fa
Feedback
Umida ssenarist

Umida ssenarist

رفتن به کانال در Telegram

🎨 Shunchaki kreativ inson •Kontent manager: @rahimovschool •Keyslar: @qalanuz @ustozai @merit_uz @bayan_kids @merit_academy •Portfolio: https://t.me/ssenarii_umi •Mentorlik va konsultatsiya bo‘yicha: @offlinepersonn •Qizlar uchun kanal: https://t.me/+

نمایش بیشتر
385
مشترکین
+124 ساعت
+137 روز
+11330 روز

در حال بارگیری داده...

ابر برچسب‌ها
هیچ داده‌ای
مشکلی وجود دارد؟ لطفاً صفحه را تازه کنید یا با مدیر پشتیبانی ما تماس بگیرید.
اشارات ورودی و خروجی
---
---
---
---
---
---
جذب مشترکین
دسامبر '24
دسامبر '24
+136
در 2 کانال‌ها
نوامبر '24
+65
در 2 کانال‌ها
Get PRO
اکتبر '24
+138
در 1 کانال‌ها
Get PRO
سپتامبر '24
+174
در 1 کانال‌ها
Get PRO
اوت '240
در 1 کانال‌ها
Get PRO
ژوئیه '24
+111
در 6 کانال‌ها
تاریخ
رشد مشترکین
اشارات
کانال‌ها
21 دسامبر+30
20 دسامبر+12
19 دسامبر+17
18 دسامبر+19
17 دسامبر+5
16 دسامبر+1
15 دسامبر+13
14 دسامبر+12
13 دسامبر+1
12 دسامبر+1
11 دسامبر0
10 دسامبر0
09 دسامبر+1
08 دسامبر0
07 دسامبر+8
06 دسامبر+7
05 دسامبر+5
04 دسامبر+1
03 دسامبر+1
02 دسامبر+2
01 دسامبر0
پست‌های کانال
+1
TAF24 🚀 Sentyabr oxirida Almatiga borishni reja qilgan edim. O’xshamay qoldi, lekin bu festival o’rnini bosdi, - deya olaman. Hech bir ish behikmat bo‘lmasligining yaqqol isboti) Marketingda ma’lum darajaga chiqdim, - deya o’ylay boshlab qolgan paytingiz, bu kabi tadbirlar sizni hali oldinda uzoq va tugalmas yo’l kutayotganini eslatarkan Men ilhomlanadigan kreativlar muallifini o’z ko’zim bilan ko’rish, ulardan insaydlar olish mazza bo’larkan. Ayniqsa networking paytida, ishlash loyihamni aytganimda bittada tanib olishganligini aytmaysizmi. G’oya hammada ko’p. Qilganlar sahnaga chiqishdi, keyslari bilan hayron qoldirishdi va mukofotlandilar. Marketingda 100% ishlaydigan formula yo’q. Ha researchlarga yondashiladi albatta, lekin test qilishdan to’xtamaslik kerak. Menda esa “Cannes lions”da ishtirok etishga istagi ortib boryapti? Why not? @umida_ssenarist

2
Bundan 7-8 yil oldin Ssenarist bo‘lish hayolimda ham yo‘q edi Lekin orzular daftarimda, multfilm yarataman, - degan maqsadim+1
Bundan 7-8 yil oldin Ssenarist bo‘lish hayolimda ham yo‘q edi Lekin orzular daftarimda, multfilm yarataman, - degan maqsadim yozilgan edi (otlar haqida) Qilaman derdim, lekin qanday qilish tasavvurimda ham yo‘q edi. Bugun Rahimov School xodimlari va o‘quvchilarini yangi multfilm premyerasiga taklif qilishdi. MashaAlloh yoshligimdagi orzumni amalga oshiradigan kasbni egallabman, lekin buni sezmay qolibman 🫶 @umida_ssenarist
505
3
Marketingda ishlab tushunganlarim 2 📝Katta-katta shaharlarda ham, kichik-kichik muammolar bo‘lib turadi. Ideal ishxonada bo‘lmaydi. Boshqalarga havas qilib, ishingizdan norozi bo‘lmang 📝Doim ham barchasi rejadagidek ketmaydi. Aynan o‘sha vaqtda duch kelgan qiyinchilikni imkoniylarga aylantiring. Bu ko‘nikma ko‘p joylarda sizni qutqaradi 📝O‘ychi o‘ylagungacha, yaxshi ekspert ishini bitiradi. G‘oya keldimi? Qiling. Marketingda test qilishdan to‘xtamaslik kerak. Ikkilanaversangiz, g‘oya, g‘oyaligicha qolib ketaverdi 📝Iqtidorli, lekin ishini kech bajaradigan odamni shogirdlikka olmang. Mas’uliyatli va qiziqqoni sizga kamroq stress olib keladi. Bundan tashqari 0 dan ko‘tarsangiz siz ham u bilan birga yetarlicha o‘sasiz 📝Har qanday muammo va sizning o‘rtangizda bilimsizlik yotadi. O‘xshamayaptimi? Izlaning. Kamida uch xil yechim topasiz Birinchi qismini o'qimoqchi bo'lsangiz: link @umida_ssenarist
