fa
Feedback
TTYSI • TITLI • ТИТЛП

TTYSI • TITLI • ТИТЛП

رفتن به کانال در Telegram

TTYSI rasmiy kanali Официальный канал ТИТЛП Veb-sayt www.ttysi.uz Facebook www.facebook.com/ttysi.uz Instagram www.instagram.com/ttysi_uz/ YouTube www.youtube.com/@ttysi_uz Murojaat uchun @suhrob_bek3

نمایش بیشتر
6 847
مشترکین
-1124 ساعت
-997 روز
-15430 روز
آرشیو پست ها
✔️🟦🟦🟦🟦🟦🟦 TANLOV QANDAY AMALGA OSHIRILADI? 1️⃣ my.uzbmb.uz platformasining “Oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga qabul”
✔️🟦🟦🟦🟦🟦🟦 TANLOV QANDAY AMALGA OSHIRILADI? 1️⃣ my.uzbmb.uz platformasining “Oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limiga kiring va “Xizmatdan foydalanish” tugmasi orqali “OTM tanlash” bo‘limiga o‘ting. 2️⃣ Dastlab “Tanlov ustuvorligi” hamda “Maqsadli qabul” bo‘yicha o‘z tanlovingizni belgilang. 3️⃣ Test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos ravishda 5 tagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini tanlang hamda kunduzgi, kechki yoki masofaviy ta’lim shaklini belgilang. 4️⃣ Ta’lim yo‘nalishlarini bitta yoki bir nechta oliy ta’lim muassasalari doirasida tanlash imkoniyati mavjud. 5️⃣ Tanlovni yakunlagach, “Saqlash” tugmasini bosing. Telefon raqamingizga yuborilgan SMS tasdiqlash kodini kiritish orqali ma’lumotlaringizni tasdiqlang. 6️⃣ Tasdiqlashdan so‘ng “Abituriyent qayd varaqasi” shakllanadi. Unda tanlov ustuvorligi, ta’lim shakli, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari aks etadi. Ushbu hujjatni yuklab olib saqlab qo‘yishingiz tavsiya etiladi. ⏺Eslatma: 2026-yil 8-avgustga qadar tanlovlaringizni istalgan vaqtda o‘zgartirishingiz hamda qayd varaqasini qayta yuklab olishingiz mumkin. ⏺Yakuniy tanlov natijalari ta’lim yo‘nalishlarini tanlash bosqichi yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi. #TTYSI_Qabul_2026 #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube

✔️📰📰📰📰📰📰📰 KARADENIZ TEXNIKA UNIVERSITETI BILAN TALABALAR ALMASHINUVI BO‘YICHA KELISHUVGA ERISHILDI Toshkent to‘qimachi
+3
✔️📰📰📰📰📰📰📰 KARADENIZ TEXNIKA UNIVERSITETI BILAN TALABALAR ALMASHINUVI BO‘YICHA KELISHUVGA ERISHILDI
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori Nodir Mirzayev hamda Turkiyaning Karadeniz Texnika Universiteti Muhandislik fakulteti dekani bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🗣Muloqot davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi akademik hamkorlikni kengaytirish, ta’lim sifati va xalqaro tajriba almashinuvini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. ⏺Uchrashuv yakunida kimyo texnologiyasi, materialshunoslik, mexanika muhandisligi, iqtisodiyot hamda menejment ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish yuzasidan o‘zaro kelishuvlarga erishildi. ⏺Mazkur kelishuv talabalar uchun xalqaro ta’lim muhitida tahsil olish, ilg‘or bilim va amaliy ko‘nikmalarni egallash, shuningdek, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi akademik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etishi kutilmoqda. #TTYSI_Xalqaro_Hamkorlik #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube

✔️📰📰📰📰📰📰📰 INSTITUT OLIMLARI KARADENIZ TEXNIKA UNIVERSITETINING ILMIY LABORATORIYALARI FAOLIYATI BILAN TANISHDI Toshken
+3
✔️📰📰📰📰📰📰📰 INSTITUT OLIMLARI KARADENIZ TEXNIKA UNIVERSITETINING ILMIY LABORATORIYALARI FAOLIYATI BILAN TANISHDI
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti delegatsiyasi Karadeniz Texnika Universitetiga tashrifi doirasida universitetning Kimyo fakultetidagi zamonaviy ilmiy laboratoriyalar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
⏺Ishtirokchilar Polimerlar kimyosi, Organik kimyo hamda Noorganik kimyo laboratoriyalarida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, zamonaviy ilmiy uskunalar, laboratoriya infratuzilmasi va innovatsion tadqiqot yo‘nalishlari bilan tanishdi. ⏺Uchrashuv davomida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, laboratoriyalar o‘rtasida tajriba almashish hamda professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar va tadqiqotchilar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. ⏺Mazkur tashrif Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti hamda Karadeniz Texnika Universiteti o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, zamonaviy ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish va xalqaro ilmiy aloqalarni yanada rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. #TTYSI_Xalqaro_Hamkorlik #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube

Bugun ish beruvchilarga qanday mutaxassislar kerak? Bugungi mehnat bozorida nazariy bilim bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalarga ega, mustaqil fikrlaydigan hamda zamon talablariga tez moslasha oladigan mutaxassislarga ehtiyoj yuqori. Xo‘sh, bugun oliygoh va texnikumlar bitiruvchilari bu talablarga qay darajada javob beradi? 27-iyuldan boshlab Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasini o‘tkazadi. Mazkur so‘rovnoma orqali ish beruvchilarning: ➖bitiruvchilarning kasbiy tayyorgarligi; ➖amaliy ko‘nikmalari va kompetensiyalari; ➖mehnat bozori talablariga mosligi haqidagi fikrlari o‘rganiladi. Hurmatli ish beruvchilar! So‘rovnomani o‘tkazish davomida Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining intervyuyerlari (volontyorlari) Siz bilan telefon orqali bog‘lanishadi. Sizdan so‘rovnomada ishtirok etish uchun bir necha daqiqa vaqtingizni ayamasligingizni so‘raymiz. Ertangi kadrlar sifati – bugun sizning fikringizdan boshlanadi! English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook

✔️🟦🟦🟦 TANLOVDA ADASHMANG! 🗣Bugun, 25-iyuldan boshlab test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar uchun oliy ta’lim mua
✔️🟦🟦🟦 TANLOVDA ADASHMANG! 🗣Bugun, 25-iyuldan boshlab test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar uchun oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlash jarayoni boshlandi. ⏺Abituriyentlar 5 tagacha oliy ta’lim muassasasi va bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlashlari mumkin. ⏺Tanlov my.uzbmb.uz platformasi orqali 2026-yil 8-avgustga qadar amalga oshiriladi. ⏺Belgilangan muddat yakunlangach tanlovga hech qanday o‘zgartirish kiritish imkoni bo‘lmaydi. ⏺Tanlovni shoshilmasdan amalga oshiring! Har bir yo‘nalish va ustuvorlikni diqqat bilan tahlil qiling. #TTYSI_Qabul_2026 #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube

✔️🟦🟦🟦🟦 ABITURIYENTLAR DIQQATIGA! “Ta’lim yo‘nalishi” ustuvorligini tanlaganlar uchun muhim ma’lumot 🗣2-bosqich tanlovida
✔️🟦🟦🟦🟦 ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!
“Ta’lim yo‘nalishi” ustuvorligini tanlaganlar uchun muhim ma’lumot
🗣2-bosqich tanlovida “Ta’lim yo‘nalishi” ustuvorligini tanlagan abituriyentlarning hujjatlari ular tanlagan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ketma-ketlik asosida ko‘rib chiqiladi. ⏺Agar abituriyentning to‘plagan ballari birinchi tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim granti yoki to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinish uchun yetarli bo‘lsa, uning natijasi aynan shu ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha e’lon qilinadi va keyingi tanlangan yo‘nalishlar bo‘yicha tanlovda ishtirok etmaydi. ⏺Agar birinchi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ball yetarli bo‘lmasa, tizim ikkinchi tanlangan ta’lim yo‘nalishini tekshiradi. Agar ball ushbu yo‘nalish bo‘yicha ta’lim granti yoki to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinish uchun yetarli bo‘lsa, natija shu yo‘nalish bo‘yicha e’lon qilinadi va keyingi tanlovlar ko‘rib chiqilmaydi. ⏺Shu tartibda abituriyent tanlagan 5 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi navbatma-navbat tekshiriladi. ⏺Agar abituriyentning to‘plagan ballari tanlangan beshala ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ham o‘qishga qabul qilinish uchun yetarli bo‘lmasa, uning test sinovi natijalari birinchi tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha e’lon qilinadi. ⏺Ma’lumot uchun: Agar abituriyent 5 tadan kam bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlagan bo‘lsa, tanlov faqat o‘zi tanlagan ta’lim yo‘nalishlari doirasida amalga oshiriladi. ⏺Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son qarori. #TTYSI_Qabul_2026 #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube

✔️🟦🟦🟦🟦 ABITURIYENTLAR DIQQATIGA! “Ta’lim granti” ustuvorligini tanlaganlar uchun muhim ma’lumot 🗣2-tanlovida “Ta’lim gra
✔️🟦🟦🟦🟦 ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!
“Ta’lim granti” ustuvorligini tanlaganlar uchun muhim ma’lumot
🗣2-tanlovida “Ta’lim granti” ustuvorligini tanlagan abituriyentlarning hujjatlari ular tanlagan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ketma-ketlik asosida ko‘rib chiqiladi. ⏺Agar abituriyentning to‘plagan ballari birinchi tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim granti asosida o‘qishga qabul qilinish uchun yetarli bo‘lsa, uning natijasi aynan shu yo‘nalish bo‘yicha e’lon qilinadi va keyingi tanlangan yo‘nalishlar bo‘yicha tanlovda ishtirok etmaydi. ⏺Agar birinchi yo‘nalish bo‘yicha grantga yetarli ball to‘planmagan bo‘lsa, tizim ikkinchi tanlangan ta’lim yo‘nalishini tekshiradi. Ball grant asosida qabul qilinish uchun yetarli bo‘lsa, natija shu yo‘nalish bo‘yicha e’lon qilinadi va keyingi tanlovlar ko‘rib chiqilmaydi. ⏺Shu tartibda abituriyent tanlagan 5 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi navbatma-navbat tekshiriladi. ⏺Agar abituriyentning ballari tanlangan beshala ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ham grant asosida o‘qishga qabul qilish uchun yetarli bo‘lmasa, u tanlagan yo‘nalishlar doirasida to‘lov-kontrakt asosida xuddi shu ketma-ketlikda tanlovda ishtirok etadi. 💬Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son qarori. #TTYSI_Qabul_2026 #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube

✔️📰📰📰📰📰📰📰 INSTITUT OLIMLARI KARADENIZ TEXNIKA UNIVERSITETINING ILMIY LABORATORIYASI FAOLIYATI BILAN TANISHDILAR Toshke
+5
✔️📰📰📰📰📰📰📰 INSTITUT OLIMLARI KARADENIZ TEXNIKA UNIVERSITETINING ILMIY LABORATORIYASI FAOLIYATI BILAN TANISHDILAR
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti olimlari Turkiyaning Karadeniz Texnika Universiteti huzuridagi Energiya tejovchi kompozitsion materiallar laboratoriyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
🗣Mazkur tashrif Turkiya Ilmiy va texnologik tadqiqotlar kengashi (TÜBİTAK) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Ekologik toza, barqaror, aqlli va moslashuvchan termopoyabzal: Oʻzbekistondagi jun asosida qulay termoregulyatsiyali gibrid tizimi” mavzusidagi “Oʻzbekiston–Turkiya” qoʻshma amaliy loyihasi doirasida tashkil etildi. ⏺Jarayonda laboratoriyaning zamonaviy ilmiy uskunalari, energiya tejovchi kompozitsion materiallarni yaratish texnologiyalari, ilmiy-tadqiqot ishlari hamda innovatsion ishlanmalarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan faoliyat yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. ⏺Shuningdek, tomonlar qo‘shma loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ilmiy izlanishlar, tajriba-sinov ishlari va istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashdilar. Ilmiy uchrashuv davomida zamonaviy texnologiyalar asosida ekologik toza va energiya samarador mahsulotlarni yaratish bo‘yicha tajriba almashishning ahamiyati alohida ta’kidlandi. ⏺Mazkur tashrif O‘zbekiston va Turkiya olimlari o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlash, ilg‘or tajribalarni o‘rganish hamda innovatsion tadqiqotlarni rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi. #TTYSI_Xalqaro_Hamkorlik #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube

✔️🟦🟦🟦🟦 ABITURIYENTLAR DIQQATIGA! 🗣Test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar to‘plagan ballari asosida 2-bosqich tan
✔️🟦🟦🟦🟦 ABITURIYENTLAR DIQQATIGA! 🗣Test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar to‘plagan ballari asosida 2-bosqich tanlovda ishtirok etishlari mumkin. ⏺Test sinovlarining 10-kuni natijalari 24-iyul kuni e’lon qilingach, 25-iyuldan 8-avgustga qadar (shu kuni ham) abituriyentlar o‘z tanlovlarini amalga oshirishlari mumkin. ⏺2-bosqich tanlovida abituriyentlar: • ta’lim muassasasini; • ta’lim yo‘nalishini; • ta’lim ustuvorligini; • ta’lim shaklini tanlaydilar.

✔️📰📰📰📰📰📰📰 O‘ZBEKISTON–TURKIYA QO‘SHMA ILMIY LOYIHASI DOIRASIDA TADQIQOTLAR NATIJALARI MUHOKAMA QILINDI Turkiyaning Ilm
+3
✔️📰📰📰📰📰📰📰 O‘ZBEKISTON–TURKIYA QO‘SHMA ILMIY LOYIHASI DOIRASIDA TADQIQOTLAR NATIJALARI MUHOKAMA QILINDI
Turkiyaning Ilmiy va texnologik tadqiqotlar kengashi (TÜBİTAK) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Ekologik toza, barqaror, aqlli va moslashuvchan termopoyabzal: Oʻzbekistondagi jun asosida qulay termoregulyatsiyali gibrid tizimi” mavzusidagi “Oʻzbekiston–Turkiya” qoʻshma amaliy loyihasi doirasida navbatdagi ilmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🗣Unda Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat institutining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori Nodir Mirzayev, Turkiyaning Karadeniz Texnika Universiteti olimlari hamda loyiha ishtirokchilari qatnashib, tadqiqotlarning amalga oshirilish rejasi, bajarilgan ilmiy izlanishlar natijalari va istiqboldagi vazifalarni atroflicha muhokama qildilar. ⏺Muhokamalar davomida loyiha doirasida ekologik toza va barqaror materiallardan foydalanish, jun asosidagi termoregulyatsiyali gibrid tizimni yaratish, innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etish hamda ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. ⏺Mazkur qo‘shma loyiha ikki davlat olimlari o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlash, innovatsion tadqiqotlarni rivojlantirish hamda yengil sanoat tarmog‘i uchun zamonaviy va raqobatbardosh mahsulotlar yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. #TTYSI_Xalqaro_Hamkorlik #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube

✔️🟦🟦 TARAQQIYOTNING INTELLEKTUAL USTUNI “Xalq so‘zi” gazetasining 2026-yil 23-iyul sonida Toshkent to‘qimachilik va yengil
✔️🟦🟦 TARAQQIYOTNING INTELLEKTUAL USTUNI
“Xalq so‘zi” gazetasining 2026-yil 23-iyul sonida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining birinchi prorektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Baxtiyor Nasimovning “Taraqqiyotning intellektual ustuni” nomli maqolasi chop etildi.
🗣Mazkur maqolada Mustaqillik yillarida, ayniqsa, so‘nggi yillarda institutda ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish, ilmiy salohiyatni yuksaltirish, zamonaviy infratuzilmani shakllantirish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va ularning samaralari haqida so‘z yuritiladi. ⏺Ta’kidlanishicha, bugungi kunda institutda 40 ta bakalavriat, 23 ta magistratura va 17 ta doktorantura yo‘nalishida 10 mingga yaqin talaba tahsil olmoqda. Bu ko‘rsatkichlar ortida mamlakatimiz sanoati uchun zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega, xalqaro mehnat bozorida raqobatlasha oladigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdek ustuvor maqsad mujassam. ⏺Maqolada, shuningdek, so‘nggi yillarda institutning 17 ta kafedrasi to‘liq modernizatsiya qilingani, zamonaviy laboratoriyalar tashkil etilgani hamda o‘quv jarayoniga yangi avlod texnologik jihozlari joriy etilgani qayd etiladi. Natijada talabalar nazariy bilim bilan bir qatorda ishlab chiqarish jarayoniga yaqin sharoitda amaliy tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. ⏺Xalqaro hamkorlik yo‘nalishida ham salmoqli natijalarga erishilgan. Hozirgi kunda institut dunyoning 31 ta davlatidagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan barqaror hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Professor-o‘qituvchilarning xorijda malaka oshirishi, talabalar akademik almashinuv dasturlarida ishtirok etishi, qo‘shma ta’lim dasturlari va ilmiy loyihalar sonining ortib borayotgani institutning xalqaro nufuzini mustahkamlamoqda. ⏺Mazkur sa’y-harakatlar xalqaro reytinglarda ham o‘z ifodasini topgan. Xususan, institut ilk bor “Times Higher Education Impact Rankings” reytingidan o‘rin oldi hamda “UI GreenMetric World University Rankings” reytingida dunyoning ekologik barqaror oliy ta’lim muassasalari safidan joy egalladi. #TTYSI_OAV #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube

Repost from Edu.uz
#Qabul2026 #Magistratura Xorijiy tilda tahsil olgan bakalavrlar magistraturaga hujjat topshirishda xorijiy til sertifikatini
#Qabul2026 #Magistratura Xorijiy tilda tahsil olgan bakalavrlar magistraturaga hujjat topshirishda xorijiy til sertifikatini taqdim etishdan ozod etiladi 2026/2027-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim dasturini xorijiy tillarning birida (ta’lim tili xorijiy til bo‘lgan holda) tamomlagan bitiruvchilar magistraturaga hujjat topshirishda xorijiy tilni bilish to‘g‘risidagi milliy yoki xalqaro sertifikatni taqdim etishdan ozod etiladi. Mazkur tartib quyidagi holatlarda qo‘llaniladi:bakalavriat taʼlim dasturini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 24-maydagi 3515-son qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatida qayd etilgan 16 ta xorijiy tilning birida tamomlagan bo‘lsa;   ➖ abituriyent bakalavriatga qabul qilingan yildagi tasdiqlangan qabul parametrlariga muvofiq aynan shu ta’lim tilida tahsil olgan va bakalavr diplomi ilovasida ta’lim tili xorijiy til ekani qayd etilgan bo‘lsa. 📌 Agar bakalavr diplomi ilovasida ta’lim tili ko‘rsatilmagan bo‘lsa, bakalavriat ta’lim dasturi xorijiy tilda o‘zlashtirilganligi oliy ta’lim tashkiloti tomonidan taqdim etilgan ma’lumotnoma asosida ko‘rib chiqiladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

✔️🟦🟦🟦 🗣Institut faoliyati va qabul jarayonlariga oid eng so‘nggi ma’lumotlarni rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring. ⏺Qabul jarayonlari bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa, Call-markaziga murojaat qilishingiz mumkin. 📞Call-markaz telefon raqamlari: +998555127000 +998555146611 #TTYSI_Qabul_2026 #TTYSI #TITLI #ТИТЛП
RASMIY SAHIFALAR
Instagram|Web-site|Facebook|YouTube

Repost from Edu.uz
#Vazir_maqolasi Oliy ta’lim tizimida tyutorlik instituti samaradorligini oshirish 🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazir
#Vazir_maqolasi Oliy ta’lim tizimida tyutorlik instituti samaradorligini oshirish 🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan tashkil etilgan “Tyutor” ilmiy-amaliy elektron jurnalining 1-sonida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning ushbu mavzudagi maqolasi e’lon qilindi. 📘 To‘liq maqolani jurnalning 6-sahifasida o‘qing 🔗 https://online.pubhtml5.com/hrcop/rhkm/
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

