53-DIUM RASMIY
رفتن به کانال در Telegram
628
مشترکین
+124 ساعت
-27 روز
-930 روز
آرشیو پست ها
Тил билган эл билади – "Хорижий тилларни ўқитиш бўйича энг яхши мактаб" танлови ғолиблари тантанали кутиб олинди.
👉 @chortoqliklarbugun
Repost from Chortoqliklar BUGUN
+3
Ғолиблар тантанали
кутиб олинди.
Бугун Хорижий тилларни ўқитиш бўйича энг яхши мактаб танлови Республика босқичида 2-ўринни эгаллаган ҳамда
400 миллион пул мукофотини қўлга киритган Чортоқ туманидаги 53-мактаб жамоасини тантанали кутиб олиш маросими бўлиб ўтди.
Ушбу тантанада сўз олган , туман ҳокими Илҳомжон Саттаров , бу каби илмли ёшларимизни сафлари янада кенгайиши шунингдек , жамоани ютуғини алохида эътироф этди.
Тадбир давомида жамоа вакиллари туман ҳокими томонидан қимматбаҳо эсталик совғалари билан тақдирланди.
Видеолавҳалар тез фурсатларда.
👉 @chortoqliklarbugun
Repost from Çortoq tumani hokimligi | rasmiy kanali
+9
#Oфарин
Тил билган эл билади – "Хорижий тилларни ўқитиш бўйича энг яхши мактаб" танлови ғолиблари тантанали кутиб олинди
Юртимиздаги умумтаълим мактаблари ўқувчиларини чет тилларига ўқитиш борасида хайрли ишлар қилинмоқда. "Хорижий тилларни ўқитиш бўйича энг яхши мактаб" кўрик-танлови анъанавий равишда ўтказилаётгани бунга ёрқин далил.
Президент соврини учун ўтказилган ушбу танловнинг республика босқичида Чортоқ туманидаги 53-мактаб жамоаси фахрли 2-ўринни эгаллаб, 400 миллион сўм пул мукофоти ҳамда хорижга саёҳат йўлланмасини қўлга киритди.
Бугун танлов ғолиблари туман ҳокими Илҳомжон Саттаров бошчилигида тегишли мутасаддилар, устоз-муаллимлар, ўқувчи-ёшлар, кенг жамоатчилик томонидан тантанали кутиб олинди.
Тадбирда туман ҳокими сўз олиб, мактаб жамоасининг навбатдаги муваффақияти билан муборакбод этиб, бу каби илмли ёшларимиз сафи янада кенгайишига тилак билдирди. Жамоа вакилларини қимматбаҳо совға ва китоблар билан тақдирлади.
Чортоқ тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати
Repost from Hilola Umarova
Bugun “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovining taqdirlash marosimini oʻtkazdik.
Mazkur tanlov qisqa muddatda ommalashib ulgurdi. Raqamlarga murojaat qilsak, 2023/2024 oʻquv yilida oʻtkazilgan tanlovda 6 442 ta maktabning 32 210 nafar oʻquvchisi qatnashgan. Oʻtgan davr mobaynida tanlovda 110 mingga yaqin oʻquvchilar oʻz bilimlarini namoyon etdi.
Oʻn minglab qorakoʻzlarimiz qamrab olingan tanlovning yakuniy final bosqichiga yetib kelishning oʻzi katta gʻalaba.
Gʻoliblar, bugungi kun qahramonlarimiz bilan tanishing:
1-oʻrin Jizzax viloyati, Jizzax shahri 22-maktab jamoasi,
2-oʻrin Namangan viloyati, Chortoq tumani 53-IDUM jamoasi,
3-oʻrin Toshkent shahri, 110-IDUM jamoasiga nasib etdi.
Gʻoliblarga medallar hamda egallagan oʻrniga mos ravishda 300 mln soʻm, 400 mln soʻm hamda 500 mln soʻmlik pul mukofotlari topshiriladi.
Shuningdek, Prezident sovgʻasi sifatida Respublika bosqichi barcha ishtirokchilari va ularning ustozlari, jami 84 nafar oʻquvchi va pedagoglar oʻz bilim va koʻnikmalarini rivojlantirish uchun xorijga taʼlim sayohatiga yuboriladi.
Shuni bemalol aytish mumkinki, ushbu tanlov sabab xorijiy tillarni oʻrganish jarayoni maktablarimizda umummilliy harakatga aylandi.
Yana bir quvonarli statistikani keltirsam, chet tilini bilish sertifikatiga ega boʻlgan maktab bitiruvchilari soni oxirgi ikki yilda 6 mingdan 18 ming nafarga yetdi.
Bugungi tanlovda gʻolib boʻlgan barchani tabriklayman. Aziz yoshlar, oʻquvchilar xorijiy tillarni oʻrganishdan charchamang!
📣📣📣📣📣📣📣📣📣📣📣📣📣
Hurmatli kanalimiz kuzatuvchilari!!!
Maktabimiz o‘quvchilarining bugungi yutuqlarini sizga ham ilindik
"Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovida
Tuman bosqichi
🏆2022-yil 1-o‘rin 53-DIUM
Tuman bosqichi
🏆2023-yil 1-o‘rin 53-DIUM
Tuman bosqichi
🏆2024-yil 1-o‘rin 53-DIUM
Viloyat bosqichi
🏆2024--yil 1-O‘RIN 53-DIUM
RESPUBLIKA BOSQICHI
🏆2024-yil 2-O‘RINNI QO‘LGA KIRITDI!
👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏
53-DIUM RASMIY
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/+o0dtux28HCs5M2Qy
📣📣📣📣📣📣📣📣📣📣📣📣📣
Hurmatli kanalimiz kuzatuvchilari!!!
Maktabimiz o‘quvchilarining bugungi yutuqlarini sizga ham ilindik
"Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovida
🏆2022-yil 1-o‘rin 53-DIUM
🏆2023-yil 1-o‘rin 53-DIUM
🏆2024-yil 1-o‘rin 53-DIUM
🏆2024--yil VILOYAT bosqichi
1-O‘RIN
🏆2024-yil RESPUBLIKA bosqichida 2-O‘RINni qo‘lga kiritdi.
👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏
53-DIUM RASMIY
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/+o0dtux28HCs5M2Qy
+1
🏢53-sonli maktab
🔔Yangi o‘quv yilini yangi g‘alaba bilan 📣📣📣📣📣📣📣📣📣📣
Maktabimiz o‘quvchilari Respublika bosqichida faxrli 2- o‘rinni egallashdi. Bu bilan Namangan viloyati, Chortoq tumani hamda maktab jamoasini, o‘quvchilarning ota-onalarini tabriklaymiz.
Ushbu g‘alaba yil davomi bardavom bo‘lsin.
📣📣📣📣📣📣📣📣📣📣📣📣
Bizning kanalga obuna bo'ling.
53-DIUM RASMIY
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/+o0dtux28HCs5M2Qy
Repost from Ta’lim24.uz
#Xorijiy_tillar
📣📣 Yakuniy natijalarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o'tkazilgan "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining final bosqichida:
🥇Jizzax viloyati, Jizzax shahri 22-maktab jamoasi 1-o‘rinni,
🥈Namangan viloyati, Chortoq tumani 53-IDUM jamoasi 2-o‘rinni,
🥉Toshkent shahri, 110-IDUM jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Til ko‘nikmalari nominatsiyalari bo‘yicha:
➖ “The best writer” — Jizzax viloyati, Jizzax shahri 22-maktab o‘quvchisi Shahina Bahodirova
➖ “The best speaker” — Surxondaryo viloyati, Denov tumani, 74-maktab o‘quvchisi Mirabror Rajabboyev
➖ “The best reader” — Toshkent viloyati, Olmaliq shahri 5-maktab o‘quvchisi Imronbek Abdurafikov
➖ “The best listener” — Namangan viloyati, Chortoq tumani 53-IDUM o‘quvchisi Boburjon Akramov va Toshkent shahri, Mirobod tumani 110-IDUM o‘quvchisi Aleksandr Shutov g'olib deb topildi.
👉 JONLI EFIR
______
📍 Taqdirlash marosimi Toshkent shahridagi Simpoziumlar saroyida bo‘lib o‘tmoqda.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
✨ 2024 yilgi saylovlar aralash saylov tizimidan foydalangan holda o‘tkaziladi.
Xo’sh, aralash saylov tizimi o’zi nima? Bu yilgi saylovlar qanday o’tkaziladi?
➡️ Tafsilotlar videoda.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг таклифига биноан Озарбайжон Республикаси Президенти Илҳом Алиев 22-23 август кунлари давлат ташрифи билан мамлакатимизда бўлади.
—
По приглашению Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева Президент Азербайджанской Республики Ильхам Алиев 22–23 августа посетит нашу страну с государственным визитом.
Наманган вилояти Чортоқ туманидаги 53-сонли таянч мактабида Сингапурнинг халқаро таълим ташкилоти дастури асосида 3-босқич тренингларига старт берилди.
Тренинг жараёнларига тумандаги барча умумтаълим мактаби директорлари, математика фани ва табиий (Science) фан етакчи ўқитувчилари қамраб олинди.
+3
✅ Xabaringiz bor, hozirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun "Xorijiy tillarni o'qitish bo’yicha eng yaxshi maktab" tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun o‘quvchilar uchun "Xorijda ta’lim olish” mavzusida motivatsion tadbir o‘tkazildi.
Unda Singapur Milliy universitetining fizika fakultetida fan doktori ilmiy darajasini olgan Hakimjon Saidov o‘z ma'ruzasi bilan ishtirok etdi.
Tadbirda o‘quvchilar chet elda o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha ta'lim olish, xorijiy tilni chuqurroq o‘rganish, grant dasturlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish hamda hujjatlar topshirish bosqichlari haqida so‘z bordi.Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislardan batafsil javob olishdi.
+3
NAMANGANDA “UCHINCHI USTOZLAR MILLIY FORUMI” BO‘LIB O‘TDI
Tantanali marosimda viloyat hokimi o’rinbosari G’ulomjon Murodxo’jayev so‘zga chiqib, barchani yaqinlashib kelayotgan mustaqilligimizning 33 yilligi bilan barchani muborakbod etib, yurt ravnaqi, mamlakat istiqboli va taraqqiyot odimlari ta’lim sohasi bilan, kelajagimiz egalarining har jihatdan ilmu salohiyatli, zamonaviy bilimlarni chuqur va mukammal egallagan o‘g‘il-qizlar bo‘lib kamol topishiga bog‘liq ekanini alohida ta’kidladi.
Tadbirda ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan, viloyatda ta’lim tizimini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shayotgan, faol, tashabbuskor va izlanuvchan, munosib natijalarga erishayotgan 14 nafar ilm muassasalari o‘qituvchilari va davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.Ular orasida maktabimizning texnologiya fani o‘qituvchisi Munavvarova Madina ham taqdirlandi.
Namanganda “Yangi O'zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi” shiori ostida uchinchi “Ustozlar milliy forumi” o‘tkazilmoqda
Unda viloyatning barcha tumanlaridan kelgan 210 nafar yetakchi o’qituvchilar va tarbiyachilarga fanlar kesimida sho’balarga bo’lingan holda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda tarbiyachi-pedagoglarning roli, darsliklarda qo‘llanilgan ilg‘or metodikalar, tabiiy fanlarni o‘qitishda 5E modeli, aniq fanlarni o‘qitishda MRT – “moddiy-rasmli-timsolli” yondashuvlarini amaliyotga samarali tatbiq etish, o‘quvchilarda muammoni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish kabi mavzularda treninglar olib borilmoqda.
Repost from Ta’lim24.uz
+6
#Xorijiy_tillar
#Test_sinovlari
✅ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun "Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab" tanlovining Respublika bosqichi doirasida test sinovlari bo‘lib o‘tmoqda.
📍 Ushbu bosqichda ishtirokchi o‘quvchilar milliy “Multilevel” testi vositasida tinglab tushunish (listening), yozish (writing), gapirish (speaking) va o‘qish (reading) ko‘nikmalari bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishadi.
_______
❕Eslatib oʻtamiz, ayni paytda 14 ta maktab jamoasi final bosqichida o‘zaro kuch sinashmoqda.
Bu yil ilk bora nemis tili yo‘nalishida ham o‘quvchilar Respublika bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritishdi.Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
