Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Sirdaryo viloyati boshqarmasi| Rasmiy kanal
رفتن به کانال در Telegram
Канал админи билан боғланиш учун: @Sarvinoz8991 Ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram: https://t.me/Sirdaryo_viloyatiSEOvaJSB Facebook: https://www.facebook.com/SirdaryoviloyatiSes/?ref=pages_you_manage Instagram: https://instagram.ftas1-2.fna.fbcdn.net/v/t51.28
نمایش بیشتر1 748
مشترکین
-624 ساعت
-497 روز
-28130 روز
آرشیو پست ها
🪱 BOLANGIZNI GELMINTLARDAN HIMOYALANG!
❓ Gelmintlar o‘zi nima?
Gelmintlar — odam organizmida parazitlik qilib yashaydigan chuvalchangsimon parazitlar bo‘lib, ular keltirib chiqaradigan kasalliklar gelmintozlar deb ataladi. Ayniqsa, bolalar gelmintozlarga moyil bo‘lib, kasallik gigiyena qoidalariga rioya qilinmaganda oson yuqishi mumkin.
🦠 Gelmint tuxumlari iflos qo‘l, yaxshi yuvilmagan meva-sabzavot, zararlangan suv va yetarlicha termik ishlov berilmagan oziq-ovqatlar orqali organizmga tushishi mumkin.
🗣 Farzandingizni himoya qilish uchun:
🧼 Ovqatlanishdan oldin va hojatxonadan keyin qo‘llarini sovunlab yuvishga o‘rgating;
🍎 Meva va sabzavotlarni yaxshilab yuvib iste’mol qildiring;
💧 faqat toza va xavfsiz suv ichishini ta’minlang;
🥩 go‘sht va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini yetarlicha pishirib iste’mol qildiring;
🏠 uyda tozalik va shaxsiy gigiyenaga rioya qiling;
🐕 uy hayvonlarini veterinariya nazoratidan o‘tkazib turing.
⚠️ Bolada qorin og‘rig‘i, ishtahaning o‘zgarishi, ozib ketish, ko‘ngil aynishi yoki boshqa shubhali belgilar kuzatilsa, o‘zboshimchalik bilan dori bermang. Shifokorga murojaat qiling.
⚡️Sanepidqoʻmita Xovos tuman boʻlimi Axborot xizmati : 🔽🔽🔽 📱Telegram 📱Instagram
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan hududlarda umumiy qiymati 50 trillion so‘mlik 163 ta yangi obyektni ishga tushirish marosimi boʻlib oʻtdi.
—
С участием Президента Шавката Мирзиёева состоялась церемония ввода в эксплуатацию 163 новых объектов на общую сумму 50 триллионов сумов в регионах страны по случаю 35-летия независимости.
#Mirziyoyev #marosim #mustaqillik35 #obyektlar
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
50 trillion so‘mlik 163 ta obyekt: Prezidentimiz eng ulug‘, eng aziz bayram arafasida yangi quvvatlarni ishga tushirdi.
—
163 объекта на 50 триллионов сумов: Президент нашей страны ввел новые мощности по случаю самого великого, самого дорогого праздника.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🍽️ MAKTAB OSHXONALARIDA QANDAY MAHSULOTLARNI SOTISH MUMKIN EMAS?
⚠️ Maktab oshxonasida istalgan mahsulotni sotish mumkin emas. Chunki bolalar salomatligi — birinchi o‘rinda!
🚫 Sotilishi taqiqlangan mahsulotlarga quyidagilar kiradi:
🔹 energetik ichimliklar;
🔹 alkogol va tamaki mahsulotlari;
🔹 sifatsiz yoki xavfsizligi kafolatlanmagan mahsulotlar;
🔹 noma’lum sharoitlarda tayyorlangan mahsulotlar;
🔹 yaroqlilik muddati o‘tgan mahsulotlar.
👨👩👧👦 Farzandingiz maktab oshxonasidan nimalar xarid qilayotganiga befarq bo‘lmang!