716
4
✍️ Kopirayter ssenarist bo’la oladimi? Yo’q, bo’la olmaydi, agar u: 1. Vizualni tushunmasa. Chunki ssenarist syomkani vizual qismini ham yozadi. Qay rakursdan syomka qilish kerak, kadrlar joylashuvi va hokazo 2. To’g’ri TZ berishni bilmasa. Odamlar sizni miyangizga kira olmaydi, tasavvuringizni esa o’qiy olmaydi. 3. «Nasmotrennost» ustida ishlamagan bo’lsa. Nafaqat o’qish, balki ko’rish orqali ham. Chunki kreativ aynan shu qismda rivojlanadi Ssenariy yozish kopiraytingni keyingi bosqichi. Ikkisi bir narsa emas. Agar yuqoridagi qadamlarni bosib o’tsangiz, bemalol ssenaristlikka o’tishingiz mumkin Agar siz ham ssenarist bo’lishni istasangiz, lekin nimadan boshlashni bilmayotgan bo’lsangiz. Sohamni fundamental qismini o’rgatish uchun bepul marafon tashkil qildim Marafon faqat qizlar uchun, qatnashish uchun shu havola orqali o’tib oling: https://t.me/+y68xqMqpz05jMzc6
806
5
5 yillik mehnatlarini yo‘qotib qo‘yganimda ham, bir og‘iz urishmadilar. Hatto, o‘zimdan xavotir oldilar Meni qiynagan muammo yechimini deyarli 10 kishidan so‘radim, lekin Ularni birgina tavsiyalari bilan barchasi hal bo‘ldi Menga o‘rgatganlarini hali barchasini qo‘llay olmagan bo‘lsam-da, shuncha natijaga erishdim 2 daqiqa vaqtlarni so‘raganimda, soatlarini ayamadilar  Ularsiz Umida, hozirgi Umida  bo‘lmasdi. Ularsiz hayotni ta’riflashga esa ssenaristlik so‘z boyligim yetmayapti. Barchangizga bayram muborak 🎉 Bu videoni esa kamtarona bayram tuhfasi, - deb qabul qiling: link
782
6
Keling “progrev” yozishni o‘rgataman 🤝 Hozirgi marketing bozorida eng ko‘p ishlatilayotgan so‘zlardan biri “progrev” bo‘lib qoldi. Avvalo progrev nima ekanligini bilib olamiz Buning uchun oddiy va hayotiy misol keltiraman Kuyov bo‘lajak qayni otasini suhbatiga keldi va u progrev qilishni bilmaydi: Qizingizda ko‘nglim bor. Iltimos boshqasiga berib yubormang. O‘qishimni bitirib, o‘zim uylanaman ❌ Progrevchi kuyov qayni otasiga: Hozirgi kungacha …, …., … yutuqlarga erishganman. Hozirda …. joyda ishlayman. Oylik daromadim …. Bir oilani bemalol eplashimga ishonaman. Qizingiz baxtli bo‘lishi siz uchun qanchalik muhim bo‘lsa, man uchun ham shunday. Ilm olishi, o‘zini ustida ishlashi, orzu niyatlarini amalga oshishi uchun qo‘limdan kelgan barcha sharoitlarni yaratib beraman ✅ Nima deb o‘ylaysiz, ota qizi uchun qaysi kuyovni tanlaydi? Albatta ikkinchisini. ✍️ Progrev muhimligini tushunib oldik. Endi yozishga o‘tamiz 1️⃣) Siz ishlaydigan kompaniya blogerdan storis va reels sotib oldi. Storisda progrev qilib, reelsda sotamiz Buning uchun blogerning sahifasini yaxshilab o‘rganib chiring. Tez-tez ishlatadigan so‘zlari, kontent qilish uslubidan kelib chiqib,  ssenariy yozing. O‘zingizdan