fa
Feedback
Elga yor (Elyor)

Elga yor (Elyor)

رفتن به کانال در Telegram

Kechinmalarim Aloqaga chiqish uchun: elyorgamurojat@gmail.com ga yozing! Yoki Telegramdan to’gridan to’gri shaxsiyga yozing.

نمایش بیشتر
1 071
مشترکین
-124 ساعت
+27 روز
+11630 روز
آرشیو پست ها
Hayrli kech azizlar, kech bo’lsa ham foydali bo’lgani uchun yozib qoldirayabman. #haqiqat@Elyorbilan Twitterda Bekzod aka bergan tavsiyani ulashaman. Men ham qilib ko’rgan edim, yuzimga oyna tutgandek bo’ldi:( “ChatGPT ishlatadiganlarga tavsiya. Bunday yozib ko'rilar: Roast me as hard as you can based on everything you know about me. Don't hold back even a little bit. I can take it all.” O’zbekcha tarjima qilib javobni ko’rsangiz ham bo’ladi. Javobdan so’ng, olgan taasurotingizni ham bo’lishishni unutmang:) agar jur’at qilolsangiz 😅 @Elyorbilan

2 yillik sarhisob posti Kompaniyada ishlayotganimga roppa-rosa 2 yil bo’libdi. Qisqa vaqt ichida juda ko’p narsalarni o’rgand
2 yillik sarhisob posti Kompaniyada ishlayotganimga roppa-rosa 2 yil bo’libdi. Qisqa vaqt ichida juda ko’p narsalarni o’rgandim. Atrofimdagilar hammasi “open mind” bo’lgani sabab, ishlash juda qiziqarli va zavqli bo’ldi. Yana qancha ishlashimni bilmaymankuya, biroq aniq faqat Kompaniya foyda olmayabdi. Men ham yetarlicha tajribaga ega bo’layabman. Ushbu krujka ni ham tarixi bor. Shaxsiy muammo sabab harkatlanishga qiynalgan paytim yaqin insonim o’zi bilan olib kelgan. Ora-orada qarab stresslarni unutaman. Shu sabab sovg’aga pul emas, doimiy eslatib turadigan esdalik bering. Toki yodga olganda yuzga tabassum yugursin:)

Repost from misterberd
Kowork saytiga CV ingizni ro'yxatdan o'tkazib, sovg'alarga ega bo'ling Koreyadagi chet elliklar uchun ish qidiruv sayti hisob
Kowork saytiga CV ingizni ro'yxatdan o'tkazib, sovg'alarga ega bo'ling Koreyadagi chet elliklar uchun ish qidiruv sayti hisoblangan Kowork sayti o'z rasmiy web-sayti yaratilganligi munosabati bilan barcha Koreyadagi chet elliklarini saytda ro'yxatdan o'tishlari uchun aksiya o'tkazmoqda. 👉Kimlar qatnasha oladi: - Koreyada yashab kelayotgan barcha chet elliklar Ishtirok etish uchun: 1. Web-saytda o'z CV (rezyume) ingizni to'liq to'ldirishingiz lozim (kompyuter orqali) 2. Ushbu Google forma orqali aksiyada qatnashing
Aksiyada ishtirok etish muddati: 13-noyabrdan 12-dekabrgacha (2 kun qoldi) Aksiya g'oliblari 20-dekabr sanasida e'lon qilinadi.
Yutuqlar: 1-o'rin: AirPods 4 (1ta g'olib) 2-o'rin: Dongdumendagi luxury hotelda 2 kishilik Tea Set (5 ta g'olib) 3-o'rin: Food Delivery Kuponlar (10 ta g'olib) Batafsil ma'lumot bu yerda 👉@misterberd👈

Kelib kelib, chet ellik uchun Koreys vizasini tezlashtirib berish so’rovini kiritaman deb - hayol ham qilmagan edim. Kelasi h
Kelib kelib, chet ellik uchun Koreys vizasini tezlashtirib berish so’rovini kiritaman deb - hayol ham qilmagan edim. Kelasi hafta Pokistondan delegatsiya kelishi kerak. Ammo vizasi hali ham chiqgani yo’q.. Shu sabab bugun rasmiy xat bilan, Pokistondagi Koreya elchisining emailiga xabar qoldirdim. Bugunoq javob berib: “Viza chiqishi odatda 1 oy talab qilinishini, keyingi safar ushbu vaqtni hisobga olib ariza kiritishni eslatdi. (Bizni Pokistonlik sheriklar 3 hafta qolganda topshirdi). Bu safargi shoshilinch so’rovingizni qabul qilib, vizani berishni tezroq ko’rib chiqamiz” Degan ijobiy habarni oldim. Koreyslar viza masalalarini unchalik ham yaxshi tushunmaydi. Agar viza kechikkanda bormi, 35,000 USD lik tayyorgalik ko’kka sovurilgan bo’lar edi. Rasmiy xatni tayyorlab bergan Koreys hamkasbimga tashakkur! Ming ishni puxta qilmaylik baribir Koreyslar yordami kerak bo’ladi. Ayniqsa rasmiy hujjatlarda.

