fa
Feedback
Bilimni baholash agentligi

Bilimni baholash agentligi

رفتن به کانال در Telegram

🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi 📞 1195 📧 info@uzbmb.uz 🌐 www.uzbmb.uz 📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12. Biz ijtimoiy tarmoqlarda: • facebook.com/dtmuzbinstagram.com/dtmuzbyoutube.com/@BaholashUz

نمایش بیشتر

📈 تحلیل کانال تلگرام Bilimni baholash agentligi

کانال Bilimni baholash agentligi (@baholashuz) در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 198 686 مشترک است و جایگاه 460 را در دسته آموزش و رتبه 179 را در منطقه أوزبكستان دارد.

📊 شاخص‌های مخاطب و پویایی

از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 198 686 مشترک جذب کرده است.

بر اساس آخرین داده‌ها در تاریخ 25 اوت, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر 16 889 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر 1 841 بوده و همچنان دسترسی گسترده‌ای حفظ شده است.

  • وضعیت تأیید: تأیید نشده
  • نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 41.35% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 29.81% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب می‌کند.
  • دسترسی پست‌ها: هر پست به طور میانگین 82 080 بازدید دریافت می‌کند. در اولین روز معمولاً 59 180 بازدید جمع‌آوری می‌شود.
  • واکنش‌ها و تعامل: مخاطبان به‌طور فعال حمایت می‌کنند؛ میانگین واکنش به هر پست 7 است.

📝 توضیح و سیاست محتوایی

نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاه‌های شخصی توصیف می‌کند:
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi 📞 1195 📧 info@uzbmb.uz 🌐 www.uzbmb.uz 📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12. Biz ijtimoiy tarmoqlarda: • facebook.com/dtmuzb • instagram.com/dtmuzb • youtube.com/@BaholashUz

به لطف به‌روزرسانی‌های پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 26 اوت, 2026)، کانال همواره به‌روز و دارای دسترسی بالاست. تحلیل‌ها نشان می‌دهد مخاطبان به‌طور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته آموزش تبدیل کرده‌اند.

