cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Sirdaryo viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi| Rasmiy kanal

Канал админи билан боғланиш учун: @Sarvinoz8991 Ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram: https://t.me/Sirdaryo_viloyatiSEOvaJSB Facebook: https://www.facebook.com/SirdaryoviloyatiSes/?ref=pages_you_manage Instagram: https://instagram.ftas1-2.fna.fbcdn.net/v/t51.28

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
1 472
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-57 روز
-1030 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Mustaqillik mahallasida aholi bilan sanitariya targ'ibot ishlari davom etmoqda.
Mahallabay ishlash tizimi murakkab jarayon boʻlishiga qaramasdan, unda har bir insonning dardini tinglash, uning qismatini tubdan oʻzgartirish, jamiyat taraqqiyotini iqtisodiy oʻsishlar bilangina emas, balki aholining oʻz hayotidan mamnunligi bilan oʻlchash kabi mezonlar mavjud.
🔰Sanepidqo'mita Sirdaryo viloyati boshqarmasi Xovos tuman bo'limi  xodimlari tomonidan "Mustaqillik" MFY fuqarolari orasida sanitariya targ'ibot ishlari o'tkazildi.

🔹Olib borilgan tadbir mobaynida mahalla aholisiga va do'konlarda faoliyat olib boruvchi bekalarga mahalla faollari bilan birgalikda xonadonni ozoda tutish, sifati kafolatlanmagan mahsulotlarni sotish, sotib olish va iste'mol qilish salomatlik uchun jiddiy xavf uyg'otishi  yuzasidan tavsiyalar berildi.

🔹Shuningdek, o'tkir yuqumli ichak kasalliklari va  profilaktikasi hamda emlashning inson salomatligida ahamiyati haqida ko'rsatmalar berildi va tarqatmalar tarqatildi.

💻Sirdaryo viloyat boshqarmasi OAV va jamoatchilik bilan ishlash boʻlimi

📣Yangiliklarni kuzatib boring

🔽🔽🔽 

|Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram
نمایش همه...

👍 1
#live 🔰Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi Sirdaryo viloyat boshqarmasining Shirin shahar boʻlimi boshligʻi Xamdam Xolmurodov tomonidan "Qurbon hayit" bayrami murosabati bilan, Shirin shahardagi yarmarkalarda oziq-ovqat xavsizligiga amal qilinishi, aholi uchun yaratilgan sharoitlarni oʻrganildi. Shuningdek hayit nomozi oʻqiladigan “Nurli yoʻq” jome masjidining sanitariya-gigienik holati oʻrganildi, masʼul xodimlarga zaruriy tavsiyalar berildi. 💻Sirdaryo viloyat boshqarmasi OAV va jamoatchilik bilan ishlash boʻlimi 📣Yangiliklarni kuzatib boring 🔽🔽🔽 |Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram
نمایش همه...
👍 1
#live 🔴SANITARIYA TEKSHIRUV- aholi salomatligini saqlash, bemorlarga sifatli tibbiy xizmat ko'rsatish, bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda shifoxona ichi infeksiyalari tarqalishini oldini olish maqsadida.... 🟥Yangiyer shahar TTB 🟥Xovos tuman TTB 🟥Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi davlat muassasining Sirdaryo viloyati filialida sanitariya nazorati olib borilib quydagi xato kamchiliklar aniqlandi. ➖infeksion nazorat komissiyasi faoliyati yuritmayotganligi ➖“Davolash-profilaktika muassasalarini bir marotaba ishlatiladigan tibbiy buyum va asboblar bilan yetarlicha taʻminlanmaganligi ➖TTB hududida hosil boʻlgan tibbiyot chiqindilarni utilizatsiyasi boʻyicha shartnoma shartlari bajarilmagan ➖Qabul boʻlimi amaldagi 0020-22-sonli SanQvaM talablari asosida tashkil qilinmagan ➖TTBda SSVning “Tibbiyot xodimlarining tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi buzilgan ➖Tibbiy xujjat shakillari talab darajasida boʻlmaganligi ➖ Qon transfuziya (qon va qon preparatlarini quyish) yoʻnalishida bir qator xatoliklar ➖Almashinuv kartasi yo'q yoki toʻliq boʻlmagan ayollarni RW ga tekshirish qabul xonada emas, bemor bor boʻlimlarda amalga oshiriladi. VG ”B” esa tekshirish yoʻlga qoʻyilmagan ➖Laparoskop apparatining tarkibiy qismlari kimyoviy sterilizatsiyasi notoʻgʻri olib borilishi ➖Klinik-diagnostika laboratoriya xonalar maydoni va oʻlchami 0020-22-sonli SanQvaM talablariga toʻliq javob bermasligi aniqlandi. 🔴Tekshiruv natijasiga bo'yicha mas'ullar OGOHLANTIRILIB intizomiy hamda MJTKning tegishli moddalariga asoslanib ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. 💻Sirdaryo viloyat boshqarmasi OAV va jamoatchilik bilan ishlash boʻlimi 📣Yangiliklarni kuzatib boring 🔽🔽🔽 |Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram
نمایش همه...

👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
#tabrik Aziz yurtdoshim, qadrli hamkasblarim! Saodatli kun arafasida barchangizni Muborak Qurbon hayiti bilan samimiy qutlayman. Ulug‘ bayramni barchamiz xursandchilik, shodu xurramlik va hamjihatlikda o‘tkazishlik nasib etsin. Oilangizga tinchlik, totuvlik mashaqqatli kasbingizga ulkan muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin. Keyingi yil ushbu muborak kunlarda ham bir-birimizni arafa kuni va qurbon hayiti bilan tabriklashni Alloh barchamizga nasib qilsin! Bugungi arafa kuni va kelayotgan Qurbon hayiti muborak bo‘lsin! Cheksiz hurmat bilan Jo‘rabek Xasanov Sirdaryo viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi boshlig‘i 💻Sirdaryo viloyat boshqarmasi OAV va jamoatchilik bilan ishlash boʻlimi 📣Yangiliklarni kuzatib boring 🔽🔽🔽 |Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram
نمایش همه...
👍 5
Photo unavailableShow in Telegram
❓Oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqlilik muddatiga qoʻyiladigan gigiyenik talablar ❗️Oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqlilik muddati uni ishlab chiqarilgan sanasidan boshlanadi va oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalanish muddati tugagunga qadar amal qiladi. ❗️ Oziq-ovqat… Batafsil...👇👇👇 https://sirdaryoses.uz/?p=3576
نمایش همه...
#bilasizmi ❓Oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqlilik muddatiga qoʻyiladigan gigiyenik talablar ❗️Oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqlilik muddati uni ishlab chiqarilgan sanasidan boshlanadi va oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalanish muddati tugagunga qadar amal qiladi. ❗️ Oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqlilik muddatini oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi. ❓ Yaroqlilik muddati uzaytiriladigan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalari (sexlar) quyidagi talablarga mos kelishi shart: ❗️texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga javob beradigan jihozlarning toʻliq toʻplamiga ega boʻlish; ❗️texnologik jarayon davomida oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini taʼminlash uchun zarur laboratoriya nazoratini tashkil qilish; ❗️veterinariya, sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan xom ashyo bilan taʼminlanish; ❗️oziq-ovqat mahsulotlarini tashish uchun muzlatgichlar, sovutish xonalari va yetarli hajmga ega boʻlgan transport vositalariga (zarur haroratni saqlash sharoitlarini talab qiladigan mahsulotlar boʻlsa) ega boʻlishi. ❗️Oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqlilik muddatini belgilashda ishlatilgan tarkibiy qismlarning yaroqlilik muddati va saqlash sharoitlarini hisobga olish kerak. Koʻp tarkibli oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish undagi yakuniy tarkibiy qismning yaroqlilik muddatiga mos kelishi kerak. ❌Tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqlilik muddati oʻtganda va qadogʻi buzilgan taqdirda isteʼmol qilinmaydi. ❌Tez buziluv-chi oziq-ovqat mahsulotlarini vakuum, bugʻ-gaz oʻtkazmaydigan plyonkalar va modifikatsiyalangan atmosfera sharoitida qayta vakuumlashga yoʻl qoʻyilmaydi. 🔷Yuqoridagi ma'lumotlarga asoslangan holda, oziq-ovqat mahsulotlarni xarid qilish, kishi salomatligiga foyda. 💻Sirdaryo viloyat boshqarmasi OAV va jamoatchilik bilan ishlash boʻlimi 📣Yangiliklarni kuzatib boring 🔽🔽🔽 |Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram
نمایش همه...

FAVVORALARIDA CHO‘MILISH MUMKINMI Yoz boshlanishi bilan shaharlarimizning odamlar gavjum joylarida favvoralar ishlay boshlaydi. Jazirama issiqda ular beradigan salqinlik va qulaylik juda yoqimli va ajoyib, lekin bu favvoralar suvida cho‘milish mumkinmi? 💠Masalan, shahar markazida chiroyli favvora mavjud. U tozalanadi, yuviladi va toza ichimlik suvi quyiladi. Bu suv bir necha hafta davomida yopiq siklda aylanadi. Hech qanday xavf yo‘qdek tuyuladi. Lekin favvoraning toza bo‘lib tuyulishini butunlay inkor etadigan bitta holat mavjud - u ochiq osmon ostida, va barcha tirik mavjudotlar va shamol uchun ochiqdir. Masalan favvora ustidan bir qush uchib o‘tdi va u axlatini suvga tushirdi. Qarabsizki suvda gelmint lichinkalari ko‘payishni boshlaydi. 💠Keyin yaqin atrofda yugurib yurgan kuchukcha suv ichdi va cho‘milib oldi, yana gelmint tuxumlari qo‘shildi. Shu sababli favvoralarda cho‘milgan odam turli ichak va teri kasalliklarini yuqtirib olishi mumkin. 💠Favvoralar suvi basseynlar suvi kabi zararsizlantirilmaydi. Yana bir jihati cho‘milayotgan odam favvoraning silliq tubida sirpanib yiqilib tushishi mumkin, suvning tubida esa qattiq shikast yetkazishi mumkin bo‘lgan o‘tkir, qirrali moslamalar joylashgan bo‘ladi. Shunday qilib, favvoralar shahar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shish va salqinlik berish uchun qurilgan me’moriy va dekorativ element bo‘lib, ularning suvi ichish yoki cho‘milish uchun mo‘ljallanmagan! 💻Sirdaryo viloyat boshqarmasi OAV va jamoatchilik bilan ishlash boʻlimi 📣Yangiliklarni kuzatib boring 🔽🔽🔽 |Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram
نمایش همه...

🔰SHIRIN SHAHRIDA AHOLINI SANITARIYA SOHASIGA OID MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA 🔷Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Sirdaryo viloyat boshqarmasining Shirin shahar bo‘limi xodimlari tomonidan «Mahallabay» ishlash tizimi bo‘yicha bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. 🔷Shaharda mavjud 7 ta mahallalarda o‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha mahalla raislari bilan muhokamalar o‘tkazilib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda fuqaroning murojaatini joyida bartaraf etilmoqda. 🔷Do‘stlik mahallasida joylashgan 40 dan ortiq xonadon o‘rganildi. O‘rganish davomida xonadonlarda oshxonalar, hojatxonalar, hammomlarining sanitariya holatiga alohida eʼtibor qaratilib fuqarolarga tegishli tavsiyalar berildi. 💻Sirdaryo viloyat boshqarmasi OAV va jamoatchilik bilan ishlash boʻlimi 📣Yangiliklarni kuzatib boring 🔽🔽🔽 |Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram
نمایش همه...
👍 1
🕌“Qurbon hayiti” bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va yuqori darajada o‘tkazish davrida aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlash hamda jamoat namozlarida aholi orasida yuqumli kasalliklar tarqalishini oldini olish maqsadida 🔳Guliston sh➖4 ta 🔳Yangiyer sh➖2 ta 🔳Shirin sh➖ 1 ta 🔳Boyovut t➖ 16 ta 🔳Guliston t➖ 9 ta 🔳Sirdaryo t➖ 6 ta 🔳Sayxunobod t➖7 ta 🔳Sardoba t➖ 8 ta 🔳Oqoltin t➖ 4 ta 🔳Xovos t➖ 12 ta 🔳Mirzaobod t➖9 ta jami viloyatimizda mavjud 78 ta masjidlarda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi hamda uning hududiy shahar va tuman bo‘lim xodimlari tomonidan zararsizlantirish ishlari olib borilib, sanitariya qoidalarga rioya etishlari bo‘yicha bosh imom xatiblariga ko‘rsatma va eslatmalar berilmoqda. Shu bilan birga masjid hojatxonalarining tozaligi, ularda dezinfeksiya ishlari o‘tkazilishi, tahoratxonalarning holati, hosil bo‘lgan chiqindi suvlarining chiqib ketishi masalalariga eʼtibor qaratildi. 💻Sirdaryo viloyat boshqarmasi OAV va jamoatchilik bilan ishlash boʻlimi 📣Yangiliklarni kuzatib boring 🔽🔽🔽 |Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram
نمایش همه...

👍 1
#live 🔰Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi xodimlari navbatdagi “Maʼnaviyat-maʼrifat soati”da faol ishtirok etdi. 🌐 Bizni kuzatishda davom eting! 💻 Sirdaryo viloyat boshqarmasi OAV va jamoatchilik bilan ishlash boʻlimi 🔽🔽🔽 |Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram
نمایش همه...