cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Boyovut tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi

Boyovut tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tizimidagi yangiliklar va e’lonlar bilan tanishib borishingiz mumkin.

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
455
مشترکین
+124 ساعت
-27 روز
-1230 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Photo unavailableShow in Telegram
⭕️⭕️⭕️ ⭕️⭕️⭕️⭕️ Birozdan so’ng Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan jonli muloqot boshlanadi! Unda: ➖ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi taʼlim muassasalariga qabul imtihonlari yakuniy natijalari; ➖ 2024-2025-oʻquv yilida umumtaʼlim maktablarining 1-sinfiga qabul jarayonlari haqida so’z yuritiladi. ✔️ Savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob beriladi. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
نمایش همه...
Repost from Hilola Umarova
Hurmatli ota-onalar, aziz oʻgʻil-qizlar! Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarimizda oʻqish istagida boʻlgan yoshlarimizning safi yil sayin ortib borayotganligi bizni behad quvontiradi. Bu yil mazkur maktablarda oʻqish istagini bildirgan oʻquvchilar soni 244 378 nafarni tashkil etdi. Bunda Respublika miqyosida Prezident maktablariga bir o‘quvchi oʻriniga oʻrtacha 185 nafar, ijod maktablariga 15 nafar, ixtisoslashtirilgan maktablarga 20 nafar, tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarimizga 80 nafar, Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy maktabiga esa 145 nafar talabgor toʻgʻri keldi. Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli va imtihon jarayonlarini tashkil etish amaliyoti yildan yilga soddalashtirilib, takomillashtirilib borilmoqda. Xususan, tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirgan talabgorlar uchun imtihonlar o‘z hududlari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri)da o‘tkazildi. Bu orqali yurtdoshlarimizning vaqt va mablagʻlari tejaldi. Hurmatli ota-onalar! Farzandingizni ilm olishga boʻlgan ishtiyoqini qoʻllab-quvvatlayotganingiz tahsinga loyiq. Uchinchi Renessans vakillari aynan sizning oʻgʻil-qizlaringiz boʻlishi shubhasiz. Ilmga chanqoq, zukko, bilimdon o‘g‘il-qizlarimiz! Sizlar hayotingizdagi ilk masʼuliyatli va ayni damda juda hayajonli imtihonlarda oʻz bilimlaringizni sinovdan oʻtkazdingiz. Har biringizni kelajakda dunyoning nufuzli universitetlari imtihonlarida ishtirok etib, muvaffaqiyat qozonishingizga tilakdoshman. Hurmatli Prezidentimiz taʼkidlaganlaridek, Siz ozod va farovon yangi Oʻzbekiston, yangi Renessans bunyodkorisizlar. Hech qachon izlanishdan, intilishdan to‘xtamang! Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
نمایش همه...
01:46
Video unavailableShow in Telegram
#soglomlashtirish #bolajon 🧒Boyovut tumanidagi 18-sonli DMTT tarbiyalanuvchilarning yozgi ta'tilini namunali o'tkazish, ularning jismoniy va aqliy salohiyatlarini oshirish, vaqtlarini maroqli o'tkazish maqsadida sog'lomlashtirish va chiniqtirishga qaratilgan tadbirlardan videolavhalar. 📲 Rasmiy sahifalarimiz:👇 💬 Telegram | 🌐 Facebook 🌐 YouTube  | 🌐 Instagram
نمایش همه...
0101.mp476.58 MB
Photo unavailableShow in Telegram
⭕️⭕️⭕️ ⭕️⭕️⭕️⭕️ 📣 BUGUN soat 16:00 da Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan quyidagi mavzularda jonli muloqot tashkil etiladi: ➖ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi taʼlim muassasalariga qabul imtihonlari yakuniy natijalari; ➖ 2024-2025-oʻquv yilida umumtaʼlim maktablarining 1-sinfiga qabul jarayonlari. ✔️ Muloqot vazirlikning rasmiy telegram kanalida boʻlib oʻtadi. EKSPERTLAR: ➡️Qahramon Almardonov, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari; ➡️Inom Xoʻjamov, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Iqtidorli yoshlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
#қонунчиликдаги_ўзгаришлар ✅ Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 3-iyuldagi qaroriga asosan, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi 244-son qarori bilan tasdiqlangan “Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning Maʼmuriy reglamenti”ga ayrim oʻzgartirishlar kiritildi. Unga koʻra: Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga qabul qilish uchun rasmiylashtirilgan yoʻllanmalarni maktabgacha taʼlim tashkilotiga axborot tizimi orqali yuborish tartibi joriy etildi. Bunda yoʻllanma rasmiylashtirilganda fuqarolarga tasdiq kodga ega xabarnoma yuborish va shu tasdiq kod asosida bola maktabgacha taʼlim tashkilotiga qabul qilinadi. ➖ Fuqarolarga yoʻllanma olish uchun berilgan soʻrovnomadagi telefon raqamini istalgan vaqtda oʻzgartirish imkoniyati yaratildi. ➖ Bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotiga qabul qilish davlat tashkilotlarining aybi bilan kechikkanda yoʻllanma oʻz kuchida qoladi. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
نمایش همه...
Bolalar uchun sport tadbirlari tashkil etilmoqda Boyovut tumani Muqimiy mahallasida joylashgan 18-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida bolalarning yozgi vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan qator madaniy va sport tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Jumladan, bolalar uchun mo‘ljallangan “Ona Vatan bolalar nigohida” mavzusida rasmlar tanlovi, turli boshqotirmalar, shashka va badminton sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etilib, g‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshirildi. | Telegram  |Web-site |Facebook | Instagram |YouTube |
نمایش همه...
#jarayon #yozgisoglomlashtirish #yoz Sirdaryo viloyati Boyovut tumani 18-sonli DMTT da yozgi sog'lomlashtirish tadbirlari bo'lib o'tmoqda 🌿🏝Yoz - bolalarning salomatligini mustahkamlash va jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun eng yaxshi davr hisoblanadi. Bunday ko'ngilochar tadbirlar bolalarni jismoniy va psixik rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Yozgi mashg'ulotlar bolalarda tevarak-atrofga bo'lgan qiziqishlarni o'z ishlaridan va tabiatdan zavqlanish, ularning jismoniy va aqliy salohiyatlarini oshirish imkonini beradi. 🧒Boyovut tumanidagi 18-sonli DMTT tarbiyalanuvchilarning yozgi ta'tilini namunali o'tkazish, ularning jismoniy va aqliy salohiyatlarini oshirish, vaqtlarini maroqli o'tkazish maqsadida sog'lomlashtirish va chiniqtirishga qaratilgan bir qator o'yinlar va tadbirlar bo'lib o'tmoqda. 🖼Fotolavhalar so'zlaydi!👆 📲 Rasmiy sahifalarimiz:👇 💬 Telegram | 🌐 Facebook 🌐 YouTube  | 🌐 Instagra
نمایش همه...
Odiljon Gaymnazarov yangi lavozimga kuzatildi Boyovut tumanidagi 40-sonli umumta'lim maktabi faollar zalida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi vakillari, maktab hamda maktabgacha ta'lim tashkiloti direktorlari, faxriy ustozlar hamda faollar ishtirok etdi. Suhbatda avvalida Boyovut tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i lavozimida ishlagan Odiljon Gaymnazarov yangi lavozimga tantanali kuzatildi. Faxriy o'qituvchi va ustozlar tomonidan tumanimizning ta'lim sohasi yo‘lida amalga oshirilgan mehnatlari e’tirof etilib, kelgusi faoliyatida omadlar tilandi. Uchrashuv davomida tashkiliy masala ham ko'rib chiqilib, bugunga qadar bo'limda maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish sho'basi mudiri lavozimida ishlab kelayotgan Xonimqulov Anvar Mavlonberdiyevich Boyovut tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. | Telegram  |Web-site |Facebook | Instagram |YouTube |
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
📊 #Сўровнома 2023-2024 ўқув йили якунлари бўйича қайси (ҳудудий/йўналиш) боғчалар фаолиятини юқори баҳолайсиз?! Telegram'даги @SirdaryoSadosi каналининг кузатувчилари ўртасида жамоатчилик сўровномаси ўтказилмоқда. Унда муносиблар Сизнинг эътирофингиз орқали 2024 йилнинг 20-июль куни эълон қилинади. Муносибига овоз беринг:👇👇 https://t.me/SirdaryoSadosi/34436
نمایش همه...
Гул ш. боғчалари 11
Янг ш. боғчалари 16
Шир ш. боғчалари 9
Боё т. боғчалари 46
Гул т. боғчалари 55
Мир т. боғчалари 43
Оқо т. боғчалари 8
Сай т. боғчалари 7
Сар т. боғчалари 51
Сир т. боғчалари 11
Хов т. боғчалари 7
Хусусий боғчалар 7
Photo unavailableShow in Telegram
📊 #Сўровнома 2023-2024 ўқув йили якунлари бўйича қайси (ҳудудий/йўналиш) мактаблар фаолиятини юқори баҳолайсиз?! Telegram'даги @SirdaryoSadosi каналининг кузатувчилари ўртасида жамоатчилик сўровномаси ўтказилмоқда. Унда муносиблар Сизнинг эътирофингиз орқали 2024 йилнинг 20-июль куни эълон қилинади. Муносибига овоз беринг:👇👇 https://t.me/SirdaryoSadosi/34437
نمایش همه...
Гул ш. мактаблари 188
Янг ш. мактаблари 7
Шир ш. мактаблари 4
Боё т. мактаблари 16
Гул т. мактаблари 80
Мир т. мактаблари 33
Оқо т. мактаблари 7
Сай т. мактаблари 10
Сар т. мактаблари 33
Сир т. мактаблари 8
Хов т. мактаблари 7
Президент ТМА 1
Махсус мактаблар 0
Хусусий мактаблар 8
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.