begona elementlar qo‘shsangiz, auditoriya buni  qabul qilmaydi 2️⃣) Shaxsiy blogingiz uchun progrev qilish. Siz o‘zingizni maqtamang, isboti bilan keyslaringizni yuklab boring. Ora-orada mijoz fikrini ko‘rsatsangiz, auditoriyangiz yanada qiziydi. Foydali ma'lumotni qizg'anmang. Olish uchun berish kerak. Aytgancha, sizni faqat ekspert sifatida emas, inson sifatida ham yaxshi ko‘rishsagina sotib olishlari osonlashadi) 3️⃣) Zapusk uchun progrev. Bu juda katta ilm. Eng bazoviy bosqichlarini ko‘rib, chiqamiz. -”Tenevoy progrev” Bu etapda auditoriyada savollar paydo bo‘lishni boshlaydi. Lekin ochiq sotmaysiz  -”Aktiv progrev ”Namyoklar beramiz: inrtiga, yaqinda nimadir bo‘lishi, ularni syurpriz kutayotgani. Boshqa keyslardagi muammolar va oqibatlar haqidagi storytelling -Sotuv progrevi Vebinar va dogrev bosqichlarini o‘z ichiga oladi. Albatta zapusk ishi oson emas. Buning ustida butun bir jamoa ishlaydi. Maksimal qisqa va lo‘nda tushuntirishga harakat qildim.   Agar erinmay shuyergacha o‘qigan bo‘lsangiz, tabriklayman endi siz progrev nimaligi, qay holatlarda, qanday yozilishini bilasiz. Chuqurroq ma’lumotlarga esa yana qaytamiz inshaAlloh @umida_ssenarist
753
7
Zo‘r reklama yozish uchun 7 qadam 🤫 1-qadam Yozmoqchi bo‘lgan sohangizni yaxshilab o‘rganing. Qancha ko‘p izlansangiz, o‘sha vaqtning o‘zida g‘oyalarga ko‘milib ketasiz 2-qadam Mijozingizni tanib oling. Uni portretini aniq yarating: Ayol yoki erkak? Yoshi nechada? Nimalarga qiziqadi? Kimlarni kuzatadi? Ishli yoki ishsiz ? O‘rtacha oylik daromadining miqdori? 3-qadam Mahsulotni o‘rganib, mijoz kimligini bildik. Ana endi, yozishga o‘tiramiz. Sarlavha va birinchi gapni yozing. Mijozni og‘rig‘iga uradigan, uni qiziqtirib qo‘yadigan bo‘lsin. Qancha qisqa bo‘lsa, shuncha yaxshi 4-qadam Asosiy matnni yozing. Grammatika, stilistika, punktuatsiya haqida o‘ylamang, shunchaki erkin ijod qilamiz birodar 😉 5-qadam Tahrirlash qismiga ham yetib keldik. Barcha imlo xatolarni to‘g‘irlab, keraksiz so‘zlarni olib tashlaymiz 6-qadam Endi ssenariyni bir chetga olib qo‘yib, boshqa ishlarimiz bilan shug‘ullanamiz. Imkon bo‘lsa bir kundan keyin unga qayting. Muddat uzoqligi, tahrir sifatini yanayam yaxshilaydi P.S. Shuning uchun didlayn so‘raganda, 1+ kun oling 7-qadam Tahrirlashning eng oxirgi etapi. Odatda bu bosqichga kelgach: “Nahotki shuni men yozdim”, - deb qo‘rqib ketaman. Lekin, bu normal holat va zo‘r ssenariyning eng katta siri ham vaqt o‘tkazib, qayta tahrirlashda Ko‘rib turganingizdek, zo‘r reklama yozish, o‘ylaganingizdan ancha osonroq va siz endi bu qadamlarni bilasiz 😉 Qo‘llang, ijod qiling, pul toping va albatta ssenarist/kopirayterlarga ulashing 🟢 @umida_ssenarist
869
8
