uz
Feedback
Elga yor (Elyor)

Elga yor (Elyor)

Kanalga Telegram’da o‘tish

Kechinmalarim Aloqaga chiqish uchun: elyorgamurojat@gmail.com ga yozing! Yoki Telegramdan to’gridan to’gri shaxsiyga yozing.

Ko'proq ko'rsatish
1 069
Obunachilar
+124 soatlar
+107 kunlar
+11530 kunlar
Postlar arxiv
Инсоннинг бетоб ҳолатда ишлаши — боғлиқлик рамзи эмас. Бу — касалланган маълум бир маданиятнинг аломатидир. Токсик иш жойларида дам олиш ожизлик белгиси сифатида қаралади. Ишингиз учун ўзингизни фидо қилишингиз кутиляпти.

Toshkentga kelish quvonch bag’ishlasa, Uni tark etish shunchalik mag’zun aylagay. Ha azizlar, men birrovga kelib ketayabman.
Toshkentga kelish quvonch bag’ishlasa, Uni tark etish shunchalik mag’zun aylagay. Ha azizlar, men birrovga kelib ketayabman. Ammo hamma rejalarim amalga oshdi, o’ziga shukr. Keyinroq, 5 kunlik qaytishni ajoyib yoritaman, ancha esda qolarli bo’ldi. Hozircha jiya va tog’a sizlarga salom yo’llaymiz. Satrlarda ko’rishguncha, @Elyorbilan

Bolaligimizdan tanish ovozlar. Aksariyati olamdan o’tib ketganini bilmas ham ekanman. @bmamadiev

Koreyada yon atrofni ta’siri Ko’pchiligimiz Koreyada ota-onasiz yolg’iz kelamiz, ba’zilarimiz o’z oilamiz bilan yashaymiz. Qon-qarindosh, ota-onasiz Koreyada yashagandan keyin, bo’sh vaqtni asosan do’stlar bilan o’tkazamiz. Har qanday do’st ortirishda ehtiyot bo’lishingizni tavsiya qilaman. Ularni fikrlashi, harakatlari sizlarni ham kelajagingizga ta’sir qilishi bor gap. *Bekorga aytishmaydiku, inson do’stining dinida bo’ladi deb. Bugun men ham bir necha tanish bilan aloqani uzishga qaror qildim. Ba’zi toksik odamlar bo’ladiki, zarari tekkani tekan jamiyatga. Har xil jamiyatlarga qo’shilib ketmasdan, avval o’qib izlaning. Koreyaga ko’pchilik hali yosh payti, beg’uborlik davrida keladi. Ular “plastilin” ga o’xshaydi. Hohlagan forma keltirib chiqarishingiz mumkin. Shunday ekan, Koreyaga kelganiga ancha bo’lgan, bu yerni “ob-havo” sidan habardor yaxshi odamlardan maslahat olishni kanda qilmang. Bu faqat sizga foyda, maslahat berayotgan odamga emas. Hozir Koreyada O’zbeklarimiz ko’paysa ko’payadiki, endi kamaymasa kerak. Ko’pchilik yoshlar, ba’zilari o’zini uddabiron deb biladiganlar kerakli joylarda o’tiribdi. Ba’zilari, pravasiz qo’lga tushgan, shilqimlik yoki tegajonlik qilgan, kuch ishlatgan, pul “yuvish” da ishtirok etgan, har xil “giyoh” qabul qilib qo’ygan, faqatgina sha’riy nikoh o’qitib, kayfini qilvogach taloqni birin ketin berib yotgan, klubda muammo chiqarib mahkamada o’ziga kelganlar va ish topib berib o’rtada pul yeb ketadigan va boshqalar tiqilib yotibdi men sizlarga aytsam. Yuqoridagilar turkumiga kirib qolishdan avval, ota-onangiz sizlarni nima maqsadda Koreyaga jo’natganini unutmang. O’zingizga achinmasangiz, sizlarni kutayorgan shu qorako’zlarning ahvolini o’ylang. Ba’zida shu haqiqatlarni yozib tursam kerak endi. @Elyorbilan #haqiqat@Elyorbilan #aktual@Elyorbilan

