AI | DigiTech
前往频道在 Telegram
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads
显示更多📈 Telegram 频道 AI | DigiTech 的分析概览
频道 AI | DigiTech (@digitechai) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 50 753 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 2 617,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 466 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 50 753 名订阅者。
根据 08 七月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -2 546,过去 24 小时变化为 -168,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 未认证
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 25.51%。内容发布后 24 小时内通常能获得 18.55% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 12 969 次浏览,首日通常累积 9 429 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 114。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.
Reklama: @DigiTech_ads”
凭借高频更新(最新数据采集于 09 七月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。
50 753
订阅者
-16824 小时
-1 3757 天
-2 54630 天
帖子存档
50 697
⚡️Maktab o‘quvchisi 1,5 million yangi kosmik obyektlarni topdi. Bu uchun endi u 250 000 dollar va NASA'da lavozim oladi.
Matteo Paz o‘zining sun’iy intellekt algoritmini yaratib, tugallangan NEOWISE missiyasi ma’lumotlarini qayta ko‘rib chiqdi. Natijada olimlar e’tiboridan chetda qolgan obyektlarni — uzoq kvazarlardan tortib yangi yulduzlar va qora tuynuklargacha aniqladi.
Bu tadqiqot uchun u ilmiy tanlovda 250 000 dollar miqdoridagi bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. NASA rahbari esa uni ommaviy ravishda ishga taklif qilib, bonus sifatida reaktiv samolyotda uchirishga va'da berdi.
📟 DigiTech
50 697
+1
⚡️Tokiodagi do‘kon tashrif buyuruvchilarga istalgan mahsulotni «o‘g‘irlash»ga ruxsat berdi — buning uchun atigi 7 dollar to‘lash kifoya.
Xohlagancha olib ketish mumkin. Biroq, bir sharti bor: faqat 60 soniya vaqt beriladi va «o‘g‘rilik»ni mutlaqo shovqinsiz amalga oshirish lozim. Do‘kon bo’ylab o‘ta sezgir mikrofonlar o‘rnatilgan.
📟 DigiTech
50 697
🤖 Kutilmagan zarba
Unitree G1 robotlari nafaqat ajoyib raqsga tushadi, balki yaxshi jang ham qiladi. Ehtimol, kompaniya muhandislaridan biri buni o‘z xohishiga qarshi bilib qoldi. Harakatlarni mashq qilish paytida robot uning oyoqlari orasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarba berdi.
Umid qilamizki, robot bu «jang usulini» eslab qolmaydi.
📟 DigiTech
50 697
🚇 2 soniyada 0-700 km/soat: Xitoylik muhandislar bir tonna og‘irlikdagi magnit platformasini atigi ikki soniyada 700 km/soat tezlikka yetkazishdi.
Buning siri ishqalanishning yo‘qligida: poyezd relslar bo‘ylab emas, balki kuchli elektromagnitlar yordamida yo‘l ustida muallaq turadi.
Tajriba yaqin kelajakda «vakuumli poyezdlar»ni yaratish uchun o’tkazildi: bunday texnologiyalar yordamida yo‘lovchilar bo‘lgan kapsulalar shaharlar o‘rtasida 1000 km/soatdan yuqori tezlikda harakatlanishi mumkin bo’ladi.
📟 DigiTech
50 697
⚡️Yaponiyada 25 Gbit/s tezlikdagi dunyodagi eng tez uy interneti ishga tushiriladi. Bu tezlik bilan 100 GB hajmdagi o‘yinni yoki ikki soatlik 8K filmni atigi 30 soniyada yuklab olish mumkin.
Tokiodagi xonadonlarga o‘ta tezkor optik tolali internet 2026-yilning mart oyidan boshlab o‘tkaziladi. Biroq bu xizmat arzon emas — oylik to‘lov 27 500 yen (taxminan 2 mln so’m)ni tashkil etadi.
Bungacha rekord 10 Gbit/s edi — bunday tezlikdagi internetni Yaponiya, Xitoy, Shveytsariya, AQSh va yana bir nechta mamlakatlarda ulash mumkin.