Uzunroq, ammo sifatli post o’qimoqchi bo’lganlar uchun. *Medium

Koreyada yaxshi ishga joylashish bir muammo bo'lsa, boshqa ishga o'tayotganda tartib bilan ketish ham murakkab jarayon hisoblanadi. Yaqinda shu mavzuda do'stlarimiz bilan suhbatlashgan edik. Qolganlarga ham foydali bo'ladi degan maqsadda bu haqida qisqaroq qilib post ham yozdim. https://medium.com/@rashidov/koreyada-ish-almashtirish-tartibi-4a31877dc22e

Oshxona egalariga ideya..💡 Koreyadagi stullarga ham keragidan ortiq vazifa yuklashadiya 🥲 “Stul menga qarab, Koreya faqat chet elliklarga emas, bizga ham beshavqat degandek tuyuldi. 😭@Elyorbilan

President impeachment bo’yicha ovoz natijasi e’lon qilindi. President Yun lavozimida qoladigan bo’layabdi. Ammo qachongacha? 198 nafar Deputat rozi, 102 nafari esa norozi bo’ldi. 2 ta ovoz barchasini xal qilib qo’ydi. Ana endi olomon, President qarorgogida qarab yo’l olsa ham hech gap emas. @elyorbilan

Koreya siyosatidan gaplashamiz.. 2024-yilning 7~8 Dekabr kuni, Koreyada shiddat bilan o’tishi kutilayabdi. Taxminlarni yozib o’taman. 1. Amaldagi President ni lavozimidan olish uchun “impeachment” ga ovoz beriladi. President partiyasidan ham bir necha ovozlar berilishi kerak bo’ladi. (Taxminan 8 tadan ko’p) 300 nafar Deputatdan kamida 200 nafari ovoz berishi kerak. 2. Amaldagi President Yun, 2-marotaba mamlakatda favqulotda harbiy holat e’lon qilish ehtimoli mavjud. 3. Amaldagi President lavozimidan Impeachment orqali ketgudek bo’lsa, “Xalq kuchi” partiyasi o’z hukmronligini yo’qotishi. (Shu sabab President ni bir ammalab joyida ushlab turishga harakat bo’ladi) 4. Agar Amaldagi President Yunning Impeachment ga yetarli ovoz to’planmasa, xalq President qarorgohiga bostirib borish ehtimoli yuqori. 5. President o’z hoxishi bilan lavozimini tark etishi. Bunday bo’lish ehtimoli o’ta past. 6. President Yun, lavozimida turgan payt uni jinoiy javobgarlikka tortisha olmaydi. Agar lavozimidan ketgudek bo’lsa u va uning ko’p tarafdorlari qamalishi oydinlashayabdi. Unga, asossiz harbiy holat e’lon qilish, hoyinlik va jiddiy ayblovlar qo’yilayabdi. 7. Yun partiyasi sanalmish Xalq kuchi o’ta qiyin vaziyatda qoldi. Shundoq ham Parlamentda o’z o’rnini yo’qotib qo’ygan partiya, President sodir etgan qilg’iliklar sabab qanday qilib o’z manfaatlarini saqlab qolishni o’ylayabdi. Albatta bu yo’lda, President ni ham ayab o’tirishmaydi. Shaxsiy qarashlarim edi… @Elyorbilan

Bugun bir hamkasbimiz 집들이 qilib berdi. (O’zbekcha nima deyiladi?) Yangi oila qurgan, barcha ishlarni kelishib qilayotganini ko’rib havas qildim. Koreyslar bilan ishlayotganimga umumiy 3-4 yil bo’ldi. Juda ko’p madaniyat, etiket farqlarini solishtirish imkonim bo’ladi. Ba’zida qaysi biri to’g’ri ekanligini belgilashda ikkilanib qolaman. Ish va shaxsiy hayot balansini ushlash oson emas, ayniqsa Koreyada. Yanvar oyi oxirigacha dam olish kunlarim ham allaqachon band qilinibdi. Ammo shaxsiy rivojlanish bo’layotgani uchun nolish yo’q! Yaqin 1-2 oy ichida Seoulga juda ko’p qatnayman. Bir necha foydali mavzular postini yakunlashim bilan guruhda ulashaman. Ha aytgancha, 1 oy davomida Koreyani hoxlasam ham tark eta olmayman. Pasportim o’zim bilan emas. Keyingi oyda qiziq Davlatdan taasurotlarni ulashishga harakat qilaman.

photo content

Urush yoki yo’qligini aniq bilmadimkuya, ammo ushbu muammolar hammaga ayon😁 (Tarjimani Chat GPT ga buyursangiz kifoya)
Urush yoki yo’qligini aniq bilmadimkuya, ammo ushbu muammolar hammaga ayon😁 (Tarjimani Chat GPT ga buyursangiz kifoya)

“Favqulotda harbiy holat” urushga tayyorgarlik-mi? Janubiy Koreya Prezidenti bunda taxminan yarim soat avval, 2024-yilning 3-
“Favqulotda harbiy holat” urushga tayyorgarlik-mi? Janubiy Koreya Prezidenti bunda taxminan yarim soat avval, 2024-yilning 3-Dekabr kuni “Favqulotda harbiy holat” joriy qilganini e’lon qildi. Bekorga emas ekan, kechki soat 7 dan beri osmonda qiruvchi samalyotlar kezib yuribdi. (Daejeon, 계룡산 harbiz baza atrofi) Kuzatamiz! Manba: https://www.hani.co.kr/arti/politics/politics_general/1170571.html @Elyorbilan

Bir necha o’n yillik natija. Habaringiz bor bo’lsa kerak, men vaksina tadqiqot ilmiy markazida ishlayman. 💉 Bir necha 10 yil
+1
Bir necha o’n yillik natija. Habaringiz bor bo’lsa kerak, men vaksina tadqiqot ilmiy markazida ishlayman. 💉 Bir necha 10 yillar avval qutirish kassaligiga qarshi vaksinani takomillashtirish bo’yicha ish boshlangan ekan. Ushbu yil bu loyiha tugaydi, va nafaqat Koreya bo’ylab balki, butun dunyo bo’ylab sotish imkonimiz bo’ladi. Qutirish kasalligini Davlat miqyosida nazorat qilgani uchun asosan Hukumat katta miqdorda sotib olib, daydi kuchuklar, va yovoyyi hayvonlarni kasalikka qarshi emlaydi. Ammo bu safargi vaksina bir necha vaksina Kompaniyalarida bor xolos. Rasmga ahamiyat bersangiz, kichik shirinlik qiyofasida bo’lib, shunchaki tabiatga sochiladi. Target qilingan hayvonlar yeb, kasallikga qarshi avtomatik immun hosil qiladi yoki uni tarqatolmaydi. 4 soat davom etgan bugungi Zoom uchrashuvda Turkiya Davlat Tenderiga Katta Turk kompaniyasi bilan qatnashishni reja qilayabmiz. Asosiy targetimiz bu qizil tulki:) Birgina shu “Rabies bait” vaksinasi orqali qanchadan qancha hayvonlar, qolaversa uy hayvonlari chorva mollari va hatto insonlar hayotini saqlab qolish mumkin. Men esa, bu vaksinalarni aynan Musulmon Davlatlari tenderiga joylashtirishdan nihoyatda mamnunman. Nafaqat insonlar balki hayvonlar ham sog’ bo’lishsin:) Kasallik tarqatishmasinda🔝 @Elyorbilan

Muddat haqida: ⌛️ Sizningcha qancha muddat chet elda yashasa uzoq yashagan hisoblanadi? Tushunaman, “muddat” nisbiy hisoblanishi mumkin, ammo qancha yil deganda, ha bu inson uzoq yashagan ekan degan hayolga borasiz? (Izohda yozib qoldiring, shaxsiy fikringiz qiziq men uchun) Sababi shuki: Ko’pchilik, Koreyada mana shuncha yil yashaganman deb gap boshlaydi. (5,7,10,15,20 yil va hokazo) Eshituvchi o’rnida o’ylasak, odatda 2 xil fikr o’tadi: A) Necha yil yashagani menga nima qizig’i bor? Savolga javob bersa bo’ldida. (Ba’zida Koreyaga yangi kelganlar aytadi) B) Ohoo, shuncha yil yashab qo’yibdi, demak tajribali. P.s: Shaxsiy fikrimcha, Koreyada juda uzoq yashadi degani - aniq foydali maslahat beradi degani emas! To’g’ri, ko’p hollarda uzoq yashaganlar beradigan tavsiya va maslahat tog’ri bo’lib chiqadi. (yangi kelganlar beradiganga qaraganda) Ammo shunday insonlarni ko’rdimki, kelganiga hali 1-2 yil ham bo’lmagan, ammo o’zim ham - berayotgan tavsiyasiga qiziqib qolaman. *Yaqin yillardan boshlab, birov mendan necha yil Koreyada yashaganimni so’ramanunga qadar, o’zim bu haqida gap boshlamay qo’yganman. Shunday ekan, biz yashagan yillar - shunchaki biz yashagan yillardir:) Bu yillarni esa, hamma har xil o’tkazadi. @Elyorbilan

🇰🇷Koreyadagi chet ellik talabalar uchun ish izlash platformasi Kichik va o'rta biznez, Venchur kompaniyalarni qo'llab-quvva
🇰🇷Koreyadagi chet ellik talabalar uchun ish izlash platformasi Kichik va o'rta biznez, Venchur kompaniyalarni qo'llab-quvvatlash vazirligi Koreya universitetlarida ta'lim olayotgan chet elliklar uchun bepul ish izlash platformasini yaratdi. Endi Koreyada ta'lim olayotgan chet elliklar talabalar bu platformada o'z rezyumelarini yaratish orqali ish topishlari mumkin. Vazirlik tomonidan yaratilgan platforma bo'lgani uchun kuchli havfsizlik choralari va yaxshi natijani kutsa bo'ladi deb umid qilaman. Koreyada ta'lim olayotgan yurtdoshlarimiz platformani sinab ko'rishlari mumkin! Platforma havolasi: https://k-work.or.kr/main/main.do P.s. Ish topishga qiynalayotganlar uchun bu yaxshi yangilik. Qanchalik ko'p Koreya kompaniyalari bu platformadan foydalanishini esa vaqt ko'rsatadi! @allimtv

#mantiq Ba’zida: My life, my rules - profil egalari muammosini yozib chiqganda, Your life, your problem - degim keladi.

Kechagidek yodimda! Bundan 3 yil avval, univerda oxirgi kurs edim adashmasam. O’sha payt Daejeondagi chet elliklar markazi to
Kechagidek yodimda! Bundan 3 yil avval, univerda oxirgi kurs edim adashmasam. O’sha payt Daejeondagi chet elliklar markazi tomonidan “ishga kirishdagi tavsiya” borasida Zoom platformasida master klas bo’lib o’tgan edi. (Koronavirus sabab online bo’lgan). Dars o’tgan chet ellik “선배“ Vietnamlik bo’lib, ishga joylashish tajribasi bilan o’rtoqlashgan edi. Men ham o’sha payt qog’oz qalamimni olib, bir necha savollar ham bergandim. Hayotni qarang, endigi dars o’tish navbati menga kelibdi. Daejeon shahridagi yoki boshqa shaharlardagi qiziquvchilar bo’lsa chet elliklar markazida ko’rishamiz. Dars Koreys va Ingliz tilida bo’ladi. Tugagach, o’z didingizga mos atir tayyorlash kursi bo’ladi. Qatnashish uchun ariza linki: https://forms.gle/Nr8j1qy3fnrWFG2w8 @Elyorbilan

Assalomu alaykum! 📌 📌Koreada hozirgacha aktual bo’lgan, keyinchalik ham aktual bo’lishi kutilayotgan mavzular borasida video darslik tayyorladim. 1. Networking 2. Internship 3. Ishga joylashish Bu mavzular bir-biriga uzviy bog’liq bo’lgani sababli, barchasini bir videoda tomosha qilishingiz mumkin. *Tayyorlarlik ko’rish uchun bir necha oy talab qilindi. 🔝 Bu videoda Koreyada karyera qilmoqchi bo’gan har qanday inson bilishi kerak bo’lgan elementar tushunchalarni to’pladim. Bir necha yillik tajribani 1 soat ichida o’zlashtirishingiz mumkin! Foydali deb bilsangiz, yaqinlaringiz bilan ham ulashing. Profesional Karyera qurishda zinapoya o’laroq xizmat qilsa ajab emas:) Ko’proq foydali ma’lumotni shu yerdan topasiz: @Elyorbilan Link: https://youtu.be/LvVW2rXyzlI?si=5ywvA2URZ1oYiJ_d #internship #ish #networking@Elyorbilan

Assalomu alaykum! 📌 📌Koreada hozirgacha aktual bo’lgan, keyinchalik ham aktual bo’lishi kutilayotgan mavzular borasida video darslik tayyorladim. 1. Networking 2. Internship 3. Ishga joylashish Bu mavzular bir-biriga uzviy bog’liq bo’lgani sababli, barchasini bir videoda tomosha qilishingiz mumkin. *Tayyorlarlik ko’rish uchun bir necha oy talab qilindi. 🔝 Bu videoda Koreyada karyera qilmoqchi bo’gan har qanday inson bilishi kerak bo’lgan elementar tushunchalarni to’pladim. Bir necha yillik tajribani 1 soat ichida o’zlashtirishingiz mumkin! Foydali deb bilsangiz, yaqinlaringiz bilan ham ulashing. Profesional Karyera qurishda zinapoya o’laroq xizmat qilsa ajab emas:) Ko’proq foydali ma’lumotni shu yerdan topasiz: @Elyorbilan Link: https://youtu.be/LvVW2rXyzlI?si=vVsV0K9Cs0d9oMRR #internship #ish #networking

Elga yor (Elyor) - آمار و تحلیل کانال تلگرام @elyorbilan