Toshkent viloyati hokimligi
Instagram :https://www.instagram.com/toshvilhokimlik?igs Facebook :https://fb.me/toshvilhokimiyat Veb-sayt:https://gov.uz/oz/toshvil Elektron pochta: devonxona@toshvil.uz Ishonch telefon:(71) 200 88 11 Manzil: Toshkent yo'li ko'chasi,192
نمایش بیشتر📈 تحلیل کانال تلگرام Toshkent viloyati hokimligi
کانال Toshkent viloyati hokimligi (@toshvilpressa) در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 15 182 مشترک است و جایگاه 13 757 را در دسته اخبار و رسانهها و رتبه 5 198 را در منطقه أوزبكستان دارد.
📊 شاخصهای مخاطب و پویایی
از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 15 182 مشترک جذب کرده است.
بر اساس آخرین دادهها در تاریخ 04 اکتبر, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر -106 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر -3 بوده و همچنان دسترسی گستردهای حفظ شده است.
- وضعیت تأیید: تأیید نشده
- نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 23.99% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 20.74% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب میکند.
- دسترسی پستها: هر پست به طور میانگین 3 645 بازدید دریافت میکند. در اولین روز معمولاً 3 151 بازدید جمعآوری میشود.
- واکنشها و تعامل: مخاطبان بهطور فعال حمایت میکنند؛ میانگین واکنش به هر پست 0 است.
📝 توضیح و سیاست محتوایی
نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاههای شخصی توصیف میکند:
“Instagram :https://www.instagram.com/toshvilhokimlik?igs
Facebook :https://fb.me/toshvilhokimiyat
Veb-sayt:https://gov.uz/oz/toshvil
Elektron pochta: devonxona@toshvil.uz
Ishonch telefon:(71) 200 88 11
Manzil: Toshkent yo'li ko'chasi,192”
به لطف بهروزرسانیهای پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 05 اکتبر, 2026)، کانال همواره بهروز و دارای دسترسی بالاست. تحلیلها نشان میدهد مخاطبان بهطور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته اخبار و رسانهها تبدیل کردهاند.
در حال بارگیری داده...
| تاریخ | رشد مشترکین | اشارات | کانالها | |
| 05 اکتبر | +6 | |||
| 04 اکتبر | +2 | |||
| 03 اکتبر | +19 | |||
| 02 اکتبر | +1 | |||
| 01 اکتبر | +5 |
| 2 | #imkoniyat
Zangiotada 50 o‘rinli yangi bog‘cha foydalanishga topshirildi
Zangiota tumanining O‘rtaovul mahallasida 50 o‘rinli oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.
Yangi bog‘cha tadbirkor GulnozaNabiyeva tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan barpo etilib, bolalarning ta’lim-tarbiyasi uchun zarur sharoitlar yaratildi.
Bu yerda tarbiyalanuvchilarga “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida o‘yinga yo‘naltirilgan ta’lim va tarbiya beriladi. Shuningdek, bolalarni erta yoshdan kasbga qiziqtirish va xorijiy tillarni o‘rgatishga alohida e’tibor qaratiladi.
Yangi maktabgacha ta’lim tashkilotida mahalladagi Ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan oilalar farzandlarini imtiyozli to‘lov asosida qabul qilish ham ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, bog‘chaning faoliyat boshlashi natijasida 10 nafar ishsiz fuqaroning bandligi ta’minlanadi.
Ma’lumot uchun, ayni paytda Zangiota tumanida 3-7 yoshdagi 16 ming 96 nafar boladan 11 ming 326 nafari davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olingan. Tumandagi 95 ta nodavlat bog‘chaning 74 tasi oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari hisoblanadi.
✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram | 3 771 |
| 3 | Yaponiyada bo‘lib o‘tgan XX yozgi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston sport delegatsiyasi a’zolariga tabrik
—
Поздравление членам спортивной делегации Узбекистана – участникам ХХ летних Азиатских игр в Японии
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 1 960 |
| 4 | #intellekt
Toshkent viloyati yoshlari "Zakovat"da g‘olib bo‘ldi
Mahalla yoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual musobaqasining Respublika bosqichi yakunlandi.
Quvonarlisi, yakuniy natijalarga ko‘ra, Toshkent viloyati, Chinoz tumani “Tong yulduzi” MFY jamoasi barcha raqiblarini ortda qoldirib, Respublika bosqichi g‘olibligini qo‘lga kiritdi!
G‘olib jamoani ushbu munosib ishtirok va g‘alaba bilan samimiy tabriklaymiz!
✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram | 4 215 |
| 5 | #targ‘ibot
Jismoniy faollik — salomatlik garovi
Bo‘ka tumanida aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash, jismoniy faolligini oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida Bo‘ka tumani sport maktabi, Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda Mahallalar uyushmasi hamkorligida 30 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar o‘rtasida sport sinovlari o‘tkazilmoqda.
Sinovlar davomida ishtirokchilarning kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik va umumiy jismoniy tayyorgarlik darajasi belgilangan mezonlar asosida baholanmoqda.
Sport sinovlarini muntazam tashkil etish orqali aholining jismoniy faolligini oshirish, fuqarolarni ommaviy sportga keng jalb etish va sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.
✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram | 3 425 |
| 6 | #press_tur
Bekobod tug‘ma yurak nuqsonlaridan xoli hududga aylantirilmoqda
Bekobod tumanida Bolalar milliy tibbiyot markazi mutaxassislari ishtirokida keng qamrovli tibbiy ko‘riklar tashkil etildi.
Ko‘riklar davomida 100 nafardan ortiq bola tekshiruvdan o‘tkazilib, aniqlangan tug‘ma yurak nuqsoni mavjud bolalarda davolash choralari belgilandi.
Bekobodning o‘zida bir nafar bolada murakkab kardiojarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tkazilib, tug‘ma yurak nuqsoni bartaraf etildi.
Qolgan bemorlarga zarur jarrohlik amaliyotlari Bolalar milliy tibbiyot markazida amalga oshiriladi.
Mazkur ishlar Bolalar milliy tibbiyot markazi va viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi mutaxassislari hamkorligida amalga oshirilmoqda.
Bekoboddagi ushbu tajribaning asosiy maqsadi — tug‘ma yurak nuqsonlarini barvaqt aniqlash va davolash orqali hududni mazkur kasallikdan xoli hududga aylantirish.
✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram | 3 255 |
| 7 | #Seminar
⚡️“Oilaviy nizolarni mediatsiya yo‘li bilan hal etish” mavzusida seminar o‘tkazildi
📍Toshkent viloyatida “mahalla yettiligi” faoliyatini muvofiqlashtirish, oilaviy nizolarning barvaqt oldini olish hamda mahallalarda sog‘lom va xavfsiz muhitni mustahkamlashga qaratilgan o‘quv seminari o‘tkazildi. Tadbirda "yettilik” a’zolari, mutasaddi tashkilotlar vakillari, professor-o‘qituvchilar hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi.
🗣Seminarda aholi bilan manzilli ishlash va yuzaga kelayotgan muammolarga samarali yechim topish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. “Oilaviy nizolarni mediatsiya yo‘li bilan hal etish” mavzusida batafsil ma’ruza qilinib, mediatsiyaning huquqiy asoslari, nizolarni sudgacha va o‘zaro kelishuv asosida hal etishning afzalliklari tushuntirildi.
🔍Shuningdek, oilalarda sog‘lom muhitni shakllantirish, nizolarning salbiy oqibatlarini kamaytirish hamda muammolarga qonuniy va murosaviy yechim topish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilib, tashkilotlararo hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab olindi.
✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram | 3 472 |
| 8 | #videorolik
Kecha va bugun:Zangiota tumanidagi “Sobir Rahimov – O‘rtaovul” bekatlari oralig‘ida bunyod etilgan yangi temir yo‘l o‘tkazgich foydalanishga topshirildi.
✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram | 4 937 |
| 9 | #tuhfa
Zangiotada yillar davomida kutilgan yangi yo‘l o‘tkazgich foydalanishga topshirildi
Bundan roppa-rosa to‘rt oy avval Zangiota tumanidagi “Sobir Rahimov – O‘rtaovul” bekatlari oralig‘ida boshlangan bunyodkorlik ishlari bugun yakuniga yetdi.
Hudud aholisi uchun muhim bo‘lgan yangi zamonaviy yo‘l o‘tkazgich tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.
Tadbirda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi Zufar Narzullayev, viloyat va tuman hokimligi mas’ullari, temir yo‘l sohasi vakillari, nuroniylar, yoshlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Ochig‘i, mazkur loyiha hudud aholisi uchun yillar davomida dolzarb bo‘lib kelgan transport masalasiga amaliy yechim bo‘ldi.
Avvallari poyezdlar harakatining uzluksizligi sababli mazkur hududdagi temir yo‘l kesishmasida avtomobillar va piyodalar harakatida qator noqulayliklar yuzaga kelar, transport vositalarining kutib qolishi aholining ortiqcha vaqt yo‘qotishiga sabab bo‘lardi. Eng muhimi, bu holat harakat xavfsizligini ta’minlash borasida ham qo‘shimcha choralarni talab etardi.
Endilikda esa ushbu muammo zamonaviy infratuzilmaviy yechim asosida bartaraf etildi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan “Sobir Rahimov – O‘rtaovul” bekatlari oralig‘idagi 3384-kilometr, PK-2 nuqtasida mavjud temir yo‘l kesishmasi o‘rnida yangi yo‘l o‘tkazgich barpo etildi.
Loyiha doirasida keng ko‘lamli qurilish-montaj ishlari amalga oshirildi. Jumladan, uzunligi 23,6 metr bo‘lgan bir dona ikki yo‘llik yangi temir yo‘l ko‘prigi qurilib, temir yo‘l izlari o‘z joyiga qaytarildi. Shuningdek, 1200 metr uzunlikdagi aylanma temir yo‘l hamda avtomobil yo‘li barpo etildi.
Tantanali marosimda so‘zga chiqqan viloyat hokimi yangi yo‘l o‘tkazgichning hudud transport infratuzilmasidagi ahamiyatiga to‘xtalib, bunday loyihalar, avvalo, aholiga qulaylik yaratish, harakat xavfsizligini ta’minlash va vaqtni tejashga xizmat qilishini ta’kidladi.
Shundan so‘ng ramziy qizil lenta kesilib, yangi yo‘l o‘tkazgich foydalanishga topshirildi. Tadbir davomida undan ilk avtomobillar harakati ham yo‘lga qo‘yildi.
Milliy qadriyatlarimizga ko‘ra, xayrli ish munosabati bilan jonliq so‘yilib, Qur’on tilovatlar qilindi.
Yangi yo‘l o‘tkazgichning foydalanishga topshirilishi Zangiota tumani aholisi, shuningdek, ushbu hudud orqali tranzit harakatlanuvchi fuqarolar uchun muhim qulayliklarni yaratadi.
Endilikda bu yerda tirbandliklarning oldini olish, transport harakatini tartibga solish, fuqarolarning vaqtini tejash, avtomobil yo‘llaridagi kundalik yuklamani kamaytirish hamda haydovchi va piyodalar uchun xavfsiz va qulay harakatlanish imkoniyatlarini kengaytiradi.
✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram | 4 063 |
| 10 | #seminar
Ohangaronda to‘qsonbosti ekinlarini yetishtirish bo‘yicha seminar tashkil etildi
Ohangaron tumanida 2027-yil hosili uchun qishloq xo‘jaligi ishlarini oldindan tashkil etish, ayniqsa, bog‘ va tokzorlardagi qator oralaridan unumli foydalangan holda to‘qsonbosti ekinlarini yetishtirish bo‘yicha amaliy ishlarga e’tibor qaratilmoqda.
Shu munosabat bilan Ohangaron tumanida fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirokida to‘qsonbosti ekinlarini yetishtirish masalalariga bag‘ishlangan amaliy seminar tashkil etildi.
Seminarda bog‘ va tok qator oralariga ekinlarni o‘z vaqtida joylashtirish, yer maydonlaridan unumli foydalanish, urug‘lik va ko‘chatlarni to‘g‘ri tanlash, ekish muddatlariga amal qilish hamda ekinlarning rivojlanishi uchun zarur agrotexnik tadbirlarni sifatli bajarish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Amaliy seminar davomida fermer xo‘jaliklari rahbarlariga to‘qsonbosti ekinlarini parvarishlashda har bir agrotexnik tadbirning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yakuniy hosildorlikka bevosita ta’sir qilishi tushuntirildi.