✔️🟦🟦🟦 ELDOR SHOMURODOVNI QO‘LLAB-QUVVATLAYLIK! 🗣O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov tomonidan urilg
✔️🟦🟦🟦 ELDOR SHOMURODOVNI QO‘LLAB-QUVVATLAYLIK! 🗣O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov tomonidan urilgan ajoyib gol FIFA tomonidan “Turnirning eng chiroyli goli” (Goal of the Tournament) nominatsiyasiga tavsiya etildi. ⏺Ovoz berish 27-iyulga qadar davom etadi. ⏺Eldor Shomurodovni qo‘llab-quvvatlash uchun quyidagi amallarni bajaring: 1. FIFA rasmiy sahifasiga kiring. 2. Nomzodlar orasidan Eldor Shomurodovning golini tanlab, “VOTE” tugmasini bosing. 3. Ovoz berishni yakunlash uchun FIFA ID akkauntingizga kiring yoki tezkor ro‘yxatdan o‘ting. ⏺Keling, hamyurtimizni birgalikda qo‘llab-quvvatlaylik va uning goli turnirning eng chiroyli goli deb topilishiga o‘z hissamizni qo‘shaylik! #TTYSI_JCH_2026 #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube

Repost from Edu.uz
#Kvota #Qabul2026 2026/2027-o‘quv yili qabuli bo‘yicha muhim yangilik O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi qaroriga muvofiq, 2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat va magistratura bosqichlari bo‘yicha qabul parametrlari tasdiqlandi.
Bakalavriat (kunduzgi): qabul kvotalari Bakalavriat (kechki): qabul kvotalari Bakalavriat (masofaviy): qabul kvotalari Magistratura (kunduzgi): qabul kvotalari Magistratura (kechki): qabul kvotalari Magistratura (masofaviy): qabul kvotalari Davlat granti ulushi (chegarasi) Ayrim ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul taqsimoti Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun 2% grant kvotasi Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lganlar uchun 1% grant kvotasi Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlari uchun 5% grant kvotasi Harbiy xizmatchilar farzandlari uchun grant kvotalari Harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar (kunduzgi) Harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar (kechki) Harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar (masofaviy) Bojxona organlari xodimlari farzandlari uchun kvota “Ijtimoiy reyestr” oilalari farzandlari uchun kvota O‘rmonchilar va ularning farzandlari uchun kvota Xorijdagi yosh vatandoshlar uchun kvota 5 yillik ish stajiga ega fuqarolar uchun tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar Maktab ta’limi uchun maqsadli qabul Sog‘liqni saqlash sohasi uchun maqsadli qabul San’at sohasi uchun maqsadli qabul Dual ta’lim: pedagog kadrlar qabuli Maktab o‘qituvchilari uchun magistratura (masofaviy) 5 yillik ish stajiga ega xotin-qizlar uchun qabul Xotin-qizlar uchun qo‘shimcha davlat grantlari Green University grant kvotalari Qirg‘iziston fuqarolari uchun grant kvotalari Qozog‘iston fuqarolari uchun grant kvotalari Tojikiston fuqarolari uchun grant kvotalari Mo‘g‘uliston fuqarolari uchun grant kvotalari IT va sun’iy intellekt yo‘nalishlari uchun grantlar 35% oshirilgan qabul ko‘rsatkichlari
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

✔️✅✅✅✅ TALABALAR TURAR JOYI YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORLANMOQDA Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida talabalar t
+4
✔️✅✅✅✅ TALABALAR TURAR JOYI YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORLANMOQDA
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida talabalar turar joylarini 2026/2027-o‘quv yiliga tayyorlash ishlari izchil davom etmoqda.
🗣Institutning birinchi prorektori Baxtiyor Nasimov talabalar turar joylarida olib borilayotgan tayyorgarlik jarayonlarini ko‘zdan kechirib, mas’ullar bilan amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qildi. O‘rganish davomida binolarda olib borilayotgan ta’mirlash ishlari, yashash xonalarining holati, sanitariya-gigiyena sharoitlari, muhandislik-kommunikatsiya tizimlari hamda talabalar uchun yaratilayotgan qulayliklar yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi. ⏺Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning yashash sharoitlarini yanada yaxshilash hamda zamonaviy infratuzilmani shakllantirishga qaratilgan yangi loyihalarning amalga oshirilish jarayonlari ham muhokama qilindi. ⏺O‘rganish yakunida mas’ullarga ta’mirlash ishlarini belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash, talabalar turar joylarini yangi o‘quv yiliga to‘liq tayyor holatga keltirish, mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash hamda talabalar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha aniq vazifalar yuklatildi. #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube

✔️✅✅✅✅ YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK VA MUHIM VAZIFALAR MUHOKAMA QILINDI Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutid
+6
✔️✅✅✅✅ YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK VA MUHIM VAZIFALAR MUHOKAMA QILINDI
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida yangi 2026/2027-o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda qabul jarayonlarining borishi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
🗣Yig‘ilishga institutning birinchi prorektori Baxtiyor Nasimov raislik qildi. Unda yangi o‘quv yilini yuqori saviyada tashkil etish, o‘quv binolari va auditoriyalarni tayyorlash, professor-o‘qituvchilar hamda tarkibiy bo‘linmalarning tayyorgarlik darajasi, shuningdek, qabul jarayonlarining amaldagi tartib asosida ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida olib borilishi yuzasidan mas’ullarning hisobotlari tinglandi. ⏺Shuningdek, yig‘ilish davomida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan bayram tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish, ularni mazmunli va yuksak saviyada tashkil etish masalalari ham muhokama qilindi. Bayram tadbirlarini puxta rejalashtirish, ma’naviy-ma’rifiy va madaniy dasturlarni sifatli tashkil etish hamda jamoatchilik ishtirokini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. ⏺Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi. #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube

✔️🟦🟦🟦🟦🟦 ABITURIYENTLAR DIQQATIGA 🗣Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutiga 2025/2026-o‘quv yili uchun kirish
+2
✔️🟦🟦🟦🟦🟦 ABITURIYENTLAR DIQQATIGA 🗣Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutiga 2025/2026-o‘quv yili uchun kirish ballari bilan tanishing! ⏺O‘zingiz tanlagan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘tgan yilgi minimal va maksimal kirish ballari bilan tanishing. ⏺Sizni zamonaviy ta’lim, amaliy tajriba va keng imkoniyatlar kutmoqda. ⏺Kelajagingizni bugundan yarating! #TTYSI_Qabul_2026 #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube

✔️🟦🟦🟦🟦🟦 MATEMATIKA, FIZIKA, KIMYO VA BIOLOGIYA FANLARIDAN IMTIHON TOPSHIRADIGAN ABITURIYENTLAR BORMI?
Kelajagingizni zamonaviy muhandislik, ishlab chiqarish va innovatsion texnologiyalar bilan bog‘lashni istaysizmi? Unda, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Sanoat texnologiyalari va mexanika fakulteti siz uchun to‘g‘ri tanlov!
🗣1932-yilda tashkil etilgan mazkur fakultet qariyb bir asr davomida mamlakatimiz sanoati uchun minglab malakali muhandis va mutaxassislarni tayyorlab kelmoqda. ⏺Joriy yilda fakultetda quyidagi 7 ta istiqbolli ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha qabul amalga oshirilmoqda: - Atrof-muhit muhandisligi - Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi - Hayot faoliyati xavfsizligi - Ishlab chiqarish muhandisligi - Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi - Sanoat muhandisligi va menejmenti - Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish ⏺Talabalar zamonaviy laboratoriyalar va o‘quv-amaliy bazalarda tahsil olib, ishlab chiqarish korxonalarida amaliyot o‘tash hamda dual ta’lim tizimi orqali kasbiy tajriba orttirish va daromad qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. ⏺Bitiruvchilar sanoat korxonalari, ishlab chiqarish majmualari, ekologiya va mehnat muhofazasi tashkilotlari, avtomatlashtirish tizimlari, loyiha institutlari hamda yirik mahalliy va xorijiy kompaniyalarda faoliyat yuritish imkoniyatiga ega. 💬SANOAT TEXNOLOGIYALARI VA MEXANIKA FAKULTETIMUHANDISLAR MASKANI #TTYSI_Qabul_2026 #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube