fa
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

رفتن به کانال در Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

نمایش بیشتر

📈 تحلیل کانال تلگرام AI | DigiTech

کانال AI | DigiTech (@digitechai) در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 53 006 مشترک است و جایگاه 2 504 را در دسته فناوری و برنامه‌ها و رتبه 1 382 را در منطقه أوزبكستان دارد.

📊 شاخص‌های مخاطب و پویایی

از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 53 006 مشترک جذب کرده است.

بر اساس آخرین داده‌ها در تاریخ 27 ژوئن, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر -4 302 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر -267 بوده و همچنان دسترسی گسترده‌ای حفظ شده است.

  • وضعیت تأیید: تأیید نشده
  • نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 25.69% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 18.58% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب می‌کند.
  • دسترسی پست‌ها: هر پست به طور میانگین 13 632 بازدید دریافت می‌کند. در اولین روز معمولاً 9 858 بازدید جمع‌آوری می‌شود.
  • واکنش‌ها و تعامل: مخاطبان به‌طور فعال حمایت می‌کنند؛ میانگین واکنش به هر پست 121 است.

📝 توضیح و سیاست محتوایی

نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاه‌های شخصی توصیف می‌کند:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

به لطف به‌روزرسانی‌های پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 28 ژوئن, 2026)، کانال همواره به‌روز و دارای دسترسی بالاست. تحلیل‌ها نشان می‌دهد مخاطبان به‌طور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته فناوری و برنامه‌ها تبدیل کرده‌اند.

53 006
مشترکین
-26724 ساعت
-2 6567 روز
-4 30230 روز
آرشیو پست ها
⚡️AQSH Green Card lotereyasi (Diversity Visa, DV1) dasturini vaqtinchalik to‘xtatdi. Bu haqda Ichki xavfsizlik vaziri yozdi.
⚡️AQSH Green Card lotereyasi (Diversity Visa, DV1) dasturini vaqtinchalik to‘xtatdi. Bu haqda Ichki xavfsizlik vaziri yozdi. Bunga Braun universitetidagi otishma sabab bo‘lgan. O’q uzgan shaxs Diversity Lottery (DV1) dasturi bo‘yicha mamlakatga kirib, grin-karta olgan. Green Card lotereya dasturi qayta tiklanadimi va bu qachon sodir bo‘ladi, hozircha noma’lum. 📟 DigiTech

🕰️ Vaqt haqiqatan ham yil sayin tezroq o‘tmoqda — vaqt o‘tishi bilan miya xotirani tejash uchun kundalik ishlarning bir qism
🕰️ Vaqt haqiqatan ham yil sayin tezroq o‘tmoqda — vaqt o‘tishi bilan miya xotirani tejash uchun kundalik ishlarning bir qismini shunchaki e’tiborsiz qoldirishi ma'lum bo’ldi. Biz ulg'ayganimiz sari vaqtni soatlarga qarab emas, voqealarga qarab anglay boshlaymiz. Agar yil davomida hech qanday qiziqarli hodisa sodir bo‘lmagan bo‘lsa, u sezilmay o‘tib ketganga o‘xshaydi. Yangi taassurotlar va noodatiy ssenariylar vaqtni «sekinlashtirishi» mumkin — masalan, tasodifiy yo‘nalishlar bo‘ylab yurish yoki turli xil taomlar tayyorlash. 📟 DigiTech

⚡️Bill Geyts, agar do‘sti Uorren Baffett'ning maslahatiga quloq solmaganida, hozir 1,2-1,5 trillion dollarga ega bo‘lib, duny
⚡️Bill Geyts, agar do‘sti Uorren Baffett'ning maslahatiga quloq solmaganida, hozir 1,2-1,5 trillion dollarga ega bo‘lib, dunyodagi eng boy odam bo‘lishi mumkin edi. 2014-yilda Baffett Geytsga Microsoft aksiyalarini sotishni maslahat bergan edi. O‘shanda Bill Geyts o‘z jamg‘arma fondi orqali turli aktivlarga mablag‘ kiritib, o‘z kompaniyasi aksiyalarini portfelning kichik bir qismi sifatidagina saqlab qolgan. 📟 DigiTech