📟 DigiTech
50 697
🧠 AQSh'da olimlar Altsgeymer kasalligi rivojlanishining so‘nggi bosqichlarida uni to‘liq yengishga muvaffaq bo‘lishdi. Hozircha faqat sichqonlarda.
Kasallikning asosiy sabablaridan biri NAD+ molekulalari miqdorining kamayishi tufayli miyaning energiya muvozanati buzilishidir. P7C3-A20 sinov preparati ularning darajasini tiklay oldi. Bu miya hujayralariga o‘zlarini «tuzatish» imkonini berdi.
P7C3-A20 kiritilganidan so‘ng, Altsgeymerning og’ir shakli bo‘lgan sichqonlarda kognitiv funksiyalar tiklandi va miyadagi patologiya butunlay yo‘qoldi.
Olimlar endi odamlarda sinovlar o‘tkazishga tayyorlanishmoqda.
📟 DigiTech
50 697
⚡️iPhone uchun «budilnik» yaratuvchilari oyiga 500 000 dollar ishlab topishmoqda: ular shunchaki tizimdagidan ko‘ra balandroq ovoz chiqaradigan ilova chiqarishgan.
Uyg‘onish uchun Alarmy ilovasida o‘zingiz tanlagan tovushlarni va ertalabki turli xil topshiriqlarni, masalan, tenglamani yechishni o‘rnatish mumkin. Pullik obuna sotib olish talab qilinishiga qaramasdan, bu xususiyatlar ilovaning juda mashhur bo‘lishini ta’minladi.
Boylik siri ochildi: shunchaki baland ovozli budilnik chiqarish kerak ekan :)
📟 DigiTech
50 697
🎧 Har qanday quloqchinni iPhone'ga ulash AirPods kabi oson bo‘ladi. iOS 26.3 da qurilmani smartfonga yaqinlashtirish kifoya.
Sozlamalar menyusi va alohida ilovalar orqali bir nechta bosqichlarni bajarishga hojat qolmaydi. Masalan, Sony yoki JBL quloqchinlaridan bemalol foydalanish mumkin bo‘ladi.
Yangilanish yanvar oyi oxirida chiqishi kutilmoqda. Ammo dastlab bu funksiya faqat Yevropa Ittifoqida ishga tushadi.
📟 DigiTech
50 697
⚡️Samsung dunyodagi birinchi ko‘zoynaksiz 3D 6K monitor — Odyssey 3D (G90XH)ni namoyish etdi.
Qurilmaning asosiy xususiyati ko’zni kuzatish texnologiyasidir. Monitor foydalanuvchi boshining holatiga qarab perspektivani moslaydi va chuqurlik effektini yaratadi.
Texnik xususiyatlari: ekran o‘lchami 32 dyuym, IPS matritsa, tasvir sifati 6144 x 3456 piksel, kadrlar yangilanish chastotasi 165 hz. 330 hz chastotali 3K rejimiga ham o‘tkazish mumkin.
Sotuvlar kelasi yilda, narxi esa 2000 dollardan boshlanadi.
📟 DigiTech
50 697
📱 Xiaomi o‘zining eng zo‘r fotoflagmani — Leica optikasi va top versiyasida zumni boshqarish uchun aylanma halqa mavjud 17 Ultra modelini namoyish etdi.
Texnik xususiyatlari:
- 6.9 dyuymli 120 hz OLED ekran
- Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessori
- 16 GB + 1 TB xotiragacha
- batareya 6800 mA/soat, 90 Vt
- 4.3x zumli 200+50+50 Mp kameralar
Xitoyda narxi — 990 dollardan boshlanadi.
📟 DigiTech
50 697
💊 AQSh'da vazn yo‘qotish uchun mo’ljallangan birinchi tabletka ma’qullandi — FDA Wegovy preparatini rasman xavfsiz dorilar ro‘yxatiga kiritdi.
Bu tabletka ~14 oy davomida, jiddiy asoratlarsiz vaznni o‘rtacha 16,6% ga kamayishiga yordam bera oladi. Uni kuniga bir marta qabul qilish yetarli.
Wegovy 2026-yilning yanvar oyida sotuvga chiqariladi.
📟 DigiTech
50 697
⚡️Nihoyat, @gmail.com pochta manzilini o‘zgartirish imkoniyati paydo bo‘ldi. Google ayrim mamlakatlarda yangi funksiyani joriy etishni boshladi.
Email manzillarini yiliga bir marta, jami uch martagacha o‘zgartirish mumkin bo‘ladi. Barcha manzillar, shu jumladan eski manzil ham ishlashda davom etadi — unga kelgan barcha xatlar yangi pochta manziliga yo‘naltiriladi.
Nihoyat, yoshlikda ochilgan Gmail'larni o’zgartirish mumkin bo’ladi :)
📟 DigiTech
50 697
🚘 Xitoyning Luxeed (Huawei va Chery qo‘shma brendi) o‘z avtomobillariga bosh va yelkani himoyalovchi «inqilobiy» xavfsizlik yostiqchalarini o‘rnatishni boshlaydi.
Bunday xavfsizlik yostiqchalari birinchi bo‘lib 2026-yilda ishlab chiqariladigan Luxeed V9 miniveniga o’rnatilishi kutilmoqda. O‘rindiqlardagi yostiqlar an’anaviy yostiqlar bilan bir vaqtda ishga tushib, boshni deyarli to‘liq va tananing bir qismini o‘rab oladi, bu esa jarohatlar xavfini minimal darajaga tushirishi kerak.
📟 DigiTech
50 697
🚘 BMW o‘z avtomobilingizni mustaqil ta’mirlashingizni istamaydigan ko‘rinadi — kompaniya logotip shaklida bo‘lgan dumaloq vintlarni patentladi, endi ularni faqat rasmiy dilerlar yechishi mumkin. Bu vintlarni oddiy uskunalar bilan burab bo‘lmaydi.
BMW haydovchilari shokda: endi avtomobilni mustaqil ta’mirlash deyarli imkonsiz. Patent salon ichidagi va konstruktiv jihatdan muhim joylardagi mahkamlagichlarga, jumladan o‘rindiqlar va kuzov ulanmalariga taalluqlidir. Bu esa juda ko’p ustaxonalarning xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini bevosita cheklaydi.
📟 DigiTech
50 697
⚡️Windows butunlay o‘zgaradi — Microsoft operatsion tizim yadrosini Rust dasturlash tilida qayta yozishga qaror qildi. Tizimni to‘liq yangilanishining dedlayni — 2030-yil.
Kompaniyada allaqachon C/C++ tilida yangi kod yozish taqiqlangan, endi esa navbat tizimning o‘ziga ham yetib keldi. Microsoft'ning asosiy muhandislaridan biri Galen Xant to‘g‘ridan-to‘g‘ri uning maqsadi kompaniya ichidagi «C va C++ dasturlash tillaridagi har bir satrni yo‘q qilish» ekanligini aytdi.
Ammo eng dahshatlisi, bularning barchasini sun’iy intellekt yordamida amalga oshirishmoqchi. Neyrotarmoqlar millionlab kod satrlarini qayta tuzishadi, muhandislar esa unda yuzlab yangi zaifliklar paydo bo‘lmasligini nazorat qilishadi.
📟 DigiTech
50 697
👨💻 Dunyo bo‘ylab o‘smirlardan iborat jamoa Altsgeymer kasalligiga qarshi kurashish uchun sun’iy intellekt startapini ishga tushirdi. Ularning asoschisi Aleks bor-yo‘g‘i 18 yoshda.
Aleks har kuni ertalab soat 3:00 da uyg’onib, darslar boshlanishidan oldin ishlaydi. U o‘z loyihasiga ijtimoiy tarmoqlar va GitHub orqali dasturchilar va tadqiqotchilarni jalb qilgan — ularning barchasi hali maktabda yuqori sinf o‘quvchilaridir.
Ikki yil davomida maktab o‘quvchilari kasalliklarni erta aniqlash bo’yicha bir nechta kashfiyotlar qilishdi. Ularning dasturi esa allaqachon demensiya bilan kasallangan bemorlarga o‘tmishni eslashga yordam bermoqda.
📟 DigiTech
50 697
⚡️Sayyoradagi eng boy odamning boyligi 700 milliard dollardan oshdi — Ilon Mask bunga Tesla aksiyadorlari ustidan sudda g‘alaba qozonganidan so‘ng erishdi.
U shunday boylikka ega bo‘lgan tarixdagi birinchi inson bo‘ldi. Uning boyligi Forbes ro‘yxatidagi ikkinchi o‘rinda turgan Larri Peyj'nikidan 500 milliard dollarga ko‘proq.
Ilon Mask agar Yer yuzidagi har bir insonga 1 dollardan tarqatganida, unda hali ham 700 milliard dollardan ortiq mablag‘ qolgan bo‘lardi.
📟 DigiTech
50 697
+1
O‘zbekistonlik dasturchilar Yandex Cup 2025 finalida g‘alaba qozondi
🏆 Istanbulda dasturlash bo‘yicha Yandex Cup 2025 xalqaro chempionatining finali bo‘lib o‘tdi. Unda 21 davlatdan 196 nafar finalchi ishtirok etdi, musobaqaga esa butun dunyo bo‘ylab 21 mingdan ortiq ariza topshirilgan.
🧑💻 Backend va frontend yo‘nalishlari bo‘yicha g‘oliblikni o‘zbekistonlik dasturchilar — Nazarbek Boltaboyev va Akobir Abdug’aniyev qo‘lga kiritdi. Final topshiriqlari real texnologik muammolarga maksimal darajada yaqin bo‘lib, xizmatlar arxitekturasi, navbatlar (queues), vaqt va yuklama bilan ishlash, algoritmlar, shuningdek mashinaviy o‘rganish va multimodal modellar elementlarini o‘z ichiga oldi.
🤔 Musobaqa formati — 5 soat ichida 6 ta vazifa — ishtirokchilardan nafaqat texnik bilim, balki strategik fikrlash, ustuvorliklarni belgilash va bosim ostida muhandislik qarorlarini qabul qilishni ham talab qildi. Bu esa zamonaviy IT-industriya va AI-loyihalar talablariga to‘liq mos keladi. Finalning umumiy sovrin jamg‘armasi 1,8 milliard so‘mni tashkil etdi. Biroq Yandex Cup’ning asosiy qadriyati — bu muhandislik tafakkurini rivojlantirish va mintaqa mutaxassislari murakkab texnologik yo‘nalishlarda global darajada raqobatlasha olishini tasdiqlashdir.👉 Batafsil ma’lumot va g‘oliblarning fikrlarini bu yerdan o‘qishingiz mumkin
50 697
+2
🚘 Honda yangi Afeela'ni Sony bilan hamkorlikda ishlab chiqaradi: uning barcha ekranlarida PlayStation o‘yinlarini o‘ynash mumkin bo’ladi.
Afeela 1 — bunday xususiyatga ega dunyodagi birinchi avtomobil. Elektromobil Remote Play texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. To‘xtab turgan holatda old o‘rindiqlarda, harakatlanayotganda esa orqa o‘rindiqlarda o‘ynash mumkin.
Narxi — 90 000 dollar. Sotuvlar 2026-yilda boshlanishi kutilmoqda.
📟 DigiTech
50 697
🌳 Braziliyada kelajak iqlimini taqlid qiladigan «o‘rmon vaqt mashinasi» ishga tushirildi. Uning yordamida olimlar tabiatning o‘zgarishlarga reaksiyasini ular sodir bo‘lishidan oldinroq o‘rganishlari mumkin bo‘ladi.
Ushbu tizim oltita ulkan halqasimon inshootdan iborat bo‘lib, ularning har biri Amazonka o‘rmonlaridagi 50-70 ta daraxtni qamrab oladi. Ularning uchtasi o‘z hududlariga 2050-yilga prognoz qilingan iqlimni modellashtirish uchun yuqori miqdordagi CO₂ ni yuboradi, qolgan uchtasi esa taqqoslash maqsadida hozirgi sharoitni saqlab turadi.
📟 DigiTech
