ch
Feedback
Elga yor (Elyor)

Elga yor (Elyor)

前往频道在 Telegram

Kechinmalarim Aloqaga chiqish uchun: elyorgamurojat@gmail.com ga yozing! Yoki Telegramdan to’gridan to’gri shaxsiyga yozing.

显示更多
1 070
订阅者
+124 小时
+107
+11530
帖子存档
Koreyada o’qishga soha tanlash? Ko’pchilik qaysi sohani tanlay ekan deb bosh qotirishadi. Quyidagi faktorlarni keltirgan holda, soha tanlashni tizimlashtirish mumkin: Eng muhimi qiziqgan sohangizni tanlang! Sababi biz: 1. Ona tilimizda o’qimaymiz. Tushunishimiz uchun ko’proq vaqt ketadi. “Korean track” da o’qilsa, Koreyslar bilan raqobat - aniq shiddatli bo’ladi. Agar fakultet “English track” bo’lsa, unda vaziyat tenglashib, Koreys yohud boshqa chet elliklar bilan raqobat qilish nisbatan tenglashadi. 2. Darslarga tayyorgarlik va uyga vazifaga ham Koreyslardan ko’ra ko’proq vaqt sarflaymiz. 3. Qo’shimchasiga ishlashga ham tog’ri keladi (kontrakt va yashash harajatlari) 4. Ish va o’qish parallel ketgandan so’ng albatta uyqu soati kamayadi. 5. Yuqoridagi faktorlarni hisobga olsak, biz o’zimiz qiziqgan sohadagina ko’proq o’qiy olamiz. Aks holda yetuk kadr bo’lish amri mahol. P.s: O’qish tanlashga kelganda shularni xisobga oling. Koreyada o’qitish tizimi ancha kuchli. (Albatta yaxshi univerlarda) @Elyorbilan #education@Elyorbilan

Suxbatdosh bilan Oxirgi paytlar uzoq gapiradiganlar bilan bir suxbatda to’plansak, Ko’p aytadigan gaplarim: 1. Maqsadga o’ting? 2. Xo’sh? 3. Sabab? Ya’ni, tog’dan yoki bog’dan kelavermay, asosiy fikrni ifodalasa kifoya qiladi chamamda. Axir barchamizni vaqtimiz qadrliku. @Elyorbilan

Birovlarni fikri sizni oson o’zgartirayabdimi?, demak muammo birovlarda emas, o’zingizda. Mustahkam, shaxsiy fikrga ega inson, hammani gapini ham qabul qilib, rioya qilishga harakat qilmaydi. U juda yaxshi tushunadiki, juda ozchilik faqat qayg’urib gapirishini. O’sha kishilar fikrini inobatga olib, o’rganib chiqilsa arziydi. P.s: Qolganlar men haqimda fikr bildirsa, ha demak bu uning fikri ekan deb ahamiyat bermayman. Sababi meni qiladigan ishlarim ko’p. Birovlarning hayotiga aralashishga esa, toqatim ham yo’q. Shunday ekan, hayotga real qarab, hom hayolga berilavermang. @Elyorbilan #iqtibos@Elyorbilan

Lo’nda, qisqa va tushunarli!

