cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

UzDJTSU (Rasmiy_kanali)

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining rasmiy Telegram kanali Rasmiy veb sahifamiz: http://jtsu.uz/ Facebook sahifamiz : https://www.facebook.com/UzDJTSU.uz Murojaatlar uchun: @UzDJTSUga_Murojaatimbot

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
6 415
مشترکین
+2924 ساعت
+1377 روز
+14530 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Repost from Sport vazirligi
07:39
Video unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil etiladi
Prezidentga sport ta’limini rivojlantirish va xalqaro musobaqalarni o‘tkazish rejalari bo‘yicha axborot berildi.
FIFA qarori bilan futzal bo‘yicha bu yilgi jahon chempionati 14-sentyabr – 6- oktyabr kunlari yurtimizda o‘tkazilishi belgilangan. Yashnobod tumanida Olimpiya shaharchasida O‘zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil qilinadi. Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqot instituti hamda Mutaxassislar malakasini oshirish instituti ushbu Akademiya huzuriga o‘tkaziladi. Akademiya tizimida Sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi, Axborot kutubxona markazi, O‘zbekiston tarixi va xorijiy tillarni o‘qitish markazi ochiladi. Akademiyaga 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab, 3 ta bakalavr yo‘nalishi va 6 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha qabul boshlanadi. Bitiruvchi talabalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 6 yillik trenerlik malaka sertifikati beriladi. Olimpiya va paralimpiya kollejlaridan seleksiya qilingan bitiruvchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ikkinchi kursga qabul qilinadi. Har bir viloyat markazida Kurash mahorat maktablari tashkil etiladi. Ularda 140 nafar o‘quvchi bo‘ladi, ular 5-11-sinf bolalar orasidan tanlab olinadi. Futbol, suvga sakrash, kamondan o‘q otish, ayollar o‘rtasida erkin kurash bo‘yicha ilk bor Parij olimpiadasiga yo‘llanma olingani e’tirof etildi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
نمایش همه...
👍 5👏 2
Photo unavailableShow in Telegram
#KUN_HIKMATI Odamlardan sendan qachon nafratlanadi bilasanmi? Sen ulardan kuchli ekanligingni bilib qolishganida. ©Robert Downey Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
نمایش همه...
👍 10🔥 2❤‍🔥 1
#ilmiy_anjuman 📣EʼLON! EʼLON! EʼLON! 👩‍🎓Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mustaqil izlanuvchilar diqqatiga! 🏆Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida joriy yilning 29-may kuni13.00.04–«Jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlari nazariyasi va metodikasi» ixtisosligi boʻyicha Mutaxassislik fanidan malakaviy imtihon boʻlib oʻtishini maʼlum qilamiz. ⏰Imtihon kuni va vaqti: 2024-yil 29-may soat 10:00 dan 16:00 ga qadar. 🏢Imtihon joyi: “E” bino 301-auditoriya. 👆Yuqorida malakaviy imtihon qabul qilish komissiyasi tarkibi va talabgorlar roʻyxati bilan tanishishingiz mumkin. ‼️Barcha mustaqil izlanuvchilarni imtihon kuni belgilangan vaqtda yetib kelishlarini soʻrab qolamiz! Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
نمایش همه...
👍 9
Президент Шавкат Мирзиёевга спорт таълимини ривожлантириш ва халқаро мусобақаларни ўтказиш режалари бўйича ахборот берилди. — Президенту Шавкату Мирзиёеву доложено о планах по развитию спортивного образования и проведению международных соревнований. #Mirziyoyev #hisobot #sport #talim Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
نمایش همه...
👍 9
Photo unavailableShow in Telegram
#hisobot_konserti ‼️DIQQAT E’LON‼️ 🏆O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining aziz professor-o‘qituvchilari, rahbar va ishchi xodimlari hamda bilimga chanqoq talabalari diqqatiga! 🎸🎤Sizlarni joriy yilning 24-may kuni soat 18:00 da Chirchiq shahri “ KRATIV YOSHLAR BOG'I”da bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining “Eng yaxshi talabalari”ni aniqlab beruvchi “Hisobot konserti”ga taklif etamiz! ✅Konsert dasturida siz sportchilar oilasining bir guruh eng yaxshi talabalarini turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlash marosimi shuningdek, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining iste’dodli san’at ustalari chiqishlari, sho‘x kuy-qo‘shiqlar hamda antiqa shou o‘yinlarga guvoh bo‘lasiz. 🙋‍♀️Xullas, yilning “Eng yaxshi talabalari”ni aniqlab beruvchi O‘zDJTSU “Hisobot konserti”da barchangizni kutib qolamiz! Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