⚡️Videodan istalgan ovozni bir tugmani bosish orqali ajratib olish imkoniyati paydo bo‘ldi: SAM Audio neyrotarmog’i ishga tushdi, u alohida audiolarni kesib olishi mumkin. Qo‘shiqdagi vokalni gitaradan ajratish, orqa fondagi shovqinni o‘chirish, faqat qushning sayrashini yuklab olish mumkin. Kadrdagi obyektni bosish va uning ovozini olish kifoya. Agar ma’lum bir obyekt bo‘lmasa, yana ikkita variant mavjud: matnli prompt yozish yoki kerakli tovush eshitiladigan vaqtni belgilash. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

🔊 Yaponiyada qalinligi atigi 2 millimetr bo‘lgan matodan dinamiklar yaratildi — ularni devorga osish, yostiq ostiga qo‘yish
+1
🔊 Yaponiyada qalinligi atigi 2 millimetr bo‘lgan matodan dinamiklar yaratildi — ularni devorga osish, yostiq ostiga qo‘yish yoki cho‘ntakda olib yurish mumkin. Fabric Speaker Portable'ning butun yuzasi egiluvchan o‘tkazuvchan tolalar yordamida tovush chiqara oladi. Ovoz balandligi bo‘yicha bu dinamik ishlayotgan changyutgichdan qolishmaydi. Ushbu matodan turli xil aksessuarlar yasash mumkin. Texnologiya ishlab chiqarish uchun allaqachon tayyor, lekin hozircha hatto taxminiy narx ham aytilmayapti. 📟 DigiTech

🎥 Butun dunyodagi ko‘rsatuvlarni tomosha qilamiz: TV Garden saytini topdik — unda istalgan mamlakat telekanallarini bepul ko‘rish mumkin. Jonli efirda minglab ko‘rsatuvlar mavjud. To‘g‘ridan-to‘g‘ri Yaponiyadan anime strimlari, tasodifiy filmli kanallar va Yerning deyarli har qanday nuqtasidan yangiliklar kanallari bor. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

📲 Apple iPhone 18 Pro'da Dynamic Island'dan voz kechib, kamerani chap burchakka ko‘chirishi mumkin. Dynamic Island olib tash
📲 Apple iPhone 18 Pro'da Dynamic Island'dan voz kechib, kamerani chap burchakka ko‘chirishi mumkin. Dynamic Island olib tashlanib, Face ID ekran ostida joylashadi. Shu sababli, unga alohida kesim talab etilmaydi. Bu yaqin yillardagi eng katta redizayn bo’lishi mumkin. 📟 DigiTech

⚡️Amerikalik olimlar dunyodagi eng kichik, qum zarrasi o‘lchamidagi dasturlanadigan robotlarni yaratishga muvaffaq bo‘lishdi.
+3
⚡️Amerikalik olimlar dunyodagi eng kichik, qum zarrasi o‘lchamidagi dasturlanadigan robotlarni yaratishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu mayda robotlar suyuqliklarda harakat qilib, o‘z atrofida elektr maydonlarini hosil qiladi va atrofdagi ionlarni siljitadi. Ular energiya va buyruqlarni yorug‘lik impulslari orqali qabul qilishadi. Hozircha unga faqat mikroprotsessor va termometr uchun joy topilgan, biroq kelajakda atrof-muhit va tibbiyot tahlili uchun yanada rivojlangan sensorlarni o’rnatish rejalashtirilmoqda. 📟 DigiTech

⚡️2026-yilda smartfonlar va noutbuklar sifati yomonlashib, narxi oshadi. Bunga tezkor xotira inqirozi sababchi, RAM qanchalik
⚡️2026-yilda smartfonlar va noutbuklar sifati yomonlashib, narxi oshadi. Bunga tezkor xotira inqirozi sababchi, RAM qanchalik kam bo‘lsa, qurilmalar bir vaqtda ko‘p vazifalarni shunchalik yomon bajarishadi. O’zgarishlar raqamlarda:
— Flagman smartfonlar: 16 GB+ operativ xotira → 12 GB gacha tushiriladi — Arzon smartfonlar: 6–8 GB → 4 GB — Oddiy noutbuklar: 16 GB → 8 GB — Top noutbuklar: 32+ GB → 16 GB gacha tushiriladi
Smartfon yoki noutbuk xarid qilishni o’ylab yurgan bo’lsangiz hozir ayni vaqti. 📟 DigiTech

⚡️Dubayda 93 kilometrlik konditsionerli piyodalar tunneli qurilishi rejalashtirilmoqda — unda yil davomida velosipedda yurish
+3
⚡️Dubayda 93 kilometrlik konditsionerli piyodalar tunneli qurilishi rejalashtirilmoqda — unda yil davomida velosipedda yurish va piyoda sayr qilish mumkin bo’ladi. Hukumat vakillarining asosiy maqsadi Dubay aholisini velosipeddan foydalanishga o‘rgatish va buni iloji boricha qulay tashkil etishdir. Piyodalar yo‘lagi ichida dam olish hududlari, restoranlar, shuningdek, jamoat transporti bekatlariga va shahar infratuzilmasiga qulay chiqish joylari bo‘ladi. G‘oyaga ko‘ra, 2040-yilga kelib, mahalliy aholining kamida 80 foizi avtomobillardan butunlay voz kechishi lozim. 📟 DigiTech

+3
👓 Xitoyda inspektorlarga yuzlar va avtomobil raqamlarini aniqlash uchun Rokid aqlli zoynaklari berildi. Bu aksessuar atrofdagilarga sezdirmasdan ma’lumotni linzalardagi displeyga chiqaradi, 10 tildan nutqni tarjima qila oladi va video yozib oladi. Bir zaryadda 8 soat ishlaydi. Politsiyadagilarni ta'kidlashlaricha, ko‘zoynak avtomobillarni tekshirish jarayonini 80 foizga tezlashtiradi. 📟 DigiTech

🚘 Volkswagen oxir-oqibat Germaniyadagi zavodini yopishga qaror qildi — 88 yil ichida ilk bor. Financial Times xabar berishic
🚘 Volkswagen oxir-oqibat Germaniyadagi zavodini yopishga qaror qildi — 88 yil ichida ilk bor. Financial Times xabar berishicha, Drezdendagi ishlab chiqarish liniyasi ertaga to‘xtatiladi — 2016-yildan beri u yerda faqat elektromobillar chiqarilardi. Ushbu qaror Xitoy va Yevropadagi talabning pasayishi, shuningdek, AQSh bojlari tufayli biznesni optimallashtirish zarurati bilan bog‘liq. Xodimlarga boshqa VW zavodi joylashgan Volfsburg'ga ko‘chib o‘tish uchun 30 000 yevrodan taklif qilindi, zavod hududini esa ilmiy-tadqiqot kampusi sifatida foydalanish uchun mahalliy universitetga ijaraga berishga qaror qilindi.
Joriy yilning boshlarida Audi ham o‘zining Yevropadagi zavodlaridan birini yopgan edi: 1948-yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan Bryusseldagi ishlab chiqarish korxonasi Xitoy brendlari bilan raqobat tufayli to‘xtatildi.
📟 DigiTech

👨‍💻 Internetdagi eng antiqa portfolio: veb-dizayner brauzer uchun epik poyga o‘yini ko‘rinishidagi shaxsiy saytini yaratdi. Unda sekinlashtirilgan portlashlar, bouling va boshqa odamlar bilan musobaqalar mavjud. O‘yin davomida yigitning boshqa loyihalarini ko‘rish va uning veb-dasturlash bo‘yicha bepul ma’ruzalarini topish mumkin. 👉 Sayt havolasi. 📟 DigiTech

⚡️Apple qurilmalari narxi yanvardan qimmatlashishi mumkin. Insayderlarning ma'lumotlariga ko‘ra, Samsung va SK Hynix bilan sh
⚡️Apple qurilmalari narxi yanvardan qimmatlashishi mumkin. Insayderlarning ma'lumotlariga ko‘ra, Samsung va SK Hynix bilan shartnomalar muddati tugamoqda — har ikkala yetkazib beruvchi ham yanvar oyidan boshlab Apple texnikasi uchun xotira narxlarini oshirishni rejalashtiryapti. Mutaxassislarning fikricha, narxlar ma'lum muddat saqlanib qolishi mumkin, biroq 2026-yilning birinchi yarmida baribir barcha qurilmalar — iPhone’lar, MacBook'lar va boshqa elektronika qurilmalari narxlarining keskin ko’tarilishi kutilmoqda. 📟 DigiTech

