AI | DigiTech
前往频道在 Telegram
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads
显示更多📈 Telegram 频道 AI | DigiTech 的分析概览
频道 AI | DigiTech (@digitechai) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 51 190 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 2 588,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 449 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 51 190 名订阅者。
根据 05 七月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -2 645,过去 24 小时变化为 -209,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 未认证
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 24.85%。内容发布后 24 小时内通常能获得 18.05% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 12 770 次浏览,首日通常累积 9 275 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 117。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.
Reklama: @DigiTech_ads”
凭借高频更新(最新数据采集于 06 七月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。
51 190
订阅者
-20924 小时
-1 4487 天
-2 64530 天
帖子存档
51 172
🌑 Italiyalik ayol osmondagi oylarning «cheksizligini» suratga olishga muvaffaq bo’ldi.
Bu suratni olish uchun unga 27 kecha kerak bo’ldi. Uni suratga olish astrofotografiyadagi eng ko’p vaqt talab qiladigan ishlardan biridir.
Xuddi shunday chiqishi uchun oyning orbital harakati tufayli suratlarni har kecha bir-biridan 51 daqiqa farq bilan olish kerak. Shuningdek, osmon har doim musaffo bo’lishi juda muhimdir.
📟 DigiTech
51 172
⚡️Yaponiyalik erkak 12 yildan beri kuniga atigi 30-45 daqiqadan uxlab, o’zini ajoyib his qilmoqda.
Daisuke Hori o’z qobiliyatlarini isbotlash uchun hatto uch kunlik realiti-shouda ham qatnashdi, u yerda kameralar uni 3 kun davomida tinimsiz kuzatishgan.
2016-yildan beri u 2000 dan ortiq odamga deyarli uxlamaslik va charchoqni his qilmaslikni o’rgatib kelmoqda.
Taym-menedjment: uddalab bo’lmas daraja.
📟 DigiTech
51 172
🤖 Xitoylik olimlar jele shaklidagi kichik robotni ishlab chiqishdi.
U cho’zilib tor yoriqlarga kirib, narsalarni olib chiqishi va shikastlangan elektr simlarni tuzatishi mumkin. Shuningdek, inson tanasida ham ishlashi va tibbiy muammolarni hal qilishi mumkin.
📟 DigiTech
51 172
⚡️Olimlar: Kunduzi 20 daqiqa uxlash — bu unumdorlikka, yaxshi xotiraga va yaxshi kayfiyatga to’g’ridan-to’g’ri yo’ldir.
Olimlar kunduzi soat 14:00 dan 16:00 gacha vaqt oralig’ida 20 daqiqa uxlashni maslahat berishadi. Bunday uyqu xotirani yaxshilaydi va kreativlikni oshiradi. Shunday qilib, agar miyangiz dam olishingizni so’rasa, qarshilik qilmang — qisqa uyqu qahvadan yaxshiroqdir.
📟 DigiTech
51 172
⚡️Hatto PowerPoint ham mohir qo’llarda jonlanadi — dizayner ajoyib slaydlarni yaratish qanchalik oson ekanligini ko’rsatib berdi.
Ushbu dizayner o’z YouTube sahifasiga PowerPoint'da chiroyli slaydlarni yaratish bo’yicha layfxaklarni joylab bormoqda.
📟 DigiTech
51 172
⚡️Typeset neyrotarmog’i chiqdi, u so’rovlarga javoblarni faqat ilmiy tadqiqotlar asosida taqdim etadi.
Algoritmlar kerakli mavzu bo’yicha maqolalarni tahlil qilib asosiy joyini oladi va havolalar bilan javob beradi. O’zbek tilida ham ishlaydi. Ko’plab funksiyalari mavjud, maqolalaringizni ko’rib chiqib tahlil qilishdan tortib, to’liq SI yordamchigacha.
👉 Sinab ko’rish uchun havola.
📟 DigiTech
51 172
🧠 Neuralink'ning birinchi bemori chip yordamida yapon va fransuz tillarini o’rgana boshladi. Aytgancha, bu haqda uning o’zi tvit yozgan.