Shuningdek, qator oralaridan foydalanishda asosiy bog‘ va tokzorlarning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydigan ekinlarni tanlash, suv va ozuqa resurslaridan samarali foydalanish zarurligi qayd etildi.
Tadbirda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan mutaxassislardan zarur tavsiya va tushuntirishlar oldilar. To‘qsonbosti ekinlarini yetishtirish jarayonida uchraydigan agrotexnik masalalar bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi.
✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram | 3 506 |
| 11 | #qulaylik
Ohangaron shahrida yangi zamonaviy avtobuslar yo‘lga qo‘yildi
Aholiga qulay, xavfsiz va sifatli jamoat transporti xizmatlarini ko‘rsatish, yo‘lovchilar uchun yanada yaxshi sharoitlar yaratish maqsadida Ohangaron shahrida yangi zamonaviy avtobuslar yo‘nalishlarga chiqarildi.
Endilikda shahar aholisi va mehmonlariga xizmat ko‘rsatadigan mazkur avtobuslar shahar yo‘nalishlari bo‘ylab harakatlanib, jamoat transporti xizmatlari sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram | 4 520 |
| 12 | #jarayon
Milliy paxtamiz xalqaro ekspertlar nigohida
Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov, Xalqaro paxta bo‘yicha maslahat qo‘mitasi (ICAC) Ijrochi direktori Erik Traxtenberg hamda tashkilotning texnik direktori, doktor Keshav Kranti Bo‘ka tumanidagi paxta dalalarida bo‘ldi.
Tashrif davomida xalqaro ekspertlarga paxtachilikda qo‘llanilayotgan biochar texnologiyasi, yuqori hosildorlikka erishishga qaratilgan “8 ta qonun” asosidagi agrotexnik tadbirlar, shuningdek, Etefon va Avguron preparatlaridan foydalanish orqali erishilgan natijalar namoyish etildi.
Mutaxassislar dalalardagi paxtaning rivojlanish holati, ko‘saklarning ochilishi hamda kutilayotgan hosil ko‘rsatkichlari bilan yaqindan tanishdi.
ICAC vakillari O‘zbekistonda paxtachilikda qo‘llanayotgan zamonaviy agrotexnologiyalar va amaliy yondashuvlarga qiziqish bildirib, dalalarda kuzatilayotgan natijalarni ijobiy baholadi.
Xususan, ilmiy yondashuv, zamonaviy agrotexnologiyalar va amaliy tajribaning uyg‘unligi e’tirof etildi. Uchrashuv davomida mazkur tajribalarni o‘rganish hamda ilg‘or amaliyotlarni xalqaro miqyosda ommalashtirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram | 4 303 |
| 13 | #e'lon
Tadbirkorlar va aholi uchun yangi imkoniyatlar!
Chirchiq shahrida joriy yilning 2-3 oktabr kunlari “Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy texnologiyalarni ommalashtirish hamda lizing xizmatlari ko‘lamini kengaytirish” maqsadida Viloyat Markaziy banki hamda ATB “Sanoatqurilishbank” hamkorligida “Mini-texnologiyalar yarmarkasi” tashkil etiladi.
Yarmarkada, 100 dan ortiq ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan zamonaviy mini-texnologiyalar namoyish etiladi.
Shuningdek, ishtirokchilarga uskunalarni xarid qilish uchun imtiyozli kredit va lizing mexanizmlari bo‘yicha ma’lumot berilib, hududda yangi biznes loyihalarini yo‘lga qo‘yish yuzasidan amaliy ko‘mak ko‘rsatiladi.
📍Manzil: Toshkent viloyati Chirchiq shahar Kimyogarlar saroyi (Chirchiq shahri, “Madaniyat” ko’chasi 15 uy)
🕙Boshlanish vaqti: 10:00
📞 Bog‘lanish uchun: + 998 94 711 21 28
💼 Barcha tadbirkorlarni ushbu yarmarkada faol ishtirok etishga taklif qilamiz!
✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram | 3 622 |
| 14 | #ehtirom
Faxriy jurnalistlar e’zozlandi
1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Qibray tumanidagi “Faxriylar maskani”da faxriy jurnalistlar ishtirokida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda jurnalistika sohasida uzoq yillar samarali mehnat qilgan, milliy matbuotimiz rivojiga munosib hissa qo‘shgan faxriy jurnalistlar jam bo‘ldi.
Samimiy muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda faxriylarning kasbiy faoliyati, milliy matbuot rivojiga qo‘shgan hissasi va boy tajribasi haqida so‘z yuritildi. Yosh avlodga ustozlik saboqlarini yetkazish, jurnalistika kasbining mas’uliyati va jamiyat hayotidagi o‘rni xususida fikr almashildi.
✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter 🌐Instagram | 3 105 |
| 15 | #xalq_nazorati
Toshkent viloyati aholisi diqqatiga!
✅Yo‘l, suv, elektr, yoritish va boshqa muammolar bo‘yicha xalqnazorati.uz platformasi orqali murojaat yuboring.
✍️Murojaatingiz — muammoning yechim sari birinchi qadamidir.
✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram | 8 393 |
| 16 | #qabul
Har bir murojaat e'tiborda — navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi
Toshkent viloyati hokimining o‘rinbosari Otabek Sultonbekov viloyat Xalq qabulxonasida fuqarolar va tadbirkorlar uchun navbatdagi qabulni o‘tkazdi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan ijtimoiy himoya, bandlik, sog‘liqni saqlash, ta'lim, uy-joy, moddiy yordam hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, ularni qonunchilik doirasida hal etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar ijrosi nazoratga olinib, ularning belgilangan muddatlarda ijobiy hal etilishi bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter 🌐Instagram | 3 217 |
| 17 | #bilib_oling
Qurilish sohasida davlat nazorati va javobgarlik yanada kuchaytirildi
Shaharsozlik normalariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash, noqonuniy qurilishlarning oldini olish hamda sohada davlat nazoratini takomillashtirishga qaratilgan qonunchilik o‘zgarishlari qabul qilindi.
Unga ko‘ra, qurilish jarayonlarida qonuniylikni ta’minlash yuzasidan bir qancha huquqiy talablar va javobgarlik choralari belgilandi.
Batafsil tafsilotlar bilan videoda tanishish mumkin.
❗Eslatib o‘tamiz, mazkur qonun hujjati rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach amalga kiritiladi.
✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram | 3 632 |
| 18 | #telenigoh
Toshkent viloyatida 1000 ta ish o‘rni yaratgan yangi sanoat loyihasi ishga tushirildi
Tafsilotlar O‘zbekiston 24 telekanali lavhasida.
✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram | 3 943 |
| 19 | #bildirish
❗️Toshkent viloyatining ayrim hududlari sel xavfidan ogohlantirildi
Gidrometeorologiya markazi joriy yilning 4-5-оktyabr kunlari respublikaning 9 ta viloyatini sel-suv toshqini xavfidan ogohlantirdi.
Unga koʻra, Toshkent viloyatining Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Piskent, Oʻrta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida, shuningdek, Angren va Olmaliq shaharlarida sel-suv toshqini xavfi mavjud.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz. Respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin,
– deyiladi xabarda.
✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter 🌐Instagram | 4 360 |
| 20 | 🔴 Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish: 14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytiriladi
Bugun Oliy Majlis Senatining 20-yalpi majlisida "Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi Qonun ko‘rib chiqilmoqda.
Senator Malika Qodirxonova qonun bilan kiritilayotgan eng muhim o‘zgarishlarga to‘xtalib, 14 yoshga to‘lmagan shaxslarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etganlar uchun jazo 25 yilgacha yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilishgacha kuchaytirilayotganini ma’lum qildi.
Shuningdek, bunday jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan insonparvarlik aktlari, shartli ozod qilish, jazoni muddatidan oldin tugatish va boshqa yengillashtiruvchi choralarni qo‘llash imkoniyatlarini cheklash nazarda tutilmoqda.
"Bu, avvalo, bolalarning huquqlarini kafolatlash va ularning kelajagi uchun davlat tomonidan qo‘yilayotgan eng muhim qadamlardan biri, deb hisoblayman", - dedi senator Malika Qodirxonova.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official | 2 287 |