198 686
مشترکین
+1 84124 ساعت
+1 8237 روز
+16 88930 روز
آرشیو پست ها
#OnlaynTest Ichki ishlar organlariga ishga kiruvchi nomzodlar onlayn test sinovidan o‘tdilar 📆 2026-yil 26-avgust kuni Ichki
#OnlaynTest
Ichki ishlar organlariga ishga kiruvchi nomzodlar onlayn test sinovidan o‘tdilar
📆 2026-yil 26-avgust kuni Ichki ishlar organlarida xizmatga nomzodlarni qabul qilish uchun navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tdi. 🇺🇿 Test sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlarida xizmatga nomzodlarni qabul qilish uchun test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2023-yil 31-avgustdagi 433-son qaroriga muvofiq o‘tkazildi. 📍 Test sinovlari Agentlikning Toshkent viloyati bo‘limi binosida tashkil etildi. Ularda 180 nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi. 💼 Test sinovlari Bilim va malakalarni baholash agentligining “Onlayn test” axborot tizimi orqali o'tkazildi va talabgorlar shu vaqtning o‘zida imtihon natijalarini bilib oldilar. 📝 Test natijalari bo‘yicha qaydnomalar rasmiylashtirilgach, tegishli vazirlikka taqdim etiladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Repost from N/a
“Gentral Asian Medical University” xalqaro tibbiyot universitetiga o‘qishga qabul 📆 2026-yil 26-avgust kuni “Gentral Asian M
+3
“Gentral Asian Medical University” xalqaro tibbiyot universitetiga o‘qishga qabul 📆 2026-yil 26-avgust kuni “Gentral Asian Medical University” xalqaro tibbiyot universitetiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish test sinovlari o‘tkazildi. ⛳ Test sinovlari Agentlikning Farg‘ona viloyati bo‘limi binosida tashkil etildi. Tadbirda 344 nafar talabgor ishtirok etdi. 👨‍💻 Imtihonda talabgorlar Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan ishlab chiqilgan elektron platforma orqali test sinovlarini topshirdilar. Talabgorlar imtihon natijalarini test sinovi yakunlanishi bilan bilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. 📝 Imtihon natijalari qaydnomalari rasmiylashtirilganidan so‘ng, belgilangan tartibda Gentral Asian Medical University xalqaro tibbiyot universitetiga taqdim etiladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#OnlaynTest 🏢🏢🏢🏢🏢🏢🏢 Xo‘jalik sohalari mutaxassislari imtihondan o‘tdilar 🇺🇿 Ushbu toifadagi imtihonlar O‘zbekiston R
+6
#OnlaynTest 🏢🏢🏢🏢🏢🏢🏢
Xo‘jalik sohalari mutaxassislari imtihondan o‘tdilar
🇺🇿 Ushbu toifadagi imtihonlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari mutaxassislarini sertifikatlash tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2023-yil 11-sentyabrdagi 460-son qarori asosida o‘tkazib kelinmoqda. 📆 Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari mutaxassislari uchun navbatdagi test sinovlari 2026-yil 26-avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi. Ularda 700 nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi. 💼 Test sinovlari Bilimni baholash agentligining “Onlayn test” axborot tizimi orqali o'tkazildi va talabgorlar shu vaqtning o‘zida imtihon natijalarini bilib oldilar. 📝 Imtihon natijalari belgilangan tartibda rasmiylashtirilgach, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish institutiga taqdim etiladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#OnlaynTest #Aprobatsiya2026 〰️〰️〰️〰️〰️〰️ Huquqshunoslik fanidan aprobatsiya 🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
+6
#OnlaynTest #Aprobatsiya2026 〰️〰️〰️〰️〰️〰️
Huquqshunoslik fanidan aprobatsiya
🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 411-son qarorida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida huquqshunoslik fanidan sertifikatlash tizimini yo'lga qo'yish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. 📆 Mazkur ishlar doirasida Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 2026-yil 26-avgust kuni huquqshunoslik fanidan test sinovlarining aprobatsiyasi o'tkazildi. 👥 Test sinovlarining aprobatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etilib, “Onlayn test” axborot tizimi orqali amalga oshirildi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

📢 INGLIZ TILIDAN GAPIRISH (SPEAKING) KO‘NIKMASINI BAHOLASH BO‘YICHA MALAKA OSHIRISH KURSIGA QABUL BOSHLANDI! 📚 Bilim va mal
📢 INGLIZ TILIDAN GAPIRISH (SPEAKING) KO‘NIKMASINI BAHOLASH BO‘YICHA MALAKA OSHIRISH KURSIGA QABUL BOSHLANDI! 📚 Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan GAPIRISH (Speaking) ko‘nikmasini baholash yo‘nalishida 36 soatlik malaka oshirish kursi tashkil etilmoqda. 📅 Boshlanishi: 10-sentabr, soat 15:00 💻 Ta’lim shakli: Onlayn ⏱️ Davomiyligi: 36 soat 🗣 Mashg‘ulot tili: O‘zbek tili 📌 KURSDA SIZ: 🔹 Speaking ko‘nikmasini baholash mezonlarini o‘rganasiz; 🔹 nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etasiz; 🔹 baholash sohasidagi bilim va tajribangizni oshirasiz. 📝 RO‘YXATDAN O‘TISH 📅 8-sentabr, soat 12:00 ga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tib, belgilangan to‘lovni amalga oshirishingiz mumkin. 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: registration.ilmiymarkaz.uz 🎓 MUHIM: Kursni muvaffaqiyatli tamomlab, portfolio shakllantirgan hamda C1 darajadagi sertifikat, shuningdek, Speaking ko‘nikmasi yuqori darajada bo‘lishi talab etiladi va tegishli diplomga ega talabgorlar Agentlikka ekspert sifatida jalb etilish imkoniyatiga ega bo‘lishlari mumkin. 📌 Ekspert sifatida jalb etilish kafolatlanmaydi. Nomzodlar belgilangan talablar va tegishli tartib asosida ko‘rib chiqiladi. ☎️ Murojaat uchun: 📞 95 515-68-68 ✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram | YouTube