Muhim eslatma! Kanalimda manashunday joylanayotgan reklamalar Telegram tomonidan tog’ridan to’g’ri joylanayabdi. Ya’ni menga
+1
Muhim eslatma! Kanalimda manashunday joylanayotgan reklamalar Telegram tomonidan tog’ridan to’g’ri joylanayabdi. Ya’ni menga ko’rinmaydi. Bu reklamalarga meni umuman aloqam yo’q, keyinchalik ham aloqam bo’lmaydi. Reklama postini alohida #reklama@Elyorbilan orqali beraman. Qolganlarini barchasi soxta. Aldanib qolmang. @Elyorbilan #ogoh@Elyorbilan #aktual@Elyorbilan

photo content

Bir necha 10 yillardan so’ng O’zbekistonga qaytib, To’yib uhlay olmaganmiz o’sha kezlari, deb kulgu bilan eslaylik.
Bu yerga kelgan O’zbek borki, uyqudan voz kechadigan paytlari juda ko’p bo’ladi.

Ma’suliyat haqida Ba’zida yaxshi loyiha, ishlar chiqib qoladi. Shu ishga nomzod so’rab ham yozib turishadi. Agar haqiqatda men ishongan nomzod bo’lsa tavsiya qilaman. Ammo tavsiya qilishdan avval obdon o’ylayman. - Men tavsiya qilayotgan odam ma’suliyatlimi? Koreyslar, boshqa chet elliklar bilan ishlab shuni tushunib yetdimki, biz O’zbeklar ma’suliyat borasida o’z ustimizda biroz ishlashimiz kerak. Vaqtida ishga kelish, vadaga vafo qilish, “deadline” ga amal qilishdan tortib katta ishlargacha. Yuqoridagi qaysidur hislat sust bo’lsa, tinchgina meni bu ishga mos tanishim yo’q ekan deb qo’ya veraman. Kichik, elementar jihatlaringizgacha o’nglay olsangiz, sizga nafaqat o’zingiznikilar balki begonalar ham jiddiy ishonch bildira oladi. @Elyorbilan #masuliyat@Elyorbilan

Subyektiv haqida ▶️ Habaringiz bordir, bu safargi sonida men ham Subyektivning videosida ko’rinish berdim. Mendan kuchli “kondidant” lar ko’p edi, ammo quyidagi jihatlarni hisobga olib, meni tanlashganini tushundim. 1. Yo’nalishim vaksina. 2. Ijtimoiy faollikni afzal ko’rishim. Meni tavsiya qilganlarga ham rahmat. Videoda Koreyaning 🇰🇷 salbiy va ijobiy (imkoniyatlari) aytib o’tilgan. Bir narsani tog’ri tushunishingizni so’rardim. Koreyadagi raqobat, O’zbekistondan biroz kuchli va murakkab. Kichik Davlatda 50 mln nafar aholi yashab qolish uchun doimo harakatda bo’ladi. Shu sababdan ham video - kuzatuvchi nazdida, salbiy jihati ko’pdek tuyulishi mumkin. Koreyadagilarning aksariyati esa, videodagi ma’lumotlarini haqiqiyligini tasdiqlayabdi. Subyektiv nomi bilan subyektivdur, obyektiv yondashish oson emas. Subkeytiv Koreyaga kelganda, bir necha kun hamroh bo’lib yurdim. Kuzatuvim davomida shuni tushunib yetdimki, ularda na dam olish uchun, va na sayohat uchun vaqt bo’ldi. Tungi 00:00, 01:00 gacha video tasvir olindi. Ba’zida ovqatlanish ham chetga surildi. Tunda operatorlar kameralarni sozlash uchun ba’zida 3-4 soat uhlashga ulgurishdi xolos. Men tasavvur qilgandan ancha qiyin ekan. Videodan so’ng insonlarda quyidagi 3 jihat, o’yga solishini xohlardim. 1. Koreyaga “shunchaki” borib olsam bo’ldi emas, ozroq tushunchaga ega bo’lib, biroz tayyorgarlik ko’rib kelish 2. Farzandlarini Koreyaga jo’natayotgan ota-onalarga asli Koreyani qanday bo’lishini ko’rsatish va xulosaga chaqirishdan iborat. 3. Koreyaga nima maqsadda kelganini unutib qo’ymaslik. Shu sabab quyida You Tube video linkini ulashayabman, izohlar bo’limida o’z fikringizni bildirib o’tishingizni so’rardim. Yoki shu post ostida yozsangiz ham bo’ladi. Ijobiy va tanqidiy fikr egasi orasidan 1 kishini tanlab, ularga 15$ lik sovg’a yuboraman. Misol uchun: Umumiy qilib yozish kerak bo’ladi. 1. Ijobiy jihati shu: … 2. Tanqidiy jihati shu: … @Elyorbilan #Subyektiv@Elyorbilan

