fa
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

رفتن به کانال در Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

نمایش بیشتر

📈 تحلیل کانال تلگرام AI | DigiTech

کانال AI | DigiTech (@digitechai) در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 51 190 مشترک است و جایگاه 2 588 را در دسته فناوری و برنامه‌ها و رتبه 1 449 را در منطقه أوزبكستان دارد.

📊 شاخص‌های مخاطب و پویایی

از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 51 190 مشترک جذب کرده است.

بر اساس آخرین داده‌ها در تاریخ 05 ژوئیه, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر -2 645 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر -209 بوده و همچنان دسترسی گسترده‌ای حفظ شده است.

  • وضعیت تأیید: تأیید نشده
  • نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 24.85% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 18.05% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب می‌کند.
  • دسترسی پست‌ها: هر پست به طور میانگین 12 770 بازدید دریافت می‌کند. در اولین روز معمولاً 9 275 بازدید جمع‌آوری می‌شود.
  • واکنش‌ها و تعامل: مخاطبان به‌طور فعال حمایت می‌کنند؛ میانگین واکنش به هر پست 117 است.

📝 توضیح و سیاست محتوایی

نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاه‌های شخصی توصیف می‌کند:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

به لطف به‌روزرسانی‌های پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 06 ژوئیه, 2026)، کانال همواره به‌روز و دارای دسترسی بالاست. تحلیل‌ها نشان می‌دهد مخاطبان به‌طور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته فناوری و برنامه‌ها تبدیل کرده‌اند.

51 190
مشترکین
-20924 ساعت
-1 4487 روز
-2 64530 روز
آرشیو پست ها
🌑 Italiyalik ayol osmondagi oylarning «cheksizligini» suratga olishga muvaffaq bo’ldi. Bu suratni olish uchun unga 27 kecha
🌑 Italiyalik ayol osmondagi oylarning «cheksizligini» suratga olishga muvaffaq bo’ldi. Bu suratni olish uchun unga 27 kecha kerak bo’ldi. Uni suratga olish astrofotografiyadagi eng ko’p vaqt talab qiladigan ishlardan biridir. Xuddi shunday chiqishi uchun oyning orbital harakati tufayli suratlarni har kecha bir-biridan 51 daqiqa farq bilan olish kerak. Shuningdek, osmon har doim musaffo bo’lishi juda muhimdir. 📟 DigiTech

⚡️Yaponiyalik erkak 12 yildan beri kuniga atigi 30-45 daqiqadan uxlab, o’zini ajoyib his qilmoqda. Daisuke Hori o’z qobiliyat
⚡️Yaponiyalik erkak 12 yildan beri kuniga atigi 30-45 daqiqadan uxlab, o’zini ajoyib his qilmoqda. Daisuke Hori o’z qobiliyatlarini isbotlash uchun hatto uch kunlik realiti-shouda ham qatnashdi, u yerda kameralar uni 3 kun davomida tinimsiz kuzatishgan. 2016-yildan beri u 2000 dan ortiq odamga deyarli uxlamaslik va charchoqni his qilmaslikni o’rgatib kelmoqda. Taym-menedjment: uddalab bo’lmas daraja. 📟 DigiTech

🤖 Xitoylik olimlar jele shaklidagi kichik robotni ishlab chiqishdi. U cho’zilib tor yoriqlarga kirib, narsalarni olib chiqishi va shikastlangan elektr simlarni tuzatishi mumkin. Shuningdek, inson tanasida ham ishlashi va tibbiy muammolarni hal qilishi mumkin. 📟 DigiTech

⚡️Olimlar: Kunduzi 20 daqiqa uxlash — bu unumdorlikka, yaxshi xotiraga va yaxshi kayfiyatga to’g’ridan-to’g’ri yo’ldir. Oliml
⚡️Olimlar: Kunduzi 20 daqiqa uxlash — bu unumdorlikka, yaxshi xotiraga va yaxshi kayfiyatga to’g’ridan-to’g’ri yo’ldir. Olimlar kunduzi soat 14:00 dan 16:00 gacha vaqt oralig’ida 20 daqiqa uxlashni maslahat berishadi. Bunday uyqu xotirani yaxshilaydi va kreativlikni oshiradi. Shunday qilib, agar miyangiz dam olishingizni so’rasa, qarshilik qilmang — qisqa uyqu qahvadan yaxshiroqdir. 📟 DigiTech

+2
⚡️Hatto PowerPoint ham mohir qo’llarda jonlanadi — dizayner ajoyib slaydlarni yaratish qanchalik oson ekanligini ko’rsatib berdi. Ushbu dizayner o’z YouTube sahifasiga PowerPoint'da chiroyli slaydlarni yaratish bo’yicha layfxaklarni joylab bormoqda. 📟 DigiTech

⚡️Typeset neyrotarmog’i chiqdi, u so’rovlarga javoblarni faqat ilmiy tadqiqotlar asosida taqdim etadi. Algoritmlar kerakli ma
⚡️Typeset neyrotarmog’i chiqdi, u so’rovlarga javoblarni faqat ilmiy tadqiqotlar asosida taqdim etadi. Algoritmlar kerakli mavzu bo’yicha maqolalarni tahlil qilib asosiy joyini oladi va havolalar bilan javob beradi. O’zbek tilida ham ishlaydi. Ko’plab funksiyalari mavjud, maqolalaringizni ko’rib chiqib tahlil qilishdan tortib, to’liq SI yordamchigacha. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

🧠 Neuralink'ning birinchi bemori chip yordamida yapon va fransuz tillarini o’rgana boshladi. Aytgancha, bu haqda uning o’zi
🧠 Neuralink'ning birinchi bemori chip yordamida yapon va fransuz tillarini o’rgana boshladi. Aytgancha, bu haqda uning o’zi tvit yozgan. Operatsiyadan 7 oy o’tgach, Nolan implantdan har kuni to'rt soatdan foydalanmoqda. U qo’lyozmasini yaxshilaydi, kitob o’qiydi va yozadi, shuningdek, maktabga qaytishi uchun matematikani qayta o’rganyapti. Bir kuni o’qishni tugatib, neyro ilm-fanga o’z hissasini qo’shishga umid qilmoqda. 📟 DigiTech

+3
🚘 Hyundai kiberpank uslubidagi N Vision 74 avtomobilini chiqaradi. U birinchi marta 2022 yilda namoyish etilgandi, biroq faqat konseptsiya sifatida, endi esa ommaviy ishlab chiqarishni boshlashmoqchi. Avtomobil 680 ot kuchiga ega ikkita elektr motorli vodorodli dvigatel bilan jihozlangan, 4 soniyada 0-100 km/soatgacha tezlashadi va maksimal tezligi 250 km/soat. Dizayn va xususiyatlari o’zgarishi mumkin, sotuvlar boshlanishining aniq sanalari hali yo’q, ammo ular 2030-yilgacha chiqarishni aytishmoqda. 📟 DigiTech

⚡️OpenAI bir vaqtning o’zida ikkita yirik loyihani — Strawberry va Orionni chiqarishga tayyorlanmoqda. Ular kuzda chiqishi mu
⚡️OpenAI bir vaqtning o’zida ikkita yirik loyihani — Strawberry va Orionni chiqarishga tayyorlanmoqda. Ular kuzda chiqishi mumkin. Strawberry fikrlashni va internetda avtonom tadqiqot o’tkazishni, murakkabroq matematik muammolarni hal qilishni va dasturlashni biladi. Strawberry loyihasi Orion uchun GPT-4 o’rnini bosadigan o’quv bazasini yaratadi. Model yangi algoritmlardan foydalanadi, shuning uchun javoblar va ma’lumotlarni qayta ishlashning aniqligi yuqori bo’ladi. 📟 DigiTech

🤖 Pekinda bo’lib o’tgan Butunjahon robototexnika konferensiyasida realistik ko’rinishga ega robotlarni namoyish etishdi, buni ko’rgan tomoshabinlar cho’chib ketishdi. Ba’zilar ularga robotlar emas haqiqiy odamlar ko'rsatilgan deb o’ylashyapti. Siz nima deb o’ylaysiz? 📟 DigiTech

+1
📲 iPhone bo’lsa endi Photoshop ham shart emas — iOS 18.1 beta-versiyasiga Clean Up SI funksiyasi qo’shildi. Bu funksiya bir necha soniyada fotosuratdan keraksiz narsalarni olib tashlashga imkon beradi — tasodifiy odamlar yoki hatto kaktus. 📟 DigiTech

💡Yorug’lik buyurtma qilganmidingiz: Reflect Orbital kompaniyasi sayyoramizning istalgan nuqtasiga «yorug’lik yetkazib berish» ni ishga tushirdi. Buning uchun shunchaki koordinatalarni belgilashingiz va nur diametrini tanlashingiz kerak (5 km gacha). Reflect Orbital kompaniyasi orbitadagi sun’iy yo'ldoshlarga maxsus yorug’lik qaytargichlarni o’rnatdi. Ular quyosh nurini Yerning tun bo’lgan hududlariga yo’naltirishga qodir. Buyurtmadan so’ng, yorug'lik nuri foydalanuvchi tanlagan joyni to’rt daqiqa davomida yoritadi. Bu havola orqali oldindan buyurtma berish mumkin. Yorug’likni yetkazib berish 2025-yil oxirida boshlanadi. 📟 DigiTech

👓 Kickstarterda uxlashga yordam beradigan ko’zoynaklar paydo bo’ldi. Oynasiz ramkasi ko’k-yashil nurli ikkita LED bilan jiho
+2
👓 Kickstarterda uxlashga yordam beradigan ko’zoynaklar paydo bo’ldi. Oynasiz ramkasi ko’k-yashil nurli ikkita LED bilan jihozlangan. U ko’z ostiga tushganda tana melatonin va serotonin ishlab chiqarishni boshlaydi. Uyquni normallashtirish uchun qurilmadan kuniga 30 daqiqa foydalanish kifoya . Ko’zoynakni maxsus ilovasi yordamida o’zingizga moslab olishingiz mumkin. Narxi — 160 dollar. 📟 DigiTech

🗂️ Agar «o’lik» fleshkalardagi ma’lumotlar qanday tiklanishiga qiziqsangiz, YouTube'da usta buni ko’rsatib berdi. Video 25 million marta ko’rilgan. Ko’proq ma’lumot va texnik tafsilotlarni bilmoqchilar uchun u 16 daqiqalik versiyasini ham yuklagan. 📟 DigiTech

⚡️Telegram Fransiya App Store do’konida eng ko’p yuklab olingan ilovaga aylandi. Durovning hibsga olinishi fonida Telegram ma
⚡️Telegram Fransiya App Store do’konida eng ko’p yuklab olingan ilovaga aylandi. Durovning hibsga olinishi fonida Telegram mashhurlikka erisha boshladi va reytingda yuqoriga ko’tarildi. Dunyo miqyosida esa iOS'da yuklab olishlar soni 4 foizga oshdi. Durovning hisbga olinishi Telegram uchun katta reklama bo’ldi. 📟 DigiTech

⚡️Yuqori tezlikda uchuvchi dronolyot — o’rindiqli ulkan kvadrokopterda uchish qanday ko’rinadi. Qurilma 102 km/soat tezlikka chiqa oladi va parashyut bilan jihozlangan, zaryadi esa 20 daqiqaga yetadi. Eng qizig’i shundaki, AQSh'da uni boshqarish uchun hatto uchuvchi litsenziyasi ham kerak emas. Ishlab chiquvchilarning so’zlariga ko’ra, ular allaqachon Jetsone One modeli uchun 450 dan ortiq oldindan buyurtmalarni olishgan, ularni 2026-yilgacha yetkazib berishadi. Narxi — 128 000 dollar. Shunday kvadrokopterda uchgan bo’larmidingiz? 📟 DigiTech

⚡️Internetni uzatish uchun mo’ljallangan uchuvchisiz dirijabl AQSh'da to’liq sinovdan o’tkazildi. Uzunligi 65 m bo’lgan qurilma 19 km balandlikgacha ko’tarilishi va quyosh batareyalari yordamida bir necha oy davomida uzluksiz parvoz qilishi mumkin. U birinchi navbatda internet yo’q bo’lgan hududlarni mobil aloqa bilan ta’minlash uchun mo’ljallangan, lekin shuningdek, iqlim o’zgarishini ham kuzatib turadi. Agar hammasi rejadagidek ketsa, kelgusi yilda tijorat maqsadlarida foydalanishga topshiriladi. 📟 DigiTech

⚡️Pavel Durov Parijda hibsga olinganini eshitgan bo’lsangiz kerak, bu Telegram ishlashiga ta’sir qiladimi? Yo’q, Telegram jam
⚡️Pavel Durov Parijda hibsga olinganini eshitgan bo’lsangiz kerak, bu Telegram ishlashiga ta’sir qiladimi? Yo’q, Telegram jamoasining bunday vaziyatlar uchun tuzilgan harakatlar rejasi mavjud va u kuchga kirishni boshlagan. Telegram hardoimgidek ishlashda davom etadi. 2-3 ta serverlari o’chsa ham ishlashiga ta’sir qilmaydi, Telegramning butun dunyo bo’ylab serverlari mavjud. 📟 DigiTech | #FREEDUROV

+1
🚘 Xitoyning IM Motors kompaniyasi kerakli joyga yon tomoni bilan joylasha oladigan mashinani ishlab chiqdi. Avtomobil g’ildiraklari bir vaqtda har xil tomonga burila oladi va har birining harakatiga alohida elektr motor javobgar, lekin shu tarzda faqat qisqa masofani bosib o’tish mumkin. Videodagi avtomobil modeli va u qachon sotuvga chiqarilishi hozircha noma’lum. 📟 DigiTech

🏟️ Marokashda 2030-yilgi jahon chempionati uchun dunyodagi eng katta futbol stadioni quriladi. Majmua 100 gektar maydonni eg
+4
🏟️ Marokashda 2030-yilgi jahon chempionati uchun dunyodagi eng katta futbol stadioni quriladi. Majmua 100 gektar maydonni egallaydi va 115 ming kishini sig’dira oladi, uning ajralib turadigan tomoni an’anaviy Marokash chodirlari uslubidagi tom bo’ladi. Loyiha qiymati taxminan — 455 million dollar. Aytgancha, hozirda Shimoliy Koreyadagi «Birinchi May» stadioni eng kattasi hisoblanadi. 1989 yilda ochilganida 150 000 tomoshabinga mo’ljallangan edi, ammo 2010-yillarda rekonstruksiyadan so’ng o’rindiqlar soni 114 mingtagacha qisqargan. 📟 DigiTech