📢 INGLIZ TILIDAN YOZISH (WRITING) KO‘NIKMASINI BAHOLASH BO‘YICHA MALAKA OSHIRISH KURSIGA QABUL BOSHLANDI! 📚 Bilim va malaka
📢 INGLIZ TILIDAN YOZISH (WRITING) KO‘NIKMASINI BAHOLASH BO‘YICHA MALAKA OSHIRISH KURSIGA QABUL BOSHLANDI! 📚 Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan YOZISH (Writing) ko‘nikmasini baholash yo‘nalishida 36 soatlik malaka oshirish kursi tashkil etilmoqda. 📅 Boshlanishi: 10-sentabr, soat 15:00 💻 Ta’lim shakli: Onlayn ⏱️ Davomiyligi: 36 soat 🗣 Mashg‘ulot tili: O‘zbek tili 📌 KURSDA SIZ: 🔹 Writing ko‘nikmasini baholash mezonlarini o‘rganasiz; 🔹 nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etasiz; 🔹 baholash sohasidagi bilim va tajribangizni oshirasiz. 📝 RO‘YXATDAN O‘TISH 📅 8-sentabr, soat 12:00 ga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tib, belgilangan to‘lovni amalga oshirishingiz mumkin. 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: registration.ilmiymarkaz.uz 🎓 MUHIM! Kursni muvaffaqiyatli tamomlab, portfolio shakllantirgan hamda C1 darajadagi tegishli sertifikat va diplomga ega talabgorlar Agentlikka ekspert sifatida jalb etilish imkoniyatiga ega bo‘lishlari mumkin. 📌 Eslatma: Ekspertlikka nomzodlarni ko‘rib chiqishda ingliz tilini bilishi bo'yicha C1 darajadagi tegishli sertifikat, shuningdek, Writing ko‘nikmasi yuqori darajada bo‘lishi talab etiladi. TKT va APTIS sertifikatlari ushbu talab doirasida inobatga olinmaydi. 📌 Ekspert sifatida jalb etilish kafolatlanmaydi. Nomzodlar belgilangan talablar va tegishli tartib asosida ko‘rib chiqiladi. ☎️ Murojaat uchun: 🔹 (95) 515-68-68 ✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram | YouTube

📢 INGLIZ TILIDAN GAPIRISH (SPEAKING) KO‘NIKMASINI BAHOLASH BO‘YICHA MALAKA OSHIRISH KURSIGA QABUL BOSHLANDI! 📚 Bilim va mal
📢 INGLIZ TILIDAN GAPIRISH (SPEAKING) KO‘NIKMASINI BAHOLASH BO‘YICHA MALAKA OSHIRISH KURSIGA QABUL BOSHLANDI! 📚 Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan GAPIRISH (Speaking) ko‘nikmasini baholash yo‘nalishida 36 soatlik malaka oshirish kursi tashkil etilmoqda. 📅 Boshlanishi: 10-sentabr, soat 15:00 💻 Ta’lim shakli: Onlayn ⏱️ Davomiyligi: 36 soat 🗣 Mashg‘ulot tili: O‘zbek tili 📌 KURSDA SIZ: 🔹 Speaking ko‘nikmasini baholash mezonlarini o‘rganasiz; 🔹 nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etasiz; 🔹 baholash sohasidagi bilim va tajribangizni oshirasiz. 📝 RO‘YXATDAN O‘TISH 📅 8-sentabr, soat 12:00 ga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tib, belgilangan to‘lovni amalga oshirishingiz mumkin. 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: registration.ilmiymarkaz.uz 🎓 MUHIM: Kursni muvaffaqiyatli tamomlab, portfolio shakllantirgan hamda C1 darajadagi sertifikat, shuningdek, Speaking ko‘nikmasi yuqori darajada bo‘lishi talab etiladi va tegishli diplomga ega talabgorlar Agentlikka ekspert sifatida jalb etilish imkoniyatiga ega bo‘lishlari mumkin. 📌 Ekspert sifatida jalb etilish kafolatlanmaydi. Nomzodlar belgilangan talablar va tegishli tartib asosida ko‘rib chiqiladi. ☎️ Murojaat uchun: 📞 95 515-68-68 ✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram | YouTube