Inson ko’p bilim, ko’p pul topishi mumkin, Ammo xulqi go’zal bo’lmasa hurmat topa olmas ekan. #kunhikmati@Elyorbilan

Ish sabab, yoxud programma va tadbirlarda har xil insonlar bilan ko’rishaman. Ba’zilar bilan suxbatlashayotib, do’stlashishni va fikr almashishni davom ettirging keladi. Ammo ba’zilar borki, eshita turib - qanday qilib suxbatni tezroq yakunlasam bo’larkin deya o’yga botasan kishi.
Bugun ham o’xshash holat bo’ldi. Faqat qaysi biri ekanligini aytmayman:) Taxmin qilgandursiz ham.
@Elyorbilan

Yordamchimni yangiladim. Vanihoyat. 🙂
Yordamchimni yangiladim. Vanihoyat. 🙂

Shunchaki jim kuzatadigan odat chiqaribman. Ko’p ma’lumotlardan habardor bo’lish ham oson emas. Unga reaksiya qilmaslik undan
Shunchaki jim kuzatadigan odat chiqaribman. Ko’p ma’lumotlardan habardor bo’lish ham oson emas. Unga reaksiya qilmaslik undanda qiyin. Ma’suliyat ortishi bilan - har bir gap filtr qilinadi, oqibati o’ylanadi va oxiri gapirilmay qolib ketadigan holatlar ko’paydi. Bor e’tiborni faqat o’zimga qaratish esa, bu eng tog’ri yechim!

Mehmonlar kelib qolsa, Yodimda borida yozib qoldirayabman. Iyul boshida Turkiyadan shoshilinch Delegatsiya keladigan bo’lib q
+2
Mehmonlar kelib qolsa, Yodimda borida yozib qoldirayabman. Iyul boshida Turkiyadan shoshilinch Delegatsiya keladigan bo’lib qoldim. Ish bilan No’nsan shaxriga o’tishimiz kerak bo’lgan payt, halol joy qidirishga tushdim. Albaraka o’sha kuni dam olar ekan, o’rniga Yulduz milliy taomlarni band qilib qo’ydim. Borishdan avval bir necha bor telefonda eslatib, tayyorgarlikni tekshirib turdim. Tashrif buyurdik, hammasi kutganimdek, hatto a’lo desam ham bo’ladi. Mevalarni “assorti” qilib kesib tayyorlab qo’yib qo’yishibdi. Qisqa qilib aytganda, No’nsanga ishingiz tushsa umuman uyaltirib qo’ymaydigan joy ekan. Ayniqsa tagi shamli bo’lgan choynakda choy kelgani ayni muddao bo’ldi. Turk xatto Koreyslar ham bir necha choynakni bo’shatdik. Ha yana bir gap, sho’tga tashlab bering, yoki naqd bering deb boshimizni qotirishmagani uchun ham katta rahmat. Kompaniya bilan birga borganlar bu gapimni yaxshi tushunishadi. @Elyorbilan

Savollaringiz bo’lsa tayyorlab turing. Ataylab dam olish kuniga uyishtirilgan axir:)

▶️E'LON | JONLI EFIR BUGUN! Bugun kanalimizda jonli efir bo‘lib o‘tadi! Unda sizlarni qiziqtirgan quyidagi mavzular bo‘yicha savollarizga javob beramiz: 🔹 Viza masalalari (uzaytirish, almashtirish, rad etilish sabablari va h.k.) 🔹 Qonunbuzarliklar bilan bog‘liq muammolar 🔹 Politsiya, Immigratsiya, Prokuratura bilan bog‘liq har qanday savollarga javoblar. 🗓 Sana: 2025.08.02 — Shanba 🕘 Vaqt: Soat Koreya vaqti bn 21:00 📍 Joy: Shu telegramm kanalimizda — jonli efirda! @ganiev_tarjimon

Intervyu dan avval. Yaqinda bir joyga intervyuga chaqirishgan edi. Savollar soni taxminan 25 ta. Ammo quyidagisi biroz e’tibo
Intervyu dan avval. Yaqinda bir joyga intervyuga chaqirishgan edi. Savollar soni taxminan 25 ta. Ammo quyidagisi biroz e’tiborimni tortdi. Tayyorlanayotib, sizga ham ulashay dedim. Sizga ham xuddi shu savolni berishsa qanday javob berar edingiz? (shahar nomini o’zingiz yashayotganiga o’zgartirib javob bersangiz ham bo’ladi) @Elyorbilan

Koreys kursdoshim haqida Bundan 7 yil avval o’qishga endi kirgan kezlarim, Koreys kursdoshlar juda ko’p yordam bergan. Labora
Koreys kursdoshim haqida Bundan 7 yil avval o’qishga endi kirgan kezlarim, Koreys kursdoshlar juda ko’p yordam bergan. Laboratoriya bo’ladimi, kutubxonadan foydalanishmi yoki uyga vazifami birga qilib moslashishimga sharoit qilib berishgani kechagidek yodimda. Ular bilan bor yog’i 1 yil o’qigan bo’lsam ham, haligacha gaplashib turamiz. Shulardan biri, adolatsizlik yoki tushunmovchilik vaziyatlar kelib chiqsa, o’zi hal qilishga kirishar edi. Buni qarang, yaqinda Police bo’lib ishga kiribdi. Avvalni eslab, tabriklayotib, uni xarakteri bu ishga mosligini ham bildirib qo’ydim. Tug’ilgan kunlardami yoki boshqa bayramlarda, bir birimizga kichik sovg’alar “kakaodan” jo’natib turamiz. Mana shuni samimiy do’stlik desa ham bo’ladi. Sizlarda univer hayoti qanday o’tgan? Ijobiy fikr qoldirgan Koreys kursdoshlar bo’lganmi? @Elyorbilan #nostalgiya@Elyorbilan

Uzoq kutilgan yangilik. Ana endi ko’pchilik, ijtimoiy tarmoqlarda fatvo so’rashga, yoyinki fatvo berishga xojat qolmaydi. Axir ba’zilar usta-ku bu borada! Har soha maslahatini ilm egalari bergani maqsadga muvofiq bo’ladi.

Repost from WAYU Korea
#foydali FATVO MARKAZI XORIJDAGI VATANDOSHLAR UCHUN “CALL-MARKAZ” XIZMATINI YO‘LGA QO‘YDI O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Fatvo markazi ish yoki ta’lim olish maqsadida chet elda istiqomat qilayotgan yurtdoshlarimiz uchun o‘z xizmatlarini qulay shaklda taqdim etadi. Endilikda xorijdagi vatandoshlarimiz Telegram va WhatsApp ijtimoiy tarmoqlari orqali qo‘ng‘iroq qilib, diniy masalalar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga Fatvo markazi ulamolaridan javob olishlari mumkin. ✅ Bunda: - ortiqcha mobil trafik sarflanmaydi; - qimmat xalqaro qo‘ng‘iroqlardan halos bo‘linadi; - ishonchli va tezkor javoblar olinadi. Bog‘lanish uchun: @fatvo_call_1 (Telegram orqali) @fatvo_call_2 (Telegram orqali) +998917806633 (WhatsApp orqali) 🕗 Ish vaqti: 09:00 dan 17:00 gacha (Toshkent vaqti bilan) ❗️ Ta’kidlab o‘tamiz, mazkur xizmat faqat xorijdagi hamyurtlarimizga mo‘ljallangan. Haqqa rioya qilish esa dinimiz ko‘rsatmasidir. 🇺🇿 Yurtimizdagi mo‘min-musulmonlar esa Call-markazning 📞 +998781503344 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin. Instagram | Telegram | YouTube | Facebook