Boʻlajak farzandlarimga xat…  Neʼmatlarim. Balki bir kun  kelib bu postni birga oilaviy oʻqirmiz)  Hozir men sizlarni tanimayman. Ismingiz qanday boʻlishini, qanchalik shirintoy ekanligingiz haqida tasavvur ham qila olmayman.  Bir kun kelib hayotimda paydo boʻlasizlar. Birga vaqt o’tkazamiz, fikr almashamiz, bir uyda yashaymiz.  Kechagina chaqaloq edingiz, ulgʻaygach esa biz yashaydigan uyga qaytmaysizlar. Oʻzingizni ishingiz, oilangiz, hayotingiz boʻladi.  Birga oʻtkazishimiz uchun bizga berilgan vaqt chegaralangan.  Aytmoqchi boʻlganim, bir inson boshqasi haqida batamom hamma narsani bila olmaydi. Biz sizlarni toʻliq nazorat qila olmaymiz. Oʻqishdagi, koʻchadagi,  kursdagi suhbat va amallaringizni toʻliq bila olmaymiz. U esa хayollaringizdan ham xabardor.  U, biz sizlarni tanimagan paytimizda ham sizni tanigan, bilgan, himoya qilgan, yaxshi koʻrgan. Biz bilan hayotingizni bir qismini oʻtkazasiz, U esa umrbod siz bilan.  Biz shunchaki hayotingizdagi bir epizodmiz. Sizlar va bizga bergan bir ajoyib epizod, lekin u abadiy emas.  Hozir biz birgamiz, kun keladi va javob berish uchun Uning oldida yolgʻiz turamiz.  Ishini yaxshi koʻrgani uchun ishlayotgan xodim bilan pul topish uchun ishlayotgan xodimning farqi bor.  Ibodatlaringiz, amallaringiz, U bilan suhbatingiz birinchi misoldagidek boʻlsin.  Hayotingizda yaxshilik, baraka, xayr qolishini istasangiz ular qayerdan kelayotganini unutmang. Ibodatlar esa sizga bularni eslatib turadi.  Dinimizda tashqaridagi emas, ichkaridagi muhim. Buni unutmang.  Hozircha gaplarim shu, balki bu postni davomi ham boʻlar.  Sizlarga goʻzal namuna boʻlish nasib qilsin 30.10.2023. O'zini ustida tinmay ishlayotgan, ilm olayotgan va hali beri oila qurish rejasida yo'q bo'lasa-da, siz haqingizda tinmay o'ylayotgan onangiz... @umida_ssenarist
693
9
Marketingda ishlab, tushunganlarim 🤔… ✨O‘zingiz zo‘r eplay oladigan bir yo‘nalish tanlab, faqat shu bo‘yicha keting. Tezroq
Marketingda ishlab, tushunganlarim 🤔… ✨O‘zingiz zo‘r eplay oladigan bir yo‘nalish tanlab, faqat shu bo‘yicha keting. Tezroq o‘sasiz. Masalan meniki - ta’lim ✨Freelancer bo‘lishga shoshilmang. Boshlang‘ich bosqichda to‘liq stavkada jamoa bilan ishlash, sizga yaxshigina tajriba beradi ✨SMM kurslarning 0 dan $3000 gacha, - degan reklamalariga aldanmang. Daromad tajriba va sifat orqasidan o‘sadi ✨O‘rtadan yuqoriroq darajaga chiqqach, arzonga ishlamang. Yoki qimmatga ishlang, yoki tekinga. Vaqtingizni qadriga yeting. P.S. Lekin shunday bir loyihangiz bo‘lsinki, u joyda siz pul uchun ishlamaysiz. Uyerdan puldan ko‘proq narsa olasiz ✨Ustoz toping. 5 yillik yo‘lingiz 5 oyga qisqaradi Agar foydali bo‘lgan bo‘lsa, buni menga bildiring. Ikkinchi qismini yozishga ilhom berar edi :) @umida_ssenarist
569
10
5 kunlik dunyoda oʻynab-kulib yashaylik Kichkinaligimdan shu iborani koʻp marotaba eshitib kelaman. Oʻynab-kulishga kelsak, b
5 kunlik dunyoda oʻynab-kulib yashaylik Kichkinaligimdan shu iborani koʻp marotaba eshitib kelaman. Oʻynab-kulishga kelsak, bu alohida mavzu 🕯️Lekin hozir eʼtiboringizni boshqa narsaga qaratmoqchiman.  Mr A aytganlaridek, bugun oʻzimizga savol beramiz:  Nega aynan 5 kunlik dunyo?  Menga masalan 7 soni yoqadi.  Yetti kunlik dunyo desak-chi? Chakki emas, menimcha Gregorianning taqvimiga koʻra bir yilda 365 (366) kun. Ushbu taqvimda yilning har bir kuni qoldirilmay kiritilgan va bu hozirgi kungacha saqlanib qolgan.  Lekin Umar Hayyomning ham taqvimi bor ekan Mavzudan biroz chetlashgan holda taqvimning ikki turi haqida toʻliqroq bilib olamiz:  •Shamsiy taqvim — quyoshning atrofida yer aylanishi ustiga qurilgan •Hijriy (qamariy) taqvim — oyning yer atrofiga aylanishi ustiga qurilgan  Oldin eronliklarda Shamsiy taqvim boʻlgan. Unga koʻra har oyda 30 kun boʻlgan. Natijada esa 5 kun ortib qolgan.  Oʻsha 5 kun esa, xalqning bayrami hisoblangan.  Davlat podshohi hamma xohlagan ishini qilishiga ruxsat bergan.  Saroy masxarabozlariga oʻz kiyimlarini topshirgan. Ular esa xalq orasida podshoh rolini oʻynashgan.  Besh kun oʻtib hammasi oʻz joy-joyiga qaytgan. Podshohlik esa ularga hech narsa bergan emas.  Dunyo hayotini shu 5 kunlik hayotga oʻxshatishgan.  Odam bir yayraydi-yu, lekin davomiy boʻlmaydi. Besh kun ichida qolgan 360 kunni unutib qoʻyish ehtimoli yuqori ✨ Masxarabozga berilgan oʻsha 5 kunlik martaba esa haqiqiy emas. Buni unutmaylik)  @umida_ssenarist
496
11
Tarixdagi eng yomon yil 1816 yil muzlik davri boshlanadi 🌬 Yer yuzi quyoshni ko‘ra olmay qolgan bir paytda, nemis olimi Yustus Fon Libix o‘simliklar azotga muhtoj ekanligini aniqlab, kimyoviy o‘g‘itlarni ishlab chiqish bilan bog‘liq ilmiy asoslarni aniqlaydi 1817 yil pandemiya sababli hosildorlik tushib ketadi. Narxlar qimmatlashib, otlarni boqish qiyinlashadi. O‘sha yilda Karl Drez ilk velosibedni ixtiro qiladi 🚴‍♂️ Pandemiya vaqtida A.S.Pushkin karantinda o‘tirib, hammamiz biladigan “Евгений Онегин” romanini tugatadi 📖 2023-yilning kuzida bittada ishsiz, pulsiz va kompyutersiz qolib ketdim. Tashqaridan qaralsa yomondek, lekin aynan o‘shandan keyin katta-katta brendlar birga ishlashni taklif qilishdi, meni marketing bozorida taniydiganlar ko‘paydi, hayotimda yangi sahifa boshlandi Yuqorida ko‘rganimizdek eng yomon yillar sababli - eng yaxshi kashfiyotlar qilingan. Bizga kelgan sinovlar ortidan esa , albatta yaxshilik keladi Ehtimol berib mahrum qilgandir, balki mahrum qilib bergandir. Biz bilmaymiz  Sizda hozir hammasi yomonmi? Xavotir olmang, o‘tib ketadi. O‘tib ketib ham, orqasidan yaxshilikni yetaklab keladi Hozir hammasi yaxshimi? Shukr qiling, chunki bu ham abadiy emas 🕯️ @umida_ssenarist
410
12
-Odamlar yil tez o‘tib ketdi, - deyishadi. Menda unday emas, vaqt juda sekin o‘tadi. Bilasizmi nega? -Nega? -Chunki men juda ko‘p narsalarni o‘rganaman Ustoz bilan suhbatdan Bir narsani aniq ayta olaman, bu yoz Umida uchun rostdan ham sekin o‘tdi 💓 🟤Qalan.uz bilan ajoyib hamkorlik qildik. Bu kompaniyada o‘sdim, bilmaganlarimni o‘rgandim. “Progrev” yozish ko‘nikmalarim esa yangi darajaga chiqdi 🟤Rahimov maktabimizni deyarli 90%ga to‘ldirdik. MIjozlar hatto navbatda turishibdi. Filialimiz bir donaga ko‘paydi. Jamoamiz kengaydi. Yangi maqsadlar ostonasida turibmiz. 🟤Target videolarni umuman boshqa tomondan ko‘ra boshladim. Hozirgi videolarimizdan lidlar qimmat bo‘lmayapti. 🟤YouTebe’ga kirib keldim. Bu platforma ijod qilsa, arzigulik ekan. Ustoz AI loyihasidagi menejerim va yaqin ukam Ibrohimni yordamlari bilan YouTube ssenariylarini o‘zim uchun qaytadan kashf qildim. Ko‘p vaqtim va energiyamni shunga sarfladim 🟤Yangi tanishlarim ancha ko‘payib qoldi. Nimadir o‘rgansam bo‘ladigan, xulqlana oladigan, ilmlariga havas qiladigan qizlar bilan networking -  yozning eng katta tuhfasi bo‘ldi, -  deya olaman. 🟤Peshqadam Karvoni bilan bir loyiha ostonasida turibmiz. Hazratimiz haqlaridagi ssenariy 90% tayyor. Tasdiqdan o‘tkazib, syomka ishlarini qilsak bo‘ldi. 🟤Shogirdlarim soni yana ko‘paydi. Shogirdlikka tushmoqchi bo‘lganlar ham kam emas. Xar hafta kamida 5 ta loyihadan birga ishlash taklifi tushyapti 🟤Eng muhimi shaxsiyatdagi o‘sish. Aynan shunisi men uchun eng qiymatlisi bo‘ldi. Qisqacha bu mening yozim edi. Bu hali hammasi emas, oldinda  ko‘p maqsad va tramplinlar kutib turibdi. Yonimda bo‘lgan, qo‘llab-quvvatlagan, yordamga doim tayyor turganlarga alohida rahmat 😉 @umida_ssenarist
417
13
Moliyaviy erkinlikning siri 💸 Devid Bax o‘zining “Latte omili” kitobida moliyaviy erkinlikning 3 sirini keltirgan va ulardan
Moliyaviy erkinlikning siri 💸 Devid Bax o‘zining “Latte omili” kitobida moliyaviy erkinlikning 3 sirini keltirgan va ulardan eng birinchisi -> “Avval o‘zingizga to‘lang” 👀 Men hali erkin bo‘ldim demayman-u, o‘rganganimga amal qilishga harakat qilyapman. Bu tushuncha pulga ham, vaqtga ham to‘g‘ri keladi ⌚️ Siz yangi kiyim olsangiz, o‘zingizga emas do‘kon egasiga to‘laysiz. Mazza qilib yeb-ichsangiz restoran egasiga to‘laysiz. Bilimingizga ajratgan pulingiz esa, o‘zingiz uchun qilgan sarmoya hisoblanadi. Kelajakda 3-4 barobar bo‘lib, qaytadi. Vaqt qoidasi ham shunday. Kunning eng avvalgi soati faqat va faqat o‘zingiz, ilmingiz va rivojlanishingiz uchun xizmat qilsin Xullas, gapni cho‘zib nima qildim. Boriga baraka, - deb kurs olvordim 😅 “Storytelling orqali progrev” qilish, bilimlarimizni yangi bosqichga olib chiqamiz 💰🫰 @umida_ssenarist
381
14
Hayotimdagi eng-eng zo‘r chellenge 💯 Har kuni 10-daqiqa vaqt ajratib, oila a’zolarimga Hasson Shamsiy Poshoning “Jannat bo‘stonidagi oilaviy oqshomlar” kitobini o‘qib beryapman. Shu kungacha qoldirmay kelyapmiz, hamd 🤍 Masalan o‘tgan hafta ota-onam amakilarnikiga mehmonga borishgan edi. Men baribir telefon qilib, 10-daqiqa o‘qib berdim. Amakim ham oilaviy tinglashdi, kitob nomini so‘rab olishdi. Zo‘r-a? 🫠 Avvaliga shunchaki o‘qirdim. Vaqt o‘tib, xar birimiz olgan eng katta insaydimiz bilan bo‘lishishni boshladik, hozirgi kunda savol-javoblar ham qo‘shildi. “Ushbu kitob oilaning 2-3 a’zosi bir yerga jam bo‘lib, har kecha ikki betdan bo‘lsa ham, birga o‘qishi uchun xizmat qilsin. Xar tun bitta mavzu o‘qilsa, taxminan yarim yil ketadi. Oilamizga televizor, internet emas, fayzli suhbatlar qaytsin”, - muallifdan Chellenge sharti oddiy, nima bo‘lganda ham har kuni o‘qish. Albatta ba’zi uzrli holatlar mustasno. Agar xohlovchilar bo‘lsa chellenge’ga qo‘shilishingiz mumkin. Bir guruh tashkil qilib, kunlik hisobot almashamiz. Faqat qizlarni qabul qilaman. Tanishlaringizga, yaqinlaringizga ilining. Birgalikda atigi 10-daqiqa ajratib, barakali oqshomlar o‘tkazamiz 🫶 Qo‘shilmoqchi bo‘lganlar uchun -> @offlinepersonn @umida_ssenarist
358
15
بدون متن...
