fa
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

رفتن به کانال در Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

نمایش بیشتر

📈 تحلیل کانال تلگرام AI | DigiTech

کانال AI | DigiTech (@digitechai) در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 52 871 مشترک است و جایگاه 2 504 را در دسته فناوری و برنامه‌ها و رتبه 1 382 را در منطقه أوزبكستان دارد.

📊 شاخص‌های مخاطب و پویایی

از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 52 871 مشترک جذب کرده است.

بر اساس آخرین داده‌ها در تاریخ 27 ژوئن, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر -4 302 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر -267 بوده و همچنان دسترسی گسترده‌ای حفظ شده است.

  • وضعیت تأیید: تأیید نشده
  • نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 25.69% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 18.58% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب می‌کند.
  • دسترسی پست‌ها: هر پست به طور میانگین 13 632 بازدید دریافت می‌کند. در اولین روز معمولاً 9 858 بازدید جمع‌آوری می‌شود.
  • واکنش‌ها و تعامل: مخاطبان به‌طور فعال حمایت می‌کنند؛ میانگین واکنش به هر پست 121 است.

📝 توضیح و سیاست محتوایی

نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاه‌های شخصی توصیف می‌کند:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

به لطف به‌روزرسانی‌های پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 28 ژوئن, 2026)، کانال همواره به‌روز و دارای دسترسی بالاست. تحلیل‌ها نشان می‌دهد مخاطبان به‌طور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته فناوری و برنامه‌ها تبدیل کرده‌اند.

52 871
مشترکین
-26724 ساعت
-2 6567 روز
-4 30230 روز
آرشیو پست ها
⚡️Xitoyliklar Porsche'ni sindirmoqda — kompaniya Germaniyadagi har to‘rtinchi xodimini ishdan bo‘shatmoqchi. Shtutgart, Vaysa
⚡️Xitoyliklar Porsche'ni sindirmoqda — kompaniya Germaniyadagi har to‘rtinchi xodimini ishdan bo‘shatmoqchi. Shtutgart, Vaysax va boshqa shaharlardagi zavodlarda 5500 dan ortiq kishi ishsiz qolishi mumkin. Ishlab chiqarish kengashi buni allaqachon Porsche tarixidagi eng katta qisqartirish deb e'lon qildi. Sotuvlarning keskin tushishi fonida, Porsche SE xoldingida hatto tanklar ishlab chiqarishga qaytish haqida o‘ylar paydo bo‘lmoqda. Bundan oldin konsern allaqachon 1950-yillarda Bundesver uchun Leopard 1 tanklarini ishlab chiqargan. 📟 DigiTech

⚡️ Kuniga 7 soatdan kam uxlash umrni qisqartiradi. Olimlar aniqlashicha, yaxshi uyqu parhez, sport yoki odamlar bilan muloqot
⚡️ Kuniga 7 soatdan kam uxlash umrni qisqartiradi. Olimlar aniqlashicha, yaxshi uyqu parhez, sport yoki odamlar bilan muloqot va stressga qaraganda umr davomiyligiga ko’proq ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqotchilar o‘n minglab insonlarning salomatligini tahlil qilib, normal uyqu yetishmasligi tanani butunlay xarob qilishini isbotladilar. Uyqusizlikdan ko‘ra faqat chekishning zarari ko‘proq bo‘lib chiqdi. 📟 DigiTech

🎥 McDonald’s sun’iy intellekt'da yaratilgan o‘zining birinchi reklama videosini namoyish etdi — va shu zahoti tanqidlar ostida qoldi. «Yilning eng yomon fasli» haqidagi Rojdestvo videosi odamlarning g'alati yuzlari, noto‘g‘ri fizika qonuniyatlari va uslubning yo’qligi uchun ommaviy ravishda tanqidga uchradi. Shu bilan birga, reklamani 10 nafar promt-muhandislaridan iborat jamoa ikki oydan ortiq vaqt davomida tayyorlagan edi. Ommaviy tanqidlar sababli McDonald's o‘z roligini hamma joydan o’chirib tashlashga majbur bo‘ldi. Biroq, internetga chiqqan narsa undan qaytib o’chmaydi :) 📟 DigiTech

+3
🚢 Dunyodagi eng katta suzuvchi baliq fermasi mana shunday ko‘rinishda — unda bir vaqtda 10 ming tonnagacha losos balig’i yetishtiriladi. Uzunligi 385 metr va maydoni uchta futbol maydoniga teng keladigan ulkan yarim cho‘kma platforma Norvegiya suvlarida baliqlarni qirg‘oq ifloslanishidan uzoqda, tabiiy muhitda saqlash imkonini beradi. Oqimlar tufayli ularda doimo toza suv mavjud, to‘rsimon devorlar va suv osti lazer-kuydirgichlari esa (xuddi ilmiy-fantastik filmlardagidek) parazitlardan himoyani ta'minlaydi. 📟 DigiTech

⚡️Avstraliya dunyoda birinchi bo‘lib 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni qonun darajasid
⚡️Avstraliya dunyoda birinchi bo‘lib 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni qonun darajasida taqiqladi. Yangi qoidalarga binoan, platformalar ma'muriyati avstraliyalik o‘smirlarning barcha akkauntlarini o‘chirib tashlashi, shuningdek, ularning yangi akkaunt ochmasligini nazorat qilishi shart. Ushbu talablarni bajarmaslik 33 million dollargacha jarima bilan jazolananishi mumkin. Cheklovlar eng mashhur 10 ta platformaga, jumladan Twitch, TikTok va YouTube'ga ta'sir qiladi, ammo kelajakda ro‘yxat qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. 📟 DigiTech

🧠 AQSh'da olimlar neyroimplantlarning yangi avlodi — BISC'ni ishlab chiqishdi. Ular miya bilan bosh suyagi oralig‘iga joylas
🧠 AQSh'da olimlar neyroimplantlarning yangi avlodi — BISC'ni ishlab chiqishdi. Ular miya bilan bosh suyagi oralig‘iga joylashtiriladi va o‘rnatilishi Neuralink'dan bir necha marta osonroq. Soch qalinligidagi qurilma Wi-Fi orqali tashqi gadjetga ulanadi va miyaga kompyuter bilan bir zumda signal almashish imkonini beradi. U epilepsiya, orqa miya jarohatlari va hatto ko‘rlikni davolashda yordam berishi mumkin. Qurilmaning odamlarda dastlabki sinovlari allaqachon boshlangan. 📟 DigiTech

⚡️Netflix va Warner Bros o‘rtasidagi kelishuv xavf ostida — Paramount studiya uchun kurashni boshlab, har bir aksiya uchun 30
⚡️Netflix va Warner Bros o‘rtasidagi kelishuv xavf ostida — Paramount studiya uchun kurashni boshlab, har bir aksiya uchun 30 dollar taklif qilmoqda. Bu Netflix taklifidan 18 milliard dollar ko’proq. Eng qizig'i shundaki, Paramount Warner rahbariyatini chetlab o‘tib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aksiyadorlarga murojaat qilgan. Endi qaror muzokaralar emas, balki aksiyadorlarning ovoziga bog'liq. Agar ko‘pchilik Paramount taklifini qo‘llab-quvvatlasa, Netflix mag'lub bo‘ladi. Shuningdek, Donald Trampning shaxsan o‘zi ham kelishuvni diqqat bilan kuzatayotgani ma’lum bo‘ldi. 📟 DigiTech

⚡️Ilovalarni doimiy ravishda yopish quvvatni tejamaydi — aksincha, bu smartfon batareyasini tezroq ishdan chiqaradi. Dasturlarni qayta ishga tushirish energiya sarfining keskin oshishiga olib keladi. Shuning uchun ularni shunchaki ochiq holda saqlash ancha tejamkor hisoblanadi. Har safar ilovalarni to’liq yopib yuradigan do’stingizga jo’natib qo’ying :) 📟 DigiTech

+1
🤖 Xitoydagi Midea kompaniyasi zavodlarda maishiy texnikalarni yig'adigan olti qo’lli «supergumanoid» robotni ishlab chiqdi. Bunday konstruksiya insonning jismoniy cheklovlarini yengib o’tishi va ishlab chiqarish samaradorligini 30 foizga oshirishi va'da qilinmoqda. Bu robotlar shu oy oxiridan kir yuvish mashinalarini yig'ishni boshlashadi. 📟 DigiTech

🤖 Optimus roboti tasodifan uni inson boshqarayotganini oshkor qilib qo‘ydi. Mayamidagi taqdimot paytida u qo‘llarini boshi atrofida harakatlantirdi-yu, so‘ngra yerga qulab tushdi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari buni tezda payqashdi: operator, ehtimol, VR ko’zoynakni boshidan yechgan-u, ammo robot boshqaruvini o‘chirishga ulgurmagan. Qizig’i shundaki, bor-yo‘g‘i ikki oy oldin Ilon Mask «qarorlarni operator emas, sun’iy intellekt qabul qiladi» deb aytgan edi. Ammo, chamasi, haqiqat biroz boshqacharoq bo’lib chiqdi. 📟 DigiTech

📲 Telegramda kirish kalitlari (passkey) yordamida tizimga kirish imkoniyati paydo bo’ldi — endi akkauntga SMS yoki elektron
📲 Telegramda kirish kalitlari (passkey) yordamida tizimga kirish imkoniyati paydo bo’ldi — endi akkauntga SMS yoki elektron pochtasiz kirish mumkin. Kalitlarni sozlamalar orqali faollashtirish mumkin: «Maxfiylik → «Kirish kaliti». PIN-kod yaratish va kalitni saqlaydigan parollar menejerini tanlash kerak. 📟 DigiTech

📲 Smartfonlar uchun NotebookLM katta yangilandi: endi talabalar Google neyrotarmog’i yordamida dars paytida qulay foydalana olishadi. Konspektning suratini, doskadagi yozuvlarni yoki butun ma'ruzaning ovozli yozuvini yuklash mumkin. Bir tugmani bosish orqali ulardan infografika tayyorlay olasiz. Endi taqdimotlarni ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri telefonda yaratish mumkin. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

⚡️Mark Sukerberg OpenAI xodimlarini o‘z loyihasiga jalb qilish uchun ularga shaxsan o’zi ovqat olib borgan. Iyun oyida Sukerb
⚡️Mark Sukerberg OpenAI xodimlarini o‘z loyihasiga jalb qilish uchun ularga shaxsan o’zi ovqat olib borgan. Iyun oyida Sukerberg muhandislarga 100 million dollardan taklif qilgan — ammo hech kim rozi bo‘lmagan. Biroq, keyinchalik ChatGPT yaratuvchilaridan biri baribir uning kompaniyasiga o‘tib ketdi. Eslab qoling, kelishuvda pul ishlamasa, issiq taom yordam beradi :) 📟 DigiTech

🍄 Chernobil hududida hayotning yangi shakli — Cladosporium sphaerospermum zamburug'i kashf etildi, u radiatsiya bilan oziqla
🍄 Chernobil hududida hayotning yangi shakli — Cladosporium sphaerospermum zamburug'i kashf etildi, u radiatsiya bilan oziqlanishni o‘rgangan. Zamburug' vayron bo‘lgan reaktorning devorlarida o‘smoqda, bu yerda radiatsiya hatto bakteriyalar uchun ham halokatli. Olimlarning fikricha, uning hujayralaridagi melanin xlorofillga o‘xshash vazifani bajarishi mumkin, bu esa organizmga nurlanishni energiya manbai sifatida ishlatishga imkon beradi. Bu nazariya radiosintez deb ataladi, ammo energiyaga aylanishi hali to‘liq isbotlanmagan. Zamburug' nafaqat ekstremal sharoitda tirik qoldi — balki ionlashtiruvchi nurlanish ta'sirida yanada tezroq ham o’smoqda. 📟 DigiTech

⚡️Netflix Warner Bros. Discovery'ni sotib oladi — striming kompaniyasi media gigantni xarid qilish tenderida g‘alaba qozondi.
⚡️Netflix Warner Bros. Discovery'ni sotib oladi — striming kompaniyasi media gigantni xarid qilish tenderida g‘alaba qozondi. Netflix Uorner aka-ukalar studiyasini qo‘lga kiritish uchun aql bovar qilmas 82,7 milliard dollar to‘lashiga to‘g‘ri keladi. Netflix'ga «Garri Potter», DC filmlari, «Dyuna», «The Last of Us» «Taxtlar o’yini» va barcha HBO seriallariga egalik huquqi o’tadi. Netflix bu franshizalarni mustaqil ravishda rivojlantirish, ularning qayta ishlangan variantlari va davomini chiqarish huquqiga ega bo‘ladi. 📟 DigiTech

🏙 IT Park rezidentlarining xorijiy mutaxassislari uchun maxsus! AloqaBank yordamida orzudagi uyingizni qulay shartlarda xari
🏙 IT Park rezidentlarining xorijiy mutaxassislari uchun maxsus! AloqaBank yordamida orzudagi uyingizni qulay shartlarda xarid qiling: Kredit foizi: 24% Kredit muddati: 15 yilgacha Kredit miqdori: 1 mlrd. so‘mgacha Batafsil! 👤 AloqaBank — har bir mutaxassis uchun O‘zbekistonda qulay yashash, ishlash va rivojlanish imkoniyatini yaratadi. ***** 🏙 Специальное предложение для иностранных специалистов резидентов IT Park! С AloqaBank вы можете приобрести жильё своей мечты на выгодных условиях: Процентная ставка: 24% Срок кредита: до 15 лет Сумма кредита: до 1 млрд сумов подробнее! 👤 AloqaBank — создаёт комфортные условия для жизни, работы и развития каждого специалиста в Узбекистане. Telegram | Facebook | Instagram | Sayt | YouTube

🚘 Toyota o‘zining vodorodli Mirai sedanini yangiladi — kelajak avtomobili yangi dvigatel va yanada agressiv dizaynga ega bo‘
+2
🚘 Toyota o‘zining vodorodli Mirai sedanini yangiladi — kelajak avtomobili yangi dvigatel va yanada agressiv dizaynga ega bo‘ldi. Endi ichki qismida 182 ot kuchiga ega qurilma, takomillashtirilgan aerodinamika mavjud, 19 dyuymli qora disklar esa bazaviy komplektatsiyada kelmoqda. Yurish masofasi 646 km darajasida saqlanib qolgan.
Mirai — bu «rozetkasiz elektromobil» bo’lib: yoqilg‘i harakatlanish jarayonida bevosita vodoroddan elektr energiyasiga aylantiriladi. Kamchiliklaridan biri: dunyoda atigi 1160 ta vodorod yoqilg'i quyish shaxobchasi mavjud. Ularning aksariyati Osiyo va Yevropada joylashgan, hatto AQSh'da ham tarmoq deyarli to’liq Kaliforniya shtati bilan cheklangan.
AQSh'da narxi 52 000 dollardan boshlanadi. 📟 DigiTech

O'zbekistonlik finalchilar Istambuldagi Yandex Cup 2025 musobaqasiga uchib ketishmoqda 🧑‍💻 Nazarbek Boltaboyev va Akobir Ab
O'zbekistonlik finalchilar Istambuldagi Yandex Cup 2025 musobaqasiga uchib ketishmoqda 🧑‍💻 Nazarbek Boltaboyev va Akobir Abdug‘aniyev O‘zbekiston nomidan Yandex Cup 2025 xalqaro dasturlash chempionati finalida ishtirok etadi. Finalda 21 mamlakatdan eng kuchli dasturchilar kuch sinashadi. 🏆 Final 5–7 dekabr kunlari o‘tadi va 196 ishtirokchini jamlaydi: professionallar, jasoratli yoshlar va Yandex xodimlari. Nazarbek — frontend va veb-ishlab chiqarish bo‘yicha mutaxassis, Akobir esa backend hamda yuqori yuklamadagi tizimlar bo‘yicha. 🖥 Ikkalasi ham xakatonlar, ta’lim loyihalari va texnologik startaplarda faol, AI/AR texnologiyalarini qo‘llaydi, Coderun platformasida uzluksiz mashq qiladi. Ular uchun finalda ishtirok etish — bu faqat mahorat sinovi emas, balki xalqaro maydonda tajriba almashish, real muhandislik masalalarida fikrlash tezligini rivojlantirish imkoniyati hamdir.

👨‍💻 Yaponiyalik maktab o‘quvchisi 7 milliondan ortiq kishining ma’lumotlarini ChatGPT yordamida buzib kirdi. 17 yoshli yigi
👨‍💻 Yaponiyalik maktab o‘quvchisi 7 milliondan ortiq kishining ma’lumotlarini ChatGPT yordamida buzib kirdi. 17 yoshli yigit chat-botdan zararli dastur yozishni so‘radi... va shu dastur yordamida mahalliy internet-kafe'ning ma'lumotlar bazasiga kirishga muvaffaq bo‘ldi. Shunday bo‘lsa-da, politsiya uning ma’lumotlardan zararli maqsadlarda foydalanganligi belgilarini topmadi, o‘quvchining javobi esa hayratda qoldirdi:
Tizimdagi zaifliklarni topish shunchaki qiziqarli edi.
📟 DigiTech

🤖 Xitoyda yo‘l harakatini tartibga soluvchilarni sun’iy intellektli robotlar bilan almashtirishga qaror qilishdi — ular avtomobillar oqimini mustaqil ravishda taqsimlaydi va mopedlardagi qoidabuzarlarga ogohlantirish beradi. G'oya bo‘yicha, bunday robotlarni svetofor ishdan chiqqan har qanday ko‘chaga joylashtirish mumkin bo’ladi. Hozirda ular Xanchjou va Shanxay ko‘chalarida sinovdan o‘tkazilmoqda, kelajakda esa boshqa shaharlarda ham joriy etish rejalashtirilgan. 📟 DigiTech