fa
Feedback
Elga yor (Elyor)

Elga yor (Elyor)

رفتن به کانال در Telegram

Kechinmalarim Aloqaga chiqish uchun: elyorgamurojat@gmail.com ga yozing! Yoki Telegramdan to’gridan to’gri shaxsiyga yozing.

نمایش بیشتر
1 062
مشترکین
-124 ساعت
+47 روز
+730 روز
آرشیو پست ها
Koreyadagi kompaniya muhiti haqida (ba’zi) Kuni kecha bir kishi elektron xat yuboribdilar. Bunday masalalarda bir necha kun o
+1
Koreyadagi kompaniya muhiti haqida (ba’zi) Kuni kecha bir kishi elektron xat yuboribdilar. Bunday masalalarda bir necha kun o’ylab, so’ng javob yozaman. Ammo bu safar biroz vaziyat boshqacha ekan. Murojaat qiluvchi shaxs so’rovini o’qib ko’rib, so’ng men javob yozgan emailga boqing. Xulosa o’zingizdan. @Elyorbilan

Kuni kecha 25-May kuni, Subyektiv va Kun uz jamoasini Ona Vatanga kuzatib yubordik. 9-maydan boshlab 25-Maygacha tinim bilmay
+2
Kuni kecha 25-May kuni, Subyektiv va Kun uz jamoasini Ona Vatanga kuzatib yubordik. 9-maydan boshlab 25-Maygacha tinim bilmay sur’atga olish jarayonlari bilan band bo’lishdi. Koreyani sayohat qilib, xordiq chiqarishga ham vaqt yetmadi… Ba’zida tunlari 2 gacha kameralarni sozlashga to’g’ri keldi. Shu sabab, jurnalist va operator akalar ishi oson emasligiga amin bo’ldim. Intervyu, sur’atga olish jarayonida menga yaqindan yodam bergan va nomzodlar topishda doimo tavsiya qilib turgan - “Masson” lar jamoasi - WAYU dan Yelena Chuyanova - UCD va BUSA jamiyati - Salom Koreya admini Jamshid aka - Jahongir G’aniyev - Qobiljon - CoinShot - Nuriddin aka Va mushkulimizni yengil qilib turgan Diyorbek Pardayevga o’z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Barcha, iltimoslarimizga hoziru nozir bo’lib turishdi. Umid qilamanki, bir olam videolar orqali Koreyani - kuzatuvchiga yanada to’liqroq ochib berishga muvaffaq bo’lishadi. Hurmat bilan, Elyor Nurdinov @Elyorbilan

Adminlik faoliyatim haqida: Men Facebookdagi “Koreyadagi O’zbekistonliklar” guruhiga ham adminlik qilaman. Oxirgi yillarda, xizmat ko’rsatish do’kon, oshxona, pul o’tkazish va boshqa ko’rinishdagi faoliyatlar muhokamasi ko’payib bormoqda. Ya’ni, mijoz norozi bo’lsayu ammo uzoq vaqtdan beri muammo hal qilinmasa, bu muammoni Facebook ga olib chiqish holatlari ko’p uchrayabdi. Shikoyat kelib tushadigan ko’p xizmat ko’rsatish sektorlari ma’lum va mashxur. Mijozni ham tog’ri tushunish kerak, iloji bo’lmagandan majbur post qo’yadiganlar ko’p bo’ladi. Ammo xizmat ko’rsatishdagilar shu post orqali, imidj ga katta zarar yetadi. Men iloji boricha postdan avval hal qilishga chaqiraman. Axir, Musulmon kishi Musulmonning aybini yashiradi. Lekin, birov mazlum holatida turganda, nimaga jabr qilganni foydasini ko’zlashimiz kerak? degan fikr ham o’tadi. Shikoyatlar har kuni ham kelib tushmaydi, ammo uni o’rganish va 2 tarafni eshitishga ko’p vaqt ketadi. Siz meni o’rnimda bo’lganingizda nima qilar edingiz? @Elyorbilan #muammo@Elyorbilan

Ma’suliyat haqida Ma’suliyatni his qila olish ham - bir mahorat hisoblanadi. Tasavvur qiling, siz ma’suliyati sustroq inson bilan birga ishlayabsiz. Kun sayin ma’suliyatsizligi nafaqat o’ziga, balki sizni reputatsiyangizga ham salbiy ta’sir ko’rsatadi. Kim bilan ishlamay, birinchi bo’lib kichik detallarga e’tibor qilishga harakat qilaman. Kelishilgan kun yoki vaqtda so’zining ustidan chiqayabdimi yoki yo’q? Agar boshlanishidayoq muammo bo’lsa, birga ishlash tugul bir jamoada bo’lishga ham qarshi bo’lib turaveraman. Shunaqa. @Elyorbilan

Networking muhimligi haqida Ko’p marotaba takrorlaganimni eshitgan bo’lsangiz kerak, Koreyada Networking ni kuchi katta deb.
Networking muhimligi haqida Ko’p marotaba takrorlaganimni eshitgan bo’lsangiz kerak, Koreyada Networking ni kuchi katta deb. Men ham o’tgan hafta, katta tadbirda juda ko’pchilik bilan tanishdim. Chet elliklarga dars ham o’tib berganimdan so’ng, bir necha kishi bilan business card almashdik, ular esa email orqali taklifligi borligini bildirishdi. Buyun, GKS bitiruvchilari va STEM sohasi bitiruvchilariga o’z sohalari yohud boshqa sohada ishlash kabi ko’nikmalarni o’rgatish uchun dars o’tib berishimni taklif qilishdi. Yoz bo’yi juda band bo’lsam kerak endi:) Har bir dars mavzusi va qatnashuvchilardan kelib chiqib, darslik, ppt tayyorlayman. Umid qilamanki, qolganlar ozgina bo’lsa ham foyda olishadi. Albatta darslarimga pul to’lanadi. Sababi men vaqtimni, tajribam va biroz mablag’imni sarflayman! @Elyorbilan

Networking muhimligi haqida Ko’p marotaba takrorlaganimni eshitgan bo’lsangiz kerak, Koreyada Networking ni kuchi katta deb.
Networking muhimligi haqida Ko’p marotaba takrorlaganimni eshitgan bo’lsangiz kerak, Koreyada Networking ni kuchi katta deb. Men ham o’tgan hafta, katta tadbirda juda ko’pchilik bilan tanishdim. Chet elliklarga dars ham o’tib berganimdan so’ng, bir necha kishi bilan business card almashdik, ular esa email orqali taklifligi borligini bildirishdi. Buyun, GKS bitiruvchilari va STEM sohasi bitiruvchilariga o’z sohalari yohud boshqa sohada ishlash kabi ko’nikmalarni o’rgatish uchun dars o’tib berishimni taklif qilishdi. Yoz bo’yi juda band bo’lsam kerak endi:) Har bir dars mavzusi va qatnashuvchilardan kelib chiqib, darslik, ppt tayyorlayman. Umid qilamanki, qolganlar ozgina bo’lsa ham foyda olishadi. Albatta darslarimga pul to’lanadi. Sababi men vaqtimni, tajribam va biroz mablag’imni sarflayman! @Elyorbilan

Shoshilinch: Ba’zi sabablarga ko’ra post qo’yayabman. Koreyadagi do’stlarimiz kimdur, ertaga 23-may kuni bo’sh bo’lishadigan bo’lsa, Subyektiv & Kun uz ga bir kun hamrohlik qilishni iltimos qilmoqchi edim. (Mashina bo’lsa yaxshi bo’lar edi) Seuldan 용인 birga borib kelish kerak bo’ladi. Agar vaqtingiz bo’lsa menga aloqaga chiqing. Tanishlaringiz bo’lsa ham aytsangiz bo’ladi. Mashinasi bor, bir kunga hamrohlik qila oladigan kishi kerak. (Xizmati beriladi) Aloqa vositasi: Telegram: @IUadmin1

CEO Turkiyadan kichik sovg’a olib kelibdi, Bu safargi 회식 (korporativ) da men bormasligimni bildirgan edim. (Barbecue factory)
CEO Turkiyadan kichik sovg’a olib kelibdi, Bu safargi 회식 (korporativ) da men bormasligimni bildirgan edim. (Barbecue factory) ga ovqatlanishga. Shu sabab, o’zing uyda barbekyu qilsang shuni birga ishlatarsan dedi. Kamida 1-2 yilda yetsa kerak 1 o’zimga. Aslida men ham Turkiyadagi safarga borishim kerak ediyu, ammo sur’atga olish ishlari va shaxsiy ishlar sabab borolmasligimni bildirgandim. Shu sabab, kech bo’lsa ham Zoom orqali majlislarda ishtirok edim. @Elyorbilan

Daejeon Hokimiyati tarafidan na’munali chet ellik deb topilibman. 표창! Daejeon shahrimizda 7 yildan beri yashab kelsam, oxirgi
+2
Daejeon Hokimiyati tarafidan na’munali chet ellik deb topilibman. 표창! Daejeon shahrimizda 7 yildan beri yashab kelsam, oxirgi 4-5 yillikda ijtimoiy faol bo’lishga harakat qildim. Kichik faoliyatimni e’tirof etib na’munali chet ellik deb taqdirlashdi. Asosiy qilgan ishim: Chet elliklarni shahrimizda qulayroq moslashib yashashi uchun proektlar va programmalarni tashkil qilib, ularda doimo qatnashib keldim. Bu sertifikatni olishda asosiy tavsiyani Daejeondagi Bolalar uyi “yetimxona” direktori va chet elliklar markazi raisi shaxsan yozib bergan deb eshitdim. Qo’llab quvvatlash maqsadida kelgan akalarga katta rahmat. Shu qatorda shahrimizdagi UCD jamiyatiga ham rahmat. 표창 ni qanday foydalari bor, hali aniq bilmadimu, ammo men qilgan harakatlar e’tiborsiz qolmaganini aniq tasdiqlaydi deb ayta olsam kerak. P.s: Xo’sh, shahrimizga bir so’z bilan tarif bersam: “Xotirjamlik” qolgan shaharlarga qaraganda ko’zga ko’rinadi. @Elyorbilan #natija@Elyorbilan

Vaqtingiz bo’lsa, albatta kirib kuzating. Shahsan men Obidjon akani LinkedIn da kuzatib boraman. Faqat O’zbeklarga emas, chet ellik va Koreyslarga ham Bizness bo’yicha master klas o’tib keladilar. Bepul bo’lgani uchun, maksimal ko’rishga harakat qiling!

[🎙 PODCAST 2-soni 🎥] Bizni bu safargi podcast mehmonimiz Koreyaga D-2 student vizasida kelib, hozirda F-5-10 vizasi bilan y
[🎙 PODCAST 2-soni 🎥] Bizni bu safargi podcast mehmonimiz Koreyaga D-2 student vizasida kelib, hozirda F-5-10 vizasi bilan yilliga IT kompaniyada 100mln vonga yaqin daromadi bor hurmatli OBIDJON KOMILJONOV akamiz bilan bo'ladi. Podcastdagi asosiy gaplashiladigan mavzular: ✅ D-2 vizadan > F-2-7 > F-5-10 vizaga bo'lgan jarayon ✅ GNI x2 (Yillik 100mln von daromad, dollarda esa 73,248 USD) qilish uchun qanday tayyorgarlik ko'rish kerak ✅ Korporatsiya va Global kompaniyalar uchun konsalting ✅ Biznesga Sun'iy Intellektni qo'llash ✅ IT dasturchilikdan bosh ro'llar Koreyada o'z sohasida ma'lum bir muvaffaqiyatga erishgan, ilm ortidan shunday darajaga yetgan Obidjon akamizning bosib o'tgan qiyin yo'llarini birgalikda eshitib, hamsuhbat bo'lamiz. Suxbat shu : @ganiev_tarjimon telegramm kanalida bo'ladi. 🗓 Podcast vaqti: 18-may, Yakshanba 🕒 Koreya vaqti bilan 20:00 da O'zingizni qiziqtirgan savollarni kommentda qoldiring yoki suhbatdan keyin jonli berishingiz mumkin.Yakshanbada ko'rishguncha, musofirlarim! @ganiev_tarjimon

Vatandan kelgan yegulik 🥲 O’tgan hafta Subyektiv va Kun uz jamoasi bilan ko’rishganimda, mozorbosti qilib olib kelishgan eka
Vatandan kelgan yegulik 🥲 O’tgan hafta Subyektiv va Kun uz jamoasi bilan ko’rishganimda, mozorbosti qilib olib kelishgan ekan. Bundan bir necha hafta oldin ham do’stim o’xshash yeguliklarni pochta orqali yuborgan edi. (Joning sog’ bo’lsin) Tog’risi, bu kabi e’tibor qimmat yoki hashamatli sovg’alardan ko’ra qadrliroq men uchun. Sababi yoshlik va Vatan taasurotlarini yodga soladi. Ayniqsa ta’mi nostalgiyada. Korzinkaning qog’oz paketini ko’rib, bolalik davrim esimga tushdi. E’tibor uchun rahmat. @Elyorbilan #vatan@Elyorbilan

Ukalar bilan Koreyaga oid “quiz” larni birga yechdik. Bular Koreya maktabida ta’lim olishadi, men esa univerdagi bilimlarni i
Ukalar bilan Koreyaga oid “quiz” larni birga yechdik. Bular Koreya maktabida ta’lim olishadi, men esa univerdagi bilimlarni ishga soldim. Birgalikda deyarli 96% savollarga javob topib, sovg’a salomlar bilan qaytdik 🤓 35-Davlatdan kelgan do’stlar bilan tanishib, bir kun qanday o’tganini ham sezmay qolibman. @Elyorbilan

O’zimizning choponni kiyib presentation qilganim hali ham esimda. Juda bir xijolat bo’lgan edim. Ertaga yana kiyishni so’rash
O’zimizning choponni kiyib presentation qilganim hali ham esimda. Juda bir xijolat bo’lgan edim. Ertaga yana kiyishni so’rashayabdi. Nimaga bunaqa hijolat bo’ladi odam? Odatiy kiyim yoki klassik bo’lganda ham boshqa gap edi. Faqat mendami yoki sizlarda ham bormi bu hissiyot?

Koreyada o’qish sohasini tanlash? Ko’pchilik qaysi sohani tanlay ekan deb bosh qotirishadi. Quyidagi faktorlarni keltirgan holda, soha tanlashni tizimlashtirish mumkin: Eng muhimi qiziqgan sohangizni tanlang! Sababi biz: 📚 1. Ona tilimizda o’qimaymiz. Tushunishimiz uchun ko’proq vaqt ketadi. “Korean track” da o’qilsa, Koreyslar bilan raqobat - aniq shiddatli bo’ladi. Agar fakultet “English track” bo’lsa, unda vaziyat tenglashib, Koreys yohud boshqa chet elliklar bilan raqobat qilish nisbatan tenglashadi. 2. Darslarga tayyorgarlik va uyga vazifaga ham Koreyslardan ko’ra ko’proq vaqt sarflaymiz. 3. Qo’shimchasiga ishlashga ham tog’ri keladi (kontrakt va yashash harajatlari) 4. Ish va o’qish parallel ketgandan so’ng albatta uyqu soati kamayadi. 5. Yuqoridagi faktorlarni hisobga olsak, biz o’zimiz qiziqgan sohadagina ko’proq o’qiy olamiz. Aks holda yetuk kadr bo’lish amri mahol. P.s: O’qish tanlashga kelganda shularni xisobga oling. Koreyada o’qitish tizimi ancha kuchli. (Albatta yaxshi univerlarda) @Elyorbilan #education@Elyorbilan

Koreyada o’qishga soha tanlash? Ko’pchilik qaysi sohani tanlay ekan deb bosh qotirishadi. Quyidagi faktorlarni keltirgan holda, soha tanlashni tizimlashtirish mumkin: Eng muhimi qiziqgan sohangizni tanlang! Sababi biz: 1. Ona tilimizda o’qimaymiz. Tushunishimiz uchun ko’proq vaqt ketadi. “Korean track” da o’qilsa, Koreyslar bilan raqobat - aniq shiddatli bo’ladi. Agar fakultet “English track” bo’lsa, unda vaziyat tenglashib, Koreys yohud boshqa chet elliklar bilan raqobat qilish nisbatan tenglashadi. 2. Darslarga tayyorgarlik va uyga vazifaga ham Koreyslardan ko’ra ko’proq vaqt sarflaymiz. 3. Qo’shimchasiga ishlashga ham tog’ri keladi (kontrakt va yashash harajatlari) 4. Ish va o’qish parallel ketgandan so’ng albatta uyqu soati kamayadi. 5. Yuqoridagi faktorlarni hisobga olsak, biz o’zimiz qiziqgan sohadagina ko’proq o’qiy olamiz. Aks holda yetuk kadr bo’lish amri mahol. P.s: O’qish tanlashga kelganda shularni xisobga oling. Koreyada o’qitish tizimi ancha kuchli. (Albatta yaxshi univerlarda) @Elyorbilan #education@Elyorbilan

Suxbatdosh bilan Oxirgi paytlar uzoq gapiradiganlar bilan bir suxbatda to’plansak, Ko’p aytadigan gaplarim: 1. Maqsadga o’ting? 2. Xo’sh? 3. Sabab? Ya’ni, tog’dan yoki bog’dan kelavermay, asosiy fikrni ifodalasa kifoya qiladi chamamda. Axir barchamizni vaqtimiz qadrliku. @Elyorbilan

Birovlarni fikri sizni oson o’zgartirayabdimi?, demak muammo birovlarda emas, o’zingizda. Mustahkam, shaxsiy fikrga ega inson, hammani gapini ham qabul qilib, rioya qilishga harakat qilmaydi. U juda yaxshi tushunadiki, juda ozchilik faqat qayg’urib gapirishini. O’sha kishilar fikrini inobatga olib, o’rganib chiqilsa arziydi. P.s: Qolganlar men haqimda fikr bildirsa, ha demak bu uning fikri ekan deb ahamiyat bermayman. Sababi meni qiladigan ishlarim ko’p. Birovlarning hayotiga aralashishga esa, toqatim ham yo’q. Shunday ekan, hayotga real qarab, hom hayolga berilavermang. @Elyorbilan #iqtibos@Elyorbilan

Lo’nda, qisqa va tushunarli!

Hozir Koreyada 2025-yilgi prezidentlik saylovi yaqinlashyapti. Kimlar nomzod bo‘lgan va ular chet elliklarga qanday ta’sir qi
Hozir Koreyada 2025-yilgi prezidentlik saylovi yaqinlashyapti. Kimlar nomzod bo‘lgan va ular chet elliklarga qanday ta’sir qilishi mumkin — qisqacha tushuntiraman.Hozircha 7ta nomzod bor, men asosiy davogarlar haqida bilganlarimni ulashaman. ●Lee Jae-myung(더불어민주당 Demokratik Partiya) — muxolifat yetakchisi, chet elliklar huquqlarini ko‘proq himoya qiladi. Vizalar va ishlash imkoniyatlarini yengillashtirish tarafdori. Chet elliklar uchun ijobiy siyosat olib borishi kutilmoqda. ●Kim Moon-soo(국민의힘 Xalq Kuchlari Partiyasi) — hukmron partiya tarafdori, immigratsiyani cheklash siyosatini davom ettiradi. Noqonuniy muhojirlar va vizasi tugaganlarga nisbatan juda qattiq choralar ko‘rilishi mumkin. Qonuniy ishlayotganlarga imkoniyatlar beriladi, lekin nazorat kuchayadi. ●Kwon Young-guk (민주노동당 Mehnat Demokratik Partiyasi)— Ishchilar huquqlari va jamiyatdagi zaif qatlamlarni himoya qilishga e’tibor beradi.Chet ellik mehnatkashlar uchun ijobiy siyosatlar olib borishi mumkin, lekin umumiy miqyosda u ko‘proq ichki mehnat bozoriga qaratilgan siyosatchi. ●Lee Jun-seok(개혁신당 Islohot Partiyasi) — yosh va zamonaviy siyosatchi, chet ellik yoshlar va talabalar uchun qulay sharoit yaratishni istaydi. Lekin uning siyosiy kuchi unchalik katta emas, shuning uchun katta o‘zgarish qilish ehtimoli past. Xulosa qilib aytganda, Lee Jae-myung chet elliklar uchun eng qulay nomzod bo‘lsa, Kim Moon-soo esa ko‘proq cheklash tarafdori. Han Duck-soo va Lee Jun-seok esa iqtisodiy va yoshlar siyosatida o‘zgarishlar qilishga harakat qiladi, lekin natijalari qanday bo‘lishi noaniq. Sizningcha, 2025-yilda Prezidentlikka kim saylansa, chet elliklar (ishchilar, talabalar, sarmoyadorlar) uchun eng qulay sharoitlar yaratiladi? @ganiev_tarjimon