Elga yor (Elyor)
رفتن به کانال در Telegram
Kechinmalarim Aloqaga chiqish uchun: elyorgamurojat@gmail.com ga yozing! Yoki Telegramdan to’gridan to’gri shaxsiyga yozing.
نمایش بیشتر1 071
مشترکین
-124 ساعت
+27 روز
+11630 روز
آرشیو پست ها
1 071
🇧🇩 Bangladeshdan Koreyaga qaytdim.
Huddi yozdan qishga 1 kunda o’tib qolgandek tuyildi. 2025-yilni birinchi haftasini ish safari bilan boshladim. Umid qilamanki, natijasi kutganimdek bo’ladi. To’grisi oxirgi 1 hafta juda shovqinli o’tdi. Bangladeshda tinch joyni o’zi yo’q. Odamlar ko’nikib bo’lgan shekil, hayot “qaynayabdi”. Menga esa, sokin Koreya yoqar ekan. Do’stim bilan biroz kezgandan so’ng, qishlog’im Daejeonga qaytdim.
Bangladeshliklar haqida o’rganganlarim:
1. Namoz payti hamma ishni to’xtatib, ibodatga otlanishadi.
2. Shahar odamlarga to’la, juda shovqin.
3. Yo’l harakati qoidalariga hech kim rioya qilmaydi. Svetofor ni faqat markaziy ko’chadagi chorrahada uchratdim xolos.
4. Tirbandliklar sabab, ko’pchilik kelishilgan vaqtdan kech keladi.
5. Insonlari samimiy, chet elliklarni ochiq yuz bilan kutib olishadi.
6. Agar Bangladeshga tashrif buyursangiz, keragidan ortiq Taka (Bangladesh pul birligi) ni olmang. Sababi, Bangladeshni tark etayotganingizda dollarga almashtirib berishdan bosh tortishadi. (Dollar krisizi kuzatilayabdi) Men ham, urishib tortishib, zo’rga Singapur Dollariga almashtirib keldim.
7. Ishchi kuchi arzonligidan, lift tugmasini bosib beruvchi xodimlar ham alohida bor ekan. Agar siz oyiga 1000$ topsangiz, bemalol haydovchi, uy tozalovchi yollasangiz bo’lar ekan. Ularning oyligi 150$.
8. Milliy Ovqatlari unchalik yoqmadi. Sifati ko’ngildagidek emas. Sizga taklif qilingan hamma ovqatni ta’tib ko’rishga shoshilmang. Sababi ba’zisidan tosh, bazisidan esa tish chiqishi mumkin.
9. Aytishganicha, Dhaka havosi juda ifloslangan ekan. (Maska olib yuring)
10. Boy va kambag’al o’rtasidagi tafovut o’ta yuqorilab ketgan.
Hozirgacha olgan taasurotlarimni yozib qoldirdim.
@Elyorbilan.
1 071
Men ichayotgan mohito nomi “virgin mojito” ekan.
Bir necha virginlar bilan virgin mojito ichish boshqacha bo’lar ekan. Yozdim qo’ydimda:)
1 071
🇧🇩Bangladeshning poytaxti - Dhaka dan alangalik salom:)
1 kun ichida yetarlicha “insight” oldim aynan Bangladeshliklar haqida. Safar tugashi bilan tahrirlab post joylashga harakat qilaman.
Hozircha shovqindan bahramand bo’lib turing.
1 071
Kichik Tajribamdan.. (Uchoqdagi qo’l yuki haqida)
O’zbekistonlik Vatandoshlar bilan uchoq orqali uchsak, qo’l yukini maksimal olishga harakat qilishadi. Juda ko’p biznesmenlar birovlarning o’rniga ham qo’yib olishi odatiy hol.
Pokistonliklar ham shunday edi. Bugun ko’rishimcha, Bangladeshliklar ham shunday ekan.
Ammo Koreya yoki boshqa rivojlangan Davlatlarda ushbu holatni kuzatish juda qiyin:) Ataylab e’tibor berib kelgan xulosam.
Men odatda uchoqga oxirida, hammadan keyin o’tirishga odatlanganman. Ammo kelgan paytim, ko’p hollarda qo’l yukim qo’yilishi kerak bo’lgan joy allaqachon band qilingan bo’ladi.
Sizlar ham, e’tiborga olib qo’yishingiz uchun yozib qoldirdim. Dam olish kunini ma’roqli o’tkazing.
@Elyorbilan
1 071
GKS yutish bo’yicha qo’llanmani ham bepulga ommaga e’lon qilishlik, yetuk kadrlarni yetkazib berishdagi beminnat xissa bo’ladi degan ummidaman! Yashang Topik Academy!
1 071
Bilasiz, Koreyaga o’qishga yuboruvchi consulting markazlari ko’p. Ammo men yaqindan biladigan https://t.me/TopikAcademyConsulting
Qolganlariga nisbatan:
Aldamaydigan
Ishonchli
Scholarship
GKS
Univer scholarship
Kabi Talabaga suv va havodek zarur omillargacha olish uchun yordam berishi bilan ajralib turadi.
Juda ko’pchilik “maynavozchi” bloggerlar audiyoriya to’plab olishi bilan consulting ochib “soqqa” qilish rejasini ma’lum bir darajada eplab yuribdi. Ammo ular nomi bilan “soqqa” sini oladi qolgani bilan ishi yo’q. Ammo Topik Academy talabaning kelajagi uchun ham bir qancha ma’suliyatli ishlarni amalga oshirib kelayabdi.
Yuqoridagi GKS yutgan talaba ham yaqqol misol bo’lishi mumkin. Top univerlarga kirish uchun holis tavsiya qilaman!
1 071
Repost from TOPIK ACADEMY-CONSULTING
🎓🇰🇷GRANT 40.000$
2024-yil Kuzgi semestrda Koreya hukumati tomonidan ajratiladigan GKS grantini yutgan o'quvchimiz Asadbek va ularning oila a'zolarini "TOPIK ACADEMY" jamoasi nomidan tabriklaymiz.
Imtiyozlar:
✔️Umumiy Grant miqdori 40.000$~50.000$;
✔️TOPIK 4 darajali o'quvchilar 1 yil davomida til kursi bosqichida bepul o'qish:
✔️2 yil davomida magistratura bosqichida bepul o'qish;
✔️2~3 yil davomida har oy 700$ stipendiya;
✔️1 marttalik Janubiy Koreyaga borib kelish avia chipta puli;
✔️2~3 yil davomida har oy 65$ sug'urta puli;
Consulting xizmati bo'yicha murojaat uchun:
@callmeben96
1 071
2025 yildagi Islomiy bayramlar ma’lumotnomasi (taxminiy)
Islamic Holidays 2025 🌙
• Lailat al-Miraj: Jan 27
• Lailat al-Bara’a: Feb 14
• Ramadan Begins: Mar 1
• Laylat al-Qadr: Mar 27
• Eid al-Fitr: Mar 30
• Day of Arafah: Jun 5
• Eid al-Adha: Jun 6
• Islamic New Year: Jun 26
• Ashura: Jul 5
• Mawlid al-Nabi: Sep 4
🕌 Dates may vary by region based on moon sightings.
@Elyorbilan
1 071
Mansur aka, Mohirdev da ham, USA ning Florida universitetida ham (Teacher assistant) bo’lib, AI bo’yicha dars berganlar. Shu sabab, natijaga erishaman degan insonlar bo’lsa dars olsangiz bo’ladi. Qolganini o’zlaridan so’rab bilib olsangiz bo’ladi.
1 071
🔤🔤🔤🔤🔤🔤➖🔤🔤🔤🔤
Bismillah! Biz boshladik.
AI (Sun'iy zako) sohasida kompaniyalarga ishga kirishni maqsad qilib yurgan Koreyadagi vatandoshlarimizni 6 oylik kursimizga taklif etamiz.
⏳ Davomiyligi: 6 oy
⏱ Darslar: Haftasiga 2 kun, 2 soatdan
🖥 Platforma: Zoom
💡 Kurs mavzulari:
Kurs davomida sun'iy zakoning asosiy tamoyillari, mashinaviy o‘qitish usullari va real loyihalar ustida ishlashni o‘rganasiz. (Kurs mavzularining to‘liq ro‘yxati rasmlar shaklida ilova qilingan.)
⚠️Talablar:
📱 Python dasturlash tilidan o‘rtacha bilim;
🧮 Matritsalar ustida matematik amallar, hosilalar, ehtimollar nazariyasining asosiy tushunchalarini bilish;
Agarda shu talablarga javob bersangiz, qolganini birgalikda o‘rganamiz!
5 ta joy qoldi ! Guruh to'lsa, shu yerda xabar beramiz.
💵 Kurs narxi: 300.000 won/oy
Kursga yozilish uchun:
📱 Telegram: @comchemai
📞 Tel raqam: 010-2336-9594
🔠🔠🔠🔠🔣🔠🔠
1 071
Oxirgi 4 kun ichida sodir bo’lgan 4-5 aviahalokatga aynan Boing uchoqlari aybdormi?
Hozirda ijtimoiy tarmoqlarda aynan boing uchoqlari ishtirokida texnik muammolar kelib chiqayotgani va bu aviahalokatga yetaklayotganini yozishayabdi. Qandaydur jon bordek bu gaplarda, ammo:
1. Azarbayjon uchog’i halokatiga aynan Rossiya aybdormi ekanligi aniqlab bo’lindi. (Qora quti orqali va samalyotga yetkazgan zarar).
Nima sababdan mahachkala yoki grozniyga qo’nishga ruhsat bermay aktau ga yo’naltirishdi? Qilgan xatoni berkitish uchun Kaspiyga g’arq bo’ladi deb taxmin qilishganda.. Ammo tajribali pilotlar sabab, qirg’oq yaqinidagi nisbatan yumshoq toproq yerga qondirishga deyarli muvaffaq bo’lishdi. Muqarrar o’limdan omon chiqganlarning umri uzun, omonatini topshirganlarni esa Alloh rahmatiga olsin. Azarbayjon President ti Aliyev Putinga nisbatan haqqoniy so’rov bilan chiqdi ham. Qolganini voqealar rivojini kuzatamiz.
2. Jeju uchog’i bo’yichachi?
Texnik ko’rikdan juda qisqa vaqt ichida o’tilgani, shundoq ham uzoq masofadan so’ng sinchlovlik bilan tekshirish kerak payti, Koreyslar o’zining “빨리 빨리“ (Tez-tez) madaniyati baribir o’zining minusiga ishladi. Qo’nishdagi muammo sabab 179 kishining hayotiga zomin bo’ldi. Oila a’zolariga hamdardmiz. Ze’ro o’sha kishilar o’rnida biz ham bo’lishimiz mumkin edi.
3. Qolgan aviahalokatlar nisbatan yo’qotishlarsiz kechdi. Ularda ham texnik jihatdan muammo bor.
Qushlar galasiga kelsak, bu kabi havfli vaziyatlar doimo hisobga olinadi. Aynan qushlar sabab katta samalyotlar halokatga uchrashu bu juda yengil qarash. Ikkilamchi sabablar ga ko’ra juda ko’p aviahalokat aynan bir hafta ichida bo’ldi, bo’layabdi.
Uchoqdan ko’p foydalanadigan insonlarga havfsiz va qulay parvoz tilagan holda ushbu postni yakunlayman.
Ha aytgancha, qora quti bu “bomba” emas. Uchoq halokatga uchragan taqdirda ham maksimal ma’lumotlarni saqlab qolish va sabablarini tekshirish uchun o’ylab topilgan maxsus quti hisoblanadi.
@Elyorbilan
1 071
2024-Yil so’zi
2024-yilning “Yil so‘zi” sifatida bir nechta so‘zlar e’tirof etildi, jumladan:
Brain rot
Oksford Universiteti Noshriyoti “brain rot” (miya chirishi) atamasini 2024-yilning so‘zi sifatida tanladi. Ushbu atama 2023-yildan 2024-yilgacha 230% ga ko‘paygan holda ishlatilgan. Bu asosan past sifatli onlayn kontentni, xususan, ijtimoiy tarmoqlarni haddan tashqari iste’mol qilishning salbiy ta’sirini tavsiflash uchun ishlatiladi.
Demure
Dictionary.com “demure” so‘zini 2024-yilning so‘zi sifatida tanladi. Ushbu so‘zning qo‘llanilishi 2024-yilning avgustida Jools Lebronning ushbu so‘zni TikTok’dagi virusli videoda ishlatganidan so‘ng keskin oshdi. “Demure” so‘zi kamtar yoki o‘zini cheklagan ko‘rinish yoki xulq-atvorni anglatadi.
Brat
Kembrij lug‘ati “brat” (qaysar bola) so‘zini 2024-yilning so‘zi sifatida tanladi. Ushbu so‘zning qo‘llanilishi 2024-yil yozida Charli XCX’ning shu nomdagi albomi tufayli oshdi.
Polarization
Merriam-Webster “polarization” (qutblanish) so‘zini 2024-yilning so‘zi sifatida tanladi. Bu “keskin qarama-qarshi ikki tomonga bo‘linish” degan ma’noni anglatadi.
“Yil so‘zi” odatda til va madaniyatdagi muhim voqealarni aks ettirib, ijtimoiy trendlar va global voqealarni ifodalaydi.
P.s. “Brain rot” miya chirishi atamasiga chuqurroq nazar tashlaydigan bo’lsak:
Hozirgi zamonda ma’lumot va informatsiyalar judayam ko’p. Qadimgi zamonda ma’lumot o’zlashtirish qiyin bo’lgan bo’lsa, hozirda ushbu ma’lumotlarni filtrash orqali qabul qilish qiyinga aylandi. Chalg’ituvchi ma’lumotlar ko’pligidan inson asosiy “target” ini unutayozdi…
Shu sabab, yoshlarga yoki ilm olish yo’lida ketayotganlarga tavsiya - chalg’ituvchi ma’lumotlarga o’ralashib qolmang. Bu sizni vaqtingizni isrof qilishga olib kelib, umringiz qanday o’tib ketayotganini bilmay qolasiz. Nimani hohlayotganingizni idrok qilgan holda, chalg’imaslikka urining. Buning uchun juda ko’p namuna texnikalari mavjud. (Chat GPT dan so’rasangiz to’liq tushuntiradi)
Instagramdagi video reels, TikTok, YouTube shorts kabilar vaqtning kushandasiga aylandi qoldi.
@Elyorbilan
1 071
Subyektivning sobiq boshlovchisi:
Ko’rgan bo’lsangiz kerak Jamshidxon Ziyoxonov Angliyadagi O’zbeklar haqida You tube da video rolik chiqardi. Men shu vaqtgacha Jamshidxon akaning juda ko’p fikrlariga qo’shilar edim. Ammo bu video rolikdan boshlab (va ba’zi intervyu) fikrlar qarama qarshiligi yuzaga keldi.
1. Angliyadagi qiynalgan va o’qishni tashlagan talabalar haqida videosi faqat salbiy jihatdan ko’rsatilganday bo’ldi aynan UK ni. USA da bo’lganda balansni ushlay olgan edi, muvaffaqiyatli va vaziyati og’irlar o’rtasida. Ammo bu safar asosan o’z xatosi sabab, ahvolini og’irlashtirgan “talaba” lar ga fokusi qaratilgandek. Tan olaman, Koreyada bundan battar bo’lsa battarki ammo yaxshi emas. Koreyaga kelganda ham USA chalik balansni ushlab qolishiga umid qilaman. Aks holda chet elda o’qish va ishlash juda qiyin kabi illuziyani keltirib chiqaradi. Bu kabi muammolar bo’lmasligi uchun shunchaki inson mustaqil qaror qabul qila olishi va baland dorga osilmaslikni o’rganishi lozim.
2. Nutqdagi juda ko’p chet ellik termin va so’zlarni ishlatishi. Shu kabi so’zlarni O’zbekchada ham gapira olishiga ko’zim yetadi ammo, negadur unday qilmaydi. Bu huddi o’zini aqilli ko’rsatish kabi tuyilishi mumkin, ammo unday qilmoqchi emasligini bilib turibman. Shu sabab, xalqaro termin bo’lmasa iloji boricha O’zek tilidan foydalanganimiz ma’qul. Axir kuzatuvchilar O’zbek zabonku.
Videoga link: https://youtu.be/AJmuzuTJuh8?si=4rBPGIpwAjotFin5
1 071
+5
Tarixga boqamiz..
Bilsangiz kerak Amerika tarixda Alaskani Sovetlardan sotib olgan deyiladi. (Bu pul Sovetlarga tatimagan ham:)
O’sha payt Amerika Greenland ga ham ko’z olaytirgan. O’zi tarkibiga qo’shib olish bir necha asr avval boshlangan edi.
Ammo Mikkelsen tufayli Greenland yaxlit ekanligi o’z tasdig’ini topib Amerika rejasi amalga oshmay qolgan va Grenlandiya Daniya yeri bo’lib qolgan edi.
Ammo Trump avvalgi Prezidentlik davrida eski “qopqog’” ni yana ochib, Grenladiyaga davo qilishni boshladi. Hozir ham shu ishini davon ettirish niyatida.. Ammo nega?
Aynan Amerikaga oxirgi 10 yillikda suv va havodek zarur bir “narsa” bor u yerda. Topa olasizmi?
Mikkelsen haqidagi hujjatli filmni kuni kecha ko’rgan edim. Insonning maqsadlari qanchalik kichik va katta bo’lishini ushbu filmdan ham bilib olish mumkin.
Tarix ajoyib, juda ko’p xulosalarga kelishga yordam beradi.
@Elyorbilan
1 071
Yaqinda bir davlatda viza olgan edim. Vizani Uzbdan olishga tog’ri keldi. Pasportga viza stikkeri emas, qo’lda yozilgan holatda berishdi. Menku, ha shunday bo’lsa kerak deb olaveribman.
Koreysni ham vizasi bugun chiqdi. Unga stikker urilgan.
Meni vizamni ko’rgan agentlik xodimi kulib yubordi 😂, ishqilib viza to’lovini qilganmidingiz deb.
O’rta Osiyoliklarga balki shunday berar deb qo’ydim 🥲
1 071
Kimlardur, ba’zi birlar bilan ko’rishishni orzu qiladi. Ammo kimlardur o’sha ba’zi birlarni asli kimligini bilgani uchun ham ushrashishdan bosh tortadi.
Aslida, ko’p haqiqatlarni bilish ham, har doim foydali deb bo’lmaydi. Sababi - do’stlar va yaqinlarni aldanayotganini va buni tushunishni xohlamaslikni ko’rish noqulay. Inson ko’rgani va eshitganiga emas, ishonishni xohlaganiga ergashadi.
Ba’zida nahotki shuni tushunmasa? Idrok qila olmasa deb hayron qolasan kishi. Tushuntirishga urinsang, huddiki uni “ko’ra olmayotgan” odamga aylanasan qolasan. O’sha payt, qo’l siltagan holatda bilganingni qil deging keladi.
Bir yaqin aka aytgan gap bilan postni yakunlayman.
“Inson zoti haqiqatni boshi devorga urilganida tushunib yetadi. Ungacha bo’lgan urinishlar behuda”
Haqiqatlarni hamma ham bilavermaydi, bilganlar esa aytavermaydi. Shunaqa!
@Elgayorbilan
1 071
Is gazidan davomiy vafot topishlar..
Habaringiz bor yaqin kunlarda Farg’onada Propan shahobchasi portladi. Qurbonlarni aniq sanasini hech kim ochiqlagani yo’q. O’zi kulga aylangan ona, bolam deya ko’z yosh to’kayotgan videoni ko’pchiligingiz ko’rgan bo’lsangiz ham kerak.
Ishga ma’suliyatsiz yondashish, shu kabi fojialarga sabab bo’layotganini aytmasam ham bilarsiz.
Meni qiziqtirgan jihat, savol-javob vaqti yetganda qanday qilib o’zini oqlash mumkin ekan? Mansabdor bo’lish bu katta ma’suliyatni bo’yniga olishdek gap. Ko’pchilikni haqqi bo’ladi axir.
Is gazidan vafot etish bu qanchalik ijtimoiy yashash muammolariga g’arq bo’lganimizni bildirmaydimi?
Qishdan eson omon chiqib olishni o’ylab yashash, Davlatni rijovlantirish u yoqda tursin o’z ustida ishlashga vaqti bo’lmaydiku.
Yana Vatan tuyg’usi, Yuksak manaviyat yengilmas kuch deb maktablarda bong urishadi.
Yana bir nimalar demoqchi edimku, mayli faqat o’zimgina bilganim yaxshi.
اکنون در دسترس! پژوهش تلگرام ۲۰۲۵ — مهمترین بینشهای سال 
