cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Sanitariya-epidemiologiya qo'mitasi | Vaksina oling!

Rasmiy sayt http://sanepid.uz Telegram: t.me/sanepidcommittee Youtube: https://www.youtube.com/channel/UC4sCgbkdEFtYOQSK-dvOOEQ Facebook: fb.me/@sanepidxizmat Instagram: instagram.com/sanepid__uz Murojaat uchun bot: @Sanepidmurojaatbot 78/888-01-01 (011)

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
13 316
مشترکین
-4024 ساعت
+2337 روز
-2 89530 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

12-may - Xalqaro hamshiralar kuni!
Bu kun munosabati bilan Maxsus yuqumli kasalliklar shifoxonasi hamshiralariga bir savol bilan yuzlandik.
- Siz uchun eng og'ir vaziyat qaysi?
Ularning javobi bizni hayratga soldi. Ko'zlarida yosh bilan aytilgan samimiy so'zlari sizni ham hayratga, ham ularga nisbatan tahsin aytishga undashi aniq.
Bayramingiz muborak bo'lsin oq libosli fidoyi hamshiralar!
Тelegram| Instagram| Facebook| YouTube
نمایش همه...
🔥 1
Тарихда бу кун 12 МАЙ – ХАЛҚАРО ҲАМШИРАЛАР КУНИ 👩‍🔬Дунё ҳамширалари ўз касб байрами – Бутунжаҳон ҳамширалар кунини 1️⃣2️⃣ май – ҳамширалик иши асосчиси Флоренс Найтингейл (1820-1910) туғилган кунда нишонлашади. Қрим уруши пайтида (1853-1856) Найтингейл бир гуруҳ роҳибалар ва меҳрибон опа-сингиллар билан Скутари (ҳозирги Ускудар, Истанбул)даги инглиз касалхонасида ҳамда Балаклава (ҳозирги Севастополь жанубидаги туман) дала касалхонасида фаолият кўрсатиб, санитария ва ярадорларга ғамхўрлик қилиш тамойилларини изчил амалга оширган. Натижада олти ойдан камроқ вақт ичида касалхоналарда ўлим даражаси 42 фоиздан 2,2 фоизгача камайган. Найтингейл хоним Англияга қайтганидан кейин ўзининг илк ихтисослаштирилган ҳамширалик мактабини очди. ✳️ Халқаро ҳамширалар кунини ташкил этиш тўғрисидаги қарор 1899 йилда тузилган Халқаро кенгашга тегишли. Бу Австралия, Канада, Дания, Буюк Британия, АҚШ ва бошқа мамлакатларда ҳамширалар ишни қадрлаган дунёдаги биринчи профессионал аёллар ташкилоти бўлди. ✳️1912 йилда Халқаро Қизил Хоч қўмитаси ҳамширалар тақдирланадиган дунёдаги энг фахрли Флоренс Найтингейл номидаги медални таъсис этган. Ушбу мукофот ҳамширалар ва кўнгилли тиббий хизматчиларга уруш вақтида ҳам, тинчлик пайтида ҳам кўрсатган жасорати ва фидойилиги учун берилади. Кенгаш ҳар йили Халқаро ҳамширалар куни шиорини белгилайди. Ушбу шиор остида кўплаб мамлакатларда конференция, семинар ва давра суҳбатлари ўтказилади. ‼️ 2024 йилги байрам “Бизнинг ҳамшираларимиз. Бизнинг келажагимиз. Соғлиқни сақлашнинг иқтисодий кучи" шиори остида ўтмоқда. Мазкур кампания соғлиқни сақлаш соҳасида муаммоларни ҳал қилиш учун ҳамширалик ишларини ривожлантириш ҳамда глобал миқёсда фуқаролар соғлиғини яхшилашга бағишланади. 📌 Жаҳонда ҳар йилнинг 12 май — Халқаро ҳамширалар куни сифатида кенг нишонланади. Мамлакатимизда ҳам профессионал ҳамширалар фаолиятининг асосчиси Флоренс Найтингейлнинг таваллуд куни шарафига белгиланган бу санада ўрта тиббиёт ходимларининг заҳматли меҳнати эътироф этилади. Уларга эъзозу эҳтиром кўрсатилади. Тelegram| Instagram| Facebook| YouTube
نمایش همه...

👍 8👏 1
💉 Yuqumli kasalliklarga qarshi profilaktik samarali vosita bu albatta emlashdir. Yurtimizda ham immunizatsiya tadbirlarini dunyo bilan hamjihat va hamohang ravishda o‘tkazishga alohida e’tibor berib kelinadi. 🔷 Respublikada oxirgi besh yillik davrda aholining epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash borasida o‘tkazilgan profilaktik, epidemiyaga qarshi maqsadli emlash tadbirlari natijasida ayrim kasalliklar tugatildi, ko‘plab kasalliklar dinamikasida keskin pasayish kuzatildi. 🔷 Yurtimizda milliy emlash kalendari asosida 13 (o‘n uch) turdagi yuqumli kasalliklarga qarshi har yili tug‘ilgan bolalarni 95 foizdan yuqori ko‘rsatkichlarda emlash qamrovi samarasida epidemiologik vaziyatni barqaror bo‘lishiga erishildi. ☎️ Sanepidqo‘mitada aholi o‘rtasida vaksinatsiya bilan bog‘liq savollarga tezkorlik bilan javob qaytarishga mo‘ljallangan Call-markazi tashkil etilgan bo‘lib, vaksinatsiya bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa Call-markazining 1327 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin Sanepidqo‘mita Axborot xizmati Тelegram| Instagram| Facebook| YouTube
نمایش همه...
👍 1
#live
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Sanitariya-gigiyena boshqarmasi boshlig‘i – Juman Tuychiyev tomonidan
‼️ Yuridik va jismoniy shaxslarning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari mosligi bo‘yicha tekshirishlarni tashkil qilish, qo‘llanilgan choralar bo‘yicha Buxoro, Namangan va Toshkent viloyatlari misolida olib borilgan tadbirlar to‘g‘risida ma’ruzasi tinglandi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash markazi direktor v.b. – Ubaydullayev Bekzod tomonidan
‼️ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 4-iyuldagi “Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 272-sonli qarori doirasida amalga oshirilgan tadbirlar va kelgusidagi vazifalar, hududiy boshqarmalar tuman (shahar) bo‘limlarining kadrlar ta’minoti, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish to‘g‘risidagi ma’ruzasi tinglandi. Sanepidqo‘mita Axborot xizmati Тelegram| Instagram| Facebook| YouTube
نمایش همه...
👏 2👍 1🎉 1
#live
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Sanitariya-gigiyena boshqarmasi boshlig‘i – Juman Tuychiyev tomonidan
‼️ Yuridik va jismoniy shaxslarning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari mosligi bo‘yicha tekshirishlarni tashkil qilish, qo‘llanilgan choralar bo‘yicha Buxoro, Namangan va Toshkent viloyatlari misolida olib borilgan tadbirlar to‘g‘risida ma’ruzasi tinglandi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash markazi direktor v.b. – Ubaydullayev Bekzod tomonidan
‼️ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 4-iyuldagi “Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 272-sonli qarori doirasida amalga oshirilgan tadbirlar va kelgusidagi vazifalar, hududiy boshqarmalar tuman (shahar) bo‘limlarining kadrlar ta’minoti, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish to‘g‘risidagi ma’ruzasi tinglandi. Sanepidqo‘mita Axborot xizmati Тelegram| Instagram| Facebook| YouTube
نمایش همه...
👍 1
Hay’at yig‘ilishida
‼️ Epidemiologiya va yuqumli kasalliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i – Ikramov Rustam tomonidan ✅ Karantin va o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar bo‘yicha respublikada epidemik vaziyat, kasallikni tashhislash, davolash va oldini olishda kuzatilayotga muammolar hamda 2024 yilda amalga oshiriladigan vazifalar to‘g‘risida ma`ruzasi tinglandi. Sanepidqo‘mita Axborot xizmati Тelegram| Instagram| Facebook| YouTube
نمایش همه...
👍 4
#live
‼️ Ayni damda navbatdagi Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Kun tartibida: ✔️ Respublikada virusli gepatitning A turini tashxislash, davolash va oldini olish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar, mavjud muammolar, ularning yechimlari hamda kelgusidagi vazifalar to‘g‘risida. ✔️ Karantin va o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar bo‘yicha respublikada epidemik vaziyat, kasallikni tashhislash, davolash va oldini olishda kuzatilayotga muammolar hamda 2024 yilda amalga oshiriladigan vazifalar to‘g‘risida. ✔️ Yuridik va jismoniy shaxslarning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari mosligi bo‘yicha tekshirishlarni tashkil qilish, qo‘lanilgan choralar bo‘yicha Buxoro, Namangan va Toshkent viloyatlari misolida olib borilgan tadbirlar to‘g‘risida. ✔️ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 4 iyuldagi “Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 272-sonli qarori doirasida amalga oshirilgan tadbirlar va kelgusidagi vazifalar, hududiy boshqarmalar tuman (shahar) bo‘limlarining kadrlar ta’minoti, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish to‘g‘risida. Sanepidqo‘mita Axborot xizmati Тelegram| Instagram| Facebook| YouTube
نمایش همه...
👍 6👏 1
#live 🟢
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining 2024-yil 1-chorak yakunlari bo‘yicha Hay’at yig‘ilishi boshlandi.
🟢Yig‘ilishda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisining o‘rinbosarlari, kun tartibiga muvofiq masalaga tegishli boshqarma va bo‘lim boshliqlari hamda laboratoriya mudirlari; Respublika tasarrufidagi muassasalar, ilmiy-tadqiqot institutlari direktorlari; Sanitariya-epidemiologiya qo`mitasi muassasalari rahbarlari ishtirok etmoqda. Sanepidqo‘mita Axborot xizmati Тelegram| Instagram| Facebook| YouTube
نمایش همه...
👍 1 1