💚 Sog‘lom bola — sog‘lom kelajak!
📲 Ushbu ma’lumotni ota-onalar va farzandlar salomatligiga befarq bo‘lmagan yaqinlaringiz bilan ulashing!
#Sanepid #MaktabOshxonasi #OziqOvqatXavfsizligi #BolalarSalomatligi #SoglomAvlod
SanEpid qo'mita Sirdaryo viloyat boshqarmasi Matbuot xizmati
💻 Sirdaryo viloyat boshqarmasi OAV va jamoatchilik bilan ishlash boʻlimi 🔽🔽🔽 |Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |You Tube
📌 Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘rganish natijalari
Sanepidqo‘mning 2026-yil 4-avgustdagi 02-07/8428-sonli reja-topshirig‘iga asosan, 21–24-avgust kunlari Respublika ishchi guruhi tomonidan Sanepidqo‘mning Sirdaryo viloyati boshqarmasi hamda tuman/shahar bo‘limlarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida sanitariya-epidemiologik xulosalarni rasmiylashtirish, umumiy ovqatlanish va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini nazorat qilish, ishga qabul qilish jarayonlari, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, xodimlarni maxsus o‘qitish, ishonch telefoni va murojaatlar bilan ishlash, elektron davomat hamda Face ID tizimlari, pullik xizmatlarning shaffofligi va norasmiy to‘lovlarning oldini olish masalalariga e’tibor qaratildi.
Aniqlangan masalalar yuzasidan mutaxassislarga amaliy tavsiyalar berilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.
🎥#TozaQollar
🫲🫱 TOZA QO‘LLAR — SALOMATLIK ASOSI!
👐Qo‘l gigiyenasi — ko‘plab yuqumli kasalliklarning oldini olishning eng oson va samarali usulidir!💡 Quyidagi "Toza qo‘llar qoidalari"ni yodda tuting: 1️⃣ Qo‘llaringizni har doim sovun bilan yuvishga odatlaning. 2️⃣ 20 soniya davomida yuvish — barmoqlar orasini, tirnoq ostini va kaftni tozalang. 3️⃣ Ovqatdan oldin va keyin, hojatxonadan chiqqach, ko‘chadan kelgach qo‘lingizni yuvishni unutmang. 4️⃣Sovun va suv bo‘lmasa — antiseptik vositalardan foydalaning. 5️⃣ Bolalarga to‘g‘ri qo‘l yuvishni o‘rgating — bu ularni kasalliklardan himoya qiladi!
Ushbu oddiy odatni kundalik hayotingizga kiriting — o‘zingizni va yaqinlaringizni asrang!⚡️Sanepidqo`mita Axborot xizmati 😎 Telegram|😎 Instagram|😎 Facebook|📱 YouTube|😐 Veb-sayt
🎥#KorrupsiyagaQarshi
🚫 Korrupsiyani yashirma — xabar ber! Adolatli jamiyat uchun har birimiz mas’ulmiz!📣 Sizning xabaringiz — katta o‘zgarishlarga yo‘l ochadi! ⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati 📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
+1
Korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish bo‘yicha o‘rganishlar
Sanepidqo‘mning 2026-yil 4-avgustdagi 02-07/8428-sonli reja-topshirig‘iga asosan, joriy yilning 21–24-avgust kunlari Respublika ishchi guruhi tomonidan Sirdaryo viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi hamda hududiy bo‘limlar faoliyatida korrupsiyaga oid xavf-xatarlar, manfaatlar to‘qnashuvi, xizmat vakolatlarini suiiste’mol qilish va boshqa korrupsiyaviy holatlarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganilmoqda.
Jumladan, 21-avgust kuni Guliston shahar va Mirzaobod tumani bo‘limlarida mazkur yo‘nalishdagi ishlar holati o‘rganilib, aniqlangan masalalar yuzasidan mutaxassislarga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi.