نمایش همه...
👍 6🔥 4
02:33
Video unavailableShow in Telegram
#amaliyot 🏆Universitet talabalarining tanishuv oldi amaliyot jarayonlari sport federatsiyalarida tashkil etilmoqda… 🥊Bugun, 23-may kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Boks, kikboks, muay tay nazariyasi va uslubiyati kafedrasi 2-bosqich talabalari professor-o‘qituvchilar hamrohligida tanishuv oldi amaliyoti doirasida O‘zbekiston boks federatsiyasida bo'lishdi. ✅Kafedra jamoasini O'zbekiston boks milliy terma jamoa bosh murabbiyi To'lqin Qilichev hamda Rahmatjon Ro'zioxunovlar kutib olishdi va federatsiya faoliyati bilan yaqindan tanishtirdilar. 👆Tafsilotlar yuqoridagi videolavhamizda. Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
نمایش همه...
👍 7
Photo unavailableShow in Telegram
#online #seminar ‼️E’LON 🏆Sportchilar oilasining iqtidorli talabalari! 📊 Sizlarni Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi yashabbusi joriy yilning 24-may kuni “Mirzo Ulug'bek Vorislari” tanlovi g'oliblari bilan suhbat hamda “Start Up" loyiha doirasida o‘tkaziladigan seminarga taklif etamiz. 🔰Seminarda Yoshlar akademiyasi liderlari va a'zolari hamda “Mirzo Ulug'bek Vorislari” tanlov g'oliblari ishtirok etishadi. ⏰Vaqti: 2024-yil 24-may soat 10:00 da. 🏢O'tkaziladigan joyi: Universitet “E” bino 301-xona. ✅Format: Offline va Online (Zoom platformasida). 📌Zoom havolasi: https://us05web.zoom.us/j/88989239789?pwd=pZea9D8LbHT8DNQAMdJtbnhJn831xm.1 🔢Identifikator raqami: 889 8923 9789 🔃Ulanish kodi: w2piZc https://t.me/uzdjtsu_rasmiy
نمایش همه...
👍 3👎 1
Photo unavailableShow in Telegram
#ogohlik 🗣Hurmatli shahrimiz fuqarolari hamda universitetimiz talaba-yoshlari diqqatiga❗️ 📍Barchamizga ma’lumki, kirib kelayotgan yozning qaynoq havosi insonlar, ayniqsa bolalarning ko‘p vaqtini daryo va soy bo‘ylarida o‘tkazishga undaydi. Biroq, suzish mumkin bo‘lmagan havzalarda cho‘milish inson hayoti uchun katta xavf tug‘dirishi mumkin. ✅Shu sababdan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi ogohlantiradi! ❌suvda aholining ommaviy dam olish joylari sifatida foydalanish uchun ruxsatnomaga ega bo‘lmagan kanallar, ko‘llar, yong‘inni o‘chirish uchun suv to‘ldiradigan konlar va boshqa suv havzalarida cho‘milish taqiqlanadi! ❌taqiqlovchi belgilar hamda “Xavfli!”, “Cho‘milish taqiqlanadi”, “Sho‘ng‘ish taqiqlanadi!” so‘zlari yozilgan maskanlarda cho‘milish va suvga sakrash taqiqlanadi! ‼️Siz jamiyatimiz uchun keraksiz, hayotingizni xavf ostiga qo'ymang! Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
نمایش همه...
👍 3👏 1
#xalqaro_turnir 🏃‍♂️Yengil atletika bo‘yicha xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi 📆2024-yil 21-22 may kunlari O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Yengil atletika va biatlon kafedrasida bir necha yillar faoliyat olib borgan dotsent, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy Gennadiy Arzumanov xotirasiga bag‘ishlangan yengil atletika bo‘yicha “IV Xalqaro Gennadiy Arzumanov memorial” turniri o‘tkazildi. 📌Qayd etish kerakki, 4-bor tashkil etilgan ushbu turnirda universitetimizning 19 nafar professor-o‘qituvchilari hakamlik, 100 ga yaqin talabalar volontyor bo‘lib jonbozlik ko‘rsatdilar. ✅Undan tashqari atletlar o‘rtasida kechgan murosasiz bahslarda 18 nafar sportchi talabalarimiz ham qatnashib, yuqori o‘rinlarni egallashdi. Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
نمایش همه...
👍 9 4
#TYUTORLAR_FAOLIYATIDAN ✅Mazkur hafta davomida universitetda tyutorlar tomonidan o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha talabalar bilan individual suhbatlar olib borilmoqda. 📍Suhbat davomida asosan, talabalarning qiziqishlari, o‘qish jarayoni va yakuniy imtihonlar bilan bog‘liq yuzaga kelayotgan muammoli vaziyatlar yuzasidan fikr va takliflari tinglanib, ularning yechimi bo‘yicha zaruriy tavsiyalar berilmoqda. ✔️O‘z o‘rnida talabalarga ham oliygohda o‘rnatilgan odob-axloq qoidalari, intizom, davomat hamda kontrakt-to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lashlari eslatib o‘tildi. Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
نمایش همه...
👍 3