cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

CHIRCHIQ ZIYOSI

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
1 405
مشترکین
-2024 ساعت
-2227 روز
-28730 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

CHIRCHIQ SHAHRI_MA'RIFAT ULASHIB LOYIHASI DOIRASIDA UCHRASHUV_10.05.2024 OBUNA BO'LING: NURAFSHON TV
نمایش همه...
CHIRCHIQ SHAHRI_MA'RIFAT ULASHIB LOYIHASI DOIRASIDA UCHRASHUV_10.05.2024 OBUNA BO'LING: NURAFSHON TV
نمایش همه...
Repost from TOSHKENT VOHASI
#kun_tarixi BUGUN G'AFUR G'ULOM TAVALLUD TOPGAN KUN O‘zbek adabiyotining mashhur namoyandalaridan biri G‘afur G‘ulom 1903 yil 10 mayda Toshkent shahrining Qo‘rg‘ontegi mahallasida tavallud topdi. To‘qqiz yoshida otasidan, o‘n besh yoshida onasidan yetim qolgan G‘afur avval eski maktabda, so‘ngra rus-tuzem maktabida ta’lim oldi. U Oktyabr to‘ntarishidan keyingi yillarda muallimlar tayyorlov kursini bitirib, yangi usuldagi maktablarda o‘qituvchilik qildi. 1923 yildan bolalar uyida mudir va tarbiyachi, so‘ng «Kambag‘al dehqon», «Qizil O‘zbekiston», «Sharq haqiqati» gazetalari muharririyatlarida ishladi. Gazeta uning uchun dorilfunun rolini o‘tadi, xalq hayotini o‘rganish, unga faol aralashish yo‘lida muhim vosita bo‘ldi. G‘afur G‘ulom urushdan keyingi yillarda ham adabiyot janrlarining ko‘pgina turlarida samarali qalam tebratib, yuksak badiiy asarlar yaratdi, publitsistika va adabiyotshunoslikka oid qator ajoyib maqolalarini e’lon qildi. Uning ijodi xalq hayotining shu davrdagi o‘ziga xos yilnomasi o‘laroq namoyon bo‘ldi. Agar G‘afur G‘ulom bu davrda she’riy asarlari bilan faylasuf shoir darajasiga ko‘tarilgan bo‘lsa, «Shum bola» qissasi, «Mening o‘g‘rigina bolam» singari hikoyalari bilan xalq turmushi va ruhini yaxshi biluvchi mohir nosir ekanligini namoyish etdi. G‘afur G‘ulom o‘zbek tarjima maktabining maydonga kelishiga ham ulkan hissa qo‘shgan. U «Otello», «Qirol Lir» singari jahon va rus adabiyoti durdonalarini o‘zbek tiliga katta mahorat bilan o‘girgan. G‘afur G‘ulom O‘zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi (1943) edi. Unga 60 yillik yubileyi munosabati bilan O‘zbekiston xalq shoiri faxriy unvoni berilgan (1963). Shoirning ko‘pgina asarlari Osiyo va Yevropa xalqlari tillariga tarjima qilingan. O‘zbek she’riyatining otashin jarchisi, ulkan so‘z san’atkori G‘afur G‘ulom 1966 yil 10 iyulda Toshkentda vafot etgan. Vafotidan so‘ng «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan (2000). @toshkent_vohasi
نمایش همه...
👍 3
Repost from MARKAZ XABARLARI
#Diqqat Davlat xizmatchisi soati
Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, tuman, shahar hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari diqqatiga!
Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi "Siyosiy-ma’rifat soati" haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi. Mazkur o‘quvni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining yutubdagi https://www.youtube.com/watch?v=7sxYQV8PjG0 sahifasida tomosha qilishingiz mumkin. Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
نمایش همه...
👏 2
Repost from MARKAZ XABARLARI
VATANPARVAR AVLOD. Uni qanday tarbiyalaymiz?
Hozir yer yuzida kuchli mafkuraviy ziddiyatlar va madaniyatlararo to‘qnashuvlar yuz berayotgani hech kimga sir emas. Globallashuv davrida deyarli barcha mamlakatlar mafkuraviy, ijtimoiy tahdidlar bosimini his qilmoqda. Bugungi kun voqeligi kelajakda insoniyat duch kelishi mumkin bo‘lgan murakkab ijtimoiy va mafkuraviy muammolarning debochasi bo‘lishi mumkinligi tobora ayon bo‘lib bormoqda.
“Jadid” gazetasi 2024-yil 3-may 19-son
✍️Sarvarjon GʻAFUROV, Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqot instituti boʻlim rahbari, siyosat fanlar doktori, professor Batafsil: https://manaviyat.uz/press-service/article/8 Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
نمایش همه...
📚2024-yil 7-may kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga “Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida O‘zbekiston xalq shoiri, senator Mahmud Toir, taniqli shoir va Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Ne’mat Dushayev hamda Zoxidjon Xolovlar tashrifiga oid videorlikni e'tiboringizga havola etamiz. 👉https://youtu.be/XHRgi7gJf08?si=jltLVQB1ZoDdlOkG Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
نمایش همه...
Sportchilar oilasida "Ma'rifat ulashib" loyihasi ko‘tarinki ruhda tashkil etildi

2024-yil 7-may kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga talaba-yoshlarni kitob mutolaasiga jalb etish maqsadida tashkil etilgan “Maʼr...

Kun_hikmati O'z millatining tilini, urf-odatlarini, turmush tarzini bilmaydiganlarning baxti nuqsonlidir. ✍️ Azimjon Qosimov 🌸Kuningiz xayrli o'tsin!
نمایش همه...
#хотира_ва_қадр Мухтарам Юртбошимиз ташаббуслари билан қад ростлаётган – навқирон Нурафшон шаҳримизда бугун яна бир сўлим маскан юз очди. Ўзбек аёлининг метиндек мустаҳкам бардошига қўйилган мажмуага бежизга “МАТОНАТ МАДҲИЯСИ” деб ном қўйилмади. Сабаби, ватан ҳимояси йўлида қурбон бўлган беш нафар навқирон фарзандларидан ажралишига қарамасдан, бева қолган келинларини бошини қовуштириб, фарзандларидан қолган зурриёдларни тарбиялаб вояга етказган, хонадонидан бирор ножўя гап чиқармаган Зулфия ая ҳақиқий ўзбек аёлининг ёрқин тимсолидир. Шубҳасиз, бу мажмуа янги ҳаёт остонасига қадам қўяётган ёшларимиз учун муқаддас маскан, талаба ва ўқувчилар учун маънавият ўчоғи, ҳар бир оила учун ибрат мактаби бўлиб хизмат қилади. Фурсатдан фойдаланиб, ўз вақтларини аямасдан ташриф буюрган, фахрийларимизга, ҳурматли вазирларимиз, ректорларимиз ва олимларимизга, республика идоралари вакилларига, халқимизнинг ардоқли санъаткорларига, барча фаолларга бугунги тадбирдаги иштироклари учун чуқур миннатдорлик билдирамиз. Барчангизни яна бир бор бугунги байрам билан муборакбод этамиз. 📱 Instagram | 📱 Twitter | 🌐YouTube 📱 Facebook  | 🕊Telegram
نمایش همه...
👍 2
Repost from N/a
🔰9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan joriy yilning 8-may sanasida Chirchiq shahar kasb-hunar maktabi jamoasi hamda Yoshlar ittifoqi faol koordinatorlari bilan birgalikda Chirchiq shahar "Iftixor" MFY 2-kichik nohiya 12-uyda istiqomat qiluvchi 1929-yilda tug`ilgan Front ortida ishtirok etgan Shamshurina Yekatirina “Xotira va qadlash kuni” munosabati bilan yoʻqlab borildi. 🔰Yurtimizning bugungi tinch-osoyishta hayoti uchun jasorat ko‘rsatib fido bo‘lgan vatandoshlarimiz xotirasini yod etish esa eng oliy vazifamizdir. Zero  “Inson aziz, xotira-muqaddas”dir. https://t.me/chirchiqshaharkasbhunarmaktabi
نمایش همه...
👍 1
Xotira-muqaddas, qadr-aziz! Xotira-kechagi o‘tmishni, ajdodlar o‘gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi muqaddas kitob zarvaraqlaridek  hayotimizni yoritib turadi. Qadr-insonni yuksaklikka ko‘taradi, uning faoliyatiga, orzu intilishlariga maqsad-maslaklariga oliyjanoblik bag‘ishlaydi. Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Chirchiq shahar bo‘linmasi kengashi ham “9 may - Xotira va qadrlash kuni” umumxalq bayramini nishonlash bo‘yicha qator tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.  Shahar bo‘linmasi kengashi tomonidan 50 nafar ta’lim tizimida uzoq vaqt mehnat qilgan va hozirda keksalik gashtini surayotgan mehnat faxriylari hamda ishlayotgan pensionerlar uchun joriy yilning 6-may kuni Zangiota-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab sayohat-ziyorat ishlari tashkillashtirildi. Mustaqillik yillarida barpo etilgan diqqatga sazovor joylar, osmono‘par binolar, ziyoratgohlar, muzeylarga tashrif xodimlarimiz qalbida o‘chmas xotira, ajdodlarimizni qadrlash ularga bo‘lgan e’tibor qalblarida chuqur his tuyg‘uni uyg‘otdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Axir, bu dunyoning zamirida hazrati inson turadi. Zero xotira hamisha muqqaddas, qadr azizdir. Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati 💬 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌎 Web-site
نمایش همه...
👍 6