fa
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

رفتن به کانال در Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

نمایش بیشتر

📈 تحلیل کانال تلگرام AI | DigiTech

کانال AI | DigiTech (@digitechai) در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 52 007 مشترک است و جایگاه 2 543 را در دسته فناوری و برنامه‌ها و رتبه 1 415 را در منطقه أوزبكستان دارد.

📊 شاخص‌های مخاطب و پویایی

از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 52 007 مشترک جذب کرده است.

بر اساس آخرین داده‌ها در تاریخ 01 ژوئیه, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر -2 961 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر -208 بوده و همچنان دسترسی گسترده‌ای حفظ شده است.

  • وضعیت تأیید: تأیید نشده
  • نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 25.25% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 17.89% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب می‌کند.
  • دسترسی پست‌ها: هر پست به طور میانگین 13 184 بازدید دریافت می‌کند. در اولین روز معمولاً 9 342 بازدید جمع‌آوری می‌شود.
  • واکنش‌ها و تعامل: مخاطبان به‌طور فعال حمایت می‌کنند؛ میانگین واکنش به هر پست 127 است.

📝 توضیح و سیاست محتوایی

نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاه‌های شخصی توصیف می‌کند:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

به لطف به‌روزرسانی‌های پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 02 ژوئیه, 2026)، کانال همواره به‌روز و دارای دسترسی بالاست. تحلیل‌ها نشان می‌دهد مخاطبان به‌طور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته فناوری و برنامه‌ها تبدیل کرده‌اند.

52 007
مشترکین
-20824 ساعت
-1 7197 روز
-2 96130 روز
آرشیو پست ها
⚡️Talabalar uchun: har qanday mavzu bo’yicha masalalarni yechish uchun foydali neyrotarmoqlarni to’pladik. Symbolab. SI asosi
⚡️Talabalar uchun: har qanday mavzu bo’yicha masalalarni yechish uchun foydali neyrotarmoqlarni to’pladik. Symbolab. SI asosidagi kalkulyator. Algebra, geometriya va fizika fanlaridan murakkab masalalarni yecha oladi va tushuntiradi; WolframAlpha. Har qanday fanni o’rganishga yordam beradi. U orqali matematika va boshqa fanlarni, jumladan, tarix va geografiyani o’rganish mumkin; Chemequations. Kimyo uchun kalkulyator, murakkab kimyoviy reaksiya formulalarini batafsil tushuntirib beradi. Saqlab qo’ying, imtihonlarga tayyorlanishga yordam beradi. 📟 DigiTech

⚡️OpenAI kompaniyasi Apple sobiq bosh dizayneri Joni Ayv'ning maxfiy startapini 6,5 milliard dollarga sotib oldi. Sotib oling
⚡️OpenAI kompaniyasi Apple sobiq bosh dizayneri Joni Ayv'ning maxfiy startapini 6,5 milliard dollarga sotib oldi. Sotib olingan kompaniya Apple'ning sobiq xodimlari jamoasi bilan birgalikda yaratilgan bo’lib, «sun’iy intellekt qurilmalari»ni ishlab chiqish bilan shug’ullanadi, biroq ular aynan nima ishlab chiqishganini aytishmadi. Joni Ayv endi OpenAI'ning barcha mavjud va yangi mahsulotlari dizayni uchun javobgar bo’ladi. 📟 DigiTech

Servercore bulut provayderi O‘zbekistondagi ma’lumotlar markazi asosida S3-xotirani ishga tushirdi Endilikda S3 obyektli xoti
Servercore bulut provayderi O‘zbekistondagi ma’lumotlar markazi asosida S3-xotirani ishga tushirdi Endilikda S3 obyektli xotirasi Toshkent mintaqasida @ServercoreNews boshqaruv paneli orqali foydalanishga tayyor. S3 yordamida mediakontentlar, zaxira nusxalar (backup), ma’lumot to‘plamlari (dataset), sun’iy intellekt modellari kabi ma’lumotlarni xavfsiz saqlash va ularga tezkor kirishni tashkil qilish mumkin. Servercore tomonidan taqdim etilgan xotira asosiy afzalliklari: — Toshkentda joylashgan foydalanish zonasi. — Yuqori xizmat darajasi kafolati (SLA) — 99,99%. — Ikki xil saqlash turi — standart va sovuq (kam foydalaniladigan ma’lumotlar uchun). — Masshtablanish imkoniyati — S3da cheksiz miqdordagi obyektlarni saqlash mumkin. Uch karra ma’lumot nusxalash (replikatsiya) — har bir blok uchta alohida serverda saqlanadi, bu esa hatto bitta server ishdan chiqqanda ham ma’lumotlarga kirishni kafolatlaydi. Obyektli xotirani ijaraga olish uchun quyidagi havola orqali o‘ting. Reklama

⚡️Mana nimaga neyrotarmoqlar bergan javoblarini har doim tekshirish kerak: Chicago Sun-Times gazetasi yozgi kitoblar ro‘yxati
⚡️Mana nimaga neyrotarmoqlar bergan javoblarini har doim tekshirish kerak: Chicago Sun-Times gazetasi yozgi kitoblar ro‘yxatini e'lon qildi, ularning 15 tasidan 10 tasi mavjud emas. Ular chatbot tomonidan o‘ylab topilgan. Buni boshqa jurnalistlar payqab qolishdi: yozuvchilarning ismlari haqiqiy bo‘lib chiqdi, ammo bunday asarlar hech qachon yozilmagan. Maqola muallifi tan olganidek, u haqiqatan ham «ba'zida» sun'iy intellektdan foydalanib turadi va har doim natijalarni tekshiradi, ammo bu safar istisno qilgan — endi u «bu ishi uchun juda uyalmoqda». 📟 DigiTech

⚡️Google o’zining Gemini 2.5 bazasidagi SI vositalarini katta yangilanishini namoyish etdi. Tez orada sinxron tarjima bilan v
+3
⚡️Google o’zining Gemini 2.5 bazasidagi SI vositalarini katta yangilanishini namoyish etdi. Tez orada sinxron tarjima bilan video qo’ng’iroqlarni amalga oshirish va xatlarga avtomatik javob berishni sozlash mumkin bo’ladi. Eng qiziqarli yangi funksiyalar:
– Smartfon kamerasiga ulanadigan va atrof-muhit haqidagi barcha savollarga bir zumda javob beradigan Gemini Live funksiyasi; – Google'ga murakkab so’rovlar uchun Gemini 2.0 asosidagi AI Mode qidiruvi. Chrome'ga Gemini o’rnatildi, u brauzer ekranidagi barcha kontentni tahlil qiladi; – Suratingiz yordamida onlayn do’kondagi istalgan buyumni o’zingizda qanday turishini ko’rish uchun Try-On funksiyasi to’g’ridan-to’g’ri qidiruv tizimida mavjud bo’ladi; – Google Meet'da qo’ng’iroqlar uchun real vaqtda tarjima funksiyasi; – Gemini ilovasidagi SI agent mehmonxonalar yoki restoranlarni qidirishi va bron qilishi mumkin bo’ladi; – Gmail'dagi xatlarga javoblarni avtomatik generatsiya qilish funksiyasi.
Aksariyat yangi funksiyalar yozda chiqarilishi rejalashtirilgan. 📟 DigiTech

🎥 Videolar generatsiya qiluvchi sun’iy intellektlar yangi bosqichga chiqishdi: Google yangi Veo 3 modelini chiqardi, u juda
+2
🎥 Videolar generatsiya qiluvchi sun’iy intellektlar yangi bosqichga chiqishdi: Google yangi Veo 3 modelini chiqardi, u juda realistik videolarni birdaniga ovozi bilan yaratadi. Neyron tarmoqning o’zi ovoz yoki fon tovushini qo’shadi. Shuningdek, kamera sozlamalari, sahnalar uchun obyektlar generatsiyasi va promptlarni boshqarish uchun yordamchi vositalar qo’shilgan. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. Foydalanish uchun AQSh VPN kerak bo’ladi. 📟 DigiTech

🛰️ Xitoy kosmik stansiyasida ekstremal kosmik sharoitlarga va radiatsiyaga chidamli bakteriyalarning ilm-fanga ilgari noma’l
🛰️ Xitoy kosmik stansiyasida ekstremal kosmik sharoitlarga va radiatsiyaga chidamli bakteriyalarning ilm-fanga ilgari noma’lum bo’lgan shtammi topildi. Namunalar allaqachon Yerga yetkazilgan va o’rganilgan: aniqlanishicha, mikroorganizmlar ma’lum bir organik birikmalarni ham parchalashga qodir va nazariy jihatdan ulardan chiqindilarni qayta ishlash va tibbiy maqsadlarda foydalanish mumkin. Bu Xitoyliklar koinotda nima topsa darhol yerga olib kelaveradiyey) 📟 DigiTech

📱Samsung tarixi gadjetlardan emas, balki oziq-ovqat do’konidan boshlangan. Kompaniyaga 1938-yilda tadbirkor Li Byon Chol aso
+2
📱Samsung tarixi gadjetlardan emas, balki oziq-ovqat do’konidan boshlangan. Kompaniyaga 1938-yilda tadbirkor Li Byon Chol asos solgan va dastlab un, quritilgan baliq va makaron savdosi bilan shug’ullangan, biroq keyinchalik tez sur’atlarda kengayishni boshlagan — Xitoyga eksportni yo’lga qo’ygan, mamlakatdagi eng yirik shakar zavodi va boshqa fabrikalarni qurgan. Elektronika ishlab chiqishni esa faqat 30 yil o’tgach, istiqbolli yo’nalishlarni egallashni qaror qilishganida, televizorlarni yig’ishdan boshlashgan. 📟 DigiTech

⚡️Nvidia geymerlar uchun maxsus arzon RTX 5060 videokartasini chiqardi. Alan Wake 2, Cyberpunk 2077 yoki S.T.A.L.K.E.R. 2 kab
+2
⚡️Nvidia geymerlar uchun maxsus arzon RTX 5060 videokartasini chiqardi. Alan Wake 2, Cyberpunk 2077 yoki S.T.A.L.K.E.R. 2 kabi «og'ir» o’yinlarda yangi GPU grafikaning maksimal sozlamalari va 1080p sifatda soniyasiga 100 dan ortiq FPS chiqarib beradi. Uning narxi atigi 299 dollar, solishtirish uchun — RTX 5090 flagmanining narxi 1999 dollarni tashkil etadi. 📟 DigiTech

🛰️ Xitoy koinotda orbital SI superkompyuterini qurishni boshladi — rejalashtirilgan 2800 ta sun’iy yo’ldoshdan 12 tasi allaq
🛰️ Xitoy koinotda orbital SI superkompyuterini qurishni boshladi — rejalashtirilgan 2800 ta sun’iy yo’ldoshdan 12 tasi allaqachon uchirildi. An’anaviy sun’iy yo’ldoshlardan farqli o’laroq, ular to’plangan ma’lumotlarni darhol qayta ishlaydi, shu orqali ularni Yerga jo’natish uchun ketadigan vaqt tejaladi, bu shuningdek, energiya sarfini kamaytirishga imkon beradi. Ularning har birini ichida soniyasiga 744 trillion operatsiyalarni bajarishi mumkin bo’lgan 8 milliard parametrli SI modeli mavjud, yakuniy maqsad esa soniyasiga kvintillionlab operatsiyalar samaradorligiga erishishdir. 📟 DigiTech

⚡️Red Bull va boshqa energetik ichimliklar leykemiyani keltirib chiqaradi. Barcha mashhur energetik ichimliklar tarkibida ley
⚡️Red Bull va boshqa energetik ichimliklar leykemiyani keltirib chiqaradi. Barcha mashhur energetik ichimliklar tarkibida leykemiya hujayralarini qo’zg’atuvchi taurin aminokislotalari mavjud. Taurin o’zi inson tanasida tabiiy ravishda ishlab chiqariladi, lekin uni qo’shimcha iste’mol qilish qon saratoni xavfini oshiradi. Mutaxassislar energetik ichimliklarni ichmaslikni, agar ichsangiz ham tarkibini o’qib, taurinsizlarini tanlashni maslahat berishadi. 📟 DigiTech

🚀 NASA mutaxassislari 20 yildan ko’proq vaqt oldin ishdan chiqqan «Voyager-1» dvigatellarini qayta ishga tushirishga muvaffa
🚀 NASA mutaxassislari 20 yildan ko’proq vaqt oldin ishdan chiqqan «Voyager-1» dvigatellarini qayta ishga tushirishga muvaffaq bo‘lishdi. Shu paytgacha zond kosmosda harakat qilish uchun zaxira dvigatellardan foydalangan, ammo hozir yoqilg’i chiqindilari tiqilib qolganligi sababli ular ishdan chiqish xavfi ostida, shuning uchun olimlar nosoz deb hisoblangan asosiy dvigatellarni yoqishga urinib ko’rishga qaror qilishdi: ularni ishga tushirish uchun portlashga olib kelishi mumkin bo’lgan isitgichlarni yoqishdi, ammo oxir-oqibat hammasi yaxshi o’tdi. 1977-yilda uchirilganidan buyon qurilma Yerdan 25 milliard km uzoqlikka uchib ketgan, u hozirgi kunda insoniyat tomonidan yaratilgan eng uzoq masofaga uchgan obyekt hisoblanadi. 📟 DigiTech

📚 Top universitetlar kurslarini bepul o’rganamiz. Mind Luster saytida dunyodagi eng yaxshi universitetlar va mutaxassislarni
📚 Top universitetlar kurslarini bepul o’rganamiz. Mind Luster saytida dunyodagi eng yaxshi universitetlar va mutaxassislarning barcha yo’nalishlar bo’yicha 300 000 ta bepul kurslari yig’ilgan: dasturlash, dizayn, marketing, biznes, ingliz tili va boshqalar. O’zingizga kerakli kursni be’malol topishingiz mumkin. Shuningdek, kurslarni tugatganingizdan so’ng, rezyumega qo’shishingiz mumkin bo’lgan bepul sertifikat ham beriladi. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

⚡️Amerikalik olimlar ilk bor kamyob irsiy kasallikka chalingan chaqaloqni tug’ilganidan keyin uning genlarini tahrirlash orqa
⚡️Amerikalik olimlar ilk bor kamyob irsiy kasallikka chalingan chaqaloqni tug’ilganidan keyin uning genlarini tahrirlash orqali davolay olishdi. Tug’ilganida chaqaloqqa CPS1 yetishmovchiligi tashxisi qo’yilgan — bu kamyob irsiy kasallik bilan tug’ilgan bolalarni bir haftadan ortiq yashashlari ehtimoli juda kam. Olimlar rekord vaqt ichida inyektsiyani ixtiro qilib, DNK'dan mutatsiyani olib tashlashga muvaffaq bo’lishdi! Hayotning to’qqizinchi oyida chaqaloq ushbu kamyob kasallikdan butunlay tuzalib ketdi. Olimlar endi bu texnologiya yordamida millionlab odamlarda 7000 ta noyob mutatsiyalarni davolashmoqchi. 📟 DigiTech

+2
⚡️OpenAI bir vaqtning o’zida bir nechta vazifalarni bajaradigan va senior dasturchilar jamoasini o’rnini bosa oladigan Codex SI agentini namoyish etdi. U to’g’ridan-to’g’ri brauzerda, Codex-1 (OpenAI'ning dasturlash bo’yicha eng kuchli modeli) asosida ishlaydi, deyarli har qanday kodni yozadi va tahrirlaydi, shuningdek, bir vaqtning o’zida bir nechta vazifalarni bajara oladi. Uni GitHub akkauntga ham ulash mumkin. Codex hozircha faqat Pro va Team foydalanuvchilari uchun mavjud, lekin yaqinda undan Plus obunasi mavjudlar ham foydalana olishadi. 📟 DigiTech

🎥 Neo, Garri Potter va Betmen shampunlar va boshqa mahsulotlarni reklama qilishni boshlaydi: Warner Bros o’z film qahramonla
🎥 Neo, Garri Potter va Betmen shampunlar va boshqa mahsulotlarni reklama qilishni boshlaydi: Warner Bros o’z film qahramonlari bilan reklama roliklarini suratga olish orqali pul ishlashga qaror qildi. Ular faqat eng yaxshi brendlar bilan hamkorlik qilishga, shuningdek, haqiqiy aktyorlar bilan suratga olishga va’da berishmoqda. Bunday reklamalarni o’zlarining striming xizmatlari va telekanallarida — HBO, Discovery, Cartoon Network va boshqalarda namoyish etishmoqchi. 📟 DigiTech

⚡️Saudiya Arabistonida dunyodagi birinchi shifokorlarsiz klinika ochildi. U yerdagi barcha shifokorlar SI bilan almashtirildi
⚡️Saudiya Arabistonida dunyodagi birinchi shifokorlarsiz klinika ochildi. U yerdagi barcha shifokorlar SI bilan almashtirildi. Bemorlar faqat planshetda «Doktor Hua» ga kelib, o’zlarining kasallik simptomlarini tasvirlashlari kerak. Chatbot bir nechta savol beradi va qanday davolanish kerakligini yozib beradi. Shuningdek, u yerda rentgen yoki EKG qilishlari va birinchi yordam ko’rsatishlari ham mumkin, lekin bu odamlar tomonidan amalga oshiriladi. Doktor Hua ishining aniqligi 99,97% ni tashkil qiladi. Hozircha unga shamollash, tomoq og’rig’i va astma kabi oddiyroq 30 ta kasalliklar bilan ishlashga ruxsat berilgan. 📟 DigiTech

📱iPhone'ni smartfon 20 yilligi munosabati bilan katta redizayn kutmoqda. Apple butunlay ramkasiz qurilmani chiqarishi mumkin
📱iPhone'ni smartfon 20 yilligi munosabati bilan katta redizayn kutmoqda. Apple butunlay ramkasiz qurilmani chiqarishi mumkin. Insayderlarning yozishicha: iPhone'ning umumiy dizayni «butun shisha bo’lagi»ni eslatadigan bo’ladi. Old kamerani esa ekran ostiga yashirish rejalashtirilgan. Bunday «iPhone 19» 2027-yilda namoyish etilishi mumkin. U bilan birga buklanadigan smartfonlarning ikkinchi avlodi ham chiqarilishi kutilmoqda. 📟 DigiTech

🎵 Apple ish, dam olish va uyqu uchun 426 ta musiqalarni chiqardi. Musiqalar neyrobiologlar bilan hamkorlikda tayyorlangan. H
🎵 Apple ish, dam olish va uyqu uchun 426 ta musiqalarni chiqardi. Musiqalar neyrobiologlar bilan hamkorlikda tayyorlangan. Har bir musiqaga miya ritmlari bilan sinxronlashadigan va kerakli faoliyatga moslashishga yordam beradigan maxsus chastotalar qo’shilgan. Havola bo’yicha o’tib, ushbu musiqalarni bepul tinglashingiz mumkin. Apple Music obunasi talab etilmaydi. 📟 DigiTech

⚡️Olimlar insonni ko’rish qobiliyatini operatsiya va lazerlarsiz tiklashni o’rganishdi — Janubiy Koreyalik biologlar ko’z to’
⚡️Olimlar insonni ko’rish qobiliyatini operatsiya va lazerlarsiz tiklashni o’rganishdi — Janubiy Koreyalik biologlar ko’z to’r pardasining nerv hujayralari regeneratsiyasini ishga tushiruvchi preparatni yaratishdi. — Hamma gap ko’zning tiklanishiga to’sqinlik qiluvchi Prox1 oqsilida. Yangi preparat shu oqsilni bloklaydi va ko’zning regenerativ mexanizmlarini faollashtiradi. — Preparat allaqachon sichqonlarda muvaffaqiyatli sinovdan o’tkazildi. Prox1 bloklanishi ta’siri 6 oy yoki undan ko’proq vaqt saqlanib qoldi. Odamlarda klinik sinovlar 2028-yilda boshlanadi. Nimaga bu kashfiyot muhim? Dunyo bo’ylab taxminan 2,2 milliard odamning ko’rish bilan bog'liq muammolari mavjud. Ushbu preparat esa aksariyat odamlarning ko’rish qobiliyatini tiklashi mumkin. 📟 DigiTech