📢 INGLIZ TILIDAN YOZISH (WRITING) KO‘NIKMASINI BAHOLASH BO‘YICHA MALAKA OSHIRISH KURSIGA QABUL BOSHLANDI! 📚 Bilim va malaka
📢 INGLIZ TILIDAN YOZISH (WRITING) KO‘NIKMASINI BAHOLASH BO‘YICHA MALAKA OSHIRISH KURSIGA QABUL BOSHLANDI! 📚 Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan YOZISH (Writing) ko‘nikmasini baholash yo‘nalishida 36 soatlik malaka oshirish kursi tashkil etilmoqda. 📅 Boshlanishi: 10-sentabr, soat 15:00 💻 Ta’lim shakli: Onlayn ⏱️ Davomiyligi: 36 soat 🗣 Mashg‘ulot tili: O‘zbek tili 📌 KURSDA SIZ: 🔹 Writing ko‘nikmasini baholash mezonlarini o‘rganasiz; 🔹 nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etasiz; 🔹 baholash sohasidagi bilim va tajribangizni oshirasiz. 📝 RO‘YXATDAN O‘TISH 📅 8-sentabr, soat 12:00 ga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tib, belgilangan to‘lovni amalga oshirishingiz mumkin. 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: registration.ilmiymarkaz.uz 🎓 MUHIM! Kursni muvaffaqiyatli tamomlab, portfolio shakllantirgan hamda C1 darajadagi tegishli sertifikat va diplomga ega talabgorlar Agentlikka ekspert sifatida jalb etilish imkoniyatiga ega bo‘lishlari mumkin. 📌 Eslatma: Ekspertlikka nomzodlarni ko‘rib chiqishda ingliz tilini bilishi bo'yicha C1 darajadagi tegishli sertifikat, shuningdek, Writing ko‘nikmasi yuqori darajada bo‘lishi talab etiladi. TKT va APTIS sertifikatlari ushbu talab doirasida inobatga olinmaydi. 📌 Ekspert sifatida jalb etilish kafolatlanmaydi. Nomzodlar belgilangan talablar va tegishli tartib asosida ko‘rib chiqiladi. ☎️ Murojaat uchun: 🔹 (95) 515-68-68 ✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram | YouTube

Umumta'lim fanlaridan 2026-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari 📆 Umumta'lim fanlarini bilish da
Umumta'lim fanlaridan 2026-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari
📆 Umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash boʻyicha imtihonlar sentyabr, oktyabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi. 🆔 Milliy sertifikat uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi. ⛳ Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda imtihonlarda ishtirok etishlari mumkin. 🧑‍💻 Milliy sertifikat imtihonlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan. Muhim eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktyabrdagi 646-son qaroriga ko‘ra, imtihon o‘tkaziladigan joy, sana hamda muayyan hudud bo‘yicha o‘tirish o‘rinlari soni Bilimni baholash agentligi tomonidan belgilanadi. Shu sababli, hudud uchun belgilangan limit to‘lgach, mazkur hudud boʻyicha ro‘yxatdan o‘tish yopiladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Chet tillaridan 2026-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari 📆 Chet tilini bilish darajasini aniqla
Chet tillaridan 2026-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari
📆 Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari avgust, sentabr, oktabr, noyabr va dekabr oylarida bo‘lib o‘tadi. 🧑‍💻 Bunda nemis va fransuz tillaridan imtihonlar elektron shaklda o‘tkaziladi (kompyuterda olinadi). 🆔 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi. ⛳ Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin. 🧑‍💻 Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan. Muhim eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-fevraldagi 73-son qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy reglamentga ko‘ra, imtihon o‘tkaziladigan joy, sana hamda muayyan hudud bo‘yicha o‘tirish o‘rinlari soni Bilimni baholash agentligi tomonidan belgilanadi. Shu sababli, hudud uchun belgilangan limit to‘lgach, mazkur hudud boʻyicha ro‘yxatdan o‘tish yopiladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

