fa
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

رفتن به کانال در Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

نمایش بیشتر

📈 تحلیل کانال تلگرام AI | DigiTech

کانال AI | DigiTech (@digitechai) در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 51 108 مشترک است و جایگاه 2 599 را در دسته فناوری و برنامه‌ها و رتبه 1 456 را در منطقه أوزبكستان دارد.

📊 شاخص‌های مخاطب و پویایی

از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 51 108 مشترک جذب کرده است.

بر اساس آخرین داده‌ها در تاریخ 06 ژوئیه, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر -2 599 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر -207 بوده و همچنان دسترسی گسترده‌ای حفظ شده است.

  • وضعیت تأیید: تأیید نشده
  • نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 24.95% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 18.67% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب می‌کند.
  • دسترسی پست‌ها: هر پست به طور میانگین 12 766 بازدید دریافت می‌کند. در اولین روز معمولاً 9 556 بازدید جمع‌آوری می‌شود.
  • واکنش‌ها و تعامل: مخاطبان به‌طور فعال حمایت می‌کنند؛ میانگین واکنش به هر پست 117 است.

📝 توضیح و سیاست محتوایی

نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاه‌های شخصی توصیف می‌کند:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

به لطف به‌روزرسانی‌های پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 07 ژوئیه, 2026)، کانال همواره به‌روز و دارای دسترسی بالاست. تحلیل‌ها نشان می‌دهد مخاطبان به‌طور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته فناوری و برنامه‌ها تبدیل کرده‌اند.

51 108
مشترکین
-20724 ساعت
-1 4957 روز
-2 59930 روز
آرشیو پست ها
🏟️ Marokashda 2030-yilgi jahon chempionati uchun dunyodagi eng katta futbol stadioni quriladi. Majmua 100 gektar maydonni eg
+4
🏟️ Marokashda 2030-yilgi jahon chempionati uchun dunyodagi eng katta futbol stadioni quriladi. Majmua 100 gektar maydonni egallaydi va 115 ming kishini sig’dira oladi, uning ajralib turadigan tomoni an’anaviy Marokash chodirlari uslubidagi tom bo’ladi. Loyiha qiymati taxminan — 455 million dollar. Aytgancha, hozirda Shimoliy Koreyadagi «Birinchi May» stadioni eng kattasi hisoblanadi. 1989 yilda ochilganida 150 000 tomoshabinga mo’ljallangan edi, ammo 2010-yillarda rekonstruksiyadan so’ng o’rindiqlar soni 114 mingtagacha qisqargan. 📟 DigiTech

🧠 Ilon Mask kelgusi o’n yil ichida «millionlab odamlarga» chip o’rnatmoqchi. Bu haqda tadbirkor o’zining Neuralink startapin
🧠 Ilon Mask kelgusi o’n yil ichida «millionlab odamlarga» chip o’rnatmoqchi. Bu haqda tadbirkor o’zining Neuralink startapining so’nggi muvaffaqiyatlari sharhida yozdi. Yaqinda ular ikkinchi bemorga neyrochipni joylashtirishdi — va u hatto o’z fikr kuchi bilan Counter-Strike 2 o’ynay oldi. «Agar hammasi yaxshi davom etsa, bir necha yil ichida yuzlab odamlar Neuralink'ga ega bo’lishadi, 5 yildan keyin — o’n minglab, 10 yildan keyin esa — millionlab odamlar» — deb yozdi Mask. 📟 DigiTech

📲 Android smartfon o’g’irlangan taqdirda uni bloklab qo’yadigan funksiya paydo bo’ladi. Algoritmlar noodatiy to’satdan harak
📲 Android smartfon o’g’irlangan taqdirda uni bloklab qo’yadigan funksiya paydo bo’ladi. Algoritmlar noodatiy to’satdan harakatlarni (masalan, qo’lingizdan smartfon tortib olinganda) aniqlaydi va darhol ekranni qulflaydi. Hozircha bu funksiya faqat Braziliyada mavjud, ammo yil oxirigacha boshqa mamlakatlarda ham chiqarilishi va’da qilingan. 📟 DigiTech

🖼️ Midjorney'dan endi yana bepul foydalanish mumkin. Veb-ilovaning ishga tushirilishi munosabati bilan Midjourney foydalanuvchilarga SI tasvirlarni yaratish va tahrirlash xususiyatlaridan bepul foydalanishni taklif qilmoqda. Ro’yxatdan o’tganingizdan so’ng 25 ta rasm bepul generatsiya qila olasiz, ularning har birini neyron tarmoq to’rtta variantda qilib beradi. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

⚡️Cristiano Ronaldo o’z YouTube sahifasini ochdi. Uning sahifasiga 15 soat ichida 13 mln odam qo’shildi va bu ko’rsatgich soa
⚡️Cristiano Ronaldo o’z YouTube sahifasini ochdi. Uning sahifasiga 15 soat ichida 13 mln odam qo’shildi va bu ko’rsatgich soatiga oshib bormoqda. Oltin knopkani YouTube juda tez yetkazib berganiga qaraganda, knopkalarni oldindan jo’natib qo’yishgan. Taxminlarga ko’ra Cristiano YouTube'dagi eng mashhur bloger MrBeast'dan (311 mln obunachi) o’tib ketishi uchun 1 yil yetarli. 📟 DigiTech

☄️ Britaniyalik fotograf Perseida meteorit yomg’irini suratga oldi. Rasm 9-avgustda tunda 3,5 soat davomida olingan 43 ta kad
☄️ Britaniyalik fotograf Perseida meteorit yomg’irini suratga oldi. Rasm 9-avgustda tunda 3,5 soat davomida olingan 43 ta kadrdan tuzilgan. U shu qadar ajoyibki, hatto NASA ham uni o’z saytiga joylagan. 📟 DigiTech

🌒 Xitoyliklar Oyda qazib olingan geliy-3 ni kapsulalarda Yerga uloqtiruvchi ulkan katapultani qurishmoqchi. G’oya bo’yicha,
🌒 Xitoyliklar Oyda qazib olingan geliy-3 ni kapsulalarda Yerga uloqtiruvchi ulkan katapultani qurishmoqchi. G’oya bo’yicha, qurilma yadro va quyosh energiyasida ishlaydi, yuklarni 2,4 km/soniya tezlikda aylantirib, ularni sayyoramiz tomon parvoz yo’li bo’ylab orbitaga uloqtiradi. Loyiha 18,2 milliard dollarga baholanmoqda, ammo hozircha qurilishning aniq muddati yo’q. 📟 DigiTech

⚡️Qarishni pauzaga qo’yish: Olimlar saraton kasalligiga chalingan 12 yoshli itni davolashdi va yana bir keksa it esa yana yur
⚡️Qarishni pauzaga qo’yish: Olimlar saraton kasalligiga chalingan 12 yoshli itni davolashdi va yana bir keksa it esa yana yurishni boshladi. Olimlar ildiz hujayralarining telomerlarini uzaytiruvchi tabletkalarni yaratishdi, telomerlar tananing regeneratsiyasi va qarishi uchun javobgardir. Ushbu tabletka yordamida hujayralar uzoqroq yashaydi — shu sabab qarish sezilarli darajada sekinlashadi! Preparatni odamlarda sinovlari 2025-yilda o’tkaziladi. Sinovlar muvaffaqiyatli o’tsa, bu ilm-fandagi eng katta kashfiyotlardan biri bo’ladi. 📟 DigiTech

👨‍🚀 SpaceX kelgusi hafta tarixda birinchi bor sayyohlarni koinotga jo’natadi. Agar hammasi reja bo’yicha ketsa, missiya 26-
👨‍🚀 SpaceX kelgusi hafta tarixda birinchi bor sayyohlarni koinotga jo’natadi. Agar hammasi reja bo’yicha ketsa, missiya 26-avgust kuni boshlanadi. Ekipaj tarkibiga milliarder Jared Ayzekman, uning hamkasbi va do’sti Skott Potit hamda SpaceX kompaniyasining bir nechta xodimlari kiradi. Parvoz besh kun davom etadi, koinotga chiqish uchinchi kuni bo’lib o’tadi. 📟 DigiTech

⚡️Qiziqarli ma’lumot: Google va Microsoft bir yil davomida ba’zi mamlakatlarga qaraganda ko’proq elektr energiyasi ishlatgan.
⚡️Qiziqarli ma’lumot: Google va Microsoft bir yil davomida ba’zi mamlakatlarga qaraganda ko’proq elektr energiyasi ishlatgan. Ikkala kompaniyaning iste’moli 24 TVt/soatga yetgan. Bu Islandiya, Gana, Tunis va boshqa 100 ta davlatdan ko’proqdir. Elektr energiyaning asosiy qismi ko’plab onlayn xizmatlarning ishlashi uchun mas’ul bo’lgan ma’lumotlar markazlari ishiga ketadi. 📟 DigiTech

O‘zbekiston uchun hamyonbop serverlar Servercore bulutli provayderi O'zbekistondagi server va ma‘lumotlarni saqlash va qayta
O‘zbekiston uchun hamyonbop serverlar Servercore bulutli provayderi O'zbekistondagi server va ma‘lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazi negizida hamyonbop serverlarni ishga tushirdi. Ular kichik biznes va startaplar, shuningdek har qanday PET-loyihalari uchun javob beradi. Ularning yordami bilan siz veb-saytlar va ilovalarning xostingini tashkil qilishingiz, zaxira nusxalarini saqlashingiz va ta‘lim loyihalarini ishga tushirishingiz mumkin. Asosiy afzalliklari: — O'rnatish to'lovisiz 2 ta tarif rejasi — bir kun yoki bir oy uchun — narxi kuniga 84 433 so‘m yoki oyiga 1 490 000 so‘m — 2 daqiqadan boshlab tez ishga tushirish — 100 Mbit/s cheksiz trafik narxga kiritilgan Reklama

📱Ijtimoiy tarmoqlarda iPhone 16 liniyasining texnik xususiyatlari paydo bo’ldi. Barcha modellar Apple Intelligence'ni qo’lla
📱Ijtimoiy tarmoqlarda iPhone 16 liniyasining texnik xususiyatlari paydo bo’ldi. Barcha modellar Apple Intelligence'ni qo’llab-quvvatlaydi va yangi ranglarga ega bo’ladi. Bronza rangli Pro'ni ayniqsa hechkim kutmagandi. Pro versiyasining batareya sig’imi hardoimgidek juda kichik. 📟 DigiTech

🎥 Runway video generatsiya qiluvchi yangi kuchli neyrotarmoqni chiqardi, undan foydalanish bepul. Gen-3 Alpha Turbo oddiy Gen-3 Alhpa'ga qaraganda 7 barobar tezroq generatsiya qiladi, ya’ni o’ta realistik videolarni matni so’rov orqali 1 daqiqadan kamroq vaqt ichida generatsiya qilish mumkin. 👉 Bepul sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

🚘 Lamborghini kompaniyasi mashhur Huracan o’rnini bosuvchi Temerario gibrid superkarini namoyish etdi. Unga umumiy quvvati 9
+4
🚘 Lamborghini kompaniyasi mashhur Huracan o’rnini bosuvchi Temerario gibrid superkarini namoyish etdi. Unga umumiy quvvati 920 ot kuchiga ega uchta elektr va bitta klassik V8 dvigateli o’rnatilgan, 100 km/soat tezlikka 2,7 soniyada erishadi. Maksimal tezligi esa 340 km/soat, salonda 750 vattli audiotizim va uchta displey mavjud. Sotuvlar 2025-yildan boshlanadi, narxi taxminan 300 000 dollar bo’ladi. 📟 DigiTech

🧠 Shol bo’lgan odamga fikrlarni 97,5 foizlik rekord aniqlik bilan nutqqa aylantiradigan neyrochip implantatsiya qilindi. Tizim real vaqt rejimida ishlaydi: birinchi navbatda, miya signallari matnga dekodlanadi, so’ngra odamning o’z ovozida talaffuz qilinadi. Bunga jarohat oldidan saqlangan yozuvlar bo’yicha o’qitilgan alohida neyron tarmoq javobgardir. Texnologiya aynan gapirishga urinishdagi fikrlarni aniqlaydi, shuning uchun deyarli xato qilmaydi. 📟 DigiTech

⚡️AQSh'lik olimlar yaralarning bitishini 30 foizga tezlashtiradigan arzon elektroplasterni ishlab chiqishdi. Faollashtirish u
⚡️AQSh'lik olimlar yaralarning bitishini 30 foizga tezlashtiradigan arzon elektroplasterni ishlab chiqishdi. Faollashtirish uchun uni namlash kerak, shundan so’ng u hujayralarni harakatini tezlashtiradigan va bakteriyalar o’sishini to’xtatadigan kichik tok oqimini yetkazishni boshlaydi. Bu narsa bir martalik, lekin ularning aytishicha, narxi atigi 1 dollar bo’ladi. Ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish muddati hali noaniq — klinik sinovlar endi boshlanadi. 📟 DigiTech

📱 Toshkentda Xiaomi'ning ikkinchi do‘koni ochilmoqda 🛍 Xiaomi Uzbekistan kompaniyasi mamnuniyat bilan 16-avgust kuni soat 1
📱 Toshkentda Xiaomi'ning ikkinchi do‘koni ochilmoqda 🛍 Xiaomi Uzbekistan kompaniyasi mamnuniyat bilan 16-avgust kuni soat 18:00 dan 21.00 gacha Toshkentdagi Compass savdo markazida Xiaomi Store do‘konining ochilish marosimi bo‘lib o‘tishini e’lon qiladi. 🛍 Do‘kon ochilishi munosabati bilan kompaniya avgust oyi oxirigacha keng turdagi mahsulotlarga 60% gacha chegirmalar hamda maxsus sovg‘alar va yoqimli syurprizlarni taqdim etmoqda. ☂️ Bundan tashqari, barcha tashrif buyuruvchilar Xiaomi markali soyabon va krujkalar yutib olishlari mumkin.

🤳 Google ko’pchilik bo’lib suratga tushishni osonlashtiradigan ajoyib funksiyani o’ylab topdi — ushbu funksiya boshqalarning yordamisiz va bir vaqtning o’zida kadrga suratga olayotgan odam ham tushishi imkonini beradi. Bu juda oddiy ishlaydi: turli odamlar bilan bilan bir nechta fotosuratlar olish yetarli, neyron tarmoq esa hammani bitta kadrga birlashtiradi. Hozircha funksiya faqat yangi Pixel'larda ishlaydi, ammo kelajakda boshqa smartfonlarda ham paydo bo’lishi mumkin. 📟 DigiTech

⚡️Marsda birinchi bor suyuq suv belgilari aniqlandi. InSight Mars stansiyasining ma’lumotlariga ko’ra, u 10-20 km chuqurlikda
⚡️Marsda birinchi bor suyuq suv belgilari aniqlandi. InSight Mars stansiyasining ma’lumotlariga ko’ra, u 10-20 km chuqurlikda joylashgan va sayyoraning butun yuzasini 1-2 km chuqurlikdagi okeanlar bilan qoplash uchun yetarli zaxira mavjud. Buni 100% tasdiqlash uchun olimlar chuqur quduq kavlab ko’rishlari kerak, ammo hozircha buni qila oladigan uskunalar yo’q. 📟 DigiTech

⚡️Realme smartfonlar uchun dunyodagi eng tez zaryadlash blokini namoyish etdi — 100% gacha atigi 4 daqiqada! 320 Vt'lik SuperSonic bloki 4420 mA/soat quvvatlik batareyani 26% gacha atigi bir daqiqada, 100% gacha esa 4 daqiqa 30 soniyada zaryadlash imkonini beradi. Bunday zaryadlash qurilmasiga ega ega birinchi smartfonlar qachon sotuvga chiqishi hozircha noma’lum, ammo uzoq kutish kerak bo’lmasligiga va’da berishmoqda. 📟 DigiTech