim uchun eng katta tayanch bo'ldingiz. Har safar charchaganimda, yo'limdan adashmasligim uchun bergan maslahatlaringiz, moddiy va ma'naviy da'vatingiz ushbu marraga yetishimda beqiyos o'rin tutdi. Sizdek akalarimning borligi — men uchun ulkan ne'mat. Agar menga yana bir bor toj kiydirish imkoniyati berilganda edi, hech ikkilanmay, uni yelkamda tog‘dek turgan mana shu ikki akamning boshiga kiydirgan bo‘lardim... Muhtaram Ustozlarim... Har bir harfni to'g'ri talaffuz qilishimdan tortib, poydevorim mustahkam bo'lgunga qadar mehnatingizni qizg'anmadingiz. Sabringiz, qattiqqo’lligingiz ortiga yashiringan mehr va cheksiz e'tiboringiz uchun ta'zimdaman. Sizlar menga faqat Qur'onni emas, unga loyiq yashash odobini ham o'rgatdingiz. Hofizlik bu yakuniy manzil emasligini, balki butun umr davom etadigan mas'uliyatli safarning boshlanishi ekanligini. Yodlangan har bir oyat endi amalda, xulqda va har bir bosgan qadamimda aks etishi shartligini o’rgatdinglar. Agarda kimdadir Qur'on yo‘liga tushishga ikkilanayotgan bo‘lsa, xolis aytaman: birinchi qadamni bosing. Bu yo‘ldagi har bir qiyinchilik, har bir ko‘z yoshi va charchoq — inson boshidan kechirishi mumkin bo‘lgan eng shirin va eng go‘zal tuyg‘udir... Robbim, qalbimga joylagan bu nuringni qiyomatgacha so‘ndirma. Ota-onamni, akalarimni va ustozlarimni Ikki dunyo saodati, Qur’on nuri bilan siylagin. *bu post va audio shuyerda tarix bo’lib qolishini xoxladim. audio muallifi Shayx Alijon qori ustozning ukalari, Abdulloh qori ustoz.

Yakun
2 334
Hullas maza qildim, Yakun tarixidagi eng zor anonimlardan bittasi bo’ldi tarixda qoladigan bo’lib. Manfaatli savol berganlargaham rahmat, erinmay o’qigan sizlargaham rahmat, savoli javobsiz qolganlardan esa uzr savol juda ko’p edi.

Yakun
2 334
📨 Sizda yangi anonim xabar bor! сиз каторилар уйланвотти ясубиниям закси болди енди навбат сзга и фарукийгами? - navbatlik qilib qo’yganmiz hammasi po planu ketvotti, endi faruqiy, keyin mahbubiy, orada Umid Usmon degan xattot akamizni keyin InshaAlloh mengaham kelib qolar

Yakun
2 334
📨 Sizda yangi anonim xabar bor! Qarang.. Alloh taolo o'z Hidoyatini qalbizga solib qo'ysa faqat Allohning ishqi ila uning shafoatiga yetishish uchun va Kalomini yod olish uchun Qalbizda ehtiyoj va tavfiq sezyotgan bo'lsangiz u hatto universitetzni tashlab Diniy ilm yo'lida ketmoqchi bo'lsangiz ammo uydagilarz qarshi bo'lishsa qanday yo'l tutgan bo'lar edingiz? ..duo qilsangiz u kozizdan Alloh deya yosh chiqaversa Bo'g'zizga nimadir tiqilib nafas olishiz qiyinlashsa va shuni bergan allohga hamd ayb shukr qilsangiz Ammo bu dunyo szni siqyotgandek, tanangiz bu dunyoda lekn ruhiz tanangizda emas qayerlardadir yursa yerda ham emas falakda ham emas.. Bu qanday tuyg'u bo'lishi mumkin a - to’g’risi bu oyatdan boshqa fikr kelmaydi miyyamga. Аjab emaski, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi boʼlsa. Va ajab emaski, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon boʼlsa. Аlloh biladir, siz esa bilmassiz. Baqara surasi 216 oyat Nima bizga hayrliyu nima bizga hayrli emas buni Alloh taolo bizdan yaxshiroq biladi, faqat va faqat Allohdan hayrlisini so’rab duo qiling.

Yakun
2 334
📨 Sizda yangi anonim xabar bor! бойди спорт пенен шуғилланиб өсирдиңизба . или Алланиң бергенима😁 - Alloh bergan, sport bilan ham shug’ullanamiz, yo’lda ko’rishamiz atlet😂

Yakun
2 334
📨 Sizda yangi anonim xabar bor! лимонный чай или кофе - kofeni juda bir muhlisi emasman ba’zan ichib turaman, ammo kuz keldi deguncha limon choyga o’tirib qolaman bahorgacha) Sofiada, sebzor somsada qattim ketardi jigarlar bilan limon choy😂🥲