304
16
👀 Kreativ o’zi nega kerak? Yuqorida sizlar bilan kreativ haqida gaplashibmiz-u, uni o’rni va muhimligiga to’xtalmabmiz 🤫 Bir sirni ochay. Hozirgi kunda ishga kirishda va daromad topishda kreativlikka bo'lgan talab o'sib bormoqda. Mehnat bozorida ish beruvchilar, ishchilardan nafaqat texnik ko'nikmalarni, balki kreativlikni ham talab qilishyapti. 🔍 Google va boshqa texnologik kompaniyalar: McKinsey kompaniyasining 2021-yilgi hisobotiga ko'ra, kreativ fikrlashni kelajakdagi eng muhim ko'nikma sifatida ko'rsatgan. Google'ning Creative Lab jamoasi mahsulotlar yaratishda kreatorlar va muhandislarga suyanishadi. 📽 Reklama va marketing sohalari: Reklama agentliklarida yoki marketing bo'limlarida ishlashda kreativ yondashuvsiz muvaffaqiyatga erishish qiyin. Masalan, Nike, Coca-Cola va Apple kabi brendlarning reklama kampaniyalari kreativlik tufayli global mashhurlikka erishib kelyapti. 💻 Freelance va kontent yaratuvchilari (YouTube, Instagram): Youtuberlar, Instagramerlar va boshqa kontent yaratuvchilarning muvaffaqiyatining katta qismi kreativ kontent ishlab chiqish qobiliyatiga bog'liq. Misol uchun MrBeast kabi youtuberlar o'zining ajoyib g'oyalari va noyob yondashuvlari tufayli millionlab dollarlik daromad keltiradigan kontent yarata olishadi. Bu kreativlikning daromadga ta'sir qilishining yaqqol misoli 💵 👩‍🏫O'qituvchilar va ta'lim: Zamonaviy ta'lim tizimida o'qituvchilar ijodiy yondashuvlarga ega bo'lishlari talab etilmoqda. Masalan COVID-19 pandemiyasi paytida ko'plab o'qituvchilar Zoom orqali kreativ usullar bilan talabalarning e'tiborini jalb qilishga muvaffaq bo'lishdi. Yoki Barno Mukimova zapusk orqali $80.000+ lik qilgan sotuvlari yaqqol misol 😅 Endi ayting-chi birodarlar, kreativ sizga kerakligini isbotlay oldimmi? @umida_ssenarist
296
17
Korzinkada Bu voqeaga ancha bo'ldi. Korzinkaga kivi olgani kirdim. Giloslarni koʻrib qolib, ularni ham paketga joylay boshladim. Mazza qilib, uyimdagilar bilan gilosxoʻrlik qilamiz, deb xayol qildim.  Bir ayol majburlab 1-sinf oʻgʻillarini, shu yoshdagi qizi bor boshqa bir ayolning oldiga olib kelib, gaplashtirishga harakat qilyaptilar.  -Tanidingmi bu qizni, birga bogʻchaga borgansizlar. Gilos olayotgan Umidaning koʻz oldida: Uyalayotgan bolakay. Suhbatga majburlayotgan ona. Gaplashishdan uyalmayotgan qizaloq turishar edi.  Bolakay onasining qoʻlidan qochib ketdi. Qizaloq esa onasiga qarab: “Bilasizmi, shu bola meni bogʻchada yaxshi koʻrar edi”, — dedi.  Qizaloqning oyisidan javob kutdim. Nima deyishlari, qanday fikr bildirishlariga qiziqdim. Lekin, ular hech narsa demadilar.  Oʻsha lahzada ustozning gaplari yodimga tushdi: Ayol daraxtning ildizi kabi. Koʻzga koʻrinmasligi mumkin, lekin uni farzandlari tanitadi. Uni kimligini avlod koʻrsatadi. Buxoriyni onalari yaqqol misol) Yuqoridagi mavzuga qaytadigan boʻlsam. Gilosni uyga olib bordim. U gilos emas, olcha ekan. Tugadi… #kuzatuvchi @umida_ssenarist
262
18
🤫 Kreativligimning siri nimada? Avvalo bu menga gendan o‘tgan. Dadam yaxshi yozadilar, onam esa ijodkor insonlar 💞 Menda un+1
🤫 Kreativligimning siri nimada? Avvalo bu menga gendan o‘tgan. Dadam yaxshi yozadilar, onam esa ijodkor insonlar 💞 Menda unday emas, - deb xafa bo‘lishga shoshilmang. Kreativ tug‘ma qobiliyat emas Hamma ijodkor bo‘la oladi. Va bunda eng katta yordam beradigan omil -> "nasmotrennost" Zo‘r yozmoqchimisiz? Zo‘r yozadiganlarni kuzating. Daromad olib keladigan videolar muallifi bo‘lishni istaysizmi? Unda aynan shundaylarini kuzating Avvaliga ulardan g‘oya olasiz, vaqt o‘tib, o'zingiz g‘oyalar muallifiga aylanasiz. Yaxshi rassomlar chiroyli chizishadi, zo‘rlari esa borini olib, uni yaxshiroq qilishadi Kimdandir ilhomlanish yomon emas, 100% ko‘chirish yomon. “Nasmotrennostni” oshiradigan saytlar ro‘yxati:  • https://lovetheworkmore.com/ • https://www.dandad.org/search/archive • https://deckofbrilliance.com Foydalaning, baraka topasiz. Meni va ustozimni duo qilib qo'yishni unutmang 😊 @umida_ssenaris
312
19
“Umida opa, buncha chiroylisiz”, - deya oʻzini bagʻrimga otdi kichkina qizaloq 🤍 Uni koʻrgan boshqa dugonalari ham kelib, qoʻshilishdi Orqaga qarab oʻzimni esladim. Mendan ancha katta qizlarni, kelinlarni, opalarimni koʻrsam, koʻzimga shunaqangi goʻzal boʻlib koʻrinishardi. Ular bilan suhbatlashgim, ularga oʻxshab kiyingim, qilayotgan amallarini takrorlagim kelardi. Vaqtlar oʻtib oʻzim ham (sal-pal) ulgʻaydim. Singlim har bir qilgan ishimni takrorlaydi. Mendek vaqtli uygʻonish uchun budilnik qoʻyadi, oʻqiyotgan kitoblarimni muqovasini chizib oladi, videolar olib, montaj qiladi, o'z kanali bor, kiygan kiyimimga moslab kiyinadi, roʻmol oʻrab oladi. Balki hozir ham, shu postni menga bildirmay oʻqib oʻtirgandir. Undan kutsa boʻladi) Bu ishlari oldinlari gʻashimga tegar edi. Hozir esa ota onamning: “Ukalaringga oʻrnaksan”, - degan gaplarini asil mohiyatini tushungandekman. Mr A aytganlaridek: O’zgarmoqchi bo’lsangiz muhitni o’zgartiring emas. Buni hamma biladi. To’g’ri harakatlarimiz, boshqalarning to’g’ri harakatiga sabab bo’ladi. Yaxshiroq muhit izlab yuramiz, biz ham boshqalar uchun muhitmiz. Mas’uliyatni ko'proq his qilishni boshladim. @umida_ssenarist
277
20
بدون متن...
270