cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Quva 37-maktab yangiliklari

✅Quva tumani maktabgacha va maktab ta'lim bo'limi tasarrufidagi 37-umumiy o'rta ta'lim maktabi rasmiy kanali ✅Bizni kuzatib borishda charchang! 👇👇👇

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
255
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
+27 روز
-130 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

#Farg'ona viloyati Quva tumani maktabgacha va maktab ta'lim bo'limi tasarrufidagi 37-umumiy o'rta ta'lim maktabida Farg'ona Davlat Universiteti bilan hamkorlik bo'yicha maktabimizning sobiq o'quvchisi, Pedadogika va psixologiya kafedrasi katta o'qituvchi Rustamova Davlatxon Toyirjon qizi va Navoiy nomidagi davlat stependianti, Farg'ona davlat universiteti Pedagogika va psixologiya kafedrasi Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi 4-bosqich talabasi Ergasheva Durdona Safarali qizi bilan ochiq davra suhbati o'tkazildi. Maktab kutubxona fondiga o'zlarining qiziqarli o'quv qo'llanmalari, badiiy va ertak kitoblar jamlanmasi topshirdilar. Ochiq davra suhbati kitobxonlik targ'ibotiga aylanib ketdi. Maktabning Boshlang'ich sinf ustozlari uchun kerak bo'ladigan ko'rgazmalar va metodik qo'llanmalar taqdim etishdi. Maktabimizning shunday sobiq o'quvchilarimiz borligidan fahrlanamiz!
نمایش همه...
👍 2🤣 1
15.05.2024. Quva tumani MMTB 37-umumiy o'rta ta'lim maktabida tongi saflanish jarayonida O'zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi o'qituvchi hamda o'quvchilar tomonidan kuylanib dars mashg'ulotlari yuqori kayfiyatda boshlandi.
نمایش همه...
👍 2
⚡️O'QUVCHILAR IJARAGA BЕRILGAN DARSLIKLARNI YO'QOTIB QO'YSA YЕTKAZILGAN ZARAR QANDAY QOPLANADI? “Umumta'lim maktablarini darsliklar va o'quv-mеtodik qo'llanmalar bilan ta'minlash tartibi to'g'risidagi nizom”ga muvofiq darsliklar yoki o'quv-mеtodik qo'llanmalardan foydalanish usulidan qat'i nazar, ular yo'qolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kеlib qolgan taqdirda, o'quvchining ota-onasi yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar yoxud homiylar yoki o'qituvchilar zararni huddi shunday darslik yoki o'quv-mеtodik qo'llanmalar bilan qoplaydi yoxud uning birlamchi hujjatlarda (hisob-fakturada, yuk xatida) ko'rsatilgan qiymatini  to'lashi shart. O'quvchilarning ota-onasi yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar yoxud homiylar yoki o'qituvchilar zararni quyidagi miqdorlarda to'laydi: ✅1 sinf o'quvchilarining har bir darslik yoki o'quv-mеtodik qo'llanmalari uchun — uning bir baravari miqdorida; ✅2 - 4 sinf o'quvchilarining har bir darslik yoki o'quv-mеtodik qo'llanmalari uchun — uning ikki baravari miqdorida; ✅5 - 11 sinf o'quvchilarining har bir darslik yoki o'quv-mеtodik qo'llanmalari uchun — uning to'rt baravari miqdorida. Umumta'lim maktabi kutubxona jamg'armasidagi darsliklar va o'quv-mеtodik qo'llanmalar hisobining yuritilishi, ulardan foydalanilishi, ularning saqlanishi, ular bo'yicha to'lov hujjatlarining mavjudligi va harakati, shuningdеk o'quvchilar orasida darsliklarni avaylab-asrash tuyg'usini rivojlantirishga yo'naltirilgan tarbiyaviy ishlar umumta'lim maktablarining kutubxonachilari tomonidan olib boriladi. 💰Oylik bot O‘qituvchilar uchun barcha hujjatlar shu kanalda!✅️ 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/uqituvchiga_hujjat
نمایش همه...
Oylik bot

O‘qituvchilar oyligini hisoblab beruvchi mahsus bot! Reklama hizmati: @reklama_da