Operatsiyadan 7 oy o’tgach, Nolan implantdan har kuni to'rt soatdan foydalanmoqda. U qo’lyozmasini yaxshilaydi, kitob o’qiydi va yozadi, shuningdek, maktabga qaytishi uchun matematikani qayta o’rganyapti. Bir kuni o’qishni tugatib, neyro ilm-fanga o’z hissasini qo’shishga umid qilmoqda.
📟 DigiTech
51 172
🚘 Hyundai kiberpank uslubidagi N Vision 74 avtomobilini chiqaradi.
U birinchi marta 2022 yilda namoyish etilgandi, biroq faqat konseptsiya sifatida, endi esa ommaviy ishlab chiqarishni boshlashmoqchi. Avtomobil 680 ot kuchiga ega ikkita elektr motorli vodorodli dvigatel bilan jihozlangan, 4 soniyada 0-100 km/soatgacha tezlashadi va maksimal tezligi 250 km/soat.
Dizayn va xususiyatlari o’zgarishi mumkin, sotuvlar boshlanishining aniq sanalari hali yo’q, ammo ular 2030-yilgacha chiqarishni aytishmoqda.
📟 DigiTech
51 172
⚡️OpenAI bir vaqtning o’zida ikkita yirik loyihani — Strawberry va Orionni chiqarishga tayyorlanmoqda. Ular kuzda chiqishi mumkin.
Strawberry fikrlashni va internetda avtonom tadqiqot o’tkazishni, murakkabroq matematik muammolarni hal qilishni va dasturlashni biladi.
Strawberry loyihasi Orion uchun GPT-4 o’rnini bosadigan o’quv bazasini yaratadi. Model yangi algoritmlardan foydalanadi, shuning uchun javoblar va ma’lumotlarni qayta ishlashning aniqligi yuqori bo’ladi.
📟 DigiTech
51 172
🤖 Pekinda bo’lib o’tgan Butunjahon robototexnika konferensiyasida realistik ko’rinishga ega robotlarni namoyish etishdi, buni ko’rgan tomoshabinlar cho’chib ketishdi.
Ba’zilar ularga robotlar emas haqiqiy odamlar ko'rsatilgan deb o’ylashyapti. Siz nima deb o’ylaysiz?
📟 DigiTech
51 172
📲 iPhone bo’lsa endi Photoshop ham shart emas — iOS 18.1 beta-versiyasiga Clean Up SI funksiyasi qo’shildi.
Bu funksiya bir necha soniyada fotosuratdan keraksiz narsalarni olib tashlashga imkon beradi — tasodifiy odamlar yoki hatto kaktus.
📟 DigiTech
51 172
💡Yorug’lik buyurtma qilganmidingiz: Reflect Orbital kompaniyasi sayyoramizning istalgan nuqtasiga «yorug’lik yetkazib berish» ni ishga tushirdi. Buning uchun shunchaki koordinatalarni belgilashingiz va nur diametrini tanlashingiz kerak (5 km gacha).
Reflect Orbital kompaniyasi orbitadagi sun’iy yo'ldoshlarga maxsus yorug’lik qaytargichlarni o’rnatdi. Ular quyosh nurini Yerning tun bo’lgan hududlariga yo’naltirishga qodir. Buyurtmadan so’ng, yorug'lik nuri foydalanuvchi tanlagan joyni to’rt daqiqa davomida yoritadi.
Bu havola orqali oldindan buyurtma berish mumkin. Yorug’likni yetkazib berish 2025-yil oxirida boshlanadi.
📟 DigiTech
51 172
+2
👓 Kickstarterda uxlashga yordam beradigan ko’zoynaklar paydo bo’ldi. Oynasiz ramkasi ko’k-yashil nurli ikkita LED bilan jihozlangan. U ko’z ostiga tushganda tana melatonin va serotonin ishlab chiqarishni boshlaydi.
Uyquni normallashtirish uchun qurilmadan kuniga 30 daqiqa foydalanish kifoya . Ko’zoynakni maxsus ilovasi yordamida o’zingizga moslab olishingiz mumkin. Narxi — 160 dollar.
📟 DigiTech
51 172
🗂️ Agar «o’lik» fleshkalardagi ma’lumotlar qanday tiklanishiga qiziqsangiz, YouTube'da usta buni ko’rsatib berdi.
Video 25 million marta ko’rilgan. Ko’proq ma’lumot va texnik tafsilotlarni bilmoqchilar uchun u 16 daqiqalik versiyasini ham yuklagan.
📟 DigiTech
51 172
⚡️Telegram Fransiya App Store do’konida eng ko’p yuklab olingan ilovaga aylandi.
Durovning hibsga olinishi fonida Telegram mashhurlikka erisha boshladi va reytingda yuqoriga ko’tarildi. Dunyo miqyosida esa iOS'da yuklab olishlar soni 4 foizga oshdi.
Durovning hisbga olinishi Telegram uchun katta reklama bo’ldi.
📟 DigiTech
51 172
⚡️Yuqori tezlikda uchuvchi dronolyot — o’rindiqli ulkan kvadrokopterda uchish qanday ko’rinadi.
Qurilma 102 km/soat tezlikka chiqa oladi va parashyut bilan jihozlangan, zaryadi esa 20 daqiqaga yetadi. Eng qizig’i shundaki, AQSh'da uni boshqarish uchun hatto uchuvchi litsenziyasi ham kerak emas.
Ishlab chiquvchilarning so’zlariga ko’ra, ular allaqachon Jetsone One modeli uchun 450 dan ortiq oldindan buyurtmalarni olishgan, ularni 2026-yilgacha yetkazib berishadi. Narxi — 128 000 dollar.
Shunday kvadrokopterda uchgan bo’larmidingiz?
📟 DigiTech
51 172
⚡️Internetni uzatish uchun mo’ljallangan uchuvchisiz dirijabl AQSh'da to’liq sinovdan o’tkazildi.
Uzunligi 65 m bo’lgan qurilma 19 km balandlikgacha ko’tarilishi va quyosh batareyalari yordamida bir necha oy davomida uzluksiz parvoz qilishi mumkin. U birinchi navbatda internet yo’q bo’lgan hududlarni mobil aloqa bilan ta’minlash uchun mo’ljallangan, lekin shuningdek, iqlim o’zgarishini ham kuzatib turadi.
Agar hammasi rejadagidek ketsa, kelgusi yilda tijorat maqsadlarida foydalanishga topshiriladi.
📟 DigiTech
51 172
⚡️Pavel Durov Parijda hibsga olinganini eshitgan bo’lsangiz kerak, bu Telegram ishlashiga ta’sir qiladimi?
Yo’q, Telegram jamoasining bunday vaziyatlar uchun tuzilgan harakatlar rejasi mavjud va u kuchga kirishni boshlagan. Telegram hardoimgidek ishlashda davom etadi.
2-3 ta serverlari o’chsa ham ishlashiga ta’sir qilmaydi, Telegramning butun dunyo bo’ylab serverlari mavjud.
📟 DigiTech | #FREEDUROV
51 172
🚘 Xitoyning IM Motors kompaniyasi kerakli joyga yon tomoni bilan joylasha oladigan mashinani ishlab chiqdi.
Avtomobil g’ildiraklari bir vaqtda har xil tomonga burila oladi va har birining harakatiga alohida elektr motor javobgar, lekin shu tarzda faqat qisqa masofani bosib o’tish mumkin.
Videodagi avtomobil modeli va u qachon sotuvga chiqarilishi hozircha noma’lum.
📟 DigiTech
51 172
🏟️ Marokashda 2030-yilgi jahon chempionati uchun dunyodagi eng katta futbol stadioni quriladi.
Majmua 100 gektar maydonni egallaydi va 115 ming kishini sig’dira oladi, uning ajralib turadigan tomoni an’anaviy Marokash chodirlari uslubidagi tom bo’ladi. Loyiha qiymati taxminan — 455 million dollar.
Aytgancha, hozirda Shimoliy Koreyadagi «Birinchi May» stadioni eng kattasi hisoblanadi. 1989 yilda ochilganida 150 000 tomoshabinga mo’ljallangan edi, ammo 2010-yillarda rekonstruksiyadan so’ng o’rindiqlar soni 114 mingtagacha qisqargan.
📟 DigiTech
现已上线!2025 年 Telegram 研究 — 年度关键洞察 