⚡️Insayderlar: Arzon SSD'lar endi bo’lmaydi. Samsung bozordan chiqib ketmoqda va SATA-SSD ishlab chiqarishni butunlay to‘xtat
⚡️Insayderlar: Arzon SSD'lar endi bo’lmaydi. Samsung bozordan chiqib ketmoqda va SATA-SSD ishlab chiqarishni butunlay to‘xtatmoqchi, bu shaxsiy kompyuterlarni yangilash va arzon tizimlar yig‘ish uchun eng arzon variant edi. Vaziyat o‘ylaganimizdan ham yomonroq:
• Samsung bozordan ketgach, kompyuterni arzon yangilash imkoniyati bo’lmaydi — kompaniya haqiqatan ham samarali va shu bilan birga arzon SSD'larni ishlab chiqarardi. • Mutaxassislar ta'kidlashlaricha: tezkor xotira yetishmovchiligi 2028-yilgacha davom etadi! Ishlab chiqaruvchilar ko‘proq daromad olish maqsadida serverlar va sun'iy intellektga e’tibor qaratmoqda.
📟 DigiTech

🚆 Sun’iy intellektda yaratilgan vayron bo‘lgan ko‘prikni surati tufayli Angliyada butun boshli poyezdlar liniyasi harakati t
🚆 Sun’iy intellektda yaratilgan vayron bo‘lgan ko‘prikni surati tufayli Angliyada butun boshli poyezdlar liniyasi harakati to‘xtatildi — bitta hazil 32 ta reysni, jumladan yo‘lovchi poyezdlarni ham to’xtashiga sabab bo‘ldi. Zilziladan so‘ng mahalliy hazilkashlar ijtimoiy tarmoqlarda 179 yildan buyon zarar ko‘rmagan ko‘prikning vayron bo‘lgan suratlarini tarqata boshlashdi — xodimlar bunga ishonib, darhol poyezdlar harakatini to’xtatishdi. Natijada buni tekshirish uchun ishchilarni yuborishga to‘g‘ri keldi, mahalliy temir yo‘l boshqarmasi esa ko‘p mablag' va vaqtini yo‘qotdi. 📟 DigiTech

📲 «Google Tarjimon» istalgan simsiz quloqchinlar bilan mos keladigan, real vaqt rejimida nutqni tarjima qilish funksiyasini
📲 «Google Tarjimon» istalgan simsiz quloqchinlar bilan mos keladigan, real vaqt rejimida nutqni tarjima qilish funksiyasini ishga tushirmoqda — Apple'da bunday xususiyat faqat uchta AirPods modelida mavjud. Bu funksiya Gemini neyron tarmog'i asosida ishlaydi, 70 dan ortiq tillarni (shu jumladan o’zbek tilini ham) qo’llab-quvvatlaydi va suhbatdoshlarning ohanglarini saqlab qoladi. Hozirda u AQSh, Hindiston va Meksikada Android tizimida sinovdan o‘tkazilmoqda, barcha qurilmalar uchun esa 2026-yilda chiqarilishi va'da qilinmoqda. 📟 DigiTech

+1
🎵 Kamera orqali musiqa generatsiya qilamiz: Google Lyria Camera xizmatini ishga tushirdi — u atrofingizga mos musiqa yaratadi. Ilova Gemini yordamida atrofni tahlil qilib, mos janrlarni tanlaydi va darhol audio generatsiya qiladi. Bir necha soniyada istalgan muhitga mos keladigan saundtrekka ega bo‘lasiz. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

⚡️AQSh'da politsiyachilar gumonlanuvchilarning fotorobotlarini ChatGPT yordamida yaratishni boshlashdi — odatda buni qo’lda chizishardi. Sun'iy intellekt tomonidan yaratilgan tasvirlar allaqachon ikki ish bo’yicha qo‘llanildi. Biroq, ikki holatda ham bu aybdorlarni topishga yordam bermadi. Tasvirlar juda realistik chiqqan bo’lsa-da, ularda hali ham mavjud bo’lmagan odamlar aks ettirilgan. 📟 DigiTech

⚡️OpenAI kutilmaganda o’zining yangi flagman modeli — GPT 5.2 ni chiqardi. U vazifalarni bajarish sifati bo‘yicha 44 ta sohad
+2
⚡️OpenAI kutilmaganda o’zining yangi flagman modeli — GPT 5.2 ni chiqardi. U vazifalarni bajarish sifati bo‘yicha 44 ta sohadagi mutaxassislarni ortda qoldirdi. GPT 5.2 ayniqsa dasturlash va matematikada yaxshi. U ARC AGI 2 benchmarkida 52,9%, SWE-Bench Verified'da esa 80% natija qayd etdi. GPT 5.1 bilan solishtirganda, yangi model interfeyslarni yaxshiroq loyihalaydi, fizika bilan samaraliroq ishlaydi va ma'lumotlarni chuqurroq tahlil qiladi. Endi vaybkodlash yanada oson bo’ladi. 📟 DigiTech