53-DIUM RASMIY
رفتن به کانال در Telegram
627
مشترکین
-124 ساعت
-37 روز
-1030 روز
آرشیو پست ها
Президент Шавкат Мирзиёев: Айнан мустақиллик туфайли миллий давлатчилигимиз қайта тикланди. Ўзбекистон янги тарихий даврга қадам қўйди. Айнан истиқлол туфайли жаҳон ҳамжамиятидан муносиб ўрин эгалладик
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
+9
Истиқлолимизнинг 33 йиллигига бағишланган байрам шодиёнаси ёрқин концерт дастури билан давом этди
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг ўттиз уч йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги нутқи
—
Выступление Президента Шавката Мирзиёева на торжественной церемонии, посвященной 33-й годовщине независимости Республики Узбекистан
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🥉Mohigul Hamdamova bronza medalni qo‘lga kiritdi!
Para yengil atletika bo‘yicha ayollar o‘rtasida F57 klassida disk uloqtirish bellashuvlarida Mohigul Hamdamova 32.75 metr natija bilan 3-o‘rinni egalladi va delegatsiyamiz hisobiga uchinchi bronza medalini qo’shib qo’ydi.
Tabriklaymiz!
👉 @xushnudbek 👈
🥈Kubaro Hakimova — kumush medal sohibi
Parij-2024 yozgi Paralimpiya oʻyinlarida para yengil atletikachimiz Kubaro Hakimova F41 klassida kechgan yadro uloqtirish bahslarida kumush medalga sazovor boʻldi.
Tabriklaymiz, barakalla! Hozircha uchta medalimiz (2 ta kumush, 1 ta bronza) bor, uchalasini ham qizlarimiz olishdi!
👉 @xushnudbek 👈
Oltin va bronza muborak!
🥇Qudratilloxon Ma’rufxo’jayev — oltin medal sohibi!
Hamyurtimiz F37 klassida yadro uloqtirish bo‘yicha eng yaxshi natijani qayd etdi va delegatsiyamiz hisobiga ikkinchi medalni yozib qo’ydi!
Xuddi shu yo’nalishda yana bir hamyurtimiz Tolibboy Yo’ldoshev esa 🥉bronza medalini qo’lga kiritdi.
👉 @xushnudbek 👈
🥇 Elbek Sultonov – oltin medal sohibi!!!
Erkaklar o‘rtasida F12 klassida yadro uloqtirish bahslarida Elbek Sultonov 16.45 metr natija qayd etgan holda delegatsiyamiz hisobiga uchinchi oltin medalni qo‘shib qo‘ydi.
Barakalla, tabriklaymiz!
Shavkat Mirziyoyev Paralimpiya o‘yinlarida terma jamoamizning ilk oltin medallarini qo‘lga kiritgan yengil atletikachilarimiz Asila Mirzayorova va Qudratilloxon Ma’rufxo‘jayev bilan telefon orqali muloqot qildi hamda ularni tabrikladi.
👉 @xushnudbek 👈
🥇 🇺🇿 Asila Mirzayorova sharafiga yurtimiz madhiyasi yangradi va bayrog'imiz yuqoriga ko'tarildi!
👉 @xushnudbek 👈
Asila Mirzayorova Paralimpiya o’yinlari rekordini o’rnatdi
Ayni daqiqalarda davom etayotgan para yengil atletika bo’yicha ayollar o’rtasida T11 klassida uzunlikka sakrash bahsida 🇺🇿Asila Mirzayorova dastlabki urinishida 5,22 metr natija qayd etib, ushbu yo'nalishda Paralimpiya o'yinlari rekordini o'rnatdi.
Avvalgi rekord 1996-yil Atlantada 5,07 metr natija bilan o’rnatilgan edi.
🥇YANA OLTIN MEDAL!
+9
Давлат мукофотлари ўз эгаларига тантанали топширилди
Хабарингиз бор, мустақиллигимизнинг 33 йиллиги байрами арафасида Президентимизнинг Фармонларига асосан эл-юрт тараққиётига муносиб ҳисса қўшаётган фидойи инсонлар Давлатимизнинг юксак унвонлари, орден ва медаллари билан мукофотландилар. Улар орасида вилоятимизнинг бир гуруҳ вакиллари ҳам бор.
Вилоят марказидаги “Маърифат маскани”да ушбу мукофотларни эгаларига топширишга бағишланган маросим бўлиб ўтди.
Унда Наманган вилояти ҳокими, ҳоким ўринбосарлари, вилоят сектор раҳбарлари, Олий Мажлис Сенати аъзолари, Давлат ва жамоат ташкилотлари, ОАВ вакиллари иштирок этдилар.
Дастлаб Наманган вилояти ҳокими Шавкатжон Абдураззоқов табрик сўзида юксак мукофотлар соҳибларини муборакбод этиб, уларнинг вилоятни ҳар томонлама ривожлантиришдаги ҳиссаларини эътироф этди.
Шундан сўнг Президентимизнинг тегишли Фармонлари ўқиб эшиттирилиб, Давлат мукофотлари эгаларига тантанали равишда топширилди.
Тадбир давомида Президент соврини учун ўтказилган "Хорижий тилларни ўқитиш бўйича энг яхши мактаб" кўрик-танловининг республика босқичида фахрли 2-ўринни қўлган киритган Чортоқ туманидаги 53-мактаб жамоаси ҳамда Мини футбол бўйича ўтказилган ДХХ раиси кубоги мамлакат босқичида фахрли иккинчи ўринни эгаллаган Наманган шаҳридаги “Дамбоғ” маҳалласи жамоаси вилоят ҳокимининг “Ташаккурнома”си ҳамда эсдалик совғалари билан тақдирландилар.
Наманган вилояти ҳокимлиги Ахборот хизмати.
Sayt | Telegram | Instagram | Facebook |Twitter | YouTube
+2
G'OLIBLAR TAQDIRLANDILAR!!!
O'quvchi yoshlarni yozgi ta'tilni maroqli o'tkazish maqsadida "MUHAMMADSHARIF SO'FIZODA" nomidagi Viloyat bolalar kutubxonasi tomonidan " YOZ O'TMOQDA SOZ" shiori ostida bir qator tanlovlar o'tkazildi. Tanlovlar viloyatimizdagi va tumanlardagi barcha maktab o'quvchilari ishtirokida o'tkazildi. Tanlovda Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 53-sonli maktabning 3 " a"- sinf o'quvchisi Ravshanova Parizoda ham faol ishtirok etib, faxriy yorliq hamda esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.
O‘quvchimizga kelajakda yuksak marralarni tilab qolamimiz.
Repost from Çortoq tumani hokimligi | rasmiy kanali
Диққат эълон!
27 август куни соат 18-00 да Чортоқ тумани марказидаги ёзги томошагоҳда Ўзбекистон Республикаси Давлат мустақиллигининг 33 йиллиги муносабати билан “Бир бўлсак – ягона халқмиз, бирлашсак – Ватанмиз!” деган бош ғоя асосида байрам тадбири бўлиб ўтади.
Шу муносабат билан соат 17-00 дан 22-00 гача автомобиль йўлининг "Фурқат" боғи дарвозаси олдидаги чорраҳадан марказий чорраҳагача бўлган қисмида транспортлар қатнови вақтинчалик тўхтатилади.
Байрамингиз муборак бўлсин, азиз юртдошлар!
Chortoq tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 53-sonli ayrim fanlar chuqur o'qitiladigan sinflari mavjud umumta'lim maktabida texnalogiya fani o'qituvchilari o'rtasida 26-avgust kuni 2024-2025 o'quv yiliga bag'ishlangan " Yangi O'zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi " shiori ostida "Uchinchi ustozlar milliy forumi" tuman bosqichi o'tkazildi. Ushbu forumda tumanning barcha maktablaridan texnologiya fani uslub birlashma rahbarlari faol ishtirok etishdi. Forum quyidagicha tashkillashtirildi.
1. Tashkiliy qismda milliy urf odatlarimiz aks etgan " Yaxshi niyat" metodi orqali ustozlarimizni kutib olindi.
2.Forum jarayonida mazmunli, mantiqiy savol -javoblar , baxs munozaralardan va formda belgilangan mavzularni ustozlar bilan birgalikda o'rganib chiqildi.
3. Jumladan " Mezonlarga asoslangan baxolash tizimi " haqida 43-umumiy o'rta ta'lim maktabi o'qituvchisi Sodiqova Sarvinoz va 11-umumiy o'rta ta'lim maktabi o'qituvchisi G'ulomova Nazokatlar tomonidan amaliy va nazariy jihatdan batafsil tushuntirib o'tildi.
4. Forumda zamonaviy metodlardan "O'xshashlik " "Taqqoslash" metodlarida tashkillashtirib o'tkazildi va barcha ustozlarda katta taassurot qoldirdi.
5. Forum so'ngida tajribali va izlanuvchi ustozlardan 42-umumiy o'rta ta'lim maktabi o'qituvchisi Jo'raboyeva Dilfuza, 47-umumiy o'rta ta'lim maktabi o'qituvchisi Ummatova Xurshida , 28-umumiy o'rta ta'lim maktabi o'qituvchisi Holiqova Dilfuzaxon ustozlarni fikr -mulohazalari va takliflari eshitildi . Forum so'ngida texnologiya fanini rivojlantirish uchun istiqbolli rejalar tuzib olindi.
+5
Chortoq tumanida uchinchi "Ustozlar milliy forumi" o’tkazildi
“Yangi O'zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi” shiori ostida tuman Maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi ta’lim muassasasi pedagog xodimlarining uchinchi “Ustozlar milliy forumi” bo‘lib o‘tdi. Forumda 14 ta fan yo‘nalishida shoʻba yig‘ilishlari tashkil etildi. Tadbirni ochib bergan tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘lim boshlig‘i S.Mamatvaliyev barchani mamlakatimiz mustaqilligining 33 yillik bayrami bilan qutlab, o‘tgan o‘quv yilida ta’lim sohasida erishilgan natijalar va qo‘lga kiritilgan yutuqlarni e’tirof etdi. Yangi o‘quv yili oldidan yangi rejalar, maqsadlar va vazifalar haqida to‘xtaldi. Tadbirda bir guruh o‘qituvchilar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
❗️❗️❗️📣📣📣
🖋 Республика Маънавият ва маърифат маркази ҳамда Вазирлик ва идоралар ҳамкорликда
🛎 Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 33 йиллиги муносабати билан ижодкорлар ўртасида Республика кўрик-танлови эълон қилади.
📌Танлов қуйидаги йўналишлар бўйича бўлиб ўтади: ✅ “Энг яхши ватанпарварлик руҳидаги видеоролик” ✅ “Энг яхши ватанпарварлик руҳидаги қўшиқ” ✅ “Ватанни мадҳ этувчи энг яхши шеър”💰Баҳолаш натижалари бўйича ғолиблар: 📌 “Энг яхши ватанпарварлик руҳидаги қўшиқ” ⏺1-ўрин — 50 000 000 сўм ⏺2-ўрин — 30 000 000 сўм ⏺3-ўрин — 20 000 000 сўм. 📌 “Энг яхши ватанпарварлик руҳидаги видеоролик” ⏺1-ўрин — 30 000 000 сўм ⏺2-ўрин — 20 000 000 сўм ⏺3-ўрин — 10 000 000 сўм. 📌“Ватанни мадҳ этувчи энг яхши шеър” ⏺1-ўрин — 20 000 000 сўм ⏺2-ўрин — 10 000 000 сўм ⏺3-ўрин — 5 000 000 сўм пул мукофотлари билан тақдирланади. ❤️ Танловда 18 ёшдан барча ижодкорлар иштирок этишлари мумкин. 🎥 Батафсил видеороликда 👉 @chortoqliklarbugun
Repost from 53-DIUM RASMIY
Тил билган эл билади – "Хорижий тилларни ўқитиш бўйича энг яхши мактаб" танлови ғолиблари тантанали кутиб олинди.
