fa
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

رفتن به کانال در Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

نمایش بیشتر

📈 تحلیل کانال تلگرام AI | DigiTech

کانال AI | DigiTech (@digitechai) در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 51 891 مشترک است و جایگاه 2 558 را در دسته فناوری و برنامه‌ها و رتبه 1 425 را در منطقه أوزبكستان دارد.

📊 شاخص‌های مخاطب و پویایی

از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 51 891 مشترک جذب کرده است.

بر اساس آخرین داده‌ها در تاریخ 02 ژوئیه, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر -2 847 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر -200 بوده و همچنان دسترسی گسترده‌ای حفظ شده است.

  • وضعیت تأیید: تأیید نشده
  • نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 25.08% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 17.66% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب می‌کند.
  • دسترسی پست‌ها: هر پست به طور میانگین 13 041 بازدید دریافت می‌کند. در اولین روز معمولاً 9 182 بازدید جمع‌آوری می‌شود.
  • واکنش‌ها و تعامل: مخاطبان به‌طور فعال حمایت می‌کنند؛ میانگین واکنش به هر پست 122 است.

📝 توضیح و سیاست محتوایی

نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاه‌های شخصی توصیف می‌کند:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

به لطف به‌روزرسانی‌های پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 03 ژوئیه, 2026)، کانال همواره به‌روز و دارای دسترسی بالاست. تحلیل‌ها نشان می‌دهد مخاطبان به‌طور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته فناوری و برنامه‌ها تبدیل کرده‌اند.

51 891
مشترکین
-20024 ساعت
-1 6077 روز
-2 84730 روز
آرشیو پست ها
+2
🖥️ LG ikkita alohida televizorga ajraladigan va umuman ramkalarsiz televizorni namoyish etdi. U micro-LED matritsasiga ega, har bir panelning diagonali esa 22 dyuymdan. Chiqish sanasi yoki narxi haqida ma’lumot yo’q — bu hozircha faqat prototip. 📟 DigiTech

⚡️Xitoyda butun tog’ tizmasi quyosh panellari bilan qoplandi — panellar kichik shaharchalik hududni egallaydi. Guichjou provinsiyasidagi megastansiya taxminan 15 million kVt/soat energiya ishlab chiqaradi, bu deyarli 12 ming xonadonni elektr bilan ta’minlash uchun yetarli. Butun vodiyni suratga olish uchun dronning hatto batareya quvvati yetmadi. 📟 DigiTech

⚡️Steam katta xakerlik hujumiga uchradi — birdaniga 89 million akkaunt ma’lumotlari sizib chiqdi. Machine1337 laqabli foydala
⚡️Steam katta xakerlik hujumiga uchradi — birdaniga 89 million akkaunt ma’lumotlari sizib chiqdi. Machine1337 laqabli foydalanuvchi Darknet'da 89 mln akkauntlar ma’lumotlar bazasini atigi 5000 dollarga sotuvga qo’ygan. Valve allaqachon tekshiruvni boshlagan. Ikki faktorli autentifikatorni yoqmagan akkaunt egalari xavf ostida bo’lishi mumkin. Agar siz uni yoqmagan bo’lsangiz, buni qilish vaqti keldi. 📟 DigiTech

📲 Google Android 16 ni namoyish etdi, bu so’nggi yillardagi eng katta redizayndir. Dizayn yumaloqlashtirildi va kontrast ran
+3
📲 Google Android 16 ni namoyish etdi, bu so’nggi yillardagi eng katta redizayndir. Dizayn yumaloqlashtirildi va kontrast ranglar, shuningdek, chiroyli animatsiyalar qo’shildi. Bundan tashqari, ko’plab elementlar kattalashtirildi, shu sabab «testerlar kerakli tugmalarni to’rt baravar tezroq topishgan». Pixel'lar uchun reliz shu yilda bo’lishi va’da qilingan, ammo hozircha aniq sana yo’q. 📟 DigiTech