10. ANDIJON VILOYATI: Andijon davlat universiteti akademik litseyi. •Testning boshlanish vaqti: 27-avgust, 1-smena soat 08-30, 2-smena soat 10-30. •Manzil: Andijon shahri, Universitet ko'chasi 129"A"-uy. Mo‘ljal: “Andijon davlat universiteti Akademik litseyi •Bino geolokatsiyasi: https://maps.app.goo.gl/Ezm1gbypoBCpPHaF7 11. FARG'ONA VILOYATI: Bilim va malakalarni baholash agentligi Farg'ona viloyati bo'limi. •Testning boshlanish vaqti: 27-avgust, 1-smena 09:00, 2-smena 11:00. •Manzil: Fargʻona shahri, Nurafshon koʻchasi, “Mustaqillik shaharchasi”. •Mo‘ljal: “EKO shahar” •Bino geolokatsiyasi: https://maps.app.goo.gl/oeFGkbHiZJKjKxMw5 12. NAMANGAN VILOYATI: Bilimni baholash agentligining Namangan viloyatidagi binosi. •Testning boshlanish vaqti: 27-avgust. •Manzil: Davlatobod tumani, Yuksalish mavzesi, "Tadbirkor" MFY, Yoshlik ko‘chasi, 92-uy. •Mo‘ljal: Yuksalish massividagi 16-qavatli uy yonida. Bino geolokatsiyasi: https://goo.gl/maps/SJxs6TxJeLkByh2BA 13. TOSHKENT SHAHRI: Bilimni baholash agentligi (oldingi Davlat test markazi) binosi. •Testning boshlanish vaqti: 27-avgust, 1-smena soat 08-30, 2-smena soat 10-00, 3-smena soat 11-00. •Manzil: Yunusobod tumani, Bog‘ishamol ko‘chasi, 12-uy. •Bino geolokatsiyasi: https://maps.app.goo.gl/NH9oiVFNbP3dGf2TA

Test sinovi o'tkaziladigan hududlar va test sinovlarining boshlanish vaqtlari (2026-yil 27-avgust): 1. QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASI: Bilim va malakalarni baholash agentligi Qoraqalpog’iston Respublikasi bo‘limii. •Testning boshlanish vaqti: 27-avgust, soat 10:00. •Manzil: Nukus shahri, Janabazar MFY, Nukus To'rtko'l avtomagistrali shossesi, 53/2-uy Mo‘ljal: Janubiy avtovokzal •Bino geolokatsiyasi: https://yandex.uz/maps/-/CHsVFM4F 2. XORAZM VILOYATI: Bilim va malakalarni baholash agentligining Xorazm viloyatidagi binosi. •Testning boshlanish vaqti: 27-avgust, soat 11-30. •Manzil: Urgаnсh tumani, Yuqоri dо‘rmаn, "Yuqoriovul" MFY, O‘zbekiston shox ko‘chasi, 2/2-uy. •Mo‘ljal: Urganch tumani 48-maktab. •Bino geolokatsiyasi: https://yandex.uz/maps/-/CLAKFLjz 3. BUXORO VILOYATI: Bilimni baholash agentligining Buxoro viloyatidagi binosi. •Testning boshlanish vaqti: 27-avgust, soat 14-30 •Manzil: Buxoro tumani, "Bog‘idasht" MFY. •Mo‘ljal: Buxoro shahri 7-kichik tuman, 43-maktab. •Bino geolokatsiyasi: https://goo.gl/maps/5k8Cnn4yzQNjQ3f4A 4. NAVOIY VILOYATI: Bilim va malakalarni baholash agentligi Navoiy viloyati bo‘limi. •Testning boshlanish vaqti: 27-avgust, soat 11-00. •Manzil: Navoiy shahar “Yoshlik” MFY. •Mo‘ljal: Yangi bozordan Narpay markaziga qarab yurishda Metan gaz quyish shahobchasi yonida. •Bino geolokatsiyasi: https://maps.app.goo.gl/tZUjupAM9JHEmy5RA 5. SAMARQAND VILOYATI: Bilim va malakalarni baholash agentligi Samarqand viloyati bo‘limi. •Testning boshlanish vaqti: 27-avgust, soat 11:00. •Manzil: Pastdarg‘om tumani "Kamolot" mahallasi Irteshar ges ko'chasi 5-A uy. •Mo'ljal: sobiq "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyi yonida. •Bino geolokatsiyasi: https://maps.app.goo.gl/BpqJm6VMmktapYQ99 6. QASHQADARYO VILOYATI: Bilim va malakalarni baholash agentligi Qashqadaryo viloyati bo'limi binosi.Testning boshlanish vaqti: 27-avgust, soat 09:30. •Manzil: Qarshi shahri “Buyuk Turon” MFY Buyuk Turon ko‘chasi 10/v-uy. •Moljal: Qarshi xalqaro Aeroport yo‘li, "Smart" telivizor zavod yonida, Qarshi shahar 24-umumta'lim maktabi ro‘parasi •Bino geolokatsiyasi: https://maps.app.goo.gl/8pwYs32AqYcefpg59 7. SURXONDARYO VILOYATI: Bilim va malakalarni baholash agentligi Surxondaryo viloyati bo'limi binosi. •Testning boshlanish vaqti: 27-avgust, 1-smena 08:30, 2- smena 10:30. •Manzil: Termiz shahri "Tinchlik" maxallasi Shodiyona ko'chasi 1-"A" uy. •Mo‘ljal: Termiz shahar yoshlar, sanoat va tadbirkorlik zonasi. •Bino geolokatsiyasi: https://maps.app.goo.gl/UxekcDhjQgt5pGUd7 8. JIZZAX VILOYATI: Bilim va malakalarni baholash agentligi Jizzax viloyati bo‘limining yangi binosi. •Testning boshlanish vaqti: 27-avgust, soat 10:00. • Manzili: Sh.Rashidov tumani, "Oqtosh ota" MFY, "Yangi O‘zbekiston" massivi. • Mo‘ljal: Sayxan, M39 avtomagistralida barpo etilayotgan yangi uylar. •Bino geolokatsiyasi:https://maps.app.goo.gl/zxi8CkZQ36ujLBUX7 9. SIRDARYO VILOYATI: Bilim va malakalarni baholash agentligining Sirdaryo viloyatidagi bo'limi. •Testning boshlanish vaqti: 27-avgust, soat 10-00. • Manzili: Guliston shahri, 4-mavze, “Buyuk kelajak” massivi. • Mo‘ljal: Yoshlar markazi binosi va Guliston davlat pedagogika instituti. •Bino geolokatsiyasi: https://maps.app.goo.gl/JusSEMUU3G8g92X78

#Mustaqillikning_35_yilligi Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi
#Mustaqillikning_35_yilligi Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topshiradi. Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

50 trillion so‘mlik 163 ta obyekt: Prezidentimiz eng ulug‘, eng aziz bayram arafasida yangi quvvatlarni ishga tushirdi. — 163 объекта на 50 триллионов сумов: Президент нашей страны ввел новые мощности по случаю самого великого, самого дорогого праздника. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim uchun o‘qishga qabul imtihonlari 📝 Bugun, 2026-yil 25-avgust kuni Huquqni muhofaza qil
Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim uchun o‘qishga qabul imtihonlari
📝 Bugun, 2026-yil 25-avgust kuni Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, O‘zbekiston milliy universiteti, Namangan davlat universiteti, Termiz davlat universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti, Samarqand davlat universiteti, Qoraqalpoq davlat universiteti, Buxoro davlat universitetiga ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim olish uchun o‘qishga qabul imtihonlari, shu bilan bir qatorda, Majburiy ijro byurosi (MIB) xodimlari uchun Huquqni muhofaza qilish akademiyasining «Yurisprudensiya» ta’lim yo‘nalishiga hamda Jamoat xavfsizligi universitetining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati” ta’lim yo‘nalishiga nomzodlarni o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari bo‘lib o‘tdi. 📆 Test sinovlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi. 👥 Jarayonlarda 6000 nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi. 📝 Imtihon natijalari hisoblanib, qaydnomalar rasmiylashtirilgandan keyin belgilangan tartibda tegishli oliy ta'lim muassasalariga taqdim etiladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#Apellatsiya O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlari yuzasidan apellatsiya arizalari qabul qilinmoqda 📝 Tala
#Apellatsiya
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlari yuzasidan apellatsiya arizalari qabul qilinmoqda
📝 Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlaridan respublikadagi davlat va nodavlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlardan apellatsiya arizalari qabul qilinmoqda. 💼 Apellatsiya arizalari 27-avgustga qadar (shu kuni ham) my.uzbmb.uz sayti orqali (talabgorning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda qabul qilinadi. ✅ Talabgor apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlashtirilmagan bo‘lishi lozim. 📨 Apellatsiya arizasini bergan talabgorga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi. ⛳ Talabgor xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va ruxsatnoma bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi lozim. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#adliya_xabari ✅ Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgar
#adliya_xabari ✅ Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 175-son qarori bilan ta’lim tashkilotida ta’lim va tarbiya sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi pedagog shaxslarga 60 ga yaqin turdagi xizmatlarni ko‘rsatishda belgilangan yig‘im va to‘lovlarni undirishda ushbu to‘lovlarning 50 foizi miqdorida imtiyoz qo‘llanilishi nazarda tutildi.
Bularga quyidagi davlat xizmatlarini misol qilib keltirish mumkin: 1. Umumta’lim fanlaridan bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish 2. Chet tilini bilish darajasini aniqlash 3. Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish 4. Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarning dublikatini berish 5. Davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash 6. Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlar va ular bo‘yicha tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish 7. Ko‘chmas mulkni bo‘lish va uning yangi chegaralarini belgilash 8. Ko‘chmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash 9. Ko‘chmas mulk obyektlariga (noturar bino va inshootlarga oid hamda turar joy fondiga oid qismlariga) hamda ko‘p kvartirali uydagi umumiy mulkka kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish 10. Qurilish tugallangan obyektni topshirish-qabul qilish va foydalanish uchun ruxsatnoma berish 11. Yer uchastkalariga va ko‘p yillik dov-daraxtlarga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish 12. Ko‘chmas mulk buzilishga tushganligi yoki tushmaganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish 13. Shaxsning nomida ko‘chmas mulk (turar va noturar joy) mavjud yoki mavjud emasligi haqida ma’lumotnoma berish 14. Elektron raqamli imzo kalitini ro‘yxatga olish va elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish 15. Yuridik va jismoniy shaxslarni gaz tarmoqlariga ulash 16. Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash 17. Yuridik va jismoniy shaxslarni issiqlik ta’minoti tarmoqlariga ulash 18. Yuridik va jismoniy shaxslarni suv ta’minoti va suv chiqarib tashlash tarmoqlariga ulash 19. Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan arxiv ma’lumotnomalari berish 20. Statistika ma’lumotlarini taqdim etish
➡️ Shuningdek, Adliya vazirligi tomonidan “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqilgan bo‘lib, hozirda loyiha ko‘rib chiqish jarayonida. Loyihada pedagog shaxslarga tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxsning vakili sifatida murojaat qilish hollaridan tashqari barcha davlat xizmatlarini ko‘rsatish chog‘ida qonunchilik hujjatlarida belgilangan davlat bojlari bo‘yicha ellik foizli chegirma qo‘llanilishi nazarda tutilgan.
Bundan tashqari, Prezidentning “Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qo‘llab-quvvatlash choralari to‘g‘risida” 2025-yil 9-noyabrdagi PQ–336-son qaroriga ko‘ra Sog‘liqni saqlash vazirligiga davlat tibbiyot muassasalarining tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga davlat xizmatlari uchun to‘lovlarni kamaytirishga oid imtiyozlarni qo‘llash hamda qonunchilik hujjatlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish borasida takliflar tayyorlash vazifasi yuklatilgan.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling 🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev rafiqalari hamrohli
+9
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev rafiqalari hamrohligida Buxoroning jahonga mashhur tarixiy obidalarini ziyorat qildilar. Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#Chet_tili_imtihoni 〰️〰️〰️ Chet tillidan sertifikat imtihonlari 📝 Chet tili (ingliz, nemis, fransuz, turk va arab tillari)ni
+5
#Chet_tili_imtihoni 〰️〰️〰️
Chet tillidan sertifikat imtihonlari
📝 Chet tili (ingliz, nemis, fransuz, turk va arab tillari)ni bilish darajasini aniqlashning tinglab tushunish, o‘qish va yozish ko‘nikmalari bo‘yicha imtihonlar bo‘lib o‘tdi. 📆 Imtihonlar 2026-yil 24-avgust kuni Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi. 👥 Ularda salkam 19 ming nafardan ko‘p talabgor ishtirok etgan bo‘lsa, shulardan 39 nafari amaldagi tartib-qoidani buzgani uchun jarayondan chetlatildi. 🎶 Mazkur imtihonning gapirish ko‘nikmasini baholash bosqichi 25-avgustdan 4-sentyabrgacha (dam olish va bayram kunlaridan tashqari) o‘tkazilishi belgilangan. 📝 Imtihon natijalari VMning 73-son qarorida belgilangan tartibga muvofiq e’lon qilinadi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

🎙 TOSHKENT SHAHRIDA ILK BOR — COLLEGE BOARD SAT | AP DAY XALQARO TADBIRI! 🏢 Bilim va malakalarni baholash agentligi huzurid
🎙 TOSHKENT SHAHRIDA ILK BOR — COLLEGE BOARD SAT | AP DAY XALQARO TADBIRI! 🏢 Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi hamda College Board hamkorligida 2026-yil 12-oktabr kuni Toshkent shahrida “College Board SAT | AP Day” xalqaro tadbiri o‘tkaziladi. 🤝 Mazkur tadbir ta’lim sohasidagi mutaxassislar, umumta’lim va oliy ta’lim muassasalari vakillari, xalqaro ta’lim dasturlariga qiziquvchi pedagoglar hamda ta’lim sohasi ekspertlarini bir maydonga jamlaydi. 🔰 Tadbir doirasida quyidagi masalalar muhokama qilinadi: 🔹 SAT va AP dasturlarining ta’limdagi o‘rni va imkoniyatlari; 🔹 xalqaro universitetlarga qabul jarayonidagi zamonaviy yondashuvlar; 🔹 o‘quvchilarning akademik salohiyatini xalqaro mezonlar asosida baholash; 🔹 xalqaro ta’lim sohasidagi ilg‘or tajribalar; 🔹 College Board va boshqa xalqaro ekspertlar bilan professional muloqot hamda hamkorlik istiqbollari. 👧 Tadbir ishtirokchilar uchun xalqaro baholash va oliy ta’limga qabul jarayonlaridagi so‘nggi tendensiyalar bilan yaqindan tanishish, shuningdek, soha mutaxassislari bilan tajriba almashish imkonini beradi. 🗓 Sana: 2026-yil 12-oktabr 🕘 Boshlanish vaqti: 09:00 📍 Manzil: Azimut Grand Hotel, Toshkent shahri 📝 Tadbirda ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi: 🔗 https://shorturl.at/MFfKM Xalqaro ta’lim va baholash sohasidagi nufuzli tadbirda ishtirok etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! ☎️ Murojaat uchun: 🔹 (95) 515-68-68 ✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram | YouTube