👍 2
14.05.2024. Quva tumani MMTB 37-umumiy o'rta ta'lim maktabida tongi saflanish jarayonida O'zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi o'qituvchi hamda o'quvchilar tomonidan kuylanib dars mashg'ulotlari yuqori kayfiyatda boshlandi.
نمایش همه...
Repost from Xushnudbek.uz
⚡O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko’tariladi #abituriyent O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish bali 2 bosqichda oshiriladi, deya xabar bermoqda O’zA. Bunda: sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball; boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi. Amalda barcha yo‘nalishlar uchun – 56,7 ball edi. 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...
Repost from Xushnudbek.uz
⚡Magistratura va doktoranturaga ayrim yo’nalishlarda xorijiy til bilish sertifikati B1 darajaga pasaytirildi Bunda quyidagi tartib o’rnatiladi:ta’lim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar uchun sertifikat talabi bekor qilinadi; ⬇️ soha xususiyatidan kelib chiqib madaniyat, san’at, sport, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ishlab chiqarish, muhandislik ishi, qishloq xo‘jaligi, veterinariya, arxitektura va qurilish, fizika va tabiiy fanlar, transport xizmatlari yo‘nalishlari bo‘yicha sertifikat talabi bir pog‘ona – B1 darajasiga tushiriladi. ✅ Quyidagilar saqlanib qoladi: Xorijiy tillar yo‘nalishlarida esa C1 daraja; aniq fanlar, biologiya, matematika, huquq, jurnalistika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va iqtisodiyot yo‘nalishlarida B2 daraja saqlanadi. 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...
👍 1
Repost from Xushnudbek.uz
‼️Ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni tugatgandan so‘ng 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi. 🏫 Manba: O’zA 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...
Repost from YURIST MASLAHATI
⚡️ 5 йил стажи бор хотин-қизларга тавсиянома олиш учун аризалар қабули бошланди Мутахассислиги бўйича камида 5 йил меҳнат стажи мавжуд, бироқ олий маълумотга эга бўлмаган хотин-қизлар давлат олий таълим муассасаларига алоҳида қабул параметрлари (жами 500 та квота) доирасида тўлов-контракт асосида ўқишга қабул қилиниши белгиланган. Ушбу имтиёздан фойдаланмоқчи бўлган хотин-қизлар Оила ва хотин-қизлар қўмитасининг тавсияномасига эга бўлишлари лозим. 📝 Талабгорлар жорий йилнинг 1-июнига қадар (шу куни ҳам) ариза билан доимий яшаш ёки вақтинча рўйхатда турган жойидаги туман (шаҳар) Ишчи гуруҳларига қуйидаги ҳужжатларни тақдим этиши керак: ➖ фуқаролик паспорти ёки ID карта нусхаси; ➖ меҳнат дафтарчаси (электрон меҳнат дафтарчаси)дан кўчирма; ➖ ўрта-махсус ёки профессионал таълим бўйича диплом. ✅ БУ МУҲИМ: тавсиянома олдим, дегани ўқишга кирдим, дегани эмас. Бунинг учун сиз етарли даражада баландроқ балл тўплашингиз ҳам керак. Ушбу тавсияномани олган хотин-қизлар мабодо ўқишдан йиқилса, яна бир марта имкониятга эга бўлади ва барча йиқилган тавсияномалилар орасида 500 та ўриндан бири орқали контрактга ўқишга кириши мумкин. Тавсиянома олиш учун талабгорлар қуйидаги мезонларнинг барчасига мувофиқ келиши керак: 👉 ўрта махсус ёки профессионал таълим бўйича мутахассисликка эга бўлиши; 👉 тавсиянома олгунга қадар олий таълим олмаганлиги ёки олмаётганлиги; 👉 ўрта махсус ёки профессионал таълим мутахассислиги бўйича камида 5 йиллик меҳнат стажига эга бўлиши. Талабгорлар томонидан тақдим этилган ариза ва ҳужжатлар туман (шаҳар) Ишчи гуруҳлари томонидан ўрнатилган тартибда 1-7-июн кунлари кўриб чиқилади ва тавсиянома бериш ёки тавсиянома беришни рад этиш тўғрисида хулоса қабул қилинади. Саволингизни: @yuristgamurojaat гa қолдиринг 👉 @yuristlar_maslahati 👈
نمایش همه...
#ҳаёт_ҳикмати 📚 Одамгарчиликка интилиш инсонни барча ёмонликлардан қайтаради. ✍️ Конфуций 🚀 Rasmiy kanalimiz: https://t.me/marifatli_fargona
نمایش همه...