Hozir Koreyada 2025-yilgi prezidentlik saylovi yaqinlashyapti. Kimlar nomzod bo‘lgan va ular chet elliklarga qanday ta’sir qi
Hozir Koreyada 2025-yilgi prezidentlik saylovi yaqinlashyapti. Kimlar nomzod bo‘lgan va ular chet elliklarga qanday ta’sir qilishi mumkin — qisqacha tushuntiraman.Hozircha 7ta nomzod bor, men asosiy davogarlar haqida bilganlarimni ulashaman. ●Lee Jae-myung(더불어민주당 Demokratik Partiya) — muxolifat yetakchisi, chet elliklar huquqlarini ko‘proq himoya qiladi. Vizalar va ishlash imkoniyatlarini yengillashtirish tarafdori. Chet elliklar uchun ijobiy siyosat olib borishi kutilmoqda. ●Kim Moon-soo(국민의힘 Xalq Kuchlari Partiyasi) — hukmron partiya tarafdori, immigratsiyani cheklash siyosatini davom ettiradi. Noqonuniy muhojirlar va vizasi tugaganlarga nisbatan juda qattiq choralar ko‘rilishi mumkin. Qonuniy ishlayotganlarga imkoniyatlar beriladi, lekin nazorat kuchayadi. ●Kwon Young-guk (민주노동당 Mehnat Demokratik Partiyasi)— Ishchilar huquqlari va jamiyatdagi zaif qatlamlarni himoya qilishga e’tibor beradi.Chet ellik mehnatkashlar uchun ijobiy siyosatlar olib borishi mumkin, lekin umumiy miqyosda u ko‘proq ichki mehnat bozoriga qaratilgan siyosatchi. ●Lee Jun-seok(개혁신당 Islohot Partiyasi) — yosh va zamonaviy siyosatchi, chet ellik yoshlar va talabalar uchun qulay sharoit yaratishni istaydi. Lekin uning siyosiy kuchi unchalik katta emas, shuning uchun katta o‘zgarish qilish ehtimoli past. Xulosa qilib aytganda, Lee Jae-myung chet elliklar uchun eng qulay nomzod bo‘lsa, Kim Moon-soo esa ko‘proq cheklash tarafdori. Han Duck-soo va Lee Jun-seok esa iqtisodiy va yoshlar siyosatida o‘zgarishlar qilishga harakat qiladi, lekin natijalari qanday bo‘lishi noaniq. Sizningcha, 2025-yilda Prezidentlikka kim saylansa, chet elliklar (ishchilar, talabalar, sarmoyadorlar) uchun eng qulay sharoitlar yaratiladi? @ganiev_tarjimon

Nima desam ekan… Xullas, shunaqa 😁
Nima desam ekan… Xullas, shunaqa 😁

Yoshlikni eslab Qo’shnini bolasini qara? deb aytishgan bo’lsa, o’sha bola men bo’lgan ekanman 🥲 Yoshligimda kimdur menga, qo’shnini o’g’lini qara deb taqqoslashini xohlamaganman. Shu sabab, bor imkoniyatimni ishga solib o’qib, harakat qilganman. Shu sabab bo’lsa kerak, na uydagilar na qarindoshlar menga hech qachon, ana qara qo’shnini bolasi shunday ekan demagan. (Balki deya olishmagandur 😁) Ammo, tanishlarga uydagilari meni misol qildirib ko’rsatishganini oxirgi payt ko’p aytishayabdi. Ba’zida tanishlar menga qarata Elyor xato ham qil, biroz gap ham eshitib tur.. biz ham bemalol yashaylik degani kechagidek yodimde:) Ba’zi do’stlar, Elyor bilanman deb bahona qilib ko’cha kezganlarini - kulib eslaymiz. Shu sabab ham guruhdagi linkni @Elyorbilan deb nomlaganman🤓 Taqqoslash yoki solishtirish yaxshi narsa emas. Bu odat nafaqat bizda, balki Koreyslarda ham ancha aktual. Misol uchun men o’zimni birov bilan emas, kechagi “Elyor” bilan solishtiraman xolos. @Elyorbilan

Pul bermay ishlatish? Qanchadan qancha O’zbeklarimizni ishlatib pulini bermay, odam sifatida munosabat qilmaydigan Koreys tadbirkor “da**lar” bor. Menga qarab - Koreyslarga umumiy baho berib, umuman yog’lon gapirmaydi, insofli va “pachti” jannatiy deb tarif beradiganlarni yuziga qum sochgim keladi. Ayniqsa ba’zi yaloqi F6 lar! Tog’ri, men bilgan juda ko’p ajoyib Koreys do’stlarim bor. Ammo bu 100% millat shunday degani emas. Menga alam qiladigan jihati, biz ba’zi birlarga o’xshab ishga borib, ishni cho’zish yoki oxirigacha qilmaslik odatidan ancha yiroqmiz. Ishni sidqidikdan, halol qilishga harakat qiladiku O’zbeklarimiz. Shunday ishlay turib, pulini ololmasa bu qanday hol? Agar qonun bo’lmaganda, bir necha qiynoqlarni ikkilanmay qo’llar edim. @Elyorbilan #odolatleft@Elyorbilan

Kuzatuvchilar diqqatiga! - 2 Koreyada o’qib, o’z yo’nalishida muvaffaqiyatli karyera qilayotgan yoki biznes qilayotgan ayol-qizlarimiz bo’lsa Subyektiv va kun.uz tomonidan tasvirga olish taklifi bor edi. Oxirgi paytlar, ayol kishiga chet elda nima bor? kabi savollar tug’ilgan payt, shu kabi na’munalarni ko’rsatish muhim sanaladi axir. Koreyada istiqomat qilayotgan shunday kishilarni bilsangiz Telegramda quyidagi - @IUadmin1 akkauntiga aloqaga chiqing. Qolgan guruh va kanallarda ulashib qo’ysangiz, sifatli kontent chiqishiga xissa qo’shgan bo’lar edingiz! @Elyorbilan

Kuzatuvchilar diqqatiga! - 1 O’z hayot yo’lini bo’lishadigan noqonuniy istiqomat qilayotgan muhojir Yurtdoshlar bo’lsa, aloqaga chiqishingizni iltimos qilamiz. Subyektiv Koreyada olayotgan videolariga muhrlanib, kelajak avlodni nelegal bo’lish yo’lidan qaytarishda xizmat qilishiga umid qilayabmiz. Faqat, yuzni ko’rsatgan holda tasvirga olinadi. Shunga rozi bo’lish kerak. Agar sizda xohish bo’lsa - @IUadmin1 akkauntiga aloqaga chiqing. @Elyorbilan

🇺🇿2025-yilgi Quiz on Korea O'zbekistonda bo'lyamdi(mi?) Ha, bu yil shunaqa bo'ladiganga o'xshaydi. Lekin rasmiy ma'lumot hozircha yo'q. Bunday o'ylashimga esa bir nechta sabablar bor. Mana bugungacha O'zbekistondagi Koreya elchixonasi 2025-yilgi "Quiz on Korea" ni ichki saralash haqidagi e'loni chiqmadi. Har yili Aprel oyida bu haqida e'lon chiqardi. May oyini o'rtasida esa saralash bo'lib o'tardi. Masalan o'tgan yilgi O'zbekistondagi ichki saralash 28-Aprelda bo'lgan. 2022-yilgi saralash esa 14-Mayda bo'lgan (bu yili saralashda kim yutganini bilasizlar😁). Shundan kelib chiqib bu yilgi Quiz on Koreada O'zbekiston vakili bo'lmasligi katta ehtimoli bor. Chunki saralash ham bo'lmayapti. Boshqa davlatlar Kanada va Amerika qo'shma shtatlarida (bu davlatdan ham ishtirokchi bo'larkaney) saralash haqida e'lon berilib, ba'zilarida saralash tugab ham bo'lgan. Saralashdan keyin Koreyadagi final Sentabrni boshida bo'ladi, shunga bunaqa xulosa qilishga hali erta dersiz? Men bunday o'ylashimga boshqa sabab ham bor. Mana o'tgan 5 yilni qarasak (2019-yildan 2024-yilgacha) Quiz on Korea finalida 3 marta O'zbekiston vakili 1-o'rinni egalladi. 2019, 2022, 2024-yilda O'zbekistonlik ishtirokchilar finalda g'olib bo'lgan. Bir davlatda 5 yil ichida 3 ta g'olib chiqqaniga Quiz on Korea tashkilotchilar O'zbekiston uchun "ozgina dam" berishgan bo'lishi mumkinn. Hadeb O'zbekistonlik birinchi o'rinni olaversa endi bo'lmaydi deb o'ylashgandir. Bu hammasi albatta IMXO. Shunchaki meni fikrlarim. Bu fikrlar qanchalik to'g'riligini esa vaqt ko'rsatadi. Mayli hammasi yaxshilikka bo'lsin. P.s. Lekin bu fikrlar to'g'ri bo'lsa, Quiz on Koreada yutgan O'zbekistonliklar (meni ham:) ayblash yo'q😉 @allimtv

Post 16+ Biroz uyatliroq bo’lsa ham yozayabman. 🥸 Sizlar ham Koreyaga birinchi kelganingizda Koreyslar aksi ursa, yoki burun qoqsa bordiyi boshqa ishlarni omma oldida qilsa - shokka tushganmisiz? Meni atrofimda qiz kursdoshlar shunday qilganini ko’rib, men hijolat bo’lib ketganman. Xitoyliklarni aytmasa ham bo’laveradi. Shu payt, O’zbekistonimni sog’inib ketaman. (Ayniqsa qizlarimiz aksi ursa huddi pepsi ochganga o’xshardi) Bir hamkasbim bo’lardi. Qiz bola bo’lsa ham uncha buncha bollardan ovoz baland chiqarardi yuqoridagi ishlarni qilsa. Men hijolat bo’laverganimni ko’ravergach, tashqariga yoki boshqa xonaga kirib ishni bajaradigan bo’libdi. Shunaqa do’stlar, Koreyslarimiz ham o’rganayabdi 😁 @Elyorbilan

Men adminlik qiladigan ba’zi O’zbek guruhlarda Rus tilida post qo’yish mumkin emas deb takror aytilgan. (Facebook) Ammo, baribir Rus tilida post joylashga urinishadi. Takror va takror, shundaylarni nima qilsa bo’ladi?

O’zbekiston bayrog’i kerak! Mana shu yerga osib qo’ysa bo’ladigan O’zbekiston bayrog’imizni qayerdan topsam bo’ladi Koreyada?
O’zbekiston bayrog’i kerak! Mana shu yerga osib qo’ysa bo’ladigan O’zbekiston bayrog’imizni qayerdan topsam bo’ladi Koreyada? Sotib olishga yoki prakat! Bilganlar yoki berib tura oladiganlar bo’lsa iltimos aloqaga chiqing.

Tejon (Daejeon) shahrida ko’rishamiz 17-may kuni Daejeon shahrimizda Chet elliklar uchun 1 yilda 1 marotaba bo’ladigan umumiy
+1
Tejon (Daejeon) shahrida ko’rishamiz 17-may kuni Daejeon shahrimizda Chet elliklar uchun 1 yilda 1 marotaba bo’ladigan umumiy tadbirga qatnashishingiz mumkin. Ayniqsa ishga kirish borasida chet ellik (men va yana bir qiz) shuningdek Koreys HR xodimdan ham maslahatlar olishingiz mumkin. Viza bo’yicha immigratsiya xodimi va ko’plab Kompaniyalar chet elliklarni ishga olish uchun tadbirga jamlanishadi. - Qatnashish bepul! To’liq kun tartibi bilan ushbu rasmlarda tanishib chiqishingiz mumkin. - Ro’yxatdan o’tish uchun esa ushbu so’rovnomani to’ldirishingiz kerak bo’ladi. Tadbir asosan Koreys tilida bo’lib o’tadi. Link: 기념식 및 세계문화공연 참가 신청(Registration for celebration ceremony and global culture performance participation): https://forms.gle/551LNwMCLgMmApVD6 일시 | Date & Time : 2025. 5. 17.(Sat) 11:00~15:30 장소 | Venue : 대전컨벤션센터(DCC) 2층 그랜드볼룸 (Daejeon Convention Center 2F Grand Ballroom) 대상 | Target Participants : 외국인주민 및 일반 시민 모두 (Foreign Residents and Local Citizens) @Elyorbilan

Bir jumlada biroz o’ylanib qoldim.. “Telefon yubor oshna” degandan ko’ra, o’sha musofir oshnangni uyiga 2 ta non olib borchi - telefon sendan aylanmasmikan? Sizda shunday oshnalaringiz bormi Koreyadagilar?
Menda bor yo’g’i 1-2 nafar ekan xolos:)

Mana buni ochiqchasiga yozish desa bo’ladi. Jahongir akani kanallarini kuzatish xuddi Netflixda qiziqarli serial kuzatishdek gap:) Kamiga bepul! Barcha yozganlariga 200% qo’shilaman.

Koreyada yashash “realniy kayf” deydiganlar uchun eslatma: ●Har bir ish koreys tilini bilishni talab qiladi. ●Har bir ishda s
Koreyada yashash “realniy kayf” deydiganlar uchun eslatma: ●Har bir ish koreys tilini bilishni talab qiladi. ●Har bir ishda stress bor. ●Bu stressdan sigaret va alkogolga o'tirib qolganlar ham bor. ●Yeyishga non topolmay qolsangiz ham, birov sizga qarashi qiyin.Bu yer O’zbekiston emas. ●Pulsizlikning bitta asosiy sababi — bu dangasalik. ●Rasmlardagi bu — eng eng saralab post qilinganidir. ●Rohat ortidagi mashaqqatni ko‘rish — hammaga ham emas. ●“Telefon yubor oshna” degandan ko‘ra, o‘sha musofir oshnangni uyiga 2 ta non olib borchi — telefon sendan aylanmasmikan? ●Pul tomonlama o‘zingga baquvvat bo‘lmasang — na o‘qiysan, na uqiysan. ●Zinoga yaqinlashish bu — xuddi nashaga o'tirib qolishday gap. ●“Menga yordam bermayapti” deb yurmasdan, o‘zing harakat qilishni o‘rganishing kerak. ●Ota-onang “yaxshi yeyapsanmi?” desa, och bo‘lsang ham “ha” deyishing. ●Takoy telefon ishlatsang ham, uni qanchaga tushganiyu qancha mehnat ortidan kelganini sezdirmasliging. ●Muammoying bo‘lsa — faqat o‘zing harakat qilishing kerak. Menimcha, ko‘pchilik rasmlardagi hayot bilan haqiqiy hayotni farq qila olmaydi.Haqiqiy hayotdan misol ulashishni ko'p ham xohlamayman. Chunki blogimni ota-onam ham kuzatishadi. Ularni havotirga qo’ygim yo’q. Siz endi kelmoqchi bo‘lsangiz, yaxshilab ruhan tayyor bo‘lib keyin keling. Bu yer sizga enangizning uyi emas. @ganiev_tarjimon

Osiyodagi vaziyat jiddiylashyabdi… 🇵🇰 vs 🇮🇳 Habaringiz bo’lsa kerak, Hindiston nazorat qiladigan Kashmir hududida 25 nafardan ortiq chet ellik, terror sabab halok bo’lgan edi. O’sha payt Hindiston, bu terrorda Pokistonni aybladi. Buning orqasidan, Pokistonga boradigan Suv yo’lini yopib o’zaro mavjud bo’lgan diplomatik aloqalar ham uzib qo’yildi. Bizning Kompaniyani Hindistonda ham, Pokistonda ham taxminan 3 mln$ ortiq biznesi bor. O’sha payt men, Hindistonga mas’ul xodimaga qarata, negadur bu shunchaki tugaydiganga o’xshamaydi deb aytgan edim… Bugun tongda qarasam, Hindiston taraf, Pokistonga raketa hujumini amalga oshiribdi. Pokiston na’zorat qiladigan Kashmir hududida bir necha qurbonlar bor. Bunga javoban esa Pokiston, Hindistoning ikki uchog’ini urib tushirib, harbiy zonalarga raketa uchurdi. Vaziyat jiddiylashyabdi, axir ikki davlatda ham yadro quroli mavjud! ☢️ Men esa yaqin oylardagi ish safarimni bekor qiladiganga o’xshayman. Bir ukamiz aytgandek, men borgan yoki bormoqchi bo’lgan hududlarning boshi muammodan chiqmayabdi 🥲
P.s: Hindiston bosh vaziri Mondi, saylov oldi ataylab shu ishlarni qilayabdi degan mish-mishlar ham yo’q emas:)
@Elyorbilan #yangilik@Elyorbilan

Anchadan beri kuzatadiganlar biladi… Men ham juda ko’p takrorlayman ushbu gaplarni. Jahongir aka ham ohiri yozib yuboribdilar:) Ha aytgancha, bir necha kundan so’ng kelayotgan Subyektiv da shu mavzu yotig’i bilan tushuntirilib, real misollar bilan yoritiladi.