⚡️Google 10 yilda birinchi bor, Amazon esa 20 yil deganda birinchi bor o’z logotipini o’zgartirdi. Ijtimoiy tarmoqlarda ularn
⚡️Google 10 yilda birinchi bor, Amazon esa 20 yil deganda birinchi bor o’z logotipini o’zgartirdi. Ijtimoiy tarmoqlarda ularni allaqachon «millionlab dollarlik eng bilinmas redizaynlar» deb atashmoqda. Google'da G harfining ranglari gradientga o’zgartirildi. Amazon esa shriftni biroz yangilab «do’stona» va tabassumni «zamonaviyroq» qildi. Amazon logotipini ushbu redizayni uchun taxminan 18 oy vaqt va 50 million dollar sarflagan. 📟 DigiTech

⚡️Kuchli SI agenti Manus endi barcha uchun mavjud — bu bitta vositada Cursor, Operator va Deep Research'dir. — Manus tadqiqot olib borishi, hisobot tayyorlashi, dasturlashi va brauzerda qidirishi mumkin; — U vazifalarni o’zi rejalashtiradi va bajaradi; — Manus istalgan ijtimoiy tarmoqda akkaunt ochib, uni faol boshqara oladi. Undan bepul foydalanish mumkin, ro’yxatdan o’tilganda 1000 ta va harkuni qo’shimcha 300 ta token bepul beriladi. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

📱 Apple barcha iPhone 17 liniyasi narxlarini oshirishni rejalashtirmoqda. Bu 2019-2020 yillardan keyingi birinchi yirik narx
📱 Apple barcha iPhone 17 liniyasi narxlarini oshirishni rejalashtirmoqda. Bu 2019-2020 yillardan keyingi birinchi yirik narx o’sishi bo’ladi. Kompaniya narx o’zgarishini yangi funksiyalar va xususiyatlar bilan tushuntirishni o’ylamoqda. Lekin aslida sabab AQSh'ning savdo tariflarining oshishidir. Narxlar qanchaga oshishi hozircha ma’lum emas. Joriy AQSh tariflariga asoslanib, bazaviy iPhone 799 dollardan 959 dollargacha ko’tarilishi mumkin. 📟 DigiTech

🦷 Yuvilmagan tishlar yurakka zarar yetkazadi: olimlar milklarda yashovchi bakteriyalar aritmiya va hatto yurak xurujini kelt
🦷 Yuvilmagan tishlar yurakka zarar yetkazadi: olimlar milklarda yashovchi bakteriyalar aritmiya va hatto yurak xurujini keltirib chiqarishini aniqlashdi. Bunga parodontitni keltirib chiqaradigan bakteriyalar sababchidir. Ma’lum bo’lishicha, u qon oqimiga kirib, yurak fibrozini qo’zg’atishi mumkin — unda chandiq to’qimasi paydo bo’ladi, natijada bu aritmiya, yurak xuruji va yurak yetishmovchiligini keltirib chiqaradi. Buning yechimi — tishlarni muntazam ravishda yuvib yurish va vaqtida davolatish kerak. 📟 DigiTech

+2
⚡️SI yordamida bir necha soniyada jadvallar yaratamiz — bu neyrotarmoq Excel o’rnini bosa oladi. • Istalgan hajmdagi jadvallarni, shuningdek, rasmlar, matnlar va havolalarni yaratadi. • Endi formulalarni bilishingiz shart emas — neyrotarmoq har qanday ma’lumotlarni o’zi tahlil qiladi va kerakli amallarni bajaradi. • Sun’iy intellekt barcha turdagi ma’lumotlarni, kompaniya nomlari, moliyaviy ko’rsatkichlar va hokazolarni internetdan qidira oladi. U barcha ma’lumotlarni darhol jadvalga to’playdi. Juda tez ishlaydi va bepul foydalanish mumkin. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

🚘 Vodorodda yuradigan va xuddi filmlardagi kosmik kema kabi yonadigan superkar — Hyperion XP-1 Uning quvvati 2038 ot kuchiga teng bo’lib, 100 km/soat tezlikka 2,2 soniyada erishadi va to’liq bak bilan 1600 km masofani bosib o’tadi. Faqat 300 dona avtomobil yig’iladi, narxi esa taxminan 2 million dollardan bo’ladi. 📟 DigiTech

⚡️Mikroplastik uyqumizni o’ldiradi. Plastik idishlardan qanchalik ko’p foydalansangiz, bu siz uchun shunchalik zararlidir. Ol
⚡️Mikroplastik uyqumizni o’ldiradi. Plastik idishlardan qanchalik ko’p foydalansangiz, bu siz uchun shunchalik zararlidir. Olimlar plastik tarkibidagi ftalat va bisfenol-A kimyoviy moddalari kuchli uyqusizlikka olib kelishini aniqlashdi. Qonda bu birikmalarning yuqori darajasi bo’lgan odamlar yomon uxlaydilar va tez-tez uyg’onadilar. Mutaxassislar ayniqsa, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va isitish vaqtida plastik qadoqlardan foydalanishni cheklashni tavsiya qilishadi. 📟 DigiTech

+3
⚡️Slovakiyaning Klein Vision kompaniyasi kelasi yildan uchar sportkarlar savdosini yo’lga qo’yadi — ularning narxi 1 million dollardan bo’ladi. Mashina 80 soniyada samolyotga aylana oladi va 1000 km masofagacha uchadi. Havoda tezlik 250 km/soat, yo’lda esa 200 km gacha bo’lishini va’da qilishmoqda. Aircar prototipi allaqachon parvozga yaroqlilik sertifikatini olgan va 500 ta sinov parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirgan. 📟 DigiTech

⚡️Strimer Kai Senat blogerlar uchun bepul Xogvartsni ishga tushirdi. Ushbu universitetda MrBeast kabi afsonalar strimer sifatida qanday qilib karyera qurishni o’rgatishadi. Talabalar uchun parvozlar va turar joylari all-inclusive rejimda qoplab beriladi. Qabulning birinchi soatini o’zida 7 milliondan ortiq odam ariza tashladi, ammo faqat 150 kishi qabul qilinadi. 👉 Xohlovchilar omadlarini sinab ko’rishlari mumkin, qabulga ariza tashlash uchun havola. 📟 DigiTech

🌎 Olimlarning hisob-kitoblariga ko’ra, insoniyat okean tubining atigi ~ 0,001 foizini o’rgangan. 1958-yildan hozirgi kungach
🌎 Olimlarning hisob-kitoblariga ko’ra, insoniyat okean tubining atigi ~ 0,001 foizini o’rgangan. 1958-yildan hozirgi kungacha bo’lgan 44 000 ta chuqur sho’ng’ishlarda dengiz tubining atigi 3823 km² qismigina o’rganilgan va ekspeditsiyalarning 97 foizi faqat beshta mamlakatda bo’lgan: AQSh, Yaponiya, Yangi Zelandiya, Fransiya va Germaniya. Agar okean tubini o’rganish tezligi ming marta oshirilsa ham, barcha hududni o’rganish uchun taxminan 100 000 yil kerak bo’ladi. 📟 DigiTech

+2
⚡️Telegram kuchli yangilandi. Asosiy o’zgarishlar: • Telegram'ning rasmiy marketi ishga tushirildi — u yerda stars evaziga platformadagi sovg’alarni sotish mumkin. • Kanallarda avtomatik tarjima paydo bo’ldi — kanal egalari barcha foydalanuvchilar uchun avtomatik tarjimani yoqishi mumkin, shunda kanaldagi barcha postlar obunachilarning telegrami tiliga avtomatik tarjima qilinadi. • Endi birdaniga bir nechta stories'larni qo’yish mumkin. • Uzun videolarni bir nechta stories'larga bo’lish xususiyati qo’shildi. • Kanal darajasini oshirish uchun kerak bo’ladigan premium ovozlar soni kamaytirildi. 📟 DigiTech

⚡️Bill Geyts deyarli butun boyligini (200 milliard dollardan ortiq) xayriya qilishga va’da berdi: Microsoft asoschisi «boy bo
⚡️Bill Geyts deyarli butun boyligini (200 milliard dollardan ortiq) xayriya qilishga va’da berdi: Microsoft asoschisi «boy bo’lib o’lishni» xohlamaydi. Geyts 2000-yilda sobiq rafiqasi bilan xayriya jamg’armasiga asos solgan va dastlab ular vafotidan keyin u yana bir necha o’n yillar ishlashda davom etishini rejalashtirgan edi, ammo hozir rejalar o’zgardi — 20 yil ichida tashkilot barcha mablag’ni xayriya qiladi va shundan so’ng yopiladi. 📟 DigiTech

⚡️Huawei kompaniyasi Windows bilan raqobatlashadigan HarmonyOS'ning kompyuterlar uchun versiyasini namoyish etdi. U ishga tus
+3
⚡️Huawei kompaniyasi Windows bilan raqobatlashadigan HarmonyOS'ning kompyuterlar uchun versiyasini namoyish etdi. U ishga tushirilishi bilan juda tez ishlaydigan interfeys va 2000+ optimallashtirilgan ilovalar, shuningdek, masofadan turib ma’lumotlarni o’chirish va yo’qolgan noutbukni qidirish (noutbuk o’chiqligida ham ishlaydi) funksiyasi mavjud bo’ladi. HarmonyOS o’rnatilgan birinchi noutbuklar shu oyda namoyish etiladi. 📟 DigiTech

+2
⚡️SI yordamida o‘z avatarimizni yaratamiz: HeyGen Avatar IV modeli chiqdi — u foydalanuvchining ovozini klonlab, uning suratini ovozli videoga aylantira oladi. Unga har qanday rasmni yuklash mumkin — o’zingizni yoki hatto mushukingiz rasmini. Neyrotarmoq juda realistik «klon» yaratadi: intonatsiya va ritmni to’g’ri yetkazadi. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

🎥 Google filmlar suratga olishni boshladi — kompaniya sekingina «100 Zeros» filmlar chiqaradigan kompaniyasini ishga tushird
🎥 Google filmlar suratga olishni boshladi — kompaniya sekingina «100 Zeros» filmlar chiqaradigan kompaniyasini ishga tushirdi. Ularning film va shoularidagi «qahramonlar nihoyat iPhone bilan emas, Android bilan yurishadi». Loyihalar Netflix va boshqa striming platformalarida namoyish etiladi. Ha, Google filmlarda qahramonlar Android'dan foydalanishlari uchun o’z prodakshn kompaniyasini ochdi. Filmlar orqali kompaniyaning boshqa mahsulotlari — Gemini va Google Xaritalar ham targ’ib qilinadi. 📟 DigiTech

Yaponiyaga ketishga tayyormisiz ? 🇺🇿🇯🇵 O'zbekistonda universitetni bitirib, Yaponiyada IT sohasida ish boshlash mumkin. B
+4
Yaponiyaga ketishga tayyormisiz ? 🇺🇿🇯🇵 O'zbekistonda universitetni bitirib, Yaponiyada IT sohasida ish boshlash mumkin. Buni Japan Digital University ilk bitiruvchilari uddalashdi.      Ushbu karuselni varoqlang va Yaponiya sari qadamni hoziroq tashlang 😊 👉 HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN 📞 71-200-05-95 Telegram  |  Instagram | FacebookYouTube | Web site Reklama

AI | DigiTech - آمار و تحلیل کانال تلگرام @digitechai