O‘rganishlar davomida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash va ularning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda xizmat faoliyatida qonuniylik va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Sardobada yana bir zamonaviy ijtimoiy bino foydalanishga topshirildi
Bugun, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bayrami arafasida Sardoba tumanida aholi salomatligini muhofaza qilishga xizmat qiluvchi yana bir muhim ijtimoiy obyekt foydalanishga topshirildi.
Sardoba tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limining yangi binosi zamonaviy talablar asosida yangidan qurilib, foydalanishga topshirildi.
Mazkur yangi bino soha xodimlari uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash, kasalliklarning oldini olish hamda jamoat salomatligini muhofaza qilish borasidagi ishlarni yanada samarali tashkil etish imkonini beradi.
Ochilish marosimida tuman hokimi, nuroniylar, soha vakillari hamda mahalla ahli ishtirok etishdi.
Sardobada yana bir zamonaviy ijtimoiy bino foydalanishga topshirildi
Bugun, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bayrami arafasida Sardoba tumanida aholi salomatligini muhofaza qilishga xizmat qiluvchi yana bir muhim ijtimoiy obyekt foydalanishga topshirildi.
Sardoba tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limining yangi binosi zamonaviy talablar asosida yangidan qurilib, foydalanishga topshirildi.
Mazkur yangi bino soha xodimlari uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash, kasalliklarning oldini olish hamda jamoat salomatligini muhofaza qilish borasidagi ishlarni yanada samarali tashkil etish imkonini beradi.
Ochilish marosimida tuman hokimi, nuroniylar, soha vakillari hamda mahalla ahli ishtirok etishdi.
Guliston tumanida o‘rganish ishlari olib borildi
Sanepidqo‘mitaning 2026-yil 4-avgustdagi 02-07/8428-sonli reja-topshirig‘iga asosan, 21-avgust kuni Guliston tuman Sanepid bo‘limida Respublika ishchi guruhi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti xodimi N. Mamatov tomonidan quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:
🔹 oziq-ovqat mahsulotlari hamda ishlab chiqarish obyektlariga sanitariya-epidemiologik xulosalarni rasmiylashtirish;
🔹 nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga sanitariya-epidemiologik xulosalar berish;
🔹 umumiy ovqatlanish obyektlari faoliyatini nazorat qilish va korrupsiyaviy holatlarning oldini olish;
🔹 ishga qabul qilish jarayonlari, tanlov komissiyasi faoliyati va tegishli hujjatlarning yuritilishi;
🔹 korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar ijrosi;
🔹 xodimlar o‘rtasida profilaktik-targ‘ibot tadbirlari va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish;
🔹 korrupsiya xavfi yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarda aniqlangan xavflarni bartaraf etish choralari;
🔹 ishonch telefoni va murojaatlar kanallarining faoliyati;
🔹 xodimlarning korrupsiyaga qarshi maxsus o‘quv kurslarida ishtiroki;
🔹 elektron Face ID va davomat tizimining joriy etilishi;
🔹 fuqarolar uchun korrupsiyaga qarshi targ‘ibot materiallari, bannerlar va QR-kodlarning joylashtirilishi;
🔹 pullik xizmatlar ro‘yxati, tariflar va to‘lov tartibining ochiq e’lon qilinishi;
🔹 norasmiy to‘lovlarning oldini olish, videokuzatuv va kassa xavfsizligini ta’minlash;
🔹 xodimlarning sudlanganlik holati hamda shtat birliklariga oid hujjatlarning yuritilishi.
O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan bo‘lim mutaxassislariga tegishli amaliy tavsiyalar berilib, kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
+3
#Siyosiy_ma’rifat_soati
🔰Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi xodimlari navbatdagi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida maʼlumot berib boruvchi “Siyosiy-maʼrifat soati” taqdim qilindi.
Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi "Siyosiy-ma’rifat soati" haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi.#Sanepid #Sirdaryo #Sanitariya #Manaviyat #Marifat #Milliylik SanEpid qo'mita Sirdaryo viloyat boshqarmasi Matbuot xizmati
💻 Sirdaryo viloyat boshqarmasi OAV va jamoatchilik bilan ishlash boʻlimi 🔽🔽🔽 |Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |You Tube
💉 EMLASH — BOLALAR SALOMATLIGI UCHUN MUHIM HIMOYA! 🛡
👶 Farzandingizni ayrim yuqumli kasalliklardan himoya qilishda emlash muhim ahamiyatga ega. 🩺 Vaksinalar organizmga kasalliklarga qarshi himoya shakllantirishga yordam beradi.📅 Ota-onalar uchun muhim tavsiyalar: 🔹 Farzandingizning emlash taqvimini muntazam kuzatib boring; 🔹 Belgilangan muddatlarda emlashni o‘tkazing; 🔹 Emlash bo‘yicha shifokor tavsiyalariga amal qiling; 🔹 Emlashga oid savollaringiz bo‘lsa, tibbiyot xodimiga murojaat qiling. 🛡 Emlash qizamiq, ko‘kyo‘tal, poliomiyelit kabi yuqumli kasalliklardan himoyalanishga yordam beradi. 🤖 Ushbu foydali ma’lumotlarni sizga Sanepidqo‘m Sirdaryo viloyati boshqarmasining sun’iy intellekt personaji — Sarvinoz taqdim etmoqda. ❤️ Sog‘lom kelajak — bugungi himoyadan boshlanadi! #Emlash #Immunizatsiya #BolaSalomatligi #Profilaktika #Sarvinoz #Sanepidqomita 🖥 Sirdaryo viloyati boshqarmasi OAV va jamoatchilik bilan ishlash bo‘limi 🔽🔽🔽 | Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube |
+2
🔰 Yosh mutaxassislar bilan ochiq muloqot tashkil etildi
🔷 Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Sirdaryo viloyati tizimida faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislar ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi.
🟢 Tadbirda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari ishtirok etib, 30 yoshgacha bo‘lgan xodimlar bilan ochiq va samimiy muloqot olib bordi. Uchrashuv davomida yosh mutaxassislarning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari tinglandi.
Muloqotda sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, yosh mutaxassislar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashildi.
SanEpid qo‘mitasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi Matbuot xizmati
🔽🔽🔽
| Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube |
🧸 FARZANDINGIZ UCHUN XAVFSIZ O‘YINCHOQ TANLANG!
👀 O‘yinchoq tanlashda uning faqat chiroyli va qiziqarli ko‘rinishiga emas, bolangiz uchun xavfsizligiga ham e’tibor bering!
🔎 O‘yinchoq xarid qilishda:
▫️ bolaning yoshiga mosligini tekshiring;
▫️ mayda ajraladigan qismlari bor-yo‘qligiga e’tibor bering;
▫️ o‘tkir qirralar va xavfli detallar bo‘lmasin;
▫️ materiali va tayyorlanish sifatiga e’tibor qarating;
▫️ sifati va xavfsizligi shubhali o‘yinchoqlardan voz keching.
❤️ Esingizda bo‘lsin: o‘yinchoq tanlash — shunchaki xarid emas, bu farzandingiz salomatligi va xavfsizligi uchun muhim tanlov!🤖 Ushbu foydali tavsiyalarni sizga Sanepidqo‘mita Sirdaryo viloyati boshqarmasining sun’iy intellekt personaji — Sarvinoz taqdim etmoqda. 👨👩👧👦 Farzandingiz uchun avvalo xavfsizlikni tanlang! #XavfsizOyinchoq #BolaSalomatligi #Sanitariya #Gigiyena #Sarvinoz #Sanepidqo‘mita 🖥 Sirdaryo viloyati boshqarmasi OAV va jamoatchilik bilan ishlash bo‘limi 🔽🔽🔽 | Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube |
